logo

Qo’shma va juft so’zlar imlosi. Qo’shib, ajratib va chiziqcha bilan yoziladigan so’zlar imlosi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.5 KB
Qo’shma va juft so’zlar imlosi. Qo’shib, ajratib va chiziqcha bilan yoziladigan so’zlar imlosi Reja: 1. Qo’shib yozish. 2. Chiziqcha bilan yozish. 3. Ajratib yozib. 4. Bosh harflar va qisqartma so’zlar imlosi.  Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat,talab kabi so’z yordamida yasalgan qo’shma ot va qo’shma sifat: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug’doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat va b.sh. -(a)r, (inkori –mas ) qo’shimchasi bilan tugaydigan qo’shma ot va qo’shma sifat: o’rinbosar, otboqar, cho’lquvar, ishyoqmas, qushqo’nmas kabi. Takror taqlid so’zga qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan ot va fe’l: pirpirak (pir+pir+ak) hayhayla,gijgijla kabi. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash, qiyoslash, o’xshatish yo’li bilan bildiruvchi qo’shma ot va qo’shma sifat : karnaygul, qo’ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg’iyko’z kabi. Narsani uningrangi, mazasi, o’zidagi biror narsasi va shu kabi belgisi asosida bildiruvchi qo’shma ot: olaqarg’a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi. Narsaning biror maqsad, ish uchunligini bildiruvchi qo’shma ot: tog’olcha, cho’lyalpiz, suvilon, qashqa rgul kabi. Marosim,afsona kabini bildiruvchi qo’shma ot: kiryuvchi, kelintushdi, qoryog’di, urto’qmoq, ochildasturxon. Qaratuvchili birikmaning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma ot: mingboshi, so’zboshi, olmaqoqi. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan obod so’zi bilan ifodalangan joy nomlari : Yangiyo’l, To’rtko’l, Xalqobod, Mirzaobod. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bilan ifodalangan joy nomi ajratib yoziladi:O’rta Osiyo, Ko’hna O’rganch, O’rta Chirchiq kabi Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan hosil qlingan qo’shma so’z qo’shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, teleko’rsatuv, bayramoldi. Qisqartmaning barcha turi va ularga qo’shiladigan qo’shimcha qo’shib yoziladi: ToshDU, SamDU kabi.Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O’zXDR MK (O”zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi ) Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa , bunday holat tovushni takror yozish bilan ko’rsatiladi:yo’o’q, nimaaa,himm. Chiziqcha bilan yozish. Quyidagi hollarda so’z chiziqcha bilan yoziladi: Juft so’z va takror so’z qismi:el-yurt,asta-sekin, qovun-tarvuz,uy-uyiga.ishlay- ishlay. Eslatma: 1.Juft so’zdan chiziqcha yordamida yasalgan so’z ham chiziqcha bilan yoziladi:baxt-saodatli, xayr-xo’shlamoq. 2.Juft so’z qismi orasida –u(yu) bog’lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo’yiladi va juft so’z qismi ajratib yoziladi va so’z qismi ajratib yoziladi:do’st-u dushman (do’st-dushman),kecha-yu kunduz (kecha-kunduz) 3.Yetakchi va ko’makshi fe’l bir xil shaklda bo’lsa chiziqcha bilan yoziladi:yozdi-oldi, borasan-qo’yasan,uxlabman-qolibman kabi Belgini kuchytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, to’ppa-to’g’ri kabi so’z shakli chiziqcha bilan yoziladi.(lekin oppoq so’zi qo’shib yoziladi) So’zning –ma,ba yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi:uyma-uy, rang-barang,dam-badam.Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism ishtirok etsa bunday so’z qo’shib yoziladi:ro’baro’, darbadar kabi. Rus tilidan aynan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan olingan so’z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi:kilovatt-soat, unter-ofitser kabi. -chi,-a(-ya), -ku, -u(-yu), -da, -e,(-ey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi:sen- chi, sen-a, yaxshi-yu, qo’y-e,o’g’lim-ey kabi Tartib son arab raqami bilan yozilsa’-nchi qo’shimchasi o’rniga chiziqcha bilan yoziladi:7-sinf,5-“A”sinfi ,60-yillar kabi.Tartib sonni ko’rsatuvchi rim raqmidan keyin chiziqcha bilan yozilmaydi: XX asr ,X sinf kabi. Ajratib yozish. Qo’shma fe’lning qismi ajratib yoziladi:sarf qil, ta’sir et sotib ol, olib chiq, miq etma kabi. Ko’makchi fe’l va to’liqsiz fe’l mustaqil fe’ldan ajratib yoziladi:aytib qo’y, olib ko’r, bera boshla kabi.Lekinmustaqil fe’l bilan yordamchi fe’l orasida tovush o’zgarishi bo’lsa bunday qism qo’shib yoziladi:aytaver, boroladi. Ko’makchi ajratib yoziladi:shu bilan , soat sayin, bu qadar kabi.Lekin bilan va uchun ko’makchilarining -la, -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: sen-la, sen-chun kabi Hamma, har, hech, bir, qay, u, bu, shu, o’sha so’zi o’zidan oldingi so’zdan ajratib yoziladi: har kim, hamma vaqt, u yerda, shu yoqda kabi.Lekin birpas,biroz, birato’la ,birmuncha, buyon so’zi qo’shib yoziladi.Shuningdek qay so’zi yoq ,yer so’zi bilan ishlatilganda bir y tovushi tushsa,bu so’z qo’shib yoziladi:qayoqqa, qayerda kabi. Sifat oldidan kelib,belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan to’q, jiqqa, tim, liq, lang, och kabi so’zlar ajratib yoziladi:to’q qizil ,liq to’la kabi. Murakkab son qismi ajratib yoziladi:o’n besh, besh yuz. Yildan-yilga, tomdan-tomga kabi birinchi qismi chiqish kelishigida,ikkinchi qismi jo’nalish kelishigida bo’lgan birikma ajratib yoziladi. Belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko’pdan-ko’p, tekindan-tekin, yangidan- yangi, ochiqdan-ochiq kabilar ajratib yoziladi. Izofali birikma ajratib yoziladi.Bunda izofa undosh bilan tugagan so’zlarga i shaklida , unli bilan tugagan sozlarga yi shaklida qo’shiladi:dardi bedavo, nuqtayi nazar, tarjimayi hol kabi.Lekin izofa yozilmaydigan so’z,shuningdek ,qismidan biri yoki har ikkisi o’zbek tilida mustaqil ishlatilmaydigan so’z qo’shib yoziladi:gulbeor, dardisar kabi Bosh harflar va qisqartma so’zlar imlosi. Kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O’rinova, Muhabbat Majidovna, Furqat, Navoiy, Yilpig’ich. Joy nomi bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo’l, Qoratog’, Pomir, Oqtepa, Zarafshon, Yaponiya. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum. Yulduz va sayyora, boshqa xil osmon jismining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relief nomi). Madaniy-maishiy va savdo korxonasiga, adabiyot va san’at asariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek, transport vositasi, sport inshootiga qo’yilgan nom bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” mehmonxonasi, “Soadat” firmasi, “G’uncha” bog’chasi, “Qutlug’ qon” romani, “Ozodlik” haykali. Muhim tarixiy sana va bayram nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Navro’z bayrami, Ramazon hayiti. Davlat, davlat oliy tashkiloti va mansabining, xalqaro tashkilot nomidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi: O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Boshqa tarkibli nomda mansabni bildiruvchi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi: Bosh vazirning o’rinbosari, Yozuvchilar uyushmasi. Vazirlik va idora, korxona va tashkilot nomi tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi: So’gliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti. Davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi: “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali. Boshqa mukofot, faxriy unvon nomidagi birinchi so’zgina bosh harf bilan yoziladi: “Sog’lom avlod uchun” ordeni, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni, “Matbaa a’lochisi” nishoni. Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim. (O. Yoqubov.) Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”. 2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23 Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996 3. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963. 4. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2 5. Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986 6. www.ziyonet.uz