logo

Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, sudda vakillik, arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni

Yuklangan vaqt:

03.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1756.4794921875 KB
Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, sudda vakillik, arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni Reja: • Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari • Sudda vakillik • Arizaning (shikoyatning) shakli va mazmuni Ma’muriy protsessual huquq layoqati • Barcha fuqarolar va yuridik shaxslarning ma’muriy protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (ma’muriy protsessual huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi (MSIYTK ning 35-moddasi). • Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi. (FPK 41-modda Ma’muriy protsessual muomala layoqati • Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishlidir. • Voyaga yetmagan shaxs qonunda o‘n sakkiz yoshgacha nikoh qurish mumkin bo‘lgan holda____.... nikoh qurgan vaqtdan boshlab, shuningdek u qonunda belgilangan tartibda to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilingan holda (emansipatsiya) sudda o‘z protsessual huquqlarini shaxsan amalga oshirishi va protsessual majburiyatlarini bajarishi mumkin. MSIYK 35-modda Ma’muriy protsessual muomala layoqati • O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, shuningdek muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaroning huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari: tarbiyalovchi, davolovchi muassasalar yoki boshqa shunga o‘xshash muassasalar ma’muriyatiularni farzandlikka olganlar, homiylar *Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning o‘zini yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroni bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. • Qonunda nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmagan shaxs sudda o‘z huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Biroq, sud voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakillarini bunday ishlarda ishtirok etishga jalb qilishga haqli. o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) natijasida muomalaga layoqatsiz huquqlari, erkinliklari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi MSIYK ning 36-moddasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining tarkibi qanday? (37-m) Ishda ishtirok etuvchi shaxslar Ko‘maklashuvchi shaxslar Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga kimlar kiradi? Taraflar Boshqa shaxslarUchinchi shaxslar Prokuror Davlat organlari 38-modda Uchinchi shaxslar Mustaqil talab bilan arz qiladigan Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan Mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar • D.J.Otashevaga Payariq tuman “Hinoli qor” MFY, “Borsa kelmas” ko‘chasida uy-joy qurish uchun 0,06 gektar yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida Payariq tuman hokimligining 2010-yil 15-apreldagi qarori qabul qilingan. • Ushbu hududda esa K.L.Boltaboyev 2007-yildan buyon ushbu yer uchastkasida uy-joy qurib, o‘zining oila a‘zolari bilan yashay boshlagan. Biroq uy uchun kadastr hujjatlarinihali rasmiylashtirmagan. • K.L.Boltaboev ga bu hudud Otashevaga qaror bilan berilganligi ma’lum bo‘lgach, 2020-yil 12- oktabrda tuman hokimligiga ariza bilan murojaat qilib, nizoli yer uchastkasidan 13 yildan buyon foydalanib kelayotganligini, hozirda ushbu yer uchastkasida uy-joy qurganligini ma’lum qilib, ushbu uy-joyga nisbatan uning nomiga egalik huquqini belgilab berishni so‘ragan. • Tuman hokimligi tomonidan arizachining arizasini qanoatlantirish rad etilgan. Shu sababli, arizachi K.L.Boltaboev sudga ariza bilan murojaat qilib, javobgar tuman hokimligi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topishni so‘ragan. Bundan xabar topgan D.J.Otasheva ham sudga ariza bilan murojaat qilib, arizachining yer uchastkasi bilan uning yer uchastkasi o‘rtasida nizo mavjudligi sababli, uni nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishishga ruxsat berishni so‘ragan. Mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar • Tuman hokimining 2014-yil 18-yanvardagi qarori bilan “Barlos” fermer xo‘jaligiga 36 gektar yer maydoni uzoq muddatli ijaraga berilgan . Bu haqda keyinchalik tuman hokimligi va fermer xo‘jaligi o‘rtasida yer ijara shartnomasi tuzilgan. Tuman hokimining 2020-yil 15-dekabrdagi 639- son qarori bilan “Barlos” fermer xo‘jaligiga berilgan 36 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan . Hozirgi kunda, “Barlos” fermer xo‘jaligiga tutash joylashgan “Osiyo” fermer xo‘jaligi tuman hokimligi mansabdor shaxslarining ko‘rsatmasi bilan ushbu yer maydoniga ekin ekish maqsadida ishlov berib, yerni ekishga tayyor holatga keltirgan. Biroq yer maydonini “Osiyo” fermer xo‘jaligiga berish to‘g‘risida tuman hokimligining qarori qabul qilinmagan. • Shu sababli, “Barlos” fermer xo‘jaligi rahbari K.Shimolev sudga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimining 2020-yil 15-dekabrdagi 639-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan . • “ Osiyo” fermer xo‘jaligi rahbari D.Janubov sudga ariza bilan murojaat qilib, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishishni so‘ragan. Ishda prokurorning ishtiroki • Prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli. Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ariza tumanlararo ma’muriy sudlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha ma’muriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli. Arizadan voz kechish • Prokurorning o‘z arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. • Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi. Ishda prokurorning ishtiroki • Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda yerga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart. • Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon qiladi , bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno • Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ko‘zlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno. Sud majlisi kotibi 49-modda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ularning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga bo‘lgan huquqlari haqida xabardor qiladi3 ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni amalga oshirishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishni taklif etadi4 guvohlarni chaqirtiradi; ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi; taraflarga zarur dalillarni olishga ko‘maklashadi, taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ularni talab qilib oladi5Ishda ishtirok etish uchun boshqa javobgarni yoki uchinchi shaxsni jalb etish masalasini ko‘rib chiqadi 1. manfaatdor shaxslarni ishni yuritish to‘g‘risida xabardor qiladi 2Sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida quyidagi harakatlarni ariza (shikoyat) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay amalga oshiradi: taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha dastlabki himoya choralarini ko‘rish va dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi; boshqa shaxslarning ishga kirishishi, ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish yoki arz qilingan talablarini alohida ish yuritishga ajratish, sayyor sud majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar Guvohlar Ekspertlar Mutaxassislar Tarjimonlar Huquq va majburiyatlar • - ish materiallari bilan tanishish, • - ulardan ko‘chirmalar olish, ko‘chirma nusxa olish, • - rad qilish to‘g‘risida arz qilish, • - dalillar taqdim etish, • - dalillarni tekshirishda ishtirok etish, • - savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, • - sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, • - ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, • - ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) 39-modda Taraflar • Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi • taraflardir. • O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir . • Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir . • Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. Ishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishi • Talab bir nechta arizachi tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. • Arizachilar va javobgarlarning har biri boshqa tarafga nisbatan sud protsessida mustaqil qatnashadi. • Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. • Boshqa javobgarning ishtirokisiz ishni ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar arizachining roziligi bilan o‘sha javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. • Agar qonunchilikda ishda boshqa javobgar ishtirokining majburiyligi nazarda tutilgan bo‘lsa, sud o‘z tashabbusi bilan shu javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etadi. • Sud arizachining iltimosnomasi bo‘yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. • Boshqa javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb etilganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish • Sud ariza (shikoyat) bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor bo‘lmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor bo‘lgan javobgar bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin. • Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa , sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. • Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganligi to‘g‘risida ajrim chiqariladi. • Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.  Vaziyat • Fuqaro A ma’muriy sudga ariza yozdi. Unga ko`ra hokimning qarori bilan uning yeri qo`shnisi fuqaro B ga berib yuborilgan. Sud majlisida aniqlangan holatlarga ko`ra, aslida, hokim qarori bilan olib qo`yilgan yer Boshqa bir fuqaro D ga tegishli edi. • Vaziyatga huquqiy baho bering! Protsessual huquqiy vorislik Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan holda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, fuqaroning vafot etishi va majburiyatlardagi shaxslar o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi. Huquqiy vorislik ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin ma’muriy sud ishlarini yuritish almashtirish amalga oshirilgan bosqichning o‘zida davom ettiriladi. Misol • Arizachi “Diyor” fermer xo'jaligi javobgar Bo'stonliq tuman hokimligiga nisbatan sudga ariza bilan murojaat qilib, Bo'stonliq tuman hokimining 2020-yil 16-iyundagi 635-son qarorini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Sudning 2020-yil 12-iyuldagi ajrimi bilan ma'muriy ish bo'yicha ish yuritish arizachi "Diyor" fermer xo'jaligi raxbari A.R.Diyorov vafot etganligi sababli, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo'l qo'yganligi uchun to'xtatilgan edi. Sudning 2021-yil 18-fevraldagi ajrimi bilan ish yuritishni to'xtatib turishga sabab bo'lgan holatlar bartaraf qilinganligi uchun ish yuritish tiklangan. Ya'ni, "Diyor" fermer xo'jaligi raxbari A.R.Diyorov vafot etganligi sababli Bo'stonliq tuman 1- son notarial idorasi notariusi tomonidan meros ishi ochilib , fermer xo'jaligiga tegishli barcha mol-mulklar A.R.Diyorovning turmush o'rtog'i D.Yu.Diyorovaga meros guvohnomasi asosida berilgan. Fermer xo'jaligining 56-son buyrug'i bilan D.Yu.Diyorova "Diyor" fermer xo'jaligi raxbari etib tayinlangan. Shu sababli, D.Yu.Diyorova sudga ariza bilan murojaat qilib arizachi A.R.Diyorovni uning huquqiy vorisi D.Yu.Diyorova bilan almashtirishni so'ragan. Arizaga meros guvohnomasi, 56 - son buyrug'i, fermer xo'jaligining qayta ro'yxatdan o'tkazilgan ustavi va boshqa hujjatlar ilova qilingan. Sudda vakillik Qonuniy vakillik Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik Qonuniy vakillik • ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar • mol-mulkni qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs • vasiy yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. Qonuniy vakillar va vakillar o‘z manfaatlarini ko‘zlab yoki uni vakil qilgan shaxsning manfaatlariga zid ravishda protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli emas. Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik(60-m) • Shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillik • Ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. • Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin: • 1) advokatlar; • 2) nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; • 3) yuridik shaxslarning xodimlari — ushbu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha; • 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha; • 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; • 6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha; • 7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar. • Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin. Vakilning vakolatlarini rasmiylashtirish Davlat boshqaruvi organlarining, mansabdor shaxsning vakillari tegishli organ rahbarining yoki mansabdor shaxsning imzosi bilan beriladigan ishonchnoma bo‘yicha ish olib boradi. Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, imzo yuridik shaxsning muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanadi. Yuridik shaxslarning rahbarlari sudga o‘z xizmat mavqeyini yoki vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.Fuqarolar tomonidan beriladigan ishonchnomalar notariuslar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Notariuslar Notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatlilarVakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Qonunda beriladi Ishonchnomada korsatiladi Advokatlik orderi(Adliya vazirining buyrug`i- 2023-yil 31-yanvardagi 1-mh-son ) 1. Order raqami 2. Advokatlik tuzilmasining nomi 3. Advokatlik tuzilmasining manzili va telefon raqami 4. Advokatning familiyasi, ismi va otasining ismi 5. Advokatlik guvohnomasining rekvizitlari (raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilgan) 6. Advokatning litsenziya bo‘yicha ixtisosligi (“” belgisini qo‘yish orqali belgilanadi) □ fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish □ ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish 7. Order berishga asos (“” belgisini qo‘yish orqali belgilanadi) □ shartnoma (bitim) □ qaror (ajrim) 8. Order berishga asos bo‘lgan hujjat rasmiylashtirilgan sana 9. Ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoki yuridik shaxs nomi 10. Yuridik yordam ko‘rsatiladigan ish turi (“” belgisini qo‘yish orqali belgilanadi) □ fuqarolik ishi □ iqtisodiy ish □ ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish □ ma’muriy ish □ jinoiy ish □ boshqa ish 11. Order berilgan sana 12. Elektron order uchun QR-kod yoki qog‘oz shakldagi order uchun advokatning imzosi va advokatlik tuzilmasining muhri Sudda vakil bo‘la olmaydigan shaxslar(64-m) Quyidagi shaxslar sudda vakil bo‘la olmaydi: 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno; 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar; 5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar. Toshkent tumanalararo ma’muriy sudiga Arizachi:A.A.A dan Toshkent shahar, Chorsu dahasi. 2/11 Javobgar: Olmazor tuman hokimligi Ariza Men A.A.A 2022-yilning 12-ferval sanasida o‘zimga qarashli uy-joyga nisbatan yangi tuman hokimi tomonidan boshqa fuqaroga qaror bilan berib yuborildi . Mazkur vaziyatda norizi bo‘ldim chunki bu uy menga 123-son qaror bilan 2012 yil berilgan edi. Sizdan bu qarorni haqiqiy emas deb topishingizni so`rayman. Uyimga nisbatan tasarruf qilish huquqi berilganligi sababli manga tegishli uyni realizatsiya qilishni taqiqlashingizni so`rayman. Ilovalar: 1. Davlat boji va pochta xarajatlari to`lovi; 2. Javobgarga va 3-shaxslarga taqdim etilganlik fakti; 3. Asos bo`luvchi dalilar 28.03.2022 imzo F.I.O Sudning nomi Arizachi Javobgar Asos bo`lgan holat Asosini tasdiqlovchi dalil Talab Ilovalar Sana, imzo va F.I.O E’tiboringiz uchun rahmat!