logo

Qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o’rgatish

Yuklangan vaqt:

25.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1621.888671875 KB
 MAVZU: Qo’shish va ayirish, ko’paytirish va bo’lish amali ma’nosini ochib berish hamda uni bosqichlab kontsentrlarda bajarilishini o’rgatish.  Reja: 1..”O’nlik mavzusida” arifmetik amallarni o’rganish. 2.“Yuzlik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish. 3. “Minglik” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish. 4“Ko’p xonali sonlar” mavzusida arifmetik amallarni o`rganish. 1.2. ”O’nlik mavzusida” arifmetik amallarni o’rganish 1. Mavzuni o’rganishda o’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat: qo’shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish; 2. hisoblash usullaridan ongli foydalanishni ta’minlash; a. “ sonni qismlari bo’yicha (bittalab yoki gruppalab) qo’shish va ayirish” usuli; b. yig’indining o’rni almashtirish xossasidan foydalanib qo’shish usuli; v) sonlarni ayirishda qo’shish amalidan ya’ni noma’lum komponentni topishdan foydalanish. 3) 10 ichida qo’shish va ayirishni avtomatizmga yetkazish; Mavzuni o’zaro bog’langan bir nechta bosqichlarga bo’lib o’rganamiz. 1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo’shish va ayirish amalining  aniq mazmunini ochish ; a+1 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari. Bu ish 1-10 ichida sonlarni o’rganishga bag’ishlangan boshlanadi. Bunda ikki to’plamning birlashmasiga doir va to’la qismini ajratishga doir yetarli mashq bajaradilar. Nomerlashni o’rganish jarayonida 1-o’rindagi keyingi son dan 1 ni ayirishdan hosil bo’lishi, shu bilan sonlar ko’rinishdagi hollar uchun jadval tuziladsi. Birinchi darsdanoq 1-1=0, 0+1=1 ko’rinishdagi amallarga to’xtaladi. 2-bosqich.a+2, a+3, a+4 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu hollarning har biri uchun taxminan bir xil quyidagi reja tuziladi. 1)tayyorgarlik sifatida sonlarni 2 qo’shiluvchiga ajratish va qo’shish hamda ayirish jadvallari takrorlanadi; 2)sonni qismlar bo’yicha qo’shish va ayirish usullari bilan tanishish; 3)yangi bilimlarni mustahkamlash va uni qo’llash; 4)qo’shish va ayirish jadvallarini ongli eslab qolishga doir ishlar. 3-bosqich.a+6, a+7, a+9 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish. Bu ishlarni bajarish jarayonida  ham oldingilardek bajarilib , qo’shiluvchi, yig’indi so’zlari bilan tanishadilar. Bunda hisoblash usullari yig’indi bilan qo’shiluvchilar orasidagi bog’lanishlarni bilishga asoslangan. Bunda yig’indi va qo’shiluvchilardan biri orqali ikkinchi qo’shiluvchini topishga asoslangan. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasini o’qitish.  Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirish usullari bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo’shishining o’rin almashtirish xossasi mohiyati ochib berish maqsadga muvofiqdir. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O’quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi. O ’qituvchi 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo’shib qo’ying. U chburchaklar nechta bo’ladiq B uni qanday bildingiz? O ’quvchi: 4 ga 3 qo’shilsa 7 hosil bo’ladi (yozadi:4+ 3= 7) O ’qituvchi endi uchburchakning rangiga qarab ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo’shib qo’ying. U chburchaklar nechta bo’ladiq O ’quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+ 3=7). O ’qituvchi: bu m isollarni sonlarni qo’shishdagi param etr nom lari bilan aytib bering. O ’quvchi: birinchi qo’shiluvchi 4, ikkinchi qo’shiluvchi 3, yig’indi 7. B irinchi qo’shiluvchi 3, ikkinchi qo’shiluvchi 4 yig’indi 7. O ’qituvchi: bu m isollar nim asi bilan o’xshash? O ’quvchi: qo’shiluvchilar bir xil, yig’indi bir xil. O ’qituvchi: bu m isollar nim asi bilan farq qiladiq O ’quvchi: qo’shiluvchilarni o’rni alm ashdi. So’n gra qo’shilu vchilarn in g o’rin alm ash tirish u su lining m ohiyatni ochib b eradi, ya’n i h isob lashlard a qach on o’rin alm ashtirish xossasidan foydalanish k o’rsatiladi. A n a sh u m aq sad da am aliy xarakterdagi m asalalar yechiladi. M asalan , har xil joyd a turgan 2 q op va 7 q op un ni bir joyga joylashtirish kerak. U ni qan day bajargan m a’q ul. 2 qop ni 7 qop oldiga keltirib qo’yish i yok i aksin ch am i? B olalar tu rm u shd a ko’rgan laridan foyd alanib m asalani yechadilar.   So’ngra 1+3, 3+1, 2+4, 4+2 ko’rinishdagi misollardan bir juftini tushuntiradi. Qolganlarini o’quvchilar  mustaqil yechadilar , hisoblash usullarini taqqoslaydilar. Sonlarni qanday qilib tezda hisoblash mumkinligini aniqlaydilar. Bunday mashqlar asosida o’quvchilar quyidagi xulosaga keladilar: katta songa kichik sonni qo’shish, kichik songa katta sonni qo’shishga qaraganda oson, qo’shish paytida esa qo’shiluvchilarning o’rinlarini doimo almashtirish mumkin, bunday yig’indi o’zgarmaydi. To’rtinchi darsda “5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish” hollari uchun natijani topishda qo’shish va ayirishning bog’lanishiga asoslangan ayirish usullari o’rganiladi. Masalan, 10-8 misolini yechish uchun 10 sonini 8 va 2 sonlarining yig’indisi bilan almashtirish va undan qo’shiluvchilardan biri bo’lgan 8  ni ayirish kerak , ikkinchi qo’shiluvchi 2 ni hosil qilamiz. Bu usuldan foydalanish uchun sonlarning qo’shiluvchilardan iborat tarkibini, shuningdek yig’indi va qo’shiluvchilar o’zaro qanday bog’langanligini bilish kerak. Qo’shish komponentlari va amal natijasi orasidagi bog’lanishni egallashda tayyorgarlik bosqichi qo’shish va ayirish ustida ishning boshidan boshlanadi. Shu maqsadda maxsus mashqlar ko’zda tutiladi, berilgan rasm (1ta katta va 2 ta kichik koptok) bo’yicha qo’shish va ayirishga doir misollar tuzish yoki bir rasmning o’zi bo’yicha qo’shishga doir masala va  ayirishga doir masala tuzish ; 4+3 va 7-3 ko’rinishdagi misollar juftini yechish va taqqoslash. Qo’shish amali komponentlari va amal natijalari orasidagi bog’lanish bilan tanishishga maxsus dars ajratiladi O’qituvchi partaga 5 ta qizil va 4 ta ko’k, doiracha qo’ying, hammasi bo’lib nechta doiracha qo’ydingiz? O’quvchi: 5 ga 4 ni qo’shish kerak, 9 hosil bo’ladi (yozadi). O’qituvchi: sonlarni bunday qo’shishdagi nomlarini aytib, misolni o’qing. O’quvchi: birinchi qo’shiluvchi 5, ikkinchi qo’shiluvchi 4, yig’indi 9. O’qituvchi: 4 ta ko’k doirachani chetga surib qo’ying. Nechta doiracha qoldiq Buni qanday bildingiz? O’quvchi: 9 dan 4 ni ayiramiz, 5 hosil bo’ladi (yozadi). O’qituvchi: shu misolni sonlar birinchi misolda qanday atalgan bo’lsa shunday o’qing. O’quvchi: yig’indi 9 dan qo’shiluvchi 4  ni ayirdik , birinchi qo’shiluvchi 5 ni hosil qildik. 9-5=4 hol ham shunga o’xshash qarab chiqiladi. Shunday misollardan yetarlicha yechdirish kerak, natijada bolalar o’z kuzatishlari asosida quyidagi xulosani chiqaradilar: agar yig’indidan birinchi qo’shiluvchini ayirsak ikkinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi; agar yig’indidan ikkinchi qo’shiluvchi ayrilsa, birinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi. Yig’indi va qo’shiluvchilarga doir bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar quyidagi mashqlarni bajaradilar; qo’shishga doir berilgan misol bo’yicha, ayirishga doir 2 ta misol tuziladi va ular yechiladi ( 2+4=6, 6-4= 6-2= ) berilgan 3 ta son yordamida 4 ta misol (4+5, 5+4, 9-5) tuziladi va yechiladi. X+2=5, 4+x= 10 ko’rinishdagi tenglamalarni yechib noma’lum sonni topadi. Shunga o’xshash x-4=3, 8-x+5 kabi ayirishdagi noma’lum komponentlari topishga doir ham yetarli misollarni yechdirish mumkin.