logo

Ortosifon, nashasimon kendir, tog’rayhon, achchiq shuvoq (ermon), marmarak o’simliklar o‘stirish texnologiyasi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2183.91015625 KB
Ortosifon, nashasimon kendir, tog’rayhon, achchiq shuvoq (ermon), marmarak o’simliklar o‘stirish texnologiyasi   Reja:  1. Ortosifon 2. Nashasimon kendir 3. Tog’rayhon 4. Achchiq shuvoq (ermon) 5. Marmarak (mavrak) Ortosifon (buyrak choy) — Orthosiphon stamineus Benth.; yasnotkadoshlar —Lamiaceae (labguldoshlar — Labianae) oilasiga kiradi Ko’p yillik, bo’yi 1—1,5 m ga yetadigan doim yashil yarim buta yoki buta. Poyasi bir nechta, to’rt qirrali, asos qismi yog’ochlangan bo’lib, pastki qismi to‘q binafsha, yuqori qismi yashil-binafsha yoki yashil, bo’g’imlari esa binafsha rangga bo’yalgan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada butsimon shaklda qarama-qarshi o’rnashgan . Ortosifon buyrak choyi  Ortosifon (buyrak choy) o‘simligini yetishtirish Ortosifon bir yillik ko’chat ekini sifatida Gruziya subtropiklarida yetishtiriladi. O’zbekistonning ixtisoslash- tirilgan xo’jaliklarida sinovdan o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, buyrak choyi ochiq va oftobli yerlarda yaxshi o’sadi. Unumdor va namlik yetarli tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Nashasimon kendir — Apocynum cannabinum L.; kendirdoshlar — Apocynaceae oilasiga kiradi Nashasimon kendir ko’p yillik, bo’yi 1—1,5 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildiz sistemasi yer ostida juda kuchli taraqqiy etgan bo’lib, o’simlikning vegetativ ko’payishida katta ahamiyatga ega. Nashasimon kendir  Nashasimon Kendir o’simligining o’stirish texnologiyasi Birinchi marta 1953 yilda O’zbekistonning “Botanika” bog’ining olimlari tomonidan iqlimlashtirilgan o’simlik hisoblanadi. Bizning sharoitimizda o’simlikni ildizidan va urug’idan ko’paytiriladi. Nashasimon Kendir o’simligi unumdor, o’rtacha mexanik tarkibli, yorug’ va nami yetarli yerlarda yuqori hosil beradi. Ko’p yillik, bo’yi 30—60, ba’zan 90 sm ga yetadigan xushbo‘y o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi sershoxli, tukli va to’rt qirrali bo’ladi. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi bilan poyada qarama-qarshi o’rnashgan.Oddiy tog’rayhon — Origanum vulgare L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi Tog’rayhon o’simligini o’stirish texnologiyasi Tog’rayhonni unumdor va nam yaxshi saqlanadigan yerlarga ekishni tavsiya qilinadi. Uni Respublikamizning barcha tuproqlarida (sho’rlangan yerlardan tashqari) ekib o’stirish mumkin. Achchiq shuvoq (ermon) — Artemisiae absinthii L.; astradoshlar — Asteraceae (murakkabguldoshlar — Compositae) oilasiga kiradi Achchiq shuvoq (ermon) ko‘p yillik, bo’yi 50—100 sm ga yetadigan o‘t o’simlik. Ildizpoyasi kalta va shoxlangan, undan ildizoldi barglar, gul hosil qiluvchi bir nechta uzun poyalar va bargli kalta poyalar o’sib chiqadi. Achchiq shuvoq o’simligi respublikamizning barcha viloyatlarida tabiiy holatda uchraydi. Sug’oriladigan yerlarga deyarli ekilmaydi. O’simlik yorug’likni yaxshi ko’radigan issiqsevar, qurg’oqchilikka va o’rtacha sho’rlangan tuproqlarga chidamli. Achchiq shuvoq (ermon) o’simligining o’stirish texnologiyasi Dorivor marmarak (mavrak) — Salvia officinalis L.; yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi Ko’p yillik, bo‘yi 20—50 sm ga yetadigan yarim buta. Poyasi ko’p sonli, shoxlangan, serbarg, to’rt qirrali, pastki qismi bir oz yog’ochlangan. Bargi oddiy, uzun bandli, poyaning eng yuqori qismidagilari bandsiz bo’lib, poyada qarama-qarshi o’rnashgan. Mavrak o‘simligini o’stirish texnologiyasi Mavrak o’simligini sug’oriladigan unumdorligi yuqori, o’rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda o‘stirish yaxshi natija beradi. Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarga nisbatan ekib o’stiriladiganlarining tarkibida biologik faol moddalar to’liq saqlanishi aniqlangan. Dorivor marmarak Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.   Agroximiya (Pod red. B. A. Yagodina). Moskva, 1982. 2. Voprosi agrotexniki vozdelivaniya lekarstvennix kultur. Chast 1, Moskva, 1978. 3. Spravochnik po lekarstvennim kulturam. Voronej, 1963. 4. Xolmatov X. X., A. I. Qosimov ruscha-latincha-o‘zbekcha dorivor o‘simliklar lug‘ati, Toshkent, 1992. 5. Xolmatov X. X., Ahmedov O‘. A. “Farmakognoziya”, Toshkent, 2007 y.