logo

To'garak chuvalchanglar (nemathelminthes) tipi-nining umumiy tavsifi va sistematikasi nematodalar (nematoda) sinfi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3961.8515625 KB
To'garak chuvalchanglar (nemathelminthes) tipi- nining umumiy tavsifi va sistematikasi nematodalar (nematoda) sinfi Reja; 1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi. 2. Vuxereriya yoki bankroft ipchasi (wuchereria bancrofti) 3. T i kanbosh li chuvalchanglar (acanth o cephala) tipi. 4. Tirik hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanligini aniqlash va laboratoriyada tekshirish usullari 5. Hayvon o`lgandan keyin gelmintozlarga tashxis qo`yish To'garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo'shliqli chu valchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi. To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. Q on aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi bo'Imaydi yoki shaklan о 'zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivpjlanmagan. To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shun daki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi. To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi. To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi. To'garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya'ni 1 mm ga yetmay- digan turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlarning yo'ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 m gacha boradi. To'garak chuvalchanglar tipi o’z navbatida qorinkiprildilar, nematodalar, kinorinxlar, qil chuvalchanglar, og'izaylangichlilar, priapulidlar va boshqa sinflariga bo'linadi. Odam, hayvon va o'simliklarda, asosan nematodalar sinfining vakillari parazitlik qilib, katta zarar keltiradi. NEMATODALAR, YA'NI HAQIQIY TO'GARAK CHUVAL- CHANGLAR (NEMATODA) SINFI. Nematodalar sinfi vakillari turli xil muhitda yashashga moslashgan. Ularni Yer yuzining deyarli barcha havzalarida va suv tubidagi balchiqlarda uchratish mumkin. Nematodalar tuproq biotsenozidagi ko'p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday chirish jarayoni nematodalarning ishtirokisiz o'tmaydi. Nematodalarning bir qancha turlari odam, hayvon va o'simliklarning turli organlarida parazitlik qiladi. Nematodalar tanasini qoplab turadigan pishiq kutikula ularni har qanday zararli moddalar ta'siridan himoya qiladi va xilma-xil muhit sharoitlarda yashashga imkon beradi. Nematodalar sinfi vakillarining tanasi duksimon, ya'ni oldingi va keyingi uchi ingichkalashgan, ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og'iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan. Tanasining anal teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Tananing anal teshigi joylashgan tomoni qorin deb ataladi. Jinsiy va ayirish sistemasi teshiklari ham ana shu qorin tomondan tashqariga ochiladi. Nematodalarning tanasi sirtdan ko'p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula nematoda tanasini mexanik ta'sirdan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo'shliq turgori bilan birga somatik muskullar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Kutikula ostida joylashgan gipoderma birlamchi lichinka epiteliysi hujayralarining qo'shilib ketishidan hosil bo'lgan sinsitiydan iborat. Nematodalar tanasining ikki yon, orqa va qorin tomoni bo'ylab 4 ta bo'ylama chiziq o'tadi. Gipodermada mana shu chiziqlarga mos holda to'rtta valiklar (yo'g'onlashuvlar) hamda ular ostida bo'ylama muskullar joylashgan. Gipoderma valiklari muskul qavatini to'it bo'lakka bo'lib turadi. Orqa va qorin muskullar nematoda tanasini dorzoventral yo'nalishda bukkanidan nematoda yon tomoni bilan harakatlanadi. Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasi muskullari uzunligi 0,5 sm) bo ladi. Kutikula, gipoderma va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi (47-rasm). Xalta birlamchi tana bo'shlig'ini o'rab turadi. Tana bo'shlig'i tayanch vazifasi bilan birga moddalar aylanish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tana bo'shlig'i orqali moddalar ichakdan muskullar va boshqa organlarga o'tadi; moddalar almashuvining oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, birlamchi tana bo'shlig'i organizmning ichki muhiti vazifasini ham bajaradi. Nematodalarda kiprikli hujayralar bo'lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo'ladi. Nematodalarning og'iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan, odatda uchta (bitta orqa, ikkita yon) maxsus o'simtaiar - lablar bilan o'ralgan . Naysimon ichagining oldingi qismi og'iz bo'shlig'i (stoma) va halqumga bo'linadi. Ayrim yirtqich va zooparazitlar - stomasida kutikula o'simtasidan iborat tishlar bo'ladi. O'simlik parazitlari stomasi esa sanchib so'ruvchi organ - stiletni hosil qiladi. Halqum devorida muskul hujayralari va hazm bezlari joylashgan. Bir qancha nematodalarda halqum muskullarining hujayralari kengayib, bulbus hosil qiladi. Halqum tirqishi uchburchak shaklda, uning devori xitinlashgan. Halqum ektodermadan hosil bo'ladi. Halqum yupqa devorli endodermal o'rta ichakka o'tadi. O'rta ichak bir qavat joylashgan silindrsimon hujayralardan iborat. Keyingi ichak kalta, murtak ektodermasidan hosil bo'ladi. Ayrim nematodalar ichagi turli darajada reduksiyaga uchragan. Masalan, filyariyalarning keyingi ichagi berk, anal teshigi bo'lmaydi. 47-rasm. Urg'ochi askaridaning ko'ndalang kesmasi: I - gipodermaning orqa valigi, 2 - muskul hujayralarning plazmatik o'simtalari, 3 - muskul hujayralari, 4 – tuxumdonning bo'ylama kesmasi, 5 - ichak, 6 - kutikula, 7 - gipodermaning yon valigi, 8 - ayirish sistemasi nayi, 9 - tuxumdon, 10 - bachadon, I1 - tuxum yo'li bo'yiga kesmasi, 12 - gipodermaning qorin valigi, 13 - tuxumdon. Nematodalar har xil usulda oziqlanadi. Erkin yashovchilari turli xil mayda organizmlar bilan oziqlansa, parazit turlari hayvon yoki o'simlik hujayralari shirasi, ba'zan qonini so'rib oziqlanadi. O'simlik parazitlari ozig'i ichakdan tashqarida hazm bo'ladi. Stilet orqali o'simlik to'qimalariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi. Nematodalar ana shu fermentlar ta'sirida chala hazm bo'lgan oziqni stileti yordamida so'rib oladi. Nematodalarning ayirish sistemasi bo'yin bezlari deb ataladigan bir hujayrali teri (gipoderma) bezlaridan iborat. Nematodalarda protonefridiylar o'rniga bo'yin bezlarining rivojlanishi kipriklarni yo'qolib ketishi bilan bog'liq. Bir qancha nematodalarning bo'yin bezlari yirik; ularaing ayirish yo'li kalta bo'ladi. Ko'pchilik turlarida bo'yin bezlarining chiqaruv naylari gipodermaning ikki yon valigida joylashgan. Chiqarish naylari uzun bitta hujayradan iborat. Ot askaridasining chiqarish nayi uzunligi 40 sm ga yetadi. Naylar orqali moddalar almashinuvining suyuq mahsulotlari chiqariladi. Nematodalarda suvda erimaydigan va organizmga tasodifan kirib qolgan organik moddalarni to'playdigan fagotsitar hujayralar ham bo'ladi. Bunday "to'plovchi buyraklar" gipodermaning yon valiklari ustida joylashgan. Ot askaridasida bunday valiklar to'rtta bo'ladi. Nematodalarning q on aylanish va nafas olish sistemasi rivojlanmagan. Ichak bo'shlig'idagi va ichki organlardagi endoparazitlar parazit yassi chuvalchanglar singari kislorod tanqis bo'lgan sharoitda hayot kechirishga moslashgan. Ular uchun asosiy energiya manbai glikogenning anaerob parchalanishi hisoblanadi. Bu jarayonda organik kislotalar (asosan, yog' va valerian kislotalari) hosil bo'ladi. Ana shu sababdan nematodalarning tana bo'shlig'i suyuqligi odam terisi shilliq qavatiga tasodifan tushganda achishtiradi. Nematodalarning markaziy nerv sistemasi halqumni o'rab turadigan nerv halqasi, undan tana bo'ylab oldinga (lablarga) va orqaga ketadigan 6 ta nerv tomirlaridan iborat. Ulardan gipodermaning orqa va yon valiklari bo'ylab joylashgan ikkitasi boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan bo'lib, asosiy tomirlar deyiladi. Bu tomirlar ko'ndalang nervlar - komissuralar orqali o'zaro bog'langan. Tuproqda erkin yashaydigan yoki parazit yashovchi nematodalarning sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Odatda tuyg'u organlari vazifasini papillalar shaklidagi sezgi do'mboqchalari yoki qillar bajaradi. Tuyg'u papillalari og'iz atrofida, erkak nematodalarning dum qismida ham joylashgan. Boshining ikki yonida qadahsimon, spiralsimon botiq yoki tirqishga o'xshash amfidlar - kimyoviy sezgi organlari joylashgan. Amfidlar va papillalar erkak nematodalarda yaxshi rivojlangan. Ayrim dengiz nematodalarida pigment dog'dan iborat oddiy ko'zcha ham bo'ladi. Nematodalar odatda ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Jinsiy sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg'ochisining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq (bitta) bo'ladi. Urg'ochisi jinsiy sistemasi naylarining ingichka uchki qismi tuxumdon, undan keyingi qismi tuxum yo'li deyiladi. Tuxumdonda hosil bo'lgan tuxumlar tuxum yo'lida urug'lanadi va xaltaga о 'xshash kengaygan bachadonga о 'tadi. Bachadonlar qo'shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkagi jinsiy sistemasining ingichka uchki qismi urag'don deyiladi. Urug'don birmuncha yo'g'onlashib, urug' yo'lini hosil qiladi. Urug' yo'li kalta va keng nay - urug' pufagiga ochiladi. Uryg' pufagida urug' to'planadi. Urag' pufagi bir muncha tor va muskulli urug' to'kuvchi nayga, upyg' to'kuvchi nay esa orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Kloaka ichida kutikulyar spikulalar bo'lgan juft kuyikish qopchasi ham ochiladi. Spikulalar nematodalarning urug'lanishida jinsiy qinni kengaytirish vazifasini bajaradi. Ko'pchilik nematodalar erkagining anal teshigi atrofida yupqa parda - bursa hosil bo'ladi. Bursa erkak nematodalarni urg'ochisi ustida ushlab turish vazifasini bajaradi. Nematodalar urug' hujayrasining xivchinlari bo'lmaydi, urug' hujayrasi kalta soxta oyoq hosil qilish xususiyatiga ega. Tuxum hujayra ona organizmida urug'lanadi. Ayrim turlari (rishta) tirik tug'adi. Nematodalarning ko'pchilik turlari hayot siklida nasl almashinish kuzatilmaydi. Yetilgan tuxum yoki lichinka tashqi muhitga chiqadi va undan yana organizmga tushadi. Ayrim nematodalarning tuxumi oraliq xo'jayinda rivojlanadi. Tuxum hujayra to'liq, lekin biroz notekis maydalanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka voyaga yetgan nematodaga o'xshash bo'ladi. Uning bundan keyingi rivojlanishi o'zgarishsiz, lekin tullash orqali boradi. Nematodalar tanasidagi hujayralar soni doimiy bo'Iishi bilan boshqa chuvalchanglardan farq qiladi. Masalan, askaridaning jinsiy sistemasi 162, markaziy nerv sistemasi 149 hujayradan iborat. Nematodalarda yangi hujayralarning hosil bo'lishi jarayoni ular lichinkasi rivojlanishining dastlabki davrlarida to'xtaydi va shundan so'ng hujayralar soni umr bo'yi doimiy bo'lib qoladi. Bu xususiyat faqat nematodalar va boshaylangichlilar uchun xos. Nematodala rning tana uzunligi ham har xil. Ko'pchilik erkin yashovchi nematodalar odatda mikroskopik kattalikda (0,05mm dan 5mm gacha); ayrim turlari 2-3 sm keladi. Parazit nematodalar erkin yashovchi turlariga nisbatan ancha yirik, 20-40 sm, ba'zan lm va hatto 8m dan ham ortadi (kashalotlar yo'ldoshi paraziti - Placentonema gigantissima ning uzunligi 8,4 m gacha boradi ). Hozirgi vaqtda nematodalar sinfiga 18-20 mingga yaqin tur kirishligi aniqlangan. Shulardan 5000 dan ortiq turlari odam va hayvonlarda, 2000 turi esa o'simliklarda parazitlik qiladi. Ammo, bir qator mutaxassis olimlarning fikricha sayoramizda nematodalar sinfining 100 mingdan 1 mln. tagacha turi bo’lishi mumkin. Nematodalar sinfi o’z navbatida 2 ta kenja sinfga bo’linadi. 1. Adenoforalar (Adenophorea) kenja sinfi. 2. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi. Adenoforalar kenja sinfi vakillari, asosan dengiz, chuchuk suv, ba`zan tuproqda erkin hayot kechiradi. Ko`pchilik turlari faqat kislorod yetarli bo`lgan sharoitda yashaydi. Kutikulasi o`tkazuvchan bo`lganidan nematodani zararli moddalar tasiridan to`liq himoya qilaolmaydi. Adenoforalar kenja sinfiga kiruvchi Trixosefalidalar (Trichocefalida) va Dioktofimidalar (Dioctophymida) turkumlari vakillari turli umurtqali hayvonlarda: baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Masalan: Gigant svaynik ( Dioctophyme renale) itlar va boshqa yirtqich hayvonlar, ba`zan odam buyragida parazitlik qiladi, uzunligi 1 m gacha boradi. Qilbosh chuvalchanglar va trixinellalar sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Setsernentlar (Secernentea) kenja sinfi vakillari asosan, o`simliklarda, hayvonlarda va odamlarda parazitlik qiladigan turlarni o`z ichiga oladi. Tuyg`u organlari papillalardan iborat bo`lib, faqat bosh qismida joylashgan. Amfidlari mayda, ko`pincha lablarida joylashgan. Bo`yin bezi shoxlangan, ikki yoki bir nayli. Dumining ikki yonida fazmidlari bo`ladi. Kutikulasining chala o`tkazuvchanlik va himoya xususiyatlari yaxshi rivojlangan. Setsernentlar kenja sinfiga tilenxidalar (Tylenchida), strongilidalar (Strongylida), oksiuridalar (Oxyurida), askarididalar (Ascaridida), spiruridalar (Spirurida) va boshqa turkumlar kiradi. Ularning ko’pchiligi mahsuldor hayvonlar va odamlarda parazitlik qilib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Madaniy o’simliklarga esa ayniqsa, bo`rtma nematodlari, bug`doy nematodasi, kartoshka poya nematodasi, sholi nematodasi, lavlagi nematodasi va boshqa vakillari katta zarar yetkazadi. Quyida odam, hayvon va o'simliklarda parazitlik qiladigan va ularga katta zarar keltiradigan nematodalar vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi. Odam askaridasi ( Ascaris lumbricoides ) ver yuzida deyarli barcha mamlakatlarda tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Yaponiyada aholining deyarli hammasi askarida bilan zararlangan. Chunki Yaponiyada qishloq xo'jaligida odam ekskerementidan organik o'g'it sifatida sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda keng miqyosda foydalaniladi. Askarida ayrim jinsli, erkagi urg'ochisidan ancha kalta, ya'ni erkagining uzunligi 15-25 sm, urg'ochisiniki esa 25-40 sm bo'ladi (48-rasm). Bundan tashqari, erkak askarida xipcha va dumi qorin tomoniga spiral kabi bural-gan bo'ladi. Urg'ochisining esa tanasi yo'g'on va dumi to'g'ri. Chuvalchangning oidingi uchida 3 ta labli og'iz, unda juda mayda ko'z ilg'amaydigan so'rg'ichlar bo'ladi. Gavdasining keyingi uchiga yetmasdan, qorin tomonida orqa chiqaruv teshigi joylashgan. Bu teshikdan keyingi qismi dumi hisoblanadi. Jinsiy organlari sodda tuzilishga ega. Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa uchiga yaqin joyida joylashgan. U ichkarisiga cho'zilib ketgan bittagina naydan iborat. Urg'ochilarining jinsiy teshigi tananing oidingi yarim qismida, qorin tomoni dan tashqariga ochiladi. Bu teshikdan bitta nay ketgan bo'lib, u uzoqqa cho'zilmay ikkita shoxchaga ajraladi. Shoxchalaming ingichka ipsimon uchi - tuxumdon, asta yo'g'onlashib borgan qismi - tuxum yo'h, eng yo'g'on qismi esa - bachadon deb ataladi. Askarida odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ichagida askarida bo'lgan kishi parazitni yuqtiradigan va tarqatadigan manba bo'lib hisoblanadi. Bitta urg'ochi askarida bir kecha-kunduzda 200-250 mingtagacha tuxum qo'yadi (bitta askarida kamida 200 kun yashaydi), hayoti davomida esa bir necha 10 mln. tuxum qo'yadi (250000x200q50000000). Askarida tuxumi ustidan uch qavat po'st bilan o'ralgan bo'ladi, ammo yangi qo'yilgan, ya'ni kasal kishidan endi chiqqan askarida tuxumi zararlash imkoniga ega emas, u zararlash imkoniga ega bo'lishi uchun tashqarida nam muhitda kamida 15-25 kun bo'lishi zarur, shu muddat iehida zararlash qobiliyatiga ega bo'lgan lichinka yetiladi. 48-rasm. Askaridaning ichki tuzilishi: A-urg'ochisi. В -erkagi: 1-lablar, 2- qizilo'ngach, 3-ichak, 4-halqum nerv halqasi, 5-qorin nervi, 6-ayirish sistemasi nayi, 7-fagotsitar hujayralar, 8-tuxumdon, 9-tuxum yo'li, 10-bachadon, 11-jinsiy qin, 12-anal teshigi, 13-urug'don, 14-urug' yo'li, 15-urag' chiqarish nayi. Odam askaridasi oraliq xo'jayinsiz rivojlanadi, ya'ni yagona xo'jayini odam hisoblanadi. Tashqi muhitda askarida tuxumi 10 yilgacha tiriklik xususiyatini saqla-shi mumkin. Ichida lichinkasi bo'lgan bunday tuxumni qaynatilmagan suv, yu-vilmagan meva-sabzavot, ayniqsa, qulupnay, usti ochiq qolgan ovqatlarni iste'mol qilish orqali odam o'ziga yuqtiradi. Oshqozonga tushgan tuxumning pardasi osh-qozon shiralari (fermentlari) ta'sirida erib ketadi, lichinka esa ichak devori orqali qonga o'tib, 10 kun davomida migratsiya qilib, jigar, yurak, o'pkaga borib aylanib yuradi. Lichinka o'pkaga kelganda, odamda o'pka shamollashi hodisasi kabi o'zgarish bo'lib, yo'tal paydo bo'ladi va yo'taiganda o'pkada, ko'krakda og'riq paydo bo'ladi, ayrim vaqtlarda harorat ko'tariladi. Yo'talganda lichinkalar bronxlar va kekirdak orqali yuqoriga, ya'ni og'iz bo'shlig'iga keladi. U yerdan so'lak bilan qayta yutib yuborilganda lichinkalar oshqozon orqali ingichka ichakka tushib, uning devorlariga yopishadi va 2,5 oy mobaynida voyaga yetgan askaridaga aylanadi (49-rasm). Ular o'z vaqtida otalanib yana tuxum qo'yadi. Askaridalar ichakda odam organizmi uchun eng qimmatli bo'lgan ovqatlar va vitaminlar bilan oziqlanib, odamlarda avitaminoz pay do qiladi, natijada odam boshqa turli yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi. 49-rasm. Odam askaridasi ( Ascaris lumbricoides ) ning rivojlanish sikli. Askaridalar keltirib chiqaradigan kasallik askaridoz deyiladi. Bu kasallikdan kishida kamqonlik avj oladi, ko'ngil aynish, qusish, ishtaha yo'qolishi va boshqalar bo'ladi. Ba'zan askaridalar ichakdan o't pufagiga o'tib, uni bekitib qo'yadi. Ichakdan oshqozon, qizilo'ngach, hatto nafas yo'llariga o'tishi mumkin. Bundan tashqari, askarida o'zidan zaharli moddalar chiqarib, odam organizmini zaharlaydi. Bundan ming yil muqaddam vizantiyalik shifokor Eginskiy askaridoz bilan kasallangan bemorlarning holatini quyidagicha tasvirlagan: "Ichagida askaridalar bor odamlar ichak va oshqozonida og'riq sezadi, quruq yo'tal, ba'zan hiqichoq tutadi. Uyqusida yuragi qattiq urish, cho'chib tushish va baqirib yuborish holati kuzatiladi, keyin bemor yana uyquga ketadi. Bolalar sababsiz kavshanib tilini chiqaradi, tishini g'ichirlatadi, ko'zini yumib jim o'tiradi, ularning tinchligi buzilsa, juda xafa bo'lishadi. Ba'zan askaridalar oshqozonga tushib qolsa, ko'ngilni aynitadi, zirqiragan og'riq va ovqatdan jirkanish paydo qiladi. Askaridoz bilan og'rigan bemorlarni ovqat yeyishga rnajbur qilinsa, ular ovqatni zo'rg'a yutadi, ko'pincha qaytarib tashlaydi". O'zbekistonda tog' va tog'oldi mintaqalarda yashovchi aholi o'rtasida askaridoz bilan kasallanish tez-tez uchrab turadi. Aholining askaridoz bilan og'rishi 1-90 % orasida o'zgarib turadi. Masalan, A.Mansurovning ma'lumotlariga qaraganda, 1968-yilda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida yashovchi aholi o'rtasida bolalar 57,2 % va kattalar- 33,9 % ga askaridoz bilan og'rigan. Askaridalar ayniqsa, boialarda ko'p uchraydi. Odam askaridasining zahari ayniq-sa, bolalar organizmiga yomon ta'sir qiladi. Kasallangan bolaning boshi og'riydi, boshi aylanadi, kechalari bezovta bo'ladi, tipirchilab, tishini g'ichirlatadi. Og'riq vaqti-vaqti bilan bo'lganiigi uchun shifokor ko'pincha appenditsit deb ham gumon qiladi. Odatda odam ichagida bir nechta, ba'zan o'nlab, yuzlab askaridalar parazitlik qiladi. Bitta odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topilgani fanga ma'lum. Bunday holda askaridalar ichak deyorini yaralaydi, ichaklarda tiqilib qolib ovqatni o'tkazmaydi. Ba'zan esa jigar va miyani ishdan chiqarib, kishini o'limga olib kelgan hollar ham kuzatilgan. Askaridoz bilan og'rigan odamlarni piperazin, adipinat, dekaris (levamizol), naftamon (alkopar, befenium), vermoks kabi dori-darmonlar bilan davolashadi. Davolashni albatta shifokor nazorati ostida olib borish lozim. Askaridadan saqlanish uchun, avvalo, unga yo'liqqan bemorlarning hammasini yaxshilab davolash kerak. Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan jihozlangan yopiq turdagi hojatxona bo'lishi kerak. Yuqumsizlantirilmagan odam ekskrementlaridan bog' va ekinzorlarga o'g'it sifatida foydalanmaslik lozim. Xom sabzavot, ho'l meva va poliz mahsulotlarini iste'mol qilish oldidan vodoprovod, qaynatilgan yoki oqar suv bilan yuvish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini va idish tovoqlarni pashshalardan saqlash maqsadida ularni yopiq joyda tutish, pashshalar- ga qarshi kurash choralarini qo'llash va, albatta, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur. Askaridalarning ayrim turlari chorva mollarida va parrandalarda ham parazitlik qiladi. Masalan, cho'chqalarda- cho'chqa askaridasi ( Ascaris suum ), to- vuqlarda - tovuq askaridasi ( Ascaridia galli ), otlarda - ot askaridasi ( Parascaris equorum ), qo'ylarda - qo'y askaridasi ( Ascaris ovis ), qoramollarda - qoramol neoaskaridasi ( Neoascaris vitulorum ) parazitlik qiladi. Tovuq askaridasi ( Ascaridia galli ). Askarida ingichka ichakda parazitlik qiladi. Tovuqlardan tashqari u kurka, tovus va sesarkalarda ham uchraydi. Askaridioz hamma narrandachilik xo’jaliklarida keng tarqalgan kasallik bo’lib, bunda yosh jo’jalar o’sishdan va rivojlanishdan orqada qoladi hamda ko’plab nobud bo’ladi. O’zbekiston sharoitida tovuqlar yoshiga qarab 55% dan 100% gacha askaridioz bilan kasallanadi. Askarida tovuqlarda parazitlik qiluvchi nematodlar orasida eng yirigi hisoblanadi. Uning uzunligi 2,5 sm dan 12 sm gagacha yetadi. Gelmintning boshi uchta katta lab bilan o’ralgan. Erkagining uzunligi 2,5-7 sm bo’lib, dumida dumaloq yoki birmuncha oval shaklli xitinlashgan jinsiy so’rg’ichi bor. Urg’ochisining uzunligi 6,5-12 sm, vulvasi (jinsiy teshigi) tanasining o’rtasidan pastki tomoniga ochiladi. Tuxumi oval shaklida bo’lib, uzunligi 0,070-0,086 mm, eni 0,047-0,051 mm. Tovuq askaridasining rivojlanishi to’g’ridan-to’g’ri (50- rasm). Urgochi askarida urug’langandan keyin tovuqning ingichka ichagiga tuxum qo’yadi. Tuxum ingichka va yo’gon ichak orqali tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Tashqi muhitda issiqlik va namlik yetarli bo’lsa, tuxum rivojlanib lichinka paydo bo’ladi va tullagandan keyin yetilib, invazion davriga aylanadi. Yetilgan invazion tuxumni oziq yoki suv bilan birga yutib yuborgan tovuq askaridioz qo’zg’tuvchisi bilan zararlanadi. Tovuqning muskulli va bezli oshqozoniga tushganda tuxum po’sti yorilib, ichidan lichinka chidadi va bu lichinka ichak bo’ylab harakat qiladi, ammo ko’pchilik qismi ingichka ichakning birinchi yarmida joylashadi. Tovuq invazion tuxumni yutib yuborgandan keyin 1-2 soat o’tgach, uning lichinkalari liberkyun bezining ichiga kirib oladi. U yerda lichinka taxminan 20 kun davomida rivojlanib, yana ingichka ichakka chiqib jinsiy voyaga yetgan urg’ochi va erkak askaridaga aylanadi. Tovuq askaridaning invazion tuxumini yutgan vaqtdan boshlab to uning ingichka ichagida jinsiy voyaga yetgan gelmintga aylanguncha taxminan 35-38 kun o’tadi. 50-rasm. Tovuq askaridasi( Ascaridia galli )ning rivojlanish sikli sxemasi. Askaridioz bilan asosan ikki oydan 8-10 oygacha bo’lgan jo’jalar kasallanadi. Bir yoshdagi tovuqlar odatda kasallanmaydi, lekin kasallik manbai bo’lishi mumkin. Suv yoki oziq-ovqat bilan askaridaning invazion tuxumini yutganda kasallik yuqadi. Gelmint tuxumi invazion davrida harorat 17-30°C va nisbiy namlik 100% bo’lgandagina rivojlanadi. Tovuq tezagidagi askarida tuxumi 1-1,5 kunda quyosh nuri ta’sirida zararsizlanadi. Shunday qilib, askarida bilan kasallangan tovuqlar va qishdan tirik chiqqan askarida tuxumlari jo’jalarga askaridioz kasalligini yudtiradigan asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Askarida parrandalar ichagida 9-14 oy yashaydi. Askarida lichinkalari ichak shiliq pardalarini teshib, ichak so’rg’ichlarini qitiqlab, liberkyun bezlarini jarohatlaydi. Natijada ichak devorlariga don quyiladi, yalliglanadi, patogen mikrob va viruslar uchun yo’l ochiladi. Voyaga yetgan askaridalarning ko’pligidan ichak tiqilib devori yorilib ketishi ham mumkin. Askaridalar toksik modda ajratib tovuq organizmini surunkali zaharlaydi. Natijada jo’jalarning o’sishi va rivojlanishi sekinlashadi, tovuqlar kam tuxum qo’yadi. Kasallangan jo’jalarning toji oqaradi, ichi ketadi yoki qotadi, bo’shashib patlari hurpayadi va ozib ketadi. Odatda katta yoshli tovuqlar ichagida askarida oz bo’ladi. Shuning uchun kasallikning klinik belgilari ularda sezilmaydi. O’rdaklar porrotsekumlari ( Porroceacum crassum ). Porroceacum crassum yovvoyi va xonaki o’rdaklarda uchraydigan gelmintoz qo’zg’tuvchisi hisoblanadi. Gelmintlar lichinka davrida parrandalarning muskulli oshqozonining kutikulasi ostida parazitlik qiladi. Jinsiy yetuk porrotsekumlar parrandalarning ingichka ichaklarida yashaydi. Porrocoecum crassum o’rdaklarda uchraydigan yirik nematodlardan, u tashqi ko’rinishidan parranda askaridalariga o’xshaydi. Erkaklari 3-4 sm, urg’ochilari esa 5-6 sm uzunlikda bo’ladi. Ularning qizilo’ngachlari oxirida bittadan bulbusi va ichagida o’simtasi borligi bilan xarakterlidir. Tuxumlari katta (0,091-0,106 mm), oval shaklda, uning tashqi pardasida notekis botiqlari bor; tashqariga yetilmagan fazasida ajraladi. Boshqa askaridatlardan farqi shuki, porrotsekoz qo’zg’atuvchisi asosiy (o’rdaklar) va oraliq (yomg’ir chuvalchangi) xo’jayinlar orqali rivojlanadi. Qulay sharoitda tashqi muhitga tushgan tuxumlardan 5-12 kunda lichinkalar yetishadi. Bunday ichida lichinkasi bo’lgan tuxumlarni yomgir chuvalchanglari yutganda, ulardan lichinkalar chiqib qon tomirlariga o’tadi va 1,5-2 oydan so’ng invazion lichinkaga aylanadi. O’rdaklar suv havzalarida, botqoqlik yaylovlarda, tanasida invazion lichinkalar bo’lgan yomg’ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz qo’zg’tuvchilari bilan kasallanadi. O’rdaklarning muskulli oshqozonida yomg’ir chuvalchanglari parchalanib undan chiqqan porrotsekum lichinkalari muskulli oshqozonning kutikulasi ostiga o’tib rivojlanadi va taxminan 7 kundan keyin kutikuladan ingichka ichakka qaytib chiqadi va uch haftadan so’ng jinsiy yetuk erkak va urgochi gelmintlarga aylanadi (51- rasm) 51-rasm. O’rdaklar porrotsekumi( Porroceacum crassum )ning rivojlanish sikli: 1-yetuk gelmint, 2-yetilmagan va 3-yetilgan tuxumi, 4-lichinkasi, 5- porrotsekum lichinkasi bilan zararlangan yomg’r chuvalchangi. Porrotsekum bilan 1-3 oylik jo’jalar ko’proq zararlanadi. Sifatsiz oziqlar bilan boqilganda katta yoshdagi parrandalar ham kasallanishi mumkin. Porrotsekoz bilan parrandalar asosan bahor va kuz oylarida kasallanadi. Qishda porrotsekoz uchramaydi. Yovvoyi va xonaki o’rdaklar porrotsekozning asosiy manbai hisoblanib, ular yomg’ir chuvalchanglarini zararlaydi. O’rdaklar faqatgina tanasida porrotsekumning lichinkalari bo’lgan yomg’ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz bilan kasallanadi. Porrotsekumlar o’rdaklar organizmiga mexanik, toksik, hatto allergik ta’sir ko’rsatadi. Kasallangan parrandalarda kam qonlik, bo’shashish, oriqlash ro’y beradi va hatto umumiy ahvolini og’irlashtiradi. Kasallangan jo’jalar o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi, ularning hazm organlari faoliyati buziladi, ichi ketadi, falajlanishlar ro’y beradi. Kuchli zararlangan jo’jalar ko’plab nobud bo’lishi ham mumkin. Katta yoshdagi parrandalarning mahsuldorligi kamayadi, tuxum qilishi ozayadi, semirmaydi va go’shtining sifati pasayadi. Asosiy kurash choralaridan biri – qo’zgatuvchining rivojlanishidagi «biologik zanjir»ni uzishdan iborat. Buning uchun jo’jalar alohida, porrotsekumning invazion elementlari bo’lmagan yaylov va suv havzalarda bodiladi. Shuningdek, o’rdak jo’jalarini tuxumdan chiqqach, uch oygacha suvga tushirmasdan quruqlikda boqish ham maqsadga muvofiqdir. O'tkir dumli nematoda yoki bolaiar gijjasi ( Enterobius vermicularis ) hamma joyda tarqalgan, juda mayda, ya'ni urg'ochisining uzunligi 10-12 mm, erka- giniki esa 2-5 mm bo'ladi (52-rasm). O'tkir dumli nematoda deb atalishiga sabab shuki, urg'ochisining tanasi dum qismiga tomon o'tkirlashgan, ingichkalashgan bo'ladi. Erkagi tanasining keyingi uchi spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan kutikuia-vezikula bilan o'ralgan. Erkagining askaridadan farqi - dum tomonida bitta spikulasi borligidir (askaridada spikula ikkita bo'ladi). Og'zi uchta lab bilan o'ralgan. Qizilo'ngachi sharsimon kengaygan bulbus bilan tugaydi. Bulbusda kutikulali chaynash plastinkalari bor. Q а t о r h о ll а rd а ent е r о bi о z qo‘zg‘ а tuvchisining p а r а zitlik qilishi disb а kt е ri о z p а yd о bo‘lishig а , ya’ni ich а kning n о rm а l mikr о fl о r а si buzilishig а о lib k е l а di, bu es а o‘z n а vb а tid а , ich а k funksiyasining buzilishi v а ich k е tishining riv о jl а nishi, o‘tkir ich а k inf е ksiyal а ri v а а pp е ndisid ха vfini о shir а di. B о l а q а shing а n p а ytid а gijj а tu х uml а ri ichki kiyiml а rig а . Bolaiar gijjasi odamlar, ayniqsa, yosh bolaiar ingichka ichagining ikkinchi yarmida va yo'g'on ichagida parazitlik qiladi. Urug'langan urg'ochi gijjalar tunda anal teshikdan faol harakatlanib, anus atrofiga chiqadi va bu yerda teri burmalariga 10-20 mingga yaqin tuxum qo'yadi. Tuxum qo'yishdan oldin gijjalar suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o'zidan suyuqlik chiqarib, tuxum qo'yayotganida bu joyni qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. Urg'ochi gijja tuxum qo'yib boiganidan keyin burishib o'ladi. Qo'yilgan tuxum 4-6 soatda yuqumli holatga keladi. Bu parazitning urg'ochisi 25-30 kun yashaydi. Erkagi urg'ochisini otalantirgach, o'lib ketadi. Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo'ladi, ishtahasi yo'qoladi, ko'ngli ayniydi, qorni og'riydi vaboshi aylanadi. Bola qashingan paytda ostritsa tuxumlari ieljki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga o'rnashib qoladi va qo'lini yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og'ziga solsa, ostritsa tuxumi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o'sib rivojlanadi, 2- haftadan keyin voyaga yetadi. Shunday yo'sinda ostritsa bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Gijja tuxumi kiyimda va polda uzoq saqlanishi 52- rаsm . B о l а l а r gijj а si ( Enterobius ver-mincularis ): а -urg‘ о chisi, b-erk а gi: 1- о g‘zi, 2-v е zikul а o‘simt а si, 3-qizilo‘n- g а chi, 4-bulbusi, 5-o‘rt а ich а gi, 6-jinsiy t е shigi, 7-9-jinsiy sist е m а sining bir qismi, 10- а n а l t е shigi. mumkin. Gijja pashshalar, suvaraklar va boshqa hasharotlar orqali ham tarqaladi. Bolalar gijjasi bilan kurashish uchun shifokorlar bemorlarga issiq suv va margan- sovka eritrnasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo bu yaxshi natija bermaydi. Gijja bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin, kombantrin, vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo'llaniladi. Gijja yuqishi yoki qayta yu- qishidan bolani saqlash uchun bolani yoshligidanoq sanitariya-gigiyena qoidalariga o'rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini dazmollab ki- yishga odatlantinsh kerak. Bolalar gijjasini tushirish uchun yarim stakandan kuniga 2 mahal 2-3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim. Umuman, ostritsalar avlodining 20 ga yaqin turi bor. MDHda odamlarda faqat bitta turi, ya'ni bolalar ostritsasi parazitlik qiladi. Ostritsaning otlarda Oxyuris equi turi parazitlik qiladi. Uning tana uzunligi 18 sm gacha boradi va oksiuroz kasalligini keltirib chiqaradi. Rishta ( Dracuncuius medinensis ) yoki drakunkul ipsimon ko'rinishdagi ne- matoda bo'lib, O'rta Osiyo respublikalarida rishta (ip) deb ataladi. Mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino rishtani irkalmedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikni birinchi marta o'rgangan ailomadir. Rishta ayrim jinsli bo'lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko'rinadi. Urg'ochisining uzunligi 32 sm dan 150 sm gacha boradi, erkagi esa 12-30 mm atrofida bo'ladi (53- rasm). Rishta biogelmint bo'lib, rivojlanish siklida 2 ta xo'jayin qatnashadi. Rishtaning asosiy xo'jayini odam, ayrim hollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo'ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar bo'lib, jinsiy voyaga yetgan parazit ularning terisi ostidagi biriktiruvchi to'qimasida va ko'pincha oyoq terisi ostida parazitlik qilib yashaydi. Oraliq xo'jayini esa suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan - sikloplardir. Rishtaning erkagi urg'ochisini otalantirgach, halok bo'ladi. Rishtaning urg'ochisi urug'langandan so'ng, lichinkalar tug'ish uchun odamning qo'1-oyoqlari terisi ostiga ko'chadi va ma'lum vaqtdan keyin terida shishlar (pufakchalar) paydo bo'ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo'1-oyoqlarni yuvganda yoki cho'milganda) yoriladi va ulardan parazitning lichinkalari suvga tushadi. Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi. Siklop tana- sida lichinka rivojlanib, 12-14 kundan keyin yuqumli (invazion) holatga ayla nadi. Odam va boshqa asosiy xo'jayinlar suv orqali zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani o'zlariga yuqtiradi. Asosiy xo'jayini ichagida sikloplar hazm sekretlari ta'sirida hazm bo'ladi, undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o'tadi va organizm bo'ylab migratsiya qiladi. Migratsiya davri tugallangach, rishtaning lichinkasi bemorning teri osti yog' qavatiga joylashib oladi va bir yildan keyin jinsiy voyaga yetadi. Shundan so'ng urg'ochi rishtalar yana teri ostiga ko'chib, yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi. Dunyo bo'yicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo'jayini hisoblanadi. MDHda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo'jayini ekanligi aniq- langan. Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. 53 -rаsm. Risht а ( Dracunculus medinensis )ning riv о jl а nish sikli s хе m а si: 1- а s о siy х o‘j а yini- о d а m terisi ostida parazitlik qilayotgan jinsiy yetuk rishta; 2-odam organizmidan suvga tushayotgan rishta lichinkalari, 3-risht а lichink а si bilan z а r а rl а ng а n sikl о p, 4,5- risht а lichink а si bilan z а r а rl а ng а n sikl о pni suv bilan yutayotgan odam va it. Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o'lsa, odam organizmiga parazitning zaharli moddalari s'o'riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak yemi) paydo bo'ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi, nafas olish qiyinlashadi, organizm oriqlaydi. Ba'zan esa bo'g'inlaming yallig'lanishi, ko'ngil aynishi va qusish hollari ham ro'y beradi. Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba - kasallan - gan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya'ni Afrika, Lotiii Amerikasi va Janubiy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda rishta bilan yer yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan. MDHda O'rta Osiyoda, ayniqsa, Buxoroda 1930-yillargacha rishta odamlarda tez-tez uchrab turgan. Birinchi marta rishtani 1872-yili A.P.Fedchenko topgan bo'lsa, A.M.Isayev esa Bu xoroda rishtani rivojlanish siklini to'liq o'rganib, uni yo'qotish chora- tadbirlarini ishlab chiqqan. Avvalgi davrlarda rishtadan qutulishning birdan-bir chorasi nematodani cho'pga o'rab asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo'lgan. Hozirgi kunda ham bu usul o'zining qimmatini yo'qotgani yo'q. Bundan tashqari, kasallik kimyoviy dori-lar bilan ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambilgar, tiaben-dazol, metronidazol va boshqalar kiradi. Qilbosh nematoda ( Trichocephalus trichiurus )ning bosh tomoni uzun qilga o'xshash ingichka bo'ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo'g'onlashib boradi (54-rasm). Qilb о sh n е m а t о d а l а r а s о s а n, о d а ml а rning yo‘g‘ о n ich а gid а p а r а zitlik qil а di. Ul а r а yrim jinsli, erk а gining uzunligi 30-40 mm bo‘lib, о rq а uchi spir а l k а bi bur а lg а n bo‘l а di. Urg‘ о chisining uzunligi 30-50 mm k е l а di. Qilb о sh n е m а t о d а ning о ldingi uchid а о g‘iz bo‘shlig‘i v а qizilo‘ng а chi j о yl а shg а n. 1932-yilda sobiq Ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan. Rishta tugatili-shining asosiy sabablari uning manbai bo'lgan hovuzlarni quritish yoki dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish, hovuziardan xom suv ichmaslik, oyoq- qo'llami suv ichadigan havzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan odamlarni aniqlab, ularni davolashdan iborat bo'lgan. Hozirgi kunda rishta bilan zararlanish yovvoyi hayvonlar o'rtasida uchrab turadi. T а n а sining k е ng а yg а n о rq а qismid а es а o‘rt а v а о rq а ich а kl а r, о rq а chiq а ruv t е shigi v а jinsiy о rg а nl а r sist е m а si j о yl а shg а n. Qilb о sh n е m а t о d а l а r b о sh qismini o‘z х o‘j а yini ich а k d е v о rig а s а nchg а n h о ld а q о n bil а n о ziql а n а di. N е m а t о d а l а rning urug‘l а ng а n tu х uml а ri х o‘j а yini ах l а ti о rq а li t а shq а rig а chiq а di. Qilbosh nematodalar bosh qismini o'z xo'jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urug'langan tuxumlari xo'jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli namlik va harorat bo'lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg'ochi qilbosh nema toda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo'yadi. Qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli holatga keladi. Odam ko'pincha yuvilmagan sabzavot-mevalarni iste'mol qilganida qilbosh nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda taxminan bir oydan keyin voyaga yetadi. Bu nematodalar odam organizmida 5 yil- gacha yashashi mumkin. Qilbosh nematodalar trixotsefalyoz kasaliigini keltirib chiqaradi. Bu kasallik yer sharining harnma qismida, ayniqsa, issiq iqlimli mamlakatlarda ko'p uchraydi. Qil bosh nematoda asosiy xo'jayini hazm organlarini yallig'laydi va bir qator mikroor-ganizmlarning tushishiga yo'l ochadi. Nerv sistemasiga ta'sir qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallangan odamlar vermoks (mebendazol), difezil, naftamon, osarsol va ti-mak kabi dorilar bilan davolanadi. 54-r а sm. О d а m qilb о sh n е m а t о d а si (Trichoc е phalus trichiurus )ning tuzilishi va rivojlanish sikli: a-urg‘ о chisi, b-erk а gi: 1-anal teshigi, 2-tuxum yo’li, 3-ichagi, 4-qizilo’ngachi, 5-jinsiy teshigi, 6-qin, 7-bachadon, 8-tuxumdon, 9-urug’ yo’li, 10-urug’don, 11-urug’ xaltasi: v- od а m qilb о sh n е m а t о d а sining rivojlanish sikli sxemasi: 1-organizmdagi voyaga yetgan parazit, 2-urug’langan tuxumi, 3-yuqumli holatdagi tuxumi(ichida yetilgan lichinkasi bilan), 4-odamga yuqish omillari. Chorva mollarda ham qilbosh nematodalarning bir necha turlari parazitlik qi ladi. Masalan, cho'chqalarda - cho'chqa qilbosh nematodasi ( Trichocephalus suis ), qo'y, echki va qoramollarda - Trichocephalus ovis, Trichocephalus skrjabini kabi turlari parazitlik qiladi. Trixotsefalyoz bilan kasallanmaslik uchun tozalikka rioya qilish, meva va sabzavotlarni yuvib iste'mol qilish, axlatlarni dalaga ishlatishdan oldin zararsizlantirish, hojatxonaga so'ndirilmagan ohak sepish kabi chora-tadbirlarni amaiga oshirish lozim. Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda ( Ancylostoma duodenale ) odamlarning 12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiy-shiq bo'lib, unda rivojlangan og'iz kapsulasi joylashgan (55-rasm). Og'iz bo'shlig'ida o'tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o'xshash "tish"lari bo'lib, ular yordamida parazit o'z xo'jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib qon so'rib oziqlanadi. Qon so'rgani uchun ham parazitning rangi qizg'ish bo'ladi. Ular ayrim jinslidir, urg'ochisining tana uzunligi 10-18 mm, erkaginiki esa 8-10 mm atrofida bo'ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula joylash-gan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir. 55-r а sm. Qiyshiqb о sh n е m а t о d а ( Ancylostoma duodenale ): а -urg‘ о chisi; b-erk а gi; v- qiyshiqb о sh n е m а t о d а ning og’iz qismi ( о g‘iz k а psul а sid а kutikulyar tishch а l а ri t а svirl а ng а n): 1-kutikulyar tishlari, 2-og’iz bo’shlig’i, 3-halqum, g- qiyshiqb о sh n е m а t о d а ning rivojlanish sikli: 1-odam, qiyshiqb о sh n е m а t о d а sining xo’jayini, 2-tuxumi, 3-tuxumdan rabditsimon lichinkaning chiqishi, 4-yuqumli lichinka. Urugianishi xo'jayini ichagida o'tadi. Urg'ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin urug'langan tuxum qo'yadi. Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay haroratda (26-30°C da) bir-ikki kun ichida lichinka chiqadi. Bir hafta davomida lichinka 2 marta tullab, yuqumli (invazion) davrga o'tadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati pasayganda, 1 m pastga tushadi. Harorat ko'tarilishi bilan yana tuproq yuzasiga chiqadi va tuproqda 18 oygacha o'z hayotchanligini saqlab qoladi. Odamlarning egribosh nematoda bilan zararlanishi asosan teri orqali ro'y be- radi. Bunda odam go'ng va har xil axlatlar tashlangan dalalarda hamda polizlarda oyoqyalang yurganida parazit iichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan joylarda har xil toshmalar hosil bo'lib, terini qichitadi, natijada teri usti qizarib shishadi. Odam organizmiga kirgan lichinkalar terming mayda qon tomirlari orqali vena qon tomiriga o'tadi va organizm bo'ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar qon bi - lan oyoqdan o'pkaga, so'ngra halqumga o'tadi. Bu yerda odam lichinkalarni yutib yuboradi, bunday lichinkalar 12 barmoqli ichakka borib o'rnashadi va tekinxo'rlik qilib, jinsiy voyaga yetadi. Egribosh nematodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo'jayini qonini so'rib oziqlanadi. Bunday odam ozadi, ichakdan qon oqadi, natijada bemor kamqon bo'lib qoladi. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bi lan og'iz orqali (suv va oziq-ovqat orqali) ham zararlanishi mumkin. Qiyshiqbosh nematoda xususan janubda, namgarchilik ko'p bo'lgan joylardagi aholi o'rtasida, ayniqsa, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan, shaxtalarda ishlaydigan odamlar o'rtasida keng tarqalgan. Umum а n, qiyshiqb о sh n е m а t о d а qo‘zg‘ а t а dig а n k а s а llik ankilostomoz deb atalib, rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, yer yuzida u bilan 500 mln. ga yaqin odam kasallangan. Bu kasallik MDHda Kavkaz ortida, Qozog'iston va O'rta Osiyo respublikalarida yashovchi aholi o'rtasida ham uchraydi. O'zbekistonda Toslikent, Sirdaryo, Andijon, Farg'ona va Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odam ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun, avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoqyalang yurmaslik, yer va o't ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo'l qo'ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o'rtasida muntazam ravishda degelmintizatsiya o'tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo'l qo'ymaslik, iste'mol qiladigan sabzavot va ko'katlarni qaynoq suvda yuvish, hovuz suvini qaynatib ichish kabi chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim. Ankilostomoz bilan og'rigan odamlar kombantrin, vermoks, naftamon, tetraxloretilin kabi dorilar bilan davolanadi. Trixinella ( Trichinella spiralis ) juda mayda, ya'ni urg'ochisining uzunligi 3-4 mm, erkaginiki 1,5-2 mm atrofidabo'lib, asosan kalamush, it, mushuk, bo'rsiq, cho'chqa va ba'zan odamlarda parazitlik qiladi (56-rasm). Trixinella rivojlanishining hamma davrini tashqi muhitga chiqmasdan, o'z xo'jayinining ichida o'tkazadi. Voyaga yetgan trixinella ingichka ichakda yashaydi. Urug'langan urg'ochilar ichak devoriga o'tib, 2 oygacha yashaydi va shu yerda 2 mingtagacha tirik lichinkalar tug'adi. Lichinkalar ko'chib yuruvchanligi bilan diqqatga sazovordir, ya'ni ular qonga o'tadi va qondan ko'ndalang-targ'il muskul tolalarining orasiga kirib o'rnashib oladi. O'rnashib olgan lichinkalar spiral shaklida buraladi va ularning atrofida shakli limonga o'xshash kapsula hosil bo'ladi. Taxminan 5-6 oydan keyin kapsula ohak- lanib qoladi, ya'ni kapsula devoriga ohak moddalari to'planadi. Har bir kapsulada 1 ta , 2 ta yoki 3 ta lichinka bo'lishi mumkin. Umuman, 1 kg trixinella bilan kasal - langan cho'chqa go'shtida 10-12 mingtagacha lichinka bo'lishi mumkin. Kapsu-laga o'ralgan trixinella lichinkasi to xo'jayini o'lguniga qadar tirik holda saqlanadi, lekin rivojlanmaydi. Odam trixinella lichinkasi bo'lgan cho'chqa go'shtini yaxshi qovurmasdan, yaxshi pishirmasdan iste'mol qilganda parazitni o'ziga yuqtiradi. Odamning ichagida hazm shiralari ta'sirida kapsula erib ketadi va trixinella lichinkasi ichak bo'shlig'iga chiqadi. Bu lichinkalar 2 kundan keyin voyaga yetadi va to'rtinchi kuni ichakning hujayralari orasida urchib, muskullarga o'tadigan lichinkalar tug'adi. Erkaklari urg'ochilarini urug'lantirgach o'ladi. 56- r а sm . Tri х in е ll а ( Trichinella spiralis ): А- urg ‘о chisi , B - erk а gi , V - muskul t о l а l а ri ichid а k а psul а g а o ‘ r а lg а n tri х in е ll а lichink а si , G - t а bi а td а tri х in е ll а ning а s о siy t а rq а lish yo ‘ ll а ri : 1- n е rv h а lq а si , 2- qizilo ‘ ng а ch huj а yr а l а ri , 3- urg ‘о chisining jinsiy t е shigi , 4- b а ch а d о ni , 5- tu х umd о ni , 6- o ‘ rt а ich а gi , 7- urug ‘ d о ni . Trixinella tufayh vujudga keladigan kasallik trixinellyoz deyiladi. Minglarcha trixinella lichinkalari odam ichak devorini teshib o'tganda, og'ir kasallikka va, hatto, o'limga ham olib kelishi mumkin. Bu lichinkalar ichakdan qonga o'tganda, qon orqali muskullar orasiga borib joylashganda va kapsulaga o'ralganda ham bemorga qattiq azob beradi. Umuman, trixinella bilan kasallangan odamlarning harorati ko'tariladi, ovqat hazm qilish sistemasining ishi buziladi va muskullari og'riydi, ko'ngli ayniydi, yuzi va qovoqlari shishadi. Trixinellyozning yashirin davri 10-25 kun davom etadi. Trixinella odamlarga asosan cho'chqa go'shti orqali yuqadi. Cho'chqalarga esa trixinella lichinkasi sichqon va kalamushlarning o'ligini yeyishlari orqali yuqadi. Sichqon va kalamushlarga esa trixinella lichinkasi bir-birlarini yeyishlari yoki kasal bo'lib o'lgan cho'chqa go'shtini yeyishlari natijasida o'tadi. Odamga trixinella lichinkasi yovvoyi to'ng'iz, bo'rsiq va ayiq go'shtini yaxshi pishirmasdan yeyishi orqali ham yuqishi mumkin. Trixinella bilan kasallanmaslik uchun, avvalo, go'sht kombinatlarida va bozorlarda veterinariya nazoratidan o'tmagan cho'chqa go'shtini sotmaslik va ovqatga ishlatmaslik kerak. Iste'mol qilinadigan cho'chqa go'shtini yaxshilab qovurish va pishirish kerak. Trixinelladan saqlanish uchun cho'chqa og'ilxonalari va atronni sementlash, cho'chqachilik xo'jaliklari atrofida uchraydigan kalamush, sichqonlarga qarshi kurash choralarini olib borish va trixinelladan o'lgan hayvonlarni albatta kuydirish kerak. Trixinellyoz bilan kasallangan odamlarni esa vermoks, mintezol, tiabendazol, benzimidazol kabi dorilar bilan davolash tavsiya etiladi. VUXERERIYA yoki BANKROFT IPCHASI (WUCHERERIA BANCROFTI) asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Odamlarda vuxererioz (elifantiazis), ya'ni fil kasalligini paydo qiladi. Bu uzun ipsimon nematoda urg'ochisining uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi. Voyaga yetgan chuvalchanglar limfa bezlarida, ichki a'zolarning qon tomir- larida parazitlik qiladi. Limfa yo'li berkilib qolishi tufayli limfa suyuqligi to'xtab qoladi, zararlangan joy esa juda yo'g'onlashib ketadi (57-rasm). Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo'jayinda boradi. Asosiy xo'jayini odam, oraliq xo'jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes urug'lariga kiradigan chivinlar hisoblanadi. 57-rasm. Odamlarning limfa yo'llarida parazitlik qiluvchi nematoda ( Wuchereria bancrofti ) qo'zg'atadigan fil kasailigi. Urg'ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko'p tirik lichinkalar tug'adi. Bu lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a'zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular periferik tomirlarga o'tadi (58-rasm). Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan odamlaming qonini so'rganida parazit lichinkalan chivin oshqozoniga va undan tana bo'shlig'iga o'tadi. Bu yerda biroz o'sadi va so'ngra xartumi asosida to'planadi. Chivinlar qon so'rish uchun sog'lom odam terisini teshganida, lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga chiqadi. So'ngra bu lichinkalar o'zlari faol harakat qilib, xo'jayin tanasiga kiradi. Umuman, voyaga yetgan parazitlar odam organiz-mida 17 yilgacha, lichinkalari esa 70 kun atrofida hayot kechiradi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin. Kasallikning belgilari: avvalo, allergik holatlar yuzaga keladi, keyin tana harorati ko'tariladi, to'qimalarda shishlar paydo bo'ladi. Voyaga yetgan parazitlar limfa tomirlarida tiqilib qolishi natijasida limfa yo'li berkilib, limfa suyuqligi to'xtab qoladi, bunda zarariangan joylar, ya'ni tana qismlari, shu jumladan, qo'l va oyoqlar juda yo'g'onlashib ketadi. Bu kasallik fil oyog'i deb ataladi. MDH da bu kasallik deyarli uchramaydi. Vuxererioz bilan kasallangan odamlar dietilkarbamazin, ditrazin kabi dorilar bilan davolanadi. Profilaktik chora-tadbirlar - odamlarni vuxererioz tashuvchisi bo'lmish qon so'ruvchi chivinlar chaqishidan himoya qilishdir. 58-rasm. Bankroft ipchasi ( Wuchereria bancrofti ) ning rivojlanish sikli: 1,2-jinsiy yetuk erkak va urg’ochi parazit, 3-asosiy xo’jayini-odam, 4-6-bemor organizmida mikrofilyariylarning rivojlanish davrlari, 7-periferik qon tomirlaridagi mikrofilyariy, 8-parazitning oraliq xo’jayinlari-Culex va Aedes avlodiga mansub chivinlar, 9-chivinlar xartumidagi invazion(yuqumli) lichinka. Diktiokaulyuslar ( Dictyocaulus ) qo'y, echki, qoramol, tuya va yovvoyi kavsh qaytaruvchi hayvonlarning o'pkasi, bronxlari va traxeyasida parazitlik qiladi. Har bir hayvonning o'ziga muvofiqlashgan diktiokaulyus turi bor. Masalan, qo'y va echkilarda - Dictyocaulus filaria , qoramollarda - Dictyocaulus viviparus , ot va eshaklarda - Dictyocaulus arnfieldi , bug'ularda - Dictyocaulus eckerti , tuyalarda - Dictyocaulus cameli kabi turlari parazitlik qiladi. Shularning orasida O'zbekistonda qo'y va echkilarda parazitlik qiladigan Dictyocaulus filaria turi chorvachilikka katta zarar yetkazadi. Bu parazit ipsimon ko'rinishdagi ingichka nematodadir. Urg'ochisining uzunligi 5-15 sm, erkaginiki esa 3-8 sm keladi. Erkagining dum qismida qovurg'ali bursasi va sarg'ish rangli ikkita spikulasi bor. Urg'ochisining vulva teshigi gavdasining o'rtasida yoki boshiga yaqin qismida joylashgan bo'lib, tashqariga ochiladi. Diktiokaulyus geogelmint. Bu parazit bilan ko'proq qo'y va echkilar zararlanadi. Parazit qo'y va echkilaming bronxlarida yashab, urg'ochilari erkaklari bilan juftlashib, traxeya va bronxlar bo'shlig'iga tuxum qo'yadi (59-rasm). Tuxumlar ichida lichmkalar bo'ladi. Hayvon yo'talgan vaqtida parazit tuxumlari bronxial shilliq bilan og'iz bo'shlig'iga keladi va hayvon bu tuxumlarni qaytadan yutib yuboradi. Ovqat hazm qilish organlaridan o ’ ta turib, ichak bo'shlig'ida parazit tuxumlaridan lichinkalar chiqadi va hayvon tezagi bilan tashqariga chiqadi. Tashqi muhitda qulay sharoitda lichinkalar ikki marta po'st tashlab, 6-7 kun ichida yuqumli holatga aylanadi. Agar tashqi muhitda harorat past bo'lsa, lichinkalarning rivojlanish muddati uzayadi. Invazion lichinkalar tashqi muhit sharoitlariga ancha chidamli, ular qurg'oqchilikda 30 kungacha, muzlatilganda esa 15 kun davomida tiriklik qobiliyatini saqlab qoladi. Namlikda lichinkalarning faolligi yanada ortadi. Yomg'irdan keyin lichinkalar o'tlar bo'ylab tik harakat qiladi, natijada mollarning diktiokaulyuslar bilan zararlanishi ortadi. Qo'y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini o'zlariga ko'katlar, yem- xashaklar va suv orqali yuqtiradi. Qo'y va echkilar parazitning invazion lichinkalarini o'zlariga ko'katlar, yem- xashaklar va suv orqali yuqtiradi. Hayvon organizmiga tushgan lichinkalar ingichka ichak shilliq qavati devorini teshib, limfa tugunlariga o'tib rivojlanadi va oxirgi marta po'st tashlab, limfa tomirlari orqali qon tomirlariga va qon oqimi bilan o'pkaga keladi. Lichinkalar o'pka qon tomirlari va parenximasini teshib bronxlarga o'tadi, bu yerda rivojlanishni davom ettirib, 1-2 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Qo'y va echkilar organizmda 5-6 oydan 1,5-2 yilgacha parazitlik qiladi. Diktiokaulyuslar keltirib chiqaradigan kasallik diktiokaulyoz deyiladi. Bu kasallikning tarqalishiga yil fasllari, hayvonlarning yoshi, tabiiy iqlim sharoit muhim rol o'ynaydi. O'zbekistonda qo'y va echkilar diktiokaulyus lichinkasi bilan sug'oriladigan hududlarda - asosan kuz va bahor oylarida, dasht va yaylovlarda -kuz oylarida, tog' va tog'oldi hududlarida esa - bahor va kuz oylarida hamda qish oylarining boshlarida zararlanadi. Kasallangan qo'y va echkilarda kasallik yuqqan-dan 15-20 kundan keyin yo'tal paydo bo'ladi. Keyinchalik ular o'sishdan orqada qoladi, oriqlab ketadi, junlari siyraklashadi. Burun teshigidan suyuqlik oqadi. Darmonsizlanib joyidan tura olmaydigan bo'lib qoladi. Agar davolanmasa, kasallangan hayvonlarning 10-70 % nobud bo'ladi. Kasallangan mollarni davolash uchun ularni muntazam ravishda degelmintizatsiya qilib turish. lozim. 59- rаsm . Dikti о k а ul а lar ( Dictyo- caulus filaria ) ning riv о jl а nish sikli s хе m а si: 1 - erk а gining dum qismi; 2 - I-b о sqich lichink а si; 3 - II-b о sq ichlichink а si; 4 – yuqumli hol а td а gi III-b о sqich lichink а si Qo'y va echkilar diktiokauloziga qarshi panakur, nilverm, rintal, ditrazin, loksuran va boshqa pre-paratlar ishlatiladi. Kasallikni yuqtirmaslik uchun esa mol boqiladigan yaylovlarni tez-tez almashtirib turish, qo'ton va molxonalami sanitariya-gigiyena tomonidan toza tutish lozim. Telyazi yalar. Bu nematodalar sutemizuvchilar va qushlar ko’zida parazitlik qiladi. Ular ayniqsa orasida keng tarqalgan bo’lib, telyazioz kasalligini keltirib chiqaradi. Telyazioz qo’zg’atuvchilari asosan , Thelazia rhodesi , Th.gulosa va Th.skrjabini turlari hisoblanadi. Telyazioz O’zbekiston sharoitida yoz va kuz oylarida uchrab, chorvachilik xo’jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik bilan kasallangan qoramollar ko’r bo’lib qolishi ham mumkin. Suti va vazni kamayadi. Respublikamizning turli mintaqalarida qoramollarning telyazioz bilan umumiy zararlanishi 5,8 % dan 31 % gacha boradi. Qoramollarning telyazioz bilan zararlanishi yil fasllariga va Respublikamiz landshaftlar i ga qarab ham o’zgari turadi. Telyaziylar orasida - Thelezia rhodesi turi eng ko’p tarqalgan bo’lib, xavfli turlardan biri hisoblanadi. Erkaklarining uzunligi 5–16 mm, spikulalarining kichikligi hamda kutikulasining arra tishchali shaklida ko’ndalang chizilmaganligi bilan boshqa ikki turdagi telyaziylardan farq qiladi. Urg’ochilarining uzunligi 11- 19 mm. Og’iz kapsulasi orqa tomoniga nisbatan bir muncha kengaygan. Yuqoridagi uch tur telyaziylar faqat qoramollarda parazitlik qiladi. Thelezia rhodesi kon’yuktiv xaltachasiga va uchinchi qovoq ostida joylashadi. Qolgan ikki tur telyaziyalar esa ko’z yoshi bezlarining yo’lida va uchinchi qovoq ostida parazitlik qiladi. Telyaziylar oraliq xo’jayinlar – pashshalar ishtirokida rivojlanadigan biogelmintlar hisoblanadi ( 60 -rasm). 60-rasm. Qoramollar ko’zida parazitlik qiluvchi Thelazia rhodesi nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. O’zbekistonning turli mintaqalarida qoramollarda uchrovchi telyaziyalarning oraliq xo’jayinlari sifatida pashshalardan – Musca larvipara va M.domestica turlari ishtirok etishi aniqlangan. Respublikamizning ayrim hududlarida pashshalar telyaziylar lichinkalari bilan 0 , 2 % dan 1 , 6 % gacha zararlangan. Telyazi y lar kasallikka moyil hayvon lar organizm i ga kuchli patogen ta’sir ko’rsatib har xil mikroblarni ko’zga tushib rivojlanishiga sabab bo’ladi. Chunki qoramolning kon’yuktiv shilliq pardasi telyaziylar tomonidan qitiqlanib jarohatlanishi mikroblarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Telyaziylar kon’yuktivda harakat qilib, tishchalar kabi ko’ndalang chizilgan kutikulasi bilan ko’zning shox va shilliq pardalarini jarohatlaydi. Buning natijasida 2-3 kun davomida mol ko’zidan yosh oqib turadi. Ko’zning muguz qatlami sekin– asta g’uborlanadi. Yallig’langan kon’yuktivi shishib, ko’z qovoqlari ko’zni bekitib qo’yishi mumkin. Ko’z qovoqlarining tagidan yiringli suyuqlik oqib kipriklarga yopishgan holda quriydi. Telyaziy rodeziy qo’zg’atadigan telyazioz hayvon kon’yuktivasining alternativ yallig’lanib epiteliy va uning atrofidagi to’qimalarida quruq nekroz rivojlanishi bilan xarakterlidir. Ko’zning muguz pardasida degenerativ jarayonlar rivojlanib eroziylar, yarachalar paydo bo’ladi. Muguz qatlami teshilib ko’z gavhari ham zararlanishi mumkin. Kelgusida ko’zning kuchli xiralashgan muguz pardasi bir oz qizarib, ko’z olmasi bo’rtadi, qon tomirlari gipermiyalashadi. Ko’z muguz qatlami to’qimalari parchalanib oval yoki dumaloq shaklda tekis qirrali yara hosil qiladi. Telyazioz bilan xastalangan qoramol bezovtalanadi, yorug’likka qaray olmaydi. Kon’yuktivi yallig’lanadi, ko’zidan yosh oqadi, hatto qovoqlar yopishib qoladi, ayrim hayvonlarning ko’z muguz pardasi yallig’lanib yarachalar ko’payadi, hayvon ko’r bo’lib qoladi. Kasallik odatda 4–8 hafta davom etadi. Telyazioz ayniqsa buzoqlarda og’ir kechadi. Qoramollar orasida ko’z kon’yuktivi va muguz pardalarning surunkali yallig’langanligi sezilsa bunday mollar telyazioz deb gumon qilinadi. So’ngra qo’zg’atuvchilari topilib tasdiqlanadi. Bu maqsadda barmoq bilan ko’zning ichi eziladi, pintset yoki qovoq ushlagich bilan uchinchi qovoq ko’tariladi, nam paxta tampon bilan ko’zning ichki burchagidan shilliq olinadi yoki ignasiz shpris bilan ko’zga bor kislotasining 2-3 % li eritmasi purkalib yuvindi to’planadi. Ko’zdan olingan yuvindi va shilliq qora rangli kyuvetaga solinib yaxshilab ko’zdan kechiriladi. Bunda oq rangli parazit nematodalar ko’zga tashlanadi. Xo’jalikni telyaziozdan sog’lomlashtirish uchun hamma kasal va sog’lom qoramollarni davolash taklif etiladi. Buning uchun 2-3 % li bor kislotasi yoki yodning suvdagi (1:2000) eritmalari bilan molning ikkala ko’zi yuviladi, 0,5 % li lizol eritmasi bilan yuvish ham yaxshi natija beradi. Ko’zni ichi rezinkali sprinsovka yordamida yuvish qulay. Birinchi marta yuvishdayoq telyaziyning ko’pchiligi yuvilib chiqadi, ammo ko’z yosh kanalchasida 2 % ga yaqin telyaziylar qolishi mumkin. Ko’zda telyaziy qolmasligi uchun 5-6 kun o’tkazib yana ikki marta yuviladi, bir hayvon ko’zini bir marta yuvish uchun o’rtacha 50-75 ml eritma tayyorlanadi. Kasal hayvonlar maxsus ajratilgan joyda davolanadi. Davolash ishlari tugagach o’sha joyga so’ndirilmagan ohak sepiladi. Kasallik birmuncha rivojlanganda dezinfektsiya qiladigan nordon dorilardan tayyorlangan ma lham lar ishlatiladi. Bu maqsadda pinisillin, sulfamid preparatlaridan foydalaniladi. Telyaziylarni tarqatuvchi oralq xo’jayinlari-pashshalarga qarshi kurashish lozim. Buning uchun hayvonning ko’z atrofiga degat yoki kreolindan tayyorlangan malham surtiladi, boshiga esa geksaxlorandan tayyorlangan 0,5 % li kraxmal suspenziyasi sepiladi. Urg’ochi telyaziylar tirik lichinka tug’adi. Bu lichinkalarni oraliq xo’jayini - pashshalar qoramolning ko’z yoshi bilan yutib zararlanadi. Lichinkalar pashshaning ichida yashab bir oy davomida tullaydi, so’ngra rivojlanib yuqumli, ya’ni invazion davriga o’tadi. Invazion lichinkalar pashshaning oshqozoniga tushib, keyin uning xartumiga qarab harakat qiladi. Bunday pashshalar ya na qaytib qoramolning ko’zi atrofi g a qo’nganda xartumidan invazion lichinkalar chiqib q oramolning ko’z i ga kiradi va telyazio z bilan zararlaydi. Hayvon ko’ziga tushgan lichinkaning uzunligi 6 mm bo’lib, 15-20 kunda voyaga yetgan erkak va urg’ochi telyaziylarga aylanadi. Telyaziylar qoramollar ko’zida bir necha oy yashaydi. Ayrim nusxalari hatto bir yildan ko’proq parazitlik qiladi. Qoramollar asosan yozda yaylovda suv manbalarida oraliq xo’jayin pashsha orqali telyazioz bilan zararlanadi. Telyaziylardan eng ko’p tarqalgani Thelazia rhodesi, ammo Sibir va Uzoq Sharqda uchta turning hammasi keng tarqalgan. Telyazioz mavsumiy kasallik bo’lib, yoz oylarida va qishda uchraydi. Qoramol ko’zidan va burnidan yil davomida telyaziy topilib turadi. Ammo yozda iyul, sentyabr oylarida ko’proq bo’ladi. MDHda telyaziy shimoliy mintaqalardan tashqari hamma joyda tarqalgan, ammo Ukraina va MDHning Janubiy hududlarida ko’proq uchraydi. Teyaziylar oraliq xo’jayini - pashshalar yaylovdagi qoramol tezagiga tuxum qo’yganda rivojlanadi. Iyun oyidan to sentyabr oyigacha qanotli pashshalarga aylanadi. Onxotserkalar( Onchocerca )dan - Onchocerca volvulus va Onchocerca coecutiens odamlarda, Onchocerca lienaiis va Onchocerca gutturoza qoramollarda, Onchocerca cervicalis esa otlarda parazitlik qiladi. Onxotserkalar oqish rangli nematodalar bo'lib, tanasi ipsimon, ikki tomonga ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm dan 11 sm gacha boradi. Ularning rivojlanishi ikkita xo'jayinda ketadi. Asosiy xo'jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar hisoblansa, oraliq xo'jayinlari qon so'ruvchi chivinlardir. Onxotserkalar asosiy xo'jayinlari organizmida teri ostida, paylar, taloq pardasi ostida va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to'qimali yo'llar hosil bo'ladi. Odamlarda bu yo'llar tanasining turli qismlarida, ko'pincha bo'g'imlar, qo'1-oyoq va boshida to'planadi. Lichinkalar - mikrofilyariyalar teri qatlamida yashab, terming ichida yara hosil qiladi va pigment ajralishini buzadi. Ba'zan parazit lichinkalari ko'zni ojizlantirib, hatto ko'r bo'lishiga olib keladi. Odam va hayvonlarda uchrovchi onxotserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda chivinlar bo'lib, parazit lichinkalarini qon so'rganda kasallangan hayvonlardan sog'lom mollarga yuqtiradi. Odamlarga ham xuddi shu tarzda yuqtiradi. Odamlarda onxotserkoz kasalligi, asosan, Afrika mamlakatlarida va Amerikada tarqalgan. Odamlarda uchrovchi onxotserkalarning oraliq xo'jayinlari Simulium urug'iga kiruvchi chivinlar hisoblanadi. Hayvonlarda onxotserkozlar yer yuzida, jumladan, O'zbekistonda ham keng tarqalgan. Ulardan, ayniqsa, otlar va qoramollar ko'p zararlanadi. Onxotserkalar xalq xo'jaligiga juda katta zarar keltiradi. Onxotserkalar O'zbekistonda qoramol terisini zararlashi tufayli teri sifatini pasaytirib yuboradi va natijada teri zavodlari har yili bir necha millionlab so'mdan mahram bo'ladi. Bundan tashqari, kasallangan hayvonlarning boshqa mahsuldorligi ham keskin kamayib ketadi. Qoramol onxotserkalari. Qoramollarda yuqorida ta’kidlanganidek, onxotserkalarning ikkita turi, ya’ni - Onchocerca gutturosa va Onchocerca lienalis turlari parazitlik qiladi. Birinchi tur parazit bo’yin payida, ikkinchisi esa gastrolienal bog’lag’ichda parazitlik qiladi. Onxotserkalarning ingichka ipsimon, tanasaning uzunligi erkaklarida 28,3-33,8 mm va urg’ochilarida 100 mm dan ortiq bo’ladi. Urg’ochilarining kutikulalari yo’g’on halqalar bilan qoplangan. Erkaklarida esa ingichka chiziq ko’rinishida. Erkaklarida ikkita ko’payishga yordam beradigan spikulasi bor. Urg’ochisining vulvasi tanasining oldingi qismiga ochiladi. Lichinkalarining uzunligi 0,17-0,249 mm va eni 0,029-0,0043 mm keladi. Onxotserkalarning oraliq xo’jayinlari, Simulida oilasiga kiruvchi mayda chivi- Simulium arnotum orqali rivojlanadi. Onxotserkalarning urg’ochilari tirik lichinka tug’adi. Ular keyinchalik terida harakatlanadi. Mayda chivinlar qon bilan oziqlanayotib parazit lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chivinlar qoramollarga hujum qilib onxotserka lichinkalarini ham yutib yuboradi. Mayda chiviyular qoramollarga hujum qilib onxotserka lichinkalarini yuqtiradi, qoramol organizmida lichinkalar voyaga yetadi. Onxotserka lichinkalarining rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bog’liq bo’lib, 19-35 kunga to’g’ri keladi. Qoramol ko’pincha yozda simulidlar uchish davrida zararlanadi. Teridagi onxotserka lichinkalarini topib kasallik aniqlanadi. Buning uchun qoramol qorin terisi kesib olinib, fiziologik eritma tomdirilgan buyum oynasi ustiga qo’yiladi va yaxshilab parchalanadi. 10-15 minut o’t g ach teri tolalari olib tashlanadi, so’ngra fiziologik eritma mikroskopda tekshiriladi . Onxotserkoz bilan asosan, ikki yoshdan ka t ta bo’lgan qoramollar kasallanadi. Onxotserkoz bilan kasallagan qoramollarni ditrazinning suvdagi eritmasi (1; 1,5) teri ostida 1 kg tirik vazniga 0,1 mg dan yuboriladi. Bir sutkada to’rtta in’ektsiya o’tkaziladi. Onxotserkozga qarshi kurashish va oldini olish uchun birinchi navbatda qoramol qornining pastki devori son va boldirning ichki yuzasi yon tomirlari, ko’krak va qorin insektitsidlar bilan changlantiriladi. Mayda chivinlar uchadigan paytda hayvonlarga har uch kunda, uchish o’rtalarida esa har 10 kunda bir marta dori sepiladi. Qoramol yaylovda boqilganda soyabonli bostirmalar quriladi. Simulidlarning hujum qiladigan paytida mollarni molxonalarda boqish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida ta’kidlanganidek, onxotserkozning qo’zg’atuvchilari uzun ingichka nematodalardir. Jinsiy yetilganlari hayvonning chandir va paylariga, lichinkalari esa teri orasiga kirib oladi . Onxotserkozga chalingan qoramollarda yaqqol ko’zga tashlanadigan kasallik alomatlari sezilmaydi va harom o’lish hollari ro’y bermaydi, lekin kasallik iqtisodiy jihatdan katta zarar yetkazadi. Teri zavodlarida, onxotserkozdan zararlangan mol terilaridan past sifatli mahsulot olinadi. Q oramollarda onxotserkozdan zararlanish respublika bo’yicha 13,5 % dan 26,8 % gacha, ot va eshaklarda esa 68 , 8 - 70 % gacha boradi . Kasallikning yuqishi ko’pincha Toshkent, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlari xo’jaliklarida, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasida uchraydi. Eng ko’p zararlanish yoz oylarida kuzatiladi. Ot onxotseralari. Ot va eshaklarda asosan, Onchocerca cervicalis nematoda turi parazitlik qiladi. Bu turdan tashqari otlarda Onchocerca reticulata turi ham uchraydi. Onxotserkoz otlarda keng tarqalgan bo’lib oyoq, bo’yin, ensa yag’rinining pay va bo’g’inlari ko’proq shikastlanadi. Kasallangangan otlarning yag’rini, bo’yni, ensasi va boshqa organlari yiringlaydi. Onchocerca cervicalis ingichka oq rangdagi nematoda bo’lib, urg’ochilarining uzunligi 1 m, erkaklariniki 25-30 sm ga yetadi. Bu nematoda ko’rinishidan ingichka oq ipni eslatadi. Kutikulasi qalinlashgan va kichkina taroqcha ko’rinishida. Urg’ochilari tirik tug’adi, lichinkalarining uzunligi 0,22 - 0,25 mm, eni esa 0,004 - 0,005 mm, bigizsimon shaklda. Lichinkalarining bosh tomoni yumaloq bo’lish bilan xarakterlanadi. Parazitlar ko’pincha trapetsiyasimon muskulning pay bog’ichlarida, kurak usti bog’lamida, ensa bog’lagichining kapyushonsimon kengaygan erida joylashadi, ba’zan muskul to’qimalarida, tog’aylarda va charvi asosida, shuningdek, ko’krak umurtqalarning o’simtalarida va kurak suyagining tog’ay qismida joylashadi. Onchocerca reticulata oldingi aytilgan turdan erkaklarining dum tuzilishi bilan farqlanadi. Bu nematodalar tushov bo’g’imida, bukuvchi paylarda, oyoqlarning pay sohasidagi teri osti to’qimalarida joylashadi ( 61 -rasm) . 61-rasm. Otlar terisida parazitlik qiluvchi Onchocerca reticulate nematodasi: 1-erkak nematodaning bosh tomoni, 2-erkak nematodaning dum tomoni, 3-nematoda tanasining bir qismi, 4-otning onxotserkoz bilan zararlangan payi, 5-teri onxotserkozi bilan zararlangan otning bo’yni.Onxotserkalar hamma filyariylar kabi oraliq xo’jayinlar – qon so’ruvchi chivinlar ishtirokida rivojlanadi. Onchocerca cervicalis ning oraliq xo’jayini Culicoides zaxkash chivinlar avlodi hisoblanadi. Onxotserkalar bilan zararlangan otlardan parazit lichinkalari tashqi muhitga chiqa olmaydi. Parazit lichinkalari terining chuqur qatlamidagi hujayra o’rtasida, shuningdek, bo’g’inlar-ning sinovial suyuqliklarida va pay qillarida uzoq muddat saqlanadi. Zaxkash chivinlar qon so’rish uchun otlarga hujum qiladi, natijada terida joylashgan onxotserka lichinkalarini yutib zararlanadi. Bu lichinkalar chivin tanasida rivojlanib 24 kundan so’ng invazion bosqichga aylanadi. Chivinlar sog’lom otlarni chaqqanda zararlaydi. Bu faqat yoz faslida, ya’ni chivinlarning uchish davrida ro’y beradi. Otlar asosan yaylovda zararlanadi. Chivinlarning uzunligi 3 mm keladi. Ular hamma joyda tarqalgan va otlarga erta tongda, iliq tinch kechalari, yomg’ir yog’ish oldidan yopishib bo’yni, yag’rin orqasi yoli orasiga joylashib oladi. Shunisi qiziqki, qon va limfani faqat urg’ochi chivinlar so’radi. Onxotserka bilan ko’pincha 8-10 yoshdagi otlar zararlanadi. Parazitning patogenli ta’siri invaziyalanshi darajasi organizmning umumiy holatiga bog’liq. Qator tumanlarda onxotserkalar otlarning deyarli hammasida uchraydi, biroq onxotserkozning aniq klinik belgilari kuzatilmaydi. Ba’zi bir otlarda onxotserkoz yuqumli nekroz bilan og’ir kasallanadi. Parazitlar ensa, bo’yin bilan kurakni biriktiruvchi to’qimalarigi joylashib, u erni jarohatlaydi va yallig’laydi, ya’ni bu joylarda ko’pincha elka qismining ikkinchi va uchinchi ko’krak umurtqalarning qiltiqli o’simtalarigacha, mayda va qattiq shishlar paydo bo’ladi. Bu shishlar sekin- asta kattalashadi. Bu hodisa 1-2 oy davom etib sog’ayshi yoki onxotserkozning patogenli ta’sirada yiring hosil qiluvchi infektsiya bilan og’irlashishi mumkin. Natijada yiringli nekrotik manbalar paydo bo’ladi. Onxotserkozlar teri usti va teri osti to’qimalariga joylashib, diametri 2 sm dan 9 sm gacha qattiqlashgan joylar (100 gacha) kuzatiladi. Bu joyning juni to’kilib sezgirligi pasayadi. Onchocarca reticulata ta’sirida paylar yallig’lanadi va mol oqsoqlay boshlaydi. Kasallik surunkali shaklda kechadi. Kasallikning boshlanishida yag’rin, bo’yin va orqa, ba’zan kurak va tananing yon tomonlarida hajmi tovuq tuxumidek, deyarli og’riqsiz shishlar paydo bo’ladi. Oqma yaralardan parazit qismlari bilan aralashgan shilliqlarning suyuqligi oqadi. Oqma teshigining atrofi odatda qadoqlashadi. Tirik ot onxotserkozining yashirin formasini kichik teri bo’lakchalarini dermolyarvoskopiya usulida tekshirish natijasiga qarab aniqlash mumkin. O’lgan otlarni yorib qaraganda ayniqsa yag’rin, bo’yin, ensaning bog’lagich qismlaridan, payli to’qimalari va oyoqlarning bukuvchi paylaridan parazitlar va ularning lichinkalari to’kilishi kuzatiladi. Onxotserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng asosiysi parazit tashuvchilarini yo'qotishdir. Buning uchun esa chivinlar ko'payadigan joylarga insektitsidlardan foydalanish kerak. Kasallangan odamlarni dietilkarbamazin, ditrazin, suramin kabi dorilar bilan davolashadi. Qoramol onxo- tserkoziga qarshi esa faskoverm va ivomek preparatlaridan foydalaniladi. Qoramol stefanofilyari yalari. Qoramol larda asosan, Stephanofilaria stilesi va S. assamensis turlari parazitlik qiladi. U larining uzunligi 3-8 mm va yo’g’onligi 0,100-0,117 mm keladi. Bu nematodalar qora mol lar ning qorin terisini, y elinini hamda quloq ichki tomonining o’rta qismini zararlaydi. Terining bunday qismlarida kattaligi 7 mm dan 100 mm gacha boradigan sal qizargan yaralar paydo bo’ladi. Stefanofilariyalar teri orasiga kirib dermotidlar hosil qiladi. Hayvonning kasallangan joylari qattiq qichiydi va hayvon bezovtalanadi, natijada mahsuldorligi anchagina pasayadi. O’zbekistonning turli mintaqalarida qoramollarning stefanofilarioz bilan umumiy zararlanishi 4,65 % dan 78,1 % gacha boradi. Aksari bitta hayvonda nematodalarning ikki turi ham uchraydi. Stefanofilariyning oraliq xo’jayinini aniqlash maqsadida Respublikaning har xil mintaqalarida qon so’ruvchi pashshalarning 3 turi chaqqir sigir pashshasi, kichik sigir pashshasi va kuzgi pashshalar oraliq xo’jayin sifatida aniqlangan (62-rasm). Pashshalarning stefanofil a riy lichikalari bilan zararlanishi respublika bo’ yicha 0,7 % dan 5 % gacha boradi. Pashshalarda stefanofilariy lichinkasi birinchi marta aprel oyi oxirida topilgan. Pashshalar stefanofil a riy lichinkalar i bilan may oyida eng ko’p ( 5 %),iyunda esa ancha kam (0,8 % ) zararlanadi. Ikkinchi marta ko’payishi (1,5 %) sentyabrda ro’yxatga olingan. Qon so’ruvchi pashshalar ertalabki va kechki soatlarda juda ko’payib, aktivlashadi. Issiq paytlarda ular oziqlanish joyini tark etadi va hayvonlarda faqat yakkam- dukkam uchraydi. Ularning asosiy qismi to’qay yaqinidagi o’t-o’lanlar orasiga yashirinib oladi. Stefanofilariozning epizootologik zanjirida bog’lovchi zveno-qon so’ruvchi pashshalar bo’lib, ular parazit lichinkalarini mollarga yuqtirib turadi. Stefanofilariy lichinkalari bilan zararlangan qon so’ruvchi pashshalar yopirilib qoramollarni zaralaydi. 62 -rasm. Qoramollarning quloq suprasida parazitlik qiluvchi Stephanofilaria stilesi nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. Stefanofilariyning rivojlanish tsikli quyidagicha boradi. Jinsiy etuk stefanofilariylarning urg’ochilari qoramol terisi ostida parazitlik qilib, tuxum qo’yadi. Stefanofilariozli hayvonlarda oziqlanayotgan qon so’ruvchi pashshalar parazitning tuxumlarini yutib yuboradi. Pashshalarda parazit tuxumlaridan lichinkalar rivojlanadi, ular hasharotning xartumchasiga etib keladi va pashshaning navbatdagi oziqlanishida xartumchadan asosiy xo’jayini-qoramolning terisiga o’tadi. Muntazam olib borilgan tadqiqotlarning natijasiga ko’ra, oraliq xo’jayin organizmdagi stefanofilariy lichinkalari 26-30 o S issiqda 25-27 kunda invazion davrga yetadi. Qon so’ruvchi pashshalar bahor, yoz, kuz fasllarida, asosan may va sentyabr oylarida stefanofilariy tuxumlari bilan zararlanadi. Definitiv xo’jayinlarning stefanofilariy bilan zararlanishini aniqlash uchun qoramollardan olingan qariyb 3500 ta teri namunalari tekshirildi. Ma’lum bo’lishicha, hayvonlarning stefanofilariy bilan zararlanishi yil fasllariga bog’liq bo’ladi va respublikamizning turli hududlarida jiddiy farq qiladi. O’zbekistonning tadqiq qilingan hamma tumanlarida stefanofilarioz topilgan. Qoramollarning stefanofilarioz bilan zararlanishi respublikamizning turli mintaqalarida 5 % dan 78 % gacha o’zgarib turdi. Qoramollarning zararlanishi dinamikasida ham yil fasllari va landshaftga qarab jiddiy tafovut qilishi qayd etilgan. Masalan, cho’l zonasida mollarning eng ko’p kasal yuqtirishi yoz va qish fasllarida, tog’ oldi va tog’ zonasida esa bahor va kuzda ro’y beradi. Bizning fikrimizcha, cho’l zonasida mollarning yozda eng ko’p zararlanishi ularning bahorda kasal yuqtirishi tufayli, qishda esa kuzda zararlanishi natijasida sodir bo’ladi. Tog’ oldi va tog’ zonasida boshqacha manzara ko’zga tashlanadi. Bu erlarda mollar asosan yozda zararlanadi, buning natijasida kasallikning eng zo’rayishi kuzda qayd etiladi. Qoramollar kuz boshida ham zararlanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, stefanofilariy invaziyasining bahorda yuqori darajada bo’lishi mollarning oldingi yilning yoz-kuz fasllarida zararlanishi natijasidir. Stefanofilarioz dinamikasidagi qayd etilgan tafovutlar O’zbekistonning ekologik sharoitlariga, shuningdek, oraliq xo’jayinlarining bioekologik xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. Bahorda mollar tekshirilganda ularda asosan jinsiy etuk stefanofilariylar va parazit tuxumlari topilgan, yozda esa jinsiy etuk stefanofilariylar birmuncha kamayib, invazion lichinkalar ko’paygan. Kuzda va qishda mollarning zararlangan teri qismlarida asosan ichida to’liq tuxum va lichinkalari bor jinsiy etuk stefanofilariylar uchraydi. Demak, stefanofilarioz kuchli darajada va xronik holda ro’y beradi. Kasalning kuchli formasi bahor oxiri va yozda sodir bo’ladi, buni stefanofilariyning lichinkali xili deyiladi. Bu holda seroz-gemorragik eksudat ko’plab ajraladi va o’sha joy qattiq qichiydi va natijada mol bezovtalanadi. Kasallikning kuchli formasi kuz va qishda xronik holatga o’tadi, bu paytda barcha stefanofilariylar jinsiy etuk davrga aylanadi. Bu holat da terining shikastlangan q ism lari och kul rang tusga kirib qoladi. Shu bilan birga mollar ham bezovtalanmaydi, lekin ularning organizmida parazitlarning mavjud bo’lishi salbiy ta’sir ko’rsatadi. Stefanofilyarioz kasalligiga yo’liqqan qoramollarni davolash uchun ko’plab miqdorda preparatlar sinab ko’rilgan. 40 % li xlorofos malhami eng samarali hisoblanadi. Uni terining shikastlangan qismlariga surtiladi. Har bosh molga 10 g preparat sarflanadi. Yaylov mavsumida mazkur dori ishlatilsa terapevtik samara olishdan tashqari hayvonlarning qayta zararlanishiga ham barham beriladi, chunki preparatning insektitsid sifatida ta’sir qilishi 20-25 kungacha davom etadi. Shu bilan birga necha bor dorilanishi pashshalarning tabiatda qancha vaqt yashashiga qarab belgilanishi lozim. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, O’zbekiston sharoitidagi yaylov mavsumida qoramol terisining zararlangan joylarini 3-4 marta dorilash kifoyadir. Shuningdek, terining zararlangan joylarini neguvanning 2-3 % li eritmasi bilan dorilash tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun stefanofilyariyning oraliq va definitiv xo’jayinlarini bog’laydigan vositalarni yo’qotishga imkon beradigan tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bunda yaylov faslida sigir pashshasi va kuzgi pashshalarga qarshi kurash ishlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular respublikamiz sharoitida aprelda ucha boshlab, noyabrda to’xtaydi. Pashshalarni yo’qotish maqsadida mollarga fenotiazin ediriladi. Qoramol uchun sutkalik dori miqdori tirik vaznining har bir kg hisobiga 0,02 g ni tashkil qilishi kerak. Bu preparat tuzga yoki emga aralashtirib beriladi. Qoramolning tezagi bilan tushgan fenotiazin sigir pashsha va kuzgi pashshalarning lichinkalariga qarshi ham hisoblanadi. Chorva mollari parabronem alari. Chorva mollari da parazitlik qiladigan – Parabronema skrjabini ning uzunligi 3 mm dan 45 mm gacha boradi gan tiniq qizil rangli nematoda. U kavsh qaytaruvchi uy hayvonlari va ayrim tuyoqli yovvoyi hayvonlarning oshqozonida tekinxo’rlik qiladi. Parabronemalar asosan oshqozonning pilorik qismida to’planib, shilliq pardaga kiradi, buning oqibatida gastrit kasalligi rivojlanadi. Qoramollarning parabronemoz bilan zararlanishi Qoraqalpog’iston Respublikasida 56,1 % ni, Surxondaryo viloyatida 8,1 % ni, Jizzax viloyatida 4,0 % ni, Buxora viloyatida 4,4 % ni, Navoiy viloyatida 11,1 % ni va respublika bo’yicha 28,2 % ni tashkil etadi. Parabronemalar O’zbekistonda qo’y va tuyalar orasida ham keng tarqalganligi qayd etilgan. Shu bilan birga, invaziyaning eketensivligi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha qo’ylarda 14,2 % ga, Jizzax viloyatida 3,7 % ga, Buxoro viloyatida 17,6 % ga, Navoiy viloyatida 9,3 % ga va respublika bo’yicha 10,1 % ga boradi. Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi xo’jaliklarda hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida parabronemalar tuyalarda ham keng tarqalganligi aniqlangan. Invaziya ekstensivligi shunga muvofiq ravishda 33,3 %, 12,8 % va 30 % ni va respublika bo’yicha 21,9 % ni tashkil etdi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ayrim turlarida parabronema yuqishida yil fasllari va ayrim hududlarda jiddiy tafovut mavjudligi qayd etilgan. Masalan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qorako’l qo’ylari orasida parabronema bahorda 5,7 % ni tashkil etadi, yozda esa 3,3 % gacha kamayadi, kuzda yana 7,1 % gacha ko’tariladi va qishda maksimal darajada ko’payib 27,8 % ga etadi. Qoramollarda esa parabronema asosan kuzda yana 7,1 % gacha ko’tariladi va qishda (11,1 %) ko’p qayd etilgan. Bahorda u kamaygan (7,7 %), yozda esa parabronema umuman uchramagan. Tuyalarning kasal yuqtirishi bahorda (25 %) va kuzda (30,8 %) ko’payadi, qishda u 14,3 %ni tashkil etdi, yozda 9,1 % gacha kamaydi. Bunday qonuniyat Respublikamizning boshqa regionlarida ham aniqlangan. O’zbekiston sharoitida parabronemaning oraliq xo’jayinlari bo’lib, kichik sigir pashshasi, janubiy sigir pashshasi va kuzgi pashsha ishtirok qiladi (63 -rasm ) . Qon so’ruvchi pashshalarning parabronema lichinkalari bilan umumiy zararlan ish i 0,7 % dan 3,7 % gacha boradi . O’zbekiston sharoitida oraliq xo’jayinlarda parabronemaning yuqumli lichinkalari aprel oyining ikkinchi dekadasida aniqlangan, bu esa MDH ning boshqa mintaqa lariga nisbatan 2 oy ertaroq rivojlanadi. Tadqiqot ish lar ning natijasiga ko’ra pashshalarning kasallikni maksimal darajada yuqtirishi aprelning oxiri va may oyining boshlarida qayd etil gan , ya’ni 7,2-8,6 %. Iyun-iyulda u birmuncha pasayib (1,4-1,3 %). sentyabr, oktyabrda yana ko’tariladi (1,7-12,5 %). Urg’ochi parazit tuxum qo’yadi va bu tuxumlar hayvon go’ngi orqali tashqi muhitga chiqadi. Pashshalar ham tuxumlarini faqat hayvon go’ngiga qo’yadi. Taxminan bir sutkadan keyin pashsha tuxumlaridan lichinkalar paydo bo’ladi, ular hayvonlar go’ngini eb, parazit tuxumlarini ham yutadi. Pashsha lichinkalari ichida parabronema tuxumlaridan lichinkalar chiqadi, u hasharot tanasi bo’shlig’iga oson o’tadi, so’ngra pishsha lichinkalari pashshaga aylanishi bilan bir vaqtda parabronema lichinkalari ham rivojlanadi, pashshalar voyaga etganidagina parabronema lichinkalari yuqumli holatga aylanadi. 63-rasm. Chorva mollarining oshqozonida parazitlik qiluvchi Parabronema skrjabini nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. Chorva mollarga parabronema lichinkalari og’iz bo’lig’i orqali yuqadi. Pashshalar hayvonning ho’l va issiq lablarida o’rmalab, xartumi orqali parabronemaning yuqumli lichinkalarini chiqaradi. Chorva mollarga parabronema aprelning ikkinchi dekadasidan oktyabrning oxirigacha yuqadi, bunda kasallikning yuqish intensivligi turlicha bo’ladi. Hayvonlar gelmintlar bilan eng ko’p zararlanishi may va sentyabr-oktyabrda kuzatildi, bu vaqt qon so’ruvchi pashshalarning ko’payishi davriga to’g’ri keladi. Demak, chorva mollarida parabronemaning keng tarqalganligi ularning cho’l sharoitiga moslashganligidan dalolat beradi. Garchi qon so’ruvchi pashshalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi, nisbatan past bo’lasada biroq ayrim biotoplardagi bu pashshalar sonining ko’pligi bizningcha, parabronema epizootologiyasida sezilarli rol o’ynaydi. Chorva mollarni parabronemozdan davolashda fenotiazin yaxshi samara beradi. Qo’y-echkilarga har 1 kg tirik vazniga 0,1 g, qoramolga 0,2-03 g, tuyalarga 0,5-0,6 g dozada beriladi. Qorako’l qo’ylarida parabronemozning oldini olish uchun bir qator yangi preparatlar (nilverm, panakur, ivomek va moranteltartrat) sinab ko’rilgan. 16 % li nilverm eritmasi qo’y va echkilarga teri ostiga 1 kg tirik vazniga 15 mg dozada yuboriladi. Bir marta yuborilgandan keyin uning samaradorligi 87-95 % ni, ikkinchi martadan so’ng (bir sutka oralatib) 100 % ni tashkil etadi. Ivomek-ivermektining 1 % li shaffof steril eritmasi. U teri ostiga vazn i 50 kg gacha bo’lgan hayvonga 1 ml dozada bir marta yuboriladi. Preparat yuqori samarali. Moranteltartrat suvli suspenziya ko’rinishida qo’ylarga har 1 kg tirik vazniga 10 mg normada to’qqiz kun oralatib ikki marta ichiriladi. Panakur 2,5-10 % li suspenziya va donador qilib ishlab chiqariladi. Bu preparat ilova qilingan instruktsiyaga muvofiq qo’llaniladi. Barcha preparatlar chorva mollarning boshqa oshqozon-ichak nematodozlariga qarshi ham yaxshi samara beradi. Kasallikning oldini olish uchun qon so’ruvchi pashshalar-kasallik yuqtiruvchi oraliq xo’jayinlarni qirish uchun mart oyi oxiridan oktyabrgacha har kuni tuz yoki kontsentratsiyalangan ozuqa bilan birga albatta fenotiazin berish tavsiya etiladi. Qo’y-echkilarga har 1 kg tirik vazniga 0,00075 g, qoramollarga 0,02 g, tuyaga 0,03 g dozada berilishi kerak. Bunda hayvonlar go’ngi bilan ajralib chiqadigan fenotiazin qon so’ruvchi pashshalar lichinkalarining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va bu bilan parabronemoz ko’zg’atuvchisi tarqalishining oldi olinadi. Chorva mollari setariyalari. Chorva mollarida asosan, Setaria labiato- pappilosa, S.equina, S.bernardi kabi turlari parazitlik qiladi. Ular ancha yirik, oq rangli namatodalar bo’lib, uzunligi 48 mm dan 120 mm gacha boradi. Setariyalar chorva mollarning qorin bo’shlig’ida, oshqozon osti bezida, qatqorin, qorin yog’i, jigar va ichaklarida parazitlik qiladi, hamda butun organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Qoramollarga setarioz yuqish darajasi O’zbekistonning ayrim viloyatlarida 22,3 % dan 75,7 % gacha etadi. Shuningdek, ushbu kasallik qo’y va echkilarni 1,9 % dan 8,5 % gacha, cho’chqalarni 0,4 % dan 28 % gacha, ot va eshaklarni 50 % gacha zararlashi qayd etilgan. Mazkur kasallik chorva mollarda eng ko’p Qoraqalpog’iston Respublikasida hamda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari xo’jaliklarda, shuningdek, Farg’ona vodiysida qayd etilgan. Setarioz qo’zg’atuvchilari sug’oriladigan hududlardagi qoramollarda, ya’ni Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo etaklarida va boshqa botqoqlashgan hududlarda tekshirilgan hayvonlarda zararlanish darajasi kamayib boradi. Setarioz yuqishi yil fasllariga qarab ham o’zgaradi. Eng ko’p zararlanish qishda (30 %) va bahorda (26,7 %) ro’y beradi, birmuncha kamroq zararlanish esa yozda (20,4 %) va kuzda (14,6 %) qayd etilgan. Shu singari holat Buxoro va Navoiy viloyatlarda ham kuzatiladi. O’zbekistonning turli hududlarida setarioz qo’zg’atuvchilarining oraliq xo’jayini sifatida qon so’ruvchi asl chivinlar avlodidan – Aedes caspius caspius ishtirok etishi aniqlangan. Chivinlar setariya lichinkalari bilan may oyidan oktyabr oyigacha kasallangan mollarning qonini so’rish orqali zararlanadi. Chorva mollarni setarioz bilan kasallanishini oldini olish uchun tabiatda yaylovlarda chivinlarga muntazam ravishda qarshi kurash choralarini olib borish va ularning sonini chekla b turish lozim. Toq tuyoqlilar darashey alari va gabronem alari. Toq tuyoqlilarda Drascheia megastoma , Habronema muscae va H . microstoma kabi nematoda turlari parazitlik qiladi. Ot va eshaklarning drasheyozi va gabronemozi surinkali gelmintoz kasalliklari bo’lib, bu nematodalarning vakillari ot va eshaklarning oshqozoni, o’pkasi va terisida parazitlik qiladi. Parazitlar voyaga etganda ot va eshaklar oshqozoniga tushadi. Habronema muscae nematoda turining lichinkalari rivojlanishining uchinchi bosqichida otlar terisida va o’pkasida gabronemoz kasalligini qo’zg’atadi. Drascheia megastoma esa yuqorida keltirilgan nematodalardan eng patogeni hisoblanadi. Chunki u ot oshqozonida parazitlik qilib, o’smalarni hosil qiladi. Parazitning og’zi ikkita lab bilan o’ralgan. Boshi tanasidan kesikcha bilan ajralgan, tomog’i voronkasimon, qizilo’ngachi qo’shaloq oldingi bo’limi qisqaroq, keyingi qismi esa ancha uzunroq (bezli bo’limi) bo’ladi. Erkaklarning uzunligi 7-10 mm bo’lib, dumi spiral shaklda buralgan va to’mtoq. Spikulalari ikkita. Urg’ochilarining uzunligi 10-13 mm, dum oxiri salgina egilgan holda o’tkirlashib tugaydi. Tuximlari yarim tsilindr shaklida, uning ichida shakllangan lichinkalari bo’ladi. Habronema muscae boshqa turiga nisbatan kamroq rivojlangan lablari bilan farqlanadi. Erkaklarning uzunligi 8-14 mm, urg’ochilarining uzunligi esa 13-22 mm. Habronema microstoma ham uchraydi. Uchala tur nematodalar qo’zg’atuvchilarining ham oraliq xo’jayinlari uy pashshasi ( Musca domestica ) va qon so’ruvchi pashshalar ishtirokida rivojlanadi. Drasheya tuxumlari ot oshqozonidan tezak bilan birga tashqariga chiqadi. Ot tezagiga esa pashshalar tuxum ko’yadi va tez rivojlanib lichinkalar hosil qiladi. Pashsha lichinkalari tezakdagi drasheya tuxumlarini yutib zararlanadi. Keyingi kuni pashsha lichinkalarining oshqozonida drasheya tuxumlaridan harakatchan lichinkalari paydo bo’ladi. Pashsha ichidagi drasheya lichinkalari 11-13 kunda 1,3- 2,6 mm ga boradi, 13-15 kunda esa yuqumli holatga, ya’ni invazion lichinkalarga aylanadi. Invazion lichinkalar pashsha organizmida turib kutikulyar qobig’ini yirtib chiqadi. U pashsha xartumiga, so’ngra pastki labining shishgan joyiga o’tadi. Pashshalar otlarning ho’l, issiq labiga qo’nganda, drasheya lichinkalari pashsha xartumini teshadi va tashqariga so’lak bilan namlangan joyga chiqadi. Otlar so’lak bilan birgalikda drasheya lichinkalarini yutib yuborishi yoki ichida drasheya va gabronema lichinkalari bo’lgan pashshalar tushgan oziqlarni eyishi natijasida zararlanadi. Ot organizmida drasheya lichinkalari 44-64 kunda voyaga etgan parazitga aylanadi . U lar ot oshqozon shilliq osti pardasida va o’smasimon hosilalarida joylashadi. Voyaga etgan Habronema muscae ot oshqozonining shilliq pardalariga yopishib oladi. Undan tashqari pashsha lichinkalari ot terisiga va yaralariga tushsa teri gabronemozi rivojlanishi mumkin. Bu lichinkalar ot burnini shilliq pardasida bo’lsa o’pkaga qarab harakat qilishi va u erda gabronemoz tugunini hosil qilishi mumkin. Bu kasallik qulunlar va katta yoshdagi otlarda hamma joyda, ayniqsa otxonalarda boqilgan otlarda uchraydi. Otlar yozda, pashshalar uchish davrida ko’proq zararlanadi. Drasheya va gabronemalar xo’jayin organizmiga mexanik va zaharli metabolitlar bilan ta’sir ko’rsatadi. Drasheyalar otlarning oshqozoniga tushib, odatda, uning bezli qismida kattaligi yong’oqdan tovuq tuxumigacha va undan ham kattaroq tugunlarni shakllantiradi. Tugunlar odatda kataral yallig’langan shilliq parda bilan yopilgan. Ko’pincha bitta ot oshqozonida o’smalardan 4-5 ta bo’ladi. Ularning ichi kovak bo’lib, undan drasheyaning oxirgi qismi chiqib turadi. Shishni bosib ko’rganda bu kovakdan parazit va ularning tuxumlarini saqlaydigan sariq kulrang suyuqlik ajraladi. Gabronemalarning boshqa turlari shunchaki oshqozon shilliq pardasiga yopishib, uni mexanik qitiqlaydi hamda oshqozon bezlarini atrofiyalaydi, natijada uning funktsiyasi buziladi. Teri gabronemozi terida shishlar paydo qiladi va ularning sekin-asta yaralanishi bilan ifodalanadi. Bunday yozgi yaralarni davolash qiyin. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Hindiston va Braziliyada keng tarqalgan. Gabronema lichinkalari o’pkaga tushib to’g’nog’ich boshi, ba’zan yong’oqdek keladigan parazit tugunchalarini hosil qiladi. Bunday tugunchalarda odatda yiringli suyuqlik va uzunligi 3 mm keladigan lichinkalar bo’ladi. Olimlar teri gabronemozi bilan shikastlangan otlarda o’pka gabronemozi paydo bo’lishi mumkin deb ham taxmin qiladilar. Drasheya va gabronema tuxumlarini topish uchun otlarning tashqariga chiqargan yangi tezagi Berman usulida tekshiriladi, undan tashqari zond yordamida olingan oshqozon shirasini tekshirish bilan ham kasallikni aniqlash mumkin. O’lgan mol yorib ko’rilganda oshqozondan parazit va shish tugunlari topiladi. Klinik tekshirish bilan esa terining turli joylarida, ya’ni tizza va boldir sohasida, bo’yinning oldingi yuqorigi qismlarida yozgi yaralar aniqlanadi. Yozgi yaralar faqat yilning issiq paytida paydo bo’ladi. Kasallangan otlar uglerod sulfid va yodning suvdagi eritmasi bilan davolanadi. Teri gabronemozi jarrohlikda qo’llaniladigan usullar bilan davolanadi. Gabronema va drasheya bilan zararlangan otlarni sog’aytirish uchun bir qancha choralar amalga oshirilishi, shuningdek, qo’zg’atuvchilarning oraliq xo’jayinlari - pashshalarni yo’qotish lozim. Buning uchun otxonalarda to’plangan go’ng maxsus go’ngxonalarga olib ketiladi va biotermik zararsizlantiriladi. Pashshalar tezakka tuxum qo’ymasligi uchun go’ngxonalar usti yopib qo’yiladi. Otxonalardagi pashshalarni yo’qotish kerak. Buning uchun binolar geksaxloran eritmasi bilan muntazam oqlanib turiladi, xlorofos bilan dezinvaziya qilinadi. Kuz va qishda otlar gelmintsizlantiriladi. Ot parafilyariyasi. Ot parafilyariyasi toq tuyoqli hayvonlarning surunkali gelmintoz kasalligi qo’zg’atuvchisi bo’lib, uni Parafilaria multipapillosa nematoda turi qo’zg’atadi. Kasallikning klinik jihatdan teri kapillyarlaridan qon oqishi bilan xarakterlanib, MDH ning Janubiy va Janubi-sharqiy mintaqalarida ko’proq uchraydi. Parafilyariylar otlarning teri ostida parazitlik qiladi. Erkaklarining uzinligi 30 mm, urg’ochilariniki esa 40-70 mm keladi. Tuxum ichida lichinkalari rivojlanadi. Tuxumlarining uzunligi 42-52 mkm, eni esa 17-27 mkm keladi. O’zbekiston sharoitida parafilyariyning oraliq xo’jayini qon so’ruvchi pashsha - Haemotobia atripalpis ekanligi aniqlangan. Voyaga etgan urg’ochi parafilyariylar otlarning teri osti to’qimalarida parazitlik qilib, boshi bilan terini teshadi va qon tomirlarini jarohatlaydi. Jarohatlangan joyga qon tomchilari sizib chiqadi va u erga urg’ochi parafilyariylar tuxum qo’yadi. Tashqi muhit haroratiga qarab bir necha minutdan yoki bir necha soatdan keyin parafilyariy tuxumlaridan lichinkalar chiqa boshlaydi. Otlar faqat yozda zararlanishi mumkin. Qon so’ruvchi gematobiy pashshalari otlarni chaqqan paytda xartumlari orqali parafilyariyning yuqumli lichikalarini qonga o’tkazadi. Parafilyariy 9 oydan keyin, ba’zan esa 2 yildan keyin jinsiy voyaga etadi (64-rasm). Kasallik birinchi marta aprel oyida boshlanib, iyul-avgust oylarida intensiv va ekstensiv jihatdan rivojlanish davrining eng yuqori darajasiga etadi. Oktyabrda rivojlanishi to’xtaydi. Parafilyarioz ko’pincha issiq kunlarda paydo bo’ladi. Hayvon harorati qancha yuqori bo’lsa, qon oquvchi yaralar shuncha ko’payadi. Parafilyarioz kasalligi asosan cho’l va o’rmonlarda, dengiz sathidan 1200 m balandlikda uchraydi. Ot terisiga urg’ochi parafilyariylar qo’ygan tuxumlari chidamsiz bo’lib, oqayotgan qonning qurishi bilan halok bo’ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri kapillyarlaridagi qonda 12 soat saqlanadi. Ot terisida voyaga etgan parafilyariylar yashagan joylarida dumboqchalar paydo bo’ladi. Ular bir necha kun ravojlanib loviya kattaligidagi bo’rtmaga aylanadi. Ular asosan otlarning yag’rin va kurak orqa va qovurg’a sohasida, bo’yinda, ba’zan bel, elka va sag’risida joylashadi. Bu joylarda havo ochiq kuni, ayniqsa tush paytida qon oqadi va yaralar asta-sekin ko’paya boradi. Kechqurun va tunda qon oqish takrorlanadi bu hol vaqt-vaqti bilan uzoq davom etishi mumkin. 64-rasm. Otlarning terisida parazitlik qiluvchi Parafilaria multipapillosa nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. Otlarning bo’yni, elka va ikki yoni paypaslab ko’rilsa, terida qalin shishlar, tugunchalar borligi ma’lum bo’ladi va kun isiganda bu tugunchalardan qon oqadi. Qon oqishi tamom bo’lishi bilan qon iviydi, keyin esa qobiq hosil bo’ladi. Kasallik zararsiz kechadi. Kasal otlarni janubdan shimolga ko’chirganda parafilyarioz 2-3 yildan keyin yo’qoladi. Otlarnig parafilyarioz bilan zararlanishi respublikamizning ayrim viloyatlarida 18,1 % dan 80 % gacha etadi. Bu kasallik Farg’ona vodiysi, Sirdaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari xo’jaliklarida keng tarqalgan. Parafilyarioz bilan ka s allangan ot o’lmaydi. Bu kasallik uch yashar va undan katta yoshdagi otlarda qo’prok uchraydi. Uning intesivligi teri osti to’qimalarida bir vaqtda parzitlik qilalayotgan parafilyariylar soniga bog’liq bo’lib, otlarda 200 tagacha etadi. Otlardan oqayotgan qon tomchilarida parafilyariy tuxumlari va lichinkalarining mavjudligiga qarab kasallik aniqlanadi. Ammo parafilyariy lichinkalari asosiy qon aylanish sistemasida bo’lmaydi. Parafilyariy lichinkalari 180-225 mkm uzunlikda bo’lib, cho’zinchoq shaklga ega. Parafilyariy lichinkalari va tuxumlarini topish uchun otlar terisidagi yangi qon tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va distirlangan suvda gemolizlanadi. O’lgan otning har eridan teri ostidan voyaga etgan parazitlar topiladi. Hasharotlar uchadigan vaqtda, otlarga hasharotlar yopishmasligi uchun turli insektitsidlar takror ravishda sepib turish yo’li bilan ularga qarshi kurash choralari olib boriladi. Parafiryarioz tarqalgan hududlarda otlarni qon so’ruvchi gemotobiy pashshalari chaqishining oldini olish uchun ularni yaylovga kechasi haydash kerak. Tuya dipetalonemasi. Tuya dipetalonemasi ( Dipetalonema evansi ) tuyalarning ko’krak bo’shlig’ida, yurak, o’pka va qornidagi qon tomirlarida parazitlik qiladi. B u nematoda MDH ning ba’zi Janubiy mamlakatlarida , jumladan , O’rta Osiyo respublikalarida tarqalgan. Dipetalonema uzun nematoda bo’lib, urg’ochisining uzunlgi 150-210 mm, erkaginiki esa 8,5-10,5 mm bo’ladi. Uning tanasi dumaloq tsilindr shaklida bo’lib, bosh va dum qismi biroz ingichkalashgan, og’iz atrofi kutikulyar tuzilishga ega. Og’iz to’g’ridan-to’g’ri qizilo’ngachga ochiladi, qizilo’ngachi qisqa, muskulli va uzun, ingichka bezli qismlardan iborat. Dipetalonema biogelmint hisoblanib, oraliq xo’jayin ishtirokida rivojlanadi. O’zbekiston sharoitida dipetalonemaning oraliq xo’jayini vazifasini qon so’ruvchi asl chivinlardan - Aedes caspius caspius bajarishi aniqlangan. Etilgan urg’ochi parazitlar qon tomirlarida ko’payib, tirik lichinkalar tug’adi. Bu lichinkalar (mikrodipetalonemalar) hayvon qon tomirlari bo’ylab qon oqimi bilan aylanib yuradi. Yilning sovuq faslida bu lichinkalar o’pka, jigar va yurakning mayda qon kapilyarlarida bo’lib, issiq vaqtda, ya’ni yozda butun tanadagi qon tomirlari bo’ylab aylanib yuradi, teri qon tomirlarida, ayniqsa ko’p uchraydi. Shu vaqtda dipetalonema bilan zararlangan tuya qonidan oraliq xo’jayin – Aedes caspius caspius turiga kiruvchi chivinlar qon so’rganida, ular bu parazitning lichinkalarini o’zlariga yuqtiradi va chivin organizmida ma’lum vaqt ichida lichinkalar rivojlanib yuqumli holatga aylanadi, ular sog’lom tuya qonini so’rish vaqtida bu lichinkalarni tuya qoniga o’tkazadi. Ona tuyalardan qon orqali hali tug’ilmagan qornidagi bolasiga ham dipetalonema o’tishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zan yangi to’g’ilgan tuyalarda ham bu gelmintning topilish hollari uchrab turadi. Dipetalonemalar ko’proq tarqalgan mintaqalarda, jumladan, Turkmanistonda olib borilgan tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, bu gelmint tuyalar suv havzalariga, daryo va ko’llarga yaqin erlarda, ya’ni oraliq xo’jayini – chivinlar ko’p tarqalgan erlarda boqilganda yuqadi. Aksincha, suvsiz cho’l sharoitida boqilgan tuyalar deyarlik bu gelmint bilan zararlanmaydi. Dipetalonema tuyalarda dipetalonemoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu gelmintoz bilan og’rigan tuyalar ozadi va ish qobiliyati pasayadi. Yosh tuyalar o’sishdan orqada qoladi. Hayvon organizmida ko’p miqdorda parazit to’planadi, tuya qon tomirlarining to’silib qolishi (tromboz), qon tomiri devorlariga ohak moddasining to’planishi natijasida ularning torayishi atriskleroz kabi og’ir oqibatlarga sabab bo’lishi va natijada hayvonni nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin. Dipetalonemoz bilan kasallangan yoki kasallanmagan tirik hayvonlarni ularning qonini tekshirib ko’rish va unda gelmint lichinkalarining bor-yo’qligiga qarab aniqlanadi. O’lgan tuyalarda esa ularni yorib ko’rish bilan, ya’ni hayvonning jigari, urug’doni, bachadoni, o’pkasi va boshqa organlarida etilgan dipetalonemalarni topish yo’li bilan kasallik aniqlanadi. Tuyalarni dipetalonemozdan saqlash uchun bu parazitning oraliq xo’jayinlari chivinlar tarqalgan joylarda, ya’ni suv havzalari, botqoqliklarga yaqin joylarda boqmaslik kerak. Bahorda oldini olish maqsadida tuyalarda degelmintizatsiya o’tkazish lozim. Tuyalar dipetalonemoziga qarshi faudin preparati ko’proq qo’llaniladi. Chorva mollar gongilonemasi. Chorva mollar gongilonemasi (Gongylonema pulchrum) ko’pchilik uy va yovvoyi sutemizuvchilarda, jumladan, qo’y, echki, qoramol, tuya, ot, quyon, cho’chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Gongilonema ba’zan odamlarda ham parazitlik qilishi kuzatilgan. Gongilonema ingichka uzun nematoda bo’lib, tanasining uzunligi erkaklarida 30-62 mm, urg’onchilarida esa 14,5-44 mm gacha boradi. Tanasining bosh qismida dumaloq yoki ovalsimon shaklida do’mboqchalari bo’lib, ular tanasining uzunasiga qarab 4 ta qatorga joylashgan. Uncha katta bo’lmagan og’iz teshigi qorin va elka tomoniga biroz cho’zilgan bo’lib, ikki tomonida «labsimon» o’simtasi bo’ladi. Og’iz atrofida hammasi bo’lib 6 ta so’rg’ichi joylashgan bo’ladi. Gongilonema biogelmint. Uning oraliq xo’jayini hasharotlardan, asosan qo’ng’izlar turkumining plastinka mo’ylovli qo’ng’izlar oilasi vakillari hisoblanadi. Bu gelmintning urg’ochisi tuxum qo’yadi (65-rasm). Tuxumni oraliq xo’jayinlari-plastinka mo’ylovli qo’ng’izlar vakillari yutib yuborgach, yutilgan tuxum ichidan lichinka chiqadi va qo’ng’izning tana bo’shlig’ida rivojlanadi. O’rta hisobda 1 oydan keyin gongilonema lichinkasi rivojlanishining III bosqichiga o’tib, yuqumli holatga keladi va maxsus biriktiruvchi to’qimadon tashkil topgan kapsulaga (qobiqqa) o’raladi. Asosiy xo’jayinlari-sigir, qo’y, echki, tuya va boshqa sutemizuvchilar gelmint lichinkasi bilan zararlangan oraliq xo’jayinlarni (qo’ng’izlarni) ovqat bilan birga yutib yuboradi va asosiy xo’jayilari organizmiga tushgan gelmint lichinkalari 56-60 kunda jinsiy voyaga etadi. Demak, gongilonema lichinkalari bilan zararlangan go’ngxo’r qo’ng’izlarni ovqat yoki suv bilan yutib yuborish natijasida chorva mollari bu parazitlarni lichinkalarini o’zlariga yuqtiradi. Chorva molllari asosan yaylovda o’tlash jarayonida bu gelmintni o’zlariga yuqtiradi. Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Respublikamizda go’ngxo’r qo’ng’izlardan Aphodius, Geotrupes, Gmnopleurus, Chironitis onitos, Scarabeus va boshqa avlodlarga mansub bo’lgan 35 ga yaqin tur qo’ng’izlar gongilonema lichinkalari bilan zararlanishi mumkin. Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijasiga ko’ra, yuqorida ko’rsatib o’tilgan qo’ng’izlarning gongilonema lichinkalari bilan zararlanishi respublikamizning turli mintaqalarida 2,1 % dan 61 % gacha boradi. Gongilonema qishloq xo’jalik hayvonlarida parazitlik qilib, ularga gongilonemoz kasalligini keltirib chiqaradi. Gongilonemalar qizilo’ngach va tomoqning shilliq qavatida - epiteliysida ariqchalar hosil qiladi. Hayvon kuchsizroq zararlangan bo’lsa, qizilo’ngachning shilliq qavatida joylashib olgan va ilon iziga o’xshash yo’llar hosil qilgan parazitni ko’rish mumkin. Hayvon kuchli zararlanganda shilliq qavat qalinlashadi va dag’allashib ko’p shilliq bilan qoplangan bo’ladi. Bunday o’zgarishlar 65-rasm. Chorva mollarining qizilo’ngachida parazitlik qiluvchi Gongylonema pulchrum nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi. qo’y qizilo’ngachida qoramolnikiga nisbatan kuchliroq bo’ladi va ayrim hollarda epiteliy qatlami butunlay ishdan chiqadi. Ba’zi hayvonlarda juda ko’p nuqtasimon yoki dog’ga o’xshash qon quyilishi hollari uchraydi. Tirik hayvonlarda gongilonemoz kasalligini aniqlashning aniq metodikasi hali ishlab chiqilgan emas. O’lgan yoki so’yilgan hayvonlarda gelmintologik tekshiruv natijasida bu gelmintlar aniqlanadi. Gongilonemoz kasalligiga qarshi kurash choralari hozirgacha yaxshi o’rganilmagan. Bu kasallikdan hayvonlarni saqlash uchun profilaktik choralarini amalga oshirish lozim. Jumladan, yaylovga chiqarilmay bir erda boqiladigan hayvonlarni (sigir, qo’y, echki va h.k.) bu kasallikdan saqlash lozim. Buning uchun ferma hududini go’ngdan tozalab turish kerak. Go’nglarni maxsus ajratilgan erlarga yig’ib, darhol biotermik usulda zararsizlantirish lozim. Bundan tashqari, ferma hududida tungi chiroqlarga maxsus «tutgich» lar o’rnatib yig’ilgan qo’ng’izlarni qirib tashlash kerak. Ferma hududidagi keraksiz buyumlarni chiqarib tashlash va molxona hududida qoraqo’ng’izlar va boshqa hasharotlarni mutlaqo bo’lmasligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. TRIXOCTRONGILIDLAR (TRICHOSTRONGYLIDAE) OILASI. Bu oila vakillari mayday qilsimon nematodalar bo’lib,og’iz kapsulasi yaxshi rivojlanmagan. Ular amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilarning oshqozonida hamda ingichka ichagida parazitlik qiladi. Mahsuldor hayvonlardan - kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning shirdonida va ingichka ichagida trixostrongilidlar oilasidan asosan, Trichostrongylus, Cooperia, Ostertagia, Haemonchus, Marshallagia, Nematodirus va boshqa avlod turlari keng tarqalgan bo’lib, chorvachilik xo’jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Trixostrongilidlarning hozirgi kunda 400 dan ortiq turi uchraydi, shu jumladan O’zbekistonda kavsh qaytaruvch hayvonlarda bu oilaning 54 ta turi parazitlik qilishi aniqlangan. Trixostrongilidlar oilasi turlarinig uzunligi turli avlodlarida har xil bo’ladi. Bu oila ichida eng mayda turlari asosan, trixostrongillar avlodiga kiradi. Ularning uzunligi erkaklarida 3,5-4,5 mm va urg’ochilarida 4,6-7,0 mm atrofida bo’ladi. Kooperiyalar avlodi turlarida erkalarining uzunligi 5-9 mm, urg’ochilariniki – 5,7- 11 mm; Ostertagiyalarda erkaklarining uzunligi 6,5-7,5 mm, urg’ochilariniki – 8,3- 9,2 mm; Gemonxlarda erkaklarining uzunligi 18-22 mm, urg’ochilariniki – 25-34 mm; Marshallagiyalarda erkaklarining uzunligi 10-13 mm, urg’ochilariniki – 12- 20 mm va Nematodirlarda erkaklarining uzunligi 11-17 mm va urg’ochilariniki esa 18-25 mm atrofida bo’ladi. Trixostrongilidlar oilasi vakillarining rivojlanish sikli asosan bir xil tipda, ya’ni rivojlanishi oraliq xo’jayinlarsiz o’tadi (geogelmint). Trixostrongilidlar bilan zararlangan kavsh qaytaruvchi hayvonlar tezagi orqali parazit tuxumlari tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda 20-25 0 C iliq haroratda 12-17 soatda tuxum ichida lichinka rivojlanadi. Lichinkalarning tuxum po’stini yorib tashqariga chiqishi trixostrongilidlar oilasi avlodlarida bir biridan farq qiladi. Masalan: trixostrongillar, kooperiyalar, gemonxlar va ostertagiyalarda lichnkalar tuxumlardan birinchi bosqichda; marshallagiyalarda ikkinchi bosqichda va nematodirlar hamda nematodirellalarda uchinchi bosqichda chiqadi (66-rasm). Tashqi muhitda haroratining ko’tarilishi yoki pasayishi trichostrongilidlar lichinkalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nam joylarda lichinkalarning faolligi ortadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tashqi muhitdan trixostrngilidlarning yuqumli (invasion) holatdagi lichinkalarini o’t bilan birga yeyishi yoki parazit lichinkalari bilan zararlangan ko’lmak va tashlandiq suvlarni ichishi natijasida o’zlariga yuqtiradilar. Hayvonlar shirdonida va ingichka ichagida parazit lichnkalari avlodlariga qarab yana ikki marta tullaydi va 20-30 kunda jinsiy voyaga yetadi. O’zbekiston sharoitida chorva mollari trixostrohgilidlar bilan asosan bahor va kuz fasllarida zararlanadi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozim-ki, trixostrongilidlar oilasiga kiruvchi gemonxlar avlodi turlari gematofaglar hisoblanadi, ya’niular og’iz kapsulasida joylashgan tishlari bilan shirdon va ingichka ichak devorining shilliq pardasini jarohatlab, qon bilan oziqlanadi. Umuman olganda, trixostrongilidlar bilan zararlangan hayvonlarning shirdonida va ingichka ichaklarida anatomo-morfologik o’zgarishlar kuzatiladi, ovqatning hazm bo’lish jarayoni buzilishi natijasida zararlangan hayvonlarning ishtahasi yo’qoladi, ich ketishi natijasida ular ozib ketadi, o’sish va rivojlanishdan orqadas qoladi. Kuchli zararlangan kasal hayvonlar esa nobud bo’lishi mumkin. 66-rasm. Trixostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: GT- gemonxlarning tuxumi, MT- marshallagiyalarning tuxumi, NT-nematodirlarning tuxumi Oxirgi yillarda trixostrnongilidoz qo’zg’atuvchilariga qarshi alben, albazen, albendazol, levamizol, baymek, ivermek va ivermektin kabi preparatlar qo’lanilib samarali natijalarga erishilmoqda. Ushbu preparatlarni qo’llashda yo’riqnomada ko’rsatilgan dozalarga va qo’llash qoidalariga albatta qat’iy rioya qilish lozim. Hayvonlarni trixostrongilidlar bilan zararlanishini oldini olish uchun yaylovlarda ularni zich holda saqlamaslik va bunday yaylovlarda hayvonlarni 5-6 kundan ortiq boqmaslik lozim. Shuningdek, botqoq va zaxkash yaylovlardan foydalanmaslik hamda chorva mollarni kichik oqmas ko’lmak suvlardan, botqoqlikdagi suvlardan sug’ormaslik lozim. PROTOSTRONGILIDLAR (PROTOSTRONGYLIDAE) oilasiga kiruvchi Protostrongylus, Spicuiocaulus, Muellerius, Cystocaulus, Neostrongylus va Varestrongylus urug'larining vakillari asosan qo'y va echkilarda hamda ularning yovvoyi turlarining yirik va mayda bronxlarida, alveolalarida parazitlik qiladigan nematodalardir. Protostrongilidlar ingichka va uzun jigar rangli nematodalar bo'lib, erkagining uzunligi 10,3-30,0 mm, urg'ochilariniki esa 28-60 mm atrofida bo'ladi. O'zbekistonda qo'y, echki, arxar, muflon va yovvoyi tog' echkilarida 15 turga kiruvchi protostrongilidlar parazitlik qiladi. Protostrongilidlarning hamma qo'zg'amvchilari oraliq xo'jayinlar orqali rivojlanadi. Ularning oraliq xo'jayinlari quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar vakillari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda 28 turga kiruvchi quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar protostrongilidlarning oraliq xo'jayinlari sifatida aniqlangan. O'zbekistonda protostrongilidlarning oraliq xo'jayinlari sifatida quruqlikda yashaydigan mollyuskalardan -Xeropicta candaharica, Subzebrinus albiplicatus, Sub. sogdianus va boshqa turlari aniqlangan. Protostrongilidlarning urg'ochisi asosiy xo'jayini bronxlariga tuxum qo'yadi (67-rasm). Bu yerda tuxumlardan ko'p o'tmay lichinkalar chiqadi, bu lichinkalar hayvon yo'talganida og'iz bo'shlig'iga keladi. Bunday lichinkalarni hayvon yutib yuboradi. Oshqozonga tushgan lichinkalar axlat orqali tashqariga chiqadi va ular oraliq xo'jayinlari - quruqlikda yashovchi mollyuskalarning oyoqlariga kirib olib rivojla- nishini davom ettiradi. 67-rasm. Protostrongilidlarning rivojlanish sikli sxemasi: A-parazitning asosiy xo'jayini, B-parazitning oraliq xo'jayini - mollyuska; L-l-4-parazitning lichinkalik davrlari, 5-jinsiy voyaga yetgan protostrongilid, 6-tuxum. Mollyuskalar oyog'ida lichinkalar o'sadi va ikki marta tullab 4-5 haftadan keyin invazion, ya'ni yuqumli holatga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari, ya'ni qo'y va echkilar yuqumli holdagi lichinkalarni yem-xashak bilan yoki tanasida protostrongilidlarning yuqumli holdagi lichinkalari bo'lgan mollyuskalarni o't bilan birga yutib yuborganda protostrongilidlar bilan zararlanadi. U yoki bu yo'l bilan asosiy xo'jayini osh-qozoniga tushgan lichinkalar ichak devorlariga o'tib, qon orqali o'pkaga boradi va 32-47 kundan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya boshlaydi. O'zbekistonda qo'y va echkilar protostrongilidlar bilan asosan tog' va tog'oldi mintaqalarda ko'proq zararlanadi. K o’proq katta yoshdagi qo’y va echkilar kasallanadi. Shuningdek, protostrongilidoz bilan mayda shoxli mollar, asosan bahor oylarida ko’proq kasllanadi, yozda kasallanish foizi pasayadi, kuzga borib yana kasllanish foizi ortadi. Albtta kasallikning ko’payishi yoki kamayishi kasallik qo’zg’atuvchilarining turiga ham bog’liq bo’ladi. Protostrongilidlar o'pkada parazitlik qilib, bronxit va o'pka shamollashi kasalliklarini keltirib chiqaradi. O'pkada parazitlar ko'payib ketsa, ba'zan kasallangan qo'y va echkilar o'ladi. Protostrongilidoz bilan kasallangan qo'y va echkilar ditrazin, nilverm, rental, emetin va boshqa preparatlar bilan davolanadi. Hayvonlarning protostrongilidlar lichinkalari bilan zararlanmasliklari uchun yaylovlarni har 25 kunda almashtirib turish ham ijobiy natija beradi. METASTRONGILIDLAR (METASTRONGYLIDAE) oilasiga kiruvchi Metastrongylus urug'ining vakillari, asosan cho'chqalaming o'pkasida parazitlik qiladi. Cho'chqa va to'ng'izlarda metastrongilus avlodining Metastrongylus elon- gatus, M. pudendotectus va M. salmi kabi turlari parazitlik qiladi. Metastrongiluslar cho'chqa va to'ng'izlarning bronxlarida, ko'proq o'pkaning orqa va yuqori qismida uchraydi. O'zbekiston sharoitida metastrongiluslar bilan asosan yovvoyi cho'chqalar, ya'ni to'ng'izlar kasallanadi. Metastrongiluslar ingichka ipsimon shakldagi nematodalar bo'lib, erkaklarining uzunligi 14-16 mm, urg'ochilariniki esa 20-58 mm atrofida bo'ladi. Metastrongiluslar biogelmintlar bo'lib, ularning oraliq xo'jayinlari yomg'ir chu-valchanglari hisoblanadi (68-rasm). 68-rasm. Cho'chqa metastrongilidi ( Metastrongylus elongatus )ning rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy xo'jayin - cho'chqa, B-oraliq xo'jayini - yomg'ir chuvalchangi; 1-parazitning tuxumlari, 2-lichinkaning xo'jayini organizmidagi migratsiyasi. Urg'ochi metastrongiluslar cho'chqa bronxlariga tuxum qo'yadi. Bu tuxumlar hayvon nafas yo'li orqali ular yo'talganda og'iz bo'shlig'iga tushadi. Cho'chqalar bu tuxumlarni qayta yutib yuboradi va tuxumlar ularning oshqozoniga tushib, tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda metastrongiluslar tuxumlaridan qulay sharoitda 2 kundan keyin lichinkalar chiqadi. Bunday lichinkalar oziq-ovqat orqali yomg'ir chuvalchangining organizmiga o'tadi. Natijada lichinkalar yomg'ir chuvalchangi qizilo'ngachi devoriga yoki uning qon tomirlariga kirib oladi. Bu yerda ikki marta tullab, 10-20 kun dan keyin invazion, ya'ni yuqumli holatga keladi. Cho'chqalar parazit lichinkalari yuqqan yomg'ir chuvalchanglarini yeganda metastrongilyoz qo'zg'atuvchilari bilan zararlanadi. Cho'chqa oshqozoniga tushgan yomg'ir chuvalchanglari hazm bo'lib, ajralib chiqqan metastrongilus lichinkalari ichakda yana bir marta tullab, uchinchi lichinkalik davriga o'tadi, so'ngra ichak devorini teshib, limfa yo'llariga o'tadi va bu yerda to'rtinchi marta tullaydi. Shundan so'ng bu lichinkalar limfa yo'ilari va qon tomirlari orqali o'pkaga keladi, o'pkadan esa bronxlarga o'tib, jinsiy voyaga yetgan metastrongiluslarga aylanadi. Tanasida yuqumli iichinkalari bo'lgan yomg'ir chuvalchangini cho'chqalar yegan vaqtdan boshlab, to o'pkada jinsiy voya ga yetgan metastrongilusga aylanguncha 25-35 kun kerak bo'ladi, to'liq tuxumdan tuxumgacha rivojlanish davri esa 30-55 kunga to'g'ri keladi. Metastrongilyoz bilan ko'proq cho'chqa bolalari kasallanadi. Kasallangan hayvon yo'talib, nafas olishi qiyinlashadi, yaxshi o'smaydi, oriqlab ketadi, ba'zan o'ladi. Metastrongilyoz bilan kasallangan hayvonlar terisi ostiga ditrazin fosfat eritma- si, traxeyasiga esa kaliy yodit eritmasi yuboriladi. Kasallikning oldini olish uchun esa cho'chqalar gelmintsizlantiriladi, yomg'ir chuvalchanglarini yeyishga yo'l qo'yilmaydi. SINGAMIDLAR (SYNGAMIDAE) oilasidan Syngamus trachea nematoda turi tovuq, kurka, g'oz va yovvoyi parrandalarning nafas yo'llarida, ya'ni traxeyasida parazitlik qiladi va singamoz kasalligini keltirib chiqaradi. Singamoz bilan asosan jo'jalar kasallanadi. Jinsiy voyaga yetgan erkak va urg'ochi singamuslar hamma vaqt bir-biriga birikkan holda yashaydi. Erkaklari urg'ochilaridan birmuncha kichik, og'iz kapsulasi yarim sharsimon xitinlashgan bo'lib, juda yaxshi rivojlangan. Erkaklarining uzunligi 2-6 mm, urg'ochilariniki esa 5-20 mm bo'lib, jinsiy teshigi tanasining oldingi qismida joylashgan (69-rasm). Urg'ochi singamuslar parrandalarning kekirdagiga tuxum qo'yadi, so'ngra bu tuxumlar og'iz bo'shlig'i orqali oshqozonga tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda hech qanday o'zgarmay tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda 8-9 kun ichida tuxumdagi lichinka ikki marta tullab, o'zining invazion, ya'ni yuqumli davriga o'tadi. Parrandalar ichida yuqumli lichinkasi bo'lgan bunday tuxumlarni yutib yuborsa, ularning oshqozonida tuxumlardan lichinkalar chiqadi va ichakdan qon tomirlariga o'tib, qon orqali o'pkaga boradi. O'pka aiveolalarida lichinkalar yana 2 marta tullab, so'ngra bronxlarga o'tadi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak singamuslar urg'ochilarini jinsiy organlari to'liq rivojlanmagan holda urug'lantiradi. Parazitlik qilishning 7-kunida singamuslar paixandaning kekirdagiga o'tadi va u yerda juda tez o'sib rivojlanadi hamda 3-7 kun davomida jinsiy voyaga yetadi. Parranda zararlanganidan 17-20 kun o'tgach, singamus tuxumlari axlat bilan tashqariga .chiqa boshlaydi va bu jarayon 27-35 kun davom etadi. Singamuslar tuxum qo'yib bo'lgandan keyin yana 5-7 kun yashaydi va asosiy xo'jayini tanasida ularning yashash muddati 2 oy atroflda bo'ladi. Singamuslarning rivojlanishi to'g'ndan-to'g'ri yoki rezervuar xo'jayinlar orqali ham borishi mumkin. Singamuslarning invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim umurtqasiz hayvonlar (yomg'ir chuvalchanglari, suv va quruqlikda yashovchi mol-luskalar, ko'poyoqlar, uy pashshalari) yutib, ular organizmida lichinkalar paydo bo'ladi va uzoq vaqtgacha hech qanday o'zgarishsiz yashaydi. Yuqorida keltirilgan umurtqasiz hayvonlar, ayniqsa yomg'ir chuvalchanglari singamuslar uchun re zervuar xo'jayin vazifasini bajaradi. 69-rasm. Singamus( Syngamus trachea )ning rivojlanish sikli sxemasi: 1-asosiy xo'jayin - o'rdak, 2-tashqi muhitga chiqqan tuxum, 3-tuxum va unda rivojlanayotgan lichinka, 4-rezervuar xo'jayin -yomg'ir chuvalchangi va 5-unda rivojlanayotgan lichinka, 6-jinsiy voyaga yetgan singamus. Demak, parrandalar singamuslar bilan invazion tuxumlarini yutish va rezervuar xo'jayinlarini yeyish orqali parazitni o'zlariga yuqtiradi. Singamuslarning rezervuar xo'jayinlari sifatida yomg'ir chuvalchanglaridan - Lumbricus, Allolobophora, Eisenia urug'lari vakillari, quruqlikda yashovchi molluskalardan - Agriolimax, Helix, Helicella urug'lari vakillari va pashsha lichinkalari aniqlangan. Singamozlar parrandalarning kekirdagida parazitlik qilib, ko'payib ketganda nafas olish yo'llarini berkitib, o'pkaga havo o'tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, keng va kuchli kapsulasi yordamida kekirdak devorlariga yopishib, uni og'ir shi- kastlaydi. Jo'jalar kuchli zararlanganda bo'ynini cho'zadi, og'zini katta ochib, esnashga o'xshab harakat qiladi. Kasallangan jo'jalar ozib ketadi va ba'zan halok bo'ladi. Singamoz bilan kasallangan parrandalarni davolash uchun yodning suvdagi eritmasini o'tmas uzun ignali shpris yordamida ularning og'iz va hiqildoqlari orqali kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo'jalarni tetramizol, tiabendozol, yodofen va mebenvet kabi preparatlar bilan ham davolashadi. Xonaki parrandalar boqiladigan joylarga yovvoyi parrandalar kelmasiigi kerak. Nematodalar sinfming vakillari faqat odam va hayvonlarda parazitlik qilmasdan, balki bir qancha turlari o'simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtda ayniqsa ildiz bo'rtma nematodalari o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Ular bug'doy, lavlagi, kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g'o'za, kungaboqar, loviya, mosh, tut, tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o'simliklari va daraxtlarga zarar yetkazadi. Sitms nematodasi sitms o'simliklari (limon, apelsin va bosh.) ildizlarida parazit lik qiladi. Bug'doy nematodasi ( Anguina tritici ) o'simlik nematodalari ichida eng yirigi hisoblanadi (70-rasm). 70-rasm. Bug'doy nematodasi ( Anguina tritici ): I-urg'ochisi, I-bug'doy nematodasi bilan zararlangan yosh bug'doy o'simligi, Sh-bug'doy boshog'idagi don o'rniga jigarrang tu-gunakning hosil bo'lishi, IV-sog'lom bug'doy boshog'i; V-bug'doy nematodasi bilan zararlangan boshoq. Erkagining uzunligi 2,5 mm, urg'ochisiniki esa 5 mm atrofida bo'ladi. Bu nema-toda bug'doy va boshqa boshoqli ekinlarga zarar yetkazadi. Zararlangan bug'doy-ning boshog'ida don o'rnida qora yoki jigarrang bo'rtma (tugunak) hosil bo'ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda lichinkalari bo'lib, ular quruq holda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin. Urug'lik bug'doylarga aralashgan tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga yerga tushadi. Namlikda lichinkalar tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug'doy maysasining ildiziga kirib, tanasidan yuqoriga ko'tariladi va barg qo'ltig'iga keladi. Bug'doy gullay boshlaganda lichinkalar gul g'unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak hosil qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50 tagacha nematoda bo'ladi. Bitta urg'ochi nematoda otalangandan so'ng 2500 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumdan birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg'ochi nematodalarning nasli rivojlanadi. Bu nematodalarning zarari bilan ayrim respublikalarda har gektar yerdan 8-11 s g'alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan biri g'allani tugunaklardan tozalashdan iborat. Lavlagi nematodasi ( Heterodera schaehtii ) lavlagi ildizida parazitlik qilib, o'simlikni o'sishdan qoldiradi va so'ldiradi. Urg'ochisi 1 mm bo'lib, u 600 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum tuproqda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so'ngra ular lavlagi ildiziga kiradi. O'sishi 4-5 hafta davom etadi. U Ukraina sharoitida 5-6 niarta nasi beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi (71-rasm). 71-rasm. Lavlagi nematodasi: I-urg'o- chisi, Il-lavlagi ildizidagi urg'ochi nema- todalar. Kartoshka nematodasi ( Ditilenchus destructor ) urg'ochisining uzunligi 1,4 mm, erkaginiki 1,3 mm atrofida bo'ladi. Ular kanoshka hosil berganga qadar tuproqdan kartoshka poyasiga o'tadi. Ichida nematodasi bo'lgan kartoshkaning poyasi sog'lariga nisbatan yo'g'on, barglari kichkina va och rangli bo'ladi. Sog' kartoshkaga qaraganda kasallanganming tuplari 1,5-2 marta kichik bo'ladi. Nematoda kartoshka hosil bo'la boshlashi oldidan poyadan kartoshka ichiga o'tadi. Poya va kartoshka ichida parazit juda tez ko'payadi va bir necha marta nasi beradi. So'ngra kar toshka quriganga qadar tuproqqa chiqib ketadi. Bu nematoda bilan 40-60 % ga qadar kartoshka zararlanadi. Bir yilda 1-2 marta nasi beradi. Har bir naslning rivojlanish davri 50 kun atrofida bo'ladi. Nematoda mingdan ortiq tuxum qo'yadi. Zararlangan o'simlik o'sishdan qoladi va nobud bo'ladi. Kartoshka nematoda bilan zararlanmasligi uchun faqat sog'lom kartoshka ekish, yuqori darajada agrotexnika chora- tadbirlarini ko'rish hamda ekishni to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. T I KANBOSH LI CHUVALCHANGLAR (ACANTH O CEPHALA) TIPI. T ikanboshlilar tip i vakillari ancha ixtisoslashgan chuvalchanglar bo’lib, hozirgi vaqtda 500 dan ortiq run fanga ma'lum. Ular baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Akantotsefalaiar haqidagi dastlabki ma'lumot Redi tomonidan 1684 yiida e'lon qilingan. Rudolfl XIX asrning boshlarida skrebniyning 50 ta turini o’rganib, ularni bitta turkumga kiritadi. Leykart bu guruh parazltlarning biologiyasini o’rganib, ular oraliq xo’jayin lar orqali rivojlanishini aniqlaydi. 1956-1958-yillarda prof. V.I. Petrochenko akantotsefa-lalaming MDH da uchraydigan turlari, ularning tarqalishi, rivojlanish sikli, keltirib chiqaradigan kasalliklarini o’rganib, "Uy va yovvoyi hayvonlar akantotsefalalari" nomli ikki jildlik monograflyasini yaratdi. Bu tipga faqat bitta sinf, ya'ni T ikanboshlilar (A canthocephala ) sinfi kiradi. Akantotsefalalarning gavdasi ipsimon, silindrsimon, qopsimon va ovalsimon ko’rinishda bo’lib, kattaligi 1,5 mm dan 68 sm gacha (Macracanthorhynchus hiru- dinaceus) boradi. Gavdast xartum va haqiqiy tanaga bo’linadi. Tanasining oldingi qismida xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan xartumi, xartum qini va bo’yindan iborat, haqiqiy tana bo’limida esa hamma qolgan ichki organlari joylashgan, Skrebniylarda ovqat hazm qilish organlari reduksiyalangan, shunga ko’ra ular ovqatni butun tana yuzasi orqali difftiziya holda qabul qiladi. Ularning xartumi xo’jayini ichagi devoriga yopishish uchun xizmat qiladi. Xartumdagi xitinli ilmoqlarning shakli, katta- kichikligi, soni va joylashish tartibi har xil turlarda turlicha bo’lib, skrebniylarning sistematikasini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Xaitumi juda harakatchan bo’lib, tez-tez qiniga kirib-chiqib turadi. Akantotsefalalar ayrim jinsli, odatda urg’ochilari yirik, xartumlari yaxshi rivoj- langan. Akantotsefalalar biogelmintlar bo’lib, bunda umurtqali hayvonlar asosiy xo’jayin, umurtqasiz hayvonlar (mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar) esa oraliq xo’jayinlar hisoblanadi. Ular nihoyatda serpusht bo’lib, bitta urg’ochi parazit bir sutkada 580 mingtagacha tuxum qo’yishi mumkin. Rivojlanishi metamorfozli. Asosiy xo’jayindan tashqi muhitga chiqqan tuxum- larda lichinkalar to’liq shakllangan bo’ladi. Oraliq xo’jayinlari shunday tuxumlarni yutib yuborganda, tuxumdan lichinka chiqadi. Bu lichinka akantor deyiladi. Akan- torlar ichak devori orqali tana bo’shlig’iga o’tib, rivojlanishni davom ettiradi va navbatdagl lichinkalik davriga, ya'ni preakantellaga aylanadi. U ham rivojlanib, keyingi yuqumli (invazion) lichinkalik davri, ya'ni akantellani hosil qiladi. Ana shunday zararlangan oraliq xo’jayinlarni har xil umurtqali hayvonlar suv va oziq bilan yeb yuborsa, akantotsefalalarni o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayinlarda akantotsefalalar bir yildan ortiqroq yashaydi. Bu sinfning eng keng tarqalgan turlaridan biri cho’chqada parazitlik qiladigan gigant tikanbosh - makrakantorinx ( Macracanthorhynchus hirudinaceus) bo’lib, u uy va yovvoyi cho’chqa, burunduq, olmaxon va krotlar ingichka ichaklarida parazitlik qiladi (72-rasm). Makrakantorinx us asosan , G’arb mamlakatlarida, MDH ning Ye vropa qismida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Ayrim xo’jaliklarda makrakantorinxoz qo’zg’atuvchisi bilan cho’chqalar 100 % gacha kasallanishi mumkin. Kasallangan cho’chqalarning taxminan uchdan bir qismi halok bo’ladi. Macracanthorhyuchus hirudinaceus ba’zan it va odamlarda ham parazitlik qilishligi aniqlangan. Makrakantorinxusning tanasi uzunchoq, dumi birmuncha ingichka, bosh tomoni esa yo’g’onlashgan bo’ladi. Urg’ochilarining uzunligi 68 sm gacha boradi. Bosh tomonida xartumi bo’lib, 5 qator orqaga qayrilgan 36 ta ilmoqlari bor. Ilmoqlarining uzunligi 0,16 mm ga yetadi. Uzunligi 7-15 sm bo’lgan erkak makrakantorinxuslarning tanasi vergul shaklida. Urg’ochilarining jinsiy apparatlari birmuncha murakkab tuzilgan. Faqatgina yosh makrakantorinxuslarning tuxumlari bor. Urg’ochi makrakantorinxuslar cho’chqaning ingichka ichagida akantorasi bor tuxumlarini qo’yadi. Yetilgan tuxumlar asta-sekin juda murakkab tuzilgan urug’don yo’llari orqali cho’chqaning ichagiga va tezagi bilan tashqi muhitga chiqariladi. Yetilgan tuxumlari oval shaklida uzunligi 0,08-0,101 mm atrofida bo’ladi. Tuxumning tashqi yupqa pardasi rangsiz, ikkinchi qavati qalin, to’q qo’ng’ir tusda, notekis chuqurchalari bo’lib, bodom danagining po’stini eslatadi. Makrakantorinxnihg oraliq xo’jayinlari may qo’ng’iz l aridan - Melolontha hippocastani turi, tilla qo’ng’izlardan - Ustonia anrota va Ziocola orvitarsis turlari hamda shoxli qo’ng’iz va go’ng qo’ng’izlarining lichinkalari, g’umbaklari va voyaga yetganlari hisoblanadi. 72 -rasm. Cho’chqa makrakantorinxi( Macracanthorhynchus hirudinaccus ) - ning rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy xo’jayin - cho’chqa, B-oraiiq xo’jayinlari-har xil qo’ng’izIar, D-qo’ng’izlarning lichinkalari: 1-jinsiy voyaga yetgan parazit, 2-tuxumIar, 3-tuxumlarning dalalarga tarqalishi, 4-parazitning lichinkalari. Tezak bilan tashqi muhitga tushgan tuxumni may qo’ng’izlari va tilla qo’ng’izlarning lichinkalari yutib yuboradi. Ushbu oraliq xo’jayinlar ichagiga tushgan akantora tuxumi po’stini yorib, ichak devorini teshib qo’ng’iz lichinkasining tanasiga o’tadi, bu yerda rivojlanib akantora preakantellaga va u o’z navbatida yuqumli (invazion) holatdagi akantellaga aylanadi. Makrakantorinxlarning oraliq xo’jayinlari tanasida rivojlanish muddati yil fasliga bog’liq. Agarda qo’ng’iz lichinkalari iyul yoki undan keyingi oyda zararlansa akantella 12-13 oydan keyin rivojlanadi. Akantella tanasi yassi va zich bo’lib, cho’ziq va oq rangdadir. Uzunligi (ichiga tortilgan xartumi bilan) 3,6-4,5 mm dan (cho’zilgan xartumi bilan) 4,4-5,6 mm gacha bo’lib ko’zga yaxshi ko’rinadi. Qo’ng’iz lichinkalarining rivojlanish davrida akantella o’lmaydi. Shuning uchun cho’chqalar may oyida tilla qo’ng’izlar lichinkalarini emas, balki ularni g’umbaklik va imago davridagilarini ham yeb makrakantorinxus bilan zararlanadi. Akantella qo’ng’izlar tanasida 2-3 yil, ya’ni oraliq xo’jayinning butun umri mobaynida yashaydi. Cho’chqalar bu qo’ng’izlarni hamma rivojlanish davrida ishtaha bilan yeydi. Cho’chqalar zararlangan qo’ng’izlarning lichinkalarini, g’umbak va imago davrlaridagilarini yeb, parazitni o’zlariga yuqtiradi. Cho’chqa oshqozonida qo’ng’izlar hazm bo’lib, ichagidagi makrakantorinxus lichinkalari - akantellalar ingichka ichakda xartumini qinidan chiqarib 36 ta ilmog’i bilan ichak shilliq pardasiga yopishib oladi va yopishgan joyida rivojlanib jinsiy voyaga yetadi. Invazion lichinkalarining asosiy xo’jayni tanasiga tushib, jinsiy voyaga yetgan makrakantorinxusning rivojlanish muddati 70-110 kun bo’lib, hayvon organizmida 10 oydan 23 oygacha yashaydi. So’ngra tabiiy holda o’ladi. Bu parazit bilan ba'zan odamlar, maymunlar, qoramollar va itlar ham zararlani- shi aniqlangan. Tikanboshli chuvalchanglardan ayrim turlari, masalan, Pomphorhynchus laevis chuchuk suv baliqlari, shu jumladan, mo’ylovdor baliqlar ichagida parazitlik qilib, ichak devorini yaralaydi, bunda ko’plab baliqlar qirilib ketadi. Ayrim hollarda mo’ylov dor baliqlar ichagida parazitlar miqdori 300 tagacha yetishi mumkin. 73-rasm. O’rdak polimorfi ( Polymorphus magnus ) ning rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy xo’jayini-o’rdaklar, B-oraliq xo’jayini yonsuzarlar: 1- o’rdak ichidagi jinsiy yetilgan parazit, 2-tashqi muhitga chiqqan parazit tuxumi, 3- yonsuzarlardagi parazit lichinkasi-akantella. Baliqlarda parazitlik qiluvchi tikanhoshiilarning oraliq xo’jayinlari , asosan mayda qisqichbaqasimoniar - Gammarus pulex hisoblanadi. Tikanboshli chuvalchanglardan Polymorphus va Filicollis urug’larining vakillari o’rdak, g’oz va boshqa suv qushlarming ichagida parazitlik qilib, ularga katta ziyon yetkazadi (73-rasm). O ’rdaklarda polimorfuslardan - Polymorphus magnus va Polymorphus mi nutus turla ri parazitlik qiladi. Birinchi turi, asosan, o’rdaklarning ingichka ichagida, ik-kinchi turi esa yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon, uzun-ligi 9,2-14,7 mm atrofida. Oraliq xo’jayinlari yonlab suzar qisqichbatjasimonlar - Gammarus lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi. O’rdak polimorfoziga qarshi bitionol, filiksan va uglerod tetraxlorid ishlatiladi. Fiiikollis urug’idan Filicollis anatus o’rdak, g’oz va boshqa suv hamda botqoqliklarda yashovchi qushlarning ingichka ichagida parazdtlik qiladi. Parazitning uzunligi 6-25 mm atrofida bo’ladi. Oraliq xo’jayini qisqichbaqasimonlardaii - suv xo’tigi (Asellus aquoticus) hlsoblanadi. TIRIK HAYVONLARNI GELMINTLAR BILAN ZARARLANLIGINI ANIQLASH VA LABORATORIYADA TEKSHIRISH USULLARI Qonni gelmintlarga tekshirish. Qonda Filyariata kenja turkumiga oid nematodlarning lichinkalari - mikrofilyariylarni uchratish mumkin. Ular quyuq qon tomchisida ham bo`ladi. Buning uchun hayvon qulog`idan bir tomchi qon olib, buyum oynasiga tomiziladi va usti qoplag`ich oyna bilan yopiladi, so`ng mikroskopda tekshiriladi. Mikrofilyariylar harakatchan bo`ladi, shuning uchun ham ularni topish oson. Agarda juda quyuq qon tomchisida mikrofilyariylar tezda ko`rinmasa, u vaqtda qondagi shaklli elementlarning turtilib harakatlanishidan sezish mumkin. Ikkinchi, birmuncha murakkabroq usul ham bor. Fibrinsizlantirilgan qondan tayyorlangan quyuq qon tomchi quritilib, gemoliz qilinadi va Romanovskiy usuli bilan bo`yalib tekshiriladi. Bunday surtma lichinkalarni o`lchash, ularning tuzilishini ko`rish va qaysi urug` yoki turga mansubligini aniqlash mumkin. Lichinkalarni bir joyga to`plab tekshirishning samaradorligini oshirish mumkin. Buning uchun T.I. Popova quyidagi usulni tavsiya etadi: bo`yin venasidan olin-gan bir necha kub santimetr qon 4% li limonli nordon natriy eritmasi bilan 1:10 nisbatda aralashtiriladi, keyin distillangan suv bilan 1:7 yoki 1:10 nisbatda suyul-tirilib, sentrifugada aylantiriladi va olingan cho`kma mikroskopda tekshiriladi. Shu maqsadda Fyulleborn bir necha ml qonni 95 ml (5% li formalin eritmasidan, 5 ml sirka kislotasining tuzli eritmasidan va 2 ml konsentrlangan gensiavialetning spirtli eritmasidan tashkil topgan) murakkab eritma aralashmasi bilan aralashtirishni taklif qilgan. Hosil bo`lgan aralashma sentrifugada aylantirilib, cho`kma mikroskopda tekshiriladi. Bu parafilyarioz yaralaridan tomayotgan qonni tekshirish bilan tasdiqlanadi. Bunday qondan bir tomchisi buyum oynasiga tomizilib, 10 baravar ko`p distillangan suvda suyultirilib, mikroskopda qaralganda parafilyariyning tuxum va lichinkalari aniqlanadi. Terini onxoserkozga tekshirish. Mikroonxoserkalar, odatda, terining nozik joylarida to`planadi. Bularni topish uchun teri biopsiya qilinadi: qorin devorlarining pastki qismida bir oz joyining juni qirqilib, dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan artiiadi, so`ngra teri pinset yordamida ushlanib, Kuper qaychisi bilan suli doni kattaligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib, og`zi namlangan paxta bilan mahkam berkitiladi. Laboratoriyada bu teri parchasi soat oynasiga quyilgan fiziologik eritmaga joylashtiriladi. Qaychi va preparoval igna bilan mayda tolalarga ajratiladi, so`ngra namunaning hammasi sentrifuga probkkalariga solinib, bir necha soat 37-38° li termostatga qo`yiladi. Teridan chiqqan mikroonxotserkalarning harakatchanligini saqlab qolish uchun fiziologik eritma teng miqdorda qon zardobi bilan aralashtiriladi. Namuna termostatda turgandan keyin teri tolalari olib tashlanib, qolgan qismi suziladi yoki sentrifugada aylantirilib, cho`kma mikroskopda tekshiriladi. Mikroonxotserkalar juda harakatchan bo`lgani uchun osonlik bilan topiladi. Gelmintozlarni immunologik usulda aniqlash. Xuddi yuqumli kasalliklar sin-gari, gelmintoz kasalligida ham turli darajada immunitet bo`ladi va antitela paydo bo`lishi kuzatiladi. Hozir ko`pgina gelmintoz kasalliklarda immunologik diagnostika metodi ishlab chiqilgan va ular tajribada tekshirilgan. Lekin bu usullarning ko`pchiligi hozircha veterinariya tajribasida qo`llanilmaydi, chunki bu biopreparat-lar sanoatda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotir. Gelmintozlarni epizootik aniqlash. Ayrim vaqtlarda olingan epizootologik ma'lumotlarga asoslanib, ba'zi gelmintoz kasalliklariga taxminiy tashxis qo`yish ffiumkin. Bu tashxisni tirik yoki o`lgan hayvonlarda o`tkazilgan maxsus tekshirishlar bilan tasdiqlash kerak. 1. Mollari moniyezioz bilan zararlangan xo`jaliklarda may, iyun oylarida qo`zilar ko`plab o`ladi. Shularga ko`ra moniyeziozga taxminiy tashxis qo`yish mumkin. 2. Telyazioz avj oladigan iyun, avgust oylarida xo`jalikdagi juda ko`p qoramol-larda konyunktivit va keratit belgilari kuzatiladi. Shunga ko`ra telyaziozga taxminiy diagnoz qo`yish mumkin. Ko`pgina gelmintoz kasalliklarning aniq klinik belgilari ma'lum vaqtda paydo bo`ladi. Kasallikning avj olishi mamlakatning turli mintaqalarida turli vaqtlarga to`g`ri keladi. Taxminiy tashxis qo`yishda yilning fasli hisobga olinib, ma'lum joy-lar uchun xos sharoitlarni hisobga olish kerak. Diagnostik gelmintsizlantirish. Gelmintozlarga aniq tashxis qo`yish uchun kerakli dorilardan foydalanib, hayvon oshqozon-ichagidan birorta gelmint yoki uning lichinka hamda bo`g`inlarini ajratish diagnostik gel'mintsizlantirish deyiladi. Diagnostik gelmintsizlantirish hayvonlarning ayrim belgilariga ko`ra jinsiy voyaga yetmagan gelmintlar qo`zg`aydigan kasallik borligiga shubha tug`ilganda o`tkaziladi, Bunday vaqtda boshqa laboratoriya usulidan foydalanib bo`lmaydi, chunki kasallik qo`zg`atuvchi gelmintlar voyaga yetmaganligi sababii tezak yoki boshqa organizmga keraksiz ajratmalar bilan bo`g`in, tuxum yoki lichinkalar ajrat- maydi. Diagnostik gelmintsizlantirish uchun kasallanganligiga shubha qilingan 5-6 bosh hayvon ajratilib, alohida boqiladi va ularga terapevtik dozada kerakli antgelmintik beriladi. So`ngra 1-2 kun ushbu hayvonlarning tezagi to`planib, qo`zg`atuvchini topish uchun gelmintoskopik usulda tekshiriladi. Xo`jalik sharoitida kavsh qaytaruvchi hayvonlarning moniyeziozi, go`shtxo`r hayvonlarning sestodozlari, cho`chqa askaridozi va parrandalarning askaridozi kabi kasalliklarga tashxis qo`yishda diagnostik gelmintsizlantirish ko`proq o`tkaziladi. GELMINTLARNING ORALIQ XO`JAYINLARINI TEKSHIRISH . Hayvonlarni tekshirish yo`li bilan gelmintologik sharoitlarning ayrim tomonlari aniqlanadi, xolos. U hayvonlar bilan tashqi muhit o`rtasidagi hamma munosabatlarni, gelmintozlarning tarqalish yo`llarini yoritmaydi. Shuning uchun hayvonlar (parazitlarning asosiy xo'jayini)dagi gelmintozlarni tekshirish bilan birga oraliq xo`jayinlarni ham tekshirib, tanasida gelmintlar lichinkasi bor yo`qligini bilish katta ahamiyatga ega. Oraliq xo`jayinlarni tekshirish shuning uchun ham zarurki, qator gelmintozlarning qo`zg`atuvchilari biogelmintlar, ya'ni faqatgina oraliq (ayrimlari qo`shimcha) xo`jayin ishtirokida rivojlanadi. Oraliq xo`jayinni tekshirish va ular-ning tanasida gelmint lichinkalarining bor-yo`qligini aniqlash juda oddiy, oson va foydali bo`lgani sababli xo`jalikda gelmintozlarning borligini, qanchalik tarqalganligini, hayvonlarga yuqtirayotgan manbai hamda invazion elementlarning oraliq xo`jayin tanasida saqlanish muddatini aniqlash imkonini yaratadi. Hayvonlarni gelmintologik tekshirish natijasi hamma vaqt oraliq xo`jayinlarni tekshirishdan olingan ma'lumotlar bilan to`Idiriladi. Ikkita asosiy va oraliq xo`jayinlarni tekshirish natijasigina xo`jalikda gelmintologik sharoitni aniqlash hamda gelmintozlarning prognozini bilib, profilaktika tadbirlarini o`z vaqtida tashkil qilish imkoniyati yaratiladi. Mollyuskalar (chuchuk suvda hamda quruqlikda yashaydiganlari), qisqichbaqasimonlar (sikloplar, dafniya, yonlab suzuvchilar, suv xo`tigi), yomg`ir chuvalchangi, hasharotlar (chivin, ninachi, chumoli va qo`ng`izlar), tuproqda yashovchi kanalar gelmintlarga oraliq xo`jayin bo`lishi mumkin. Epizootologik jihatdan har qaysi turdagi oraliq xo`jayinning 1 m 2 yaylovdagi sonining eng ko`p bo`lishi katta ahamiyatga ega. Ular qanchalik ko`p, zich bo`lsa, hayvonlarni gelmintozlar shuncha ko`p zararlashi mumkin. Quraqlikda yashaydigan oraliq xo`jayinlar har xil joylarda: go`ngda, ochiq molxonada, yaylovda yashashi mumkin. Gelmintlarning suvda yashaydigan oraliq xo`jayinlari ayniqsa ariq bo`ylarida, ko`lmak, suv o`tlarida ko`p bo`ladi. Mana shunday xo`jayinlari ko`p bo`lgan yaylovlardaboqilgan chorva moilar, parrandalar biogelmintozlar bilan ko`proq kasallanadi. Oraliq xo`jayinlar tanasidagi gelmint lichinkalarini topish uchun ularni ushlagan zamon (yaxshisi tirik holda) binokulyar, lupa yoki juda katta qilib ko`rsatadigan mikroskopda tekshirish kerak. Gelmint lichinkalari oraliq xo`jayin tanasida turli rivojlanish bosqichida bo`lishi mumkin, lekin ularning invazion lichinkalari tezroq ko`zga tashlanadi. Oraliq xo`jayinlarni tekshirganda ma'lum turdagi gelmint lichinkalari bilan ular ekstensiv (foiz) va intensiv (lichinkasini) zararlanganligi aniqlanadi. Xo`jalikda gelmint lichinkalarini topish uchun ko`pincha shoxli qo`ng`iz, sovut-li kanalar, yomg`ir chuvalchangi, molluskalar, yonlab suzgich, suv xo`tigi, dafniya va sikloplar tekshiriladi. Shoxli qo`ng`izlar. Bu qo`ng`iz barcha hayvonlar go`ngida yashaydi. Shoxli qo`ng`iz cho`chqalarning ingichka ichaklarida parazitlik qiluvchi makrokantorinxlarning oraliq xo`jayini hisoblanadi. Parazitning lichinkasi (akantellalari) birmuncha katta (5 mm uzunlikda), rangi oq bo`lib, qo`ng`izlarning imago, lichinka va g`umbak davrlarida yorib mikroskopda qaralganda yaxshi ko`rinadi. Suvo`tli kanalar - kichkina (1 mm uzunlikda) bo`lib, yerning yuza qismida yashaydi. Ushbu kanalar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning ingichka iyaklarida yashovchi moniyeziylarga oraliq xo'jayin hisoblanadi. Moniyeziy lichinkalarini - sistitserkoidlarini topish uchun predmet oynasiga sovutli kanalardan qo`yib, bir tomchi suv tomiziladi va lupa ostida parchaiagich igna bilan kanalar mayda qismlarga bo`linadi. So`ngra ikkinchi oyna bilan berkitib, mikroskopda tekshiriladi. Moniyeziy lichinkalari (sistitserkoidlar) oval shaklda, diametri 0,15-0,19 mm, to`rtta so`rg`ichi va dum tomonida ortig`i bo`ladi. Sistitserkoidlar juda ham nozik bo`lganligi uchun kompression (ikki oynaning orasida ezish) usulida tekshirish mumkin emas. Yomg`ir chuvalchanglari. Hamma turdagi yomg`ir chuvalchanglari tuzilishi va yashash sharoitiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi. Ayrim avlodlafi Lumbricus, Eiseniavakillari nam tuproqda va go`ngda yashaydi. Ular cho`chqa metastrongilidlari-ning oraliq xo`jayinlaridir. Spiral shaklidagi metastrongilid lichinkaiari chuvalchangning qizilo`ngach va qon tomir to`qimalarida joylashadi. Ularni topish uchun yomg'ir chuvalchangi tanasining oldingi choragini kesib olib, ikkita buyum oynasi orasida ezib, kompression usulda tayyorlangan preparat mikroskopda tekshiriladi. Boshqa avlodlarga kimvchi yomg`ir chuvalchanglari ( Criodrilus, Eophila ) loy-qa suvlarda yashaydi. Ular o`rdaklarda gistrixoz va porrotsekoz qo`zg`atuvchi gelmintlarning oraliq xo`jayinlaridir. Gistrixis lichinkalari juda katta (3 sm uzim- likda), rangi oq, yaltiroq bo`ladi. Porrotsekum lichinkalari oldingi tur lichinkalardan taxminan o`n martaba kichik (2,5-3 mm), ular zararlangan yomg`ir chuvalchanglarini kompression usulda mikroskopda tekshirganda yaxshi ko`rinadi. Mollyuskalar. Tabiiy sharoitda mollyuskalar har xil trematod lichinkalari bilan zararlangan bo`ladi. Lichinkalar molluskaning chig`anog`i ichidajoylashgan jigarida parazitlik qilishadi. Katta molluskalar chig`anog`idan ajratib, kichkinalari esa chig`anog`i bilan ikki predmet oyna orasida ezib, mikroskopda tekshiriladi. Trematod lichinkalari (serkariylar) bor bo`lsa, u itbalig`i shaklida aniq ko`rinadi. Chuchuk suvda yashovchi molluskalarning ayrim turi parrandalarda parazitlik qiluvchi gimenolipididlarga rezervuar xo`jayinlik qiladi. Ularning lichinkalarini (sistitserkoidlarini) ham molluskalarning hazm organlaridan mikroskopda tekshirib topish mumkin. Yonlab suzarlar. Yonlab suzarlarning uzunligi 2 sm ga yetadi, dengiz va chuchuk suvda yashaydi. Ular parrandalarda polimorfoz, streptokaroz va tetra- meroz kabi kasalliklarni qo`zgatuvchilarga oraliq xo`jayinlik qiladi. Zararlangan qisqichbaqasimonlarni kompression usulda tekshirganda aniq ko`rinadi. Polimorfus lichinkalari (akantellalar) oval shaklli, qoramtir bo`lib, uzunligi 1 mm ga yetadi. Mikroskopda yaxshi ko`rinadi. Suv xo`tikchalari. Suv xo`tikchalari 1-1,5 sm uzunlikda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ular parrandalardagi filikollez qo`zg`atuvchisining oraliq xo`jayinlari hisoblanib, kompressor usulida tekshirganda oq rangli, oval shaklda, uzunligi 0,7 mm filikalla lichinkalari (akantellalari) mikroskopda aniq ko`rinadi. Dafniyalar. Dafhiyalar yonlab suzgichlarga nisbatan bir necha marta kichik. Ular ko`pincha ko`lmak suvlarda yashab, parrandalardagi exinurioz hamda tetra- meroz qo`zg`atuvchilariga oraliq xo`jayinlik qiladi. Ushbu parazitlarning lichinkalari chuvalchangsimon tuzilgan, kompression usulda tekshirilganda mikroskopda yaxshi ko`rinadi. Sikloplar. Sikloplar juda kichkina bo`ladi. Ular suvda suzuvchi parrandalar- dagi sestodoz qo`zg`atuvchilariga oraliq xo`jayinlik qiladi. Qo`zg`atuvchilarning lichinkalari (sistitserkoidlari) birmuncha dumaloq shaklda, dum tomonida ortig`i bor, siklop tanasida uning ichagining ustki qismida joylashadi. Sestoda lichinkalarini topish uchun sikloplar predmet oynacha ustiga qo`yiladi va ustidan oyna bilan berkitib mikroskopda tekshiriladi. o`rtacha kattalashtirib qaralganda parazit lichinkalarining so`rgichlarini, xartumidagi ilmoqchalarini ko`rish mumkin. Yuqorida tanishib o`tganlardan tashqari, yana gelmintlarning ko`pgina oraliq xo`jayinlarini (mayda chivin, ninachi, qo`ng`iz, chumoli va shu kabilarni) ham tekshirish mumkin. Lyuminessent usulda mikroskopik tekshirish. Lyuminessent yoki nurlatish yo`li bilan mikroskopda tekshirish professor V.G. Evronova tomonidan tak-lif qilinib, gelmintozlarga tashxis qo`yishning yangi usuli hisoblanadi. Bu usul tuxumlari o`zaro o`xshash, aramo har xil turdagi gelmintlarnibirbiridan ajratish hamda hayotchan tirik tuxum va lichinkalarni o`liklaridan farq qilish uchun ishlatiladi. Tekshirish uchun trematoda, sestada va nematoda tuxumlari, "akridin" yoki boshqa fluoroxrom eritmalari ishlatiladi. Nematodlarning tirik tuxumi va lichinkalari lyuminessent qilmaydi, ammo o`lik tuxumi va lichinkalari yaxshi turlanadi, sarg`ish-ko`k yoki sariq rangga bo`yaladi. Nurlatib mikroskopda tekshirganda go`shtxo`r hayvonlarning ko`pgina sestodlarini, askaridata, geterakis tuxumlarini bir-biridan ajratib, ularning o`lik yoki tirikligini bilish mumkin. Nurlatish uchun tayyorlangan preparat MUF-3 yoki ML-2 markali mikroskopda tekshiriladi. Nurlatib tekshirish usuli juda oson bo`lganligi uchun undan ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Gelmintozlarga tashxis qo`yishda qo`shimcha tarzda qonning morfologik tuzilishi, eozinofillar miqdori, zardobdagi oqsillarning fraksiyalarini aniqlash kabi usullar ham qo`llaniladi. HAYVON O`LGANDAN KEYIN GELMINTOZLARGA TASHXIS QO`YISH . Hayvon o`lgandan keyin gelmintozlarga tashxis qo`yish, o`likni yorish vaqti-da, so`yilgan mol nimtalarini tekshirganda topilgan gelmintlarga hamda organ va to'qimalardagi patologoanatomik o`zgarishlarga qarab bajariladi. Qo`zg`atuvchilari, deyarli, katta gelmintlar bo`lganligi uchun hayvon o`ligini patologo-anatomik yorganda ayrim gelmintozlarni (askaridoz, fassiolyoz, diktiokaulyoz, metastrongilyoz va boshqalar kabi) aniqlash mumkin. Lekin qator geimintozlar mayda gelmint-lar tomonidan qo`zg`atiladi. Hayvon o`ligini maxsus gelmintologik usulda yorib ko`rgandagina ularga aniq diagnoz qo`yish mumkin. O `lgan hayvonlarni bir qancha xil gelmintologik yorish tekshirish usullari mavjud: 1. Hayvonlarni akad. K.I. Skryabin usulida to`liq gelmintologik yorib tekshirish. Bu hayvonning hamma organ va to`qimalaridagi gelmintlarni topish va yig`ish uchun foydalaniladi. 2. K.I. Skryabin usuli bo`yicha hayvonlarning ayrim organlarini to`liq yorib tekshirish. Bunda ayrim organlarning gelmintlar bilan qanchalik zararlanganlik (diktiokaulyozda o`pka, fassiolyozda jigar) darajasi aniqlanadi. 3. Noto`liq gelmintologik yorish -bunda o`lgan hayvon odatdagi patologo-anatomik yoriladi va birmuncha katta, ko`zga ko`rinadigan gelrnintlar (askaiida, moniyeziylar) topiladi. 4. R.S. Shuls va Shohnazarova usulida o`lgan hayvoniar parsial gelmintologik yoriladi. Bunda organlarining ayrim qismlari tekshirilib gelmintlari olinadi. HAYVONLARNI AKADEMIK K. I. SKRYABIN USULIDA TO`LIQ GELMINTOLOGIK YORIB TEKSHIRISH. O`lgan umurtqali hayvonlarni K.I. Skryabin usulida to`liq gelrmntologik yor-ganda har qaysi turdagi hayvonning anatomik tuzilishi hisobga olinadi (kavsh qaytaruvchi hayvonlarda oldingi qorinlar, parrandalarda fabritsiyeva sumka, havo xaltachalari). O`lgan molni yorishdan oldin uning tanasi tekshiriladi, sababi mol tanasida yaralar, hasharot va kanalar bo`lishi mumkin; so`ngra teri shilinib teri osti to`qimalari ko`zdan kechiriladi, navbat bilan qorin bo`shlig`i, ko`krak qafasi yorilib, har bir organ alohida idishlarga (tog`ora, paqir, kyuveta) solinadi. Ichki organlar ajratib olinganda qorin va ko`krak bo`shliqlari ko`zdan kechiriladi, bosh va orqa miya, ko`z kosasi ajratib tekshiriladi. Burun hamda og`iz bo`shliqlari ko`riladi. Bo`g`in, ayrim guruh muskullari (trixinellaga) tekshirilgandan keyin organlar ajratib olinadi va alohida yorilib, takror yuviladi yoki kompression usulda tekshiriladi. Har qaysi organni takror yuvib tekshirish juda qiyin, ko`p miqdorda suv, turli idishlar va vaqt talab qilinadi. Faqat oshqozon, ichaklar, jigar va o`pka yuviladi xolos, oxirida qolgan cho`kma oz-ozdan qora kyuvetaga olinib, lupa ostida tekshiriladi. Odatda organ va to`qimalar kompression usulida kam tekshiriladi. Olingan to`qima yoki organ (ichak devorlaridan olingan shilliq) ikkita kompression yoki boshqa predmet oynalari orasida rangsiz holatga kelguncha eziladida, so`ngra lupa yoki mikroskop ostida tekshiriladi. Topilgan gelmintlar to`qimalar orasidan asta-sekin ajratib olinadi. Shuningdek, bu usulda ko`pincha gelmintlarning oraliq xo`jayinlari ham tekshiriladi. Hazm organlar (qizilo`ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo`g`on ichak, ji- gar, oshqozon osti bezi) bir-birlaridan ajratilib, alohida idishlarga solinadi, so`ng ular yoriladi. Bunda qizilo`ngach qaychi bilan uzunasiga kesilib, uning devorida bo`lishimumkinbo`lgangelmint vao`simtalarniko`rishgaharakat qilinadi. So`ngra qizilo`ngach devorlaridan shilliq olib, predmet oynacha orasiga qo`yiladi va kompression usulda tekshiriladi. Oshqozon pastki devori tomonidan yorilib, ichidagi massalar silindr idishga solinadi. So`ngra oshqozon ham shu idishda yuviladida, aralashtirilib 5-10 daqiqa tindiriladi. Oshqozonning shilliq pardasidan qirindi olinib, kompression usulda tekshiriladi. Aralashma tindirilgandan keyin suvning yuqorigi qismi asta-sekin to`kiladi va qolgan cho`kmaga qaytadan suv quyilib, yana cho`kma tinguncha yu- viladi. So`ngra cho`kma mikroskop yoki lupa ostida tekshiriladi. Parrandalarning ikkita: bezli va muskulli oshqozoni bo`ladi. Bezli oshqozonni yorganda uning devorlari kyuvetada yuvib olinadi. So`ngra qorin devorlari tarang tortilib, yorug`ga tutiladi. Shunday qilganda, bezlarining ichidagi dumaloq qizil rangli tetramer parazitlarini ko`rish mumkin. Muskulli oshqozon bilan bezli oshqozon oralig`ida exinuriy.kabi nematodalarni tugunlarga o`ralgan holda topish mumkin. O`rdaklarning bezli oshqozoni seroz pardasi orqali qaralganda, undagi yong`oq kattaligidagi tugun ichida nematodalar (gistrixis) borligi aniqlanadi. Muskulli oshqozon qaychi bilan uzunasiga kesilib devori ag`dariladi va kyuvetada yuviladi, so`ng takror yuvilib tekshiriladi. Keyinchalik qorinning shilliq pardasidan kutikula ajratib olinib, uning ostida bo`lishi mumkin bo`lgan streptokor bilan amidastom parazitlarini topish mumkin. Ingichka va yo`g`on ichaklar ayrim idishlarga solinib, suv quyiladi va charvidan ajratiladi. Keyin ichak qaychi bilan uzunasiga kesiladi hamda ichidagi ximus yoki tezak silindr idishga solinadi. Uning shilliq pardalari ham qirib, yuvib shu idishga solinadi. Olingan massa takror yuviladi va cho`kma mikroskop yoki lupada tekshiriladi. Yo`g`on ichak ham xuddi shu tarzda tekshiriladi. Parrandalarning o`n ikki barmoqli ichagi, ingichka ichagi, ko`richagi va to`g`ri ichaklari ham alohida tekshiriladi. Ulardan topilgan gelmintlar ham bo`lak idishlarga olinadi. Jigar oq kyuvetkaga solinadi, o`t pufagi esa alohida idishga yorib qo`yiladi va ustiga suv quyiladi hamda bir necha marta yuviladi. Idishdagi jigarga ham suv quyib, qaychi bilan o`t yo`llari bo`ylab kesiladi, keyin qo'1 bilan maydalab eziladi, takror yuvib olingan cho`kma tekshiriladi. Oshqozon osti bezini qo'1 bilan maydalab ezilgandan keyin takror yuvib tek- shiriladi. Nafas olish organlari: hiqildoq, kekirdak va bronxlar uzunasiga yorib ko`riladi, shilliq pardalardan namuna oiib, kompression usulda tekshirish kerak. O’pka parenximasi ustiga suv q u yib maydalanadi va u ham takror yuvib cho’kma tekshiriladi. Jinsiy organlar. Ularning shiliiq pardalari ham qirindi olish, takror yuvish va kompression usullarda tekshiriladi. Siydik ajratuv organlari, buyrak makroskopik ko`rikdan keyin kesilib, buyrak jomi ko`riladi. Parenximasi kompression usulda tekshiriladi. Siydik pufagi va siydik yo`llari yorilib ko`riladi, shilliq pardasidan qalin qirindi olib tekshiriladi. Siydikning o`zi takror yuvish usuli bilan tekshiriladi. Ko`zlar yorilib, ichki muhit, ko`z konyunktivi takror yuvib tekshiriladi. Miya (bosh miya va orqa miya) mayda bo`lakchalarga bo`linib, kompression usulda lupa bilan ko`riladi. Yurak va boshqa qon tomirlar fiziologik eritmada yoriladi, so`ngra takror yuvib cho`kma lupa ostida tekshiriladi. Qorin va ko`krak qafasidagi suyuqliklar ham takror yuvib tekshiriladi. GELMINTLARNI YIG’ISH, KONSERVALASH, ETIKETKALASH VA JO`NATISH . Organ va to`qimalardan topilgan gelmintlar cho`kmadan igna yoki kichkina cho`tka (kistochka) yordamida (katta gelmintlarni pinset bilan) terib olinib, kon-servalovchi suyuqlik bilan to`ldirilgan probirkaga solinadi, nematodalar birdaniga Barbogallo (fiziologik eritmada tayyorlangan 3% li formalin) suyuqligiga solinadi; trematoda, sestoda hamda akantotsefallar avvalo suvga solib, o`lganlaridan keyin 70° 11 spirti bor probirkaga o`tkaziladi. Sistitserk, senur, exinokokk pufaklari ham Barbogallo eritmasida konservalanadi. Har qaysi probirka ichiga qora qalam yoki tush bilan yozilgan etiketka solinadi, unda hayvonning turi, jinsi va topilgan parazitlar (Trematoda, Cestoda, Nematoda yoki Acantocephala)ning nomi, soni ko`rsatiladi. Etiketkaning orqasiga o`lgan molning yorilgan joyi, kuni va hayvonni yorgan kishining familiyasi yoziladi. To`liq va noto`liq gelmintologik yorib tekshirilgandagi natija maxsus jurnalda ro`yxatga olinadi. To`plab konservalangan, etiketkalangan gelmintologik materiallarni qurib qolishdan saqlash kerak. Buning uchun gelmintlar katta probirkalarga, og`zi zich bekiladigan shisha yoki plastmassadan tayyorlangan bankaga solib saqlanadi; banka tagiga paxta qo`yib, ustiga ikki-uch qator probirka teriladi va Barbogallo eritmasi yoki 70° li spirt (probirkada qanday suyuqlik bo`lsa bankaga ham shu eritma) quyiladi. Bankaning to`lmasdan qolgan joyiga paxta tiqiladi ( 85 -rasm). Jo`natiladigan bankalar ustidan paxta yoki boshqa materiallar o`rab qotirilishi kerak. Mayda, uncha ko`p bo`lmagan gelmintlarni penitsillindan bo`shagan shishalarda konservalash ham mumkin. Gelmintologik yorganda to`plangan gelmintlar bo`yalgandan keyin bir- biridan ajratiladi. Nematoda va akantotsefallar; sestodlarning skolekslari (bosh- chalari) sut kislotasida glitserinning teng miqdordagi aralashmasi bilan rangsizlantiriladi. Trematoda hamda sestodalarni turiga qarab aniqlash birmuncha qiyin, chunki bo`yab doimiy saqlanadigan preparat tayyorlashni talab qiladi. Bunday gelmintlarni bo`yash uchun qator bo`yoqlar va bo`yash usullari taklif qilingan bo`lib, ko`proq achchiq toshli karmin ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abduraxmanov G.M., Lopatan I.K., Ismailov Sh.I. Osnovo’ zoologii i zoogeografii. Uchebnik dlya studentov vo’sshix pedagogicheskix uchebno’x zavedeniy. M., Izdatelskiy tsentr «Akademiya» 2001. 2. A buladze K.I. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni selskoxozyaystvenno’x jivotno’x. Uchebnik d lya studentov VUZov po spetsialnosti "Veterinariya". M., 1990. 3 . Akbaev M.Sh. i dr. Parazitologiya i invazionno’e bolezni jivotno’x. Uchebnik dlya studentov VUZov po spetsialnosti «Veterinariya». M. KOLOS, 2000. 4. Biologiya. Bolshoy entsiklopedicheskiy slovar. Nauchnoe izdatelstvo "Bolshaya Rossiyskaya entsiklopediya". M. 1998. 5. Burdelev T.E. i dr. Osnovo’ veterinarii. Uchebnik. M.,1978. 6. Genis D.E. Meditsinskaya parazitologiya. M. 1991.