logo

Abdurahmon Jomiyning “Sharhi ruboiyot”asarida tasavvufiy tushunchalarning yoritilishi

Yuklangan vaqt:

22.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2695 KB
O ‘ zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirlig i Qarshi Davlat universiteti O ‘ zbek filologiyasi fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi “ 51 20100-Filologiya va tillarni o ‘ qitish (o ‘ zbek tili) ta’lim yo ‘ nalishi bo ‘ yicha bakalavr darajasini olish uchun “ Abdurahmon Jomiyning “Sharhi ruboiyot”asarida tasavvufiy tushunchalarning yoritilishi ” mavzusida yozgan B i t i r u v m а l а k а v i y i sh i TT АА QQ DD I I MM О О Т Т II “ ... Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab- avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz ”. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O‘zbekiston”, 2016. B.5. Mavzuning dolzarbligi  Musulmon Sharq xalqlari qatori, o‘zbek xalqining milliy-diniy qadriyatlaridan biri bo‘lmish tasavvuf ta’limotini o‘rganish va tadqiq etish orzusi faqat mustaqillik tufayligina ro‘yobga chiqdi. Istiqlol sharofati bilan, boy ma’naviy merosimiz hamda asrlar davomida e’zozlab kelingan milliy an’ana va qadriyatlarimiz qayta tiklandi.  Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu buyuk insonlarning aziz nomlari, o‘lmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Biz dinimizni bu ulug‘ nomlarsiz, bu ulug‘ nomlarni esa dinimizsiz tasavvur qila olmaymiz”.  Mustaqillikning ilk yillaridanoq O‘zbekistonda ulug‘ ajdodlarimiz, aziz-avliyolar merosidan namunalar nashr etilib, qator ilmiy ishlar yozildi. Qisqa bir tarixiy davr ichida N.Komilov, I.Haqqulov, B.Nazarov, S.Olim, A.SH.Juzjoniy, J.Muhammad, S.Rafiddinov va boshqa olimlar tomonidan o‘nlab jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.  XV asrga kelib, islom mintaqa ma’naviyatining uzoq yillik tajribalari aynan Movaraunnahr va Xurosonda o‘zining eng yuksak natijalarini namoyon etdi. Bu davrga kelib, tasavvuf jamiyatning tub ildizlariga kirib bordi, so‘fiyona she’riyat bilan birga tasavvuf falsafasi ham o‘zining eng yuksak kamolot cho‘qqisiga ko‘tarildi. Bu ma’naviy yuksalishda Movaraunnahr va Xuroson zaminida yashab ijod etgan buyuk faylasuf olim, shoir, tasavvuf nazariyotchisi va naqshbandiya tariqatining XV asrdagi yirik namoyondasi Hazrat Movlono Nuriddin Aburahmon Jomiyning (1414-1492) tasavvufiy-falsafiy, adabiy- badiiy, diniy va ilmiy nazariy merosi yetakchi o‘rin tutadi. Jomiy tasavvufiy merosini islom falsafasiga oid manbalar sifatida tahlil va tadqiq etish zarurati tug‘iladi. Jomiyning tasavvufiy merosini tahlil va tadqiq etish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:  -Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujud nazariyasiga asoslangan ta’limotining asl mazmun-mohiyatini anglash;  -Jomiyning tasavvufiy-falsafiy ilmiy faoliyatini o‘rganish;  -tasavvuf falsafasini islom falsafasidagi o‘rnini aniqlash.  Xullas,”Sharhi ruboiyot” asarini tahlil etish orqali Mаvlono Jomiyning tasavvufiy-irfoniy tafakkuriga, Jomiy qarashlari va talqinlari orqali Shayx Muxyiddin ibn al-Arabiyning falsafiy–irfoniy maktabiga kirib borish imkoniyati vujudga keladi. Maqsad va vazifalari  Bitiruv malakaviy ishda “Abdurahmon Jomiyning “Sharhi ruboiyot” asarida tasavvufiy tushunchalarning yoritilishi” mavzusi yangicha yondoshuvlar asosida tahlil etildi, mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazariy, uslubiy izlanishlar olib borildi hamda tegishli xulosa lar berildi.  Bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan materiallar va xulosalar ushbu yo‘nalishdagi keyingi tadqiqotlar uchun muayyan nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy va amaliy ahamiyati I. JOMIYNING TASAVVUFIY ASARLARI SILSILASIDA “SHARHI RUBOIYOT”NING O‘RNI Jomiy o‘zining birinchi devoni “Fotihat ush-shubob”ni 1463 (hijriy 867) yili, ya’ni 50 yoshida, ikkinchi devoni “Vositat ul-iqd”ni 1480 (hijriy 884) yili, ya’ni 62 yoshida, uchinchi devoni “Xotimat ul-hayot” esa 1490-1491(hijriy 896) yili, ya’ni 76 yoshida tadvin etgan. Birinchi devon taxminan 30 yil davomida yozilgan she’rlardan tarkib topgan bo‘lsa, demak Jomiy taxminan 20 yoshidan umrining oxirigacha, ya’ni taqriban 60 yil shoirlik faoliyati bilan shug‘ullangan, deb xulosa chiqarish mumkin. “ Sharhi Fusus ul-hikam”  Jomiyning arab tilida yozilgan bu asari Ibn al- Arabiyning eng mashhur asari – «Fusus ul- hikam»ga bitilgan eng mashhur sharhlardan biridir.  «Fusus ul-hikam» o‘ta murakkab tilda, ramzu majozlar bilan yozilganligi sababli tushunishi va anglashi mushkul bo‘lgan ekan.  Shuning uchun ham, XIII asrdayoq unga sharh yozish ehtiyoji tug‘ilgan va bu ishga birinchi bo‘lib Ibn al-Arabiyning shogirdi, mashhur mutasavvif Sadriddin Quniyaviy qo‘l urgan.  Ammo, irfon ahlida katta qiziqish uyg‘otgan bu asarga sharh yozish XVI asrgacha davom etgan va unga oxirgi sharhlardan birini Jomiy yozgan ekan.  Jomiyning sharhi «Fusus ul-hikam»ning o‘nga yaqin mashhur sharhlari qatorida tilga olinadi. “ Sharhi bayti Amir Xusravi Dehlaviy” Mazkur falsafiy-irfoniy sharhnoma Jomiyning tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan va jiddiy tadqiqotlarga jalb etilmagan asarlaridan biridir. Do’iy Javodning fikriga qaraganda, «Risola dar sharhi bayti Amir Xusrav»da Xusrav Dehlaviyning «Qiron us-sa’dayn» nomli qasidasidan olingan quyidagi Mohi nave, ki asli vay az sol rost Gasht yake moh ba dah sol rost matla’ bayti sharh etilgan. Ammo Movlono Jomiyning hijriy 908 (milodiy 1503) yili Muhammad ibn Hasan al-Kotib al-Hiraviy tomonidan ko‘chirilgan «Kulliyot»i asosida, tojik olimlari M.Baqoyev va A.Afsahzod, bu sharhnoma «Qiron us-sa’dayn»ga emas, balki Xusrav Dehlaviyning boshqa asari – «Mir’ot us-safo» nomli qasidasiga bitilgan, degan xulosaga kelishdi. “ Lavome’ fi sharhi qasidai Mimiyai xamriyai Foriziya” Movlono Jomiyning bu asari «Sulton ul-oshiqin» laqabi bilan mashhur bo‘lgan arab shoiri Ibn Forizning mashhur qasidalaridan biri «Qasidai xamriya»ga yozilgan sharh bo‘lib, «Kulliyot»da 16 varaqni, bosma holda esa 89 betni tashkil etadi. “ Sharhi ba’zi az abyoti qasidai Toyiyai Foriziya” Bu sharhnoma «Kulliyot»da «Sharhi qasidai Toyiya» deb nomlangan. YE.E.Bertels uni «Sharhi qasidai «Nazm us- suluk» yo «At-toyiyat al-kubro»i Ibn Foriz mavsuma ba «Nazm ud-durar» sharhida yozilgan», deydi. Asarning yozilish tarixi ma’lum emas. Faqat «Kulliyot»da «Lavome’»dan so‘ng keltirilganligini hisobga olib, «Lavome’»dan keyin yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.   Jomiyning salaflar oldidagi xoksorligi va tavozu’korligi shu darajadaki, о‘zining bir qator falsafiy-irfoniy asarlari – «Lavome’», «Naqd un- nusus fi sharhi Naqsh al-fusus», «Ashi’’at ul-Lama’ot» va «Sharhi Fusus ul-hikam»da о‘zini muallif emas, balki irfon falsafasi ulug‘lari (Ibn al-Arabiyni kо‘zla tutmoqda – J.X.) qoldirgan merosning tarjimoni va izohlovchisi ekanligiga ishora qilib о‘tadi.“ Sharhi ruboiyot”ning ilmiy tavsifi   Zot ma’rifati masalasi asosan kalom (theologie) va falsafa ilmlarining bahs mavzui bo‘lib, irfon falsafasiga Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujudiy ta’limoti orqali kirib kelgan. Irfon, falsafa va kalom ilmlarining qorishmasidan vujudga kelgan bu ta’limotda Zot ma’rifati masalasi alohida o‘rin tutadi. Zot ma’rifati deganda Alloh Zotini ma’rifat etish (bilish, idrok etish) tushuniladi.  Alloh Zotini bilish masalasi Ibn al-Arabiydan Jomiygacha asosan bitta savol atrofida aylanadi: Alloh Zoti xususida fikr yuritish mumkinmi yo mumkinmasmi? Alloh Zotini idrok etib bo‘ladimi yo bo‘lmaydimi?  Jomiy Zot ma’rifati masalasi atrofida maxsus to‘xtalib o‘tadi va uni Ibn al-Arabiy qarashlari asosida sharhlab beradi.  Ibn al-Arabiy faylasuflarning Alloh ta’olo Zoti haqidagi qarashlarini «hech qanday asosga ega bo‘lmagan dalillar», deb baholab, «kimki bunday dalillar orqali biror narsani anglamoqchi bo‘lsa, xusron – ziyon va baxtsizlikdan o‘zga hech narsaga erisholmaydi», deydi. II. “SHARHI RUBOIYOT” DA RUBOIYLAR SHARHI: MAVZU, TALQINI  رون وچ تسادیوه دوخ تاذب هک یتسه ر وهظ تفای وزا تانوکم تارذ رود دتفا وا غورف زا هک زیچ ره وتسم دنامب یتسین تملظ رد  نم تسا شیوخ رونب کلف دیشروخ ریزپرون وا وترپ زا رمق مرج ریبخ لقع رگا رون تسا دوخب نشور ریگم هدرخ هم و رهمز شدهن نوزفا   Falakdagi osmon о‘z nuri bilan chaqnamoqda, oyning doirasi-uning yog‘dularidan nur olmoqda. Nurning о‘zi o’zini yoritadi, agarda dono tafakkur,uni quyoshdan va va oydan ham yuqori deb aytsa, buni unutma!   XULOSA  Movlono Abdurahmon Jomiy o‘zining tasavvufiy-irfoniy asarlari, xususan, vahdat ul-vujud ta’limotiga oid falsafiy-irfoniy sharhnomalari bilan tasavvuf va irfon falsafasining 700 yillik tajribalariga go‘zal xotima yasab bergan buyuk tafakkur sohibi sifatida ham islom mintaqa ma’naviyati tarixida muhim o‘rin tutadi.  Ya’ni, u irfon falsafasi tarixi davomida katta bahs-munozaralar va g‘oyaviy ixtiloflarga sabab bo‘lgan vahdat ul-vujud, tajalliy, ayoni sobita, hazaroti xams, Haq va xalq, Zot ma’rifati, Zot va sifot, vahdat va kasrat, tavhid, qazo va qadar... kabi masalalarni kufr va ilhod deb hisoblanadigan yo‘llar orqali emas, balki barcha mazhablar, firqalar va guruhlar tomonidan ayni tavhid deb e’tirof etiladigan yo‘llar orqali talqin etib, islom falsafasiga qayta irfoniy ruh bag‘ishladi, tobora siyosiylashib borayotgan, o‘zining jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy mavqeini yo‘qota boshlagan naqshbandiya tariqatini yana Inson va Borliq atrofidagi falsafiy mushohadalar, mulohaza-yu muhokamalar yuritishga hidoyat etdi.  Sxolastik mazhabiy oqimga aylanayotgan naqshbandiya tariqati Jomiyning falsafiy-irfoniy qarashlari yordamida qayta isloh etildi, ilmiy-nazariy jihatdan mustahkam asoslandi.  Jomiyninng bu tarixiy xizmati zamondoshlari tomonidan yuksak baholandi. U «XV asrning qayta quruvchisi va islohotchisi» degan yuksak nomga sazovor bo‘ldi. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, Jomiyning irfon falsafasiga oid ilmiy- nazariy qarashlari Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya va arab mamlakatlarini o‘z ichiga olgan islom mintaqa ma’naviyati, tasavvuf ta’limotining so‘nggi 600 yillik tarixiy taraqqiyoti davrida asosiy meyor sifatida xizmat qilib kelmoqda. Bu ulug‘ allomaning falsafiy-irfoniy merosi bugungi kunda ham tadqiqotchilar uchun birinchi manba sifatida xizmat qilishi mumkin.  Zotan, Jomiyning falsafiy-irfoniy merosini chetlab o‘tish irfon falsafasining 700 yillik tajribalari va yutuqlarini mujassamlashtirgan manbadan voz kechish, Alisher Navoiy kabi ulug‘ mutafakkir shoir ijodidagi vahdat ul-vujudiy qarashlarni chetlatib o‘tish bilan barobar.  Shunday qilib, naqshbandiylik ta’limotini tasavvuf tariqati tarixida keskin burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy, diniy-mahzabiy va ma’naviy-ma’rifiy inqilob deb bilish va uni tasavvuf tariqati tarkibidagi barcha firqalar, silsilalar va shu’balarning xulosasi, eng mukammal namunasi, ta’bir joiz bo‘lsa, «xotimat ut-tariqa» deb atash mumkin bo‘lsa, uning ham nazariyot va ham amaliyot markazida turgan «oliyjanob, oliynasab, qudsiymaob, qutblar qutbi, ulug‘lar murojaatgohi», «Hazrati Maxdumiy Shayx-ul-islomiy Movlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu)» ni tasavvuf ta’limotining buyuk nazariyotchi olimlaridan biri deb e’tirof etish lozim.  Chunki Movlono Jomiy Ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujud nazariyasi, Shayx Shahobiddin Suhravardiyning ishroq falsafasi, Imom Muhammad G‘azzoliyning shariat va tariqat xususidagi murosakor aqidalari, Shayx Abo‘said Abulxayrning shoirona so‘fiyligi, Shayx Attorning ma’naviy sayru suluki, Movlono Jaloliddin Rumiyning barcha mahzablar bilan birga bo‘lish ishtiyoqi, Shayx Sa’diyning irfoniy-axloqiy hikmatlari, Xoja Hofizning orifona-rindona ruhiyati, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Xoja Bahouddin Naqshbandning tasavvufiy-mazhabiy qarashlari, naqshbandiyaning buyuk shayxlari – Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror Valiy va Shayx Sa’diddin Koshg‘ariyning zohirda xalq bilan, botinda Haq bilan bo‘lish odobi va tasavvuf talqinida hanafiya mazhabi doirasidan chetga chiqmaslik tartibini o‘zida mujassamlashtirgan va mazkur muqaddam ta’limotlarni o‘z asarlari orqali o‘ziga xos qarashlar va talqinlar bilan naqshbandiylikka singdirib, uning ilmiy-nazariy poydevorini mustahkamlagan buyuk mutafakkirdir.  E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!