logo

Odam tanasining razmer tipologiyasi va razmer standartlari gavda tuzilishi haqida qisqacha ma`lumotlar, plastik anatomiya

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

573.5 KB
Odam tanasining razmer tipologiyasi va razmer standartlari gavda tuzilishi haqida qisqacha ma`lumotlar, plastik anatomiya Reja : 1. Gavda tuzilishi xaqida qisqacha ma`lumot 2. Antropometriya, erkaklar va bolalar razmer tiplogiyasi 3. Plastik anatomiya 4. Tana proporsiyasi turlari 5. Andom turlari Antropometrik nuqtalar 6. Tana o`lchamlari turlari 7. Odam gavdasining razmerlari tasnifi Tayanch iboralar : Anatomiya, morfologiya, antropologiya, plastik anatomiya, skelet, gavda, tana, tana proporsiyalari, dolixomorf, mezamorf, braximorf, jussa, kukrakdor tip, korindor tip, astenoid tip, torakal tip, muskulli tip, digestif tip, andon, kifotik kompleks, muvozanatli kompleks, lordotik kompleks, antropometriya, razmer tasnifi, antropometrik nuktalar, sagital tekslik, frontal tekslik, transversal tekslik, ulchov belgilari, balandlik, uzunlik, masofa, aylana, yarim aylana, buy, kenglik, yoylar,markazlar, masofa, diametr, chuqurlik, antropometr, tibbiy tarozi, razmer standarlari, santimetr tasmasi, bosh vakillar, terma vakillar, kiyimni markalanishi. P l a s t i k a n a t o m i ya – kishi gavdasining tashqi shaklsi qad-qomatni o`rganadi. Gavda odatda tana, bo`yin, bosh qo`llar va oyoqlar degan bo`limlarga bo`lib o`rganiladi. Odam skeleti kalla suyagi (3.1-rasm, a,b), tana suyaklari 2, qo`l va oyoq 4 suyaklaridan tashkil topgan. Odamning umurtqa pog`onasi (3.1-rasm, в ) S- simon, egri bo`ladi: umurtqa pog`onasi bo`yin, I) va bel, III) qismlarida egrilik chizig`i - oldinga, ko`krak, II) va bel, IV) qismlarida esa orqaga yo`nalgan. Umurtqa pog`onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi. Qo`l skeleti deganda, yelka kamari, kuraklar va umrovlar) hamda qo`llarning erkin suyaklari jumlasiga yelka, tirsak va bilak hamda kaft suyaklari kiradi. Yelka suyagi tik vaziyatda joylashgan yoki bir oz orqaga yo oldinga og`gan bo`lishi mumkin. Yelka suyagi bilan tirsak hamda bilak suyaklari birlashgan joyda burchak hosil bo`ladi, u yengning shaklsiga ta`sir etadi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh ,son) suyagi, katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi. Oyoqlarning shaklsi yonbosh yoki bilak boldir yokining bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, normal, 3,2-rasm,a), X-simon, 3.2-rasm, b) O- simon, ya`ni xomutsimon, 3.2-rasm,v) va sirkulsimon, 3.2-rasm, g) bo`lishi mumkin. Rasm 3.2. Oyoqlar tuzilishi Tananing bo`yin asosidan to yelka bo`g`imlarigacha bo`lgan qismi yelka deb ataladi. Yelka normal, 3.3-rasm, a), keng, 3.3- rasm, b) va tor, 3.3-rasm, v) shuningdek, qiyalik darajasiga, 3-2 rasm) qarab, normal, 3.4-rasm, a) baland, 3.4-rasm, b) hamda past, 3.4-rasm, v) bo`lishi mumkin. Rasm 3.3. Tananing bo`yin Rasm 3.4. Tananing yelka qismi balandligi balandligi turlari Qorinning ham asosiy uchta shaklsi mavjud: tekis, ichga tortilgan va dumaloq-duppayib chiqib turgan qorin. Qorinning shaklsi jinsga, yoshga va oriq- semizlikka bog`liq bo`ladi. Orqa odatdagicha yoki umurtqa bo`limlari salgina bo`rtib chiqqan, to`lqinsimon), bukchaygan va to`g`ri bo`lishi mumkin. Buyining shaklsi xilma-xil: erkaklarda muskullar juda rifojlanganligi sababli bo`yinning kesimi murakkab; Bolalarda esa birmuncha dumaloq bo`ladi. Bo`yinning uzun-qiskaligi yoshga hamda yelka qiyaligiga bog`liq. Gavdani, jussani) belgilab beruvchi asosiy morfologik belgilar umumiy belgilarni, mutanosiblikni, gavda tuzilishi va qad-qomatini o`z ichiga oladi. Umumiy belgilar deganda, tananing uzunligi, odamning bo`yin, ya`ni bo`y), ko`krak aylanasi, parametri) hamda vazi ,massa) kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o`rtacha uzunligi, o`rtacha bo`y) o`g`il chaqaloqlarda 51,5 sm bo`ladi. Erkaklarning bo`yin 18-20 yoshda "marraga" yetadi; mamalakatimizda erkaklarning o`rtacha bo`yin 35-50 yoshgacha o`zgarmaydi, shu yoshdan o`tgach, har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi, 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 sm dan qisqara boshlaydi. Ko`krakning antropometrik aylanasi antropologiyada juda yaxshi o`rganilgan; erkaklarda bu razmer orqada- ko`rak suyaklari ostida, oldinda esa ko`krak bezlari uchi atrofidagi pastki sigment bo`yicha o`lchab aniqlanadi. Yosh ulg`aygan sari ko`krak aylanasining o`lchami orta boradi, qarigandan keyingina bir oz kamayadi. Bir yashar go`dakning ko`krak aylanasi 49 sm ga teng. 25-26 yoshdagi yigitlarda ko`krak aylanasi o`lchami "marra"siga yetadi va o`zgarmaydi. Erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydi, shu sababdan ko`krak aylanavi o`lchami ortadi. Faqat 60 yoshlardagina ko`krak aylanasi o`lchami kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan bog`lik fiziologik o`zgarishlar sabab bo`ladi. Erkaklar gavdasining o`rtacha vazni 64 kg. Katta yoshdagi kishilar vaznining 40 kg dan kam yoki 99 kg dan ziyod bo`lishi patologik kasallik hisoblanadi. o`sish davrida tananing vazni ortaveradi; 25-40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40 dan 55 yoshgacha tana vazni xar besh yilda o`rta hisobda 1,0- 1,5 kg ortadi, 60 yoshdan o`tgach, birmuncha kamayadi. Kiyimni konstruksiyalash uchun proporsiya, (mutanosiblik)ning katta ahamiyati bor. Proporsiya deganda, tananing turli qismlari o`lchamlarining nisbati tushuniladi; bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. V.V. Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o`rtasida ko`p uchraydigan tana proporsiyalarini uchta asosiy tipga bo`ladi: dolixomorf tip, 3.5-rasm, a)- bu tipga mansub kishilarning oyoqlari uzun, tana qisqa va ixcham ,kambar) bo`ladi; braximor f tip, 3.5-rasm, v) - bu tipga mansub kishilarning oyoklari nisbatan qisqa, tanasi uzun va serbar bo`ladi; mezoforf tip, 1.5-rasm, b)- oraliq tip hisoblanadi. Tana proporsiyalari yoshga va jinsga qarab o`zgaradi. Yoshga bog`liq o`zgarishlar, birinchidan, tana barcha qismlarining ortishidan, ikkinchidan, proporsiyalar o`zgarishidan iborat bo`ladi. Masalan, katta yoshdagi kishining kallasi chaqaloqning kallasidan ikki baravar katta, bo`yin-uch baravar, qo`llar- to`rt baravar, oyoqlar - besh baravar va bo`yin yetti baravar uzun bo`ladi. Bunda boshning aylana o`lchami atigi bir yarim baravar, ko`krak aylanasi o`lchami esa uch baravar ortiq bo`ladi. Jussa, tana tuzilishi) muayyan belgilar majmuiga bog`liq bo`lib, kishining qaddi-qomatini ifodalaydi. V.V. Bunak erkaklarning gavda tuzilishi, ya`ni jussasini yetti tipga bo`ladi; shulardan uchtasi asosiy hisoblanadi: (ko`krakdor, kuksi balan) tip; muskullari rivojlangan tip va qorindor tip Rasm 3.5. Tana proporsiyasi turlari K u k r a k d o r tip, 1.6-rasm, a) -unchalik semizmas, muskullari ozgina rivojlangan, ko`krak qafasi yassi, qorni tortilgan, bukchaygan.  Rasm 3.6. Tana tuzilishi turlari M u s k u l l a r i r i v o j l a n g a n tip, 3.6 - rasm, b ga qarang)- teridagi yog` qatlami o`rtacha, muskullari o`rtacha yoki juda rivojlangan, ko`krak qafasi silindrik shaklda, orqasi tekis. Q o r i n d o r tip, 3.6-rasm, v ga karang) - semiz, muskullari o`rtacha yoki rivojlangan, ko`krak qafasi konussimon, qorni dum-dumaloq bo`lib chiqib turadi, bukchaygan yoki oddiygina. Rasm 3.7. O`g`il bolalar jussasining asosiy proporsiya turlari O`g`il bolalar jussasining V.G. Shtefko tuzgan sxemasini eng maqbul sxema hisoblanadi. Bu sxema o`spirinlar jussasining uchta asosiy tipi berilgan, 3.7-rasm). A s t e n o i d tip - semizmas, muskullari kam rivojlangan, ko`krak qafasi yassiroq va tor, bukchayganroq oyoqlari nisbatan uzun, dolixomorf tipning o`zginasi; 3.7-rasm a ga qarang). T o r a k a l tip - muskullari o`rtacha yoki kam rivojlangan, semizligi o`rtacha, ko`krak qafasi uzunchoq va tor, qorni tekis, orqasi to`lqinsimon, 3.7- rasm, b ga qarang) M u s k u l l i tip - muskullari o`rtacha rivojlangan, semizligi ham o`rtacha, ko`krak qafasi silindrik shaklda, qorni tekis, orqasi to`lqinsimon, 3.7-rasm, v ga qarang) Rasm 3.8. Andom turlari D e g e s t i v t i p - juda semiz, muskullari o`rtacha yoki juda kam rivojlangan, ko`krak qafasi konussimon, qorni dum-dumaloq bo`lib chiqib turadi, orqasi tekis ,1.7-rasm, g ga qarang) Andom, (gavdaning xolati) deganda, gavdaning kishi tinch turgan paytdagi yoki tug`ri yurib ketayotgan paytdagi turgun tik holati tushuniladi. Andom tiplarining har xil ta`rifi mavjud. Tikuvchilik sanoatida asosiy uch xil andom tipi qabul qilingan, 3.8-rasm) normal, a), bukchaygan, b) va kekkaygan andom, v). Polyak tadqiqotchisi N. Volyanskiy bolalar va o`spirinlarning andomini batafsil ta`riflab bergan. U umurtqa pog`onasining egriligini uch kompleksga ajratadi; har bir kompleks uch variantdan iborat. K i f o t i k k o m p l e k s K- umurtqa pog`onasining ko`krak qismi bel qismiga nisbatan ko`proq egilgan. Ko`krak qismining egilganlik darajasiga qarab andomning uchta kifotik varianti farq qilinadi. M u v o z a n a t l i k o m p l e k s R - umurtqa pog`onasining ko`krak va bel qismlari egrilik darajasi bir xil. Bu kompleksning ham uch varianti bor. L o r d o t i k k o m p l e k s L - umurtqa pog`onasining bel qismi ko`krak qismiga nisbatan ko`proq egilgan. Tavsiya etiladigan adabiyotlar : 1. Коблякова Е . Б . и др . Основи конструирования одежди М., 1981 2. Коблякова Е.Б. и др. Конструирование одежди с элементами САПР. М., 1985 3. Pulatova S.U. Kiyimni konstruksiyalash asoslari. T., 2001 4. Xasanboyeva G.K., Krimova O.I. Kiyim m o delini ishlash va konstruksiyasini tayyorlash. Toshkent, “O`qituvchi”, 1990 5. Komilova X.X., Hasanboyeva H.K. Tikuv buyumlarini konstruksiyalash., Toshkent. “Moliya” - 2003.