logo

Sug’urta tashkilotlari va «KAFOLAT SUG’URTA» kompaniyasi haqida

Yuklangan vaqt:

22.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

890.373046875 KB
Sug’urta tashkilotlari va «KAFOLAT SUG’URTA» kompaniyasi haqida Sug‘urta kompaniyalari qanday ishlaydi?  Sug‘urta nima uchun kerak? Sug‘urta  – mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes, va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Sug‘urta  majburiy  yoki  ixtiyoriy  bo‘ladi Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi? O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori  Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi  bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini Litsenziyalaydi, sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi. Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud:  sug‘urta qiluvchi  va  sug‘urta qildiruvchi . Sug‘urta qiluvchi  – risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi kompaniya. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko’ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 40 sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda Sug‘urta qildiruvchi  -   sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qanday sug‘urta turlari taqdim etiladi? Sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmatlaridan biri: Transport vositalarini sug‘urtalash; Tibbiy sug‘urta; Yuklarni sug‘urtalash; Ipoteka sug‘urtasi; Mol-mulkni sug‘urtalash va boshqalar .  Sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? Litsenziya . Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki yo‘qligini tekshiring. Buni O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar Portali saytida amalga oshirish mumkin.  " Sug‘urta qiluvchi va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziyalar reestri "  jadvalini ko‘rib chiqing. Tariflar.  Sug‘urta tariflari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Juda past tariflar firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin. Polisning taxminiy qiymati sug‘urta kompaniyalari veb-saytlarida onlayn-kal'kulyator orqali hisoblanishi mumkin. Turli kompaniyalar xarajatlarini hisoblab va natijalarini solishtirib ko‘ring. E'tibor bering: shartnomada nazarda tutilgan risklar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta narxi shuncha yuqori bo‘ladi. Shartlar.  Sug‘urta shartlarini diqqatlik bilan o‘qib chiqing. Sug‘urta polisidan tashqari sug‘urta shartnomasini albatta ko‘rib chiqing. Sug‘urta hodisasi belgilari keltirilgan bandiga alohida e'tibor bering. Sug‘urta nimalarni qoplamasligini bilib oling. Turli vaziyatlarda zararni qoplash tartibini aniqlashtirishni unutmang va kompensatsiya to‘lash muddatlari haqida so‘rang. Kafolat sug'urta kompaniyasi Sug‘urta haqida nima bilamiz? Odamlarning yaxshi yashashi uchun qulay sharoit yaratish, zarur hayotiy vositalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, ish bilan ta’minlash — demografik o‘sish sur’ati yuqori bo‘lgan mamlakatlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Inson yashar ekan, u doimo yaxshilikka ezgulikka intiladi. Ammo ba’zida hayotimizda kutilmagan hodisalar ro‘y beradiki, insonlar ma’nan og‘ir ahvolga tushishi bilan birga moddiy qiyinchiliklarga ham yuz tutadi. Baxtsiz xodisa yoki kutilmagan nohush holatlardan hech birimiz himoyalangan emasmiz Shu o‘rinda, fuqarolarimiz uchun sug‘urta turlari haqida batafsil ma’lumot berib borishni lozim deb topdik. Bugun “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish” turi haqida fikr yuritamiz... Ushbu sug‘urta turida sug‘urta obyekti bo‘lib sug‘urtalangan shaxsning xayoti va sog‘ligi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari hisoblanadi va sug‘urta polisiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sug‘urtalanadi. Masalan:  “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ’ da  “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish”  turi bo‘yicha 2 000 000 so‘mga o‘zingizni yoki yaqinlaringizni sug‘urta qildirsangiz 12 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘laysiz. Eslatib o‘tamiz: sug‘urta polisi bir yil muddatga beriladi va kompaniya Siz to‘lagan 12 000 so‘mga 2 000 000 so‘m javobgarlik olib boradi. Siz bitta polisningo‘zida ham baxtsiz xodisalardan ham yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Agar, 3 000 000 so‘mga sug‘urta qildirsangiz 18 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lanadi...., 5 000 000 so‘mga 30 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lanadi.... Sug‘urta qildirganingizdan so‘ng sug‘urta agentidan “Sug‘urta polisini” olishni unutmang. Sug‘urta mukofotini to‘laganingizdan so‘ng sug‘urta agenti (sug‘urta kompaniyasi vakili) tomonidan “Sug‘urta polisi” taqdim etilishi shart. Quyidagi baxtsiz xodisalar sug‘urta hodisalari deb tan olinadi, ya’ni quyidagilar sodir bo‘lganda, sug‘urta kompaniyasi Sizga sug‘urta to‘lovini to‘lab beradi: a) zaharli o‘simliklar, kimyoviy moddalar, dori-darmonlar, sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan (oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi - salmonellyoz, ichburug‘ va hokazolardan tashqari) tasodifan kuchli zaharlanish, suyak chiqishi yoki sinishi (patologik suyak sinishi bundan mustasno), kuyish, sovuq urishi, elektr toki urishi, qisilib qolish, kana ensefaliti (kana ensefalomiyeliti) yoki poliomelit bilan kasallanish (basharti bu hodisalar sug‘urta amalda bo‘lgan davrda yuz bergan bo‘lsa) natijasida Sug‘urtalangan shaxsning salomatligi turg‘un buzilishi, ya’ni shikastlanganorganishining buzilishi; b) shikastlangan a’zoning ishi buzilishiga sabab bo‘lmagan suyak chiqishi, sinishi, mushak, pay, paychaning butkul uzilishi, ichki organlarning shikastlanishi, yuzning yumshoq to‘qimalari kuyib, jarohatlanib yoki sovuq urib kosmetik jihatdan sezilarli darajada chandiqlar yoxud pigment dog‘lari hosil bo‘lishi, bosh miya chayqalishi, shuningdek tana va oyoq-qo‘llarning yumshoq to‘qimalari shikastlanib ancha katta chandiqlar yoki keng pigment dog‘lari yuzaga kelishi,tishlarning tushib ketishi,quloq pardasining eshitish qobiliyati pasayishiga olib kelmaydigan darajada teshilishi, ko‘zning ko‘rish qobiliyati pasayishiga olib kelmaydigan darajada chuqur jarohatlanishi natijasida sog‘liqning buzilishi; v) Sug‘urtalangan shaxsning “a” kichik bandda ko‘rsatilgan sabablar tufayli va nafas olish yo‘llariga tasodifan begona narsa kirib qolishi, cho‘kish, anafilaktik shok, issiq urishi, organizmning haddan tashqari sovib ketishi natijasida vafot etishi(shamollash kasalliklaridan vafot etishi bundan mustasno). Quyidagi yuqumli kasalliklar sug‘urta hodisalari deb tan olinadi va sug‘urta hodisalari bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan jadval asosidasug‘urta puliga nisbatan foiz miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshiriladi:   Masalan: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ da  “Aholini baxtsiz hodisalardan va yuqumli kasalliklardan sug‘urta qilish”  bo‘yicha 12 000 so‘m sug‘urta mukofoti to‘lab 2 000 000 so‘mga o‘zingizni sug‘urta qildirgansiz. Polis bir yil muddatga beriladi. Ushbu sug‘urta polisi amalda bo‘lgan vaqt mobaynida A turidagi virusli gepatit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz – kompaniyaga murojaat etib kerakli hujjatlarni taqdim etganingizdan so‘ng, kompaniya yuqorida ko‘rsatilgan ro‘yxatga ko‘ra Sizga 600 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni 2 000 000 so‘mning 30%ni. Agar o‘tkir poliomiyelit kasalligiga chalingan bo‘lsangiz kompaniya2 000 000 so‘m to‘lab beradi, ya’ni sug‘urta pulining 100 %ni.  “ Sug‘urta xodisasi” sodir bo‘lgan xolatda, sug‘urta polisida ko‘rsatilgan telefon raqamlarga murojaat qilib, ko‘rsatilgan manzildagi sug‘urta kompaniyasi bo‘limiga yoki sug‘urta markaziga:  a) Yozma ariza;  b) sug‘urta polisining nusxasi;  v) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma va/yoki kasallik tarixidan ko‘chirma;  g) rentgen fotosuratlari (suyak jarohatlarida);  d) sug‘urta pulini oluvchi shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.  Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng ish sug‘urta kompaniyasi tomonidan 15 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi va 5 bank kuni mobaynida  sug‘urta qoplamasi mijozning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. Shu o’rinda sug’urta kompaniyasi bilan yaqindan tanishib o’tsak ,  “ KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 1997-yil 14-martda tashkil etilgan, hamda o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-oktabrdagi  PQ-3317 -sonli "Kafolat sug'urta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi Qarori asosida amalga oshiradi. “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati  qimmatli qog’ozlarining  nominal bahosi ―1 so’mn i va  umumiy soni ― 35 299 535 950  tani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” AJ bo’lib, uning “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi  41.5%  tashkil etadi.  Kompaniyaning yirik aksiyadorlariga quyidagilar kiradi: “UzAssets Investitsiya Kompaniyasi” AJ, “Genesis Innovation” AJ, “TIF Milliy banki” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya” AJ, “Aloqabank” ATB, “Asaka” DATB. Kompaniya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradi hamda ushbu litsenziya orqali umumiy sug’urta sohasida majburiy va ixtiyoriy shakllarda sug’urtalashning  120 dan ortiq turlarin i birlashtiruvchi barcha  17 ta klasslar  bo’yicha sug’urta xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniyaning sug'urta portfelining ishonchli himoyasini ta'minlash maqsadida, yetakchi mahalliy va xorijiy qayta sug'urtalash kompaniyalariga risklarni taqsimlash orqali, Kompaniya risklarni qayta sug'urtalash va diversifikatsiya qilish ustida ish olib bormoqda. Hozirgi kunda kompaniya Abu Dhabi National Insurance Company, Oman Insurance Company, Insurance House, Polish REDirect Insurance, London Market Plc, САО ВСК (Россия), АО "Нефтяная страховая компания" (Казахстан), Barents Reinsurance SA, Ace Insurance Pvt. Ltd kabi mahalliy va xorijiy qayta sug’urtalash kompaniyalar bilan qayta sug’urtalash hamkorlik shartnomalari mavjud. “ KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Mahalliy reyting agentligi “SAIPRO” tomonidan  “UZ A++”  moliyaviy barqaror hamda xalqaro  “Fitch ratings”  agentligi tomonidan moliyaviy holati " В+"  bahodan  “BB-”  bahogacha  barqaror deb e’tirof etilgan.  2021 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra kompaniya  15 ta filiallar ,  60 ta bo’limla r va  156 ta sug’urta  markazlarini o’z ichiga oladi. Kompaniyada  600 ga yaqin doimiy ishchi-xodimlar  va 3400 dan ortiq sug’urta agentlari  o’z faoliyatini Respublikaning barcha mintaqalarida amalga oshirib kelmoqda. “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ o’z ichiga “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ sho’ba kompaniyalarini oladi. Kompaniya nomi O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan sug’urta kompaniyalari brend nomiga nisbatan keng tarqalgan bo’lib, uning brendi mashhur. Kompaniya “International Underwriting Association of London” assotsiyatsiyasi a’zosi hisoblanadi.  ISO 9001:2015  xalqaro standarti bo’yicha sifat menejmenti tizimi joriy etilgan bo’lib, “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ muntazam har yili MHXS bo’yicha audit ishlarini olib boradi. Kelgusi 5 yil ichida sug'urta mukofotlari daromadlarini yillik o'sish kamida  35 foizga oshirish  bilan ta'minlash rejalashtirilgan. Korxona tarmoqdagi flagmanlardan biri hisoblanib, bir qator  yuqori afzalliklarga  ega:    -Respublika bo’yicha faoliyat yuritayotgan sug’urta filiallari va bo’limlari soni ko’pligi bo’yicha yetakchilik qiladi;     -Kompaniyaning aktivlari qiymati yuqoriligi;    -Sho’ba korxonalarinin mavjudligi: “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ;    -Korporativ boshqaruv standartlari bo’yich yuqori darajadagi faoliyat yo’lga qo’yilganligi; Korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari  MHXS  bo'yicha olib boriladi. Har yili xalqaro  auditorlik tashkilotlari  tomonidan tekshirib boriladi.  -Brend nomining sug’urta bozorida keng tanilgan ekanligi va sug’urta bozorida katta tajribaga  (24 yil)  ega ekanligi;