logo

Uzluksiz sport musobaqalari. Barkamol avlod sport o’yinlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

868.5 KB
Uzluksiz sport musobaqalari. "Barkamol avlod" sport o’yinlari www.uzarxiv. • "BARKAMOL AVLOD" SPORT O’YINLARI — O’zbekistonning kasbhunar kollejlari va akademik litseylari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini ni-shonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tka-zish to’g’risida"gi qarori (2001 y. 19 yanvar) asosida tashkil etilgan hamda "Uquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga binoan respublika final bosqichlari 3 y.da bir marta o’tkazilishi belgilangan. Maqsadi — o’rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi o’quv muassasalaridagi o’quvchi yoshlarni jismonan yetuk, axloqan bar-kamol va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviylashtirish. www.uzarxiv. • "B.a." s.o’.da badiiy gimnastika, bas-ketbol, boks, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpiada o’yinlari dasturiga kirgan va shaxmat, bel-bog’li kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Saralash musobaqalari o’quv yurti, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Respublika final bosqichlari ilk bor Jizzax (2001), so’ngra Andijon (2003) va uchinchisi Toshkent (2005) viloyatlarida bo’lib o’tdi. Uchinchi "B.a." s.o’. saralash musobaqalarida 645 mingdan ziyod, uning final bosqichida 2170 nafar o’quvchi qatnashdi (2005). www.uzarxiv. • “ Barkamol avlod – 2014” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi ana shu yerda o‘tadi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan va yoshlarimizning sevimli sport anjumaniga aylangan uch bosqichli sport musobaqalari 2000 yili Universiada bilan Namanganda boshlangan edi. Mana shu stadionda bo‘lib o‘tgan o‘sha tantanali marosimlar shukuhini namanganliklar hamon iliq taassurotlar bilan eslaydi. Bugun yana bir shunday yirik nufuzli tadbir – yoshlik, barkamollik, nafosat va birdamlik bayrami – “Barkamol avlod – 2014” musobaqalariga mezbonlik qilayotgan Namangan yanada chiroy ochgan. Nihoyat, orziqib kutilgan daqiqalar keldi. Yigirma mingdan ziyod tomoshabin kelgan stadion uzra “Barkamol avlod – 2014” sport o‘yinlarining chorlov sadolari yangraydi. www.uzarxiv. • Maydonga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarning terma jamoalari kirib keladi. Namangan viloyati hokimi B.Yusupov akademik litsey va kasb- hunar kollejlari o‘quvchilarining “Barkamol avlod – 2014” sport o‘yinlarini ochiq deb e'lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Barkamol avlod – 2014” sport o‘yinlari ishtirokchilariga tabrigini Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. www.uzarxiv. • Davlatimiz bayrog‘i ko‘tariladi. “Barkamol avlod” sport o‘yinlari bayrog‘i hilpiraydi. “Barkamol avlod – 2014” sport musobaqalari ishtirokchilari bo‘lajak bellashuvlarda halol va murosasiz kurashishga tantanali qasamyod qiladilar. Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy ta'lim-tarbiya olishi, salomatligini mustahkamlashi, kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratishga izchil e'tibor qaratib kelinmoqda. Bunday ezgu ishlar farzandlarimizning sportga qiziqishini yanada oshirish, ularning sog‘lom, kuchli, mard va qat'iyatli bo‘lib kamolga yetishiga xizmat qilmoqda. Bugun katta hayotga dadil kirib kelayotgan yoshlar – xalqimiz orzu qilgan barkamol avlod vakillaridir. Ular o‘z sohalari bo‘yicha puxta bilim olgan, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirgan, xorijiy tillarni yaxshi biladigan, bilimli, yuksak ma'naviyatli va jismonan sog‘lom yoshlardir. www.uzarxiv. • Mamlakatimizdagi bir yarim mingdan ziyod bolalar sporti inshootlarida tashkil etilgan 65 mingdan ortiq sport seksiyalarida ikki millionga yaqin bola sportning o‘ttizdan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularning 840 mingdan ortig‘i qizlardir. Qishloqlarda yaratilgan sharoit tufayli sport bilan shug‘ullanayotgan qishloq bolalarining soni 2003 yildagi 14,7 foizdan 2013 yilda 43 foizga, jumladan, qiz bolalar ulushi 17,8 foizdan 37,9 foizga o‘sdi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar safi kengaygani sari, tabiiyki, sport inventarlariga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Bolalar sporti inshootlari uchun zarur bo‘ladigan 120 turdagi uskuna va anjomlarning 116 turi mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda. O‘zbekiston ommaviy sportni rivojlantirish orqali katta sportda ham ulkan yutuqlarga erishayotir.25,0 8,0 www.uzarxiv. www.uzarxiv. • Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e'tiborning amaldagi samaralari – yoshlarimizning jahon va qit'a miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlaridan haqli ravishda faxrlanamiz. Mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchilar orasida uch bosqichli sport tizimidan yetishib chiqqan yoshlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bugun ushbu mohir sportchilarimiz ulg‘ayib kelayotgan o‘g‘il-qizlar uchun haqiqiy o‘rnak va namuna timsoliga aylangan. Bu borada “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalaridan iborat uzluksiz sport tizimining ahamiyati beqiyos. Mazkur uch bosqichli noyob sport tizimi mutaxassislar tomonidan yangi pedagogik texnologiya sifatida e'tirof etilib, bugun ko‘plab davlatlar katta qiziqish bilan o‘rganayotir. Mazkur tizimning o‘rta bo‘g‘ini – “Barkamol avlod” sport musobaqalari oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. www.uzarxiv.