logo

Hozirda va kelajakda onalikda hamshiralik parvarishining takomillashuvi sog‘liqni saqlash statistikasi haqida tushuncha

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

34.921875 KB
Hozirda va kelajakda onalikda hamshiralik parvarishining takomillashuvi sog‘liqni saqlash statistikasi haqida tushuncha Reja: Onalik va bolalikni muhofaza qilish statistikasining tendentsiyasi va vazifalari  Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi islohotlari  Onalik va bolalikni muhofaza qilishning rivojlanish istiqbollari  Onalikda hamshiralik parvarishida qo‘llaniladigan nazariyalar Statistika haqida tushuncha. Sog‘liqni saqlash tizimi statistikasi sog‘liqni saqlash tizimi ishlarini sifat va son ko‘rsatkichlari xususiyatlarini, butun aholining va ayrim kontingentlarning sog‘ligini, aholi orasida kasalliklarni tarqalganligi va kasallanish sur’atini, sog‘liqni saqlash tizimidagi profilaktik va davolash ishlarini samaradorligini o‘rganish, hisobga olish monitoringini yuritish xizmatidir. ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH STATISTIKASINING TENDENTSIYASI VA VAZIFALARI Onalik va bolalikdagi statistik ma’lumotlar, Fuqarolik holatini daftarga yozish (FHDYo) muassasalari beradigan dalolatnomalar tu g‘i lish, o‘lim, nikohdan o‘tganlar va ajralganlar haqidagi ma’lumotlarni yillik statistik hisoboti asosida olinadi. Tug‘ilganlar soniga faqat tirik tug‘ilganlar soni olinadi. Umumiy tug‘ilish – bu bir yilda o‘rtacha yillik aholining 1000 ta odamga nisbatan tirik tug‘ilgan bolalarning umumiy koeffisienti. Tug‘ilishning umumiy koeffisienti fertil yoshdagi ayollarning soni ko‘payishiga bog‘liq. Yig‘ma koeffisient shuni ko‘rsatadiki, 49 yosh gacha bo‘lgan bitta ayolda o‘rtacha nechta bola tug‘ilishiga qarab hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi qoshida salom atlik va tibbiy statistika instituti va viloyatlarda uning filiallari faoliyat ko‘rstadi. Ularning asosiy vazifasi aholining salomatlik ko‘rsatkichlari, tug‘ilish va o‘lim, kasallanish ko‘rsatkichlari monitoringini yuritib, bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘lom avlodni, oilani shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkillashtirishdan iborat. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy statistik ko‘rsat kichlar quyidagicha aniqlanadi. 1. Tug‘ilishning umumiy 1 yilda tirik tug‘ilganlarni umumiy soni · 1000 ko‘rsatkichi aholini o‘rtacha yillik soni 2. Chaqaloqlarni o‘limi O‘lgan chaqaloqlar soni · 1000 ko‘rsatkichi bir yilda tirik va o‘lik tugilgan chaqaloqlar soni O‘lik tug‘ilgan chaqaloqlar + 168 soat ichida o‘lgan 3. Perinatal o‘lim chaqaloqlar soni · 1000 ko‘rsatkichi bir yilda tirik va o‘lik tugilgan chaqaloqlar soni Onalar o‘limi holatlari soni · 1000 4. Onalar o‘limi ko‘rsatkichi tugilgan chaqaloq soni Bir yil davomida hayotining birinchi yilida 5. Go‘daklar o‘limi o‘lgan bolalar · 1000 ko‘rsatkichi bir yilda tirik tugilgan chaqaloqlar soni Onalik va bolalikni himoya qilish masalalari davlat miqyosidagi ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida Prezident va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Bunda fertil yoshdagi ayollar sog‘ligini mustahkamlash va bolalardagi kasalliklarni oldini olish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu borada sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatini yaxshilash hamda ayollar va bolalarga asosiy tibbiy xizmat ko‘rsatish va kerakli dorilarni yetkazib berishni o‘z ichiga olgan rejalar tuzilgan. ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH TIZIMI ISLOHOTLARI Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimiga oid islohotlar quyidagi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda: «Sog‘lom avlod», «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni tug‘ilishi va tarbiyasi», «Turmush qurayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish», «Ona va bola skriningi», «Ayollar sog‘ligini mustaxkamlash, sog‘lom avlodni tug‘ilishi va tarbiyasi», «Sihat salomatlik yili». O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat Dasturi to‘g‘risida»gi PF-2107-sonli Farmoniga binoan sog‘liqni saqlash tizimining barcha jabhalar, xususan onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimining islohotlari keng ko‘lamda amalga oshirilib kelinmoqda. Farmonga binoan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishdan maqsad – aholi sog‘ligini saqlash va yaxshilash tizimini takomillashtirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ushbu farmonni amalga oshirish uchun quyidagi tamoyillarga asoslanadi: fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini saqlab qolgan holda yuqori malakali tibbiy xizmat va ijtimoiy himoyalash ishlarini ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatishning barcha turlari bilan qamrab olishda aholining hamma qatlamlariga teng sharoitlarni yaratish, aholi sog‘lig‘i holati va yashash muhitini davlat tomonidan nazorat qilinishi, bozor iqtisodi tamoyillari va mexanizmlarini sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘llash va isloh qilish, ona va bola sog‘lig‘ini himoya qilishning samarador tizimini yaratish, sog‘liqni saqlash tizimida kasallikning oldini olishni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini, ratsional ovqatlanishni, jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirish, bepul shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga bosqichma-bosqich pullik xizmat turlariga umumiy va maxsus davolash muassalarini o‘tkazish hamda tibbiy sug‘urta tizimini rivojlantirish, xususiy tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati rivojlanishini tezlashtirish, aholi sog‘ligini saqlashga qaratilgan budjet mablag‘lari samaradorligini oshirish. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy masalalari, aholini davlat tomonidan kafolatlangan sifatli birlamchi tibbiy yordam bilan ta’minlash, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini mustahkamlash, davolash- profilaktika muassasalari tizimini tashkil etish va tarmoqlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, pullik tibbiy yordam ko‘rsatish bozorini va tibbiy sug‘urtani tashkil etish, farmonda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining soha rivojiga bag‘ishlangan Qarorlari va davlat dasturlari qabul qilindi. Shu dasturlardan biri 2000-yil 15-fevralda qabul qilingan «Sog‘lom avlod» Davlat dasturida ma’naviy boy, yuqori malakali, jismonan baquvvat, barkamol va umum insoniy qadriyatlarga asoslangan har tomonlama shakllangan shaxsni tarbiyalash maqsadida, O‘zbekistonda 2000-yil – «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilinishi, hamda sog‘lom avlodni o‘stirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan komp leks chora-tadbirlar ishlab chiqildi va uni amalga oshirish tadbirlari belgilandi. «Sog‘lom avlod» dasturi quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan: Sog‘lom avlod tug‘ilishi uchun davlat, jamiyat va oila g‘amxo‘rligi va e’tiborini kuchaytirish, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni rivojlantirish va sog‘lom oilani shakllantirish uchun sharoitlarni takomillashtirish, bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan birga sog‘ligini mustahkamlash uchun sharoitlarni yaxshilash, jamiyatning ruhiy ongida har tomonlama barkamol va sog‘lom avlodni tug‘ilishi va tarbiyasiga ma’suliyatni shakllantirish, sog‘lom avlodni tug‘ilishi va tarbiyasi bo‘yicha aholini ommaviy tarzda o‘qitish tizimini yaratish. Bundan tashqari 2002-yil 25-yanvarda qabul qilingan «Ayollar sog‘ligi va o‘sib kelayotgan avlod sog‘ligini mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari» haqidagi, 2002-yil 5-iyulda qabul qilingan «Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oila manfaatlarini himoyalash, ayollarga ahamiyatni kuchaytirish hamda sog‘lom avlodni shakllantirish – respubl ikada ijtimoiy-demografik holatni yaxshilanishga qaratilgan. Qarorlar ijro sini ta’minlash oqibatida, oila institutlari mustaxkamlanmoqda, go‘daklar o‘limi kamaymoqda, yoshga qarab tug‘ruq tizimi yaxshilanmoqda hamda aholining o‘rtacha yashash umri uzaymoqda. Shu bilan bir qatorda respublika regionlarida aholining reproduktiv salomatligi chuqur tahlil etilgandagi ko‘rsatkichlarga qarab, bu borada o‘tkazilgan chora-tadbirlar hali yetarli emasligi aniqlandi. Shu sababli davlat tomonidan doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ishchi guruhlari tuzilib, ularga quyidagi vazifalar yuklatildi: – regionlar miqyosida demografik holat o‘rganilishi va tahlil qilinishi; – reproduktiv salomatlikni mustahkamlash chora-tadbirlari samara dorligini oshirish va ushbu jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni yechish; – reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilada yoshlar o‘rtasida tib biy madaniyatni o‘stirish, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va tarb iyalash uchun aniq chora-tadbirlar va yo‘nalishlarni ishlab chiqish; – har bir shahar va qishloq hududlarida sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishi bo‘yicha qilingan yillik kompleks choratadbirlar monitoringi hamda onalar va bolalarga g‘amxo‘rlikni kuchaytirish va oilani mustaxkamlash borasida amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilinishi. – sog‘lom oilani shakllantirish muammolari va «sog‘lom ona – sog‘lom bola» masalalarini maqsadli ravishda amalga oshirish bo‘yicha turmush qurayotgan yoshlar, ayollar va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘ini, poliklinika va QVP mutaxassislari tomonidan televidenie, radio va ommaviy axborot vositalari yordamida tushuntirish ishlarini olib borish. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash. Bu loyiha bo‘yicha onalikni va bolalikni muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish mamlakatning aholi zich joylashgan regionlarida yuqori darajaga ko‘tarish. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi «Oila qurayotgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha nizomni tasdiqlash haqida»gi 365-sonli qaroriga binoan FHDYo bo‘limlarida yoshlardan turmush qurish haqidagi ariza qabul qilinganda, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun poliklinikaga yo‘llanma beriladi. Nikohdan o‘tuvchi yoshlarni sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlash va tekshiruv natijalari bilan turmush qurayotganlarni tanishtirish shahar va tumanlardagi ko‘p tar moqli poliklinikalar zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqida ma’lumotnomasi bo‘lmagan shaxslar nikohdan o‘tkazilishi qayd qilinmaydi Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog‘ligini mustaxkamlash, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va tarbiyalash bo‘yicha maqsadli dasturni amalga oshirish uchun «Ona va bola skrining markazlari» tashkil etildi. Bu markazlarning asosiy vazifasi homilador ayollar va chaqaloqlardagi tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishdan iborat. Ayollar va voyaga etayotgan avlodni sog‘ligini mustaxkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollar sog‘ligini mustaxkamlash uchun sharoitlar yaratish, sog‘lom bola tug‘ish va tarbiyalash uchun sog‘lom muhitni shakllantirish va oilaviy xotirjamlikni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bu maqsadli dasturda ayollar va bolalar sog‘lig‘ini himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar quyidagilarga asoslanadi: – ekstragenital kasalliklari bo‘lgan o‘smir qizlar va fertil yoshdagi ayollar orasida kasalliklarni erta aniqlash va davolash, tibbiy mone’liklari bo‘lgan ayollarda istalmagan homiladorlikni oldini olish, anemiyasi bo‘lgan barcha homilador ayollarga statsio narlarda tarkibida temir moddasi bo‘lgan preparatlar bilan davolashni ta’minlash. – reproduktiv salomatlik bo‘yicha yoshlarning tibbiy madaniyati va bilimlarini oshirish, aholining keng qatlamlariga qarindoshurug‘lar o‘rtasidagi nikohni va barvaqt turmush qurishni oldini olish dolzarbligni hamda tug‘ruqlar orasidagi ma’lum oraliqni saqlash kerakligini yetkazish. Kadrlarni qayta tayyorlashni tako millashtirish maqsadida akusher-ginekologlar, bolalar gine kologi, pediatrlar, anesteziologlar va umumiy amaliyot shifokorlari respublikadagi yetakchi klinikalarda malakalarini oshirishlari lozim. Bunda aku sherlik, ginekologiya, pediatriya sohasidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish hamda tug‘ruqda yordam ko‘rsatish va bolalar davolash muassasalari ishchilarini yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda yillik malaka oshirishlari ko‘zda tutilgan. 2005-yil 25-yanvarda «Sihat salomatlik yili» Davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga, aho lining salomatligini mustahkamlashga, jismonan baquvvat va ruhan boy bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan, «Sihat salomatlik yili» Davlat dasturining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari: Insonlarda o‘zining sog‘lig‘ini saqlashda ma’suliyatli munosabatda bo‘lish, sog‘liqni bebaho boylik ekanligini anglash, sog‘lom turmush tarzini kechirish, hayot faoliyatini ongli ravishda boshqarish, zarar li odatlardan voz kechish, salomatlikka intilish, jismoniy va ruhiy rivoj lanishning uyg‘unligiga yo‘naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirish. Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish, ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlash, reproduktiv salo matlikni yaxshilash, tibbiy madaniyatni oshirish va oilada turmush tarzini sog‘lomlashtirish hamda jismonan sog‘lom va barkamol rivojlangan bolalar tug‘ilishini va tarbiyasini ta’minlash. ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI – Bolalar va tug‘ruqda yordam ko‘rsatish muassasalari integrasiyasi. – Bexatar onalikni ta’minlash ishlarini takomillashtirish, tug‘ish yoshi dagi ayollar sog‘lig‘ini mustaxkamlash va saqlash. – Ayollar va bolalarga birlamchi tibbiy sanitariya yordamini yaxshi lash. – Chaqaloqlarda tug‘ma va irsiy nuqsonlarni barvaqt aniqlash, bola likdan nogiron bo‘lib tug‘ilishni oldini olish maqsadida «Ona va bola skrining» markazlarini tashkil etish. – Ayollar va bolalar sog‘lig‘ini tekshirish uchun maxsus tibbiy genetik markazlarni rivojlantirish. – Pediatriya xizmati sifatini oshirish va tizimini yaxshilash. – Respublikada gematologik yordam ko‘rsatish xizmatini rivojlantirish. Hamshira shunday shaxski, u kompetent litsenziyasiga ega bo‘lib, hamshiralik parvarishini amalga oshiradi. Hamshiralik parvarishi ko‘r satayotganda tibbiyot hamshirasi etikaga rioya qilishi kerak. Tibbiyot hamshirasi jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy-etik normalarga amal qilib faoliyat ko‘rsatishi kerak. Hamshiralik ishi etikasi hamshiralik ishi asoslari fanida o‘rganiladi, onalikdagi hamshiralik parvarishi inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, hamshiralik parvarishi etikasi bioetika nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bioetik muammolar (reproduktiv tibbiyotning rivojlanishi va etika). Keyingi vaqtlarda tibbiyot rivojlanishi bilan «bioetika» tushunchasiga ko‘p ahamiyat berilmoqda. Bioetika – bu insoniy qadriyatlar va tibbiy amaliyot kesishganda yuzaga keladigan bilim va muammolardir. Inson hayoti shunday muammo tug‘diradiki, uni demokratik ravishda yechib bo‘lmaydi. Bioetika insoniyatni omon qolishi muammolarini ko‘rib o‘rganadi. Bioetikaning asosiy tamoyili – butun insoniyatning hayotini saqlab qolishga qaratilgan. Insoniyat hayotini saqlab qolish uchun tibbiyotda bioetika fani paydo bo‘ldi. Onalikda hamshiralik parvarishi bioetikaning quyidagi masalalari o‘rganiladi: homiladorlikni sun’iy to‘xtatish, ekstrakorporal urug‘lantirish, surrogat onalik (Yaponiyada ta’qiqlangan), homiladorlik diagnostikasi va homilaning holatini o‘rganish, sun’iy urug‘lantirish, tug‘ruqda meditsina yordamini ko‘rsatish. Inson hayotining boshlanish chegarasi (insonning paydo bo‘lishi): BJSST bo‘yicha homila 12 haftaligidan boshlab inson hisoblanadi, o‘lik tug‘ilish homilaning 12 haftaligidan belgilanadi. Islomda: urug‘lanishdan keyingi 40-chi kundan boshlab, homila inson hayotiga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida tug‘ruq vaqtida bolaning biron bir qismi ko‘rinishidan inson hayotining boshlanishi hisoblanadi. Yaponiya fuqarolik kodeksi bo‘yicha urug‘lanishi bilan boshlanadi, Yaponiya jinoyat kodeksi bo‘yicha tug‘ruqda homila boshi ko‘ringach. Inson hayotini boshlanishi har bir davlatda har xil baholanadi, shuning uchun hayot boshlanishining aniq chegarasi aniqlanmagan. Bioetikaning kelib chiqish sabablari: Tibbiyot va texnologiya sohasining jadal sur’atlarda rivojlanib ketishi, masalan: komada yotgan bemor hayotini saqlab qolish, homilani diagnostikasi (nuqsonli homilani abort qildirishdagi ikkilanish), inson qo‘llari bilan naslni davom ettirishi (ekstrakorporal urug‘lantirish) kabi masalalar asosiy sabablar hisoblanadi. Inson istaklarini qoniqtirishda tibbiyot chegaralarini aniqlash maqsadida biotibbiy etika kirib keldi. Har bir inson absolyut ravishda qadr-qimmatga va yashash huquqiga egaligi hayot qoidasi hisoblanadi. Bioetika va g‘amxo‘rlik. Bioetika va g‘amxo‘rlik aniq va samarali bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashni, har bir insonga individual yondoshuvni va quyidagilarga amal qilishni talab qiladi. – Aniqlik – mijoz o‘zining kasalligi va davolash usullari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi; – Erkinlik – mustaqil ravishda (davolanayotgan obyekt) yashash yoki o‘limni tanlash huquqiga ega; – Haqgo‘ylik – shifokorlar mijozlarga to‘g‘ri ma’lumot berishlari kerak va yolg‘on gapirmasligi shart; – Mehribonlik – har qanday sharoitda ham bemorga g‘amxo‘rlik qilish xushmuomala bo‘lish. Parvarish qilinganda yuqoridagi 4 ta tushunchaga amal qilinmasa, to‘liq parvarishga erishib bo‘lmaydi. Hamshiralik parvarishida mijoz roziligi muhim ahamiyat kasb etadi. Homilador parvarishda bioetika va etika sohasi butun insoniyat uchun tegishlidir, har bir inson o‘zi mustaqil qaror qabul qilishi kerak. Demak bioetika sohasi va hamshiralik etikasi har bir insonga tegishli. Shifokor bemorga davolash haqidagi to‘g‘ri va tushunarli ma’lumotni beradi. Ham shira parvarishining roli esa mijozga to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yordam berishdan iborat. Qarorni mijoz o‘zi qabul qilishi kerak, inson hayoti qadriyatlar tizimiga bog‘liq, o‘zini anglash huquqi tamoyillariga asoslanib qaror qabul qiladi. onalikda hamshiralik parvarishida bioetik qarorlar modeli Bunda Tompsonning bioetik qaror qabul qilish modeli asos bo‘lib hisoblanadi. Bu model bo‘yicha, har bir shaxsning qaror qabul qilishi, uning kasbiy qarashlari va qadriyatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Bu model bir butun jarayon bo‘lib, qiyin vaziyatlarda, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun katta yordam beradi. 1- bosqich: Qaror qabul qilish uchun kerak bo‘lganda, insonning asosiy huquqlarini hurmat qilgan tarzda muammoni ko‘rib chiqish; 2-bosqich: etikaning qonunlar bilan bog‘liqligi asosida qo‘shimcha ma’lumotlarni yig‘ish; 3-bosqich: etik muammolarni muvofiqlashtirish va xavotirlanish; 4-bosqich: alohida inson va mutaxassis sifatida aniq axloqiy vaziyatni belgilash; 5-bosqich: muhim ahamiyatga ega – insonlarning axloqiy vaziyatini ya’ni tafovut va tushunmovchiliklarni aniqlash; 6-bosqich: qadriyatlarga qarashlarning qarama- qarshiliklarini aniqlash; 7-bosqich: qaror qabul qiluvchi shaxsni aniqlash; 8- bosqich: harakat sohasi va natijani aniqlash; 9-bosqich: harakat yo‘nalishini aniqlash va ularni amalga oshirish; 10-bosqich: qabul qilingan qaror natijalarini baholash va muhokama qilish Qaror qabul qilish jarayoni yuqoridagi 10 ta bosqichdan iborat. Ammo etik masalalarni hal etishda absolyut to‘g‘ri qaror qabul qilish mumkin emas. Shuning uchun aniq bir muammoning qarorini qabul qilish uchun ko‘p xildagi to‘g‘ri javoblardan foydalanish lozim. ONALIKDA HAMSHIRALIK PARVARISHIDA QO‘LLANILADIGAN NAZARIYALAR Har bir sohada, mutaxassisni tarbiyalash uchun maxsus bilim va ko‘nikmalar kerak, hamshiralik kasbi mutaxassisini tarbiyalash ham bundan mustasno emas. Hamshiralik ishi nazariyasida ikkita nuqtai nazar mavjud. Birinchi: «Hamshiralik ishi nima?» nazariyasi ko‘rib chiqiladi, unda hamshiralikning jamiyatdagi o‘rni, hamshiraning vazifalari, hamshira faoliyatining yo‘nalishi tahlil qilinadi. Ikkinchidan: amaliyotda hamshiralik parvarishi ko‘rib chiqiladi, bunda hamshira ish joyidagi asosiy talablar, hamshiralik tekshiruvlari, hamshiralik kasbiga qarashlar bilan birga o‘z bilim darajasini va ish sifatini oshirishi tahlil qilinadi. Onalikda hamshiralik parvarishi, hamshiralik parvarishining bir yo‘nalishi bo‘lib, uning parvarish nazariyasi katta ahamiyatga ega. Bu nazariyalarni qo‘llaganda onalikda hamshiralik parvarishining o‘ziga hos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. – Inson uchun har tomonlama tushunarli va sodda bo‘lgan ham shiralik parvarishi nazariyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. – Hamshiralik ishi mafkurasida insonga nisbatan eng yaqin bo‘lgan nazariyalar qo‘llaniladi. Masalan: Xenderson nazariyasini (Ehtiyojlar nazariyasi) jins va reproduksiya tushunchalarini qo‘shgan holda qo‘llash mumkin. – Onalikda hamshiralik parvarishida Wellness (sog‘liq) bo‘yicha hamshiralik tashxisini, sog‘liqni yaxshilash uchun qo‘llash mumkin. – Onalikda hamshiralik parvarishi jins va reproduksiya kabi, fiziologik holatlarni o‘z ichiga olganligi sababli, hamshiralik tash xisini qo‘yish da ikki tomonlama tashxis aniqlanadi: muammolarni aniqlash (kas allik holatiga ko‘ra) va Wellness hamshiralik tashxisi (sog‘liq holatini yaxshilash). hamshiralik parvarishi amaliyoti va nazariyasi: Sevgi nazariyasi (bog‘liqlik) hamda ona va bolaning bir-biriga bog‘liqligi nazariyasi eng ko‘p qo‘llaniladigan nazariyalardir. Chunki bu nazariyalar inson tug‘ilishi bilan ishonchli munosabatlar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. a. Sevgi nazariyasi (bog‘liqlik). Bog‘liqlik – bu ma’lum bir obyektlar o‘rtasida sevgi rishtalarini shakllanishidir. Bu rishtalar qisqa yoki uzoq vaqt davomida bog‘lanadi: Bolaning tug‘ilishi bilan paydo bo‘lgan tug‘ma reflekslari: ko‘krak so‘rishi, atrofidagi odamlarni tanishi, ularga bog‘lanishi, kulgisi, qarashlari bolani ijtimoiy muhitga moslashuvi uchun asosiy kuch hisoblanadi. Tug‘ilgandan so‘nggi 1 soat ichida ona va bola o‘rtasida bog‘lanish shakllana boshlaydi. Bu bog‘lanish nazariyasi hisoblanadi. Ona bilan bola bog‘lanishini shakillanishi masalalarini ko‘rib chiqishda «bog‘liqlik nazariyasini» inobatga olish katta ahamiyat kasb etadi. B. Ona va bolaning o‘zaro bog‘lanishi nazariyasi M.N. Klaus va J.H. Kennelning «Ona va bola rishtalari» nazariyasida ona qanchalik barvaqt bolasi bilan yaqinlashsa, shunchalik ularning o‘zaro bog‘liqligi tezroq rivojlanadi. Ona bilan bolaning ruhiy bog‘liqligi bir-biriga bo‘lgan bog‘lanishning rivojlanishini kafolatlaydi. Ona va bolani o‘zaro bog‘liqligi jadal sur’atlarda rivojlanishi emotsional, endokrin, fiziologik va immunologik harakatlar mexanizmi kuchayishiga olib keladi. C. Jins va reproduksiyani o‘z ichiga olgan Xenderson nuqtai nazaridagi nazariya. D. Onalarda hamshiralik parvarishi Wellness bo‘yicha hamshiralik tashxisining qo‘llanishi. obyektni tushunish. Mijozning umumiy holatini tushunish: mijozni har tomonlama tushunish uchun Xenderson nazariyasini qo‘llash, jins va reproduksiya punktlari (perinatal davr), perinatal davrda bo‘ladigan o‘zgarishlarni tushunish (homiladorlik, tug‘ruq va chilla davrlari), rivoj lanish bosqichlarini tushunish (rivojlanish jarayoni va yangi rolni qabul etish jarayoni), jamiyatga bo‘lgan munosabatini tushunish va turmush tarzi, jins va reproduksiya punktlarini qo‘shish, munosabat va rol, ona rolidagi harakatlar, oiladagi munosabatlarni boshqarish, sevgini shakllanishi, yordamlashish tizimi, erning va oila a’zolarining bog‘liqligi, anglash va baholash, homiladorlik va tug‘ruqni qabul qilish, ota-ona bo‘lishni anglash, tanadagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri qabul qilish, bolani tarbiyalashda tegishli bilim va turmush tarzini boshqarish, stress holatlarda choratadbirlar ko‘rish kabi omillar obyektni tushunishga yordam beradi. salomatlik muammolari. Asosiy talablarga muvofiq keluvchi asos langan qaror qabul qilish: kasallikning normal kechishi uchun to‘siqlar mavj udligi, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarning rivojlanishi, hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan talablarni yaxshilash va qo‘llab-quvvatlash shartligi, qoniqtirilmagan talablar muammolarini topish va qaror qabul qilishning tartibi muhimligini o‘ylab ko‘rish, jismoniy tomondan ko‘krak va bachadonda kuzatiladigan progressiv va regressiv o‘zgarishlar, ruhiy ijtimoiy tomondan o‘zgarishlar, mustaqil parvarish bo‘yicha harakatlar, salomatlik muammolari va salomatlik holati tashxisini o‘tkazish, perinatal davrning qaysi vaqtida qanday o‘zgarishlar kuzatilishi, kuzatilayotgan o‘zgarishlar turmush tarzi bilan bog‘liqligi, insonning tayyorlanish imkoniyati, insonning imkoniyati, insonni qo‘llab quvvatlovchi tizim mavjudligiga, avvalgi salom atlikning buzilishida hozirgi sabablariga, salomatlik yaxshilanishi uchun turmush tarzini qanday usulda boshqarishiga qarab salomatlik holati tashxisi qo‘yiladi. hamshiralik parvarishi rejasi. Hamshiralik parvarishi yo‘nalishi qarori, qarorga bog‘liq hamshiralik parvarishi masalalari, kutilayotgan natijalar, aniq tadbirlar, kuzatish, chilla davridagi involyutsiya va regressiv o‘zgarishlar, ona va bola bog‘liqligining shakllanishi, ota-ona bo‘lish rolini egallash, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ona qornidan tashqarida tashqi muhitga moslashuvi, me’yordan chetga chiqishlar, g‘amxo‘rlik, jinsiy a’zolar va butun tanadagi involyutsiyaning kuchayishi, sekretsiya faoliyatining kuchayishi (ko‘krak suti kelishi), infektsiyaning oldini olish, yoqimsiz holatlarni bartaraf etish, ona va bola o‘rtasidagi bog‘lanishning shakllanishiga yordam ko‘rsatish, me’yordan cheklanishlarda yordam ko‘rsatish, boshqaruv, salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar, tana va bachadondagi involyutsiyani tezlashtirish (chilla davri gimnastikasi), ona suti bilan boqishni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar, me’yordan cheklanishlarni oldini olish. Baholash. Baholash nuqtai nazari: mijoz tushunchasining mos kelishi, maqsadga erishganligi, ko‘rsatiladigan yordamning xavfsiz va qulayligi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ya.N. Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontratseptiv texnologiya.– T.: «Istiqlol» nashriyoti, 2005. 2. Я.Н. Аллаёров, М.И. Расулова, Д.У. Юсупова. Патологик акушерлик.– Самарқанд, 2007. 3. Ya.N. Allayorov. Akusherlik.– T.: «O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 4. Ya.N. Allayorov, N. I. Zokirova, A. T. Safarov, F. Q. Asqarova. Akusherlikda shoshilinch yordam.– Samarqand, 2009. 5. Р.У. Арзиқулов. Репродуктив саломатлик асослари. – T.: «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2010. 6. Ю.А. Гуркин, В.И. Грицюк. Гинекология. Справочник семейного врача. Москва – Санкт-Петербург, 2005. 7. В.И. Дуда, В.И. Дуда, И.В. Дуда. Акушерство.– Минск: «Вышэйшая школа», 2004. 8. M.F. Ziyayeva, G.X. Mavlyanova. Ginekologiya. – T.: «O‘qituvchi» nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2007. 9. Н.Е. Кретова, Л.М. Смирнова. Акушерлик ва гинекология. – T.: «Ибн Сино» номидаги нашриёт, 1991.