logo

Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo’ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o’zaro aloqasi

Yuklangan vaqt:

04.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2709.5712890625 KB
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo’ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o’zaro aloqasi. Diniy e’tiqod va ratsionallik. Islom dini, uning asosiy oqimlari va yo’nalishlari. Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik. Reja: Din, dinshunoslik, din falsafasi tushunchalari mohiyati. Milliy dinlar. Islom dinining shakllanishi va tarixi Buddaviylik dinining paydo bo‘lishi tarixi, asosiy ta’limotlari Xristianlikning paydo bo‘lishi va asosiy yo‘nalishlari. ADABIYOTLAR: 1.A Ochildiyev. Dinshunoslik asoslari T.2013. 2.A.Mo`minov . Dinshunoslik. Toshkent . 2004 3.X.Yo`ldoshov. Dinshunoslik.(ma`ruza matnlari) 2000 4.Xusanov. S. Dinshunoslik. (o`quv- uslubiy qo`llanma.) Toshkent 2005 5.S.Jabborov. Jahon dinlari tarixi. 2002 Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash va munosabat bildirish imkoniyati tug’ildi. Natijada biz uchun yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Dinshunoslik ateizmdan farqli o’laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan yo’q qilish maqsadida emas, balki unga milliy ma'naviyat ning muhim bo’lagi sifatida yondashib, uni xolisona o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Din nima 1.Topshiri q Din insoniyat ma`naviy hayotining tarkibiy qismidir. Din suzi arab tilidan olingan bulib, uning lug’oviy ma'nosi « ishonch, e'tiqod» dir. Istilohiy ma'nosi lotin tilidagi «religion» suzi bilan mos keladi. Din - insonni qurshab olgan atrof-muhitdan mashqarida bo’lgan, uni va koinotdagi barcha narsalarni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini Ko’rsatadigan va o’rgatadigan, ilohiy borliqqa ishonch va ishonishni ufoda etadigan maslak, qarash, ta`limotdir. Din muaiyan ta'limotlar, his-tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. Din umumiy nuqtai-nazardan ishonmoq tuyg’usi - insonnining eng teran va ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir. Kadim zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga turlicha ta'rif va tavsiflar berilgan. Dinning ta'rifi, tavsifi, ta'limoti va ijtimoiy hayotdagi o’rnini o’rganishda turli yondashuvlar mavjud: 1) ilohiyot (teologiya) fani jihatidan; 2) tanqidiy-ateistik 3) ilmiy nuqtai nazardan. Kishilik jamiyati uchun har qaysi yondashuv natijasida tUplangan ilmiy, amaliy, tarixiy, falsafiy ma'lumorlar juda katta ahamiyat kasb etadi. Din so‘zi qanday ma’noni anglatadi? ishonch, bo‘ysunish axloq-odob ibodat hukm qilish Fuqarolarning dinga etiqod qilish yoki etiqod qilmaslikni mustaqil hal qilishlari qanday ataladi? vijdon erkinligi qadriyat erkinligi burch erkinligi fikr erkinligi “ E’tiqod atamasi qanday ma’noni anglatadi?” Ishonch, iymonli bo‘lish Iymonli bo‘lish ishonch ergashish Dunyoni afsonaviy tushunish. Mifologiya Antropologiya Astrologiya Emotsiya 2.Topshiriq Dinning ijtimoiy vazifalari Dinning ijtimoiy vazifalari Dinning ijtimoiy vazifalari Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: Birinchidan , har qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - i ntegratorlik vazifasi deb ataladi. Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik - qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi». Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.  Dinning vujudga kelishi, avloddan-avlodga o‘tib borishi va ri- vojlanishi uchun shart- sharoitlarni shakllantiruvchi omillar uning ildizlari deb ataladi. 1) dinning ijtimoiy ildizi kundalik hayotda kishilarning turmushini belgilovchi moddiy va ma’naviy munosabatlar tizimidan iborat. Dinning ijtimoiy ildizida moddiy sharoitlar ustuvor. Siyosiy ustqurma institutlari dinga ikkilamchi ta’sir etadi. Dinning ijtimoiy ildizini tashkil etuvchi jabhalardan biri ijtimoiy hayotni stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanishidir. Undagi boshqarib bo‘lmaydigan jarayonlar jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy inqirozlarni, urushlarni, kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tabiiyki, individ ularning vayron qiluvchi ta’sirlaridan o‘zini himoya qilishga intiladi va oqibatda g‘ayritabiiy kuchlardan najot so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ladi. 2 ) dinning gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizi kishining bilish faoliyati jarayonida diniy e’tiqodi vujudga kelishiga imkoniyat yaratadigan sharoitlardir. Tabiat va jamiyatni bilish dialektik jarayon. Tajribasizlik, subyektivlik, narsa va hodisalarni absolutlashtirish voqelikning noto‘g‘ri idrok etilishiga olib keladi. Bundan tashqari, diniy g‘oyalarning paydo bo‘lishi borliqni hissiy idrok etishdan boshlanadi va u ratsional bilish bosqichida ahamiyatini saqlab qoladi.Dinning gnoseologik ildiziga aloqador va barcha tarixiy davrlarda takrorlanib turadigan xususiyatlar quyidagilardan iborat: a) bilishning subyektiv jihatlarini absolutlashtirish (lotinchada – voqelik bilan bog‘lanmagan narsa, nisbatsizlik, so‘zsiz degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni bo‘rttirib ko‘rsatish; b) abstrakt (lotincha abstratio – diqqatni chetga tortish degan ma’noni anglatadi), ya’ni tafakkur; v) tafakkurning umumlashtirish qobiliyati. 3) dinning ruhiy ildizi. Dinning vujudga kelishida kishining bilish faoliyatiga bog‘liq jarayonlar bilan birga uning hissiyoti, kayfiyati va kechinmalari ham ishtirok etadi. Diniy tasavvurlar dastlab kishilarning his- tuyg‘ulari orqali vujudga keladi. Dinning ruhiy ildizi individual va ijtimoiy ruhiyatlarga bo‘linadi. Individual ruhiyatga shaxsiy iztirob, g‘am- tashvish, o‘limdan qo‘rqish, yolg‘izlik, muhabbat, mehr-shafqat, minnatdorlik singari ijobiy va salbiy kechinmalarni misol keltirish mumkin. Ijtimoiy ruhiyatga guruhlar va jamiyatlarga xos voqeliklar – ijtimoiy fikr, ommaviy qo‘rqish hissi, taqlid, an’ana va urf-odat kabilarni misol keltirish mumkin. Dinning ruhiy ildizlari deganda diniy g‘oyalarni qayta ishlab chiqarilishi va o‘zlashtirilishiga qulay shart- sharoitlar yaratadigan jamiyatlar, guruhlar va individlarning ruhiy holati, jarayonlari va mexanizmlari tushuniladi. 1. Din so‘zi qanday ma’noni anglatadi? ~ ishonch, bo‘ysunish ~ibodat ~axloq-odob ~hukm qilish 2. Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun nechta asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. ~ 3 ta ~ 2 ta ~ 4 ta ~ 5 ta 3. …. ilohlar tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolardir. ~ Immanent ~ Transsendent ~ Immanent, Transsendent ~kultlar 4. Politestik dinlarning asosiy xususiyati nima? ~ Kupxudolik ~butparastlik ~shamanizm ~yakkaxudolik 5. Dinning qanday ildizlari mavjud? ~ gnoseologik, ijtimoiy, psixologik ~tarixiy, sotsial, ruxiy ~emotsional, garmonal, biologik ~biologik, psixologik, antropologik TOPSHIRI QDINLAR KLASSIFIKATSIYASI  1-Animizm nima? Sehrgarlik nima Totemizm nima Fetishizm nima Animizm (lotincha – jon, ruh) jon va ruhlarga sig‘inish bo‘lib, hali qabila jamoalari shakllanmagan davrlarda paydo bo‘lgan. Ingliz etnologi E.Teylor 1871 yilda animizmni ilk diniy tasavvurlarning dastlabki bosqichi sifatida e’tirof etgan. Ruhlarning borligiga ishonish, tabiat kuchlari, hayvonlar, o‘simliklar va jonsiz narsalarni jonli deb tasavvur qilish, ajdodlar ruhini ilohiylashtirish animizmning mohiyatini tashkil etadi. E.Teylor fikriga ko‘ra, ibtidoiy odamlar odam o‘lgandan keyin uning joni tanasidan ajraladi va abadiy yashaydi, deb hisoblaganlar. Shu sababli qabrga marhumning qullari, uy hayvonlari, taomlar, kiyim–kechaklar, uy–ro‘zg‘or buyumlari va boshqa anjomlarini ko‘mishgan. Totemizm ning asosi bo‘lgan “totem” (Shimoliy Amerika hindularining “Ojibve” qabilasi lahjasidagi “ot–otem” so‘zidan olingan – “uning urug‘i”) atamasini birinchi marta 1791 yilda Jon Long “insonning hayvon va o‘simliklar bilan qon–qarindoshligi haqidagi ishonch”ni anglatuvchi so‘z sifatida qo‘llagan. Uning fikriga ko‘ra, har bir qabila yoki urug‘ o‘zlarini biror o‘simlik yoki hayvon bilan atagan va ularga aloqador hisoblagan. Bu aloqadorlik o‘ziga xos qarindoshlik sifatida anglangan. Fetishizm – eng qadimiy diniy tasavvurlardan biri bo‘lib, “fetish” (portugalcha – sehrlangan buyum, narsa, tumor) terminini ilk bor Golland sayyohi V.Botsman qo‘llagan bo‘lsa ham, fransuz olimi Sharl de Brosning 1760 yilda yozilgan “Fetishizm haqida” asaridan so‘ng ommalashib ketdi. Uning fikriga ko‘ra, ibtidoiy odam uchun uning atrofini o‘rab turgan narsalar fetish bo‘lib xizmat qilgan. Shamanizm (“shaman”so‘zi tungus–manchjur tilidagi “sa” – bilmoq fe’li bilan bog‘liq, “saman” – biluvchi kishi). Shamanizm animizm, totemizm va fetishizm natijasida yuzaga kelib, u orqali kishilar o‘z totemlari, ota– bobolarining ruhlari bilan xayolan bog‘lanishni amalga oshirib kelganlar. O‘tmishda ko‘proq ayollar shamanlik bilan shug‘ullanganlar. Shamanlar jazavali, tez junbushga keladigan kishilar bo‘lib, odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoaning umid va niyatlarini etkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekanligiga juda ishonganlar. MILLIY DINLAR QAYSILAR SAVOL MILLIY DINLAR QAYSILAR JAVOB TANGRICHILIK YAHUDIYLIK ZARDUSHTIYLIK HINDUIYLIK Tangrichilik. Diniy qarashlar sodda va tushunarli bo‘lgani, diniy marosimlarning qat’iy bajarilgani ularning ming yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelishini ta’minlagan. Ba’zi olimlar tangrichilikda “Olqish” (“Qo‘shiqlar to‘plami”) yozma manbasi bo‘lgani va unda tangrichilik aqidasi, marosimlari va ibodat qilish tartiblari bayon etilganini ta’kidlashadi. Tangrichilik ta’limotiga ko‘ra, Tangri bu – Moviy Osmon, Buyuk Osmon sohibi ruhi bo‘lib, uning doimiy makoni osmon deb hisoblangan. Tangri so‘zi turkiy xalqlarda Tengri yoki Tengeri (oltoy), Tengri (qipchoq), Tanri (turk), Tengri (tatar), Tangara (yoqut), Tengiri (kumiq), Teyri (bolqor–qorachoy), Tenger (mo‘g‘ul), Tura (chuvash) shakli ham ishlatilgan. Tangri butun borliqning yaratuvchisi, cheksiz fazoda faqat uning o‘zi hamma narsadan voqif, adolatli va marhamat egasi bo‘lgan erkak qiyofadagi yagona xudo sifatida tasavvur qilingan. Butun borliq bo‘ysunuvchi Tangri insonlar, xalq va davlatlarning taqdirini belgilaydi deb e’tiqod qilingan. 3.Yahudiylarning O’rta Osiyoga kirib kelishi haqida ma’lumot bering? Dunyodagi eng qadimiy milliy dinlardan biri bo‘lgan YAhudiylik taxminan mil.avv. 2 – ming yillikda Misrda paydo bo‘lgan. Ushbu din ta’limotiga ko‘ra, Xudo 400 yil davomida Misrda qullikda saqlanib kelgan Ibrohim avlodlarini ozod qilib, Misr erlaridan olib chiqib ketgan Muso (Moshe)ga Sinay tog‘ida vahiy yubordi va yahudiylik dini yuzaga keldi, deb hisoblanadi. Hozirda dunyo bo‘yicha taxminan 15–20 million kishi yahudiylikka e’tiqod qiladi. Ulardan 4,4 millioni Isroilda, 6 millioni AQSHda, qolganlari esa Evropa va dunyoning boshqa mamlakatlarida istiqomat qiladi. Eron podshohi Kir II tomonidan Bobil egallangach, yahudiylarning ancha qismi Kan’onga qaytib, podshohning roziligi bilan ikkinchi marta o‘z davlatlarini qayta tiklashga erishdilar. Muhojirlikda qolgan yahudiylarning bir qismi esa, butun imperiya hududida erkin harakat qilish imkoniyatidan foydalanib, Kir saltanati davrida Sharqqa, xususan, Markaziy Osiyoga ko‘chib o‘tdilar. Yahudiylik o‘rta asrlarda Evropa va Vizantiya imperiyasida ayovsiz siquvga olinib, quvg‘in qilingan bir paytda, Markaziy Osiyoda boshqa dinlar qatori teng huquqqa ega bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk sinagoga Buxoroda VIII asrda qurilgan. XII asrgacha yahudiylar aholining himoya qilinuvchi qatlami – zimmiylar deb atalib, ularga alohida mahallalar qurib, o‘z jamoalari bilan tinch–osuda yashashga sharoit yaratib berilgan. Sayohatchi Veniamin Tudelskiy o‘z kundaliklarida yozib qoldirishicha, 1170 yilda birgina Samarqandda 30 000 yahudiy yashagan. XVI asrda Eronda yahudiylarga qarshi olib borilgan harakatlar natijasida ularning ko‘pchiligi Markaziy Osiyodan panoh topgan. Yahudiylarning yurtimizga kirib kelishi Ikkinchi jahon urushi davrida yanada kuchaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yillari Rossiya, Moldaviya, Ukraina va Belorussiyadan deyarli 180 ming yahudiy O‘zbekistonga ko‘chib keldi. Bugungi kunda yahudiylar asosan Buxoro, Samarqand va Toshkent kabi yirik shaharlarda istiqomat qiladilar. Mamlakatimizda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan 8 ta yahudiy sinagogasi, 5 ta yahudiy milliy–madaniy markazi, shuningdek, Yahudiylar tarixi muzeyi faoliyat olib bormoqda. Test. Mavzu-11 1. …. ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. ~ Transsendent ~ Immanent ~ Immanent, Transsendent ~kultlar 2. «Animizm» atamasi ilk marotaba kim tomonidan, qachon e’tirof etilgan? ~ E. Teylor, 1871 yil ~B. Botsman, 1797 yil ~Maks Myuller, 1786 yil ~Jon Long, 1868 yil 3. Qaysi qatorda urug‘-qabila dinlari ko‘rsatilgan? ~ Fetishizm, totemizm, animizm, magiya ~iudaizm, induizm, sintoizm, shomonizm ~monoteizm, politeizm, mazdeizm ~jaynizm, braxmanizm, daosizm 4. Fetish so‘zi nima ma’noni bildiradi? ~ tumor but, sanam ~urug‘, qarindosh, ~sehrgarlik, afsun ~ruh, jon 5. Moddiy narsalarni iloxiylashtiruvchi qadimiy urug‘ qabila dini. ~ Fetishizm ~Shomonizm ~Totemizm ~Animizm 7. Hayvonlar, qushlar va o‘simliklarni ilohiylashtiruvchi qadimiy urug‘ qabila dini. ~ Totemizm ~Fetishizm ~Shomonizm ~Animizm 8. Jodugarlik va afsungarlik bilan shug‘ullanuvchining nomlanashi. ~ Shomon ~Romchi ~Azayimxon ~Duoxon SAVOL JAHON DINLARI JAHON DINLARI Buddaviylik Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi ASOSCHISI mil. av. VI — V asrlarda Xindiston Ta'limot qisqacha bayoni : 1 - azob uqubat mavjud 2 - azob uqubat sababi - istak mavjud 3 - azob uqubat tugashi - nirvana mavjud 4 - azob uqubat tugashiga olib keluvchi 8 bosqichli yo'l mavjud Buddaviylik miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga keldi. Bu davrga kelib ko‘p xudolikka asoslangan vedachilik, braxmanlik, jaynizm yangi ijtimoiy sharoitga javob bera olmay qolgan edi. Buddaning bo‘ysunish va itoatkorlik, azob– uqubatlardan qutulishning asosiy yo‘li, aql farmoniga bo‘ysunish orqali inson oliy saodatga erishishi mumkinligi haqidagi g‘oyalari o‘sha davr ijtimoiy–siyosiy va ma’naviy hayotini yorqin aks ettirar edi. Baqtriya–Toxaristonning eng taraqqiy etgan madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Termizning madaniy–ma’naviy hayotida buddaviylikning o‘rni misolida ko‘rish mumkin. Miloddan avvalgi 1–asrda Termizda buddaviylik ustuvor mavqega ega bo‘ldi. Bunda shahar zadagonlarining buddaviylikni qabul qilishi va ibodatxonalar qurilishiga homiylik qilishlari muhim ahamiyat kasb etgan. Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o‘rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgoxlari bo‘lgan. Xatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo‘lgan. Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Kavkaz Albaniyasi territoriyasida esa (hozirgi Ozarbayjon va Janubiy Dog‘iston territoriyasi) IV-VII asrlarda xukmron din hisoblangan. Dunyoda eng keng tarqalgan  diniy  eʼtiqod.  Yevropa ,  Amerika  mamlakatlarida,  Avstraliyada , faol missionerlik xarakati natijasida  Afrika ,  Yaqin Sharqda  va  Uzoq Sharqning  bir necha mintaqalarda keng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2.5 milliard kishi eʼtiqod qiladi. [1]  Xristianlikning asosiy gʻoyasi xudo odam — Iisus Xristos ( Iso Masih ; Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga koʻra, Xudo yagona, lekin u  muqaddas uchlikda  namoyon boʻladi, deb oʻylashadi. Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga qaytib keladi, deb uqtiriladiXristianlik Bibliya. Bibliya Yaxudiylik va Xristianlik dinlari talimotiga ko‘ra u Xudo tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan muqaddas kitoblar majmuasidir. Uning tarkibiga kirgan yaxudiy diniga talluqli kitoblar “Qadimiy axd” deb, xristian talimotiga tegishli kitoblar “Yangi axd” deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi XIII davrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga keldi. Yahudiylar Xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar Xristianlar esa Yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar. Topshiriq Islom dini haqida Islom VII asrda  Hijoz  (Gʻarbiy  Arabiston ) da paydo boʻldi. Asoschisi  Muhammad  sanalad   Qurʼonga  koʻra,  arablar  va  yahudiylarning  umumiy bobokaloni  Ibrohim  Allohga birinchi boʻlib imon keltirgan. Demak, Islom batamom yangi eʼtiqod emas, balki Ibrohimga nozil boʻlgan dinidir. Muhammadga, 40 yoshida (milodiy 610-yil)  vahiy  (ilohiy koʻrsatma) kelishni boshladi Dastlab bir guruh musulmonlar  Habashiston ga  hijrat  qilishdi,  Yasrib dagi  Banu Avs  va  Banu Hazraj  qabilalarining vakillari 622-yilda musulmon jamoasini oʻziga qabul qilish, Muhammadni paygʻambar va Allohni yagona deb tan olishdi.  22 3A 1D 0D 11 25 19 3F 11 3F 3A 11 18 19 630-yilda musulmonlar qoʻshini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Allohning elchisi deb eʼtirof etdi .  Muqaddas kitobi   Qurʼon 651-yil (652) yagona kitobga birlashtirilgan. Usmon nusxasi. 114 ta sura   Davlatlar aholisi tarkibi islom dinida eʼtiqod qiluvchi 10% Yashil :  sunniy  mintaqalar,  Qizil :  shiya  mintaqalar,  Koʻk :  Ibodiylar  (Ummon)Jahonda dunyo  aholi sing 24,9%i, yaʼni 1,1— 1,8 milliard kishi Islomga eʼtiqod qiladi . Paygʻambarning oʻrinbosari ( xalifa ) sifatida hukmronlik qilganlar Savo l 1 2 3 4 Muhammad vafotidan soʻng,  Abu Bakr Siddiq ,  Umar ibn Xattob ,  Usmon ibn Affon  va  Ali ibn Abu Tolib  paygʻambarning oʻrinbosari ( xalifa ) sifatida hukmronlik qildilar. Ular va ulardan keyingi  xalifalar  VII-VIII asrlarda  Iroq ,  Falastin ,  Suriya ,  Eron ,  Movarounnahr ,  Misr ,  Shimoliy Afrika ,  Pireney yarimoroli , Shimoliy  Hindiston ni  fath  qilishdi. Bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy  Xitoy dan  Ispaniya gacha, Kavkazortidan  Hind okeani gacha boʻlgan katta hududni zabt etdilar va Islom dinini yoydilar (qarang  Arab xalifaligi ). Islom dini 5 „asos“ yoki „ustun“ (arkon ad-din al- islomiy)ga ega: • 1)  Kalimai shahodat ; • 2)  Namoz  oʻqish; • 3)  Roʻza  tutish; • 4)  Zakot  berish; • 5) imkoniyat topilsa  haj  qilish. SHIALAR YO‘NALISHINING SUNNIYLAR YO‘NALISHIDAN FARQLI JIHATLARI Dastlabki uch xalifa hokimiyatni zo‘rlik bilan egallagan deb, ularning xalifaligini tan olmaydilar. Sunniylikda 7 aqida tan olinsa, shialar quyidagi besh aqidani tan oladilar: a) Allohning yagonaligi; b) Adolat; v) Oxirat va o‘lganlarning tirilishi; g) Payg‘ambarlik; Shialar kalimai shahodatga “Aliyan valiulloh” so‘zlarini qo‘shib aytadilar. Shialarda davlat tepasida imom – Ali avlodlari turishi kerak, deb hisoblaydilar. Sunniylarda “Imom” diniy mansab hisoblanadiShialar sunniylarning hadislarini tan olmaydilar. Ularning Muhammad, Ali va uning avlodlari nomi bilan bog‘liq hadislardan “Axbor” deb nomlangan to‘plami mavjud. 07 01 01 01 1A . Musulmon  huquqshunoslig i —  fiqh da Savo l 1 2 Musulmon  huquq i 1 shia ( Jaʼfariylik ) mazhablari shakllangan. Mazhablar diniy firqalardan farq qiladi. Firqalar, asosan, geografik va iqlimiy omillar hamda Islomni qabul qilgan xalqlarning oldingi madaniyati, anʼanalari va diniy tasavvurlari taʼsirida vujudga kelgan. Musulmon  huquqshunoslig i —  fiqh da 4 sunniy ( hanafiylik ,  shofiʼiylik ,  molikiylik ,  hanbaliylik ) Tariqat asoschilari —  murshid larning „valiyneʼmati“ asrlar osha hozirgi avlodgacha yetib keladi, degan tushuncha bor. VIII-IX asrlarda Islomda diniy-falsafiy oqim —  tasavvuf  paydo boʻldi. Sharqda eng mashhur boʻlgan tasavvuf tariqatlari —  naqshbandiylik ,  qodiriylar ,  shoziliylar dir. ЭЪТИБОРЛАРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ!