logo

Gnu letsenziyasi va uning kelib chiqishi. Operatsion tizim platformasi va arxitekturasi. Operatsion tizimlar xizmatlari.

Yuklangan vaqt:

04.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2283.373046875 KB
Gnu letsenziyasi va uning kelib chiqishi. operatsion tizim platformasi va arxitekturasi. operatsion tizimlar xizmatlari. эркин ва очиқ кодли дастурий таъминот • Бу дастурий таъминотни ишлаб чиқаришнинг шундай усулики, унда дастурларнинг яратилаётган дастлабки коди очиқ, яъни барчанинг кўриб чиқиши ва ўзгартиришлар киритиши учун очиқ бўлади. Очиқ дастурларнинг дастлабки кодлари ёхуд жамоат мулки кўринишида, ёхуд “эркин” лицензия шартларида – кодга ҳамиша кириш мумкинлиги ва у дастурий таъминот билан бирга тарқатилиши талаб қилинадиган, масалан, GNU General Public License каби, кўринишда ишлаб чиқарилади. Очиқ дастурий таъминот ва эркин дастурий таъминот ғояларининг яқинлиги ва тушунчалари бир-бирини ўзаро тўлдириб туришларини ҳисобга олиб, улар “эркин ва очиқ кодли дастурий таъминот” (ЭОКДТ) умумий тушунчаси остида кўрилади. Эркин дастурий таъминот фонди • Нотижорат ташкилот, 1985 йил октябрь ойида Ричард Столлмэн томонидан эркин дастурий таъминот ғоясини ҳамда GNU лойиҳасини қўллаш учун ташкил қилинган. Ташкил қилингандан бери то 1990 йиллар ўрталаригача жамғарма маблағлари биринчи навбатда дастурчиларни ёллашга ва эркин дастурларни ёзишга ишлатилган. 1990 йилларнинг ўрталаридан то охиригача, эркин дастурининг учун ҳозирда фонд ишчилари ва волонтёрлари асосан эркин ДТ соҳасидаги юридик ва ташкилий саволлар билан ишлашади. Linux yoki GNU/Linux? • Linux operastion tizimi haqida gapirilganda uni  Nan Linux , ba’zida  GNU/Linux  deb nomlashadi. Aslini olganda Linux bu operatsion tizimning yadrosidir. Ushbu operatsion tizimni ishlashini ta’minlovchi ko’pgina dasturlar GNU dasturiy ta’minoti hisoblanadi. GNU bu Unix emas degan ma’noni beradi va u Linux uchun foydalanish mumkin bo’lgan barcha dasturiy ta’minot, tahrirlovchi dasturlar, kompilyatorlar, ishlab chiqarish vositalari, utilitlar, paketlar va boshqa barcha yangiliklar mutlaqo bepul bo’lishi kerak deganidir. Shunday ekan operatsion tizimni  GNU/Linux  deb nomlash to’g’riroq bo’ladi, Linuks termini esa uning yadrosiga nisbatan ishlatish mumkin. Tarixi • Linuks operastion tizimi boshqa operatsion tizimlar kabi uzoq o’tmishga ega bo’lmasada, ochiq tizimli operatsion tizimlar ichida eng ommabopi hisoblanadi. EHM ning birinchi davrida operatsion tizim hali ishlab chiqilmagan davrda katta va qimmat hisoblash mashinalarini faqatgina bitta odam (foydalanuvchi) foydalana olgan. Tarixi • Unga misol qilib,   IBM 701, Fortran Monitor System  uchun yaratilgan  General Motors Operating System(GMOS)  va  IBM 709  uchun ishlab chiqilgan  North American Aviation  ni keltirishimiz mumkin. 1960 yilda  Massachusets  texnologiya universitetida  GE- 645  mashinasi uchun eksperemental operatsion tizim — Multics (Multiplexed Information and Computing Service)  yaratildi. Tarixi • Ushbu operatsion tizimni yaratuvchilaridan biri AT&T kompaniyasi loyihadan ajralib chiqib, 1970 yilda o’zining shaxsiy Unix operatsion tizimini yaratdi va uni ishlashi uchun  C  dasturlash tilidan foydalanadi. • Yigirma yildan so’ng  Endru Tannenbaum  shaxsiy kompyuterlarda ishlovchi Unix ning  MINIX (minimal Unix) deb nomlanuvchi mikroyadroli versiyasini ishlab chiqadi. Ochiq kodli MINIX operatsion tizimi Xelsinki universiteti talabasi  Linus Torvalds  ni ilxomlantirib yubordi va 1990 yillar boshida Linux yadrosini yaratishga olib keldi. professor TanNenbaum va uning kitobi. Gollandiyalik prfessor Minix tizimi 12 000 kod Linus Benedikt Torvalds (1969 y. tug`ilgan) Finlandiya poytaxti Xelsinki Universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo`lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan . “Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi” xotiranomasida Linus: “Kirish qismini o`qiganimdayoqq, Unix mohiyatiga tushinib uni qudratli, mustahkam va guzal operatsion tizim ekanligiga iqror bo`lganman, hamda o`sha zahotiyoq Unix ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,” – deb yozadi. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larry Ewing 1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operatsion tizimning emblemasini (tamg`asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torval’ds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to`xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo`yicha emblemada pingvincha qorni to`q va baxtli ko`rinishda bo`lishi kerak. Linuks operatsion tizimning emblemasi bo`lib “Tuks” (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar xuddi nimcha, jilet kiyganday bo`lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks – tuxedo (inglizchadan – “jilet”) nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) --> TUX! Tarixi • 1991 yil 25 avgusta  USENET  nomli konferenstiyada Linus Torvalds o’zining Linux nomli operatsion tizimini e’lon qilib, bu unchalik katta loyiha emasligini ta’kidlab o’tdi. Bir necha oylardan so’ng Tarvalds barchani bu loyiha ustida ishlashga taklif etdi. Shundan so’ng C dasturlash tilidan xabardor juda ko’p foydalanuvchilar o’z kodlarini jo’natib, operatsion tizimni mukammal ko’rinishga olib kelishga xarakat qilishdi. Operatsion tizimning ishlovchi yaxshi varianti 1995 yilda shakllandi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, 1997 yilga borib 6 millonga yaqin shaxsiy kompyuter va serverlarga GNU/Linux operatsion tizimi o’rnatildi. • Bu operatsion tizimni foydalanuvchilarini aniq hisoblab bo’lmaydi, chunki bu operatsion tizimni istalgan foydalanuvchi, istalgan kompyuteriga o’rnatish mumkin, eng asosiysi hech qayerda ro’yxatdan o’tish shart emas. Tarixi • Hozirgi kunda Linux operatsion tizimini asosan server kompyuterlariga o’rnatishmoqda. Chunki bu tizim xavfsizlik jihatidan juda kuchli hisoblanadi. Bu tizimni juda ko’p distributivlari ( Mandriva, Gentoo, Redhat,..  ) mavjud bo’lib, ularning versiyalari ham juda tez suratda yangilanib bormoqda. Distributiv • Foydalanuvchilarning ko'p qismi GNU/Linuxni o'rnatish uchun distributivlardan  foydalanishadi. Distributiv — bu nafaqat dasturlar to'plamidir , balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka tizimlar markaziy o'rnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng ko'p tarqalgan distributivlar: • amerikaliklarning  Red Hat  va uninig bepul vorisi  Fedora Core ; • nemislarning  SuSE ; • fransuzlarning  Mandriva  (eski nomi Mandrake); • ayni bir xalqqa taalluqli bo'lmagan  Debian GNU/Linux ; • keksa distributivlardan biri bo'lmish  Slackware ; • nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchi  Gentoo ; • juda yosh, lekin istiqbolli  Ubuntu Linux . • Bu opеratsion tizim 1991 yil Xеlsinkidagi univеrsitеtlardan birida tahsil oluvchi talaba  Linus Torvaldsning  dissеrtatsiya ishi natijasida, UNIX opеratsion tizimi asosida yangi opеratsion tizimi sifatida yuzaga kеldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni  Freax  (inglizcha "free", "freak" so'zlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi "X" harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan  FTP serverning  administratori hamda Torvaldsning do'sti Ari Lemka kernelga tegishli jildni  linux  deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi. • Opеratsion tizim Intеrnеt tarmog'iga joylashtirishi natijasida tеz orada o'z foydalanuvchilari va muxlislariga ega bo'ldi va ko'pgina dasturchi(programmist)larni o'ziga jalb qilishi Linux opеratsion tizimining kеskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi. • Bugungi kunda dunyo miqyosidagi opеratsion tizimlar ichida o'ziga xos o'rniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy ta'minotlardan biridir, ya'ni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Intеrnеt tarmog'i orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu opеratsion tizimning 2 ta ishlash uchun mo'ljallangan intеrfеyslari bo'lib, ular GUI (Graphic User Interface) - grafikali intеrfeys hamda CLI(Command Line Interface) - konsol, ya'ni buyruqlar qatoridan iboratdir. • Linuxning  asosiy uy saytining (homepage) bog'i:  http://www.linux.org . Ushbu saytda opеratsion tizim haqida asosiy ma'lumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin. • Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi bo'lib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatov ning hissasi katta. Uning internedagi sayti:  http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinu x.net . Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. • Firewall  – bu to‘siq degani. Hizmatlarni ishga tushirish yoki tushirmaslikni nazorat qilib turadi. Undan tashqari portlarni ham ko‘zdan kechirib, ularni ham bloklab qo‘yadi. • ENABLE  punktini tanlab,  firewall  ni yoqishingiz mumkin bo‘ladi, bunda bloklash kerak bo‘lmagan xizmatlarni va portlarni belgilab chiqishingiz kerak bo‘ladi. Belgilanmagan barcha xizmat va portlar avtomat bloklanadi va ishga tushishga yo‘l qo‘yilmaydi. • Agar siz  Disable  punktini tanlasangiz  firewall  o‘chiriladi va siz istalgan xizmatlarni (slujba) va portlarni ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. • Selinux  –  Security Enhanced linux . Bu ham xavfsizlikni oshiruvchi sozlash hisoblanadi. Bunda tarmoq bilan ishlash jarayonida bloklash ishlari amalga oshiriladi. Biz bu punktni Disable  qilib, o‘chirib qo‘yamiz. Chunki biz oddiy shaxsiy kompyuter uchun operatsion tizim o‘rnatmoqdamiz. Agar serverlarga o‘rnatilish kerak bo‘lsa, sozlash ishlarini boshqacha amalga oshiramiz.  • Kdump  – operatsion tizim ishdan chiqganda avtomat qayta tiklash uchun ishlatiladi. Agar bu xizmatni yoqib qo‘ysangiz, xotiraning siz belgilagan qismini olib, shu yerga tizimni nusxasini oladi va kerak bo‘lib qolganda bu nusxa ishlatiladi.  Kdump  uchun ishlatilgan xotira boshqa ishlar uchun ishlatilmaydi. Biz bu xizmatni ishlatmaymiz, shuning uchun uni belgilamaymiz.