logo

Gazlift usulida ishlaydigan quduqlarning samaradorligini oshirish “Shimoliy O’rta Buloq” koni misolida

Yuklangan vaqt:

25.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1498.228515625 KB
Mavzu: Gazlift usulida ishlaydigan quduqlarning samaradorligini oshirish “Shimoliy O’rta Buloq” koni misolida Kon haqida umumiy ma’lumot   SHimoliy O‘rtabuloq koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan. Bu neft va gaz koni 1974 yilda foydalanishga berilgan. Yozda eng yuqori harorat +55 0 C ni tashkil etadi, qish vaqtida eng past harorat - 15 0 C atrofida bo‘ladi. Yerning eng chuqur muzlashi 0,25 m ni tashkil qiladi.  SHimoliy O‘rtabuloq konida Umumiy quduqlar soni 129 taga yetgan Ulardan 56 ta quduq ishchi xolatda  Mexa.gan usulida31 ta quduq  Rotafleks usulida 11 ta quduq  Gazlift usulida 7 ta quduq  Fantanniy usulida 7 ta quduqlar ishlab kelmoqda Xozirgi kunda № 158-10 quduqlar burg’ulashda   GAZLIFT USULIDA ISHLAYDIGAN QUDUQLARNING JIHOZLARI Quduqlarni gazlift usulida ishlatish Quduq tubidan neftni yer ustiga ko‘tarib berishda tabiiy energiya yetarli darajada bo‘lmaganda, quduqlarning favvoralanishi tugaydi. Lekin favvoralanishni davom ettirish uchun quduqqa siqilgan gaz yoki havo NKQ – lar yordamida haydaladi. Gazning siqish jarayoni kompressor qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Bunday usulda quduqlarni ishlatishga kompressorli gaz lift usuli deyiladi.  Gaz havo ko‘targichi. a- ish boshlangunga qadar quduq holati; b - quduqning ish vaqtidagi holati.  Rasmdan ko‘rinib turibdiki, quduqqa ikki qator NKQ-lari tushiriladi. Tashqi qatordagi quvur orqali gaz haydaladi havo haydagich deyiladi, ikkinchisi orqali gaz-neft aralashmasi NKQ orqali ko‘tariladi ko‘targich deb ataladi. Ishchi agent sifatida yuqori bosimli qatlamdagi gazning energiyasidan neftni ko‘tarishda foydalanilganda, bu usul kompressorsiz gaz lift usuli deyiladi. Ko‘taruvchi ishchi agent sifatida gaz qo‘llanilishi gazlift deb ataladi. Gazlift ko‘targichlarning konstruksiyasi Gaz havo ko‘targichlari tizimi quvurlar qatorining soniga, quduqqa tushirilishiga, siqilgan gaz harakatini yo‘naltirishga va gazneft aralashmasini uzatishga muvofiq guruhlarga bo‘linadi. Ko‘targichlar bir qatorli, ikki qatorli va yarim qatorli bo‘ladi. Bu quduqqa tushiriladigan quvurlar soniga bog‘liq. Ishchi agentni yo‘naltirilishi bo‘yicha ikki tizimga bo‘linadi: halqali va markaziy. Quyidagi rasmda ikki qatorli halqali ko‘targich tizimi tasvirlangan Quduq ichi gazlift sxemasi. 1- markaziy quvur, 2- klapan; 3- quvur orqa halqasi. Bunday ko‘targichda quduqqa ikki qator quvur tushiriladi. Bunda ishchi agent ikkita tizma oralig‘i halqa fazasi orqali quvurga haydaladi, neft esa ichki quvur orqali ko‘tariladi. Quduq ikki qatorli ko‘targich bilan jihozlanganda, tashqi qatordagi quvurlar quduqning filtrigacha tushiriladi. U qatlamdan to‘plangan qumlarni neft bilan olib chiqadi. Gazlift qudug‘ining konstruksiyasi. a- bir qatorli; b- ikki qatorli; d- yarim qatorli.     Xulosa Quduqlarda favvora davri tugagandan so‘ng gazlift usulida ishlatish uchun favvora armaturasidan foydalaniladi. Bunda maxsus soddalashtirilgan va engil armatura qo‘llaniladi, lekin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar ochiq favvorada xavf tug‘dirmaydi. Ko‘pincha gazlift quduqlaridagi armaturalar quvur oralig‘i orqali yoki markaziy quvurlar orqali gaz haydashga moslashtirilgan bo‘ladi. Gazlift quduqlarini ishlatish davrida jadal parafin yotqiziqlarining paydo bo‘lishi kuzatilsa, armaturaning ustki qismi qo‘shimcha lubrikator bilan jihozlanadi va u orqali NKQ-ga qirg‘ich kiritiladi, quduqni ishlatish davridagi parafin yotqiziqlari mexanik tozalash yo‘li orqali tros yordamida quduqning ichiga tushiriladi. Parafin yotqiziqlari bilan kurashishda boshqa usullar ham qo‘llaniladi. ETIBORINGIZ UCHUN KATTA RAXMAT…!!!