logo

Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining texnik sohalarda qo’llanilishi. Kompas 3D dasturi. Dastur interfeysi 3D grafikasi

Yuklangan vaqt:

22.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

518.05859375 KB
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarining texnik sohalarda qo’llanilishi. Kompas 3D dasturi. Dastur interfeysi 3D grafikasi. 3D modelida rjnstruktor xujjatlarini tayorlash Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo`lib, uning maqsadi atrofimizni o`rab turgan tabiat, unda ro`y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o`zgarishlarni anglash, tushunib yetish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirishdir. Maxsys dasturlar yordamida o`rganilayotgan jarayonlar modellarining turli xil ko`rinishlarini (grafik, diagramma, annimatsiya, multiplikatsiya va h..k.) kompyuter ekranida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fazo bo`yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. Umuman olganda, kompyuterli modellashtirishning metodologiyasida quyidagi yo`nalishlarni ajratish mumkin: 1.  Geometrik yo`nalishdagi  tajribalarni tashkillashtirish koordinatalar tekisligida amalga oshiriladi. Kompyuter geometrik ob`ektlarning xossalarini o`rganish va matematik farazlarni tekshirishda modellarni ko`rish va ularni tadqiq etish vositasi sifatida ishlatiladi. 2.  Ikkinchi yo`nalish  turli xil harakatlarni modellashtirish bilan bog`liq. Kompyuter modellari orqali turli xil harakatli masalalarni yechish mumkin. Bu ro`y beradigan jarayonlarning mohiyatini chuqurroq va kengroq his qilishga, olingan natijalarni haqiqiy baholash va kompyuterda modellashtirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarning kengayishiga olib keladi. 3.   Uchinchi yo`nalish  - kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish - kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo`llaniladi. Eng muhimi shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o`ynaydi. COMPAS (kompleksnaya avtomatizirovannaya sistema) tizimi «ASKON» kompaniyasi maxsuloti bo’lib, xozirda 400dan ortiq ta’lim muassasalari va 300 ga yaqin tashkilotlarda ishlatiladi. Bu tizimning tarkibiy qismlari quyida keltirilgan   КОМПАСКомпас-График Конструкторлик xужжатларини яратиш Компас-ЧПУ Станок (ЧПУ)ларга дастурлар тузиш ва бошкариш Компас – 3D Фазовий моделлар яратиш Компас-Менеджер Лойиxа xужжатларининг маълумот базаси Компас –Автопроект Технологик жараёнларни тузиш ва бошкариш Компас-библиотека Машинасозлик, архитектура, автоматика ва бошка тармоклардаги стандарт ва схемалар Компас-Shaft, Spring … Механик элементларни лойиxалаш ва ясаш Компас- Мастер Ишловчининг инструментал мухитини яратиш COMPAS dasturining tasniflanishi COMPAS dasturining interfeysi COMPAS dasturini yuklash uchun qyidagi ketma ketlik bajariladi: Pusk→Programmы→ COMPAS 5.11→COMPAS 5.11 yoki ishchi stolda joylashgan dastur yorlig’i orqali Dastur yuklangandan keyin , uning interfeysi (foydalanuvchi bilan muloqot oynasi) paydo bo’ladi asosiy elementlari quyidagilardan iborat: COMPAS dasturi interfeysi COMPAS-ELECTRIK sistemasi COMPAS-ELECTRIK sistemasining ikkita turi mavjud: 1. COMPAS-Elektrik 2. Elektrik Express. COMPAS-Elektrik tizimi ikkita asosiy moduldan tashkil topgan: ma’lumotlar bazasi va shema va xisobotlar redaktori. Tizimning ma’lumotlar bazasi mahsulotlar komplektidan tashkil topgan, loyihalarda qo’llaniluvchi, hamda mahsus grafik belgilar, elektrik ko’rinishdagi sxemalarda qo’llaniladi. Sxema va xisobotlar redaktorida hujjat loyihalari yaratiladi, hujjatlashtiriladi va chop etiladi. Ular orasida- Asosiy elektrik sxema, bog’lashlar cxemasi, joylashish sxemasi, elementlar ro’yhati, spesifikasiyasi, bo’glanishlar jadvali va ulanishlar va boshqalar. COMPAS-Elektrikning asosiy funksiyalari:  Elektr aloqa liniyalarini tuzish va tahrirlash, elektrik shina, guruhli aloqa liniyalari o’rnatish;  Simlarni markirovkasini qo’lda va avtomatik joylashtirish;  Elektrik bog’lanishlar sxemasida, umumiy va ulanishlar sxemasida maxsus grafik belgilarni avtomatik joylashtirish .  Simlarning texnologik kartadagi joylashuvini yarim avtomatik ravishda yaratish;  COMPAS-Grafik loyihasiga hujjatlarni exportlash;  Aloqa liniyalarning maxsus simvollarini qo’yish (ekran,kabel, koaksil sim va o’ram boshqalar); COMPAS-ELECTRIK tizimida sxemalarni yaratilishi COMPAS-ELECTRIK Express COMPAS-ELECTRIK Express elektrik sxemalar va ularning elementlar ro’yhatini ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilarga mo’ljallangan. COMPAS-ELECTRIK Express tizimning soddalashtirilgan variant bo’lib,u asosan prinsipial elektr sxemalar va ularga elementlar ro’yhatini ishlab chiqaruvchilarga mo’ljallangan. COMPAS-ELECTRIK Express tarkibiga kiradilar:  Loyihalar menejeri, uning yordamida loyiha hujjatlari orasida navigasiya amalga oshiriladi.  Loyiha xisoboti va sxemasi, u yerda hujjatlarni chiqarish va qayta ishlash amalga oshiriladi.  Maxsulotlar to’plamining ma’lumotlar bazasi va maxsus grafik belgilari; COMPAS-ELECTRIK Express elementlar ro’yhati va sxemalarni qayta ishlab chiqishiga ko’ra huddi COMPAS-ELECTRIK kabi imkoniyatlarga ega. Bular:  Maxsus grafik belgilarni(MGB) kutubxonadan sxemaga qo’yish;  Aloqa liniyasida qo’shimcha simvollarni qo’yish;  Foydalanuvchi kutubhonadagi nomenklatura imkoniyatni kengaytirishi.    Elektrik bo’glanishlar aloqasini qurush, guruhli aloqa bog’lanishi, elektrik shina;  Simlarni avtomatik markirovkali joylashtirish;  Elementlar ro’yhatini avtomatik yaratish;  Grafik bog’lanmagan elektr liniya aloqalarini bir potensial bog’lamga birlashtirish; (varaqdan tashqarida va uning orasida) Nazorat savollari: 1. COMPAS tizimning tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 2. COMPAS dasturi orqali qanday vazifalarni bajarashimiz mumkin? 3. COMPAS dasturining interfeysi qanday ketma ketlikdan tashkil topgan? 4. COMPAS-ELECTRIK dasturi qanday imkoniyatlarga ega? 5. COMPAS-ELECTRIK sistemasining nechta turi mavjud?