logo

Transport vositalarida yuk va yo’lovchi tashish to’g’risida asosiy tushunchalar va avtotransport korxonasining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari.

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

75.5 KB
Transport vositalarida yuk va yo’lovchi tashish to’g’risida asosiy tushunchalar va avtotransport korxonasining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari. Reja: 1. Avtomobillarda yuk va yo’lovchilar tashish asoslari fanining maqsadi va vazifasi. 2. Transport vositalari guruhlari. 3. Avtotransport korxonasining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari. 1. Avtomobillarda yuk va yo’lovchilar tashish asoslari fanining maqsadi va vazifasi. Yo’lovchi tashuvchi transportlarning o’ sish darajasini belgilashda ularni texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini e`tiborga olibgina q olmay, balki masalaning ijtimoiy tomonlariga ham katta e`tibor berish lozim. Yo’lovchilar tashuvchi transpotlarning muhim vazifasi – kishilarning o’ zaro aloqasini kengaytirish, tajriba almashish, ularning madaniy saviyasini oshirishga xizmat qilishdan iborat bo’lishi kerak. Q ishlo q a h olilarini sha h arlar bilan birlashtiruvchi yo’lovchi transporti ishini keng yo’lga q o’ yish sha h ar bilan q ishlo q o’rtasidagi muhim tafovutlarni kamaytirishning katta omili hisoblanadi. Yo’lovchilar transportining asosiy vazifalaridan biri, kishilarni o’z vaqtida ish joyiga va ishdan uylariga eltib quyish, ish kuni davomida ishchi va xizmatchilarni korxonalar o’rtasida tashishdan iboratdir. Bundan tashqari, yo’lovchilar transporti a h olining bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq b o’ lmagan k o’ pdan- k o’p yumushlarini bajarishlarida, ularni dam olish uylari va sanatoriyalarga qisqa muddatichida eltib qo’ yishda katta ahamiyatga egadir. So’nggi yillarda turli transport vositalari yordamida mamlakatimiz b o’ ylab va chet el davlatlariga sayo h at qilish va tijorat ishlarini bajarish odamlar orasida keng tar q aldi. Xalqaro aloqalarni, jumladan tovar almashtirishni kengaytirish va uni mustahkamlash ishida ham transportning roli katta. Xalqaro savdo, sayyo h lik va boshqa aloqalarning rivojlanishi, fan va texnika, madaniyat hamda sport so h alaridagi munosabatlarning yuksalishi TV va aloqa yo’llarining rivojlanganligiga k o’p jihatdan bog’liqdir. Bulardan tashqari a h olini sanoat va ozi q ov q at mollari bilan o’z vaqtida ta`minlash transportning asosiy vazifalaridan biridir. Avtomobil transportining yuqorida keltirilgan vazifalaridan kelib chi qq an holda TV dan foydalanish yo’nalishi bakalavrlarni tayyorlashda fanning maqsadi talabalarga xalq xo’jaligi so q alari va kishilarning ishlab chiqarishlari bilan bog’liq moddiy buyumlarni zarur joylarga belgilangan vaqtda va sifatli darajada etkazib berish hamda a h olining yo’lovchilar tashish transportiga bo’lgan ehtiyojini muntazam q ondirishni tashkil etish, transporti vositalaridan samarali fodal a nish va ularni to’g’ri tanlash ko’nikmalrini o’ rgatishdan iboratdir. 2. Transport vositalari guruhlari . Transport vositalari (TV) deyilganda yuk va yo’lovchilarni tashishga m o’ ljallangan ishlab chiqarish jihozlari tushuniladi. Avtomobil transport vositalari ikki guru h ga b o’ linadi: a) o’zi yurar, ya`ni uni harakatga keltiruvchi o’z dvigateli bor avtomobillar va tyagachlar; b) o’ ziyurmas ya`ni avtomobillar va tyagachlar ulanmasida ishlovchi tirkama (pritsep) va yarim tirkamalar . Avtomobillarni asosiy ekpluatatsion xususiyatlariga quyidagilar kiradi: dinamikligi, yonilg’i iqtisodligi , boshqaruvchanligi, tur g’ unligi, o’ tagonligi, harakat ravonligi, si g’ dira olishligi, mustahkamliligi, chidamlilig, texnik xizmat ko’rsatish va ta`minlashga mosligi,ortish-tushirish ishlarini bajarishga mosligi . Avtomobilning dinamikligi deyiganda ma`lum yo’l sharoitlarida yuk va yo’lovchilarni iloji boricha maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlana olishi tushiniladi. Avtomobilning dinamikligi q anchalik yaxshi bo’lsa, tashish uchun zarur vaqt shunchalik kam bo’ladi, binobarin avtomobilning unumdorligi yuqori bo’ladi, ya`ni ma`lum vaqt birligida ani q masofaga yuk yoki yo’lovchilarni k o’p mi q dorda tashiy oladi. Avtomobilning dinamikligi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga bog’liqdir. Avtomobilning yonilg’i iqtisodligi deyilganda, uning harakati uchun yoqilayotgan yonilg’i quvvatidan o q ilona foydalanish tushuniladi. Yonilg’i iqtisodligi nixoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan ekpluatatsion xususiyatdir, chunki yonilg’i xarajati umumtashish tannarxini eng katta qismini tashkil etadi. Q anchalik yonilg’i kam sarflansa, avtomobilning ekpluatatsiya xarajati shunchalik arzon bo’ladi. Avtomobilning si g’ dira olish xususiyati unga bir vaqtda tashishga m o’ ljallangan yuklar miqdori yoki yo’lovchilar soni tushuniladi. Yuk avtomobillari si g’ dira olish xususiyati uning k o’ tara olish qobiliyati va kuzovining ichki hajm o’ lchovlari bilan bog’liq. Yo’lovchilar tashuvchi avtomobillar si g’ dira olishi deyilganda bir vaqtda harakatlanuvchi yo’lovchilar soni tushuniladi. Avtomobilning yuk ortish-tushirish (yoki yo’lovchilarni o’tkazish va tushirish) ga mosligi xususiyati deyilganda, bunday operatsiyalarni bajarishga kam mehnat va vaqt sarfi tushuniladi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil etishlikdan ni h oyaviy maqsad TV unumdorligining oshir i sh va tashish tannarxini arzonlashtirish bo’lib, ular birgalikda avtomobillarda yuk va yo’lovchilar tashish fanining asosi hisoblanadi. Bunday maqsadga erishishlik uchun quydagi masalalarni samarali yechimlarga erishish lozim: - avtomobilning texnik harakat tezligini oshirish; - yonilg’i nisbiy sarfini kamaytirish; - avtomobil transporti harakat xavfsizligini ta`minlash; - avtomobil haydovchisi va yuruvchi yo’lovchilarga komfort hamda eng q ulay ish sharoitini ta`minlash. 3. Avtotransport korxonasining texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari. Avtotransport korxonasining ishiga umumiy va har bir a vtomobilning ishiga alohida ravishda baho berishda hamda ayrim avtomobillarning, h atto ayrim avtotransport korxonalarining ishini ta qq oslab k o’ rishda bir q ancha ko’rsatkichlarga, chunonchi, haraktlanuvchi sostavdan q anchalik samarali foydalanganlikni, uning texnik jihatdan q anchalik tayyorligi va yuk tashish ishlarining na q adar ani q va t o’g’ ri tashkil etilganligini ta`riflovchi ko’rsatkichlarga asoslanadi. Haraktlanuvchi tarkibning texnik jihatdan tayyorlik koeffitsenti, uni yo’lga chiqarish koeffitsenti, yo’lda ishlash davomliligi, texnik va ekspluatatsiya tezliklari, yo’l bosish masofasi va undan foydalanish koeffitsenti, tashilgan yukning tonna hisobidagi miqdori va tonna-kilometr hisobida bajarilgan ish anashunday ko’rsatkichlardir. Harakatlanuvchi tarkibning yuk tashishga taxtligini ta`riflovchi ko’rsatkich - t e x n i k j i h a t d a n t a y yo r l i k k o e f f i ts e n t i d i r. Bu koeffitsentni topish uchun texnik jihatdan soz avtomobillar soni avtotransport korxonasidagi ro’yxatga kirgan avtomobilllar soniga bo’lish kerak, ya`ni: ; рц эц эц т Д Д Д    bu erda: эц Д - tsikl davomida ishlatish kunlari; рц Д - tsikl davomida ta`mirlash kunlari. Harakatlanuvchi tarkibning yo’lga chiqarilishi ch i q a r i sh k o e f f i ts e n t i bilan ta`riflanadi. Chiqarish koeffitsenti avtomobillarning amalda ishlagan kunlari sonining avtotransport korxonasining ish kunlari soniga nisbati bilan belgilanadi, ya`ni: ; к т рл в Д Д     bu erda: рл Д - avtomobillarning liniyadagi ish kunlari; к Д - kalendar kunlar soni. Chiqarish koeffitsenti korxonaning ish rejimiga, ya`ni haftaning uzlukli yoki uzluksiz hafta bo’lishiga, avtomobillarning texnik a h voliga, yuk tashish marshrutlaridagi yo’llarning yaxshi-yomonligiga va transport ishlarining q anchalik ani q tashkil etilganligiga bog’liq. Avtomobilning liniyada ishlagan muddati (davomliligi) avtotransport korxonasining ishiga baho berishda ancha muhim faktorlardan bo’lib hisoblanadi; bu muddat avtomobilning garjdan chi qq an paytidan to garjga qaytib kelgan paytigacha o’tgan vaqt bilan belgilanadi. Bu ko’rsatkich avtotransport korxonasining ish rejimiga, yuk tashish ishining x arakteriga, shu bilan birga yuk ortiladigan va yuk tushiriladigan punktlarning ish vaqtiga hamda yuk tashiladigan masofaga bog’liq. Avtomobilning ikki va uch smena bo’lib ishlashini tashkil etish, liniyada shofyorlarni almashtirish, dam olish kunlarida asosiy shofyorni almashtirish yo’li bilan bu ko’rsatkichni oshirish mumkin. T e x n i k t e z l i k deganda, avtomobilning harakat vaqtidagi o’rtacha tezligi tushuniladi. Avtomobilning chorraxada yo’lni davom ettirishga ruxsat berilishini kutib to’xtab turgan vaqti ham bu vaqtga qo’ shilgan. Texnik tezlik avtomobilning kilometr hisobida bosgan yo’lining avtomobil harakatda bo’lgan vaqtga nisbati bilan belgilanadi. T L VT  ; km/soat buerda: L - bosib o’tilgan kilometrlar soni; T- soat hisobida yurilgan vaqt . E k s p l u a t a ts i o n t e z l i k . Bu tezlikni ani q laganda, texnik tezlikdan farqli o’ laro q , avtomobilning naryadda bo’lgan vaqti ham hisobga olinadi, bunga avtomobil yo’lda vaqtda texnik nuqsonlarni y o’q otishga sarflagan vaqt, yukni qabul q ilganda va topshirganda h ujjatlarni rasmiylashtirishga ketgan vaqt hamda yuk ortish va yuk tushirishda bekor turilgan vaqt ham qo’ shiladi. ekspluatatsion tezlikni topish uchun avtomobilning kilometr hisobida bosgan yo’li naryadda soatlar hisobida bo’lgan vaqtiga b o’ linadi. ; ИШ Э T L V  km/soat bu erda: L - bosib o’tilgan kilometrlar soni; T ISH - naryaddagi vaqt. A v t o m o b i l n i n g b o s i b o’ t g a n y o’ l i - harakatlanuvchi tarkibning texnik-ekspluatatsion ko’rsatkichlaridan biridir. Avtomobilning bosib o’tgan yo’li necha kilometr yurganligi bilan ifodalanadi va avtomobilning marragacha yurishi, yuk bilan yurishi hamda yuksiz yurishidan iborat bo’ladi. Avtomobilning yuk bilan yurganigina samarali yurish hisoblanadi. Uning yuk tushiriladigan va yuk ortiladigan punktlar orasida yurishi yuksiz yurish hisoblanadi. Marragacha yurish deganda, avtomobilning garajdan to yuk ortiladigan punktgacha va yuk tushirilgan oxirgi punktdan to garajgacha yurib kelishi tushuniladi. Avtomobil ishining yanada samaraliro q bo’lishida uning b o s g a n y o’ l i d a n f o y d a l a n i sh k o e f f i ts e n t i katta ahamiyatga ega . Bu koeffitsentni topish uchun avtomobilning yuk bilan bosgan yo’lini umumiy bosgan yo’liga bo’lish kerak: УМ ЮК L L   ; bu erda: L YuK – yukli masofa; L UM – umumiy bosgan yo’l. Yu k k o’ t a r u v ch a n l i k d a n f o y d a l a n i sh k o e f f i ts e n t i avtomobilning ish unumini oshirishga katta ta`sir ko’rsatadi. Bu koeffitsent h a q i q atan tashilgan yuk o g’ irligini avtomobilning yuk k o’ tara olish quvvatiga bo’lib topiladi, ya`ni: . Hq Q   bu erda: Q - tashilgan yuk o g’ irligi; q H - yuk kutara olish quvvati. Avtomobilga yuk k o’ tara olish normasiga muvofiq yuk ortish yo’li bilan uning yuk k o’ taruvchanligidan foydalanish koeffitsentini oshirish mumkin. Shu sababli yengil vaznli yuklarni tashiganda avtomobilning bortlarini balandro q qilish, yuklarni taxlaganda yuk platformasi maydonidan to’laro q foydalanish idishga joylangan yuklarni tashiganda esa belgilangan gabaritlardan chetga chi q may, yuklarni bir necha q ator q ilib taxlash va yaxshilab bo g’ lash kerak. Adabiyotlar: 1. "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori". Toshkent. 1998 y. 2. "Oliy ta`lim", Me`yoriy hujjatlar to’plami. II qism. Toshkent, "Sharq". 2001 y. 3. G.V. Kramarenko, I.V. Barashkov «Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko’rsatish» T.:O’zbekiston, 1998 y. 4. E. Ul’man «Mashinalar remonti» T.: O’q ituvchi, 1979 y. 5. V.I. Karagodin, S.K. Shestopalov «Avtomobillar remonti slesari» T.:Ukituvchi, 1988 y, 98 b.