logo

Mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlari Sinfdan tashqari o’qish darslarning turlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53 KB
Mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlari Sinfdan tashqari o’qish darslarning turlari Reja: 1. Mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqichlari. 2. Sinfdan tashqari o’qish darslari turlari: a) tayyorlov bosqich; b) boshlang’ich bosqich; v) mehnat bosqichlar haqida. 3. Sinfdan tashqari o’qish darslari qurilishi. 4. Sinfdan tashqari o’qish darslari ishlaridan namunalar. Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3 bosqichga bo’linadi: 1.Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun STO’ mashg’uloti deb yuritiladi. Uning o’ziga xos xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo’lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o’zi o’qib beradi. O’quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga o’rgatiladi, asar mazmunini hikoyalab berishga o’rgatiladi. O’qish gigienasi, kitobga qanday munosabatda bo’lish bilan tanishadilar. 2. Boshlang’ich bosqich. 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1- va 2 – bosqichdagi STO’ haftada bir marta o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish mumkin. Bu ularda o’qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgach o’quvchilar asar nomini, muallifi bilan tanishadilar, rasmlarni tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. 3. Asosiy bosqich 3-4 sinfga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalari mustahkamlanadi. Bu bosqichda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlariga baho qo’yiladi. Baho qo’yishda dastur talablariga asoslanadi: sinfning umumiy ishlariga qatnashishi, o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga miqdoriga, o’qigan kitobiga munosabat bildira olishiga etibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar, o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarini xususiyatlari. STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyolov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, 2 o’qilgshanlari yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda, butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi ham mumkin, albomlar tayyorlanadi, kinofilm, diafilmlardan parchalar ko’rsatiladi, musiqiy daqiqalar o’tkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdiriladi, kitobni saqlash maqsadida, kitobni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayramlari”, “Ifodali o’qish konkursi” o’tkaziladi. Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga umumlashtirishga, xulosalashga o’rgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi. Rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STO’ darslari 2- sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil o’qishga o’rgatiladi, ular “G’uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan, “Tong yulduzi” gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda o’zbek qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi asarlaridan foydalaniladi. Qo’shimcha sahnalashtirishlardan foydalaniladi. Bir darsga o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar. Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar. YOzuvchilar hayoti va ijodiga doir kechalar uyushtiriladi. SHu tarzda adabiyotni sevadigan, mustaqil fikr yurita oladigan kitobxon shaxsi shakllantiriladi. Dars qurilishiga doir dars namunalari: I. Tayyorlov bosqichi. Mavzu: “CHo’pon yigit SHiroq” Darsning maqsadi: a) afsonaviy qahramonlar haqida ma’lumot berish; b)o’quvchilarda vatan tushunchasini, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalash. Darsning metodi: suhbat. Darsning jihozi: asar mazmunini yorituvchi rasmlar Darsning borishi : 3 1. Kirish suhbati. O’quvchilardan Vatanni dushmandan asragan qahramonlardan kimlarni bilishlari so’raladi. To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Amir Temur nomlari sanalib, SHiroq degan qahramon ham o’tganligini, uning qahramonligi haqida xalqimiz, “CHo’pon yigit SHiroq” degan afsona yaratgani aytiladi. 2. “CHo’pon yigit SHiroq” afsonasi o’qib beriladi. 3. Afsona yuzasidan dastlabki suhbat: Afsona sizga yoqdimi? Unda kimning qahramonligi hikoya qilib berilgan? SHiroq nima uchun xanjar bilan burni, quloqlarini kesdi? SHiroq kimning oldiga bordi? U shoh Doroga nima dedi? SHiroq Doro qo’shinlarini qaerga olib bordi? SHiroq nima deb hayqirdi? O’quvchilar javobi umumlashtirilib, ular vatanni sevishga, uning tinchligi uchun kurashishga chorlaydilar. 4. Asarga ishlangan rasmlar ko’rsatiladi. 5. SHiroq rasmini uyda chizib kelish topshirig’i beriladi. Ota-onalardan qahramonlar haqida ertak, hikoya, bilib kelishlari va ota-onalarga SHiroq haqida gapirib berishlari aytiladi. 6. YAna nimalar haqida bilishni istashlari o’quvchilardan so’raladi. II. Boshlang’ich bosqich. Mavzu: “Tabiat – mening uyim” Darsnig maqsadi: she’r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, malakalarini rivojlantirish. SHe’r o’qish sifatlarini takomillashtirish. Tabiatga mehr- muhabbat hissini kuchaytiradi. Dars tipi: YAngi bilim beruvchi. Dars usuli: Suhbat, tushuntirish. Dars jihozi: Tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari. Darsning borishi: A) salomlashish B) davomatni aniqlash 4 V) darsga hozirlash G) yangi mavzuning bayoni. 1. Bir necha o’quvchiga “Tabiat – mening uyim” she’ri yod ayttiriladi. Dalalarni aylansam, Uzoq xayolga botsam, CHigirtkalar qo’shig’in O’tloqda tinglab yotsam. Tabiat mening uyim Tabiat jonimda jon SHivirlayman men unga Va onamga: – Onajon! SHundanmi ko’ksim og’rir Zaharlansa ona er, Tabiat mening uyim Tabiat eng go’zal she’r. SHivirlasam giyohga: Hapriqqancha: – Ey ko’kat, Nega keldim dunyoga, YAshamoq sirin o’rgat? Toshni yorgan giyohlar Sabotdan dars o’qisin, Oy cho’milgan daryolar Bolaga she’r to’qisin. Uchadi bola tomon SHu sabab mening so’zim: – Tabiat – jonimda jon, Tabiat mening uyim. 5 1. SHe’r yuzasidan suhbat. Barakalla, bolajonlar, juda chiroyli she’r aytdinglar. Joyingizga o’tiring. - Tabiat shoirning uyi ekan (bolalarning javobt). - Tabiat sizning uyingiz emasi? - Zamira tabiat sening ham uyingmi? - Tabiat mening ham uyimdir. SHu tabiat qo’ynida tug’ilib ulg’aydim. - Murodbek tabiat sening ham uyingmi? - Tabiat mening ham uyim. Negaki men ham shu tabiat qo’ynida yashayman. Tabiat qo’ynida o’sgan mevalardan iste’mol qilaman. Juda yaxshi bolalar. Bolalar hozir o’rtoqlaringiz o’qigan she’rlarning mualliflari nimani kuylashyapti. Nima haqida gapirishyapti? - Tabiat haqida (bolalar javobi). - Siz yuqorida o’rtoqlaringiz ishtirokida X.Davronning “Tabiat mening uyim” she’rini tingladingiz. SHe’rda nimalar deyilgan ekan? - SHe’rda dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman, gullarni unib, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, hayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimlar, deb aytyapti (bolalar javobi). - Juda yaxshi, Ne’matjon. - SHahloxon, sen davom ettirgin. - Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari, oyu yulduzlari tunlarimni yoritadi. Orol dengizi qurib boryapti. Ona er zaharlansa, ko’ksim og’riyapti. Sen uni asra, mangu qolsin, o’lmasin, deyapti (bolalar javobi). - Demak, bolalar biz tanishgan she’rlarimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. CHunki biz dengiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. SHuning uchun ham biz uni “Ona tabiat” deb ataymiz. Uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu, ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e’zozlashimiz kerak. tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziq-ovqat, kiyim-kechakkina emas, sog’liq, a’lo kayfiyat ham beradi. - Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biri. Ular zararkunanda hashoratlarni eb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularni sayrashidan olam-olam zavq olasiz. Masalan: Bulbul, sa’va va boshqalar. (SHu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi. “Bahor valsi” eshittiriladi). Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar o’z chiroyi bilan o’ziga maftun etadilar. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi). YA’ni bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqi o’t, otquloq kabi ko’katlar inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir. - Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obi-hayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating... Demak, o’quvchilar tabiatimizni bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan. O’quvchilarning tabiat haqida yodlagan she’rlaridan ayttirish. Topishmoq va maqollar bilasizmi? – Qani, Zuhraxon, sen nima aytmoqchisan? Topishmoq Dengizu daryoda yashar, Asosan ko’llarda kezar. Zeriksa bormi, osmondan Zamin uzra qaytib tushar. (Suv) Ikki yaproq bir tanda, Kezar gulzor chamanda. (Kapalak) SHoirlarning she’rlar to’plamlar ko’rgazmasini o’tkazish. Uyga vazifa: Gullar haqida she’r yod olib kelish. Keyinggi darsimizda “Gullar aytishuvi” qilamiz. Darsni yakunlash. Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 1. STO’ uchun kitob tanlashda o’qituvchi qanday tamoyillarga asoslanadi? 2. Sinfdan tashqari o’qish tuzilishida sinfdan tashqari o’qish darslarining o’rin va rolini ayting. 3. Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’qish darsiga qiyoslang, uning xususiyatlarini ayting. Sinfdan tashqari o’qish darsiga qo’yilgan asosiy talablarni sanab bering. 4. Tayyorgarlik, boshlang’ich va asosiy bosqichlardagi sinfdan tashqari o’qish darslarida o’quvchilarda kitob o’qishda mustaqillik qanday tarbiyalanishini izohlang. 5. Sinfdan tashqari o’qish darsi rejasini ishlab bering (mavzu, bosqich va dars turini o’zingiz tanlang). 6. STO’ ning o’quvchi dunyoqarashi, shakllanishidagi, ahamiyatini so’zlang. Tayanch so’zlar: sinfdan tashqari o’qish, tayyorlov davri, boshlang’ich bosqich, asosiy bosqich, erkin dars, kitob tanlash tamoyili, ommaviy ishlar, o’qiganini hisobga olish, reja, ishlanma, mavzu, sinfda o’qish, ta’lim-tarbiya.