logo

Qon, qon aylanish tizimli fiziologiyasi, yosh hususiyatlari. Organizm ichki muhit- qon, limfa suyuqligi, ularning tuzilishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79 KB
Qon, qon aylanish tizimli fiziologiyasi, yosh hususiyatlari. Organizm ichki muhit- qon, limfa suyuqligi, ularning tuzilishi Reja: 1. Organizmda qonning ahamiyati. 2. Qonning umumiy hususiyatlari va tarkibiy qismlari. A.Eritrositlar. B.Leykositlar.  D.Trombositlar. 3.Qon plazmasining umumiy hususiyatlari, qon ivish faktorlari, cho’kish tezligi. 4.Qon guruhlari va Rh(rezus) omili. 5.Qon ishlab chiqaruvchi organlar. 6.Qon aylanish tizimining umumiy tuzilishi. 7.Katta va kichik qon aylanish doiralari. 8.Yurak-qon tomir tizimihning yosh hususiyatlari.Yurak-qon tomir tizimini chiniqtirish va jismoniy mashqlarning ahamiyati. Qon, limfa, to’qima suyuqligi bilan birga organizmning ichki muhitini tashqil qilib, tanamizdagi barcha to’qima va xujayralarni yuvib o’tadi va quyidagi vazifalarni bajaradi. 1.Qon oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi, hazm jarayonida ichakdan qonga oziq moddalar o’tadi va qon oziq moddalar to’qima suyuqligi va limfaga o’tib, toqima va xujayralar ortasidagi tirqish va kamgak joylarni to’ldirib, oziq moddalar to’g’ridan-to’g’ri xujayralarga etkazibberadi hamda ular tomonidan o’zlashtiriladi. 2.Qon parchalanish mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi. Xujayra va to’qimalarning hayot faoliyati jarayonida organizmda keraksiz va zararli moddalar hosil bo’ladi. Bu moddalar to’qima suyuqligi va so’ngra qonga o’tadi, qon ularni buyrak, ter bezlariga va boshqa organlarga etkazib beradi hamda ular orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 3.Qon xujayralarga kislorod etkazib beradi va karbonat angdridni olib ketadi. 4.Qon organizmning bir-biri bilan gumoral aloqasini amalga oshiradi. Ichki sekretsiya bezlari gormonlarini qonga chiqarib beradi, bundan tashqari qonga boshqa fiziologik aktiv moddalar ham qo’shiladi. 5.Qon organizmni zaharli va yot jismlardan himoya qiladi. Qonning umumiy ususiyatlari- katta yoshdagi odamlarda qon gavda vaznining 7-8% tashqil qiladi. Vazni har xil bo’lgan kishilarning qoni turli miqdorda bo’ladi. Vazni 70 kg bo’lgan odamlarda 5-6 litr qon bo’ladi. Bolalarda qon nisbat juhatidan olganda katta odamlardagiga qaraganda ortiqroq bo’ladi. Normal sharoutda qon tomirlarda qonning hammasi ham aylanib yurmay, faqat bir qismi aylanib yuradi. Ikkinchi qismi esa depolarda (jigar, taloq va boshqalarda) turadi va aylanib yurgan qon miqdorini to’ldirish zarur bo’lganda organism tomonidan ishga solinadi. Qonning 1/4-1/3 qismini yo’qotish hayot uchun havflidir. Qon plazmasi tarkibida asosan suv, mineral moddalr va organic moddalar mavjud, qonning tahminan 60% qon zardobi, 40% ni esa shaklli elementlar tashqil qiladi. Qonning ivishi- qon plazmasi tarkibidahammasi bo’lib 70-80% oqsil moddalar bo’ladi. Bu oqsillar ikki guruhga bo’linib: albuminlar va globulinlardan tashqil topgan. Har bir fraksiya tarkibida alohida oqsil moddalar bo’lib, u;ar maxsus fiziologik funksiyalarni bajaradi. Globulinli fraksiya tarkibidagi bunday oqsillar fibrinogen deyiladi, qon ivishining asosiy sababi eriydigan holatdagi fibrinogenlar erimaydigan holatga o’tib, oqsil iochalar fibrin hosil qiladilar va qon oqishini to’htadi. Hamda tashqariga chiqib laxta qon hosil qiladi, u tromb deyiladi. Qon ivishi murakkab fermentative jarayondir. Qonning shaklli elementlari-bulardan eritrositlar va leykositlar tanadagi boshqa xujayralar kabi o’zlarining mustaqil moddalar almashinuviga ega. Eritrositlar etuk formaga erishgandan keyin o’z yadrosini yo’qotadi, sitoplazma esa tashqi po’stloq qismi va ichki po’stloq qism-bulutsimon moddadan iborat bo’lgan stromoga differnsiya qilinadi. Leykositlar yadro va protoplazmaga egadir. ERITROSITLAR- qizil qon tanachalari. Bularning asosiy vasifasi o’pkadan to’qimalarga kislorod, to’qimalardan o’pkaga CO 2 tashishdir. Har bir mm kub qonda 4500000 dan 5500000 gacha bo’ladi, eritrostitlar ikki tomoni botiq uy tomi shaklida boladi/ eritrostitlar tarkibidagi rang beruvchi modda gemoglobin deb ataladi bu nafas pigmenti-xromoproteiddir (temir va oqsil birikmasi). Gemoglobin suvda juda yaxshi eriydi va kislorod bilan tez va oson birikadi, oksigemoglobinni xosil qiladi. Sog’lom odamning har 100 ml qonida 16,6 g gemoglobin borligi aniqlangan. Keyingi malumotlarga qaraganda eritrostitlarning umri 30 kunda 90 kungacha bolishi munkin. LEYKOSTITLAR - (oq qon tanachalari ). Mikroskop ostida leykosidlar rangsiz tana bo’lib ko’rinadi uning yadro va protoplazmasi bor. Bular ikki guruxga bolinadi: donali va donasiz leykosidlar. Barcha leykositlar o’z navbatida quyidagi guruxlarga bolinadi: neytrofillar 63%, eozonofillar 2-4 %, bazofillar 0.5- 1%. Stitrofillarning yadro tuzilishiga qarab yoshini aniqlashimiz mumkin. Donasiz leykosidlar ham ikki gruppaga bolinadi: limfostitlar va monostitlar. Limfostitlar leykosidlarning 25-30% ni tashqil qiladi. Leykosidlar ishida eng kattalaridan monostitlar va 6-8% tashqil qiladi. Donali leykostitlar 15-20 kun yashasa, donasiz leykostitlar 1-3 kun yashaydi. Leykosidlarnung asosiy xususiyatlari – organizmga chetdan kirganda mikroorganizmlarni vaqtida zararsizlantirib, uni turli kasalliklardan saqlaydi. Bu protsess fogotsetoz deb ataladi. Qon tarkibida trobotsitlar miqdori 1 mm kubga 6000-8000 leykositlar bor. Trombotsitlar- qon plastinkalari. Odam va sut emizuvchilar qoni tarkibida trobotsitlar zdrosiz bo’lib bu miqdor tez-tez o’zgarib turadi. Trombotsitlar ko’pi bilan 2-5 kun yashaydi. Qon guruxlari turli hil odam bir-biridan aglyutinin va aglyutinogeni bor, yo’qligi bilan farq qiladi. Aglyutinin qon plazmasining tarkibida bo’lsa, aglyutinogen eritrotsitlar tarkibida bo’ladi, shunga ko’ra asosan 4 guruxga qon ajratiladi. I-I ( 0) a v, II-II A) Va III-III (B) a B IV-IV (AB) – Keyingi yillarda aniqlanishicha, bazi bir odamlarning qonida Ava B aglyutinogenlardan tashqari yana bir aglyutinogen bo’ladiki u rezus factor deyiladi. Buni rezus factor deyilishiga sabab: uchinchi hil aglyutinogenlar dastlab makaka rezus musbat qonli odam deyilib 85% tashqil qiladi, 15% esa rezus manfiy odamlar tashqil qiladi. Qon tarkibining yoshi bilan bog’liq xususiyatlari: Homiladorlikning 3 xaftasidan boshlab embrion tanasida dastlabki qon tomirlari shakllana boshlaydi va ularning yonida retikuloendotelial turli joylarida dastlabki gemoangolpstlar hosil bo’lib, undan doimiy ravishda eritrotsitlar yuzaga keladi. Embrionning 3 oyga kelib. Asosiy qon xosil qiluvchi organlar jigar va taloq ishlay bosglaydi. Qon xosil qiluvchi asosiy organi iliq esa homiladorlikning 2 yarmida ishga tusha boshlaydi. Bola 4 oyga etganidan keyin yassi suyaklaridan qovurg’alar, to’sh suyagi, umrtqalar asosiy qon xosil qiluvchi organlar paydo bo’la boshlaydi. Bola tug’ilganidan keyin uning organizmida qon xosil b’lishi bir oz sekinlashib, 3-4.7-8 va 12-13 yoshga kelib ancha kuchayadi. Yoshiga qarab organizmdagi qon miqdori ham o’zgarib turadi. Endi tug’ilgan bolalarda qon umumiy tana vaznining15% ni tashqil qilsa 1 yoshli bolalarda 11% 14 oshga 9 % va katta odamlarda 7% ni tashqil qiladi. Yoshning oshib borishi bilan muxim diognostik ko’rsatkich eritrotsitlarining cho’kish reaksiyasi (CO Э ) ham o’zgarib boradi. Endi tug’ilgan bolalarda soatiga 1-2 mm tashqil qilsa, 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda 2-7 mm , 7- 12 yoshli bolalarda esa 12 mm teng bo’ladi. Qonning ivish tezligi esa barcha yosh organizmlarda bir xil bo’ladi, 3-4 minutni tashqil qiladi. Bola organizmning o’sish va globulin kam bo’ladi. Endi tug’ilgan bola qon plazmasida albulin 5 % dan 10% gacha, b-4-7% dan 8,1% gacha, a- globulin esa 2,7 dan 12-18% gacha ko’payib boradi. Globulinning fraktsiyasi antitetlar deyilib ular zarali mikroblarni va ularni ishlab chaqaruvchi zaharlarni neytrallaydi. Immunitet- bazi bir kasalliklar bilan og’rish yoki emlash tufayli organizmda shu kasalliklar bilan og’rish yoki emlash tufayli organizmda shu kasallikka qarshi immunitut bo’ladi. Endi tug’ilgan bolalar qonining har bir mm kubiga 300-600 ming trombotsitlao bo’ladi. Sut emuvchi bolalarda esa uning soni 200000- 300000 tushadi. Endi tug’ilgan bolalar qonida eritrotsitlar katta odamlarnikidan ancha ko’proq 4,5-7,5 mm. Bolalar tug’ilganida uning qonudagi gemoglobin 100-140% bo’ladi va asta sekin kemayib boradi, 5 yoshdan ancha ko’payib 16 yoshga kelib turg’un miqdorda saqlanadi . Bola tug’ilganidan keyin 8-12 soatlar ichida uning qonida leykositlar juda ko’p bo’lib (25000-30000), ularning qonida yosh neytrofillar ham ko’p bo’ladi. 10-15 kunlarga kelib leykotsitlar soni kamayadi va 10-12 minga tushadi. Qonning aylanishi har bir organizmning normal hayot kechirishi uchun unda doimiy suratga qon aylanib turishi kerak. Qon tomirlarida doimiy qon xarakati maxsus organlar yurak, arteriya qon tomirlari va ko’ndalang targ’il tolali muskullarning faoliyati tufayli ro’y beradi. Katta va kichkina qon aylanish doirasi- barcha umurtqalilarda qon yopiq qon tomirlari sistemasida doimiy` xarakatda bo’lib, sut emizuvchilarda katta va kichik qon aylanish doiralari bor. Katta qon aylanuvchi doirasi yurakning chap qorichasidan boshlanib, o’pkadan boshqa hamma organlarga kapilyar qon tomirlari orqali tarqaladi. Kichik qon aylanish doiarasi o’ng qorinchadan boshlanib o’pka arteriyalari orqali o’pka kapilyarlariga boradi. Yurak va uning fiziologik xususiyatlari . Yurak qovaq orogan bo’lib uzunasiga chap va o’ng qismlarga bo’linadi. Xar bir qism qorincha va bo’lmachalardan iborat. Qorincha va bo’lmacha hamda o’pka arteriyasida mavjud bo’lgan klapanlar tufayli qonning faqat bir tomonlama oqimi taminlanadi. Chap qorincha va chap bo’lmacha orasidagi klapanni ikki tabaqali va o’ng qorincha qarshidagi klapanni uch tabaqali klapan deyiladi. Xar bir odamda yurakning katta kichikligiga boglik yoshi, jinsi jismoniy tayyorgarligi o’rta bo’lgan odamlarda yurakning uzunligi 14 sm, eni esa 2 sm, klorinchalar xajmi 250-350 ml. Ayol kishilarning yuragi erkaklarnikidan kichkina bo’ladi. Yurakning umumiy xajmi erkaklarda 760-900 ml, ayollarda 500-600 ml teng. Katta odamlarda yurakning tojsimon arteriyasiga minutiga 200-250 ml qon kiradi. Yurak avtomatizmi - o’zida paydo bo’lgan impulslar tufayli doimiy suratga ritmik qiskarib turadi. Bunday qisqarish yurakka chettan boshqa qitqanish berilmaganida ham kuzatiladi. Shuning uchun bu xol yurak avtomatizmmi deyiladi. Yurak avtomatizmini taminlaydigan impulslar yurakdagi maxsus muskul xujayralar tuplamini tashqil qilgan. Bu xujayralar to’plami chap yurak bo’lmasi va qovaq vena orasida joylashgan keyt-flek tuguni bo’lmalar bilan qorinchalar oradagi devorda joylashgan gissayoqlardir. Keyt-flek tugunini tashqil qilgan muskul xujayradari boshqa yurak muskul xujayralari boshqa yurak muskul xujayralaridan farq qilib ularda protoplazma ancha ko’p bo’ladi. Kuzgalish impul’slari dastlab shu tugunda paydo buo’ib, yurak bo’lmalarining qisqarishini taminlab turadi va ikkinchi tugun Ashov-tovar tuguni orqali, oxirgi tugun giss boylamiga o’tadi. Giss boylami o’z navbatida chap va o’ng purkune ayoqchalaridan iborat bo’lib ular orqali ko’zg’alish qorincha muskullariga tarqaladi. Yurak muskullarining tasiriga nisbtan qo’zg’aluvchanligi xar doim bir xil bo’lmaydi. Masalan qisqarishning dastlabki davrida qo’shimcha chetdan beriladigan tasirga yurak javob beraydi. Bu davrni absolyut refektorlik davri deyiladi. Bu davr o’tishi bilan yurak muskullarning qo’zg’aluvchanligi tiklanib qisqa muddat ichida qo’zgaluvchanligi odatdagidan kuchayib ketadi. Absolyut refrektorlik davri yurak bo’malari va qorinchalarning o’zaro kelishib ishlashi muxim ahamiyatga ega. Agar chettan beriladigan tasir yurak muskullari o’ta qo’zg’aluvchanlik davriga kelsa qo’shimcha qisqarish ektasistolasini beradi. Yurak ishining davlari : yurak va qon tomirlaridan qonning doimiy Ravishda xarakat qilishi yurak ishining davrlari bilan belgilanadi. Yurak bo’shashganida bo’lma va qorinchalarga qon quyiladi. Yurakning qisqarishi bo’lmalarning qisqarishidan boshlanadi bu vaqtda ikki va uch tabaqali klapanlar echiilib turadi. Bo’lmalarning qisqarishi uchun 0,12-0,15 sekund vaqt ketadi. Bo’lmacha sistolasi tugaganidan keyin qorinchalar qisqarishi boshlanadi. Bu vaqt ikki va uch tabaqali klapanlar yopiilib, qon bo’lmachalariga qaytib chiqmaydi. Korinchalar muskullarning dastlabki qisqarish davrining taranglashish fazasi deyiladi. Chunik bu vaqt kelib muskullar bo’yiga qisqarmaydi fakat taranglashadi. Taranglashish davri juda qiqa bo’lib 0,04—0, 06 sekund vaqtni oladi. Bu vaqt kelib qorinchalar ichidagi bosim oshib keta boshlaydi. Yarim oysimon klapanlar ochilib qon aorta va o’pka arteriyasiga surib chiqaradi. Agar chap qorinchada bosim 130-150 mm simob ustininga ko’tarilsa, o’ng qorincha 15-30 mm simob ustuniga ko’tariladi. Mana shu lavr qon haydab chiqariladigan davr deyiladi. U qorinchalarlardan bo’shash davri boshlanib u o’rtacha 0,5 sekund ladom etadi va bo’lmachalarning qayta qisqarishi bilan tugallaqdi. Yurak qisqarishidagi mexanik va tovush chiqarish holatlari. Yurak qisqarishi davrida turtki paydo bo’ladi uni yoqoridan 5 qovurg’a oralig’ida ko’krak qafasining chap tomonidan eshitiosh mumkin. Yurak tonlari. Yurakning ishi natijasida maxsus tovush chiqaradi uni eshitish metodi bilan o’rganish mumkin. Yuirak tovushlarini yozib olish fonokordiografiya deyiladi. Uning umumiy ishlash prinstipi harakat to’lqinlarini elektor to’lqinlarigaylantirib beradi. Yurak tonlari fsosfn ikki hil bo’ladi, sistolik ton (past va davomli), diostolik ton (baland va qisqa) tovushistolik ton atmo ventrikulyar kalapanlar va ullar bog’langan paylar harakati orqali kelib cdiostolik ton yarim oysimon kalapanlarning yopishish natijasida yuzaga keladi. Yurakning sistolik va minutlik xajmi- yurakning sistolik hajmi deb u bir qisqarganida qon tomirlariga suribchiqarilgan qon miqdoriga aytiladi. U odamlarda tinch turgun xoliatda 60mm 3 teng . yurak sistolik hajmining bir minutdagi hajmi kelib chiqadi, u o’rtacha 4,5-5 litrga teyurakning minutlik hajmini ahiqlashda FIK metodi qo’llaniladi, u sarflangan O2 arteriya-vena farqini aniqlashga asoslangan. Minutiga 72 matta urib turgan yurakdan chiqqan qonnig yana yurakka qaytib qo’yilishi uchun 23 sekund vaqt sarf bo’ladi. Shu vaqt 1\5 qismi kichik qon aylanish doirasi uchun sarflansa 4\5 qismi katta qon adoirasi uchun sarflanadi. Yosh bola organizmda qon aylaniishiyu bola tugilishi bilan uning qon aylanishi sistemasida bir qator chuqur o’zgarishlar bo’ladi chunonchi, nafas olish bilan o’pkada qon oqishiga nisbatan bo’ladigan qarshilik keskin kamayadi, o’pka tomirlari qon bilan tuladi natijada o’pka arteriyasidagi bosim atrofdagiga nisbatan kamayib ketadi. Natijada o’pka arteriyasidagi qon aortaga o’tmay qoladi. Chap bo’lmaga o’pkada tozalangan qon ko’plab tushgnaligi uchun ham unda boism ancha oshib ketadi. Oqibotda chap va ung bo’lmalar orasidagi klapan doimiy yopiq bo’lib qoladi. Shunday qilib, yurakning chap va o’ng qismi bir-biridan tomomila ajralib, katta va kichik qon aylanish doiralari mustaqil bo’lib oladi. Bola tug’ilgandina keyin ham uning yuragida katta o’zgarishlar bo’lib turadi. Chunonchi bola tug’ilganida chap va o’ng yurak qorinchalarining og’irligi birday bo’lsa, bir necha vaqt o’tishi bilan chap qorincha og’irligi birday bo’lsa, bir necha vaqt o’tishi bilan chap qorincha og’irligi keskin oshib ketadi. Shu narsa diqqatga sazovorli, odam yuragi xayotiniing oxirigacha o’zgarib turadi. Yosh bola yuragidagi muskul tolalari va boshqa tarkibiy qismlar dastlabki etilish davrida bo’ladi. Miokardning qo’shimcha to’qilmasi xali to’liq shakllangan bo’lmaydi. Shuning uchun ham yosh yuragi miokardning turli xil ta’sirlarga juda sezgir bo’lladi. Yosh bola yurganining antropometrik xususiyatlari. Bola tug’ilgandan keyin to bir yoshga etguncha uning yuragi yumaloq shaklda bo’ladi. Buning asosiy sababi shundaki, bu yoshdagi bolalar yuragining bo’lmachalari nisbatan katta hamda katta qon tomirlarining boshlanish qismi keng bo’ladi. Yosh ulg’ayishi bilan yurak qo’shiluvchi to’qimlarning o’sish va rivojlanish ma’lum vaqtga kelib sekinlashadi. 28-30 yoshga kelib yurak muskullari to’liq differentsiallashadi va undagi qo’shiluvchi to’qima o’sish va rivojlanish nuqtai nazaridan nixoyasiga etadi. Endi tug’ilgan bolada yurak massasi 24g,8 oylik bo’lganda 48g, 3 yoshga borganida 72 g, 5 yoshda 96-100g, 18 yoshesa 250-260 g, ga etadi. Yogil va kiz bolalarda yurak massasining o’sishi birdek bo’lmaydi. 12-15 yoshli qiz bolalar yuragi shu yoshdagi o’g’il bolalar yuragidan og’irroq bo’lsa, 16 yoshdan keyin teskari xolaruy beradi. Bola tug’ilganidan keyin uning yuragining turli qismlari turlicha rivojlanadi, chunki birinchi yoshda bo’lmachalarning o’sishi qorinchalarga nisbatan tezroq bo’ladi, 2 yoshga kelib bo’lma va qorinchalarning o’sish bo’lmachalarnikiga qaraganda tezlashadi. Qon bosimi- qon bosimining miqdori asosan ikki shartga: sistola vaqtida aortaga otilib chiqadigan qonning yurakdan olgan energiyasi va aortadan oqib ketadigan qonga arterial tomirlarning ko’rsatadigan qarshiligicha bog’liq. Yurak sistolasi vaqtida chap qorinchadan ko’proq qon otilib chiqsa, ya’ni aortaga ko’proq qon kirsa, bu narsa boshqa shartlar o’zgarmagan takdirda qon bosimining oshishshiga sabab bo’ladi. Agar aortaga kiradigan qon miqdori o’zgarmasa, arteriallar, arteriollalar yoki kapillarning kengayishi qon bosimini pasaytirib yuboradi. Ularning torayiishini esa qon bosimini oshirib yuboradi. Qon bosimining oshishii va pasayishi yurakning turli ish fazalariga bog’liq. Aortaga qon otilib chiqadigan sistola vaqtida qon bosimi ko’tarilib, eng yuqori darajaga etadi. Juda ham ko’tarilgan shu bosim maksimal bosim minimal bosim yoki diastolik bosim deyiladi. Maksimal bosim bilan minimal boism o’rtasidagi fark pul’s bosimi deb ataladi. 120-80 bolalarning maksimal qon bosimi katta kishilarning qon bosimidagi xiyla pastrok bo’ladi yangi tug’ilgan bolaning sistolik bosimi 40 mm, bir oylik bolaning sistolasi 80 mm. 10-14 yashar bolaning sistolasi esa 100-110 mm bo’ladi. Keksa odamlarda qon bosimi oshadi va yoshlarga borib 135-140 mm bo’ladi. Tomirlar. Qon tomirlarning rivojlanishi birinchi navbatda aylanasining kengayib borishi bilan xarakterlanadi. Arteriya va venalarning diametri xayotining birinchi davrida ta’minan bir xil bo’ladi va bu tomirlar yosh ulgayishi bilan differen boradi. 5 yoshdan boshlab tomirlar aylanasi tinmay usadi, lekin 11-12 yoshgacha usib kelayotgan yurak bilan tomirlar o’zaning yo’li o’rtasiga nisbatan turg’un munosobatlar saqlanib qoladi. Sungra baetish davrida yurak muskuli zo’r berib o’sa boshlaydi, tomirlar dimetri esa birmuncha sekin kattalashadi. Qon aylanishi Yurak-tomirlar sistemasining o’ziga xos tarzda rivojlanib borishi qon aylanishida ham yoshga aloqador xususiyatlar kelib chiqishiga ko’p jixatdan sabab bo’ladi. Qonning zarb xajmi, ya’ni tug’ilgan bolada 23,0ml 12 yashar bolada 410ml ga teng bo’ladi. Katta yoshli odamda esa 60 ml, ga teng. Yoshi ulgayiishi bilan yurak qisqarishining soni o’zgarib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda yurak hammadan ko’p (160 1 kiskir) qisqaradi, yosh ulg’aygan sari pul’s siyraklashadi. Qon yaratilishi. Qon yaratuvchi organlarga qizil ko’mik, jigar, taloq, limfa bezlari va qisman retikulo-endotelial sistema kiradi. Qiizil ko’mikda eritrotsitlar granulotsitlar va trombotsitlar etilib chiqadi. So’ngi yillarda ko’rsatib berilganidek qizil ko’mik vegetativ nerv sistema yordamida boshkariladi. Kumikning umumiy massasi ancha katta bo’lib, umumiy massasining 3,4-59% tashqil qiladi. Bola tug’ilganidan keyin ko’mikning qon yaratish funkitsyasi birmuncha susayadi. 3-4 yoshga borib yana kuchayadi. 7,10 va 13-14 yashar bolalarda qizil ko’mik funktsiyasining kuchayishi kujayadi. 14-15 yoshda qon yaratish funktsiyalari yassi sulklar, qovurg’alar, tush suyagi umrqa tanasi va naysimon suyaklarning ba’zi qismlaridagi qizil ko’mikda saqlanib qoladi. Jigarning qon yaratish funktsiyasi faqat rivojlanishning embrional davrida yuzaga chiqadi. Xayotining dastlabki yillarida taxminan 7 yoshgacha taloqda leykotsitlarning hamma turli xosil bo’lib boradi. Yosh o’lchanganidan keyin limfatsitlar, monotsit chakaloklarda 140-160, 1 yashar bolada 120-130, 5 yashar 98-102, 7 yashar 85-90 15 yashar 76-80. katta yoshli odamlarda70-72 xayotining dastlabki yillarida pul’s xali qaror topmagan. Hamisha ham ritmik bo’lavermaydi va 6-7 yoshgacha bir qadar shu xolda saqlanib turadi. 7-8 yoshdan boshlab pul’s ritmik barqaror, muntazam bo’lib qoladi. А dabiyotlar . 1. R.S. Karimov, S.X. Aripova Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi. (Ma’ruzalar matni) T-2001 yil 2. M.N. Ismoilov. Bolalar va o’smirlar gigienasi. T-1994 yil. 3. K.S. Sodiqov. O’kuvchilar fiziologiyasi va gigienasi. 4. G.I. Kositskiy va V.A. Polyantsevlar taxririyati ostida Fiziologiyadan amaliy mashg’ulotlar uchun qullanma. Toshkent-1995 yil. 5. E.Maxmudov. B.Aminov. Sh.Qurbonov. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi. Toshkent –1984 yil 6. M.V. Antropova. Bolalar va o’smirlar gigienasi. Toshkent 1981 yil 7. A.A. Markosyan. Yosh fiziologiyasi masalalari. Toshkent. 1977 yil. 8. M.T. Matyushonaeva. Kichik maktab yoshidagi bolalar anatomiyasi va gigienasi. 9. www.ziyonet.uz