logo

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1382.8056640625 KB
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARI Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: Qulay, tezkor, zamonaviy Bugun hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jamiyatning barcha sohalari, qo‘yingki, taraqqiyotning zamonaviy bosqichlarida ushbu tarmoqning roli va ahamiyati tobora ortib borayotgani buning yorqin tasdig‘idir.   Binobarin, mamlakatimizda Istiqlolning ilk yillaridayoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinyapti. Ana shu tarixiy tamoyil asosida ilg‘or AKT salohiyati, yutuqlari, innovatsiyalari yurtimiz rivoji, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish, odamlar dunyoqarashini o‘zgartirish, mamlakatimiz nufuzini jahonga yoyishga yo‘naltirilayotganini barchamiz his qilmoqdamiz.   Bu boradagi yaratib berilayotgan munosib shart-sharoitlar, imkoniyatlar sharofati o‘laroq, tarixan qisqa vaqt mobaynida respublikamiz o‘zining mustahkam axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi, jabhada malakali kadrlar tayyorlash tizimiga ega bo‘ldi.   Ayni chog‘da O‘zbekistonning dunyodagi barqaror yuqori o‘sish sur’atlari davom etayotgan yetakchi 10ta davlat qatoridan joy olishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi mustaqillik yillarida 3,4, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish ko‘rsatkichi 2,1, aholining yalpi daromadi 12,2 barobar ko‘payishi kabi tarixiy yutuqlarda mazkur sohaning o‘ziga xos ulushi borligini qayd etish lozim. Muvaffaqiyatlar omili Xo‘sh, dunyo miqyosida e’tirofga loyiq bunday muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda nimalar bosh omil vazifasini o‘tadi? Mustaqillikning ilk yillaridayoq Prezidentimiz tomonidan uzoqni o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» hayotga tatbiq etildiki, shuning asnosida AKTni zamon talablari asosida isloh qilish, qayta shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga doir keng qamrovli dastur yaratildi. Jumladan, mulkiy munosabatlar erkinlashtirildi, xizmatlar bozori kuchaytirildi, eng muhimi, tarmoqda respublikada tarkib topayotgan bozor munosabatlari talablariga mos oqilona boshqaruv tizimi paydo bo‘ldi. Pirovardida jabhada yangi chashmalar ko‘z ochdi. — Bunda xalqaro tajribani o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etdi, — deydi Aloqa va axborotlashtirish sohasi tarixi va merosi jamg‘armasi direktori Ravshan Asqarov. — Prezidentimiz topshirig‘i bilan Istiqlolning birinchi kunlaridayoq sohada yetakchi bo‘lgan bir qator davlatlarning ilg‘or tajribasi bilan tanishildi. O‘rganishlar, izlanishlar va eng asosiysi — soha rivojiga davlat tomonidan ko‘rsatilgan ulkan ko‘mak aslo besamar ketmadi.   Ilg‘or texnologiyalar va inson manfaatlari Kompleks chora-tadbirlarning amaliyotga izchil joriy etilishi jamiyatni axborot- kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlari bilan to‘la ta’minlash, uning imkoniyatlaridan har bir xonadon, fuqaro foydalanishiga zamin yaratishda ayni muddao bo‘ldi. O‘z navbatida, sohani mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi bosh mezonlardan biriga aylantirish yo‘lida salmoqli modernizatsiyalash ishlari ro‘yobga chiqarildi. Jumladan, respublikamiz Xalqaro elektraloqa ittifoqi, Butunjahon pochta ittifoqi kabi nufuzli tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo‘lib kirdi. Bu esa davlatimizning dunyo miqyosidagi obro‘yini yanada oshirdi. Yo‘ldosh aloqa stansiyalarini barpo etish, mobil radio-telefon aloqasini tashkil qilish borasida amalga oshirilgan ishlar soha taraqqiyotini ta’minlash imkonini yaratdi.   Aniq maqsadlar bilan qilingan mehnat hademay kutilgan samaralarini ko‘rsatdi. Test bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari ham MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib respublikamizda muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bunga bir misoldir. Izlanish va yangilanishlar O‘tgan yili va joriy yilning dastlabki olti oyida bajarilgan ishlar ham yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomiga aylandi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Ular haqida so‘zlash esa kishiga katta zavq bag‘ishlaydi.   Davlatimiz rahbari boshchiligida 2012 yilda ko‘plab loyihalar hayotda o‘z in’ikosini topdi. Chunonchi, bultur uzunligi 180 kilometrdan ziyod bo‘lgan «Boysun — Denov», «Urgut — Shahrisabz» optik tolali aloqa liniyasi ishga tushirildi. Farg‘ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatish moslamalarini o‘rnatish orqali raqamli televideniyega bosqichma- bosqich o‘tish amalga oshirildi. Bu aholini mamlakatimiz bo‘yicha raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasini 42 foizga yetkazish imkonini berdi.Joriy yilda ham belgilangan dasturlarni bajarish jadal davom ettirilayotir. Qo‘shimcha stansiyani o‘rnatish orqali CDMA texnologiyasi bo‘yicha «O‘zbektelekom» AK mobil aloqa tarmog‘i bilan yurtimiz aholisini qamrab olish darajasini 71 foizdan 84 foizga yetkazish; keng polosali multiservis xizmatlari ko‘rsatish maqsadida keng polosali ulanish tarmoqlari portali sonini 500 mingtadan oshirish; magistral telekommunikatsiya tarmoqlarining barqarorligini yanada mustahkamlash maqsadida zaxiralangan aloqa tarmoqlarining o‘tkazish qobiliyatini xalqaro yo‘nalishda 10 barobar, viloyatlar va tumanlar yo‘nalishida 5-10 barobar ko‘paytirish; zamonaviy AKT xizmatlaridan foydalanish uchun 100ta kollejni «Elektron ta’lim» tarmog‘iga ulash ishlari shular jumlasidandir. Bularga mos ravishda ikki chorakda sohadagi korxonalar tomonidan 1815,3 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu miqdor avvalgi yilning shu davridagiga nisbatan 24 foizga ko‘pdir. Xususan, aholiga aloqa xizmatlari ko‘rsatish 1168,5 milliard so‘mni tashkil etdi va o‘sish 24,8 foizga yetdi. Magistral, zona ichi va mahalliy tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy uzunligi 1028 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari barpo etildi.   Shuningdek, milliy axborot tizimini yaratish, pochta va matbuot tarqatish tizimlarida aloqa ob’ektlarini avtomatlashtirilgan tizimlarga bog‘lashni kuchaytirish, internet orqali obuna qabul qilish tizimini rivojlantirish yo‘lida ham samarali ishlar amalga oshirilyapti. Loyihalar esa, asosan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga hayotga tatbiq etilayotgani diqqatga sazovordir. Ayni chog‘da aholiga internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlari soni 924, internet-kafelar 1035taga yetdi. Operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun belgilangan tarif yil boshidagiga nisbatan 21,56 foizga kamaytirildi. UZ milliy domen tizimida ro‘yxatdan o‘tgan saytlar soni 16,8 mingdan oshganini ham shu o‘rinda keltirib o‘tish mumkin. Bular barobarida, o‘tgan davrda keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar soni 459 739taga yetgan bo‘lsa, foydalanilayotgan portlar miqdori 133,8 foizga oshdi. Bu esa aholiga keng polosali ko‘p tarmoqli telekommunikatsiya xizmatlari (IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, ma’lumotlar uzatish, HDTV kanallarini ko‘rish va hokazo)dan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirdi. Yuqoridagilarning barchasi aholiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish, ularning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini keng ro‘yobga chiqarishga xizmat qilyapti. «Elektron hukumat» afzalliklari Ma’lumki, interaktiv davlat xizmatlari ham inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarishdek ulug‘ maqsadga qaratilgandir. Zero, shu asosda odamlarning uzog‘i yaqin, mushkuli oson bo‘lmoqda. Kim ham vaqti, ortiqcha sarf-xarajatlari tejalishi, yugur-yugurlar, asabiylashishlar o‘zidan uzoq yurishini istamaydi deysiz? «Elektron hukumat» tizimi tag-zaminida ana shunday ezgu amallar mujassam.   Hozirgi kunga kelib bunday xizmatlar soni ko‘payib bormoqda. Ma’lumotlar reyestridan 197 turdagi xizmat ro‘yxatdan o‘tgani, davlat organlari tomonidan veb-saytlar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 617taga yetgani buning tasdig‘i emasmi?! Hozir hamyurtlarimiz uyidan chiqmasdan turib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali istalgan idoraga murojaat etishi, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishi mumkin. Yoki «E-kommunal.uz» portali yordamida tezkorlik bilan uy-joy va kommunal xo‘jalikka oid barcha masalalar, yangiliklardan tortib to‘lovlar bo‘yicha zarur axborotga ega bo‘lish, hatto, jabhadagi u yoki bu muammo haqida ma’lumot joylashtirish mumkin. Bu esa kamchiliklarni qisqa muddatda hal etishda qo‘l kelmoqda. Yo bo‘lmasa qonunlar, davlatimiz rahbari farmonlari va qarorlari hamda boshqa huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot kerak bo‘lsa, lex.uz portali ixtiyorimizda. Tegishli maslahat olish, elektron ko‘rinishda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topshirish, STIRni tasdiqlashda esa Davlat soliq qo‘mitasi sayti (soliq.uz) xizmatimizda. Davlat statistika qo‘mitasi sayti (stat.uz) orqali esa har bir tadbirkorlik sub’ekti statistik hisobotni elektron ko‘rinishda topshirib, fuqarolar yangi firma ochishda firma nomlarini elektron zaxiralash tizimidan foydalanyaptilar.   Elektron hujjat almashinuvi va yagona himoyalangan elektron pochta xizmati ham rivojlanib borayotir. Ushbu tizimga 127ta davlat organi, 194ta tuman va shahar hokimligi ulandi. Mazkur davrda sertifikatlangan, ro‘yxatga olingan va foydalanilayotgan elektron raqamli imzolar miqdori 291,4 mingtaga yetdi. Qolaversa, «Ye-XAT» himoyalangan elektron pochta tizimida ayirboshlangan elektron xatlarning umumiy soni 136 035tani tashkil etib, bu o‘tgan yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 2,8 barobar yuqoridir. Bugun yirik korxonalarda ham AKTni joriy qilish strategiyalari ishlab chiqilgan. Misol uchun, birgina Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy etilgan «Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari nazorati» axborot tizimi yordamida joriy yilning birinchi yarmida 92 tonna yoqilg‘i tejaldi. «O‘zbekinvest» kompaniyasida tashkil etilgan «Sug‘urta qo‘mitasi» axborot tizimi yordamida sug‘urta berish jarayoni 35 foizga qisqardi. Bulardan tashqari, «Ye-Hujjat» elektron hujjat aylanishi tizimining takomillashtirilgan tahriri ishlab chiqilib, yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimlariga 140dan ortiq davlat tashkilotlari ulandi. Tabiiyki, tarmoq qanchalik taraqqiy topsa, bu qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, 2012/2013 o‘quv yilida TATU va uning filiallari bitiruvchilarining ijtimoiy bandligiga alohida ahamiyat qaratilgani, sohaga biriktirilgan 74ta kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan qariyb 25 ming o‘quvchi bilan uch tomonlama shartnomalar tuzilgani ana shundan dalolat berib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2013- 2020 yillarda O‘zbekistonning informatsion-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturiga muvofiq, bir qator loyihalar, jumladan, davlat va aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni «yagona oyna» prinsipi orqali mustahkamlash, «Elektron hukumat» axborot va ma’lumotlar tizimini rivojlantirish; davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, muddatini qisqartirishga erishish, shuningdek, barcha davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning yagona standartlarini ishlab chiqish; FTTx texnologiyasiga asoslangan keng polosali optik aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish; hududlarda, xususan, qishloq joylarida EV-DO texnologiyasida ishlovchi CDMA-450 rusumidagi mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish; Toshkent va Jizzax viloyatlari hududlarida qo‘shimcha 2ta raqamli televideniye uzatgichini o‘rnatish va mazkur xizmatdan foydalanuvchi aholi miqdorini 45 foizga yetkazish galdagi vazifalar sifatida belgilangan. Bularning barchasi jamiyatimizda modernizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, xalqimiz dunyoqarashi, tafakkurini zamon talablari asosida o‘zgartirishda katta ahamiyatga ega. Ko‘rinib turibdiki, hozirgi davr shiddatiga hamqadam bo‘lish taraqqiyotning bosh kafolati va shartidir. Bu esa to‘xtovsiz harakat, uzoqni o‘ylab qabul qilingan strategik rejalarni jadal amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Zero, davlatimiz rahbari 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur». Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari milliy sammiti “ InfoCOM – 2013” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy voqealaridan biri bo‘lgan ushbu an’anaviy tadbir mamlakatimizda sohada izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir. O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi X.Mirzohidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi A.Jo‘raboyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida axborot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada AKTni yanada rivojlantirish hamda keng joriy etishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining shu yil 27-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlangan 2013- 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi qabul qilinishi axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Sammit O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari axborot-tahlil departamenti, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi hamda “CIB GROUP” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Mazkur tadbir milliy va xalqaro ekspertlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sammit o‘tkazilgan dastlabki yillarda unda ikki yuz nafar delegat qatnashgan bo‘lsa, bu yilgi tadbirda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan 600 nafardan ziyod mutaxassis, jumladan, Janubiy Koreya, Germaniya, Belarus, Qozog‘iston va Ozarbayjon vakillari ekspert sifatida ishtirok etdi. Tadbirda “AKT davlat sektorida”, “Texnologiyalar, ishlanmalar va yechimlar”, “Internet va axborot resurslari”, “Axborot-kutubxona texnologiyalari” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha oltmishga yaqin ma’ruza taqdim etildi. Yalpi va sho‘ba yig‘ilishlarida yuqori texnologiyalar bozorining yetakchi ekspertlari, davlat organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va chet el IT- kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislari AKTni jamiyat hayotining turli jabhalariga joriy etishga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi. Sohaga oid strategiyalar va uni rivojlantirish masalalari, texnologiyalar, infratuzilma, ilova hamda yechimlar ko‘rib chiqildi. – Sammitning sho‘balarga bo‘lingan holda o‘tkazilgani ishtirokchilarga AKT sohasidagi turli dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini berdi, – deydi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining axborot- kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshlig‘i O.Umarov. – Ayniqsa, milliy dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada Prezidentimizning shu yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Chunki dasturiy ta’minot sohasidagi ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash AKT sohasini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislar o‘z mamlakati davlat sektorida AKTni qo‘llash borasida erishilgan yutuqlar haqida ma’ruza qildi. – O‘zbekistonda qator loyihalar, chunonchi, “elektron hukumat” tizimini shakllantirish loyihasi ustida ishlamoqdamiz, – deydi BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi va BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili S.Prisner. – Shu bois BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolar ishtiroki va sheriklik” qo‘shma loyihasi ko‘magida “e- Hujjat” elektron hujjat aylanish tizimi modernizatsiya qilindi. Bu tizim tajriba loyihasi sifatida Jizzax va Namangan viloyatlarida joriy etildi. Kelajakda uni O‘zbekistonning barcha hududlarida tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatidamiz. Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorga AKT bozorining holatini tahlil qilish, sohadagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, yangi ishonchli hamkorlar topish, mamlakatimizda AKTni keng joriy etish uchun qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb qilish imkonini beradigan o‘ziga xos platformaga aylandi. Monitoring, o‘rganish va nazorat qilishning qonuniy mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 9 dekabrdagi 355- qaroriga muvofiq Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi nizomi tasdiqlangan bo‘lib, inspeksiyaga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan monitoring, o‘rganish va nazorat qilish vakolati berildi. Mazkur nizom bilan o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida inspeksiya tomonidan yangi yo‘nalishlar, ya’ni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va ularni rivojlantirishning holati yuzasidan monitoring, o‘rganish va nazorat qilish jarayonlarining qonuniy mexanizmlari mavjud emasligi sababli amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va ularni rivojlantirish holati yuzasidan monitoring, o‘rganish va nazorat qilish ishlarini olib borish tartibini ishlab chiqish maqsadida inspeksiya tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, inspeksiya tomonidan "Uzinfocom" markazi DUK bilan o ‘ zaro hamkorlikda "Davlat va xo ‘ jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlaitirish bo ‘ yicha nazorat, monitoring va o ‘ rganish o ‘ tkazish yuzasidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo ‘ yicha davlat inspeksiyasining "UZINFOCOM" markazi DUK bilan o ‘ zaro hamkorlikdagi faoliyati bo ‘ yicha vaqtinchalik reglament" loyihasi hamda "UNICON.UZ" DUK bilan o ‘ zaro hamkorlikda "Davlat va xo ‘ jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida elektron raqamli imzo va Ye-XAT, E-Hujjat axborot tizimlarini tatbiq etish va foydalanish, shuningdek, kalitlarni ro ‘ yxatga olish markazlari faoliyati bo ‘ yicha nazorat, monitoring va o ‘ rganish o ‘ tkazish yuzasidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo ‘ yicha davlat inspeksiyasining "UNICON.UZ" DUK bilan o ‘ zaro hamkorlikdagi faoliyati bo ‘ yicha vaqtinchalik reglament" loyihasi ishlab chiqildi va tasdiqlash uchun Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo ‘ mitasiga kiritildi va qo ‘ mitaning 2013 yil 16 maydagi 214-farmoyishi bilan tasdiqlanib, amalga kiritildi. Inspeksiya tomonidan monitoring ishlarini olib borish maqsadida Milliy axborot tizimlarini shakllantirish va integratsiyalash bo‘yicha "UZINFOCOM" markazi DUK tomonidan yaratilgan hamda doimiy ravishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish holati bo‘yicha ma’lumotlar kiritilib boriladigan NIS.UZ elektron portalida mavjud bo‘lgan statistik ma’lumotlarning inspeksiya faoliyatida samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida inspeksiya xodimlarining mazkur elektron portaliga kira olishi ta’minlandi hamda "UZINFOCOM" markazi bilan o‘zaro hamkorlikda doimiy ravishda monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan monitoring, o‘rganish va nazorat ishlarining sifati va samaradorligini oshirish maqsadida inspeksiya xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka va amaliy bilimlarini oshirish bo‘yicha "UZINFOCOM" markazi mutaxassislari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida me’yoriy- huquqiy hujjatlar bazasi, veb-saytlarga qo‘yiladigan talablar, davlat organlari axborot tizimlari resurslari, interaktiv davlat xizmatlari va davlat organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash mavzularida o‘quv seminarlari tashkillashtirildi. Shu bilan birga, inspeksiya xodimlarining "UZINFOCOM" markazi va "UNICON.UZ" DUKlarda bevosita amaliyot o‘tashlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, inspeksiya tomonidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish holati ustidan o‘rganish o‘tkazish reja- jadvalini tasdiqlash hamda tekshirish va o‘rganishlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihalari ishlab chiqildi va mazkur nizomlar loyihasini qo‘mita tizimidagi korxona va tashkilotlarning taklif va mulohazalari olinib, takomillashtirish hamda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini hamda inspeksiya tomonidan tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish holati bo‘yicha o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish jarayonida tegishli hisobotlar taqdim etilishida mazkur organlar rahbar va mas’ul xodimlarining mas’uliyatini oshirish va inspeksiya tomonidan beriladigan ko‘rsatma talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi yuzasidan asoslovchi hujjatlar qo‘mitaga kiritildi. Mazkur qayd etilgan qonuniy mexanizmlarning amalga kiritilishi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish holatini monitoring qilish, o‘rganishlar o‘tkazish va nazoratini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan inspeksiya faoliyatiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy aralashuv sifati berilishining oldini oladi. Имзо ва Муҳр Имзо – ҳужжатнинг ҳақиқийлигини ва юборган физик шахсга тегишли эканлигини тасдиқлайдиган инсоннинг физиологик хусусияти. Муҳр – ҳужжатнинг ҳақиқийлигини ва бирор бир юридик шахсга тегишли эканлигини тасдиқловчи исботдир. Электрон рақамли имзо Электрон рақамли имзо - электрон ҳужжатдаги мазкур электрон ҳужжат ахборотини электрон рақамли имзонинг ёпиқ калитидан фойдаланган ҳолда махсус ўзгартириш натижасида ҳосил қилинган ҳамда электрон рақамли имзонинг очиқ калити ёрдамида электрон ҳужжатдаги ахборотда хатолик йўқлигини аниқлаш ва электрон рақамли имзо ёпиқ калитининг эгасини идентификация қилиш имкониятини берадиган имзо Электрон ҳужжат алмашинуви тизими Электрон ҳужжат алмашиш тизимлари – электрон ҳужжатларни ахборот- коммуникация тизими орқали жўнатиш ва қабул қилиш жараёнлари йиғиндиси. Электрон ҳужжат айланишидан битимлар (шу жумладан шартномалар) тузиш, ҳисоб- китобларни, расмий ва норасмий ёзишмаларни амалга ошириш ҳамда бошқа ахборотларни алмашишда фойдаланиш мумкин. Электрон ҳужжат алмашинуви тизими Ҳужжатнинг айланиш маршрутини аниқлашҚарор қабул қилишда бошқариш Тасдиқлаш жараёнида ҳужжатларни бошқариш Ҳужжатларни қидириш Кўрсатмалар бериш ҲисоботларБошқариш Эътиборингиз учун рахмат!