logo

Xalqaro Mehnat Tashkiloti va ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

282.5 KB
Page 1Xalqaro Mehnat Tashkiloti va ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish Page 2Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Page 3• Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma ъ muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi. • Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchisi uchun ancha foydalidir. SHaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to’lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko’ra esa, bunday qilib bo’lmaydi. SHu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko’p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarning kattagina qismidan mahrum etadi. • Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to’liqsiz ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. SHu bois davlat ayniqsa, xo’jalik yuritishning bozor munosabatlariga o’tish sharoitlarida yollashning shaxsiy sharnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo’yicha ijtimoiy to’lovlarni ancha ko’paytirishga majbur bo’lib qoladi. Page 4• So’nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. CHunki, respublikamizda, bir tomondan, ishchilarni yollab ishlatish bo’yicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, kam ta ъ minlangan hamda ijtimoiy jihatdan etarli darajada himoya qilinmagan mehnatkashlar orasida ishsizlar soni oshib borayapti. • Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va etishmaydigan hududlarga bo’lgan holda, tadqiq etishni talab qilmoqda. • Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi va uning taklifi kamayishini hisoblash zarur. Page 5• Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko’rib chiqaylik: • a) ishchi kuchiga talabni oshirish usuli. • Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish, zarar keltirib ishlayotgan korxonalarni tugarish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan ishlab chiqarishdan bo’shatilayotgan xodimlar – mehnatkashlar salmog’i ko’paymoqda. • Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tatbiq etish – mehnat resurslarining oqilona bandligini ta ъ minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandir. • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati ko’rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo’yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan ъ anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo’shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta ъ mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalar – sarmoyalar qo’llanishining asosiy yo’nalishlaridir. Page 6• Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat resurslarini qayta taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda mavjudlarini qayta ta ъ mirlash va yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish orqali tartibga solish mumkin. Dotatsiyalar,subsidiyalar va kreditlarni agrosanoat majmuidagi korxonalarni, ayniqsa, qayta ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruktsiyalashga, shaxsiy mehnat faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko’p bolali ayollar, mehnatga layoqatli pensionerlar,nogironlar, o’smirlar va boshqalarga mos ish joylarini vujuga keltirishga yo’naltirish maqsadga muvofiq. SHu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib o’tilgan tarmoqlarga va ayrim maxsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy va malaka tarkibiga bevosita ta ъ sir o’tkazish mumkin. Page 7• Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish, aholi bandligini oshirishning eng muhim yo’nalashlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, byudjet to’lovlari va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug’urta badallarini kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini engillatish, bandlikning noan ъ anaviy shakllarini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni to’lash chora-tadbirlari yordamida amalga oshiriladi; • b) ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. • Ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib kelishini qisartirish va boshqa joyga ketishni rag’batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar o’rtasida qayta taqsimlash orqali samarali bandligini tashkil etish mumkin. Page 8• Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta ъ lim dasturlarini kengaytirish va o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta ъ lim oladigan talaba o’rinlarini ko’paytirish va kechki hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralagan holda o’qiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayolarga bola parvarishi uchun to’ldanadigan nafaqalar va beriladigan ta ъ lim muddatini ko’paytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish – mehnat bozorida ishchi kuchlari oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi. • Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o’tishlarni rag’batlantirishga ularga ham ish bilan to’la band qilingan shaxslarga mo’ljallangan ijtimoiy ta ъ minotning turlarini, ta ъ tillar va ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o’rnatish, kafolatlangan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta ъ minlash, har yili beriladigan ta ъ tillarni o’z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin. Page 9• Mamlakatimizning ishchi kuchi etishmaydigan mintaqalari (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi)da ishchi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko’paytirish mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir. • Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat: • a) ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usullari. • Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlar belgilash; qat ъ iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik to’lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga egadir. Page 10• Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi jonli mehnatdan foydalanishning intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi; • b) ishchi kuchlari taklifini ko’paytirish usuli. • Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutlaq ko’paytirishga qayta ishlash sanoati va xizmat ko’rsatish tarmoqlari va shoxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivoji jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. • Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka strukturasi bo’yicha hudud iqtisodiyoti noqishloq ishlab chiqarish tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o’sish sur ъ atiga javob bermaydi. SHu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirish hamda uning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik davlat xizmati tizimidagi va boshqa o’quv yurtlaridagi xodimlarning malakasini oshirishni tashki etish, korxonalarning o’zidagi maxsus kurslarda kasb-korga o’rgatishni yaxshilash va ularga soliq to’lovida imtiyozlar berish mahalliy kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning maqsadli maxsus dasturini ishlab chiqish kerak Page 11• Ishchi kuchlari taklifini rag’batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo’llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo’lib, bo’sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta o’qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma ъ lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta ъ minlashni,ishsizlarni ro’yxatga va hisobga olishni, kasbga yo’naltirishga oid chora- tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish kabi yo’nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehnat va uy-joy shart-shaoitlarini hamda madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini o’tkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi. Page 12Yaqin kelajakda mehnat bozorining Yaqin kelajakda mehnat bozorining rivojlanish kontseptsiyasirivojlanish kontseptsiyasi • Mehnat resurslari bilan ko’p ta ъ minlangan respublikamiz mehnat bozori rivojlanish kontseptsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi bandligining kamayishi, mehnat unumdorligining pasayishi, inflyatsiyaning mavjudligi, mulkchilikning turli shakllari sekinlik bilan vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning o’ta sust amalga oshirilishi, haqiqiy daromadlarning kamayishi kabi ishchi kuchi talabini oshirish va taklifini kamaytirish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Ular o’tish davri O’zbekiston milliy iqtisodiyotini chuqur, tarkibiy isloh qilish va erkinlashtirishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab chiqiladi. Page 13Mazkur kontseptsiyaning strategik maqsadilari Mazkur kontseptsiyaning strategik maqsadilari qilib quyidagilarni belgilash mumkin:qilib quyidagilarni belgilash mumkin: • ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish;ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish; • mehnatga layoqatli, ish bilan band bo’lmagan aholini ish bilan tamehnatga layoqatli, ish bilan band bo’lmagan aholini ish bilan ta ъъ milovchi hamda ishch milovchi hamda ishch kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy kuchiga talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandilk xizmati tashkilotlari tizimini shakllantirish;bandilk xizmati tashkilotlari tizimini shakllantirish; • yangi ish joylarini tashkil etishga, aholining bandlik darajasini oshirishga va ishlab yangi ish joylarini tashkil etishga, aholining bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo’luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo’luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy islohotlarni amalga oshirish;islohotlarni amalga oshirish; • aholining ish bilan oqilona bandligini taaholining ish bilan oqilona bandligini ta ъъ minlash;minlash; • qayta ishlash sanoati, xizmat ko’rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini qayta ishlash sanoati, xizmat ko’rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish va o’smirlar, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatning yaratish va o’smirlar, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatning kafolatlashtirilgan mintaqasini tashkil etish;kafolatlashtirilgan mintaqasini tashkil etish; • ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini taishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta ъъ minlovchi kichik va o’rta minlovchi kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; • mulkchilikning ijara, jamoa, hissadolik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi mulkchilikning ijara, jamoa, hissadolik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish;xo’jaliklarni rivojlantirish; • ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni samarali mahalliy va xorijiy texnologiya va ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni samarali mahalliy va xorijiy texnologiya va texnikalar asosida yo’lga qo’yish;texnikalar asosida yo’lga qo’yish; • sanoat korxonalari va ishlab chiqarish — ijtimoiy infratuzilma obsanoat korxonalari va ishlab chiqarish — ijtimoiy infratuzilma ob ъъ ektlarini vujudga ektlarini vujudga keltirish;keltirish; • mahalliy xodimlarnining malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini mahalliy xodimlarnining malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga oshirish, ularda yangi iqtisodiy, maamalga oshirish, ularda yangi iqtisodiy, ma ъъ naviy va manaviy va ma ъъ rifiy tafakkurni shakllantirish,rifiy tafakkurni shakllantirish, • har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;imkoniyatlarini yaratish; • mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish. Page 14Mehnat bozori rivojlanishining Mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalariasosiy bosqichlari va vazifalari • Mehnat bozori rivojlanishining birinchi bosqichida (1991- 1996yy.) quyidagi vazifalar bajarilgan: mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang’ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo’sh o’rinlar miqdor va tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo’lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta o’qitish, bandlikka ko’maklashish jamg’armasini takil etish va sarflash ishlari bilan shug’ullandilar, kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlar ajratish yo’li bilan yangi ish joylarini yaratishga, muayyan moliyaviy yordam ko’rsatildi, xalq xo’jaligi tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo’jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib, paxta yakkahukmronligini tugatish uchun shart- sharoitlar yaratildi; yollanma xodimlar va ish beruvchilar sonining huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar. Page 15Mehnat bozorining samarali Mehnat bozorining samarali rivojlanishirivojlanishi • Bularning barchasida mehnat bozorining samarali rivojlanishiga yo’naltirilgan ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi kamayishi bo’yicha iqtisodiy-ijtimoiy va tashkiliy tadbirlar majmuasi mujassamlashgan. • Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlarida qayd etilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishish, pirovardida mehnat resurslarining oqilona bandligini ta ъ minlash va ishsizlikni kamaytirishga olib keladi.