logo

Lipidlar almashinuvi. Lipidlarning katabolizmi. Lipaza, fosfolipaza kabi lipolitik fermentlar. Yog’lar emulsiyasi

Yuklangan vaqt:

16.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

11466.41015625 KB
MUSTAQIL ISH  LIPIDLAR ALMASHINUVI. LIPIDLARNING KATABOLIZMI. LIPAZA, FOSFOLIPAZA KABI LIPOLITIK FERMENTLAR. YOG’LAR EMULSIYASI, O’T PUFAGIDAGI SAFRO KISLOTALARINING ROLI Lipidlar–yog‘simon moddalar bo‘lib, tarkibi, tuzilishi va funksiyalari qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu guruh moddalari turli xil kimyoviy strukturaga ega bo‘lishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (atseton, benzol, tetraxlor metan, efir, benzin va boshq.) erish hususiyatlariga ko‘ra bir guruhga umumlashtirilganlar. Lipidlar ham xuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba’zi bir hususiyatlari bilan farq qiladi. 1- Lipidlar gruppasiga kiruvchi moddalar turli kimyoviy struktura tuzilishiga ega bo‘ladi. 2- Lipidlar turli organik erituvchilarda yaxshi eriydilar, suvda esa umuman erimaydilar.   Lipidlarning barchasi gidrofob moddalardir. Lipidlarga yog‘lar, mumlar, pigmentlar (xlorofillar va karatinoidlar), fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlar kiradi. Lipidlar organizmda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yog‘lar-zahira moddalar, mumlar- himoyalovchi moddalar, fosfolipidlar-hujayra strukturasi komponentlarining biologik membranasi, xlorofil va karatinoidlar-fotosintez jarayonining muhim komponentlari vazifalarini bajaradilar. Yogʻlar hazm boʻlishining asosiy faktorlari quyidagi- lardir: 1) yogʻlarni parchalovchi fermentlar - lipazalar va ular optimal aktivligining namoyon boʻlishi uchun shart- sharoitlar; 2) sirt tarangligini kamaytiruvchi va yogʻ zar- rachalari yopishishining oldini oluvchi moddalar - emul- gatorlar (detergentlar). Lipazalar faqat emulgirlangan yogʻlarni gidrolizlashi mumkin. Agar biror modda maydalangan dispergirlangan holatda boʻlsa va boshqa moddaning massasida bir tekisda tarqalgan boʻlsa, bunday sistema dispers sistema deb ataladi. Dispers sistemaning turlaridan biri emulsiyalardir. Bu- ikkita aralashmaydigan suyuqliklarning dispers sistemasidir, ulardan biri tomchi holida boshqasining massasida dispergirlangan boʻladi (suvdagn moy, sutdagi moy tomchilari va hokazolar). Suvdagi moy emulsnyasini olish uchun bu aralashmani zoʻr berib chayqatish yetarli va moy mayda tomchilarga parchalanadi. Biroq uzoq vaqt turib qolganda moy tomchilari qaytadan birga yigiladi va bu ikki suyukliqning chegarasi yaqqol koʻrinadi. Moy zarrachasninng yopishishini bartaraf qilish uchun bu aralashmaga ma’lum moddalar -- emulgatorlar yoki detergentlar koʻshish kerak, ular bunday yopishishga toʻsqinlik qiladi Xolesterin ovqatda erkin formada va shuningdek, efir koʻrinishida boʻladi. Ular xolesterazalar ta’sirida tar- kibiy qismlarga parchalanadi. Shunday qilib, lipidlarning hazm boʻlishi natijasida ichakda har xil birikmalar toʻplanadi, ulardan glitsyerin, monoatsilglitsyerinlar, fosfat kislota va azot asoslari suvda eruvchilar kabi ichak devoriga oson soʻriladi. Yer kislotalar, xolesterin va boshqa yogʻda eruvchi moddalar qoʻsh oʻt kislotalari ishtirokida soʻriladi. Yogʻda eruvchi moddalarning soʻrilishi faqat suvda eruvchi kompleks holida soʻrilishi mumkin, ular qoʻsh juft kislotalar ishtirokida hosil boʻladi. Кeyingilar oʻt kislotalarining glikokol (glitsin bilan) yoki taurin bilan birikmasidan iborat va oʻtda boʻladi. О’t kislotalarga xolat, dezoksixolat, litoxolat va xenodezoksixolat kislotalar kiradi. Ular oʻzaro ON gruppaning miqdori va joylashish oʻrni bilan farqlanadi. Chunonchi, xolat kislo- ta 3-, 7- va 12-oʻrinda 3 ta gidroksil gruppaga, dezoksixolat - 3- va 12- oʻrinda, litoxolat faqat 3-oʻrinda gidroksil gruppaga ega. Hamma oʻt kislotalar jigarda xolesterindan sintezlanadi. Letsitinlar va kefalinlar modda almashinuvi jarayonida katta muhim funksiya bajaradilar. Ular tarkibiga kiruvchi asosiy yog‘ kislotalar olien, linol, palmitin va stearin kislotalardir. Erish temperaturasi yuqori bo‘lgan yog‘lar tarkibiga kiruvchi to‘yingan yog‘ kislotalar qattiq bo‘ladi. To‘yingan yog‘ kislotalar   Moy kislota CH 3 – (CH 2 ) 2 – COOH C - 4:0 Miristin CH 3 – (CH 2 ) 12 – COOH C -14:0 Palmitin CH 3 – (CH 2 ) 14 - COOH C -16:0 Stearin CH 3 – (CH 2 ) 16 - COOH C -18:0 Araxin CH 3 – (CH 2 ) 18 - COOH C -20:0 Organizmda xolat va dezoksixolat kislotalar eng katta ahamiyatga ega. O’t kislotalar glikokol bilan yoki taurin bilan oʻzaro reaksiyaga kirishganda koʻsh oʻt kislotalar - gliko- yoki tauroxolat va gliko- yoki taurodezoksixolat kislota hosil boʻladi:Qoʻsh oʻt kislotalari ichak yoʻlida oʻziga xos juda kichik tomchilar, ularning tashqi qismi bu kislotalarning gidrofil qismidan, ichkisi esa -- gidrofob qismdan hosil boʻlgan - mitsyellalarga assotsiyalashadi, Yog‘lar va moylar sifati bir qancha sifat ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Bu ko‘rsatkichlar asosiy ikki guruhga bo‘linadi: fizik ko‘rsatkichlar (qattiqlik, erish va qotish temperatralari, chaqnash va alangalanish temperaturalari) va kimyoviy ko‘rsatkichlar (kislota soni, yod soni, perekis soni, efir soni, sovunlanish soni, gener soni va x.k.z.). Shu sonlarning ta’rifi va mohiyati quyidagicha. Sovunlanish soni – 1 g. yog‘ (yoki moydan)dan ajraladigan va neytrallash uchun sarf bo‘ladigan KON ning milligramm miqdoriga aytiladi. Bu son yog‘larning ishqor gidrolizida hosil bo‘ladigan yog‘ kislotalar miqdorini ko‘rsatadi. Sovunlanish soni triglitserid tarkibidagi yog‘ kislotalar zanjirining uzunligiga hamda ularning molekulyar og‘irligiga bog‘liq. Kislota soni – 5 g tirgilitsieridlar aralashmasidagi erkin yog‘ kislotalarni neytrallash uchun sarf bo‘ladigan 0,1 n KON ning ml. soni bo‘lib, yog‘lar tarkibidag erkin yog‘ kislotalar miqdorini bildiradi. Yod soni – 100 g yog‘ aralashmasi biriktirib oladigan J 2 ning gramm miqdori. Bu konstanta tekshirilayotgan moddadagi to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdorini ko‘rsatadi, chunki J 2 molekuladigi qo‘sh bog‘ hisobiga birika oladi. Trigilitseridlar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalar qoldig‘ining miqdorini aniqlash uchun yod sonidan foydalaniladi. Yog‘larning biosintezi; Moylar tabiatda o‘simlik yaproqlarida sintezlanib, uning urug‘laridagi vakuoliy ichidagi yog‘ kanalchalarida to‘planadi. Odam va hayvon organizmida «ortiqcha» uglevodlardan hosil bo‘ladi. Yog‘lar sintezi quyidagi sxemada keltirilgan. Bunda qandlardan asosan glyukoza va fruktoza ishtirok etadi. Lekin, ayrim mikroorganizmlar bakteriya va hayvon organizmlarida xomash’yo sifatida pentozalar va boshqa uglevodlar bo‘lishi mumkin. Glitserin esa fruktozadifosfatning aldolaza fermenti ta’sirida hosil qilgan glitserin aldegidining koferment-piridinnukleotid (NADFN) ishtirokida qaytarilishi hisobiga hosil bo‘ladi: O‘simlik urug‘ida moy to‘planishi davrida, glitserin va yog‘ kislotalarining birikishi hisobiga, shu yog‘ning kislota soni kamayib boradi. Yog‘larning fermentativ o‘zgarishi; yog‘larning asosiy qismi uch atomli spirt-glitserinning yuqori molekulyar yog‘ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari hisoblanadi. Ular organizmda o‘zgarishsiz holatda ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rila olmaydi, to‘qimalarda moddalar almashinuvi reaksiyalarida qatnasha olmaydi. Buning uchun yog‘lar fermentativ (lipaza fermenti) ta’sirida glitserin va yog‘ kislotalargacha gidrolizlanish kerak. Yoki boshoqlilar, moyli o‘simliklar urug‘lari, dukkakli donlar va boshqalar donidagi zahira moylar, aynan shu moyli urug‘lar tarkibida tabiiy holda saqlangan moylarni fermentativ o‘zgarishi uchun sababchi fermentlar yordamida buziladi. Bunga sabab qilib, donlar, moyli urug‘lar tarkibidagi suv miqdorini normadan bir necha bor ortib ketishi hisoblanadi, ferment lipaza aktiv holatga o‘tadi va moyli urug‘lar tarkibidagi moylarni fermentativ parchalaydi (gidrolizlaydi). Natijada moylarni foyiz miqdori kamayib yog‘ kilotalar va glitserin miqdori ortib ketadi. Masalan: Yog‘-moy korxonalari omborxonalaridagi saqlangan tonnalab chigitlarni tarkibidagi suv (nam joyda saqlanishi, suvli, yomg‘irli joylarda qolishi yoki ba’zi hollarda atayin namlanishi natijasida) miqdorini ortib ketishi natijasida chigit va shunga o‘xshash boshqa turdagi moyli urug‘lar tarkibidagi yog‘lar gidrolizlanadi, taxirligi ortadi, bemaza hidlar hosil bo‘ladi, moy tarkibida kislota va glitserin miqdori ortib ketadi. Natijada o‘sha moyli o‘simliklar urig‘idan sifatli moylar olib bo‘lmaydi, hamda yog‘larning parchalanishi natijasida miqdori kamayib ketadi. Bu fermentativ o‘zgarish quyidagicha ifodalaniladi. Steroidlarga sterollar va ularning hosilalari kabi murakkab siklik birikmallar kiradi. Sterollar organik erituvchilarda yaxshi eriganligi tufayli ekstraksiya jarayonida yog‘lar bilan birga ajralib chiqadi. Sterollar hujayra modda almashinish jarayonini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning tarkibida uchraydigan siklik spirtlar sterollar yoki sterinlar deb ataladi. Bu sterollar hayvon, o‘simlik va mikroorganizmlar dunyosida keng tarqalgan lipidlarning maxsus gruppasidir. Ular lipidlardan sovunlanmasligi bilan farqlanadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT