logo

Marketing tuchunchasi, tamoyillari va marketing konsepsiyalari

Yuklangan vaqt:

19.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

153.2314453125 KB
Marketing tuchunchasi, tamoyillari va marketing konsepsiyalari Marketingning tarkibiy tuzilishi  Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g`oyat serqirradir. Uning tarkibi yoki faoliyat sohalarida ishlab chiqarish vositalari marketingi, iste'mol tovarlari marketingi, xizmat ko`rsatish marketingi singari turlarini ko`rsatish mumkin. Bularning har birining faoliyatida umumiy printsiplar va vazifalar saqlanib qoladi, ammo bu yo`nalishlarning har biri o`ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.  Marketing tarkibiy tuzilishi haqida gap borganda olimlar va amaliyotchilar uning tarkibida mikromarketing va makromarketing kabi darajalarni farqlayotganlarini alohida ta'kidlash zarur. Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F. Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xo`jalik faoliyati bilan shugullanadigan tashqilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog`liq bo`lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o`xshash tashqilotlarga nisbatan ham qo`lladi.  Mikromarketing-korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste'molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni va ayni paytda korxona oldiga qo`ygan maqsadlarga erishishdir. Marketingni boshqarish.  Marketingni boshqarish- uni tashkil qilishda firma (korxona) oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishish, tahlil, rejalashtirish, hayotga tadbiq etish va nazorat qilish bosqichlarini o`z ichiga oladi.  Marketingni boshqarish jarayoni bir-biridan ajralmas uch qismdan iborat: 1. Tashkiliy-firma bo`limlarini kerakli bozor axborotlari bilan ta'minlovchi; 2. Izlanishlar olib boruvchi-firma marketing faoliyatidagi-bozor, assortiment, baho, reklama doiralarida uslubiy va tadqiqot ishlarini bajarish; 3. Dasturiy- nazorat ishlarini-maqsadli dasturlar, strategiya va taktikani shakllantirish va bozor faoliyatini joriy nazoratini olib boradi.  Marketingni boshqarish uning maxsus xizmati orqali olib boriladi. Marketing xizmati har bir korxonada bajarilishi ko`zda tutilgan o`ziga xos aniq vazifalar, ishchilarning huquq va burchlari, korxonaning boshqa bo`limlar bilan o`zaro munosabati va boshqalar hisobga olingan Nizom asosida tashkil etiladi. Marketing xizmati  Marketing xizmati-bu bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida korxona boshqaruvi uchun yetishmay turgan shunday bir faoliyat turiki, u ishlab chiqarish, moliya, savdo- xo`jalik, texnologik, kadrlar masalasi va boshqa sohalarda bozor zahiralarini qondirish va foyda olishga asoslangan yo`nalishlar jarayonini yaratadi. Marketing xizmati vazifalari-uning o`ziga xos tamoyillari asosidan kelib chiqadi. Bunga quyidagilar kiradi:  - korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va bozor haqidagi axborotlarni to`plash va tahlil qilish;  - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, savdo va xo`jalik faoliyati, reklama qilish, moliyaviy va boshqa jixatlar bo`yicha manfaatlariga mos qaror qabul qilish uchun zarur hisob-kitob ko`rsatkichlarini tayyorlash;  - talab shakllanishini faollashtirish va sotishni tezlashtirish. Tashkiliy tarkib boshqaruvini engillashtiradigan, yuqori natijalarga yetkazadigan qonun-qoidalar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:  1. Boshqaruvning tashkiliy shakli oxirigacha oddiy bo`lishi kerak.  2. Boshqaruv tashkiliy strukturasining tarixi oddiy, tushunarli bo`lishi kerak.  3. Har bir ishchiga yozma ish instruktsiyasi berilgan bo`lishi kerak.  Instruktsiyalar yangilanib turish maqsadida bir yilda ikki martadan tekshirib turilishi zarur.  4. Aloqalar tizimi samarali bo`lishi kerak, u aniq axborotlar almashinuvini ta'minlasin.  5. Ijrochilik va mas'ullik chegarasi aniq, ko`zga tashlanib turadigan bo`lsin. Asosiy mas'uliyat doimo firmaning bosh rahbarida turadi. Boshqa har bir ijrochi o`z boshligi oldida javob beradi. Marketingni boshqarish usul va uslubiyatlari.  Marketingni boshqarish korxonada bir necha yo`nalishda amalga oshirilishi mumkin (ularning ko`rinishi chizmalarda berilgan).  Funksional – bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta`minot va Tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.  Tovarlar tamoyili bo`yicha tashkil qilish/ bunda funksional tamoyillarga, yana har bir Tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo`shiladi.  bozor tamoyili bo`yicha tashkil etish. Bunda funksional tamoyillarga, yana bir hudud bozorlari va iste`molchilar turi bo`ticha boshqaruvchilar qo`shiladi. Marketing bo`yicha vise - prezident Mahsu lotni rejalasht irish bo`yicha boshqa ruvchi Tovar haraka ti bo`yi cha boshqa ruvchi Marke ting tadqiqot lari bo`yicha boshqa ruvchi Reklama bo`yicha boshqa ruvchi Sotish bo`yi cha boshqa ruvchi Boshqa funksio nal sohalar bo`yicha boshqar uvchiMarketing bo`limini funksional yo`nalishida tashkil etish.  Shunday qilib funksional marketing bo`linmalarining tashkil etilishida marketing bo`limlari marketing faoliyatlarining xususiy funksiyalari bo`yicha iyerarxik bo`linadi. Bu kabi tuzilmaga kichik ishlab chiqarish dasturi vat or Tovar assortimentiga, kam sonli milliy bozorlar va ular sigmentiga ega kichik korxonalar kiradi. Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo`linmalarni boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlik. Lekin tuzilmalarning bunday tipi qator kamchiliklarga ham ega, bular: – tovarlar bo`yicha maxsus bo`limlarning yo`qligi, – bozorning mintaqaviy sigmentlari bo`yicha maxsus bo`limlarning yo`qligi; – bozor talablarining o`zgarishi va iste`molchilar talablariga operativ ta`sirning sustligi; – marketing tashkilotlari tadbirlarini moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligidir.