logo

Voleybol o’yini qoidalari, ularning shakllanishi va zamonaviy o`yin qoidalarining qisqacha izohi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1091.076171875 KB
Mavzu: Voleybol o’yini qoidalari, ularning shakllanishi va zamonaviy o`yin qoidalarining qisqacha izohi 1. Voleybol o`yinining dastlabki qoidalari 2. O`yin texnikasi 3. O`yin texnikasining tasnifi 4. Hujum texnikasi 5. Texnik harakatlar 6. Hujum zarbalari 7. Himoya texnikasi REJA: www.arxiv.uz Voleybol o`yinining dastlabki rasmiy o`yin qoldalari 1897 yilda Amerikalik doktor A.Xoisted rahbarligida ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo`lgan: maydonchaning o`khami 7,6 x 16,1 m; to`rning balandligi 198 sm; to`pning og`irligi 340 g; o`yinchilar tarkibi chegaralanmagan; to`p o`yinga maydonchani o`ng tashqi qismida joylashgan 1x1 metrli to`rtburchak shakldagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo. Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchliarning o`yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o`zgarib, takomillashib borgan. 1900 yil - hisob 21 ochkogacha, to`rning balandligi 213 sm; 1912 yil - maydoncha 10,6 x 18,2 m, to`r - 228 sm; 1917yil -hisob 15 ochkogacha, to`rning balanliigi 243sm; 1918 yil - o`yinchilar soni bir jamoada - 6 ta; 1922 yil - to`pni faqat 3 marta o`ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m; 1925 yil - to`p 66-69 sm, og`irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m; 1934 yil - to`r ayollar uchun 224 sm. Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma`lumotlar: maydoncha 9 xl8 m, chiziqlar kengiigi 5 sm; o`yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm; to`rning balanligi erkaklar uchun 243 sm, ayollar uchun 224 sm; to`pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og`irligi 270±10g; har partiyada 6 o`yinchi almashinuviga ruhsat beriladi. Asosiy o`yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o`yinga tushishi mumkin; o`yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo`ladi; har partiyada hisob 15 gacha, agar 15:15 bo`lib qolsa eng yuqori hisob 17 ochkogacha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taymbreyk tarzida o`tadi, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadiwww.arxiv.uz O`yin to`xtatiladi va xato e`lon qilinadi: to`p kiritishda:chiziq bosilsa, to`pni irg`itmasdan o`yinga kiritilsa, to`p kiritish navbati buzilsa, to`p to`rga yoki begona predmetlarga tegsa, to`p kiritish jarayoni 5 soniyadan ortsa; to`p uzatish va qabul qilishda: to`p bir vaqtni o`zida yoki ketma-ket bir o`yinchi tomonidan 2 marta o`ynalsa, ilib uzatilsa, yoki qabul qilinsa, bir jamoa o`yinchilari (to`siqdan tashqari) 3 martadan ortiq to`p bilan harakat qilsalar; zarba va to`siq qo`yishda: o`yinchi to`rga tegib ketsa, o`rta chiziqdan o`tib ketsa, to`pni ilib o`ynalsa, to`p antennadan tashqari yoki antennaga tegib ketsa, raqib tomondagi to`p o`ynalsa. Qoidalar rasmiy holda to`liq 1946 yilda joriy etilgan, lekin 1951 yilga kelib Marselda FIVB Kongressi tomonidan tasdiqlandi. 1947 yil - erkaklar o`rtasida o`yin 5 partiyadan iborat 1950 yil - ayollar o`yini 5 partiyadan iborat 1952 yil - tanaffus 1 partiyada 2 marta 1957 yil - tanaffus 1 min.dan 30 sek.gacha qisqaradi 1961 yil - o`yinchini almashtirish 6 taga oshdi 1965 yil - to`siq qo`yuvchi qayta o`ynashi (to`pga tegishi) mumkin, u qo`llarini raqib tomoniga o`tkazishi mumkin 1970 yil - antenna 180 sm 1976 yil - kiritilgan to`pga to`siq qo`yish Hozir to`pni og`irligi 270±10g, doiraviy uzunligi 66+1 sm 1980 yil - to`p ichidagi bosim R=0,4 - 0,45 kg/sm 2 1984 yil - to`pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan bir necha bor «tegish» mumkin, to`p o`yinga kiritilayotganda uni to`sish bekor qilinadi. 1988 yil - eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taymbreyk tarzida ochkolar soni 2 ta farq bo`lguncha davom etadi, 1992 yil - to`p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin. 1998 yil - to`p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo`lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; shundan so`ng jamoalar 2 martadan 30 sek. tanaffus- olishlari mumkin; to`p kiritish 9 metr (o`rta chiziq kengligida) oralig`ida ijro etilishi mumkin; "Libero" o`yinchisi joriy etildi. www.arxiv.uz 2008 yil - to`pni rangi o`zgartirildi (sariq-ko`k); to`siq qo`yuvchilar tomonidan to`rga tegib ketish mumkin" (hujumchi o`yiniga halaqit bermaslik sharti bilan).   Zamonaviy voleybol maydonchasini olchamlari 9x18 m. To`rni uztmligi 9,5 m, kengligi 1m, Kataklari 10x10 sm. Maydoncha chiziqlarini kengligi 5 sm, Antennasi balandligi 180 sm. O`yin qoidalarini atroflicha talqini maxsus bo`limda yoritiladi. Hakamlarining tarbiyaviy ahamiyati. Hakamlarning va hakamlik qilishning oliy maqsadi nafaqat musobaqa ishtirokchilarining o`yin qoidasiga amal qilishlarini nazorat qilish, balki aynan shu o`yinchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ularda o`yin va munosabat intizomini shakliantirish, hamkorlik, bir-birlarini qo`liab- quvvatlash, o`zaro hurmat, odob va ma`naviy xislat va tuyg`ularni uyg`otish hakamlarning burchidir. Albatta hakam musobaqa qoidalariga, umuman voleybolga oid barcha yangilik, so`nggi ma`lumotlardan xabardor bo`lishi darkor. Musobaqa nizomini, o`yinlar o`tkaziladigan joylarning shart-sharoitini, meteorologik va moddiy-texnika imkoniyatlarini va hokazo masalalarni bilishi shart. Hakamni obro`yi - uni kasbiy malakasida, bilimida va ayniqsa odil, adolatli hakamlik qilishidadir. O`yinchilar o`yin intizomini buzganda, musobaqa qoidalariga rioya qilmay hakam bilan tortishsa, ularga jazo berish o`z vaqtida amalga oshirilishi zarur. Jazo «ayb»ga yarasha bo`lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo`l qo`ysa, u o`z vaqtida bu xatoni bo`yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur. Hakam nafaqat o`yin davomida o`z odobi bilan namuna bo`lishi, balki u boshqa joylarda ham o`zini tuta bilishi kerak. Hakamlar birinchi hakam (minbardagi hakam); Ikkinchi hakam; hakam-kotib; - axborot beruvchi hakam; - 4 ta chiziq hakamlari; - 6 ta to`p uzatib turuvchilar.www.arxiv.uz O`YIN TEXNIKASI Voleybol o`yin texnikasini o`yinda qo`llaniladigan harakat faoliyatlarining maqsadga muvofiq, aniq vazifalarni xal qilishga imkon beradigan usullari yig`indisi deb atash mumkin. «Texnika» so`zi yunoncha so`z bo`lib, «mahorat» ma`nosini anglatadi. Takomillashgan texnik usullarni egallash bilan yuqori mahoratga erishiladi. Voleybol o`yin texnikasi o`yinni olib borish uchun zarur bo`lgan harakat usullari majmuasidan iboratdir, xarakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi, o`yindagi har bir texnik usulni bajarish bir- biri bilan uzviy bog`langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi. Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan hal qilish uchun zarur va yetarli bo`lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o`rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar). www.arxiv.uz Texnikaning asosiy qismi - ma`lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi. Texnikaning detallari - harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. tehnika detallari turli sportchilarda turlicha bo`lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog`liq bo`ladi. Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma`lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo`yish mumkin. Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma hafakatlarni (to`siq qo`yganda, koptokni o`yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo`nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.www.arxiv.uz Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so`nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik o`yin bo`lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o`yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o`yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi: harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi; halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoltning salbiy ta`siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqaroriigi; raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish; usullarning bajarilish ishonchliligi. Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o`zgardi va takomillashlb bordi. Texnik usullarning o`zgarishiga o`yin qoidalarining o`zgarishi, taktik harakaflarning takomillashuvi, o`yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o`sib borishi asosiy sabab bo`ldi. Hujum va himoyadagi o`yin dinarnikasining o`sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo`ldi. Shunday bo`lsada, o`yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo`q deb bo`lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o`yin texnikasiga yangi, ilgor usullarni kiritish va uni ro`yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi. www.arxiv.uz O`yin texnikasining tasnifi O`yin texnikasini tasniflash - ularni shakli, mazmuni, qo`llaniladigan usullarning nimaga mo`ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bogliqligi, harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishga qarab ma`lum guruhlar va bo`limlarga ajratishdir. Voleybol texnikasi ikkita katta bo`lim: hujum va hirnoyadagi texnikalarga bo`linadi. O`z navbatida, yuqoridagi bo`limlar ham texnik usullarning shakli va mazmuniga ko`ra bir qancha guruhlarga bo`linadi. Har bir guruhda texnik harakatlarning o`ziga xos bajarish usullari mavjud bo`ladi. www.arxiv.uz Hujum texnikasi. Holatlar, haraxakatlanish, dastlabki holatlar Holatlar. Voleybol o`yinida o`yinchilar to`p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o`yin sharoitida o`yinchi to`p bilan o`ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko`rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullartni bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak. Hujum zarbasini, berish va to`siq qo`yishda - baland {1 a-rasm), o`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishda - o`rta (1 б-rasm), hujum zarbasini yoki to`siqdan pastlab qaytgan to`pni qabul qilishda - past (1 в-rasm) holatlar egallanadi. Bunda UOM (umunniy og`irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Shuni ham ta`kidlash o`rinliki, o`yinchining bo`yi va uning koordinaesion qobiliyati UOMga sezilarli ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bolishi kerakki bunda UOM tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko`rsatish imkoniyatini bera olsin. Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo`llanilish xususiyatiga qarab statik (o`yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o`tkazish bilan to`pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to`siq qo`yishni kutishda) holatlarda bo`ladi. Bu turish holatlarida qo`llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo`ladi. Gavda erkin holatda bo`lishi kerak. www.arxiv.uz Harakatlanish. O`yinehi ma`lum bir texntk usulni bajarish uehun maydon bo`ylab harakatlanadi. Bunda usul va o`yinning vaziyatiga bog`liq holda, qadam tashlab {oldinga, orqaga, yon tomonga), sapehib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuneha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo`ladi, Yon tomonga qadamlashdan ko`p hollarda katta bo`lmagan masofani bosib o`tish bilan to`siq qo`yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to`siqdan o`z yo`nalishini o`zgartirib qaytgan to`pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo`nalishiga yaqin bo`lgan oyoqdan boshlanadi. Sapehib, sakrab, yugurish bilan bo`ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo`llaniladi. Ko`rib ehiqilgan harakatlardan ko`p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta`minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat`iy nazar, dastlabki holallar birmuncha statikligi bilan farqlanadi to`pni uzatishdan oldin, pastdan to`pni qabul qilishda, to`siq qo`yishda va hujum zarbasini berishda. O`yinchi dastlabki holatni soniyaning bir qancha bo`laklariga teng muddatgagina egallaydi. www.arxiv.uz Texnik harakatlar To`p uzatish - bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To`pni: tayanch holatdan ikki qo`llab, sakrab ikki qo`llab, sakrab bir qo`llab, orqaga yiqilib turib ikki qo`llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi. Yo`nalishi bo`yicha to`p uzatishlar (to`p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bo`ladi: oldinga, o`z ustiga, orqaga. Uzunligi bo`yicha: uzun - zonalar osha; qisqa - zonadan zonaga; qisqartirilgan - zona doirasida. Balandligi bo`yicha: baland - 2 m dan yuqori, o`rtacha - 2 m gacha, past - 1 m gacha. Yuqoridagi ko`rsatkichlarga bog`liq holda to`pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To`pni to`rga yaqin - 0,5 m gacha va uzoq - 0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin. www.arxiv.uz To`pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo`lning to`pga qarama-qarshi harakati, amortizatsiya va to`pni yo`naltirishdan iborat bo`ladi. Dastlabki holatdan to`p tomon harakatlangandan so`ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining bukilish darajasi to`p yo`nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog`liq holda, oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo`lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda bo`ladi. Qo`llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo`ladi. Qo`llar to`p bilan yuz tepasida to`qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy nagruzkani qabul qiladi, ko`rsatkich barmoqlar esa zarba betishda asosiy bo`ladi. O`rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to`pni yon tomondan ushlab turishga xizmat qiladi. To`pga yo`nalish berishda qo`l, oyoq va gavda mushaklarini kuchlanishi o`zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko`chadi va gavda massasining og`irligi ikkita oyoqning uchiga tushadi. Qo`llar to`pni uzatish oxirida to`liq to`g`rilangan holatda bo`ladi. Murakkab hujum kombinatsiyalarni tashkil qilishda, to`p baland berilganda yoki to`pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to`p uzatish usulidan foydalaniladi. Bu holatda qo`llar bosh ustidan birmuncha baland ko`tariladi va qo`llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to`p uzatiladi. Huddi shu holatda qisqa to`p uzatishda asosiy harakat qo`1 barmoqlarining faol ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. www.arxiv.uz To`pni orqa tomonga (mo`ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda o`yinchi to`pning tagiga kirib boradi. Bunda qo`lning orqa kaft qismi bosh orqasigacha ko`tariladi. To`p uzatish qo`llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog`onasi ko`krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo`ladi. Sakrab orqaga to`p uzatish huddi tayanch holatda orqaga to`p uzatish kabi bajariladi. To`p uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo`1 bilan to`p uzatishdir. Bu usul to`p to`r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo`1 tirsaklarida bukilib, oldinga chiqariladi (6-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang holga keltiriladi. To`p uzatish tirsak bo`g`inining bukib-yozilishi hisobiga bajarliadi. www.arxiv.uz To`pni kiritish. Bu texnik usul orqali to`p o`yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi to`pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vazifasi bo`lib hisoblanadi. To`pni kiritish daslabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to`pni tashlash, qo`lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo`lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat. Voleybolda pastdan, to`g`ri, yuqoridan to`g`ri, yondan yuqoridan va sakrab to`g`ri to`p uzatish usullari mavjud. Bu usullarni bajarishda to`pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda bajariladi. Birinchi navbatda to`pga aylanma harakat berish, so`ngra aylanma harakat bermasdan to`p kiritish (bir muncha murakkab bo`lganligi sababli) usullari o`rgatiladi yoki takrorlanadi. Pastdan to`g`ri to`p kiritish. O`yinchi oldinga engashib, oyoqlarini tizza qismida bukkan, bir oyog`ini (zarba beruvchi qo`lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga chiqargan holatda turadi (7-rasm). www.arxiv.uz To`p tirsak qismida bir oz bukilgan qo`lda bel barobarida ushlab turiladi. To`p gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba beruvchi qo`l qat`iy ravishda orqaga harakatlantiriladi. Zarba pastdan yuqoriga-to`g`riga bajariladi. O`yinchi bir vaqtning o`zida orqa oyoqni to`g`rilaydi va gavdaning og`irligini oldingi oyoqqa o`tkazadi. Zarbadan so`ng qo`1 harakati to`pni kuzatib borish bilan tugallanadi.. Pastdan to`g`ri to`p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qo`lni silkish (zamax) yo`nalishi bilan - u qat`iy orqaga bo`lishi kerak; to`p tashlash balandligi bilan - u baland bo`lmasligi kerak; to`pga zarba berish - u taxminan bel barobarida amalga oshirilishi zarur. Yuqoridan to`g`ri to`p kiritish. O`yinchi to`rga qaragan holda yuqori holatni egallaydi (8-rasm). To`p ko`krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo`yiladi (zarba beruvchi qo`lga nisbatan qarama-qarshi). To`p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o`yinchi qo`llari yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo`1 yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba-to`g`ri qo`l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: to`pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To`pga aylanana harakat bermasdan to`p kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. www.arxiv.uz Yuqoridan yon tomon bilan to`p kiritish. Yuqoridan yon tomon bilan to`p kiritish usulida o`yinchi to`rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan holda turadi (10-rasm). To`p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O`ng qo`1 bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastiga tushirilib, gavdaning og`irligi o`ng oyoqqa o`tkaziladi. Zarba zarba beruvchi qo`1 orqadan - yuqoriga yoy bo`yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga buriladi va og`irlik kuchi chap oyoqqa ko`chlriladi. Bu harakat zarbaning kuchini oshirishga xizmat qiladi. Sakrab to`p kiritish. Hozirda sakrab to`p kiritish usuli keng qo`llanilmoqda. Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o`xshashligi sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi. Hujum zarbalari. Hujum zarbasi - jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar to`rning yuqori qirg`og`idan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan bujum harakatlarining samarasi ham juda pastdir. Hujum zarbalari yo`nalishiga ko`ra quyidagicha farqlanadi: to`g`ri yo`nalish bo`yicha (bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumchining yugurib kelish yo`nalishiga mos tushadi) va yo`nalishni o`zgartirib (bunda zarba berilgan to`p yo`nalishi hujumning yugurib kelish yo`nalishiga mos tushmaydi). www.arxiv.uz Himoya texnikasi Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat - qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi. To`pni qabul qilish to`p o`yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so`ng va to`siqdan qaytganda amalga oshiriladi. Hozirgi zamon voleybolida to`pni qabul qilishning quyidagi usullari va variantlari mavjud: pastdan ikki qo`llab (juda kam hollarda bir qo`1 bilan); yuqoridan ikki qo`llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo`llab pastdan; oldinga ko`krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo`llab pastdan. O`yinga kiritilgan to`pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik samarali bo`lishini belgilaydi. O`yinga kiritilgan to`pni qabul qilishning eng ko`p tarqalgan va samarali shakli bu to`pni ikki qo`llab pastdan qabul qilishdir. 13 -rasmda ikki qo`llab pastdan to`p qabul qilayotgan o`yinchining holati tasvirlangan. Oyoqlar bukilgan, bir oyoq oldinda, qo`1 kaftlari birlashtirilgan holda pastga tushirilgan. To`pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo`llar bilan oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. To`pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qo`llar to`p tomon yaqinlashtirilib uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan to`pga kerakli yo`nalish beriladi. To`pni pastdan qabul qilishda eng asosiysi to`pning yo`nalishi, tezligini to`g`ri baholay olish va bog`lovchi o`yinchini kuzatish hisoblanadi. O`yinchi zarur joyni egallay olmagan bo`lsayu, to`p uning tomoniga yo`nalayotgan bo`lsa, to`pni qabul qiluvchi qo`llarni to`g`ri oldinga chiqaradi va o`ng qo`lini yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo`nalayotgan bo`lsa chap qo`1 yuqoriga chiqariladi. www.arxiv.uz To`siq qo`yish. To`siq - raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtai nazardan to`siq qo`yish eng qiyin o`yin elementlaridan sanaladi. To`siq qo`yish elementini yuqori darajada egallash bilan o`yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to`siqdan so`ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo`ladi. To`siq bir o`yinchi tomonidan (yakka) yoki ikki-uch o`yinchi tomonidan (guruhli) amalga oshirilishi mumkin. O`yinchi to`r yaqinida, yuqori turish holatida, qo`llarni yelka sathida ko`tarib, tovonlarini parallel holatda qo`yib turadi (16-rasm). Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to`r yaqinida yon tomonlarga qadam tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin. To`siq qo`yish uchun avval o`yinchi oyoqlarini ko`proq bukib, qo`llarini qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo`llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to`r tepasiga ko`tariladi. Optimal kuchlangan (barmoqlar orasi ochiq) kaftlar to`rning yuqori qismiga borganda to`r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar to`pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo`g`inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan asosiy maqsad berilgan zarbani amortizasiyalash va to`pni raqib jamoasining maydonchasiga yo`naltirishdan iboratdir.www.arxiv.uz