logo

Gen muhandisligi fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari. Gen muhandisligi usullarining tasnifi

Yuklangan vaqt:

29.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3241.9140625 KB
Gen muhandisligi fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari. Gen muhandisligi usullarining tasnifi  REJA: 1. Gen muhandisligi fanining rivojlanish tarixi va bosqichlari. 2. Gen muhandisligi usullarining tasnifi. • Organizm genlari yoki genlar majmuasini yoki genotipini inson manfaatlarini ko’zlagan holda o’zgartirilishi gen muhandisligi yoki genetik injeneriya deb ataladi. Tadqiqot ob’ekti : viruslar, bakteriyalar, tuban zamburug’lar, hayvon va o’simlik, odam hujayralari hisoblanadi.  Muhim sanalar Kashf etilgan vaqti Bajarilgan ishlar 1972 yil Pol Berg va S. Koen laboratoriyada birinchi marta DNK ning rekombinat molekulasini sintezladi. 1973 yil Birinchi gen klonlangan. 1974 yil Birinchi bakteriya genlarini klonlash ekspressiyasi amalga oshirildi. 1975 yil Birinchi gibridoma yaratilgan. 1976 yil Rekombinant DNK texnologiyasidan ishlab chiqarishda foydalanish boshlangan. 1980 yil Gen muhandisli usullari yordamida olingan mikroorganizm shtammlarini patentlash haqidagi qaror qabul qilingan. 1981 yil Monoklonal antitella to’plamlaridan foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. Birinchi marta genlarni avtomatik sintezatori sotuvga chiqarildi. 1982 yil Tibbiyotda rekombinant DNK - insulini va hayvonlar uchun birinchi rekombinant DNK dan foydalanishga ruxsat berildi. 1983 yil Birinchi marotoba gen ekspressiyasidan bir o‘simlikdan boshqa turida foydalanish mumkinligi isbotlandi. Tirik organizmlar irsiy axborotini sun’iy yo’l bilan ma’lum maqsadga muvofiq o’zgartirish jarayoni genetik muxandislik fanining asosiy ustqurmasi hisoblanadi. Genetik muxandislik hujayra, xromosoma va gen darajasida amalga oshiriladi:  1. Hujayra darajasidagi genetik muhandislik ikki hujayrani o’zaro qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladi.  2. Xromosoma darajasidagi genetik muxhandislik hujayra yadrosiga qo’shimcha xromosomalar kiritish orqali amalga oshiriladi.  3. Gen darajasidagi genetik muhandislik yoki gen muxandisligi eng murakkab bo’lib, quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: Gen injeneriya quyidagi muammolarni hal etishga o’z diqqatini qaratadi: 1. Hujayra DNK sidagi kerakli qimmatli genlarni ajratib olish yoki laboratoriyada sintezlash. 2. DNK ning rekombinat molekulasini hosil etish. 3. Genlarni klonlash 4. Rekombinat vektorlar yordamida yot genlarni hujayraga kiritish va uning faoliyati tufayli inson xohlagan mahsulot yetishtirish.   Rekombinant DNKni qabul qiluvchi organism genetik modifikatsiyalangan organizm (GMO) deyiladi. Agar kiritiladigan begona DNK boshqa turdan kelib chiqsa, mezbon organizm transgen deyiladi. Gen muhаndisligidа qo'llаnilаdigаn plаzmid vа fаg vektоrlаr, restriktazalar • Bаkteriya vа tubаn eukаriоt оrgаnizmlаr хujаyrаlаridа аsоsiy хrоmоsоmаdаn tаshqаri, kichik o'lchаmgа egа bo'lgаn хаlqаsimоn yoki chiziqsimоn strukturаgа egа bo'lgаn qo'shimchа хrоmаsоmаlаr mаvjuddir bu mini-хrоmоsоmаlаr plаzmidlаr deb аtаlаdi. Plаzmid DNKаsi ko'pi bilаn 3-10 tаgаchа genlаrni o'zidа sаqlаydi. bu genlаr, аsоsаn аntibiоtik yoki zахаrli tоksinlаrni pаrchаlоvchi fermentlаrni sintezigа jаvоbgаrdir. shu tufаyli plаzmidlаr  • Plаzmidning аntibiоtik pаrchаlоvchi genlаri bir plаzmiddаn ikkinchisigа trаnspоzоnlаr bilаn birikkаn хоlаtdа yoki avtonom holatda хаm ko'chib o'tа оlаdi. Bu mоlekulyar jаrаyon kаsаl chаqiruvchi mikrоblаrning аntibiоtiklаrgа chidаmliligini nihоyatdа оshirаdi • Trаnsmissibl, ya'ni nаsldаn-nаslgа o'tuvchi plаzmidlаr Birinchisi trаnspоzоn yoki bаkteriоfаg irsiy mоlekulаsi kаbi hujаyrа аsоsiy хrоmоsоmаsining mахsus DNK izchilligini kesib, rekоmbinаsiya bo'lа оlаdigаn plаzmidlаr. RESTRIKTAZALAR • Tаbiаtdа birоr mikrооrgаnizm хujаyrаsigа tаshqаridаn yot genetik mаteriаl kirsа, u dаrхоl хujаyrа nukleаzа fermentlаri оrqаli pаrchаlаb tаshlаnаdi. • DNK mоlykulаsini mаydа bo'lаklаrgа bo'luvchi fermentlаr kesuvchi endоnukleаzаlаr yoki restriktazalar deb аtаlаdi. Хаr bir restriktаzа to'rt yoki ko'prоq mахsus nukleоtid juftlаrni tаnib оlib bоg'lаnаdi vа DNK mоlykulаsini kesаdi. Аyrim restriktazalar DNK qo'sh zаnjirini qаychi singаri shаrttа ikki bo'lаkkа bo'lаdi. bundаy restriktazalargа Alu I, Dra I, Hae III, Hpa I, EcoR V, Hinc II, Pvu II, Rsa I, Sca I, Sma I vа bоshqаlаrini misоl qilib keltirish mumkin. G en mu hа ndisli g id а q o' ll а nil а di gа n b а 'zi bir restriktazalar t а vsifi Restriktazalar Restri k t а z а о lin gа n mi k r оо r gа nizml а r Restriktazalarnin g “а niql а ydi gа n ” v а k es а di gа n ох ir g i u ch l а ri Eco RI Escherichia coli RI -G-A-A-T-T-C- -C-T-T-A-A-G- Hind III Haemophilus influenza -A-A-G-C-T-T- -T-T-C-G-A-A- Sal I Streptomyces albus -G-T-C-G-A-C- -C-A-G-C-T-G- Bam I Bacillus amyloliquefaciens -G-G-A-T-C-C- -C-C-T-A-G-G- Hpa II Haemophilus parainfluenzae -C-C-G-G- -G-G-C-C- Alu I Arthrobacter luteus -A-G-C-T- -T-C-G-T- Haem III Haemophilus aegyptius -G-G-C-C- -C-C-G-G- Sma Serratia marcescens SD -C-C-C-G-G-G- -G-G-G-C-C-C- Transpozonlarning kashf etilishi genetik muhandislikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. • Ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlarni o’simlik organizmida AqSH olimasi Barbara Mak Klintok kashf etgan. • Ko’chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozision elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo’lsalar-da, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir. • Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib kesadi va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo’lgan xromosoma DNKsi va transpozon DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo’laklarini bog’lovchi ferment ligaza ta’sirida o’zaro bog’lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integrasiyasi amalga oshadi. Hujayra biotexnologiyasi • – hujayra, to’qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. • Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o’zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni o’simlikdan ajratib olish o’simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko’payishi uchun sharoit tug’dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitida, steril sharoitda ( in vitro) o’stirish usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb nomlanadi va ularni biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli, katta ahamiyat kasb etdi. Gen muhandisligi usullari • Genlarni klonlash - genni ajratib olish va uning nusxalarini yaratish jarayonidir. Bu ko'p maqsadlar uchun foydalidir. Masalan, genlarni klonlash gen terapiyasi uchun oddiy genni ajratib olish va nusxalarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Genni klonlash to'rt bosqichni o'z ichiga oladi: izolyatsiya, bog'lash, transformatsiya va tanlash. • Polimeraza zanjiri reaktsiyasi- gen yoki boshqa DNK fragmentining ko'plab nusxalarini yaratish. Bu genetik tekshiruvda ko’p miqdordagi genni yaratish uchun amalga oshirilishi mumkin. PCR uch bosqichni o'z ichiga oladi: denaturatsiya , tavlanish va kengaytma . Uch bosqich rasmda ko'rsatilgan Shakl pastda Ko'p miqdorda gen hosil qilish uchun ular tsiklda ko'p marta takrorlanadi. • Polimeraza zanjir reaksiyasi  yoki  PZR  bu maʼlum DNK boʻlagini  in vitro  koʻp marta nusxalash usuli hisoblanadi. • PZR termostabil DNK polimerazaga,  Taq  polimerazaga , bogʻliq va DNKning shu qismi uchun maxsus DNK  praymerlari  boʻlishini talab qiladi. • PZRda harorat oʻzgarishi bilan reaksiya bir necha marta takrorlanadi, shu orqali DNK nishon qismining koʻplab nusxalarini olish mumkin. • PZR ustida koʻplab tajribalar va amaliy dasturlar olib borilgan. Bundan asosan DNKni klonlash, tibbiy diagnostika va sud-tibbiy ekspertizasida foydalaniladi.