logo

Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Dvigatelning tezlik xarakteristikalari.

Yuklangan vaqt:

14.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.7412109375 KB
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Dvigatelning tezlik xarakteristikalari. Reja. 1. Avtomobil nazariyasining rivojlanishi 2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari 3. O’lchagich va ko’rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar 1. Avtomobil nazariyasining rivojlanishi. Bu fan transport vositasini harakat qonunlarini o’rganuvchi fan bo’lib, bu qonunlar, izlanishlar va tajriba asosida avtomobilga ta’sir etuvchi omillarni taxlil qiladi. Bu fan tufayli avtomobil tuzilishini takomillashtirish, turli ish sharoiti uchun avtomobil va harakatlanishni tanlash hamda avtomobilni loyixalashda uning ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini oldindan tanlash yo’llarini o’rganiladi. Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining yaratilishiga N.E.Jukovskiyning 1917 yilda yaratilgan «Avtomobilning burilishidagi harakati» nomli kitobi asos bo’lgan. Avtomobil nazariyasi bo’yicha akademik Ye.A.CHudakov avtomobil dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi va turg’unlik masalalarini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner avtomobil g’ildiraklarining yonaki sirpanish nazariyasi va turg’unlik nazarisini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner «Avtomobil turg’unligi nazariyasi» kitobini nashr etdi. Avtomobil dinamikasi va yonilg’i tejamkorligi masalalarini hal etishda B.S.Fal ь kevich, N.K.Kulikovlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega. Avtomobilni tormozlash masalasini N.A.Buxarin, yurish ravonligi masalasini R.V.Rotenberg, boshqariluvchanlik va turg’unlik masalalarini A.S.Litvinov tomonidan tadqiq etildi. O’zbekiston Respublikasi olimlaridan T.S.Xudoyberdiev, X.Mamatov va M.O.Qodirov o’zlarining ilmiy tadqiqotlariga asosan «Traktor va avtomobillar nazariyasi hamda hisobi» va «Avtomobil konstruktsiyasi va nazariya asoslari» nomli o’quv qo’llanmalarini yaratdilar. Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasi transport vositasining harakat qonunlarini o’rganuvchi fan bo’lib, nazariy izlanishlar va eksperiment ma’lumotlari asosida avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga ta’sir etuvchi konstruktsiya, ish sharoiti, texnik qarov va boshqa omillar ta’sirini tahlil qiladi hamda avtomobil konstruktsiyasini yanada takomillashtirish yo’llarini aniqlab beradi. Bu fan yuk tashish ishini unumli tashkil etish va eng katta foyda olish masalalarini aniqlaydi.  Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga tortish va tormozlash dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi, boshqariluvchanlik, turg’unlik, yo’l to’siqlaridan o’ta olish qobiliyati, yurish ravonligi va harakat havfsizligi kiradi. Avtomobilning dinamikasi yuk va passajirlarni berilgan yo’l sharoitida, harakat havfsizligini saqlagan holda maksimal va o’rtacha tezlik bilan harakatlanish qobiliyatidir. Avtomobil dinamikasi yaxshi bo’lsa, u yuk tashish uchun shuncha kam vaqt sarf qiladi va unumdorligi oshadi. 2.O’lchagich va ko’rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar Avtomobilga qo’yiladigan talablarni quyidagilarga ajratish mumkin : - umumiy talablar; - ekspluatatsiyaning talablari; iqtisodiy talablar; - «xavfsiz» avtomobilga bo’lgan talablar. Avtomobilga bo’lgan umumiy talablarga quyidagilar kiradi: 1. Avtomobil konstruktsiyasi va o’lchamlari tipaj talablariga mos bo’lishi zarur; 2. GOST va Yevro, Yevro-1, Yevro-2 va 3 talablariga to’liq javob berishi kerak; 3. Avtomobil konstruktsiyasining kelajagi bo’lishi kerak; 4. Avtomobil konstruktsiyasi yuqori texnologiya jihozlariga mos bo’lishi zarur; 5. Avtomobil agregat, uzel, qismlarida kamyob ashyolar ishlatilmasligi maqsadga muvofiq; 6. Zarur darajada qulay, komfortli bo’lishi lozim; 7. Patentlash jihatidan "toza" bo’lishi kerak va h. k. Loyihalanayotgan va ishlab chiqarilayotgan avtomobil konstruktsiyalari davlat standartlariga, davlatlar aro xujjatlar talabiga javob berishi zarur. Gap shundaki, standart shartlarining bajarilishi avtomobillarning jahon bozoriga chiqishiga yo’l ochadi. Avtomobil konstruktsiyasiga ekspluatatsiya qiluvchilarning talablari quyidagilar: – avtomobilni ekspluatatsiya qilishga bo’lgan sarf – xarajatlar eng kam bo’lishi kerak; – transport vositasining o’rtacha tezligi katta bo’lishi kerak; – avtomobilning yuk ko’tara olish qobiliyatidan samarador foydalanish imkoniyatlari mavjud bo’lishi lozim; – yonilg’i, moy ashyolarining kam sarfli bo’lishi maqsadga muvofiq; - konstruktsiyasida moylanuvchi nuqtalari kam bo’lishi lozim; – agregat, uzel, qismlarini texnik qarovdan o’tkazish o’ng’ay; - yukni transportga ortish–tushirish oson bo’lishi maqsadga muvofiq. Yuqoridagi talablarning qondirilishini bir tomondan avtomobil konstruktsiyasi ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni samarador ekspluatatsiya qilish hisobiga ham erishilishi mumkin. Avtomobil konstruktsiyasiga ekologik talablar uning atrof–muhitga ish jarayonida havoni ifloslantiruvchi gazlarning eng kam tarqalishini ta’minlashdir. Avtomobil konstruktsiyasiga iqtisodiy talablar quyidagilar: – o’lchamlari va massasi kichik; – ishlab chiqarish tannarxi past; – yonilg’i–moy tejamkorligi juda yuqori; – kamyob ashyolarning ishlatilmasligi lozim. Iqtisodiy talablar yuqori darajali texnologiya, fan–texnikaning eng oxirgi yutuqlaridan foydalanish, xizmatchilarning bilim saviyasi yuqori darajada bo’lishi hisobiga erishilishi mumkin. 3.Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, baholovchi parametrlar. Avtomobil dinamikasi - tortish va tormozlash dinamikasidan iborat. Avtomobilning tortish dinamikasi-avtomobilning ma’lum ekspluatatsiya sharoitida uning maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlanish qobiliyatidir. Tormozlash dinamikasi - avtomobilning sekinla-nish va unumli tormozlanish qobiliyatini ko’rsatadi. Yonilg’i tejamkorligi - avtomobilning yonilg’ini minimal sarflab transport ishini - bajarishdan iborat. Avtomobilning boshqariluvchanligi -haydovchining hohishi bilan boshqarilayotgan avtomobilning boshqariluvchi g’ildiraklar holatini o’zgarishiga va shunga ko’ra harakat yo’nalishini o’zgartira olish qobiliyatini ko’rsatadi. Avtomobilning turg’unligi - uning yonaki sirpa-nishiga, ag’darilishiga va surilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini ko’rsatadi. Yo’l to’siqlaridan o’ta olishi - avtomobilning og’ir yo’l sharoitlarida va yo’l bo’lmagan joylardan yura olish qobiliyatini ko’rsatadi. Yurish ravonligi - avtomobilning notekis yo’ldan katta tezlik bilan kuzovni ortiqcha tebratmasdan harakatlanishi, tashilayotgan yukning sifatini buzmasligi, yurishni qulayligi, haydovchi va yo’lovchilarning ortiqcha toliqtirmaslik qobilyatini ko’rsatadi. Harakat havfsizligi - haydovchining, yuk va yo’lovchilarning yo’l transport hodisalarisiz tashish qobiliyatini ko’rsatadi. Foydalaniladigan adabiyotlar : 1. M . N . Muminova , M . A . Maksumova « Kasbiy etika va etiket », uslubiy qo ’ llanma , T .,2006. 2. I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994. 3. I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998. 4. N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y. 5. M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998. 6. Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000 7. V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001. 8. A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992. 9. Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000. 10. S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002.