logo

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING ONA VA BOLA SOG`LIG`INI MUHOFAZA QILISH BORASIDA G`AMXO`RLIGI. ONA VA BOLA SOG`LIG`INI MUHOFAZA ETISHGA XIZMAT QILADIGAN TIBBIYOT MUASSASALARI.

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

61 KB
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING ONA VA BOLA SOG`LIG`INI MUHOFAZA QILISH BORASIDA G`AMXO`RLIGI. ONA VA BOLA SOG`LIG`INI MUHOFAZA ETISHGA XIZMAT QILADIGAN TIBBIYOT MUASSASALARI. REJA: 1.O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi. 2.Ona va bola sog`lig`ini muhofaza etishga xizmat qiladigan tibbiyot muassasalari va ularning vazifalari. - Qishloq vrachlik punkti. - Bolalar poliklinikasi. - Kattalar poliklinikasi va uning o`smirlar xonasi. - Xotin-qizlar maslahatxonasi va tug`ruqxona. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilish borasida g`amxo`rligi. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 1993 yil 23- аprеldаgi Fаrmоni аsоsidа “Sоg`lоm аvlоd uchun” H аlqаrо jаmg`аrmаsi tаshkil etildi. Jаmg`аrmаning fаоliyati Оnа vа bоlа sоg`lig`ini muhоfаzа qilish, аhоlining sоg`lоm turmush tаrzini shаkllаntirish, tibbiy mаdаniyatni yuksаltirish, millаtning gеnаfondini sоg`lоmlаshtirishgа yo`nаltirilgаn. Ushbu оlijаnоb sаvоbli ishlаrni аmаlgа оshirishgа sаlmоqli hissа qo`shgаn insоnlаrni, ulаrning mеhnаt fаоliyati sоhаsidаn qаt`iy nаzаr, tаqdirlаsh uchun birinchi vа ikkinchi dаrаjаli “Sоg`lоm аvlоd uchun” Оrdеni tа`sis etildi. Bu mustаqil O`zbеkistоnning birinchi Оrdеni hisоblаnаdi. Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2000 yil 15-fеvrаldаgi qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn “Sоg`lоm аvlоd yili” Dаvlаt dаsturining аsоsiy mаzmuni bоlаlаr, o`smirlаr vа tug`ish yoshidаgi аyolаr sоg`lig`ini muhоfаzа qilish ishlаrini tаkоmillаshtirshdаn ibоrаt. Vаzirlаr Mahkamasining 2001 yil 5-fеvrаldаgi qаrоri bilаn tаsdiqlаngаn “Оnа vа bоlа yili” Dаvlаt dаsturining mаqsаdi sоg`lоm оilаni shаkllаntirish, Sоg`lоm bоlа tug`ilishi, оnа vа bоlа sоg`lig`ini mustаhkаmlаsh, bоlаni jismоniy vа mа`nаviy rivоjlаntirishdа оilаning mаs`uliyatini оshirish mаsаlаlаrigа аsоsiy e`tibоr qаrаtilgаn. O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining “Unni fоrtifikаtsiyalаsh bo`yichа milliy dаstur lоyihаsini аmаlgа оshirish chоrа-tаdbirlаri to`g`risidа” 2005 yil 11- аvgustdаgi qаrоri turli yoshdаgi kishilаr, birinchi nаvbаtdа, tug`ish yoshidаgi аyolаr vа bоlаlаr o`rtаsidа, kаmqоnlik kаsаlligining оldini оlishdа muhim аhаmiyatgа egа. Unni fоrtifikаtsiyalаsh, ya`ni unni tеmir, ruх, fоliy kislоtа, vitаminlаr bilаn bоyitish “Dоnmаhsulоtlаri” kоrхоnаlаridа аmаlgа оshirilаdi. Shuni mamnuniyat bilan e`tirof etish lozimki, O`zbekiston jahonning 191 ta mamlakati orasida “Unni fortifikatsiya” qilayotgan 48 ta davlatlar qatoriga kiradi. Ushbu tadbirning maqsadi aholi orasida, birinchi navbatda, tug`ish yoshidagi ayollar va bolalarda kamqonlik kasalligini oldini olishdir. O`zbekiston Respublikasi Hukumatining “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini olish to`g`risida” 2007 yil 3 mayda qabul qilingan qonunida, osh tuzi va homilador ayollar hamda yosh bolalar uchun maxsus tayyorlangan ayrim ovqat mahsulotlari yodlashtirilib, maxsus qutilarga joylashtirilishi, quti ustiga qo`llash muddati aniq ko`rsatilgan (sertifikatlangan) holda sotuvga chiqarilishi belgilab qo`yilgan. Ushbu qonun va yuqorida bayon etilgan qarorlar O`zbekiston Rеspublikаsi Hukumatining inson sog`lig`ini, Ona va bola sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan g`amxo`rligining yorqin ifodasidir. Ona va bola sog`lig`ini muhofaza etishga xizmat qiladigan tibbiyot muassasalari va ularning vazifalari. Qishloq vrachlik punkti. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilish to`g`risida” 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturini muvoffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida respublikada 1999 - 2006 yillarda Sog`liqni saqlash tizimini barpo etishning yangicha yondashuvlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi. Jumladan, qishloq joylarda sog`liqni saqlashning birinchi bo`g`ini hisoblangan kam samarali feldsher-akusherlik punktlari va ambulatoriyalar o`rniga zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi. Ular oliy malakali umumiy amaliyot shifokorlari bilan ta`minlandi. Ushbu qishloq vrachlik punktlarda mazkur hududda iste`qomat qiladigan aholining hammasi ro`yxatga olinadi. Har bir fuqaroga maxsus tibbiyot daftari ochiladi va uning sog`lig`i haqidagi ma`lumotlar muntazam ravishda yozib boriladi. Ayol homilador bo`lishi bilanoq qishloq vrachlik punkti shifokoriga murojaat qiladi.Shifokor homiladorning o`ziga taaluqli va homilaning parvarishiga taaluqli maslahatlarni beradi. Chaqaloq tug`ilgach vrachlik punkti shifokori bolaga ham tibbiyot daftarini ochadi va uning sog`lig`i, ovqatlantirilishi, emlanishi haqidagi ma`lumotlarni yozib boradi. Shunday qilib, qishloq vrachlik punkti shifokori mazkur hudud fuqarolari sog`lig`ini, ularning homilaligidan-chaqaloqligidan boshlab, umrining oxirigacha nazorat qiladi.Zarur bo`lganida ularni tuman markazidagi bolalar yoki kattalar poliklinikasiga, ixtisoslashtirilgan shifoxonaga, tug`ruqxonaga yuboradi. Bolalar poliklinikasi. Respublikamizning har bir tumani, markazi va shaharida bolalar poliklinikasi faoliyat ko`rsatadi. Bolalar poliklinikasida asosiy profilaktika va davolash ishlarini mahalliy pediatr-shifokorlar bajaradilar. Tumanning markazidagi va shahardagi mahallalarda yashaydigan bolalar (chaqaloqdan- 15 yoshgacha) mazkur bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr - shifokorlariga va ularning yordamchilari hisoblangan, mahalliy hamshiralarga berkitilgan. Har qaysi mahalliy pediatr va hamshira o`ziga berkitilgan mahallada yashaydigan bolalarni chaqaloqligidan boshlab 15 yoshgacha sog`lig`ini doimiy nazorat qiladi. Bolalarning sog`lig`i haqidagi ma`lumotlarni ularning maxsus tibbiyot daftariga muntazam yozib boradi. Mahalliy pediatr bolalarni ratsional ovqatlantirish, ularda sog`lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatni shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalarini tushuntirish kabi sanitariya-gigiyenaga oid ishlarini olib boradi. Bolalarni jadval bo`yicha yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini ham mahalliy pediatr va mahalliy hamshira birgalikda tashkil etadilar. Kasallangan bolalarni laboratoriya-rentgen va boshqa tekshiruvlardan o`tkazish, tashxis qo`yish, davolash, shifoxonaga yuborish mas`uliyati ham mahalliy pediatr zimmasida. Bola 15 yoshga to`lganida mahalliy pediatr uning tibbiyot daftariga hozirgacha qanday kasalliklarni o`tkazgani, emlangani hamda hozirgi kunda sog`lig`ining holati to`g`risidagi ma`lumotlarni batafsil yozib, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokoriga topshiradi. Bolalar poliklinikasida mahalliy pediatr-shifokordan tashqari revma-kardiolog, okulist, lor, jarrohlik, ortoped-travmatolog, nevropotolog, endokrinolog va boshqa mutaxassisliklardagi shifokorlar faoliyat ko`rsatadilar. Ularning har qaysisi o`zining sohasi bo`yicha chaqaloqdan boshlab, bola 15 yoshga to`lib, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratiga o`tkazilgunicha, unga tibbiy yordam ko`rsatadilar, sog`lig`ini muhofaza qiladilar. Qishloq joylarida iste`qomat qiladigan aholi bolalarining tibbiyot daftari qishloq vrachlik punktida saqlanadi. Shu bois, bolaga tuman markazidagi bolalar poliklinikasi mutaxassis shifokorlarining maslahati (tibbiy yordami) zarur bo`lsa, ular qishloq vrachlik punkti shifokorining yo`llanmasi bilan tuman bolalar poliklinikasiga murojaat qiladilar. Kattalar poliklinikasi. Har bir tumani markazi va shaharida, uning aholisining soniga, egallangan hududining katta-kichikligiga qarab bittadan - o`ntagacha va undan ko`p kattalar poliklinikasi bo`ladi. Katta tuman va shaharda bir nechta poliklinika faoliyat ko`rsatadi. Har bir poliklinikaga uning atrofidagi mahallalar berkitiladi. Shu mahallalarda iste`qomat qiladigan aholining tibbiyot daftari mazkur poliklinikaning registraturasida saqlanadi. Shahar kattalar poliklinikasi, unga berkitilgan mahallalar aholisining o`smirlik davri (16-18 yosh) dan, to umrining oxirigacha tibbiy xizmat ko`rsatadi. Tuman markazidagi kattalar poliklinikasida tuman markazida iste`qomat qiladigan aholiga o`smirlik davri (16-18 yosh) dan, to umrining oxirigacha, tibbiy xizmat ko`rsatadi. Zarur bo`lganida qishloq joylari aholisiga ham, qishloq vrachlik punkti shifokori yo`llanmasi bilan tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Shahar kattalar poliklinikasida shahar hududidagi mahallalar aholisiga tibbiy xizmat ko`rsatiladi. Tuman va shahar poliklinikasida aholi orasida sog`lomlashtirish profilaktika ishlarini mahalliy terapvtlar olib boradilar. Har bir mahalliy terapvt o`ziga berkitilgan mahallada iste`qomat qiladigan aholining hammasiga - erkak va ayol, o`smirlar, hamma yoshdagi odamlar va keksalarga tibbiy xizmat ko`rsatadi. Ular sog`lig`ini muhofaza qilish borasidagi o`tkazilgan hamma tibbiy tekshiruvlar, davolanishlar, profilaktik tadbirlar, har bir fuqaroning tibbiyot daftariga yozib boriladi. Bu vazifani asosan mahalliy terapvt va uning yordamchisi hisoblangan mahalliy hamshira birgalikda bajaradilar. Kattalar poliklinikasida o`smirlar xonasi. Bu xonada o`smirlar shifokori faoliyat ko`rsatadi. U 15 yoshga to`lib, 16 yoshga o`tgan o`smirlarning tibbiyot daftarini bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokoridan qabul qilib oladi.O`smirni tibbiy ko`rikdan o`tkazadi, uni turli mutaxassislikdagi shifokorlarga ko`rsatib, ularning maslahatini uyushtiradi.So`ngra, o`smirni sog`lig`i haqidagi ma`lumotlarni uning tibbiyot daftariga batafsil bayon qiladi. Agar o`smirda yashirin kechayotgan surunkali kasallik aniqlansa, uni sog`lomlashtirish tadbirlari o`smirlar xonasining shifokori tomonidan amalga oshiriladi. O`smirlik yoshidagi qizlar akusher-ginekolog shifokori tekshiruvidan o`tkaziladi. Ginekologik kasallik aniqlangan o`smir qizlar tuman va shaharning xotin-qizlar maslahat xonasining akusher-ginekolog shifokori nazoratida davolanib, sog`lomlashtiriladilar, ya`ni har bir o`smir qiz oilaviy turmush qurguniga qadar to`liq sog`lomlashtirilishi lozim. Poliklinikaning o`smirlar xonasi shifokori 16-18 yoshdagi o`smirlar sog`lig`ini muhofaza qilish masalalari bilan shug`ullanadi. O`smir 18 yoshga to`lganida, o`smirlik xonasi shifokori, uning tibbiyot daftariga, sog`lig`i haqidagi hamma ma`lumotlarni batafsil bayon etib, daftarni mazkur o`smir yashydigan mahallaning mahalliy terapvt shifokoriga topshiradi. O`smirlikdan katta odamlar qatoriga qo`shilgan kishinig keyingi sog`lig`iga taaluqli ma`lumotlarni, uning daftariga, mahalliy terapevt shifokor bayon qilib boradi. Kattalar poliklinikasida mahalliy terapevt va o`smirlar shifokoridan tashqari revmokardiolog, okulist, lor, jarroh, ortoped-travmatolog, nevropatolog, endokrinolog va boshqa tur mutaxassislikdagi shifokorlar faoliyat ko`rsatadilar. Qishloq joylarida iste`qomat qiladigan aholining tibbiyot daftari,qishloq vrachlik punktida saqlanadi. Shu bois, zaruriyatga ko`ra qishloq joyida yashaydigan fuqarolarga, tuman markazidagi yoki shahardagi poliklinikaning mutaxassis shifokorlarini maslahati (tibbiy yordami) zarur bo`lib qolsa, ular qishloq vrachlik punkti shifokorining yo`llanmasi bilan tuman yoki shahar poliklinikasiga murojaat qiladilar. Xotin-qizlar maslahatxonasi. Respublikaning har bir tuman markazlarida va shaharlarida xotin-qizlar maslahatxonasi bo`lib, unda akusher-ginekolog shifokorlar faoliyat ko`rsatadilar. Mazkur tuman (shahar) ning ayollari ginekologik kasallik bo`yicha mazkur maslahatxonaning akusher-ginekolog shifokori nazoratida davolanadilar. Tug`ish yoshidagi ayollar maslahatxonaning akusher-ginekolog shifokori tomonidan alohida ro`yxatga olinadilar va uning doimiy nazoratida bo`ladilar.Agar ayolda surunkali kechayotgan kasalliklar aniqlansa, u homilador bo`lishidan oldin, sog`lomlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi kerak. Har bir qiz bola chaqaloqlikdan 15 yoshga to`lgunicha, yuqorida aytilganidek, bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr shifokori nazoratida bo`ladi.Qiz bolada qandaydir ginekologik kasalliklar borligiga shubha qilinsa, mahalliy pediatr, uni xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokoriga yuboradi. Qiz bola 15 yoshga to`lganida, bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr shifokori, uning tibbiyot daftarini, yuqorida aytilganidek, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokoriga topshiradi. O`smir qizning tibbiyot daftaridan ko`chirmani esa mahalliy pediatr, xotin-qizlar maslahatxonasining akusher- ginekolog shifokoriga topshiradi. Demak, 15 yoshdan 16 yoshga o`tgan qizlar, bir tomondan kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`ladilar, ikkinchi tomondan, xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokori nazoratida bo`ladilar. Ikki tomonlama tibbiy nazoratning maqsadi shundan iboratki, o`smir qiz balog`atga yetib, oilaviy turmush qurishiga qadar har tomonlama sog`lomlashtirilishi zarur. Oilaviy turmush qurgan yosh juvon, tug`ish yoshidagi ayol homilador bo`lishining birinchi haftasidayoq, xotin-qizlar maslahatxonasining akusher- ginekolog shifokoriga murojaat etishi lozim. Uning maslahati bo`yicha, homilador ayolni o`zi va uning homilasini parvarishi amalga oshiriladi. Ishlaydigan homilador ayolga dekret ta`tilining muddati ham xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokori tomonidan belgilanadi.Homiladorni tug`ruqxonaga yotqizish muddatini ham xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokori belgilaydi. Tug`ruqxona. Homiladorning oy-kuni yetganida, xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokori yoki qishloq vrachlik punkti shifokorining tavsiyasi bilan, ayrim hollarda esa, zaruriyatga ko`ra, ayolning o`zi mustaqil ravishda, tuman (shahar) tug`ruqxonasiga murojaat qiladi. Tug`ruqxonaning akusher-ginekolog shifokorlari homilador ayolga tug`ish oldi, tug`ish va tug`ishdan keyingi jarayonlarda zarur bo`lgan tibbiy tadbirlarni amalga oshiradilar. Birinchi marta ona bo`lish sharafiga muyassar bo`lgan ayollarga, tug`ruqxona shifokorlari, chaqaloq parvarishiga taaluqli masalalar bo`yicha maslahatlar beradilar. Tug`ruqxonadan chiqqan ona va bola sog`lig`i, qishloq joylarida qishloq vrachlik punkti shifokorining, tuman markazi va shaharda esa, bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr shifokori, kattalar poliklinikasining mahalliy terapvt shifokori, hamda xotin-qizlar maslahatxonasi akusher-ginekolog shifokori tomonidan muhofaza etiladi. Bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr shifokori chaqaloq uchun tibbiyot daftarini ochadi va unga chaqaloq sog`lig`i bo`yicha zarur ma`lumotlarni bayon qiladi. Shundan boshlab bola 15 yoshga to`lgunicha bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr shifokori nazoratida bo`ladi. O`smir 15 yoshga to`lganida,uning sog`lig`ini nazorat qilish mas`uliyati kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokoriga o`tadi. Shuningdek, 15 yoshga to`lib, 16 yoshga o`tgan o`smir qizlarning sog`lig`ini nazorat qilish, kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokoridan tashqari, xotin-qizlar maslahatxonasining akusher-ginekolog shifokori zimmasiga yuklatiladi. ASOSIY ADABIYOTLAR. 1. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent- 2003. 2. Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003. 3. Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970. 4. Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007. 5. Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002. 6. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002. 7. Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988. 8. Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988. 9. Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001. 10. Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980. 11. Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент – 2003. 12. Курс гражданской защиты. В.Ф.Зубков Тошкент-2004