logo

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va uni O’zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1502.3515625 KB
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va uni O’zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari. Axborot texnologiyalarining ijtimoiy iqtisodiy va boshqaruvdagi yo`nalishi Bajardi : Azimova A. OCHIQ AXBOROT JAMIYATINI • Axborot xavfsizligini ta’minlash iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishning milliy ustuvorligini hurmat qilish tamoyillari asosida ochiq axborot jamiyatini tashkil etishda muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari • Bugungi kunda global iqtisodiyotda komputer va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.  • Axborot sohasi qonunchiligining asosini Konstitutsiyamiz, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlar tashkil etadi. Mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.  • Axborot sohasining me’yoriy- huquqiy bazasini muntazam isloh qilish tufayli milliy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi barqaror yuksalib bormoqda. Soha korxonalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi oxirgi yilda 11 foiz, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 12 foizga o‘sdi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi yil boshiga nisbatan 32 foizga oshdi.  Axborotlashtirishning huquqiy asoslari • Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va  maqsadli ishlar • Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va  maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga  imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi.  O‘ZBEKISTON AXBOROT TEXNOLOGIYALARI • Mamlakatimizda AKTni jadal rivojlantirish uchun davlat va xususiy sektor sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi. Ayni paytda O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining o‘nlab yetakchi kompaniyalari mazkur uyushmaga a’zo bo‘ldi. MOBIL ALOQA • Bugungi kunda mobil aloqa abonentlari soni 25 million nafardan ortdi. Yuzaga kelgan raqobat muhiti internet xizmatlarini taqdim etadigan operator va provayderlar, shuningdek, ushbu tarmoqdan umumiy foydalanish punktlari sonini ko‘paytirish imkonini berdi. GLOBAL AXBOROT TIZIMI • Global axborot tizimidan foydalanuvchilar soni hozir 7,7 million kishidan oshdi, ularning 4,27 million nafari internetdan mobil aloqa orqali foydalanmoqda. Elektron raqamli imzoni qo‘llash imkonini beradigan me’yoriy-huquqiy baza va ochiq elektron kalitlar infratuzilmasi yaratildi. ELEKTRON RAQAMLI IMZO • Elektron raqamli imzolarni ro‘yxatga olish markazlari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, «UZ» milliy domenida ko‘plab nomlar ro‘yxatga olinmoqda. Axborot resurslari bozori va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Elektron hukumat • O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi" qonuni bajarilmoqda. • O’zbekiston Respublikasi "Elektron hukumati haqidagi " qonuni muvofiqligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining " Davlat elektron xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha tartibini takommillashtirish to’g’risidagi" 2016 yil 02 iyundagi 184-sonli qarori va ushbu qaror ijrosini nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 03 iyundagi 08/1-832-sonli rejasini bajarish, hamda "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron shaklga sifatli o’tkazishni ta’minlash maqsadida, temir yo’l sohasida ko’rsatilayotgan ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish bo’yicha “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining buyrug’i va ruhsat berish bilan bog’liq davlat xizmatlarini elekron shaklga o’tkazish jadvali ishlab chiqidi.  • 2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekishi jamiyatimizda idoralararo, idoralar va fuqarolar, tadbirkorlar o‘rtasidagi elektron munosabatlarning rivojlanishi, fuqaro manfaatlarining mustahkam himoyalanishi, Internet tarmog‘ida ta’lim- tarbiyaviy, foydali kontentning yaratilishi, axborotlashtirish sohasida katta o‘zgarishlarning keng qamrovli yangi bosqichini boshlab berdi. «ZIYONET» JAMOAT TA’LIMI AXBOROT TARMOG‘I • «ZiyoNET» jamoat ta’limi axborot tarmog‘i muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Nogironlar uchun axborot texnologiyalari markazlari va maxsus treninglar tashkil qilindi. TO‘RTINCHI AVLOD (4G) ALOQA TARMOG‘I • Mamlakatimizda MDHda ilk bor to‘rtinchi avlod (4G) aloqa tarmog‘i ishga tushirildi, interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha «yagona oyna» markazlari ochildi. Forumda qator xorijlik ekspertlar AKT sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. AXBOROTLASHTIRISH ISTIQBOLLARI • O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.