logo

Tuproqshunoslik fanining mutaxassislik uchun ahamiyati. Tuproq hosil bo’lish jarayoni

Yuklangan vaqt:

08.02.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4592.5 KB
Tuproqshunoslik fanining mutaxassislik uchun ahamiyati. Tuproq hosil bo’lish jarayoni Ma’ruzachi: Aralova Minavvar Nomoz qiziMa’ruzachi: Aralova Minavvar Nomoz qizi Reja: 1. Kirish. Fanning maqsad va vazifasi. 2. Fanning rivojlanish tarixi. 3. Tuproqning hosil boʼlish jarayoni. А sosiy omillar va sharoitlar. 4. Tuproq hosil boʼlishida inson ishtiroki Foydalaniladigan adabiyotlar : 1. Ramazonov O., Boʼriyev S.S. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Barkamol fayz media, 2018. 2. Robert Yedwin White. Principles and practice of soil science: the soil as a natural resource. USA, Malden, 2006. 3. Ramazonov O., Yusupbekov O. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Sharq, 2003. 4. Ramazonov O., Yusupbekov O. “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” T.: Sharq, 2005. 5. Ramazanov А. “ Pochvovedenie i zemledelie” Uchebnik. - T.: Barkamol fayz media, 2018. 6. Sh.Xoliqulov, Uzoqov P., Boboxoʼjaev I. “ Tuproqshunoslik” Darslik. - T.: «N.Doba», 2011 . Sayyoramizning yer zahiralari (fondi)Sayyoramizning yer zahiralari (fondi) № Ерларнинг тоифаси Майдони млн. км 2 Қуруқликка нисбатан, % 1 Музликлар билан қопланган ерлар 16,3 11,0 2 Тундра ва баланд тоғлардаги саҳролар 5,0 3,3 3 Тупроқ ва тундра ўрмонлари билан қопланган ерлар 7,0 4,7 4 Ботқоқликлар, к ў л, дарёлар ва сув омборлари билан банд ерлар 7,2 4,8 5 Иссиқ (арид) худ уд лардаги саҳролар, қ оялар ва со ҳ иллардаги қумликлар 18,2 12,2 6 Ўрмонлар билан қопланган ерлар. 40,3 27,0 7 Табиий утло қ лар ва б ў тазорлар билан қопланган ерлар 28,5 19,0 8 Деҳқончилик билан банд ерлар 19,0 13,0 9 А ҳ оли яшаш жойлари ва саноат бинолари билан банд бўлган ерлар 3,0 2,0 10 Эрозия, шўрланиш, ботқоқланиш ва бошқа омиллар туфайли вужудга келган ташланди қ ерлар 4,5 3,0 Ҳаммаси: 149,0 100,0 O’zbekiston Respublikasining geografik o’rni Ўзбекистон Республикасининг ер ресурслари т/р Ер фондининг тавсифи Жами майдон Шундан, суғорила- дигани Минг га % Минг га % 1 Қишлоқ хўжалиги ерлари 22371,3 50,4 4200,6 97,8 2 Ахоли пунктлари ерлари 237,8 0,5 48,5 1,1 3 Саноат,транспорт,алока,мудофаа ва бошка ерлар 1970,9 4,4 11,4 0,3 4 Табиатни мухофаза килиш, сог- ломлаштириш, рекреация ерлари 72,4 0,2 0,6 0,0 5 Тарихий,маданий ахамиятга эга ерлар 0,3 0,0 0,0 0,0 6 Ўрмон фонди ерлари 8543,8 19,2 25,5 0,6 7 Сув фонди ерлари 825,3 1,9 4,5 0,1 8 Захира ерлар 10388,5 23,4 4,2 0,1 Жами ерлар 44410,3 100,0 4295,3 100,0 Ўрта Осиёда бир квадрат километр ерга тўғри келадиган ахоли жон боши МДХ мамлакатларда аҳоли жон бошига тўғри келадиган экин майдони  Tuproq - o‘zi nima? Tuproq - o‘zi nima? Siz u haqida nimani Siz u haqida nimani bilasiz?bilasiz?010203010203 1010 1313 Tuproq - o‘zi nima? Tuproq - o‘zi nima? Siz u haqida nimani Siz u haqida nimani bilasiz?bilasiz? Tuproq deb, yerning ustki, g‘ovak, yumshoq va unumdor, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘lgan qatlamiga aytiladi.010203010203 1010 1313 Tuproq to‘g‘risidagi fanning asoschisi akademik Dokuchayev V.V. fikri bo‘yicha tuproq - bu mustaqil tabiiy-tarixiy jismdir va u borligicha o‘rganilishi kerak. Dunyoda tuproqlarni va suvni ifloslanishi, o‘simlik va xayvonot dunyosining mahsulotlarini nitratlar, og‘ir metallar, agrokimyoviy moddalar bilan ifloslanishi xatarli tus olmoqda. Ayni bir vaqtda salbiy omillar alohida-alohida va birgalikda tuproqni sifat bahosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqni bonitirovkalashda asosiy mezon tariqasida esa uning unumdorligi olinadi va ballarda ifodalanadi. Bu vazifani “tuproq bonitirovkasi” amalga oshiradi. Bonitirovka so‘zi lotincha bonitas - saxiylik, ya’ni tuproqlarni, ularni ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra nisbiy baholash demakdir. Yerlarni baholash uchun esa ularni ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati ham tug‘iladi, bu ishga kadastrlash deyiladi. Kadastr so‘zi fransuzcha - cadastre dan olingan bo‘lib, ro‘yxatga olmoq demakdir. Tuproq bonitirovkasi Yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yerni hisobga olish va baholash qadimgi Rimda mavjud bo‘lgan. Yegipetda yerga egalik qilish huquqini berish bilan birga yerdan olingan daromadni 20% ni soliq tariqasida undirib olingan. Rossiyada Pyotr davrigacha davlat sarf xarajatlarini qoplash uchun Yer egalaridan alohida Yer solig‘i olingan. Qadimgi Rus davlatlarida dehqonlar birinchi bonitirovkachilar bo‘lganlar. Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida Rossiyaning 17 guberniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu guberniyalarga Pyeterburg, Voronej, Pyenza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekaterinoslavsk, Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Vyeselovskiy rahbarligida 1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi. Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi. Shu davrda, ya’ni 1870 yillardan boshlash Dokuchayevning faoliyati ko‘rina boshladi. 1883 yili Dokuchayev tomonidan "Rus qora tuprog‘i" nomli asar chop etildi. Shu asar orqali dunyoda yangi "Tuproqshunoslik" fani paydo bo‘ldi. Tuproqlarni genetik asosda o‘rganish boshlandi. Ayni shu vaqtda tuproqlarni ilmiy bonitirovkalashga asos solindi. Dokuchayev tomonidan Rus qora tuproqlari o‘rganilib kelingandan keyin, u darhol Nijniy-Novgorod, Poltava yerlarini o‘rganish va baholash uchun yuborildi. Dokuchayev yerni baholash ishlarini keng agronomik ishlarga aylantirib yubordi. Shu davrdan boshlab yerga baho berishni Dokuchayev davri boshlandi. O‘zbekiston olimlarining fanga qo‘shgan hissalari • O‘zbekistonda dehqonchilik fanini rivojlanishga ilmiy faoliyati bilan katta hissa qo‘shgan olimlar. N.R ы jov, M.V.Muhamedjonov, A.Q.Qashqarov Z.S.Tursunxo‘jayev, V.P.Kondratyuk, X.Tursunqulov va boshqalar. • N.Ryajov (1903-1981) - g‘o‘zani sug‘orish va tuproqning fizik xossalarini o‘rganish bo‘yicha ishlar qildi. • M.V.Muhamedjonov va A.Q.Qashqarov - yer haydash, yer haydashni tabaqalashtirish, oraliq va siderat ekinlarni ekish masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, ishlab chiqarishga tavsiyanomalar berishdi. Dunyo olimlarining fanga qo‘shgan xissalari Dyehqonchilik fanini rivojlanishida qator olimlar o‘z hissasini qo‘shgan.M.V.Lomonosov (1711-1765) "Yer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi. Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurash, o‘g‘itlash masalalari bo‘yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini tarifladi. U yetti dalali almashlab ekishning 3 ta dalasi qo‘riq bo‘lishini bayon etdi. I.M.Komov 1898 yilda "Dyehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u ko‘p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Myendeleyev mineral o‘g‘itlarni qo‘llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha katta ishlar olib bordi. V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doyarenko, K.K.Gyedroys kabi olimlar o‘simliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo‘yicha qator asarlar yaratganlar. Tuproqning hosil bo‘lishi nihoyatda murakkab biofizik- kimyoviy jarayondir. deganda moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o‘zgarishi va harakati natijasida hosil bo‘lgan moddalar yig‘indisi tushuniladi. Bu faqat tirik organizmlar – yuksak o‘simliklar va mikroorganizmlarning o‘zaro ta’siri tufayli sodir bo‘ladi. TUPROQ HOSIL BO‘LISHI Omillari: 1. Tuproq hosil qiluvchi ona jins; 2. Tirik organizmlar; 3. Quyosh energiyasi; 4. Atmosfera; 5. Oqar (daryo) va yer osti suvlari Sharoitlar: 1. Hududning geografik joylashishi; 2. Hududning past-baland- ligi; 3. Davr; 4. Inson ishtiroki.1D5A 0303 0B 01 08 22 2F 30 31 1916 03 131A 01 36 22 1B 2F 30  Tuproq hosil bo‘lishi jarayoniRelyef O‘simlik va xayvonot dunyosi Tuproq hosil qiluvchi ona jinsIqlim Tuproq yoshi Inson faoliyatiTuproq hosil bo‘lishi jarayoni151617 2508 3605 Tuproqning hosil bo‘lishida bevosita qatnashuvchi jarayonning material va energetik asoslarini yaratuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Tuproq hosil qiluvchi ona jins. Tog‘ jinslari, har xil cho‘kindilar, tabiiy kuchlar, haroratning o‘zgarishi, atmosfera yog‘inlari, shamol va yuksak o‘simliklar ta’sirida yemirilishi natijasida har xil kattalikdagi zich joylashmagan, o‘zining petrografik va mineral tarkibini saqlab qolgan moddalar hosil bo‘ladi. Yemirilish fizik (tabiiy kuch, harorat, shamol ta’sirida), kimyoviy (atmosfera tarkibidagi har xil gazlar, bug‘lar ishtirokida) va biologik (o‘simlik va organizmlar va ularning qoldiqlari ta’sirida) ko‘rinishda sodir bo‘ladi.     • Tirik organizmlar (o‘simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari). Tuproq hosil bo‘lishi, unumdorlikning shakllanishi, organik moddalarning hosil bo‘lishi asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘simliklar, hayvonot dunyosi qoldiqlari hisobiga yuzaga keladi. • Quyosh energiyasi – tabiatda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarni issiqlik va yorug‘lik bilan ta’minlovchi manbadir. • Atmosfera (yog‘inlar, harorat, havo, havo namligi, shamol) tuproq hosil bo‘lish jarayonida sodir bo‘ladigan fizik, fizik-kimyoviy, biologik jarayonlarning yo‘nalishi va miqdoriy ko‘rsatkichlarini belgilaydi va ishtirok etadi. Havodagi kislorod miqdoriga o‘simlik va mikroorganizmlarning hayoti bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy sharoit atmosfera yog‘inlarining miqdoriga qarab nival, gumid va arid turlarga bo‘linadi. • Oqar (daryo) va yer osti suvlari. Oqar suvlar tog‘ jinslarining yemirilishida ishtirok etadi. O‘simlik va boshqa organizmlar yashashi uchun asosiy omil hisoblanadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonini ma’lum davr va hudud miqyosida belgilovchi sharoitlarga quyidagilar kiradi: • Hududning geografik joylashishi. Yer sharining shimoldan janubga yoki tekisliklardan tog‘larga qarab yo‘nalishida iqlim sharoitining o‘zgarishi natijasida tuproq hosil bo‘lish jarayoni har xil jadallikda o‘tadi. Shimoliy qutbda hozirga qadar o‘simlik uchun zarur xossalarga ega bo‘lgan tuproqlar shakllanmagan. Markaziy Osiyoning tekislik qismida shakllangan tuproqlar eng qadimiy tuproqlar hisoblanadi. • Hududning past-balandligi tuproqning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Past-balandlik asosan suv ayirgichlar, nishabliklar va vodiylar tarzida shakllanadi va kattaligiga qarab mega, makro, mezo mikro va nano past-balandliklarga bo‘linadi.  • Давр. Ер юзида ҳаёт вужудга келиши билан бир вақтда бошланган тупроқ ҳосил бўлиш жараёни туганмас жараён ҳисобланади. Шу сабабли тупроқ ёши мутлоқ ва нисбий бўлиши мумкин. Мутлоқ ёш мазкур тупроқнинг тўлиқ шаклланиши (ҳозирги даврга қадар) учун ўтган вақт. Нисбий ёш тупроқ ҳосил бўлиш жараёнининг тезлиги бўлиб, у шароитлар билан боғлиқ. Айрим иқлим-шароитда тупроқ тез ҳосил бўлади ва ривожланади, бошқа шароитда нисбатан секин шаклланади ва ривожланади. • Тупроқ ҳосил бўлишида инсон иштироки. Инсон меҳнати ва фан-техника тараққиёти таъсирида тупроқ ҳосил бўлиш жараёни, унинг хусусиятлари шаклланиши маълум даражада ўзгаради, тупроқ маданийлашади, яширин ва самарадор унумдорлик ортади. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: • o‘simlik va hayvonot qoldiqlarining minerallizatsiya (parchalanishi) natijasida ikkilamchi loysimon ma’danlarning hosil bo‘lishi; • birlamchi alyumo va ferrosilikatlarning parchalanishi va temir oksidi, allyuminiy va kremnezem hosil bo‘lishi (laterizatsiya); • loyqa zarrachalarning ustki qatlamdan pastga yuvilishi (pessivaj); • tuproqning ma’dan qismi nordon moddalar ta’sirida mutloq parchalanishi va yuqori qatlamdan erigan modda va loyqalarning yuvilishi, (podzollashish); • temir birikmalari va marganetsning eritmaga o‘tishi va tuproq qatlamida yig‘ilishi (temirlashishi); • tuproqning o‘ta namlanishi, qayta tiklanish jarayonining sodir bo‘lishi (gleylanish belgilari); • минерал моддаларнинг ўта намлик ва турғун халқоб сув йиғилиш даврида анаэроб шароит натижасида парчаланиши ва ёпишқоқ модда сифатида қайта тикланиши (глейланиш); • тупроқ қатламида эриган тузларнинг йиғилиши, шўрхоқларнинг ҳосил бўлиши (шўрланиши); • тупроқ заррачаларининг таркибига натрий катионининг сингиши (шўртобланиш); • шўртоб тупроқларда алюмосиликат ва кремнеземнинг мутлоқ парчаланиши (солодларнинг ҳосил бўлиши); • ўсимлик, ҳайвон, микроорганизмлар қолдиқларининг чириши натижасида ҳар хил юқори молекулали органик моддалар (гумус) ҳосил бўлиши; • тўла (мутлоқ) чиримаган ўсимлик қолдиқлари тупроқнинг устки қатламида йиғилиши (торф ҳосил бўлиши). Тупроқ ҳосил бўлишида инсон иштироки . Инсон меҳнати ва фантехника тараққиёти таъсирида тупроқ ҳосил бўлиш жараёни, унинг хусусиятлари шаклланиши маълум даражада ўзгаради, тупроқ маданийлашади, яширин ва самарадор унумдорлик ортади. Тупроқ ҳосил бўлиши юқорида айтилган омилларнинг мавжудлигида юз беради ва табиий шароитда содир бўладиган физик, физик-кимёвий, физикбиологик ва биологик жараён ва ҳодисаларнинг мажмуаси ҳисобланади. - тупроқ қатламида эриган тузларнинг йиғилиши, шўрхоқларнинг ҳосил бўлиши (шўрланиши); - тупроқ заррачаларининг таркибига натрий катионининг сингиши (шўртобланиш); - шўртоб тупроқларда алюмосиликат ва кремнеземнинг мутлоқ парчаланиши (солодларнинг ҳосил бўлиши); - ўсимлик, ҳайвон, микроорганизмлар қолдиқларининг чириши натижасида ҳар хил юқори молекулали органик моддалар (гумус) ҳосил бўлиши; - тўла (мутлоқ) чиримаган ўсимлик қолдиқлари тупроқнинг устки қатламида йиғилиши (торф ҳосил бўлиши). Юқорида кўрсатилган тупроқ ҳосил бўлиш жараёнининг айрим йўналишлари асосий омилларнинг иштирок этиш даражаси ва мазкур ҳудуднинг иқлим-шароитлари билан белгиланади.  Qashqadaryo viloyatining tuproq xaritasi O‘zbekiston Ryespublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27-iyuldagi 314-sonli va 2004 yil 19-oktyabrdagi 483-sonli qaroriga binoan O‘zbekiston respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartagrafiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy – tadqiqot davlat instituti bilan hamkorlikda yaratilgan O‘zbekiston Ryespublikasi tuproq qoplamlari ATLASI dan foydalangan holda Qashqadaryo viloyati tuproqlarining hosil bo‘lish xossa va xususiyatlari, genezisi hamda ulardan qishloq-xo‘jaligida foydalanishning ilmiy va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan. ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАҲМАТ E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT