logo

Ma’naviyat va ma’rifat siyosiy barqarorlikni ta’minlashning omili sifatida

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

302.9267578125 KB
Ma’naviyat va ma’rifat siyosiy barqarorlikni ta’minlashning omili sifatida www.arxiv.uz REJA: 1.”MA’NAVIYAT” va “MA’RIFAT” tushunchalarining ma’nosi 2.Ommaviy madaniyat , submadaniyat va milliy ana’nanlar 3.Mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatga berilayotgan e’tibor 4.Xulosa www.arxiv.uz Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib- o’sib,ulgayib,qanday inson bo’lib hayotgakirib borishiga bog’liqdir. I.A.KARIMOVwww.arxiv.uz Ma`naviyat - nur, ma`naviyatli shaxs dilida haqiqat nuri aks etgan, o`zligini anglagan, o`zining borliqdagi o`rni va vazifasini tushunib yetgan, haqiqat oldidagi o`z maqomiga loyiq bo`lish va burchini ijro etish ma`suliyatini zimmasiga ola biladigan inson. Millat ma`naviyati, o`z tarixiy shakllangan qiyofasiga ega, shu bilan birga mohiyatan umumbashariy qadriyatlarga aslo zid emas, balki muvofiqdir. Ma'rifat — kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya, maorif hamdir. Maorif umumiy va o'rta maxsus ta'lim beruvchi maktab va o'quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi. Ma'rifat tushunchasi kengroq bo'lib, bilim va ma'naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o'zida uyushtirgan. Lekin ma'naviyat bilan ma'rifat, maorif tushunchalarini izohlaganda, ular o'rtasiga «Xitoy devori»ni qo'yib ham bo'lmaydi, ya'ni ular bir-birini to'ldiruvchi, mukam- mallashtiruvchi tushunchalardir. www.arxiv.uz «Ma’naviyat» (arabcha «ma’nolar majmuyi»). U ruh, aql, ong, idrok, ruhiy holat, ichki kayfiyat, dadillik, ja-sorat, xususiy mohiyat, g‘amxo‘rlik, qayg‘urish, did kabi bir necha ma’nolarni ham anglatadi. «Ma’naviyat inson qalbida aks etgan ilohiy nurdir» (M. Imomnazarov). O‘zbek tilidagi «ma’naviyat» so‘zining ma’nosiga rus tilidagi «духовность» tushunchasi mos keladi. Lekin «духовность» o‘zbek tiliga aynan ag‘darilsa, «ma’naviyat» emas, «ruhiyat» yoki «ruhoniyat» bo‘ladi. G‘arb tillarida ham bu tushunchani ifodalaydigan atama «ruh» o‘zagidan yasaladi. www.arxiv.uz Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak. Alisher Navoiy «ma’no ahli» deganda haqiqat yo‘liga kir-gan komil insonni nazarda tutgan. Ma’rifat ilm, irfon va maorif demakdir. Shunday ekan, ma’naviyat insonning ruhiy olami bilan chambarchas bog‘liq tushunchadir. Ma’naviyat insoni-yatning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-quwati ekan, binobarin, jamiyatning, insonlarning ma’naviy madaniyati qancha yuksak bo‘lsa, mamlakat shuncha tez ravnaq topadi, boshqa ijtimoiy muammolarni hal qilish osonlashadi. Jahon tajribasidan ma’lumki, Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar qazilma boyliklari, уег-suvi bilan gullab-yashnayotgani yo‘q, ular xalqining ma’rifati, aql-idroki bilan XX asrda o‘ziga xos o‘rin tutdi. Ma’naviyati qashshoq xalq hech qachon boy bo‘lmaydi. O‘z huquqini bilmagan, o‘z qonunlari kuchini anglab yetmagan va tushunishni istamagan, mamlakatda ma’naviyat va ma’rifat tizimini yaxshi yo‘lga qo‘ymagan xalqning shon-shavkati oyoqosti bo‘ladi, jahon hamjamiyatidagi o‘rni yo‘qoladi. Ma’naviyat tushunchasi ma’rifat tushunchasini ham o`z ichiga olishini ta’kidlamoq lozim www.arxiv.uz Ommaviy madaniyat , submadaniyat va milliy ana’nanlar www.arxiv.uz „ Ommaviy madaniyat“ Gʻarb dunyosida oʻtgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni Gʻarbda „populyar“ yoki qisqartirilgan holda, „pop-kultura“ (yaʼni „ommaviy madaniyat“) deb atashadi. Garchi „madaniyat“ deb atalsa-da, aslida, tub mazmun- maʼnosiga, maqsad-niyatiga koʻra „ommaviy madaniyat“ chinakam madaniyatning kushandasidir.[1] Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi. www.arxiv.uz Ommaviy madaniyat asoslari Gʻarb dunyosining oʻzidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, "Bizga „Toʻqqizinchi simfoniya“ (Betxoven) kerak emas!" yoki „Mona Liza“ni loyga qorishtiramiz!" kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar „ommaviy madaniyat“ tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar. Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. www.arxiv.uz „ Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ etayotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop- madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi. Ularcha, hamma sanʼatkor boʻlishi mumkin. Hamma narsa sanʼat atalishi mumkin. „Pop-art“ — ommaviy sanʼat shu xulosa manbaida vujudga kelgan. Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal- gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish. www.arxiv.uz Ommaviy madaniyat koʻrinishlari Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari), starizm (subʼektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish) xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan „keskin“ tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjagʻini chiqarish yoxud oʻt qoʻyish orqali vahshiyona, ommaviy „koʻngil ochish“lar uyushtirish) „ommaviy madaniyat“ning ayrim koʻrinishlaridir. www.arxiv.uz Submadaniyat (lot. sub — „ost“ va madaniyat) jamiyatshunoslik, antropologiya va madaniyatshunoslik atamasi boʻlib, jamiyat madaniyatining keskin farqlanuvchi bir qismini anglatadi. Submadaniyat ichida oʻziga xos kiyinish, jargon, hatti-harakat va boshqa madaniy normalar boʻlishi mumkin.[1][2] Submadaniyatlar milliy, demografik, professional, geografik va boshqa asoslarda shakllanishi mumkin.[3] Bundan tashqari yoshlar orasidagi submadaniyatlar alohida ajratiladi. www.arxiv.uz Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. SHu bilan birga, xalqaro maydonda mafkuraviy, g’oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon- atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining faoliyati va tarkibiy tuzilishini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. www.arxiv.uz Ma’naviy va mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri bilimdir. Bilimli, mustaqil fikrga ega, dunyoda bo‘layotgan voqea- hodisalardan ogoh odam hech qachon yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaydi. Shu o‘rinda Prezidentimizning «...bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real, hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli saboqlarni chiqarib yashashni talab etmoqda», degan fikrlaridan xulosa chiqarib olmog‘imiz lozim. Bu esa yurtdoshlarimizning, ayniqsa, yosh avlodning ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida bir yoqlama va soxta tasavvur paydo bo‘lmasligi uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishimizni taqozo etadi. www.arxiv.uz XULOSA Hozirgi paytda har qanday tahlikali fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ham muhim bo‘lib turibdi. Shu bois yoshlarni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish uchun xalqimizning milliy urf- odatlari, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy meroslaridan samarali foydalanmog‘imiz zarur. Iqtisodiy taraqqiyotimiz yuksalishida bo‘lgani kabi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimiz ravnaq topishida ham ilm-fan asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu hayot haqiqatining o‘zi olimlarimiz, ilmiy tadqiqotchilarimiz zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. www.arxiv.uz