logo

Dunyo okeanining tabiiy – geografik sharoiti to‘g‘risida. Okean suvlari va oqimi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

149.328125 KB
DUNYO OKEANINING TABIIY – GEOGRAFIK SHAROITI TO‘G‘RISIDA. OKEAN SUVLARI VA OQIMI. www.arxiv.uz REJA : 1. Dunyo okeani suvlari 2. Dunyo okeanidagi hayot 3. Okeanning tabiiy sharoiti 4. Videolavha www.arxiv.uz 1. Dunyo okeani ostining batimetrik zinapoyalar maydoni, mln km 2 hisobida (Leontev va boshqalar ma’lumoti) zinapoyalar chuqurligi, m hisobida 0-200 200- 1000 1000- 2000 2000- 3000 3000- 4000 4000- 5000 5000- 6000 6000- 7000 7000- 8000 8000- 9000 9000 дан ортиq 27.5 15.7 15.7 30.0 77.7 117.8 74.3 2.9 0.2 0.1 0.2Tabiiy geograflarning diqqatini o‘ziga tortgan quruqlik planetamizning 29,2% yer yuzasini egallaydi. Qolgan maydon 70,8% i Dunyo okeaniga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun yer yuzasi tuzilishining umumiy tabiiy geografik qonuniyatlari okeanlar tabiiy geografiyasi asoslarisiz to‘la bo‘la olmaydi. Dunyo okeani osti relefi to‘g‘risidagi eng umumiy tasavvurlarni batigrafik egri chiziqlar berib, u okean osti maydonining taqsimlanishini ko‘rsatadi. Biroq chuqurlik darajasi ko‘pchilik hollarda Dunyo okeani osti relefining elementlarini to‘la aks ettira olmaydi. www.arxiv.uz Dunyo okeani osti quyidagi yirik elementlarga bo‘linishi mumkin. Bular geoteksturalar yoki planetar morfostrukturalar: materikning suv ostidagi davomi, o‘tkinchi zona, okean lojasi va okean ostidagi suv osti tizmalari. Materikning suv ostidagi davomi shelfdan, materik yonbag‘ridan va materik etagidan iborat. O‘tkinchi zona o‘z navbatida o‘tkinchi oblastlarga bo‘linadi. Har bir oblast tarkibida chekka kolovina yoki o‘rta dengiz, orollar yoyi va chuqur yoriq yoki cho‘kmalar. Okean Lojasi okean kotlovinalaridan va turli tipdagi balandliklardan tarkib topgan. Okean osti tizmalari rift va chekka zonalarga bo‘linadi. www.arxiv.uz   O keanlarMaterikning suv ostidagi davomi, mln O‘tkinchi zona mln km 2 Okean lajasi mln km 2 S u v osti tizm alari m ln km 2 M aksim al ch uq u rlik m Shelf M aterik yonbag‘ri M aterik etagi H am m asi CH uqur kotlovinalar   O rollar yoyi   CH uqur cho‘km alar   H am m asi Chuqur kotlovinalar Baladlik yoki ko‘tarilm a     H am m asi Shimoliy Muz okeani 7.6 2.8 0.9 10.8 - - - - 3.3 1.1 4.4 0.5 5527 Hind okeani 4.4 8.7 9.7 22.6 0.8 0.5 0.5 1.8 35.6 4.0 39.6 12.9 7209 Atlantika okeani 9.3 7.7 12.5 29.5 1.3 3.0 0.5 4.8 29.4 4.6 34.0 22.3 8742 Tinch okeani 9.7 5.4 3.1 18.2 3.9 16.2 3.9 24.0 91.4 25.4 116. 8 19.6 11022 Dunyo okeani 31.0 21.6 25.9 81.5 6.1 19.7 4.9 60.6 159.7 35.1 194. 8 55.3 11022Dunyo okeani ostining asosiy geomorfologik elementlarini maydoni. (Leontev va boshqalar, 1974 y) www.arxiv.uz Ma’lumki, materik va okean lojasi ostida ham yer qobig‘i bir xil tuzilishga ega emas. Materiklar uchun harakterli bo‘lgan yer qobig‘ini tiplari materikni deb yurtiladi. Materik qobig‘ining qalinligi o‘rtacha 35 km ga yaqin. U 3 ta qatlamdan iborat. Yuqori qatlam cho‘kindili qatlam. Undan pastda granitli qatlam bo‘lib, to‘lqinlarni tarqalish tezligi 6 km/sek. Qatlamni qalinligi 15 – 17 km. Undan pastda zich jinslardan tuzilgan bazaletli qatlam bor. To‘lqinni tarqalish tezligi 6,7 – 7,2 km/sek. Okean lojasi ostidagi yer qobig‘i okean qobig‘i deb yuritiladi. Uni qalinligi materik qobig‘ini qalinligiga qaraganda o‘rtacha 5 marta kam, aniqrog‘i 7 km ga teng. Yuqori cho‘kindili qobig‘ini qalinligi 1 km ga yaqin. To‘lqinni tarqalish tezligi 1,5 – 4,0 km/sek. bu qatlam ostida yanada zichroq qatlam bor. Ulardan ham pastda bazalt qatlami bo‘lib, qalinligi 5 km ga yaqin. Materik qobig‘i okean ostida ham keng tarqalgan. U materik chekkasi suv ostida hamma yerida davom etadi. Okean qobig‘i esa faqat okean lojasida tarqalgan xalos. Nisbatan dengiz (okean) ostining chuqur bo‘lmagan materik qirg‘og‘iga yaqin qismlari shelf deb ataladi. Uni ko‘plab daryo vodiylari kesib o‘tadi. Shelfda yaqin vaqtlarda to‘rtlamchi davr muzlanishi zonasi ta‘sirida bo‘lganligidagi turli xildagi relef hosil qiluvchi harakatlarning izlari – silliqlangan qoyalar “qo‘y peshonalari”, cheka morenalar aniqlandi. Bundan tashqari qadimgi lotinental yotqiziqlar ham keng tarqalgan. Bu shuni ko‘rsatadiki yaqin vaqtlarda quruqlikning qirg‘oq bo‘ylarini oxirgi muzlanish tamom bo‘lgandan keyin Dunyo okeanining sathi ko‘tarilgan, suv bosgan. www.arxiv.uz Shelfda turli xil hozirgi zamon relef hosil qilish protsesslari sodir bo‘lmoqda. Birinchi o‘rinda dengiz to‘lqinlarining akkumulyativ harakatlarini qo‘yish mumkin. Hozirgi zamon relef hosil qilishdagi muhim olim dengiz suvining ko‘tarlishi harakatlari. Tropik va ekvatorial dengizlarning shelfida katta relef hosil qiluvchi va geologik faoliyatini rif qurilmalar marjon karon poliplari, suv o‘tlari o‘ynaydi. Neft – gaz konlari topilgan qirg‘oq bo‘yi tekisliklariga tutash shelflarga qiziqish katta bo‘layapti. Hozirgi paytda bir qancha shelflarda neft – gaz qazib olinmoqda. Shelfdagi baliq boyliklarini amaliy ahamiyati bor. Hozirgi vaqtda ovlanadigan baliqlarning yarmi shelf suvlariga to‘g‘ri keladi. Shelf resurslari orasida qurilish materiallari zahiralari ham katta. Shelf okean tomonidan ma’lum bir chegaraga ega. shelf chekkasida bir daniga qiyalik ortadi, chuqurligi 100 – 200 m dan 3000 – 35000 m ga chuqurlashadi. Bu qism materik yonbag‘iri deb yuritiladi. Yonbag‘irda vodiysimon shakldagi suv osti daralari uchraydi. Unda gravitatsion protsesslar sodir bo‘ladi. cho‘kindi jinslarni yonbag‘ir bo‘ylab aralashuvi, suv osti so‘rilmalari yuz beradi. Materik yonbag‘rining amaliy ahamiyati ham bor. Dengiz bo‘yi mamlakalarida 200 milli zonani kiritilishi bu qismni o‘zlashtirishni tezlashtirib yuboradi. Materik yonbag‘ri bilan okean lojasi oralig‘ida materik etagi bor. Atlantika, Hind va butun Shimoliy Muz okeanida materikning suv osti chekka qismlari to‘ppa – to‘g‘ri okean lojasi bilan qo‘shilib ketadi. Tinch okeani chekkalarida, Karib dengizi, Hind okeanining shimoli – sharqiy qismlari okeandan quruqlikni o‘tishda murakkabroq sistemali o‘tishi aniqlangan. Tinch okeanining g‘arbiy chekka qismlari Bering dengizidan to Yangi Zellandiyagacha materikning chekka qismlari va okean lojasi orasida keng polosada o‘tkinchi zona bor. Bu zona cheka dengizlarning chuqur kotlovinalaridan iborat. Kotlovinalar suv osti tizmalari bilan chegaralangan. www.arxiv.uz Vulkanik orollar, orollardan yoyi hamda tor, juda chuqur cho‘kmalardan iborat. Bunday cho‘kmalarda okeanning eng chuqur yerlari tarqalgan. Orollar yoyi bilan ajralib turadigan dengizlar chuqur, osti notekis, suv osti tog‘lari, balandliklari, tepaliklari ko‘p. Ba‘zi dengizlarni osti tekis, cho‘kinlarning qalinligi 2 – 3 km dan oshadi. Orollar yoyi – suv osti tizmalaridan iborat, ularda vulkanlar bor. Harakterli tomoni shundaki harakatdagi vulkanlarning suv ustida ko‘tarilib, orollarni hosil qilgan. Masalan Kuril orollari. Yana shunday o‘tkinchi oblastlar borki bunda bitta emas bir qancha orollar yoyi bo‘ladi. Masalan, Sulavemi va Xalmagera, Yapon orollari yoyi. O‘tkinchi zonaning muhim geografik va geologik xususiyatlari vulkan harakatlari bilan bir qatorda yuqori darajada seysmikligidir. Bunday joylarda yer qimirlash uchoqlari (efitsentri)ning uchala chuqur, o‘rtacha va yuzaki o‘choqlari bor. Okean ostida o‘rtacha okean osti tizmalari bor. Bunday tizmalarni borligi 50 – 60 yillardan aniqlandi. Suv osti tizmalari hamma okeanlar orqali o‘tadi. U Shimoliy Muz okeanidan (Gakkel, Knipovich, Leona va Kolbeynsey) boshlanib Atlantika okeanida davom etadi. O‘rtaliq Atlantika tizmasini hosil qiladi. Bu tizma Janubiy Atlantikadagi Buve oroligacha davom etadi. Afrikani janubida Afrika – Antarktika tizmasi sifatida Hind okeaniga o‘tib ketadi va g‘arbiy Hindiston tizmasi deb ataladi. Hind okeanining markaziy qismida o‘rtaliq okeant osti tizmasi 3 ta tarmoqqa bo‘linadi. Ulardan biri g‘arbiy Hindiston tizmasi bo‘lsa, boshqasi shimolga ketadigan Arabiston – Hindiston tizmasi va uchinchisi janubi – sharqqa tomon Markaziy Hindiston tizmasidir. O‘rtaliq okean osti tizmalari sistemasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki bu bir qancha tog‘ tizmalaridan iborat tog‘lar sistemasidir. Ularni kengligi 1000 km ga, umumiy uzunligi va 60 ming km ga boradi. Haqiqatdan ham Yer sharidang eng katta tog‘ sistemalaridir. Unga teng keladigan quruqlikda yo‘q. www.arxiv.uz  D unyo okeani suvlari   Dunyo okeani gidrosferaning asosiy suvi to‘plangan joyi hisoblanadi. Dengiz yer yuzasida suvi eng ko‘p tarqalgan, juda murakkab ximik eritma. Tarkibida 60 dan ortiq turli komponentlar bo‘lib, komponentlarni nisbati doimiyligi bilan ajralib turadi. 1 kg dengiz suvidagi qattiq erigan jinslarni promillilarda ifodalanishi suvning sho‘rligi deb ataladi. Faqat Mendeleev jadvalida 13 ta element dengiz suvida 0,1 mg/l dan ko‘proq. Cl, S, C, Sr, Na, K, Mg, Br, B, Si, F, Ra, N. Juda yuqori darajadagi ayrim komponentlar ham bor. Bular Cl – 19500 mg/l, Na – 10833, Mg – 1311, S – 910 mg/l. Dengiz suvida mineral elementlaridan tashqari 2 mg/l ga yaqin organik moddalar bor. Dunyo okeanining o‘rtacha sho‘rligi suv havzasida 32‰ dan 37‰, ostidagi suv qatlamlarida 34‰ dan 35‰ gacha boradi. Suvning sho‘rligi va harorati suvning zichligini aniqlab beradi. Dengiz suvini o‘rtacha zichligi 1 dan yuqori, eng katta zichlik tropiklarda yuza qatlamda va eng chuqur joylarda kuzatiladi. Issiqlik to‘plashi jihatidan suv faqat suyuq ammiak yoki vodoroddan keyin turadi. Yuqori darajada issiqlikni to‘plashi uzoq vaqt haroratni saqlab turish imkonini beradi. Har yili yuzasidan 505 ming km 3 suv parlanadi. Suvning kirimida atmosfera yog‘inlari 458 ming km 3 , materikdan kelayotgan daryo oqimi 47 ming km 3 ni va yer osti oqimlari tashkil etadi. Gidrosferaning umumiy hajmi 1420 mln km 3 ga yaqin. Mana shuning juda ozgina qismi taxminan 0,04%. Suvning aylanma harakatida ishtirok etadi. Shuning o‘zi ham Yerda bo‘layotgan hamma tabiiy geografik protsesslarga juda katta ta‘sir ko‘rsatadi. Geologik o‘tmishda Dunyo okeanining sathi bir necha marta o‘zgarib turgan. Bu trangressiya va regressiya yotqiziqlari qoldirganligida aks etadi. Bu yotqiziqlar materik platformalarining cho‘kishi qobiqlaridir. To‘rtlamchi davrda muzlanish hisobiga okean sathi -100 m gacha pasayib, to +10 metrgacha ko‘tarilib turgan. Regressiya davrlari muzlik qoplangan davrga to‘g‘ri keladi. www.arxiv.uz Okean suv sathi hozirgi nolli sathga bundo‘an 6000 yil oldin oxirgi materik muzligidan keyingi trangressiyada yaqinlashgan. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ldiki (200 yil ichida), Dunyo okeanining sathi har yili 1,2 mm/ yil ortayapti. Bu shuni ko‘rsatadiki kirim bilan chiqim o‘rtasida tafovvutlar bor. Okean ustidagi havoning harorati amplituda quruqlik ustidagi havoga qaraganda kam farq qiladi. Suv haroratining sutkalik o‘zgarishi okean yuzasining katta qismida 05 – 1 0 . Joyning kengligiga qarab yillik amplituda bir necha gradus 5 – 10 0 bo‘lishi mumkin. Eng iliq suv ekvator zonasida bo‘lib, maksimal yillik harorat 26 – 28 0 . Ekvatorial va tropiklardagi suvlar 25 0 li yillik izoterma bilan belgilangan, faqat Atlantika va Tinch okeanning sharqiy chekkalarida nisbatan past harorat kuzatiladi. Okean suvining o‘rtacha harorati 17,5 0 . Bu jihatdan eng iliq okean Tinch okean bo‘lib, 19,4 0 , eng sovug‘i Shimoliy Muz okeani -0.75 0 dir. Ekvator – tropik zonaning sharqiy rayonlari g‘arbiga qaraganda sovuqroq. Atlantika okeanida mo‘‘tadil mintaqada iliqroq suvlar sharqiy chekkalarida uchraydi. Chuqurlikka tomon harorat ham pasayadi. Ayniqsa 100 m dan 700 m gacha haroratning keskin o‘zgarishi kuzatiladi. Undan pastda harorat juda sekinlik bilan pasayib suv osti qatlamilarida 1 – 2.5 0 . Antarktika va Arktika bo‘yicha suvlarining ostida suv harorati salbiy 0,2 0 dan to -1,3 0 . Dunyo okeani muz rejimiga e‘tibor beriladigan bo‘lsa, uning katta qismida suv yuzasining harorati sho‘r suvning muzlash nuqtasidan yuqori. Shuning uchun ham muz hosil bo‘lishi faqat qutb kengliklarida kuzatiladi. Mo‘‘tadil mintaqada mavsumiy muz qoplami ko‘proq sayoz dengizlar yuzaga keladi. Antarktikada shelf muzliklari keng tarqalgan. SHelf muzliklarining chekkalaridan sinib tushgan muzlar suzib yuruvchi tog‘lari – aysberglarni hosil qiladi. Arktika aysberglarni hosil bo‘lishi qoplama muzliklarga bog‘liq. Juda katta muz massasi va aysberg suvlarida haroratni saqlanib turishi juda ham uzoq vaqt erimay turishiga olib keladi. Shimoliy yarim sharda 50 0 shimoliy kenglik, janubiy yarim sharda 30 0 janubiy kenglik. Muz massalari erimay saqlanadi. Dunyo okeani suv yuzasi harakati atmosferaning umumiy tserkulyatsiyasi qonuniyatlari bilan aniqlanadi. Bu harakat Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Mana shu bilan bog‘liq holda Dunyo okeanining doimiy oqimi shakllanib geostrofik oqim deb ataladi (ge – yer, strofe – aylanish). www.arxiv.uz Har ikkala yarim sharning subekvatorial zonasida passat atmosfera tsirkulyatsiyasi ta‘sirida passat oqim yuzaga kelib okeanni sharqdan g‘arbga tomon kesib o‘tadi. Passat oqimlari quruqlikka yaqinlashi va okeanning g‘arbiy qirg‘og‘ida tarmoqlarga bo‘linadi. Shimoliy yarim shardagi tarmog‘i janubga tomon, janubiy yarim sharda shimolga tomon harakat qilib g‘arbdan – sharqqa tomon harakatlanayotgan ekvatorial oqimni to‘yintiradi. SHimolga harakatlanayotgan shimoliy passat oqimining tarmog‘i mustaqil oqim sifatida harakatlanadi. Bu oqim Kariolis kuchining ta‘sirida g‘arbiy havolar oqimga aylanib, okeanni g‘arbdan – sharqqa kesib o‘tadi. (SHimoliy Atlantika oqimi). Okeanning g‘arqiy chekkalariga kelib, bu oqim ham tarmoqlanadi, iliq oqimning boshlanishiga asos bo‘ladi (Okean chekkasi bo‘ylab shimolga harakat qiladi), janubga tomon sovuq yaqin harakatlanadi. 40 – 50 0 janubiy kengliklar orasida g‘arbiy havo tsirkulyatsiyasi ta‘sirida g‘arbiy shamollar yuzaga kelib, janubiy materik yaqinida Peru “Bengaliya”, g‘arbiy Avstraliya sovuq oqimlari sifatida tarmoqlanadi. Oqimlar tsiklon, antitsinklon sismetasi temasidagi aylanma harakatlarni yuzaga keltirib, qonuniy ravishda shimoldan janubga tomon bir – biri bilan almashinib turadi. Okeanda bo‘ladigan turli – tuman harakatlar orasida to‘lqinlarning harakati muhim o‘rin egallaydi. Bular orasida shamol to‘lqinlari, suvning ko‘tarilishi va qaytishidan hosil bo‘lgan to‘lqin harakatlari alohida ajralib turadi. www.arxiv.uz Dunyo okeanidagi hayot   Okean – bu turli organizmlarning yashaydigan makoni. Okeanda 150 ming turga yaqin hayvon va 15 ming turdan ortiq o‘simliklar bor. Ayniqsa bir xujayrali organizmlar, suv o‘tlari ko‘p. Bular okeandagi hamma fitomassaning 80% sha yaqinini tashkil etadi. Yaqin vaqtlarni qadar okean boyliklariga organik dunyosiga ortiqcha baho berib kelingan edi. Hozirgi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra birlamchi mahsulotlarning 40% ga yaqini, sayyoramizdagi biomassaning 0,5% dan ko‘prog‘i okeanlarga to‘g‘ri keladi. Yashash sharoitlariga qarab dengizlardagi hamma organizmlar plankton, bentos va nektonga bo‘linadi. Okeanda 2 ta hayot qatlami ajralib turadi. Bu pelagial va bentaldir. Pelagial deganda suvning yuza qatlami va suv qobig‘i bental – bu okean ostidir. Pelagaalda 150 m gacha bo‘lgan suv qobig‘ida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu qatlamning hamma yerida ham xayot bir xildi emas. Qirg‘oqqa yaqin bo‘lgan joylar organizmlarga boy yerlari bo‘lsa, ochiq okeanda shu qalinlikda tirik organizmlar ko‘p deb bo‘lmaydi. Okeanning 7,6% tashkil qiladigan 200 m gacha bo‘lgan chuqurliklarida okeanning 59% biomassasi tarqalgan. 200 m dan to 300 m gacha bo‘lgan chuqurliklar butun dunyo okeanini 17,2% tashkil etadi. Bu chuqurlikka 31,1% biomassa to‘g‘ri keladi. 3000 m dan chuqur bo‘lgan yerlari dunyo okeanining 75,9% tashkil etib, unda 9,5% biomassa mavjud. www.arxiv.uz Yaqin vaqtlarga qadar okeanning biologik resurslari bitmas – tuganmas deb kelinar edi. Aniqlanishicha Yerdagi tirik organizmlarni umumiy hajmi oldingi aytilganlarga qaraganda 4 – 5 marta kam. V.I. Vernadskiy 2,5.1012 tonna degan bo‘lsa aslida bu 1.1013 tonna ekan. Quruqlikdagi tirik organizmlar okeandagina qaraganda 750 marta ko‘p. Hamma fitoassaning yillik maxsuldorligi 219 mld t bo‘lsa, shundan 84 mlrd t quruqlikdagi o‘rmonlarga to‘g‘ri keladi. Bu okeandagi yillik fitoplangton mahsulotidan ikki marta ko‘pdir. Dunyo okeanida tirik organizmlarni biomassasi zichligi quruqlikdagi cho‘l va chalacho‘llardagi tirik organizmlar zichligiga to‘g‘ri keladi, aniqrog‘i 1 m2 da 0,2 dan to 1,2 kg gacha boradi. Dunyo okeanida quyidagi biogeografik oblastlar bor. Antarktika, Shimoliy Tinch okean, Shimoliy Atlantika, tropik – Hind – Tinch okean va Arktika. Har bir oblast o‘z navbatida kichik oblastchalarga bo‘linib ketadi. www.arxiv.uz Okeanning tabiiy sharoiti Tinch okeanning markaziy va janubiy-g`arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln.km.kv. bo`lgan 7 ming ta orol kiradi. Regional landshaft tafovutlariga asoslanib Okeaniyani to`rtta tabiiy geografik o`lkaga: Melaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga ajratish mumkin. Orollarning bir qismi suv osti tog`larining tepalaridan, baozilari materik orollaridan iborat. Orollar xayvonot dunyosida yirtqichlar ham zaxarli ilonlar xam yo`q. Okeaniyaning tabiiy geografik o`rni — Tinch okeanining bepoyon kengliklarida o`n minglab orollar joylashgan. Tinch okeanning markaziy va janubiy-g`arbiy qismlarida joylashgan orol va arxipelaglar Okeaniya deb ataladi. Unga umumiy maydoni 1,3 mln.km.kv. bo`lgan 7 ming ta orol kiradi. Okeaniya yevropaliklarga XVI asrda F.Magellanning birinchi dunyo aylana sayoxatidan boshlab maolum bo`lgan edi. Rus dengizchilari V.M.Golovin, F.P.Litke, S.O.Makarov va boshqalarning yurishlari Okeaniyaning kashf etilishi va tekshirilishi tarixida aloxida bir bobni tashkil etadi. Okeaniya tabiati va axolisini o`rganishda N.N.Mikluxo-Maklayning xissasi katta. U Yangi Gvineya orolining xalqlari hayoti va urf odatlarini o`rganibgina qolmay, tropik dengiz sohilarinning qiziqarli tabiiy geografiya tasvirini yozib qoldirgan. Regional landshaft tafovutlariga asoslanib Okeaniyanini to`rtta tabiiy geografik o`lkaga: Malaneziya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya va Polineziyaga ajratish mumkin. Orollarning tabiiy geografik o`rni, kattaligi, kelib chiqishi Tinch Okean tagining tuzilishi bilan juda bogliq. Okeaniyadagi orollarning ko`pchiligi vulkan va marjon orollardir. Orollarning bir qismi suv osti tog`larining tepalaridan, baozilari materik orollaridan iborat. www.arxiv.uz Okeaniya orollari tabiati go`zal. Dengizlarni ufqda ko`rinib qoladigan yam-yashil tog`li orollarning ajoyib manzaralari, sarvqomat palpmalar o`sib yotgan yassi atollarning ko`rinishi maftun etadi. Atollar qirg`ok oppoq marjon yoki qop-qora vulkan qumloqlari bilan o`ralgan. Okeaniyadagi orollarning benixoya qudratli to`lqinlari marjon orollariga urilib so`nadi. Okeaniya orollarining juda katta maydonda sochilib ketganligi va bir-birlari hamda materiklardan uzoq joylashganligi ular tabiatiga va axolisi hayotiga taosir ko`rsatuvchi asosiy omillardir. Deyarli hamma orollar ekvatorial hamda tropik mintaqalarda va faqat Yangi Zelandiya subtropik va mo`otadil mintaqalarda joylashgan Okeaniya iqlimi doim bir xil, inson hayoti uchun ayniqsa qulay. Orollar ekvatorning har ikki tomonida joylashganligidan havo harorati baland bo`ladi, lekin okeandan esib turuvchi shamollar issiqni ancha pasaytiradi. Harorat fasllarga qarab va sutka davomida ko`p o`zgarmaydi. Okean kengliklari ustida havo bosimining o`zgarib turishi natijasida dovullar paydo bo`ladi, ular yo`lida uchragan hamma tirik jonni okeanga uloqtirib tashlaydi. Orollarning boshqa joylardan ajralib qolganligi ularning o`simliklari va hayvonot dunyosida hammadan kuchlirok aks etgan. O`simliklari va hayvonot dunyosi juda o`ziga xos. Nisbatan yosh va kichik marjon orollari organik dunyoga eng kambag`al, materik orollari esa boy va xilma xildir. Orollar hayvonot dunyosida yirtqichlar ham zaharli ilonlar ham yo`q. Orollar, ayniqsa atollarning qirg`oqbo`yi suvlari organik dunyosiga boy. Shu sababli orollarni cho`llardan voxalarga qiyos qilsa bo`ladi. Orollar tabiati umumiy hususiyatlarga ega bo`lish bilan birga bir- birlaridan farq ham qiladi. Baland tog`li materik orollar ham bor. Baozi orollar ekvator yaqinida joylashgan, iqlimi issiq, boshqalari subtropik mintaqada bo`lib, issiq kunlar faqat yozda kuzatiladi. Marjon orollarning tabiat komplekslari okean bilan eng ko`p bog`langan. Bu yerlarda suvda quruqda yashovchi dengiz hayvonlari, masalan qiskichbaqalar bor. Ko`p atollar - dengiz qushlarning manzilgoxidir. Bu orollarning sernam va dengiz tuzlari bilan to`yingan kuchli shamollarga moslashgan kokos palpmalari va butalar o`sadi. Vulkan orollarning tabiat komplekslari boshqacha. Tog`larning shamolga ro`para yonbag`irlarida yog`in ko`p tushadi. Tog`larda balandlik mintaqalari mavjud. Materik orolarining tabiat komplekslari ayniqsa xilma-xil. Bu yerlarda baland tog`lar ham, pasttekisliklar ham bor. Yangi Zellandiya orollari geyzerlar, endemik o`simlik va hayvonlari bilan mashxur. www.arxiv.uz Okeaniyaga axoli ko`p ming yillar ilgari kelib o`rnashgan. Odamlar qaysi yo`llar bilan kelib joylashganligi xozircha nomaolum. Xozirgi vaqtda Okeaniya axolisi tub joy kishilar bilan kelgindilar chatishgan axolidan tashkil topgan. Yangi Gvineya va uning orollarining tub joy axolisi - Papuaslar. Ular ekvatorial irqqa mansub, boshqa orollarning tub joy axolisi maxsus Polineziya gruppasiga kiradi va Papuaslardan terisining rangi hamda sochlarining to`lqinsimonligi bilan ajralib turadi. Okeaniyaning xozirgi axolisi dexkonchilik: kokos palpmasi, banan, kakao, kofe yetishtirish bilan shug`ullanadi. Okeaniyada ovchilik ham odatiy mashg`ulot bo`lib qolmoqda. Orollardan rangdor metall rudalari, toshko`mir, fosforit qazib chiqariladi. Orollar tabiati insonning xo`jalik faoliyati taosirida juda o`zgarib bormoqda. Yo`q qilingan tabiiy o`simliklar o`rnida plantatsiyalar bunyod etilgan, ularda kapitalistlar tub joy axolisining arzon ishchi kuchidan foydalandilar. Shakarqamish, ananas, choy, kauchukli o`simliklar va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Bu xo`jaliklarning katta qismini mustamlakachilar maxalliy axolidan tortib olgan yerlarida bunyod etganlar. Qimmatli daraxt turlarining kesib yuborilayotgani, qirg`oqbo`yi suvlarining ifloslanayotgani Okeaniya tabiatini o`zgartirmoqda. Bir qancha atollarning atom va vodorod qurollarini sinaydigan poligonlarga aylantirilgani xaqiqiy yirtqichlikdir. Bu sinovlar bir qancha atollarni yo`q qilib tashladi, boshqalarni tabiatini tanib bo`lmas darajada o`zgartirdi. Okeaniyaning siyosiy kartasi orollar va arxipilaglarrning kapitalistik mamlakatlar tomonidan bosib olinishi natijasida tarkib topadi. Bundan o`ttiz yil ilgari Okeaniyada faqat bitta mustakil davlat Yangi Zelandiya bor edi, boshqa orollar mustamlakalar bo`lgan. Xozir mustaqil davlatlar soni o`ndan oshdi. Qolgan orollarning axolisi ham mustaqillik uchun kurash olib bormoqda. www.arxiv.uz