logo

O’zbekistonda din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning tashkil topishi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

323 KB
O’zbekistonda din niqobi ostida ba’zi jaholatparast guruhlarning tashkil topishi va ularning jamiyat taraqqiyoti uchun xavfi 1. O ’ zbekiston hududida guruhlarning paydo bo ’ lishi 2. Jaholatparast diniy radikal oqimlar 3. Ogohlikka davr talabi www.arxiv.uz  Gorbachev davri. Bu davr oshkoralik davri deb ataladi. Bu davrda dinga ozgina erkinlik berildi. Natijada Pokiston, Eron, Saudiya, Arabiston tomonidan adabiyotlar kirib kela boshladi. B u lar bizning Imomi Azam mazxabidan farq qilardi. Natijada kitoblarda yozilgan narsalarga amal qilish boshlandi. Buning oqibatida Imomi A’zam mazxabi noto’g’ri deydiganlar paydo bo’la boshladi. Natijada odamlar o’rtasida ixtilof paydo bo’ldi. 1989 – 1993 yillar ya’ni O’zbekistonda islomiy xarakatlarni kuchayishi davri. Bu davrda dinga katta erkinlik berila boshladi. Natijada chet ellardan yaxshilar bilan bir qatorda yomon odamlar xam kirib kela boshladi. Namanganda “Adolat” partiyasi paydo bo’ldi. “Islom uyg’onish partiyasi” tashkil topdi. Bo’larga 1992 yil barxam berildi. 1993-1999 yillar ochiq talablar bilan chiqishga barxam berilgandan keyin bu davrda yashirish xolatda axolini islomlashtirish boshlandi. Faoliyatlariga ko’prok ayollar jalb qilindi. xujralarda yashirin xolatda o’qitildi. Yana asosan yoshlarni jalb qilishdi. Ularga millat, din, insoniyat xaloskoriga aylanasan deyishdi. www.arxiv.uz  1999 yil fevraldan xozirgacha bo’lgan davr. Terrorchilar soni davlatlar orqali O’zbekistonga kirib kelishga xarakat qildilar. Mamlakatimizda 4 ta ayol o’zini - o’zi portlatish jarayonida xalok bo’ldi. SHu tariqa Markaziy Osiyoda ekstremistik guruxlar o’z faoliyatlarini olib borishga xarakat qilganlar shunday guruxlardan biri “Hizbut – taxriri” diniy siyosiy partiyasidir. “ xizbut – taxrir al - islomiy” ( Islom ozodlik partiyasi) norasmiy siyosiylashgan diniy partiya 1953 yilda Isroilda paydo bo’ldi. Uning asoschisi Misrdagi “ Al- Asxar” universitetini tamomlab quddus shaxrida shar’iy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan shayx Takiyuddin Nabixoniy ( 1909- 1979) bo’lib Iordaniyadagi “Al – Ixvon al muslimiy” ( Musulmon birodarlar) diniy siyosiy ekstremistik tashkiloti raxbarlaridan biri edi. Aqidada ixvolar bilan kelisha olmay, bu jamoadan ajralib chikib, o’z qarashlarini kuyidagi risolalarida bayon qiladi. “Islom nizomi”, “Islomiy olamga qaynoq nidolar”, “Hizbut – taxrirning tushunchalari” va boshqalar. www.arxiv.uz  O‘zbekiston hududida 1992 yildan boshlab partiyaning boshlang‘ich bo‘linmalari tashkil etila boshlagan. Hizb safiga kiruvchilar o‘z partiyalari haqidagi ma’lumotlarni hech qachon oshkor etmaslikka o‘z mushrifi buyurgan vazifalarni so‘zsiz bajarishga Qur’on bilan qasam ichadilar. Hizb mutasaddilari o‘z tarafdorlarini ko‘proq ziyolilar, ilmiy xodimlar, talaba yoshlar orasidan qidiradilar. www.arxiv.uz www.arxiv.uz  Etarli ta’lim olgan shaxslar keyinchalik o‘zlari mustaqil guruh tuzishlari lozim. Tahrirchilarning ta’limi bosqichma-bosqich olib boriladi. Birinchi bosqichda «Islom nizomi» va «Izzat va sharaf sari» kitoblari bo‘yicha o‘qitiladi, «al-Va‘y» jurnalidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi. Keyingi bosqichlarda «Demokratiya kufr nizomi», «Siyosiy ong», «Xalifalikning tugatilishi», «Hizbut tahrir tushunchalari», «Islomiy da’vatni yoyish vazifalari va sifatlari» kabi kitoblari o‘qitiladi. Bu adabiyotlar partiya manfaatlarini ko‘zlab, Qur’on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri talqin qilib dindorlar ongiga ta’sir qilish mo‘ljallangan. Ushbu nashrlar dindorlarni siyosiylashtirilgan islomga targ‘ib etib, ularni fuqaroviy bo‘ysunmaslikka va muomaladagi umumiy qoidalarni inkor etishga chaqiradi. www.arxiv.uz  Hozirgi zamon islom ulamolari – Y u suf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizbut tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga, sirot ko‘prigiga ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l- jamo‘a safidan chiqqan hisoblaydilar.  Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli to‘xtatilgan noan’anaviy ham islom ta’limotiga ham konstitusiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo‘lgan guruh «Akromiylar»dir. www.arxiv.uz  Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bog‘liq. A. Yo‘ldoshev Hizbut tahrirning etakchisi an- Nabahoniy g‘oyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan «Imonga yo‘l» risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni «Imonchilar» deb ham yuritiladi. www.arxiv.uz www.arxiv.uz  Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydilar. Biroq, ular tahrirchilardan farqli o‘laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chiqib, avvalo Andijonda, so‘ng Farg‘ona vodiysida amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar - «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va «oxirat». To‘rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo‘lmog‘i lozim edi. www.arxiv.uz  Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Zarurat tug‘ilganda «birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o‘rtasida amalga oshirilgan. www.arxiv.uz www.arxiv.uz  O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo‘l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotishga urinishda o‘zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko‘p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro‘sizlantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar. www.arxiv.uz  Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan. www.arxiv.uz  Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga etkazishga yordamga kelgan.  Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoga o‘zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo‘lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma- yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib kelgan». www.arxiv.uz  Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilib, bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatiga aylandi. Ko‘plab diniy bayramlarga ommaviy tus berildi, televidenie va matbuot tomonidan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o‘rtasida diniy ilm va an’analarga qiziqish kuchaydi. Bundan foydalanib, ba’zi g‘arazli shaxslar ma’lum manfaatlar evaziga chet eldan yurtimizga suqulib kirmoqchi bo‘lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag‘ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o‘z oqibatini ko‘rsatdi. Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahrida uya qurib olgan «Vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga etib borishga ulgurgan «Hizbut tahrir» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi. www.arxiv.uz  Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi. www.arxiv.uz FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:  O’ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: 2001 yil.  Karimov I.A “ O ’zbekiston XXI asr busag’asida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tara qqi yot kafolatlari” T., “ O ’zbekiston ” 1997 yil.  Karimov I.A O ’zbekistonning o ’z isti q lol va tara qqi yot y o ’li. T., “ O’ zbekiston ” , 1992 yil.  Karimov I.A Ollox kalbimizda, yuragimizda. T.,  “ O’ zbekiston ” 1999 yil.  Karimov I.A. E’ti q od erkinligi q onuniy asosda b o ’lsin. “Xal q s o’ zi”. 1998 yil 5 may  http://ziyonet.uz  http://eduportal.uz  http://gov.uz www.arxiv.uz