logo

Moliyaviy inqiroz, uning sabablari namoyon bo`lish shakllari va milliy iqtisodiyotni moliyaviy sog`lomlashtirish yo`llari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

178.681640625 KB
MOLIYAVIY INQIROZ, UNING SABABLARI NAMOYON BO`LISH SHAKLLARI VA MILLIY IQTISODIYOTNI MOLIYAVIY SOG`LOMLASHTIRISH YO`LLARI REJA: • Inqirozning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari. • Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli. • Milliy iqtisodiyotni moliyaviy sog`lomlashtirish yo`llari Inqirozning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlari • Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. • Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liqligini isbotlashga hojat yo‘q, deb o‘ylayman. • Respublikani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda sug’urtaning mavqei va o’rnini berdi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirilishini, shuningdek sug’urta munosabatlari barcha ishtirokchilarini manfatlarini ximoya qilinishi va majburiyatlarga rioya etilishini ta`minladi. • O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik. • Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. • Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi. • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora- tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan. • Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.  • Moliyaviy sog‘lomlashtirish – samaradorlik omili • O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarni aniqlash, ularning negizida ishlab chiqarishni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. • O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.Himmatov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tadbirkorlik keng qo‘llab-quvvatlanayotgani, qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari berish orqali ishlab chiqaruvchilar faoliyatining doimiy rag‘batlantirilayotgani soha rivojida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. • Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni bankrot korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash jarayonida tijorat banklarining ishtirokini faollashtirishga yordam berdi. Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, ularni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun katta miqdorda kredit hamda investitsiya mablag‘lari yo‘naltirildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari investitsiya portfelini monitoring qilish departamenti direktori A.Qosimovning ta’kidlashicha, iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tiklash bo‘yicha zamonaviy boshqaruv uslublari va yangi ish o‘rinlarini yaratishni o‘z ichiga olgan mexanizm o‘zini to‘liq oqlagan.