logo

Web serverlarda ma’lumotlar modeli. Relyatsion ma’lulotlar bazasida munosabatlar

Yuklangan vaqt:

02.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2400.8173828125 KB
Web serverlarda ma’lumotlar modeli. Relyatsion ma’lulotlar bazasida munosabatlar REJA1. Relyatsion modelining asosiy tushunchalari. 2. Ma`lumotlarni tasvirlashda jadvallardan foydalanish. 3. MB da munosabatlar. Relyatsion ma`lulot modeli. Ma`lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o`lchamli jadvallar yordamida tasvirlash qulay. Jadval tushunarli, ko`rimli va inson uchun oddiy. Munosabatlar to`plami ma`lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog`lanishlarni modellashtirish imkonini beradi. Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari. • Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari; • Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi; • Atributlar – jadval ustunlar nomlari; • Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi; • Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi. MB jadvallari strukturasi MBdagi bog`lanishlar • Birlamchi kalit ustun – ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tartiblaydi hamda ushbu ustun orqali boshqa jadvallarni ulanish imkoniyati yaratadi. • Tashqi kalit ustun – ushbu ustun orqali boshqa jadvalarni birlamchi kalitli ustun bilan bog‘lanib ma’lumotlar guruhlanadi . Kalitlar va indekslar • Kalit – bu maydonlar kombinatsiyasidan iboratdir. Oddiy kalit bitta maydondan, murakkab kalit esa bir nechta maydondan iborat bo‘ladi. • Kalit quyidagilarni ta’minlaydi: – Jadval ma’lumotlarni yagona identifikatsiyasi; – MB so‘rovlarini bajarilishini tezlashtirish; – MB aloxida jadvallari o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish; – Bog‘lanish cheklovlarini o‘rnatish. Ma’lumot modeli tushunchasi Misol: 2 o`lchamli jadvalni quramiz. ID Domen Шахсий номер Ф. И. О Туғилган сана Курс Мутахасислик 00012 Собиров Б.Б. 05/12/1990 2 Тарих 00105 Солиев Б.П. 12/02/1991 3 Биология 00125 Алимов Б.Б. 14/04/1996 2 Физика 0 Каримов М.М. 01/05/1992 3 Педагогика Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi. Fayl Jadval Munosabat Mohiyat Yozuv Satr Kortej Mohiyat nusxasi Maydon Ustun Atribut Atribut Munosabatlar jadval ko`rinishida berilganda quyidagi xossalarga ega bo`ladi. Jadvalni har bir elementi ma`lumot elementi hisoblanadi va takrorlanuvchi guruhlar bo`lmaydi. Barcha ustunlar jadvalda bir jinslidir. Har bir ustunda nom tayinlanadi. Jadvalda bir xil satr ikki marta uchramaydi. Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish turlari • Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish bo`ysunish munosabatini aniqlaydi. Bunda biri asosiy (Master),ikkinchisi bo`sinuvchi (Detal) bo`ladi. • O`rnatilgan bog`lanish “asosiy-bo`ysinuvchi” yoki “master-detal” deb ataladi. • Boglanishlarning quyidagi turlari mavjud: – “ Birga - bir”; – “ Birga – ko`p”; – “ Ko`pga - bir”; – “ Ko`pga – ko`p”; Birga - bir bog`lanish • «Birga - bir» bog‘lanish asosiy jadvaldagi bitta ma’lumotga bo‘ysinuvchi jadvaldan bitta ma’lumotni tug‘ri kelishini anglatadi. Bunda: – Asosiy jadvaldagi har bir ma’lumot uchun bo‘ysinuvchi jadvalda ma’lumot mavjud; – Bo‘ysinuvchi jadvalda asosiy jadvaldagi ma’lumotlarga mos ma’lumot mavjud emas. • «Birga - bir» bog‘lanish asosan jadvallarni bo‘lishda ishlatiladi. • «Birga - bir» bog‘lanish oddiy bog‘lanish bo‘lib bunda birlamchi kalit boshqa bir jadvalni birlamchi kalitiga murojat qiladi. Birga - bir bog`lanish Tashkilot_id Tashkilot_nomi Manzili Tel_raqam 1 2 3 Rahbar_id Tashkilot_id Rahbar_FIO Tel_raqami 1 1 2 3 3 2 Ko`pga bir bog`lanish «Birga-ko‘p» va «Ko‘pga-bir» bog‘lanishalari faqat yo‘nalishi bilan farq qiladi. Agar «Ko‘pga-bir» bog‘lanishida asosiy jadval tomondan emas, bo‘ysinuvchi jadval tomondan qarasak, u holda «Birga- ko‘p» bog‘lanishga aylanadi. Ko`pga ko`p bog`lanish • «Ko‘pga-ko‘p» bog‘lanishida bir vaqtni o‘zida asosiy va bo‘ysinuvchi jadvallarda ko‘p ma’lumotlar bir-biriga mos keladi. • Masalan, institutda darslar jadvalini loyixalashda auditoriya raqamlari va o‘quv guruxlari haqida ma’lumotlar saqlovchi jadvallar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatiladi. Ko`pga-ko`p aloqa Masalliq_id Masalliq_nomi 1 Piyoz 2 Go`sht 3 Tuz 4 Kartoshka Taom_id Taom_nomi 1 Osh 2 Manti 3 Sho`rva ID Masalliq_id Taom_id 1 1 1 2 1 2 3 1 3 4 2 1 5 2 2 6 2 3 Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi Hozirgi kunda ma`lumotlar bazasida 3 ta ma’lumot modeli ko‘p ishlati ladi: Ma`lumotlar bazasi modellari Asosiy modellar Ierarxik T armoql i Relyatsion Ma’lumotlar bazasi Tarmoq ma’lumotlar modeli Agar munosabatdagi joriy element bir necha berilgan elementga ega bo`lsa, bunday bog`lanishlarni ierarxik strukturalar bilan tavsiflab bo`lmaydi. Bunday tuzilmalar tarmoqli graflar bilan tavsiflanadi. Tarmoqli strukturalarda element ixtiyoriy boshqa element bilan boglanishi mumkin. Ya’ni, tarmoqli bir necha kichkina ob’ektlardan to`plangan yirik ob’ekt deb qarash mumkin. Ushbu chizmada boglanishlarni tarmoqli modelda tasvirlanishi keltirilgan. MBBT modellari Tarmoqli MB turida ma’lumotlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin. • MB yozuvlarini qidirish • Yangi yozuvni yaratish • Joriy yozuvni olib tashlash • Joriy yozuvni tiklash • Yozuvni bog`lanishga qo`shish • Yozuvni boglanishdan olib tashlash • Bog`lanishlarni o`zgartirish PS – predmet soha; ILM – infologik model; DLM – datalogik model; MFM – ma’lumotlarni fizik modeli; AT – axborot tizimi; Relyatsion model Relyatsion model • Relyatsion modelda ma`lumotlar jadval ko`rinishida taqdim etiladi • Jadval qatorlari – ma`lumotlar, ustunlari esa alohida maydonlar hisoblanadi. Xizmatchi nomeri F.I.SH Unvoni Tugilgan yili Mutaxassi s kodi Mansab Maosh XN FISH UN TY MK MB MSH 2518 Valiev S.P. t.f.n. 1985 PM DOTS 260000 2567 Soliev I.T. t.f.d. 1987 EVM Prof. 360000 3245 Aliev S.I. t.f.n. 1988 PM Ilm.xodim 280000 3267 Boriev A.O. Akad. 1982 ASU Prorek. 400000 DDL(Data Definition Language) - Ma’lumotlarni tavsiflash tili • CREATE • ALTER • DROP CREATE database Supermarket Supermarket DB ALTER TABLE table_name ADD column_name datatype; Masalan: ALTER TABLE Mijoz ADD e-mail varchar(255); DROP TABLE table_name ; DROP TABLE Hamkorlar; DML(Data Manipulation Language) SELECT UPDATE INSERT DELETE Masalan: SELECT   column1 ,  column2, ... FROM   table_name ; SELECT  *  FROM  Mahsulot ; yoki SELECT  *  FROM  Mahsulot WHERE id_mahsulot=1 Id_mahsulot nomi narxi miqdori 11 sut 5000 20 litr 12 Coca cola 7000 200 dona 13 kartoshka 3000 100 kgMahsulot SELECT * from Mahsulot WHERE id_mahsulot=12 Id_mahsulot nomi narxi miqdori 12 Coca cola 7000 200 donaDML(Data Manipulation Language) INSERT INTO table_name ( column1 , column2 , column3 , ...) VALUES ( value1 , value2 , value3 , ...); Masalan: INSERT INTO Talaba ( `id_talaba` , `FISh` , `Pasport` , ...) VALUES ( ‘22’ , ‘Anvarov Anvar’ , ‘AA7634366’ , ...);DML(Data Manipulation Language) id_talaba FISh pasport … … … 22 Anvarov Anvar AA7634366 … … … UPDATE table_name SET column1 = value1 , column2 = value2 , ... WHERE condition ; Masalan: UPDATE Mahsulot SET mahsulot_nomi = Sut’, yetkazuvchi= ‘Asl Baraka MChJ' WHERE mahsulot_id = 101; DML(Data Manipulation Language) mahsulot_id mahsulot_nomi yetkazuvchi … … … 101 Sut Asl Baraka MChJ … … … DELETE FROM table_name WHERE condition ; Masalan: DELETE * FROM Mahsulot WHERE mahsulot_id=12DML(Data Manipulation Language) Nazorat savollari Ma’lumot baza modeli nima. • Ierarxik (shajara) modeli ma’lumot modeli va uning asosiy xarakteristikalari. • Tarmoqli model ma’lumot va uning asosiy xarakteristikalari. Mashqlar. • Ierarxik modelga misol ketiring va uni sxemasini chizing. • Tarmoqli modelga misol ketiring va uni sxemasini chizing. • Berilgan ierarxik (shajara) modeli ma’lumot modeli jadval ko‘rinishda tasvirlang. LOGO LOGO