logo

Zaxarlanishlar ilon chayon qoraqurt chaqqanda petsitsidlar zaharli o‘simliklar dorilardan zaharlanish va BTYO

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

84.5 KB
Zaxarlanishlar ilon chayon qoraqurt chaqqanda petsitsidlar zaharli o‘simliklar dorilardan zaharlanish va B T YO Reja: 1. Dori moddalaridan zaharlanish va BTYO 2. Og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish va BTYO. 3. Alkogoldan zaharlanganda BTYO. 4. Qishloq xujaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanganda BTYO. 5. Ilon chaqqanda birinchi yordam. Zaharlanish deb zaharli xususiyatga ega moddalarni tanaga tushishi natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Bunday xususiyatga sanoat va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan turli xil kimyoviy moddalar, o‘simlik va hayvon zaharlari, dori moddalari ega bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalarni tanaga kirish tezligiga, zaharlilik darajasi, miqdoriga qarab o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali zaharlanishlar rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari sababiga ko‘ra suidqasd tufayli va tasodifan; kasbiy, maishiy va dorilardan zaharlanishlar ajratiladi. Zaharli moddalar tanaga tushgach mahalliy, rezorbtiv yoki reflektor ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin bu bulinish nisbiy hisoblanadi. Zaharlanishlarda birinchi yordam zaharning tanaga ta’sirini to‘xtatish va chiqarib yuborishga qaratiladi. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1. zaharni tanaga tushishini to‘xtatish, 2. zaharni hali qonga so‘rilib ulgurmagan qismini chiqarib yuborish, 3. zaharli moddani so‘rilishini kamaytirish va zararsizlantirish, 4. qonga o‘tgan zaharli moddani ziddizahar yordamida zararsizlantirish, 5. organizmning hayotiy faoliyatini tiklash. Dori moddalaridan zaharlanish. Narkotik moddalardan zaharlanish. Narkotik vositalarni yuqori dozalarda qabul qilish o‘tkir zaharlanish va o‘limgacha olib kelishi mumkin. Morfinning 0, 1g dan ortig‘i zaharli hisoblanadi. Morfindan o‘tkir zaharlanishda ko‘z qorachiqlari torayib, yorug‘likka sezgi pasayib ketadi, teri qizaradi, mushaklar tonusi oshib ketadi. Hind kanoplyasidan (gashish, marixuana) zaharlanish psixomotor qo‘zg‘alish, ko‘z qorachiqlarining kengayishi, quloqlarda shovqin, gallyusinatsiyalar bilan kechadi. Keyinchalik umumiy holsizlik, bequvvatlik, chuqur uyqu, tana haroratining tushib ketishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas buzilib, asfiksiya rivojlanadi. BTYO. 1. Me’dani zondsiz usulda yuvish (ko‘p miqdorda suyuqlik ichirib, qusish refleksini chaqirish bilan), 2. Tuz surgilarini qo‘llash (1 choy qoshiq achchiq tuzga ½ sakan sovuq suv), 3. Ko‘p suyuqlik ichirish (choy, kampot), 4. Bemorni shifoxonaga yotqizish. Narkotiklarga qarshi ziddi-zahar sifatida nalorfin ishlatiladi, u venaga (0, 5 % eritmasi 1-2 ml) yuboriladi. Nalorfin yo‘qligida teri ostiga atropin (0, 1 % eritmasi 1 ml) yuborish mumkin. Reanimatsiya sharoitida forsirlangan diurez va peritoneal dializ usullaridan foydalaniladi, nafas susayganda o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi o‘tkaziladi. Bundan tashqari Yurak-tomir vositalari, analeptiklar (kofein, kardiamin), vitaminlar, glyukoza eritmasi yuboriladi. Barbituratlardan zaharlanish. Barbituratlar qatoriga barbamil, barbital, fenobarbital, benzonal va b. kirib, yuqori dozalarda zaharlanishlarga sabab bo‘ladi. Barbituratlardan zaharlanish ko‘proq MNSning zararlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Barbituratlar bilan zaharlanganda 4 bosqich kuzatiladi: a) uxlash, b) yuzaki koma, v) chuqur koma, g) komadan keyingi bosqich. Uxlash bosqichida bemorni uyqu tortadi, apatiya, ataksiya, nutqning buzilishi kuzatiladi. Qorachiq birmuncha toraygan, yorug‘likka reaksiya saqlangan, nafas va Yurak faoliyati buzilmagan bo‘ladi. Bemor og‘riq va kuchli ovozga reaksiya beradi. Gipersalivatsiya kuzatiladi. Uxlash bosqichi 10-15 soat davom etadi. YUzaki koma bosqichida uyqu chuqur bo‘lib, reflekslar saqlangan. Es-xush yo‘qolgan, qorachiqlar toraygan, yorug‘likka reaksiya kamaygan bo‘ladi. Patologik reflekslar paydo bo‘lishi mumkin. Nafas sekinlashgan, puls tezlashgan bo‘ladi. Bu bosqichda til orqaga ketib qolishi va qusuq massalarini aspiratsiyasi natijasida asfiksiya kelib chiqishi mumkin. CHuqur koma davri chuqur uyqu, reflekslarning yo‘qolishi, mushaklar tonusining yo‘qolishi, oyoq-qo‘llarni muzlashi, nafasni sekinlashishi, sianoz bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda o‘tkir Yurak-tomir etishmovchiligi, pulsni zaiflashishi va arterial bosimni pasayishi kuzatiladi. Nafas to‘xtashi, kollaps, o‘pka, miya shishi, paroksizmal taxikardiya rivojlanishi mumkin. Komadan keyingi davrda- harakatlar koordinatsiyasi buzilishi, emostional labillik, depressiya kuzatilishi mumkin. Upka yallig‘lanishi, to‘qimalar oziqlanishining buzilishi kelib chiqadi. Engil zaharlanganda uyquchanlik 1 kun, o‘rtachada esa 1-2 kun, og‘ir hollarda 5 kundan ortiq davom etadi. BTYO. 1. Barbituratlar og‘iz orqali qabul qilingan bo‘lsa tezlik bilan qutsirish yoki me’dani yuvish. 2. Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash maqsadida shilliq va qusuq moddalaridan tozalash. 3. Kislorod yosiqchasidan nafas oldirish. 4. Tuz surgilarini qo‘llash (1/2 sakan suvga 30 g. tuz) 5. Tozalovchi huqna qilish. 6. Faollashtirilgan ko‘mir berish. 7. Koma holatida sun’iy nafas oldirish. 8. Qondagi zaharni chiqarib yuborish uchun peshob haydovchi dorilar berish 9. Bemorni shifoxonaga yotqizish. Xolinolitik dorilardan zaharlanish. Xolinolitik vositalar-atropin, amizil, astmatol, skopolamin, aprofen va b. markaziy va periferik nerv tizimidagi xolinolitik tizimlarni tormozlaydi. Xolinolitiklardan zaharlanganda og‘iz qurishi, yutish va nutqning buzilishi, yorug‘likdan qurqish, Yurak o‘ynashi, nafas siqishi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Akkomadatsiya falajlanadi, qorachiqlar kengayadi, yaqindan ko‘rish buziladi. Teri qoplamlari quruq, giperimiyalangan. Og‘ir hollarda ruxiy va harakat qo‘zg‘alishi, ko‘rish gallyusinatsiyalari, jazavaga tushish, tutqanoqsimon xuruj, so‘ngra es- xushni yo‘qolishi kuzatiladi. BTYO. Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’dani 1 % tanin yoki 1:1000 kaliy permanganat eritmasi bilan zond orqali yuvish, suyuqliklar ichirib qutsirish lozim. Agar zahar ko‘z shilliq pardalari orqali kirgan bo‘lsa, tezlik bilan ko‘zni yuvish kerak. Taxikardiyada inderaldan foydalanish mumkin. Agar gipertermiya kuchli bo‘lsa, sovuq suv yoki muzli xaltacha, nam artish usulidan foydalaniladi. Ganglioblokatorlardan zaharlanish. Arfonad, benzogeksoniy, gangleron, dimekolin, paxikarpin, pentamin, pirilen va b. ganglioblokatorlar zaharlanishga olib kelishi mumkin. Paxikarpin bachadon tonusini oshirib, uning mushaklarini qisqarishini kuchaytirgani sababli ayollar homiladorlikni to‘xtatishda foydalangan. Bu maqsadda paxikarpin 0, 5 dan 8 g dozagacha ishlatilganda zaharlanishga olib keladi. Zaharlanishning klinik belgilari: bosh aylanishi, ko‘rishni pasayishi, qusish, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, quloqlar shang‘illashi, og‘iz qurishi. Ruxiy qo‘zg‘alishlar, tirishishlar, og‘ir hollarda es-xushni yo‘qotish, kollaps rivojlanadi. Bemor nafas falajlanishi va Yurak to‘xtashidan halok bo‘lishi mumkin. BTYO. Birinchi yordam me’dani yuvish, tuzli surgilar berish, tozalovchi klizmalar qilishdan iborat. Vegetativ gangliylardan nerv impulslari o‘tishini yaxshilash maqsadida prozerin (1 ml 0, 05 % eritmasi), ATF (2-3 ml 1 % eritmasi), V gurux vitaminlari beriladi. Harakat qo‘zg‘alishlarida geksenal yuboriladi. Kollaps rivojlanganda mezaton, Yurak-tomir preparatlari qo‘llanadi. Og‘ir metall tuzlaridan zaharlanish. Mis birikmalaridan zaharlanish. Mis kuporosi, mis oksidimis karbonat va b. ko‘pincha nafas yo‘llari orqali tanaga tushadi. va ularni ta’sirlaydi. Ular qon gemolizi va ichki a’zolarda degenerativ o‘zgarishlarni chaqirish xususiyatiga ega. YAshirin davr (4-48 soat) o‘tgach, bemorda isitma (39-40 0 S), titrash, kuchli terlash kuzatiladi. So‘ngra umumiy holsizlik, taxikardiya, qusish boshlanadi. Burundan qon ketishi, katta dozalarda esa o‘pka shishi, MNS zararlanishi rivojlanadi. Bemor tezda o‘lib qolishi mumkin. Mis birikmalari me’daga tushsa og‘izda metall ta’mi, salivatsiya kuzatiladi. Bunga ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, chanqash, ich ketishi qushiladi. Teri qoplamlari sarg‘ayadi. Til va og‘iz shilliq pardalari ko‘k rangga bo‘yaladi. Tana harorati pasayadi. Yurak qisqarishlari soni kamayadi. Og‘ir hollarda koma, tirishishlar kuzatilishi mumkin. BTYO. Birinchi yordam me’dani bir necha marta yuvishdan iborat. SHuningdek, faol ko‘mir va magniy oksiddan foydalaniladi. Bemorga sut, yog‘li ovqatlar berish taqiqlanadi. Bemorning terisi ostiga morfin va atropin, venasiga 100 ml 30 % natriy tiosulfat yuboriladi. Ko‘p qusganda amnazin yuboriladi. Qurg‘oshin birikmalaridan zaharlanish. Qurg‘oshin birikmalari nafas va me’da-ichak yo‘llari, teri orqali tanaga tushishi mumkin. Bemor og‘zida shirin ta’m, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynish, qusish, qorinda kuchli og‘riq, spastik qabziyat kuzatiladi. Bemor qo‘zg‘algan, qorni dam bo‘lib, terlaydi, arterial bosim va harorati ko‘tariladi. Ajralayotgan peshob miqdori kamayib ketadi, hattoki to‘xtashi mumkin. Jigar etishmovchiligi va sarg‘ayish rivojlanadi. BTYO. Birinchi navbatda me’dani magniy yoki natriy sulfat eritmasi bilan yuviladi va tuzli surgilar beriladi. Atropin (0, 1 % 1 ml kuniga 2-3 marta), promedol (2 ml 2 % eritmasi) teri ostiga, 0, 25 % novokain eritmasi 200 ml gacha, 20 % mannitni glyukozadagi eritmasi 1-2 g/kg hisobida venaga yuboriladi. Davolashda paranefral novokain blokadalari, qorin sohasiga diatermiya, magniy sulfat klizmalaridan foydalanish mumkin. Maxsus davo sifatida tetatsin-kalsiy ishlatiladi, uni 20 ml 10 % eritma holida 500-1000 ml 5 % glyukoza bilan venaga tomchilab kuniga 1-2 mahal yuboriladi, surunkali zaharlanishda esa 0, 5 g dan 4 marta kun oralab ichga beriladi. Bundan tashqari vitaminlar, spazmolitiklar, sut va o‘simlik mahsulotlariga boy parhez buyuriladi. Rux va uning birikmalaridan zaharlanish. Tanaga rux birikmalari nafas a’zolari va hazm yo‘llari orqali tushishi mumkin. Rux birikmalari bilan zaharlanganda og‘izda metall ta’mi, chanqash, holsizlik, ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi kuzatiladi. Bemor uyquchan, mushaklarda og‘riqqa shikoyat qiladi. Keyinroq bronxit belgisi bo‘lgan quruq yo‘tal kuzatiladi. Bu 4-5 soat davom etib, so‘ngra kuchli titrash, tana haroratini 38-40 0 S ga ko‘tarilishi, terlash kuzatiladi. Og‘ir hollarda pnevmoniya va o‘pka shishi rivojlanadi. Agar rux birikmalari teriga tushsa yara paydo bo‘ladi, og‘iz orqali kirsa hazm yo‘llarining kuyishiga olib keladi. BTYO. Rux birikmalari og‘iz orqali kirganda me’dani 3 % natriy gidrokarbonat yoki 0, 2 % tanin eritmasi bilan yuviladi, tuzli surgilar beriladi. Ziddizahar sifatida unitiol ishlatiladi, u 1-kunlarda har 10 kg og‘irlikka 1 ml 5 % eritma hisobida 3-4 mahal, 2-kunda 2-3 mahal, 3-7-kunlar 1-2 mahal beriladi. Ishqorli ingalyasiyalar, glyukoza va askorbin kislota vena orqali, zaruriy hollarda esa narkotiklar, Yurak- tomir vositalari beriladi. Mishyak birikmalaridan zaharlanish. Mishyak birikmalari tanada nefrotoksik, gepatotoksik, neyrotoksik, enterotoksik ta’sirlarni namoyon qiladi. Zahar tanaga og‘iz orqali tushganda metall ta’mi, qorinda og‘riq, qusish kuzatiladi. Qusuq massasi yashil rangda bo‘ladi, axlat guruch qaynatmasini eslatadi. Tana suvsizlanib, tirishishlar rivojlanadi. Gemolitik kamqonlik, sariqlik, buyrak etishmovchiligi, og‘ir hollarda kollaps, koma kuzatiladi. Zahar nafas yo‘llari orqali kirganda sopor holati, tirishishlar, xushdan ketish, nafasning falajlanishi, kollaps kuzatiladi. Ingalyasiya yo‘li bilan zaharlanganda tezda qon gemolizga uchraydi. 2-3-kunlarga kelib jigar va buyrak etishmovchiligi kuzatiladi. Mishyakning o‘ldiruvchi dozasi ichga qabul qilinganda 0, 1-0, 2 g ga teng. BTYO. Me’dani yuvish, xuqna, venaga 150-200 ml 5 % unitiol eritmasi yuborish tavsiya etiladi. Vitaminoterapiya ham maqsadga muvofiqdir. Alkogoldan zaharlanish. Alkogol mats qiluvchi dozadan ham yuqori miqdorda qabul qilinsa zaharlanish kelib chiqadi. Belgilari: yuz terisini qizarishi, tana haroratini pasayishi, qusish, sovuq ter ajralishi, qorachiqlarni torayishi, nafasni susayishi, pulsni zaiflashishi va b. Tirishishlar, qusuq massalarini aspiratsiyasi, laringospazm rivojlanishi, nafas va Yurak faoliyati to‘xtashi mumkin. 96 % spirtni 300 ml miqdori o‘limga olib keladi. BTYO. Me’dani zond bilan yuvish lozim. Venaga glyukozaning gipertonik eritmasini insulin bilan qo‘shib (500 ml 20 % glyukozaga 20 TB insulin), 500- 1000 ml 4 % natriy gidrokarbonat eritmasidan yuborish mumkin. Komada forsirlangan diurez usulidan foydalaniladi. SHuningdek, Yurak-tomir vositalari, tonusni oshiruvchilar (kardiamin, kamfora) tavsiya etiladi. Qishloq xo‘jaligida ishlatiluvchi kimyoviy moddalardan zaharlanish. Fosfororganik birikmalardan zaharlanish. Fosfororganik birikmalar (dixlofos, karbofos, xlorofos, tiofos va b.) qishloq xo‘jaligida zararli hashorotlar, begona o‘tlarga qarshi kurashda, shuningdek, defoliantlar sifatida keng ishlatiladi. Zahar tanaga teri, nafas yo‘llari, og‘iz orqali tushishi mumkin. Fosfororganik birikmalar xolineseraza fermentini qaytmas ravishda ingibirlab, atsetilxolin miqdorini oshib ketishiga olib keladi. Fosfororganik birikmalardan zaharlanishning 3 ta darajasi ajratiladi. I darajada psixomotor qo‘zg‘alish, nafas siqishi, o‘pkada nam xirillashlar, terlash, arterial bosim oshishi, ko‘krak sohasida noxo‘sh sezgi kuzatiladi. II darajada miofibrillyasiya, tonik-klonik tirishishlar, ko‘krak qafas mushaklari rigidligi, nafas olishni buzilishi kuzatiladi. III darajada oyoq-qo‘llarning mushaklari falajlanadi, nafas mushaklari zaiflashadi, nafas markazi susayadi, hattoki nafas to‘xtab qolishi mumkin. Arterial bosim tushib ketadi, Yurak ritmi va o‘tkazuvchanligi buziladi. O‘lim nafas va Yurak faoliyati etishmovchiligi tufayli ro‘y berishi mumkin. Keyinchalik esa pnevmoniya, psixozlar va polinevritlar rivojlanishi mumkin. BTYO. Jabrlanuvchini zaharlanish maydonidan olib chiqiladi, kiyimlari echiladi, teri iliq suv bilan yuviladi. Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’da zond orqali yuviladi, tuzli surgilar beriladi va davolash muassasasiga yuboriladi. Fosfororganik birikmalar bilan zaharlanganda xolineseraza fermentini qayta tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar-dipiroksim, alloksim, izonitrozin kabilar ziddizahar sifatida ishlatilishi mumkin. Xlororganik birikmalardan zaharlanish. Xlororganik birikmalar neyrotoksik va tirishtiruvchi ta’sirga ega. Zaharlanishda dispeptik o‘zgarishlar, qorinda og‘riq kuzatiladi. Og‘ir hollarda nafas siqishi, qo‘zg‘alish, ataksiya, ko‘rishning buzilishi, burundan qon ketishi, tirishishlar kelib chiqadi. O‘tkir Yurak-tomir va jigar etishmovchiligi rivojlanadi. Ichga qabul qilinganda zaharning 30 g miqdori o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. BTYO. Me’dani zond orqali yuvish, tuzli surgilar berish lozim. Keyin esa forsirlangan diurez o‘tkaziladi. Venaga kalsiy glyuqonat yoki xlorid (10 ml 10 % eritmasi), glyukoza askorbin kislota bilan, nikotin kislota (2 ml 5 % eritma), V guruh vitaminlari yuboriladi. Tirishishlar kuzatilganda diazepam, barbamil beriladi. Toksik kamqonlik va gepatitni davolanadi. Zaharlangan odam albatta shifoxonaga yotqizilishi lozim. Zaharli ilonlar va hasharotlarning chaqishi. Zaharli ilonlar chaqishi qattiq va uzoq davom etadigan og‘riq, shish, chaqqan joyda qon quyo`lishni keltirib chiqaradi. Belda og‘riq bo‘ladi, nafas olish va Yurak urishi qiyinlashadi, og‘ir hollarda es-xushning yo‘qolishi, qusish, nafas olishning va Yurak faoliyatining keskin sutslashuvi kuzatiladi. Zahar tezlik bilan tananing boshqa qismlariga tarqalishi mumkin, buning natijasida arterial bosimning pasayishi, qo‘zg‘alishlar, talvasa, nuqtali qon quyilishlari kuzatiladi. Hasharotlar chaqqanda to‘qimalarning mahalliy shishi, qizarishi va mahalliy tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Holdan toyish, bosh aylanishi va og‘rishi, titrash, ko‘ngil aynishi, qusish, ayrim hollarda eshakem, belda va bo‘g‘imlarda og‘riq, Yurak urishi kuzatiladi. BTYO. Ilon, chayon va zaharli hasharotlar chaqqanda birinchi yordam bir xil bo‘ladi. 1. Jarohatdan zaharni so‘rib tashlash. YOrdam berayotgan odamning badanida shilinishlar va jarohatlar bo‘lmasligi lozim. 2. Ilon chaqqan joyga sarimsoq sharbati yoki 3 kun davomida yangi xamirturush surtish kerak. Ulardan 1 soat keyin maydalangan sarimsoq qo‘yish kerak. 3. Ilon chaqqan joyga muz qo‘yish, bor bo‘lsa 0, 3 ml 0, 1 % adrenalin eritmasi yuboriladi. 4. Jarohatni 3 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvish kerak. 5. Jarohatga bog‘lam qo‘yish kerak. 6. Og‘ir hollarda jabrlanuvchini shifoxonaga olib borish lozim. Jgut qo‘yish va chaqqan joydagi terini tilish qat’iy man etiladi. Ovqat toksikoinfeksiyalari va botulizm. Ovqat toksikoinfeksiyalari-mikroblar va ularning toksinlari tushgan oziq- ovqatlarni its’emol qilish natijasida kelib chiqadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, qorin dam bo‘lishi, qurillash, xurujsimon og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketishi, ko‘p suv yo‘qotish, shaytonlash, arterial bosim tushib ketishi kuzatiladi. Bosh og‘rishi, titrash, tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Birinchi yordam berishda me’dani yuvish, klizma qilish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Iliq qaynatilgan suvga ½ choy qoshiqda soda eritmasi 1 sakan suvga qo‘shib ichiriladi. Bemor darhol shifoxonaga yotqizilib, shifokor tavsiyasi asosida dori-darmonlar beriladi. Botulizm anaerob mikroblar (Clostridium botulinum) qo‘zg‘atadigan kasallikdir. Botulizm ko‘proq zararlangan qonserva mahsulotlari, qonservlangan va dudlangan mahsulotlarni its’emol qilinganda kelib chiqadi va kuchli zaharlanish belgilari bilan kechadi. Birinchi yordam ovqat toksikoinfeksiyalaridagi kabi. Maxsus davo sifatida botulizmga qarshi zardobdan foydalaniladi. Is gazidan zaharlanish. Is gazi (SO) rangsiz va hidsiz bo‘lib, undan o‘y sharoitida va yopiq joylarda (shaxtalar, qonlar) ishlaganda zaharlanish mumkin. Uylarda pechni noto‘g‘ri yoqish natijasida is gazi to‘planadi va zaharlanishga sabab bo‘ladi. Is gazi odam organizmiga faqat nafas yo‘llari orqali kiradi. Nafas a’zolarida qonga so‘rilib, undagi gemoglobin bilan birikadi (karboksigemoglobin hosil bo‘ladi). Natijada gemoglobin o‘pkada kislorod bilan birika olmaydi., demak, kislorodni tana to‘qimalariga olib kelolmaydi va o‘tkir gipoksiya rivojlanadi. Bunday holat o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazidan zaharlanish uning havodagi qonsentratsiyasiga va ta’sir muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Engil darajadagi zaharlanishda bosh qattiq og‘riydi, aylanadi, quloqlar shang‘illaydi, ko‘ngil ayniydi, ba’zan qusish, hushdan ketish, gandiraklash kuzatiladi. O‘rtacha darajada zaharlanishda mushaklar kuchsizlanadi, nafas siqiladi, puls tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi, ko‘ngil ayniydi va qusiladi, aql xiralashadi, ba’zan odam uyquchan bo‘ladi. YUzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi. Og‘ir darajada zaharlanishda odam batamom xushidan ketadi. Oyoqlari ko‘karib yoki oqarib, yuzida qirmizi dog‘lar paydo bo‘ladi. Puls tezlashadi, arterial qon bosimi keskin pasayadi, nafas olish sekinlashadi va chuqurlashadi, mushaklar bo‘shashadi, nafas to‘xtaydi va odam o‘ladi. BTYO. Avvalo zaharlangan odam toza havoga olib chiqiladi, paxtani nashatir spirt bilan xo‘llab xidlatiladi, tanasi isitiladi va tinch qo‘yiladi. Nafas olish to‘xtaganda zudlik bilan sun’iy nafas oldiriladi. SHifokorlik yordami o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi, kislorod berish, lobelin yoki sititon in’eksiya qilish, analeptiklar, Yurak-tomir vositalari berish, tanani isitish va b. dan iborat.