logo

O‘zbekiston shaharlari atmosfera havosini Ekologik byulletenlar ma’lumotlari bo‘yicha baholash

Yuklangan vaqt:

09.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1180.66015625 KB
O‘zbekiston shaharlari atmosfera havosini "Ekologik byulleten"lar ma’lumotlari bo‘yicha baholash Reja: 1. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarning REM mg/m³ 2. Havoga tashlanadigan gazlar quyidagi usullarda tozalanadi 3. O‘zgidrometning kuzatuv postlari ma’lumotlari 4. Ekologik bulleten ko’rsatkichlari bo’yicha atmosfera havosini baholash. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalarning REM mg/m³ REM QUYIDAGICHA HISOBLANADI: Havoga tashlanadigan gazlar quyidagi usullarda tozalanadi: Mexanik: siklonlar, filtrlar, xo’l chang ushlagichlar. Fiziko-mexanik: Adsorbentlar, qattiq reaktorlar, pechlar O‘zgidrometning kuzatuv postlari ma’lumotlari ( 2020 yil 24 mart −6 aprel) Toshkent shahridagi atmosfera havosi ifloslanishi holati ustidan kuzatuv postlari ma’lumotlariga ko‘ra koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha e’lon qilingan karantin davrida poytaxt atmosfera havosida aniqlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi. Atmosfera havosi ifloslanishi indeksi 4,15 dan 2,5 gacha pasaydi. Eslatib o‘tamiz, atmosfera havosi ifloslanish darajasining ko‘rsatkichi bu atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi (AII)dir. AII beshta asosiy ifloslantiruvchi modda (chang, uglerod oksidi (is gazi), azot dioksidi, oltingugurt dioksidi va ammiak) bo‘yicha hisoblanadi. AII ning 5 balldan kam qiymatlari past ifloslanish darajasiga muvofiq. AII 0-4 bo‘lganda havoning ifloslanish darajasi past, AII 5-6 bo‘lganda — oshgan, AII 7-13 bo‘lganda — yuqori, AII>14 bo‘lganda — juda yuqori hisoblanadi. Oy boshidan beri havodagi: chang konsentratsiyasi 0,16 dan 0,14mg/m3 gacha (ruxsat etilgan me’yor 1,1 dan 0,9 gacha); azot dioksidi — 0,04 dan 0,02mg/m3m gacha (REM 1 dan 0,5 gacha); uglerod oksidi — 2,6 dan 2,2mg/m3 gacha (REM 0,9 dan 0,7 gacha) pasaygani qayd etildi; oltingugurt dioksidi va ammiak miqdori o‘zgarishsiz qoldi — tegishli ravishda 0,003 va 0,01mg/m3 (REM 0,06 va 0,25). Toshkent shahri bo‘yicha ekologik bulleten 16.07.2021 15 iyulda Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning kuchsiz tarqalishiga imkoniyat yaratdi. Ruxsat etilgan meyor (REM)dan yuqori bir kecha-kunduzlik konsentrasiyalar soni umumiy kuzatishlar soniga nisbatan 19 foizni tashkil etdi, bu esa atmosfera ifloslanishining past darajasiga mos keladi. Nazoratdagi zararli moddalar konsentrasiyasining ơrtacha miqdori 15 iyulda quyidagini tashkil etdi: chang – 1,3; uglerod oksidi – 0,7; oltingugurt dioksidi – 0,0; azot dioksidi – 1,0; fenol – 0,3; vodorod ftorid – 0,6; ammiak – 0,3 REM ơ.q. Stasionar postlarning kuzatuv ma'lumotlariga kơra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi REM b.m. dan ortgani qayd etilgan. 3 holatda – azot dioksidi: Yashnobod tumani - 2 post, 19.00-1,1 REM b.m. Sergeli tumani -23 post, 19.00-1,1 REM b.m. Kibray tumani - 28 post, 19.00-1,1 REM b.m. Boshqa tumanlarda olingan ma'lumotlar bơyicha yơl qơyilgan chegaraviy miqdorning bir martali qiymati REM b.m. dan yuqori bơlgani kuzatilmadi. Sergelida formal degid maksimal yiğindisining quyidagi konsentrasiyalari kuzatildi: 15 iyulda soat 07.00 – 0,015 mg/m3; 13.00 – 0,039 mg/m3; 19.00 – 0,021mg/m3. REM b.m. formaldegid – 0,035 mg/m3, REM ơ.q. formal degid – 0,003 mg/m3 qaysiki II guruh zaxarli (kuchli allergik) modda hisoblanadi. 17 iyulda Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz yiğilishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bơladi.