logo

Prezident I.A. Karimovning “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviy – axloqiy tarbiya masalalari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2195.5830078125 KB
Prezident I.A. Karimovning “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ma`naviy – axloqiy tarbiya masalalari Ma’naviyatni anglash. Ma’naviyat tushunchasi. I.A. Karimovning ma’naviyatga bergan ta’rifi.  Ma’naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo ma’naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma’naviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o’ta iste’dodli bo’lishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Albatta, iste’dod ham ma’naviyat nishonasi, ammo ta’rifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi ta’min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat tuyg’usidir . Ma’naviyatni anglash  Albatta, «ma’naviyat» tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodalana-digan ko’plab ta’riflarini keltirish mumkin. Umuman, o’zida juda chuqur va keng qamrovli ma’-no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi ma’rifatli inson o’zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta’-rif va tavsiflar berishi tabiiy. Shuning uchun ham bu masala bo’yicha ilmiy adabiyotlarda, kun-dalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr- mulohazalarni uchratganda bundan taajjub-lanmasdan, ularni har qaysi muallifning o’ziga xos dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o’rinlidir. “ YUKSAK MA`NAVIYAT – YENGILMAS KUCH”,  “ YUKSAK MA`NAVIYAT – YENGILMAS KUCH”, ushbu kitobning oldingi boblarida biz ma’naviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantira-digan asosiy omillar, ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida, shuningdek, bugungi globallashuv davrida ma’naviy olamimizni turli salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash va himoya qilish bilan bog’liq muammolar xususida batafsil to’xtalib o’tdik.  Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar  Milliy meros. Milliy g’oyamizning insonparvarlik qudratini oshirish uchun barcha davrlardagi milliy merosimizni to’la o’zlashtirishimiz kerak ekanligi. Milliy g’oyani milliy meros bilan boyitish taraqqiyotimizning ma’naviy asoslaridan biri ekanligi.  Milliy g’oya va ma’naviy hayot.  Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, o’ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qil-gan bo’lamiz. Yuksak ma’naviyat qo‘rg‘oni Ma`naviyat mezoni  Inson o‘zini baxtli his qilishi uchun ko‘p narsa kerak emas, aslida. Biroq odamzot dunyoga kelibdiki, saodat izlab yashaydi. Shu yo‘lda o‘z hayotini, otameros qadriyatlaru tutumlarni taftish etadi, gohida tuzadi, gohida buzadi. Erk va dogma kurashining o‘lchamu mezonlari o‘zgarsa-da, mohiyatu muddao baribir oilaga borib tutashadi. Boisi inson topganu boy bergan barcha narsa avvalo uning oilasi, ulg‘aygan muhiti va olgan tarbiyasi hosilasidir.  “ Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch Qadriyatlarimiz xazinasi  “ Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. “Igna qayoqqa yursa, ip ham shu yoqqa yurar”. “Sut bilan kirgan jon bilan chiqar”… Bu hikmatlarni kimdir kecha yo bugun to‘qigani yo‘q, albatta. Bu xalqimizning necha asrlik hayotiy xulosasi, yo‘lu manzildagi to‘xtami, turmush va tafakkur tarzi ifodasidir. VATANIMIZNING KELAJAGI, XALQIMIZNING ERTANGI KUNI, MAMLAKATIMIZNING JAHON HAMJAMIYATIDAGI OBRO’ – E’TIBORI AVVALAMBOR FARZANDLARIMIZNING UNIB – O’SIB, ULG’AYIB, QANDAY INSON BO’LIB HAYOTGA KIRIB BORISHIGA BOG’LIQDIR.BIZ BUNDAY O’TKIR HAQIQATNI HECH QACHON UNUTMASLIGIMIZ KERAK . MA’NAVIYATNI SHAKLLANTIRUVCH OMILLAR  Маънавият ва жамиятнинг янгиланиши Бугунги кунда мамлакатимизда янги ҳаёт, янги жамият пойдеворини барпо этишда эркин фуқаро маънавиятини шакллантириш масаласи биз учун ғоят долзарб аҳамиятга эга. Маълумки, ўзликни англаш, миллий онг ва тафаккурнинг ифодаси, авлодлар ўртасидаги руҳий- маънавий боғлиқлик тил орқали намоён бўлади . Жамики эзгу фазилатлар инсон қалбига, аввало, она алласи, она тилининг бетакрор жозибаси билан сингади. Она тили - бу миллатнинг руҳидир. Маънавиятнинг ҳаётимиздаги ўрни ва аҳамияти ҳақидаги фикр-мулоҳазаларимизга якун ясар эканмиз, авваламбор, шуни чуқур англаб олишимиз даркорки, маънавий юксалишга эришиш - бу бир йиллик ёки беш-ўн йиллик иш эмас. Халқ, миллат ўз миллий маънавиятини йиллар, асрлар давомида юксалтириб, бойитиб боради.