logo

Ot va uning ma'noviy guruhlari. Atoqli va turdosh otlar haqida umumiy ma`lumot. Atoqli ot turlari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

44 KB
Ot va uning ma`noviy guruhlari. Atoqli va turdosh otlar haqida umumiy ma`lumot. Atoqli ot turlari Reja: 1. Ot va uning ma`noviy guruhlanishi (atoqli va turdosh, muayyan va mavhum ma`noli otlar). 2. Atoqli otlar va ularning mazmuniy guruhlari. Ot lug’aviy ma`no guruh (LMG)lari, atoqli ot, turdosh ot, muayyan (aniq ) ot, mavhum ma`noli ot, xayoliy mavjudotlarni atovchi ot, antroponim, zoonim, toponim, xrononim, astrononim, xrematonim, teonim, mahsulot nomlari, qo’shma joy nomlari, so`z birikmasi, [aniqlovchi-aniqlanmish] qolipi. Otlar borliqdagi qanday narsalarning nomini bildirishiga ko`ra atoqli va turdosh otlarga bo`linadi. Atoqli otlar umumiy tushunchalar bilan bog`liq bo`lgan otlar sifatida narsa, predmet, buyum, voqea-hodisalarni mustaqil predmet sifatida ifodalaydi. Boshqacha qilib aytsak, atoqli otlar bir marta nomlangan predmetlardan bittasini ajratish uchun qayta nomlangan ikkilamchi nomdir. Ular yakka shaxs, narsa, joy, mahsulot, tashkilot, muassasa nomlarini ifodalab keladi. Atoqli otlar matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda atash ma`nosiga ega bo`lmaydi va ular kontekstda reallashadi. Masalan, “Lobar” so`zining turdosh ot yoki atoqli ekanligi shu so`zning qurshovida bo`lgan birliklardan anglashiladi. Bu jihatdan atoqli otlar olmoshlarga Ї ishora so`zlarga o`xshaydi. Turdosh otlar ot turkumiga kirgan so`zlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Turdosh otlar bir turdagi narsa, voqea- hodisa, harakat- holat, o`rin-joylarni atab keladi. Ular narsa -predmet, predmetlik kabi zotlarni (borliqning alohidaliklarini) nomlab kelganligi sababli bu kabi otlarda ma`no jihatidan zotlik (alohidalik) ma`nosi belgi ma`nosi bilan uzviy bog`langan bo`ladi, chunki har qanday narsa bir belgi- xususiyatlarning majmuasi sifatida yuzaga chiqadi. Tilshunoslar ot turkumida zotiylik va sifat ma`nolarining bir- biridan ajralmaganligini ta`kidlashgan. Muayyan otlarda narsa turli sifatlarning barqaror butunligi, yaxlitligi tarzida talqin etiladi. Mavhum otlar turi turli narsalarda mavjud bo`lgan bir xil yoki o`xshash sifatlarni bir alohidalik tarzida ifoda etadi. Masalan, olma, qovun, shakar, qand va h.k. Muayyan otlarning muhim sifat belgisi "shirinlik" bo`lsa, "shirinlik" mavhum otida yuqoridagi narsalarda mavjud bo`lgan umumiy belgi bir alohidalik sifatida beriladi. Shuning uchun muayyan va mavhum otlarning farqli tomoni faqatgina ularning haqiqiy ( kitob, olma, eshik ) va xayoliy ( sevgi, ishq, shirinlik), umumiy va yakka narsalarni ifodalay olishida emas, balki belgi, sifat ma`nosining qay usulda talqin etilishida hamdir. Atoqli otlar va ularning mazmuniy guruhi. Atoqli otlar borliqdagi nimalarning xususiylashtirilgan nomi ekanligi nuqtai nazardan quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Kishi, shaxs nomlari (antroponimlar)- Tursunoy, Mansur. 2. Hayvon nomlari (zoonimlar) - Olapar, To`rtko`z. 3.O`rin- joy nomlari (toponimlar)- Markaziy Osiyo, Buxoro, Quyi Chirchiq, Arabxona. 4. Mahsulot nomlari- " Lazzat" kabobi, "Qoraqum" shokoladi, "Atirgul" sovuni. 5. Voqea -hodisa nomlari (xrononimlar)- Xotira kuni , " Navro`z" bayrami, somoniylar davri. 6. Osmon jismlari nomlari (astronomimlar)- Hulkar, Mirrix, Quyosh, Zuhra . 7. Olloh va ilohiy tushunchalarni bildiruvchi atoqli otlar (teonimlar)- Olloh, Muhammad, Yusuf, Iso. 8. Madaniy buyum nomlari (xrematonimlar) "Orlov", "Antonov" olmosi . O`zbek xalqi kishi ismlari o`ziga xos xususiyatga egadir. Chunki o`zbek xonadoni farzandiga qo`yilgan har bir ism juda purma`no bo`lib, tarkibi rang - barang erkalash, hurmat, mansab, urug` ma`nolarini ifoda etuvchi qo`shimcha va so`zlardan tashkil topgandir. Kishi nomlari tarkibida Abdu-, -qul, -boy, -xon, -jon, - oy, -sho, -xo`ja, -bek, -to`ra, -bonu, -bibi, -ulla, -yor, -berdi, -zoda, -buvi, -bobo kabi qator ko`rsatkichlar mavjud bo`lib, ularning imlosi o`ziga xos xususiyatga egadir. Atoqli va turdosh otlar bir - biridan faqat semantik tomondangina farq qilmay, grammatik jihatdan ham farqlanadi. Atoqli otlar, odatda, birlik shaklida kelib, ko`plikda qo`llanmaydi. Atoqli otlar grammatik ko`plik belgisini olganda umumiy belgi - xususiyatga ega bo`lgan shaxs va predmetlar guruhini, bir xil ataladigan yoki o`zaro qarindoshlik munosabatidagi shaxslarni anglatadi: Ahmadjonlar shu mahallada yashaydi. Katta Farg`ona kanalini farhodlar qazidi. -lar bu hollarda ko`pincha o’xshashlik asosida jamlik (ko’plik miqdori)ni ifodalaydi. Kishi nomlariga qo`shilgan -cha qo`shimchasi kichraytirish, kesatish, kamsitish ma`nolarini, - gina esa erkalash-achinish ma`nolarini ifodalaydi: Salimcha "Chilonzor" dahasidan ko`chib kelgan edi, Manzuraginam ko`p uqubatlarni tortdi. O`rin -joy nomlarining quyidagi LMGlarini ko`rsatib o`tish mumkin: 1. O`lka - Kavkazorti o`lkasi, O`zbekiston. 2. Viloyat - Toshkent, Buxoro viloyatlari. 3. Shahar - Samarqand, Qo`qon. 4. Tuman - Qorako`l, Izboskan. 5. Posyolka- Qorovulbozor posyolkasi . 6. Daha - Yangibozor dahasi. 7. Mahalla- " Kunji qal`a" mahallasi. 8. Qishloq - "Yangi turmush" qishlog`i. Atoqli joy nomlariga ham -lar ko`plik qo`shimchasi qo`shiladi va shu joy, uning atrofiga ishora qiladi: Qo’qonlarni ko`rib keldim. [Belgi nomi+ atoqli ot] qolipli joy nomlari [aniqlovchi+aniqlanmish] qolipli so’z birikmalaridan va qo`shma joy nomlaridan farq qiladi. [Belgi nomi+atoqli ot] qolipli joy nomlari bosh harflar bilan ajratib yoziladi: Shimoliy Kavkaz, O`rta Osiyo, Kichik Osiyo . Qo`shma joy nomlari ham bosh harf bilan, ammo qo`shib yoziladi: Oltiariq, Yangiyol, Qorakol. [Aniqlovchi+aniqlanmish] qolipli so`z birikmalari esa kichik harflar bilan yoziladi: yangi yol, yangi bozor va boshqalar. Bularning joy nomi yoki soz birikmasi bo`lib kelganligi matndan anglashiladi. Mahsulot nomlari ham yuqorida korsatib otilgan atoqli ot ko rinishlari kabi ozining ichki guruhlanishiga ega: a) ovqat nomlari ("Guliston” sho`rva, "G’ijduvon” kabobi); b) salat nomlari ("Oltin kuz" salati, "Navroz" salati); v) ichimlik nomlari ("Toshkent" mineral suvi); g) shirinlik nomlari ("Lazzat" konfeti, "Qoraqum" shokoladi). Shunga oxshash kukun, sovun, mato kabi yuzlab mahsulot nomlarini misol qilish mumkin. Voqea -hodisa nomlariga tarixiy voqea - hodisalar, bayramlarning nomlari (Navroz bayrami, Xotira kuni, Ramazon bayrami, Birinchi Jahon urushi) kiradi. Osmon jismlari nomlari, ilohiy tushunchalarni, madaniy buyum nomlarini atab keluvchi atoqli otlar ham bosh harflar bilan yozilib, oziga xos guruhlanishni hosil qiladi. Atoqli otlar turdosh otlardan nafaqat semantik, grammatik jihatdan, balki sifat belgisiga ega bolishi bilan ham farqlanib turadi. Shuning uchun ayni bir atoqli ot (masalan, Salima yoki Yangi bozor) onlab turli zotlarga (ayollarga va joylarga) nisbat berilishi mumkin: biz istagan narsani k i t o b deb atay olmaymiz, lekin istagan ozbek ayoliga Salima ismini shartli ravishda nisbat bera olamiz. Аdabiyotlar: 1. Менглиев Б . Морфологик воситаларнинг маъновий хусусиятлари ва синтактик имкониятлари . Диссертация автореферати . Тошкент -1995. 2. Неъматов Ҳ . Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари . «Ўзбек тили ва адабиёти», 1993 йил, 2- сон. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, «Ўқитувчи», 1993 йил. 4. Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстанциаллик омили. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 5. Қурбонова М. Шакл-вазифавий тадқиқ усулларига доир. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 6. Қурбонова М. Лисоний тизимда «Оралиқ учинчи» нинг мутлақлиги. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1999 йил, 6-сон. 7. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили. Тошкент, 2002 йил.