logo

Filtrasyon xisoblarining yaqinlashgan usullari - to'g'ri kontur chizig‘i va uzaytirilgan kontur chizigi usullari

Yuklangan vaqt:

27.06.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2297.5654296875 KB
GTI va NS Filtrasyon xisoblarining yaqinlashgan usullari: to'g'ri kontur chizig‘i va uzaytirilgan kontur chizigi usullari.MAVZU 05 GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI FAN:“ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI ADABIYOTLAR RO'YXATI: 1. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 2. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 3. Розанов Н.П., Бочкарёв Я.В., Лапшенков В.С., Журавлёв Г.И., Каганов Г.М., Румянцев И.С. «Гидротехнические сооружения», под ред. Н.П. Розанова - М.Агропромиздат, 1985. 4. Хусанхужаев З.Х. “Гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи- наширёти, Т.1968 5. Хусанхужаев З.Х. “Сув омборидаги гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи, Тошкент. 1986. 6. Бакиев М.Р., Янгиев А.А., Кодиров О, “Гидротехника иншоотлари”. Фан. Тошкент. 2002. 7. Волков И.М., Кононенко П.Ф., Федичкин И.К. “Гидротехнические сооружения” М: Колос, 1968 8. Бакиев М.Р., М-Г.А.Кодирова, Ибраймов А. “Гидротехника иншоотлари” фанидан курс лойихалари ва амалий машғулотларни бажариш бўйича методик кўрсатма. 1,2 қисмлар. Т.,2009. 9. Бакиев М.Р., Кириллова Е.И., Коххоров Ў. “Гидротехника иншоотлари” фанидан лабаратория ишларини бажариш бўйича методик кўрсатма. Т.,2007. KAFEDRA: “GTI va NS" ILMIY RAHBAR: texnika fanlari doktori, professor XASANOV BAXRIDIN BARATOVICH MA’RUZACHI: SUYUNOV ABDUG’ANI SHAVKAT O’G’LI R E J A : 1. To‘g‘ri chiziqli kontur filtratsiya uslubi 2. Uzaytirilgan kontur chiziqli filtratsiya uslubi 3. Qarshilik koeffitsiyentlari uslubi 4. Fragmentlar uslubi 5. Flyutbetning tarkibiy qismlari va unga ta’sir etuvchi kuchlar 6. Qoyamas zaminlarda betondan quriladigan to‘g‘onlarning yer osti konturlari 7. Inshoot yer osti konturida drenajlar va shpunt devorlarning tutgan o‘rni 8. Zaminlarning filtratsiya deformatsiyalari 9. Teskari filtrlarni loyihalash 1.To‘g‘ri chiziqli kontur filtratsiya uslubi To‘g‘ri chiziqli kontur filtratsiya uslubini birinchi bo‘lib, ingliz muhandisi ixtiro etgan. Bu uslub kichik inshootlarni yetarli aniqlikda hisoblashda, yirik inshoot flyutbetlarining shaklini oldindan belgilab olishda ishlatiladi. Olim uslubi bilan zaminda filtratsiya deformatsiyalarini sodir bo‘lmaslik sharti asosida yer osti konturining yo‘l qo‘yarlik yoyilgan uzunligi aniqlanadi, bunda flyutbet bilan gruntning o‘zaro tutashgan yeridan o‘tuvchi filtratsiya yo‘li eng xavfli yo‘l hisoblanadi. Olim flyutbet bilan gruntning tutashgan yeridan singib o‘tuvchi filtratsiya oqimining tezligi va bosimini aniqlash uchun Darsi qonunini qo‘lladi. Bunda oqimning barcha nuqtasida uning tezligi miqdor jihatdan o‘zgarmaydi va bir-biriga teng deb hisoblanadi. Blyayning fikricha va o‘zgarmas sonlar hisoblanadi. Agar tezlik va filtratsiya koeffitsiyenti o‘zgarmas miqdor bo‘lsa, pezometrik nishabligi ham o‘zgarmas bo‘lishi shart. Bundan filtratsiya oqimining pezometrik bosimi to‘g‘ri chiziq qonuniga asosan flyutbet oxiri tomon kamayib boradi. Shu tufayli bu usul to‘g‘ri chiziqli kontur uslubi degan nom olgan. Filtratsiya oqimining pezometrik nishabligi ga teng, bunda: H – ta’sir etuvchi bosim; L – flyutbet suv o‘tkazmaydigan qismining yer osti konturi uzunligi. Darsi qonuni bo‘yicha ga teng, bunda – zamin gruntining filtratsiya koeffitsiyenti. Inshoot zaminida filtratsiya oqimining tezligi yo‘l qo‘yarlik tezlikdan kichik bo‘lishi shart: yoki . é ę    . ô ô é ę K J K J    L H J  J K f    f K bundan yoki Yo‘l qo‘yarlik nishablikka teskari bo‘lgan kattalikni nishablik koeffitsiyenti deb belgilab quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz: yoki Nishablik koeffitsiyenti C ning turli gruntlar uchun qiymatlari 5.1-jadvalda keltirilgan. Bosimning to‘g‘ri chiziqli qonuniyat bilan o‘zgarishiga ko‘ra, bosim epyurasi to‘g‘ri burchakli uchburchak ko‘rinishida bo‘ladi. Uchburchakning bir kateti bilan yer osti konturining yoyilgan uzunligi, ikkinchisi bilan esa ta’sir etuvchi bosim ifodalanadi (5.1-rasm).. é ę J J  ÷č ę H J L  . 1 é ę C J  J L H his 1  CH L his  Yer osti konturining ixtiyoriy nuqtasidagi bosim uning ordinatasini masshtab bo‘yicha o‘lchash orqali aniqlanadi yoki quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bunda, ℓ x – yer osti konturi yoyilgan uzunligining oxiridan ko‘riladigan nuqtagacha bo‘lgan masofa.x x őč ń l h H L  To‘g‘ri chiziqli kontur fil’tratsiya uslubi bo‘yicha bosim epyuralarini qurish: a – flyutbet sxemasi; b – yoyilgan kontur bo‘yicha bosim epyurasi. 2.Uzaytirilgan kontur chiziqli filtratsiya uslubi • R.R.Chugayev tomonidan ishlab chiqilgan bu uslubda yer osti konturi uzunligi bo‘yicha bosimning chiziqli o‘zgarishi asos qilib olinib, unda filtratsiya oqimining tik (vertikal) yo‘li bo‘yicha kirishdagi va chiqishdagi qo‘shimcha bosim yo‘qolishlari hisobga olingan. Bu uslub yordamida bosim epyurasi quriladi va kontur alohida uchastkalarining gradiyentlari aniqlanadi (kirish, chiqish va uzunlik bo‘yicha). Bosim chuqurlik uchun hisoblanadi va virtual uzunlik quyidagi formuladan aniqlanadi: • Yer osti konturining yoyilgan haqiqiy uzunligi oxirining uchlaridan ikki tomonga kesma qiymati qo‘yilib vertikal uzunlik topiladi. Bu kesmalar kirish va chiqishdagi bosim yo‘qolishlarini hisobga oladi. • Konturining haqiqiy uzunligi ning chetlaridan ikki tomonga kesmalarini qo‘yib virtual uzunlikning qiymatiga ega bo‘lamiz.' 44 . 0 2 his haq vir T L L    Uzaytirilgan kontur chiziqli uslubi bo‘yicha flyutbet hisobi sxemalari: a – flyutbet sxemasi; b – er osti konturiga filtratsiyaga qarshi bosimini grafik usulda aniqlash; 1...9 – flyutbet konturining sxemasi; 10 – hisobiy suv o‘tkazmaydigan qatlam. 3. Fragmentlar uslubi 1. Boshlang‘ich holatlar Filtratsiyani fragmentlar uslubida hisoblashda qaralayotgan inshoot zamini oblastini bir qator elementar oblast (fragment)larga bo‘linadi, ular uchun oson aniq qiymatlarni aniqlash mumkin. Bunda fragmentlarning o‘zaro chegara yuzalari taxminan teng bosimlar yuzalari sifatida qabul qilinadi. Filtratsiyaning berilgan oblasti uchun umumiy yechimi uni tashkil etuvchi fragmentlarni xususiy yechimlarini o‘zaro bog‘lagan holda yechiladi. 2. Cheklangan qalinlikdagi suv o‘tkazuvchan zaminda joylashgan shpuntli flyutbet filtratsiya hisobi (N.N.Pavlovskiy bo‘yicha) Suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha etkazilmagan shpuntli flyutbet ostidagi fil’tratsiya hisobi sxemasi Filtratsiya oblastini bunday bo‘lishda uning hamma fragmentlari ikki turga bo‘linadi: ichki va tashqi. Alohida fragmentlarga ajratilgan flyutbet zaminidagi filtratsiya sarfi quyidagi formula yordamida topiladi: 1 Q c n h K H Ô     bunda: - gruntning filtratsiya koeffitsiyenti; H – inshootdagi bosim; - ketma-ket ulangan barcha fragmentlardagi qarshilik koeffitsiyentlari yig‘indisi. Ichki fragment uchun keltirilgan sarf ni aniqlash grafigi (H 1 va H 2 -fragment chegaralaridagi bosim) ф К   с n n Ф 1 Tashqi fragment 1-nuqtasi uchun keltirilgan bosim ni aniqlash grafigiTashqi fragment uchun keltirilgan sarf ni aniqlash grafigi Ichki fragment 1-nuqtasi uchun keltirilgan bosim ni aniqlash grafigi Q r,1 , Q r,2.. , Q r,n – V.P.Nedriga grafiklari yordamida tegishli 1,2... n – fragmentlar uchun aniqlanadigan keltirilgan sarflar. m – fragment chegarasidagi bosim yo‘qolishi, H Ф Ф H с n п т m     1Alohida fragmentlar qarshilik koeffitsiyentlari quyidagicha ifodalanadi: bunda: Ф m – ko‘rilayotgan m fragmentdagi bosim yo‘qolishi ifoda bo‘yicha aniqlanadi. Har bir flyutbet chegarasida flyutbetning ixtiyoriy nuqtasidagi filtratsiya suvlarining bosimi quyidagi formuladan aniqlanadi: bunda, H H – ko‘rilayotgan fragment pastki chegarasidagi bosim; - M fragment chegarasida bosim yo‘qolishi; h r,c - ko‘rilayotgan fragmentning nuqtasidagi keltirilgan bosim: ichki va tashqi fragmentlar burchak nuqtasi (1-nuqta) uchun bu bosim V.P.Nedriga tomonidan ishlab chiqilgan grafiklar bo‘yicha aniqlanadi. c r m H c h H H H ,    m H  4.Qarshilik koeffitsiyentlari uslubi • Amaliyotda ikki, uch va undan ortiq shpuntlarga ega bo‘lgan flyutbetlarni filtratsiya hisoblarini bajarishda keng qo‘llaniladi. Bu usulni qo‘llaganda quyidagi cheklanishlarga yo‘l qo‘yiladi: zamindagi grunt bir jinsli; suv o‘tkazuvchi zamin bosimli quvur ko‘rinishida deb faraz qilinib, unda bosim shpuntlarda, o‘yiq chiqiq joylarda (to‘siqlarda) va gorizontal uchastkalarda qarshiliklar tufayli kamayadi. Yer osti konturining har bir elementi uzunligi bo‘yicha bosim to‘g‘ri chiziq qonuniga asosan kamayib boradi. Hisoblarni bajarishda yer osti konturi sxemasi soddalashtiriladi, ya’ni yer osti konturi shakliga va hisoblarga ta’sir etmaydigan ba’zi detallar inobatga olinmaydi va inshoot ostining filtratsiya sohasi qarshilik bo‘yicha qismlarga bo‘lib chiqiladi. Har bir qism uchun qarshilik koeffitsiyentlari quyidagi analitik ifodalar yordamida aniqlanadi: 1. Kirish yoki chiqish qismlari. Agar shpunt qoqilmagan va ostona bo‘lmasa, ya’ni S = 0, a = 0 (5.9a -rasm) bo‘lsa, u holda qarshilik koeffitsiyenti quyidagiga teng bo‘ladi: Agar shpunt qoqilmagan va bitta ostona (5.9b-rasm), ya’ni bo‘lsa Agar shpunt qoqilgan bo‘lsa (5.9d-rasm), ya’ni, 2 2 0, 44 ę       0, 0 S a   2 0, 44 ę ř       Qarshilik koeffitsienti uslubi uchun hisobiy sxema Gruntga va inshoot sinfiga bog‘liq yo‘l qo‘yarlik gradiyent qiymati Bosimning nazorat qiluvchi gradiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi: Maksimal chiqish gradiyenti S.N.Numerov formulasi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi:/( k i őčń J H T     1 ( / )(1/ ) ÷č ę J Í T      bunda: T 1 va lar bo‘yicha hisoblanadi; S=0 bo‘lganda, Chiqish gradiyenti bo‘lganda zamindagi gruntni bo‘rtib chiqishga tekshirib ko‘rish lozim bo‘ladi. ''   '' őč ń T 2 2 1 1 ( / ) T T    7. 0 ... 5. 0  chiq J 5. Flyutbetning tarkibiy qismlari va unga ta’sir etuvchi kuchlar Inshoot flyutbetning tarkibiy qismlari. Flyutbet deb , ustidan suv harakatlanuvchi inshoot qismlarining majmuasiga aytiladi va u suv oqimini yuqori byefdan pastki byefga xavfsiz o‘tishini ta’minlash va filtratsion oqim bosimini so‘ndirish uchun xizmat qiladi. Daryoda qurilgan inshoot flyutbetining tarkibiy qismiga ponur, to‘g‘on tanasi, suv urilma, risberma va oxirgi uchastka kiradi (5.12a-rasm). Bunday flyutbet tarkibi yuqori byefdagi suv chuqurligi katta bo‘lgan suv tashlash to‘g‘onlari uchun xarakterlidir. Flyutbetning tarkibiy qismlari: Ostonasi past joylashgan inshootlarda (ponur tekisligi yoki undan biroz yuqori) to‘g‘on tanasi o‘rniga suv tashlovchi ostona o‘rnatiladi. Kanallardagi gidromeliorativ inshootlarda suv tashlovchi ostona bilan suv urilma yaxlit birlashtiriladi. Bunday inshootlarda flyutbet uch qismdan tashkil topadi, ya’ni ponur, suv urilma va risberma. Ponur, to‘g‘on tanasi va suv urilma flyutbetning suv o‘tkazmaydigan, risberma esa suv o‘tkazadigan qismi hisoblanadi. Suv dimlovchi inshoot er osti konturiga fil’tratsiya oqimi kuchi ta’siri sxemasi: a – suv dimlovchi inshoot kesimi; b – flyutbet gorizontal proektsiyasidagi bosim epyuralari; 1 – 11-flyutbet er osti chiziqlari bo‘yicha fil’tratsiya oqimining aylanib o‘tishi; 12 – risberma; 13 – pezometr; 14 – suv urilma; 15 – ponur; 16 – grunt suvlarining tok chiziqlari; 17, 18 – flyutbet porizontal proektsiyasidagi muallaq va filtratsiyaga qarshi bosimi epyuralari. 6. Qoyamas zaminlarda betondan quriladigan to‘g‘onlarning yer osti konturlari To‘g‘onning suv o‘tkazmaydigan qismining yer osti konturi sxemalari: a,b, v, g, - drenajsiz; d, e – gorizontal drenajli; 1 – ponur; 2 – suv urilma; 3 – risberma; 4 – shpunt; 5 – teskari fil’tr; 6 – drenaj. To‘g‘onlarning yer osti konturi shaklini tanlashda, uning alohida elementlari uzunligi, vertikal va gorizontal elementlari uzunliklari nisbati va drenajlarning joylashuv o‘rni, zaminning tuzilishiga, zamindagi gruntlarning donodorlik tarkibidagi va ishqalanish koeffitsiyentiga, ularning umumiy va mahalliy mustahkamligiga, bosimli grunt suvlarining mavjudligiga, suv o‘tkazmaydigan qatlam yuzasigacha bo‘lgan chuqurlik, mahalliy materiallar va transport yo‘llarining mavjudligi va qator boshqa omillar hisobga olinadi. Zamonaviy yer osti konturlarida vertikal elementlar (tishlar, shpunt qatorlari, burobeton devorlar, diafragmalar, har xil turdagi to‘siq pardalar) hamda gorizontal va vertikal drenajlar keng qo‘llaniladi. Bu esa yer osti konturining gorizontal elementlariga (to‘g‘on tovoni, suv urilma va h.k.) ta’sir qiluvchi filtratsiya bosimini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. To‘g‘on tishi oldida vertikal drenaj va ankerli ponur oldida vertikal elementlarni o‘rnatish sezilarli darajada samara beradi. Zaminning umumiy mustahkamligini ta’minlash uchun yer osti konturining bunday yechimida, to‘g‘on oldida o‘rnatilgan ponur ustiga katta miqdordagi suv massasining to‘planishi, ishqalanishi kichik bo‘lgan gruntlarda uning ustivorligini ta’minlaydi. Inshoot yer osti konturida drenajlarni joylashtirish sxemalari: a-suv urilmadan keyin risberma tagida ; b – suv urilma tagida; d – to‘g‘on tanasi tovonida; e – ponur oxirida; 1 – drenaj; 2 – drenaj galereyasi. Yer osti konturida shpunt devorlarining joylashish sxemalari: a, b, v – bir qatorli; g, d, e – ikki qatorli. 8. Zaminlarning filtratsiya deformatsiyalari • Filtratsiya deformatsiyalari haqida tushuncha. Gruntlarning filtratsiya deformatsiyalari deb, gruntlarda filtratsiya oqimi ta’siri ostida paydo bo‘ladigan deformatsiyaga aytiladi. Gruntlarning filtratsiya deformat-siyalariga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati esa filtratsion mustahkamligi deyiladi. Filtratsiya deformatsiyalari ma’lum muddatdan so‘ng to‘xtay-digan va inshoot yaxlitligiga ta’sir etmaydigan xavfsiz hamda inshootni deformatsiyalanishiga olib keladigan xavfli bo‘lishi mumkin. Filtratsiya deformatsiyalariga moyil zamin gruntlarda inshootni loyihalashda xavfli filtratsiya deformatsiyalari bo‘lmaslik sharti qo‘yiladi. Zamin gruntining umumiy mustahkamligini nazorat qiluvchi yo‘l qo‘yiladigan gradiyentlar (Jn )y.q qiymatlari Zamin grunti mustahkamligi shartida quyidagi moslik bo‘lishi kerak:  . н н й к J J   Filtratsiya deformatsiyalari turlari. Qoyamas gruntlarda filtratsiya deformatsiyalarining to‘rtta turi uchraydi: suffoziya, kontaktli yuvib ketilish, filtratsiyali bo‘rtib chiqish, kontaktli turtib (bo‘rtib) chiqish. Deformatsiyaning u yoki bu turining paydo bo‘lishi filtratsiya oqimi parametrlaridan biri bosimning gidravlik gradiyenti va gruntning mexanikaviy tavsiflari – zarralar diametri, hajmiy og‘irlik, nojinslilik koeffitsiyenti, tishlashishlar bilan baholanadi. Yo‘l qo‘yilmaydigan filtratsiya paydo bo‘lishi imkoniyatini baholash har bir deformatsiya turi uchun o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkaziladi. • Suffoziya. Suffoziya ikkita mexanikaviy va kimyoviy suffoziya turlariga bo‘linadi. Mexanikaviy suffoziya filtratsiya oqimi tufayli gruntning mayda zarralarini grunt massividagi yirikroq g‘ovakliklar orqali harakatlanib o‘tishdir. Bunday suffoziya agar grunt zarralari ichida harakatlansa ichki, mayda zarralar filtratsiya oqimi bilan grunt massividan chiqarib yuborilsa tashqi bo‘lishi mumkin. Kimyoviy suffoziya suvda eriydigan tuzlarni gruntda erishi va ularni filtratsiya oqimi orqali chiqarib yuborishi bilan tavsiflanadi. Kelgusida faqat mexanikaviy suffoziya ko‘rib o‘tiladi va uni qisqartirib suffoziya deb yuritiladi. • Suffoziya quyidagi hollarda ro‘y bermaydi: bosimning kichik gradiyentlarida, bog‘langan gruntlarda va nojinslilik koeffitsiyenti bo‘lgan gruntlarda . Minimal (buzuvchi) gradiyenti va zamin gruntini suffoziyaga qarshi mustahkamligini ta’minlaydigan  koeffitsiyentining bog‘liqlik egri chizig‘i yo‘l qo‘yiladigan gradiyentlar zaxira koeffitsiyenti kiritish bilan chegaraviy buzuvchi gradiyentlardan kichik qabul qilinadi. rasmda yo‘l qo‘yiladigan gradiyentlar qiymatlari egri chiziqdan pastda joylashgan to‘g‘ri (uzuq- uzuq) chiziq ko‘rinishida tavsiflangan. Filtratsiyali bo‘rtib chiqish. Yuqoriga ko‘tarilayotgan filtratsiya oqimi tufayli gruntning ajralib chiqishi va siljishi paydo bo‘lishi filtratsiya deformatsiyasining filtratsiyali bo‘rtib chiqish turi deb ataladi. U flyutbetning suv o‘tkazmaydigan qismi (masalan, suv urilma) ning maksimal bosim gradiyenti va filtratsiya oqimi pastdan yuqoriga yo‘nalganligi kuzatiladigan suv o‘tkazuvchi qismi – risberma bilan tutashgan joyida bo‘lishi mumkin Bo’rtib chiqish hisobiy sxemasi. 60 10 / D D   50 50 м D n d tg   . . к в й к JKontaktli bo‘rtib chiqish. Bu filtratsiya deformatsiyasi turi grunt zarralarini yirikroq grunt bilan kontakt zonasida bo‘rtib va qatlam ajralib chiqishi bo‘lganda kuzatiladi. Kontaktli bo‘rtib chiqish filtratsiya oqimini quyi byefda risberma ostida yoki drenajda oqib chiqish joyida, shuningdek, teskari filtr qatlamlari orqali filtratsiya oqimining harakatlanishida ro‘y berishi mumkin. Kontaktli bo‘rtib chiqishi birikkan va birikmagan gruntlarda uchraydi. Birikmagan gruntlarda kontaktli bo‘rtib chiqishi paydo bo‘lishi imkoniyatini baholash keltirilgan grafik bo‘yicha o‘tkaziladi, bunda yirik donador qatlamning nojinslilik koeffitsiyentining turli xil qiymatlarida nisbat va yo‘l qo‘yiladigan variant o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘z ifodasini topgan. Agar gradiyentlar qiymati egri chizig‘idan pastda joylashgan bo‘lsa, ular yo‘l qo‘yiladigan hisoblanadi. Kontaktli bo‘rtib chiqish sharoitlarini baholovchi grafigi 9. Teskari filtrlarni loyihalash Teskari fil’trlarni tanlash grafiklari: a-zamindagi bog‘langan gruntlar uchun; b-zamindagi bog‘lanmagan gruntlar uchun; v-sun’iy materialli fil’trlar uchun; 1-yuklama; 2-fil’tratsiya oqimi; 3-yo‘l quyilmaydigan tavsiflar hududi; 4-yo‘l quyiladigan tavsiflar; NAZORAT SAVOLLARI 1. Fragmentlar uslubini izohlang. 2. N.N.Pavlovskiy uslubi bo‘yicha shpuntli flyutbet filtratsiya hisobini tushuntiring. 3. Qarshilik koeffitsiyentlari uslubini izohlang. 4. To‘g‘ri chiziqli kontur filtratsiya uslubi haqida ma’lumot bering. 5. Uzaytirilgan kontur chiziqli filtratsiya uslubini aytib bering. 6. Flyutbetning tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 7. Flyutbetga qanaqa kuchlar ta’sir etadi? 8. Qoyamas zaminlarda betondan quriladigan to‘g‘onlarning qanaqa yer osti konturlarini bilasiz? 9. Inshoot yer osti konturida drenajlar va shpunt devorlari qanday o‘rin tutadi? 10. Suv dimlovchi inshootlarda drenaj qanday joylashtiriladi? 11. Drenajlarning teskari filtrlari qanday vazifani bajaradi? 12. Yer osti konturida shpunt devorlarini joylashish sxemasini tushuntiring. 13. Zaminlarning filtratsiya deformatsiyalarini izohlang. 14. Filtratsiya deformatsiyalarini qanaqa turlari bor? 15. Suffoziya hodisasi va filtratsiyali bo‘rtib chiqishga ta’rif bering. 16. Kontaktli bo‘rtib chiqish qanday ro‘y beradi? 17. Kontaktli yuvib ketish qanday yuzaga keladi? 18. Teskari filtrlarning vazifasi nimadan iborat? 19. Teskari filtrlar qanday loyihalanadi? 20. Bog‘lanmagan gruntli zaminlar uchun teskari filtrlarni tanlash shartlarini tushuntiring. 21. Bog‘langan gruntli zaminlar uchun teskari filtrlarni tanlash qay tarzda bajariladi? 22. Teskari filtrlar uchun qanaqa sun’iy materiallar ishlatiladi? E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!  + 998 99 581 1727  suyunovsha@mail.ru + 998995811727 SUYUNOV ABDUG’ANI SHAVKAT O’G’LI GTI va NS “ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI