logo

Epiteliy to`qimasi epiteliy to`qimasining umumiy xarakteristikasi va klassifikatsiyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2714.2197265625 KB
 Epiteliy to`qimasi epiteliy to`qimasining umumiy xarakteristikasi va klassifikatsiyasi Reja: 1. Epiteliy hujayralarining tuzilishi 2. Bir qavatli epiteliy 3. Ko`p qavatli epiteliy Epiteliy to`qimasi chegaralovchi to`qima bo`lib, tana yuzasini, hazm qilish nayining, nafas va siydik chiqarish yo`llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Jigar, me’da osti bezi va shuningdek organizmdagi boshqa ko`pgina bezlarning tarkibiga kiradi. Seroz pardalar ham epiteliy bilan qoplangan. Epiteliy to`qimasi himoya, sekretor, so`rish va ekskretor funktsiyalarni bajarishga moslashgan. Ichak bo`shlig`ida fermentlar ta’sirida parchalangan oqsil, uglevod, yog`lar monomerlar holida hamda suv va mineral tuzlar ximus tarkibidan ichak epitelial hujayralari orqali qon yoki limfaga so`riladi. Modda almashinish natijasida hosil bo`lgan qoldiq mahsulotlar ham epiteliy hujayralari orqali organizmdan tashqariga chiqariladi (e k s k r ye-tsiya.) Ekskretsiya asosan o`pkada (karbonat angidrid va qisman suv ajraladi), buyrakda (mochevina, siydik kislotasi ajraladi), terida (ter bilan suv va 5-10% mochevina ajraladi) ke-chadi. Epiteliy to`qimasi chegara to`qima bo`lganligi uchun u o`zining ostida joylashgan to`qimalarni turli ta’sirlardan (kimyoviy, mexanik) himoya qiladi. Jarohatlanmagan teri epiteliysi turli zaharli moddalarni va mikroblarni o`tkazmaydi. Epiteliy to`qimasi sekret ishlab chiqarish qobiliyatiga ham ega. Me’da shilliq qavatini qoplovchi epiteliy to`qimasining mahsuloti me’dani mexanik va kimyoviy ta’sirlardan saqlasa, me’da-ichak nayi bo`ylab joylashgan epiteliy hujayralari esa oziq moddalarning parchalanishida va so`rilishida muhim o`rin tutadi. Epiteliy to`qimasi homila taraqqiyotida har uchala homila varaqlaridan (ekto, ento- va mezodermadan) hosil bo`ladi. Ilk bor hosil bo`lgan epiteliy hujayralari homilaning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. U orqali homila va ona organizmi o`rtasida modda almashinishi ta’minlanadi. Epiteliy to`qimasining kelib chiqishi va bajaradigan funktsiyalarining har xil bo`lishiga qaramasdan, boshqa to`qimalardan farq qiladigan umumiy belgilari ham mavjud. 1. Epiteliy to`qimasi zich joylashgan plast holidagi hujayralar to`plamidan iborat, hujayralararo modda deyarli bo`lmaydi. 2. Epiteliy to`qimasi doimo bazal membranada yotadi. 3. Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashganligi uchun ular qutbli differensiallash xususiyatiga ega. Epiteliy hujayralarining apikal va bazal qismlari tafovut etilib, bu qismlar tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan fars qiladi. 4. Epiteliy to`qimasida q o n t o m i r l a r bo`lmaydi, hujayralar bazal membrana orqali biriktiruvchi to`qimadan siffuz yo`l bilan oziqlanadi. 5. Epiteliy to`qimasi yuqori darajada q a y t a t i k l a n i s h xususiyatiga ega. Epiteliy kelib chiqishi, tuzilishi va funktsiyasi jihatidan bir necha marta klassifikatsiya qilingan, shulardan keng tarqalganlari morfofunktsional va filogenetik klassifikatsiyalardir. Filogenetik klassifikatsiya bo`yicha epiteliy to`qimasi 5 ga bo`linadi: 1) teri epiteliysi; 2) ichak epiteliysi; 3) buyrak epiteliysi; 4) selomik epiteliy; 5) ependimoglial epiteliy. Terining epiteliy to`qimasi ko`p qavatli bo`lib, himoya funktsiyasini bajaradi. Ichakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, himoya va so`rish funktsiyasini o`taydi. Buyrakning epiteliy to`qimasi bir qavatli bo`lib, modda almashinuvida hosil bo`lgan organizm uchun kerak bo`lmagan oxirgi maxsulotlarning chiqarilishida ishtirok etadi. Selomik epitelial to`qima seroz «o`shliqlarni qoplashdan tashqari, jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida ham qatnashadi. Ependimoglial epitelial to`qima nerv naychasidan rivojlanib, sezgi organlari tarkibiga kiradi, miya qorinchalarini va orqa miya kanalining devorini qoplaydi. Morfofunktsional klassifikatsiya bo`yicha epiteliyning quyidagi turlari farqlanadi: Epiteliy doimo bazal membranada joylashadi. Bazal membrana yoki bazal plastinka epiteliy va biriktiruvchi to`qima orasida joylashuvchi parda bo`lib, qalinligi 80-100 nm ga teng. U karbonsuvdan, oqsil, glikozaminoglikan va kollagen tolalardan tashkil topgan. Epiteliy to`qimasi hujayralarining bazal membrana bilan munosabatiga qarab bir va ko`p qavatli bo`ladi. Bir qavatli epiteliy hujayralarining barchasi bazal plastinka bilan bevosita bog`langan. Ko`p qavatli epiteliyda esa bazal plastinkaga faqat pastki qavat hujayralari tegib turadi. Bir qavatli epiteliy o`z navbatida bir qatorli va ko`p qatorli bo`ladi. Bir qatorli epiteliyda hamma hujayralar bir xil balandlikka ega bo`lib, ularning yadrolari bir tekislikda joylashadi (44-rasm). Ko`p qatorli epiteliyda hamma hujayralar bazal membranaga tegib tursa ham, ular bir xil katta-kichiklikda emas va yadrolari turli tekislikda yotadi. Ko`p qavatli yassi epiteliy muguzlanuvchi va muguzlanmaydigan bo`ladi. Yuqori qavat hujayralari muguz tanachalarga aylanuvchi ko`p qavatli epiteliy muguzlanuvchi epiteliy deb ataladi. Muguzlanish jarayoni kechmaydigan, ya’ni muguz tangachalar hosil bo`lmaydigan ko`p qavatli epiteliy muguzlanmaydigan epiteliy deb ataladi. Ko`p qavatli epiteliyning maxsus turi o`zgaruvchan epiteliydir. Bu epiteliy ba’zi a’zolarning (m: siydik qopchasi) devorining cho`zilgan yoki cho`zilmaganligiga qarab o`z ko`rinishini o`zgartirib turadi va shuning uchun ham o`zgaruvchan epiteliy deb ataladi. Epiteliy to`qimasining hujayralari turli xil shaklda bo`ladi. Masalan, yassi, kubsimon, silindrsimon va maxsus tuzilmalari bilan boshqa to`qimalarning hujayralaridan farqlanib turadi. Hujayralarning differensiallanishi natijasida maxsus tuzilmalar paydo bo`ladi. Epiteliy to`qimasining maxsus tuzilmalariga: hilpillovchi kiprikchalar, ichak enterotsit hujayralarining mikrovorsinkalari va x i vch i n l a r kiradi. Bu maxsus tuzilmalarning tuzilishi va funktsiyasini har bir epiteliyni o`rganish davomida ko`riladi («Sitologiya» bo`limiga q.). 44- rasm. Bir qavatli bir qatorli epiteliy turlari (sxema). a -bir qavatli yassi epiteliy; b -bir qavatli kubsimon epiteliy; v -bir qavatli silindrsimon epiteliy; g - bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy (A. Xem, D. Kormak, 1982, Yu. I. Afanasyevdan, 1989). Epiteliy to`qimasi hujayralarining sitoplazmasida xususiy organella tonofibrillalar uchraydi. Hujayralarning yon yuzasida desmosomalar («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.) va ularning birlashtiruvchi plastinkasiga tegib yotuvchi tonofibrillalar joylashadi. Epiteliy hujayralarining tuzilishi Epiteliy hujayralarining sitoplazmasida shakli va qaysi organda joylashganligidan. qat’i nazar umumiy va maxsus organellalar bo`ladi. Hujayra yadrosining shakli hujayraning shakliga bog`liq bo`lib, ko`pincha, dumaloq, oval va yassi bo`ladi. Mitoxondriylar kalta tayoqcha shaklida bo`lib hujayra yadrosi atrofida joylashadi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan hujayralarda donador endoplazmatik to`r yaxshi rivojlangan bo`lib, ko`pincha hujayraning bazal qismida va yadro atrofida joylashadi. Sekretsiya jarayonida qatnashadigan hujayralarda Golji kompleksi kuchli rivojlangan bo`lib, hujayra yadrosining ustida yotadi. Epiteliy hujayralari bazal membranada joilashganligi sababli, ularda ikkita qutb tafovut qilinadi; b a z a l va a p i k a l q u t b l a r. Bu ikkala qutblar tuzilishi jihatidan bir- biridan farq qiladi («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari» ga q.). Apikal qismi turli maxsus tuzilmalar bo`lganligi (mikrovorsinkalar, kiprikchalar) va turli sekretor kiritmalarning mavjudligi bilan bazal qismdan farqlanib turadi. Epiteliy to`kimasining hujayralari o`zaro desmosomalar, interdigitatsiya va sementlovchi modda yordamida bog`lanadi. Bir qavatli epiteliy Bir qavatli bir qatorli epiteliy. Bu epiteliy tuzilishini ta’riflanganda ko`pincha «bir qatorli» termini tushirib qoldiriladi va faqat «bir qavatli epiteliy» deb yuritiladi. Hujayralarning shakliga qarab bir qavatli y a s s i, k u b s i m o n, s i l i n d r s i m o n yoki prizmatik epiteliylar tafovut qilinadi. Bir qavatli yassi epiteliy - mezoteliy (45-rasm). Mezoteliy tananing ikkilamchi bo`shlig`i yoki selom bo`shlig`ini hosil qiluvchi mezodermaning hosilasidir. Mezoteliy seroz pardalar - plevra va qorin pardasining pariyetal va vistseral varaqlarini, yurak oldi xaltachasi devorlarini qoplab turadi. Mezoteliy hujayralari (masalan, charvining yaxlit preparati) ust tomondan qaraganda notekis chegarali va turli shaklda ekanligi yaqqol ko`rinadi. Bu hujayralarning ikki yoki uchta yassilashgan yadrolari bo`lib, ular joylashgan joy bir oz bo`rtib turadi. Elektron mikroskopik tekshirishlar natijasida yassn epiteliy hujayralarining qorin bo`shlig`iga qaragan erkin yuzasida mikrovorsinkalar borligi aniqlandi. Mikrovorsinkalar mezoteliy yuzasini ancha kengaytiradi. Hujayralar bir-biri bilan desmosomalar yordamida bog`lanadi. Mezoteliy yuzasi silliq bo`lganligi sababli ichak peristaltikasida, yurakning qisqarishi, o`pkaning nafas ekskursiyasida„ organlarning sirpanma harakatlarida muhim rol o`ynaydi, hamda organlarning o`zaro yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, mezoteliy hujayralari fagotsitoz qilish xususiyatiga ham ega. Masalan, ular yot zarrachalarni, mikroblarni, melanin kiritmalarini qamrab oladi. Shuning uchun ham epitelny to`qimasi biriktiruvchi to`qima va tana bo`shliqlari o`rtasidagi «seroz-gemolimfatik to`siq»ni hosil qilishda ishtirok etadi. Mezoteliy yuksak fiziologik qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mezoteliy hujayralarining o’ziga xos xususiyati ulardagi dekompleksatsiya jarayonidir. Bu jarayon davomida hujayralarda desmosomalar yemiriladi, hujayralar qisqarib yumaloqlashadi va bazal membrana bilan aloqasi uziladi. Natijada hujayralar tana bo’shlig’iga ajraladi. Fiziologik holatlarda hujayralarning 4-6 % bo’shliq (peritoneal) suyuqlig’ida muallaq holatda uchraidi. Ajralib tushgan hujayralar o’rnini qo’shni hujayralar surilib to’ldiradi. Ularning atrofida esa boshqa hujayralarning bo’lishini ko’rish mumkin. Mezoteliyning shikastlangandan keyingi qayta tiklanishi turli xil umurtqalilarda turlicha bo`ladi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarda mezoteliyning shikastlanishi seroz pardalarni yallig`lanishga olib keladi. Bu paytda hujayralar shishib, ular orasidagi bog`lanish bo`shashadi va hujayralar degenerativ o`zgarishlarga uchrab ajralib tushadi. Shikastlangan joyning yonida hujayralarning mitoz bo`linishi ko`rinadi va pirovardida ko`p yadroli hujayralar paydo bo`ladi. Hujayralarning shikastlangan joyga sekin-asta surilishi natijasida ajralib tushgan hujayralar o`rni to`lib boradi. Patologik holatlarda esa ajralib tushgan hujayralar o`rnida teshikchalar hosil bo`ladi va ular stomatalar deb ataladi. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak kanalchalarida, bezlarning chiqaruv naylarida, kichik bronxlarda uchraydi (46-rasm). Kubsimon hujayralarning yadrosi dumaloq shaklda bo`lib, uning markazny qismida joylashadi (47-rasm).  45- rasm. Bir qavatli yassi epiteliy. Kumush nitrat va gematoksilin bilan bo`yalgan. 0b. 40. ok. 10. 1-mezoteliy hujayra yadrosi; 2-mezoteliy hujayralarining chegarasi. 46-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak preparati. Gematoksilin- eozin bilan bo`yalgan. 0b. 20. Ok. 10. 1-siydik yig`uv naychasining ko`ndalang kesmasi; 2- kubsimon epiteliy hujayralari 3- yadro; 4-biriktiruvchi to`qima. Terminal bronxiolani qoplagan kubsimon hujayralarning apikal qismida kiprikchalar ko`rinadi. Buyrak kanalchalarining devorida joylashgan hujayralarning apikal qismida esa jiyak bo`lib, u barmoqsimon o`simtalardan - mikrovorsinkalardan tuzilgan, ular so`rilish yuzasini kengaytiradi. Bir qavatli silindrsimon yoki prizmatik epiteliy asosan hazm qilish, siydik ajratish va tanosil organlarida uchraydi; me’da, ichak, o`t pufagining ichki yuzasi, jigar va me’da osti bezining chiqaruv naylarini, buyrak kanalchalarini, bachadon va bachadon nayini qoplaydi. Bir qavatli silindrsimon epiteliy bir-biriga zich joylashgan baland prizmatik shakldagi hujayralardan tashkil topgan (48-rasm). Me’daning yuza qavatida joylashgan hujayralar shilliq sekret ishlaydigan hujayralar qatoriga kiradi (49- rasm). Ichak epiteliysida ayrim hujayralar shilliq sekret ishlaydi. Ular sekret bilan to`lgan vaqtda apikal qismi kengayadi, bazal qismi esa ingichka bo`lib qoladi va natijada qadah shaklini oladi. Bunday hujayralar qadahsimon hujayralar deb ataladi. Me’dadagi prizmatik va ichakdagi qadahsimon hujayralar ishlab chiqargan shilliq moddasida kislotali va neytral glikozaminoglikanlar aniqlangan. Ular hujayralarni kimyoviy va mexanik ta’sirotlardan saqlaydi. Ichak epiteliysida so`rish jarayonida ishtirok etadigan hujayralar mavjud. Oddiy mikroskop orqali kuzatilganda prizmatik hujayralarning apikal yuzasi (ingichka va yo`g`on ichak, o`t pufagi) jiyak bilan qoplanganligini ko`rish mumkin. Shuning uchun ham bunday epiteliy bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy deb yuritiladi. Elektron mikroskop yordamida jiyak barmoqsimon o’simtalardan – mikrovorsinkalardan tashkil topganligi aniqlangan(50-rasm). 47-rasm. Bir qavatli kubsimon epiteliy. Buyrak siydik yig’uv naychalari hujayralarining electron mikrofotogrammasi. X 12500. 1 – yadro; 2 – mitoxondriya; 3 – yiguv naychasining bo’shligi. («Hujayra yuzasining maxsus tuzilmalari»ga q.). Mikrovorsinkalar hisobiga epiteliy hujayrasining so’ruvchi yuzasi bir necha marta oshadi. Gistoximiyaviy reaktsiyalar prizmatik epiteliy hujayrasi jiyaklari glikozaminglikanlar va ishkoriy fosfatazalarga boyligini ko’rsatadi. Bir qavatli ko’p qatorli epiteliy. Bu epiteliy nafas yullarining devorini va jinsiy sistemaning ayrim qismlarini qoplaydi. Bu epiteliyda har bir hujayra bazal membranada yotadi, hujayralarning shakli turlicha va shu sababli yadrolari har xil tekislikda yotadi (51-rasm). Kekirdak epiteliysida kiprikli silindrsimon, qadahsimon, yirik va kichik qo’shimcha hujayralar hamda endokrin hujayralar tafovut qilinadi. Qo’shimcha hujayralar o’zining keng yuzasi bilan bazal membrane tegib turadi. Kiprikli hujayralar bazal membranaga o`zining ingichka qismi bilan tegib turadi, keng yuzasi esa kekirdak teshigiga qaragan bo`ladi. 48-rasm. Bir qavatli silindrsimon epiteliy. Me’da shillik qavatidan tayorlashgan. Ob.60,ok.10. 1 - silindrsimon hujayralar; 2 – yadro; 3 – biriktiruvchi to’qima Kiprikli hujayralarning apikal yuzasida kiprikchalar bo`lib, har bir hujayrada 250 atrofida uchraydi. Kiprikchalarning harakatlanishi shilliq sekretning siljishiga ta’sir qiladi. Shilliq sekret bilan tashqaridan kirgan chang zarralari ham chiqariladi. Elektron mikroskopda kiprikchalar 2 ta markaziy va 9 juft periferik («Hujayra markazi, sentrosoma»ga q.) mikronaychalardan iboratligi aniqlangan (52-rasm). 49-rasm. Silindrsimon hujayralar. Me’da tubining shillik qavatini qoplovchi hujayralar. Elektron mikrofotogramma. X 7500. 1 – silindrsimon hujayra; 2 – yadro; 3 – secretor donachalar. 50-rasm. Bir qavatli silindrsimon jiyakli epiteliy. Ingichka ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma. X 12.500. 1-silindrsimon hujayraning apikal yuzasidagi mikrovorsinkalar; 2-yadro; 3- mitoxondriya 51- rasm. Bir qavatli ko`p qatorli kiprikli epiteliy (sxema). 1 - hilpillovchi kiprikchalar; 2 - qadahsimon hujayralar; 3- kiprikli hujayralar; 4, 5 - katta va kichik qo’shimcha hujayralar; 6 - bazal membrana; 7- biriktiruvchi to`qima (Yu. I. Afanasyevdan 1989). 52- rasm. Kiprikcha. 2-22. Odam traxeyasi epitelial hujayrasi kiprikchasining ko`n- dalang kesmasi. Elektron mikrofotogramma. x 144.000. 1-hujayra qobig`i; 2-mikronaychalarning markaziy jufti; 3- mikronaychalarning periferik -juftlari; 4-qo`lchalar; 5-radial spitsalar; b-shporalar (pixlar). A, B, C, D, E- belgilar 2-23- rasmda keltirilgan sxematik tuzilishining turli sohalariga mos keladi. 2-23. Kiprikcha va bazal tanachadagi mikronaychalarning sxematnk tuziinshi. A-kiprikchaning uch qismi; B- kiprikchaning tor qismi; C-kiprikchaning o’rta qismi; D- kiprikchaning bazal tanachaga o`tadigan tor qismi; E-bazal tanacha (Rodindan). Ko`p qavatli epiteliy Ko`p qavatli epiteliy asosan himoya funktsiyasini bajaradi, shuning uchun ham u tananing ko`proq tashqi ta’sirotlarga uchraydigan joylarini qoplaydi. U terining yuzasini, og`iz bo`shlig`ini, qizilo`ngach, ko`zning muguz pardasini, buyrakning kosachasi, siydik pufagi, siydik chiqaruv yo`li va qinni qoplaydi. Ko`p qavatli yassi epiteliy qavatma-qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan, uning faqat bazal qavatidagi hujayralari bazal membranada yotadi. Ko`p qavatln epiteliy 3 turga bo`linadi: 1) ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy; 2) ko`p qavatli yassi muguzlanadigan epiteliy; 3) o`zgaruvchan epiteliy. Ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliy. Bu epiteliy og`iz bo`shlig`ining ichki yuzasini, qizilo`ngachning shilliq qavatini va ko`zning muguz pardasini qoplaydi (53-rasm). 53- rasm. Ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigyan epiteliy. Ko`z muguz pardasi. Gematoksilin-eozin bilan bo`yalgan. 0b. 40. ok.10. 1- bazal hujayralar qavati; 2 - tikanaksimon hujayralar qavati; 3 – yassi hujayralar qavati; 4-bazal membrana; 5-biriktiruvchi to`qi.ma. 54- rasm. Kup qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy (sxema). 1-muguz qavat; 2-yaltiroq qavat; 3 - donador hujayralar qavati; 4 - tikanaksimon hujayralar qavati; 5-bazal qavat; 6 -bazal membrana; 7 -biriktiruvchi to`qima; 8-melanotsit (Yu. I. Afanasyevdan, 1989). U quyidagicha tuzilishga ega;. bazal membrana ustida silindrsimon shakldagi bazal qavat hujayralari yotadi. Uning ustida bir necha qavat bo’lib joylashgan ko`p qirrali hujayralarni ko`ramiz. Bu qavat tikanaksimon hujayralar qavati deb yuritiladi. Tikanaksimon hujayralar orasida hujayralararo ko`prikchalar mavjud. Elektron mikroskop orqali tekshirilganda bu ko`prikchalar sitoplazmatik o`simtalardan tashkil topganligi aniqlangan. Bu o`simtalar bir-biriga zich tegib turadi va bu yerda desmosomalar uchraydi. Desmosomalar hujayralarni o`simtalar orqali o`zaro bog`lab turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralarning sitoplazmasida maxsus organellalar - tonofibrillalar joylashgan. Tonofibrillalar ingichka (5-6 nm) tonofilamentlardan tashkil topgan bo`lib, oqsil tabiatiga ega. U bazal hujayralarda epiteliy yuzasiga perpendikulyar, yuqori qavat hujayralarida hujayra yuzasiga parallel yotadi va ularda tayanch funktsiyasini bajaradi. Epiteliyning eng yuza qavatida yassilashgan hujayralar joylashgan. Bu hujayralar o`zining hayot siklini tugatib muguzlanmay tushib ketadi, shuning uchun ham bu muguzlan-maydigan epiteliy deyiladi. Ko`p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Bu epiteliy terining epidermis qavatini tashkil qiladi. U bir necha qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan. Morfofunksional xususiyatlariga qarab 5 ta qavat tafovut qilinadi: bazal qavat, tikanaksimon hujayralar qavati, donador, yaltiroq va muguz qavatlar (54-rasm). Bazal va tikanaksimon hujayralar qavati ko`p qavatli yassi muguzlanmaydigan epiteliydagi birinchi va ikkinchi qavatlarning tuzilishiga o`xshaydi. Donador qavat sitoplazmasi keratogialin donachalarini tutuvchi yassi hujayralardan tashkil topgan. Keratogialin fibrillyar oqsil bo`lib, u keyinchalik keratinga aylansa kerak. Yaltiroq qavat asosan kaft va tovon terisida uchraydi. Bu qavat yadro tutmagan, sitoplazmasi oqsil modda - eleidin bilan to`lgan 3-4 qavat yassi h u j a y r a l a r d a n iborat. Eleidin yaxshi bo`yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Shuning uchun hujayralar chegarasi anits bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko`rinadi. Yaltiroq qavat hujayralari muguz tangachalar hosil bo`lishidagi bir holatdir. Muguz qavat yassi muguz tangachalardan iborat. Ularning tarkibida havo pufakchalari va muguz modda-keratin bo`ladi. Hujayralarning muguz tangachalariga aylanishi ularning nobud bo`lishi bilan boradi. Yadro va sitoplazma organellalari parchalanadi, yaltiroq qavat bor joyda eleidindan, boshqa qismlarda esa tonofibrilla materialidan keratin hosil bo`ladi. Yassi muguz tangachalar doimo tushib, uning o`rniga pastki qavatdagi hujayralar siljib keladi. Buning hisobiga epiteliy doimo tiklanib turadi. Bazal va tikanaksimon hujayralar bo`linib, ko`payib differentsiallashadi hamda muguzlanish protsessiga uchraydi va tushib ketadi, uning o`rnini boshqa hujayralar to`ldiradi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deyiladi. Uzgaruvchan epiteliy. Uzgaruvchan epiteliy siydik yo`llarining, buyrak kosachasi va jomi, siydik pufagining ichki yuzasini qoplab turadi (55-rasm). A’zolarning siydik bilan to`lgan va to`lmaganligiga qarab epiteliy qavati o`z shaklini o`zgartirib turadi. Uzgaruvchan epiteliyda 3 qavatni farq qilish mumkin: bazal, oraliq va yopqich qavatlar. Bazal qavat mitoz yo`li bilan ko`payadigan mayda hujayralardan iborat. Bular kambial, differentsiyallashmagan, sitoplazmasi bazofil bo`yaladigan hujayralardir. Hujayra shakli turlicha bo`lib, chegarasi aniq ko`rinmaydi. Oraliq qavat hujayralari bir yoki bir necha qavat hujayralardan iborat bo`lib, noto`g`ri yoki noksimon shaklga ega. Yo pqich qavat noksimon shakldagi ko`p yadroli yirik hujayralardan tashkil topgan. 55-rasm. O`zgaruvchan epiteliy (sxema). A - siydik pufagi devorining cho`zilmagan holati; B-siydik pufagi devorining cho`zilgan holati.  1-o`zgaruvchan epiteliy; 2-biriktiruvchi to`qima (Yu. I. Afanasyevdan, 1989). A’zo siydikka to`lib, devori taranglashganda epiteliy yupqalashadi, organ qisqarganda esa epiteliy hujayralarining bir-birining ustiga chiqishi natijasida u qalinlashadi va ko`p qavatli ko`rinishga ega bo`lib qoladi. Yuqoriga ko`tarilgan hujayralar bazal membrana bilan aloqani saqlab qoladi. A’zo devori qayta taranglashganda epiteliy hujayralari o`z joyiga tushadi va yassilanadi. Epiteliy to’qimasining regeneratsiyasi Epiteliy to`qimasi qoplovchi to`qima bo`lganligi uchun turli tashqi ta’sirlarga uchraydi. Shu sababli epiteliy hujayralari juda tez halok bo`ladi. Sog`lom odamda og`iz bo`shlig`i epiteliy-sida 5 minut davomida 500 ming, ichakda esa bir sutkada 3 milliard epiteliy hujayralari tushib ketadi. Hujayralarning juda tez va ko`plab o`lishi mitoz yo`li bilan bo`linadigan kam differensiallangan hujayralar hisobiga tiklanadi. Bir qavatli epiteliyda ayrim hujayralar bo`linish qobiliyatiga ega, ko`p qavatli epiteliyda esa bazal qavat hujayralari va qisman tikanaksimon hujayralar bo`linadi. Bunday yuqori bo`linish dobiliyati epiteliy shikastlanganda hamda patologik holatlarda qayta tiklanishning asosi bo`lib xizmat qiladi. Epiteliyning reparativ regeneratsiyasi shikastlangan joy atrofidagi hujayralarning jadal bo`linishi hisobiga amalga oshadi. Bo`linayotgan epiteliy hujayralari sekin-asta shikastlangan joyni to`ldira boradi va differentsiallashadi, ya’ni o`ziga xos struktura va xususiyatga ega bo`la boshlaydi. Bunday regeneratsiya paytida chandiq hosil bo`lmaydi. Agar shikastlangan joy bo`lsa, u yerda avval granulyatsion to`qima (yosh biriktiruvchi to`qima) hosil bo`lib, so`ngra epiteliy hujayralari bilan qoplanadi. Bunday hollarda shikastlangan joy o`rnida chandiq hosil bo`ladi. Bezlar Epiteliy to`qimasining yana bir asosiy vazifasi sekreg ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan hujayralar yig`ilib, bezlarni (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning ko`pchiligi epiteliy hosilasidir. Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo`lagi va buyrak usti bezining mag`iz qismigina nerv to`qimasidan rivojlanadi. Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi. Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez. oldi bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi. Bezlar ko`p hujayrali va bir hujayrali bo`lishi mumkin. Bezlarning asosiy ko`pchiligi ko`p hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin bezlarga qadahsimon hujayra-lar kiradi. Bir hujayrali endokrin bezlar esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin hujayralar juda ko`p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo`lishi mumkin. Ular epitelial tasma ichida joylashsa, endoepitelial bezlar deb yuritiladi. Agar ular epiteliydan tashqarida, ya’ni. biriktiruvchi to`qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi. Ko`p hujayrali bezlar, bezlarning asosiy qismini tashkil) qilib, ular biriktiruvchi to`qimada joylashadi. Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim va. 2) chiqaruv naylari farq qilinadi. Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo`lim hujayralari ko`pincha bazal membranada bir qavat bo`lib joylashadi. Faqatgina yog` bezlari oxirgi bo`limlarida bir necha qavat bo`lib joylashgan hujayralarni ko`rish mumkin. Ba’zi bir bezlarning oxirgi bo`limida. sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funktsiyasini baja-ruvchi mioepitelial hujayralar ham joylashadi. Oxirgi bo`limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo`llari orqali tashqi muhitga chiqariladi. Chiqaruv yo`llari hujayralarn sekret mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi moddalarni so`rishi mumkin. Ko`p hujayrali bezlarning chiqaruv yo`llari tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`ladi. Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar murakkab bezlar deb yuritiladi. Oxirgi bo`limlar ham tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bo`lim tarmoqlanmay, har qaysi chiqaruv nayi birgina oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar deyiladi. Agarda bir chiqaruv yo`liga bir necha oxirgi bo`lim o`z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yo`llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo`li bir necha oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bo`lim shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar farq qilinadi (56-rasm). Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar m e r o k r i n, a p o k r i n va g o l o k r i n bezlarga bo`linadi. Merokrin bezlarda hujayra ichida hosil bo`lgan mahsulot sekretor hujayra tanasining (qobig`i bilan) butunligi saqlanib qolgan diffuz holda hujayradan chiqariladi. Merokrin bezlarga ter va so`lak bezlari misol bo`la oladi. Apokrin bezlar sekretor hujayralarining apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayra-larning apikal qismi bez mahsuloti bilan qo`shilib ketadi. 56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema). A-epiteliy, B-biriktiruvchi 1o`qima, 1- oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2-oddiy tarmoqlanmagan alveolyar bez; 3-oddiy tarmoqlangan naysimon bez; 4-oddiy tarmoqlangan alveolyar bez; 5-murakkab alveolyar- naysimon bez; 6-merokrin bez oxiri; 7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a- o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret yig`ayotgan hujayra; a-parchalanayotgan hujayra. Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi. Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bo`lgan hujayralar bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog` bezlari misol bo`la oladi. Nobud bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida joylashgan kam differensiallashgan hujayralar to`ldirib turadi (56-rasm ga q.) Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib, so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi. Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) sekretor moddaning ajralib chiqishi. 57- rasm. Sekretor moddalarning hujayradan chiqishi. Me’da fundal bezining bosh hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X20.000. 1-sekretor donachalar plastinkasimon kompleks sohasida; 2-sekretor donalar ajralib chiqish fazasida; 3 - yadro; 4 - donador endoplazmatik to`r; 5 - bazal membrana. Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi (57-rasm). Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi. Adabiyotlar: 1. Narziyev D.X., T.: “Mexnat”1986 2. Kodirov E. “Gistologiya” T.: “O’qituvchi” 1994 3. Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “ O’q ituvchi” 4. Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984. 5. Sidorova M.V. M.: VO “Agropromizdat” 1991 6. Akayevskiy A.I. Anatomiya domashnix jivotnix M.: “Kolos” 1975 7. Sidorova M.V. Davidova Praktikum po anatomi s osnovami gistologii L.: “Selxozizdat” 1985 8. Vrakin V.F. embriologi selskoxozyaystvennux jivotnux M. “Kolos” 1982.