logo

Old Osiyo san`ati. Old Osiyodagi qadimgi davrlardagi halqlar va davlatlar. Ossuriya San`ati. Yangi bobil podsholigi san`ati

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

234.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Old Osiyoning geografik o`rni va davriy chegarasi. 2. Xalqlar va davlatlar san`atidagi o`xshashlik va o`ziga xos tomonlari hamda me`morchilik va haykataroshlik. www.arxiv.uz Dajla va Yefrot daryolari vohasida, O`rta yer dengizi havzasining sharqiy sohillari hamda kichik Osiyoning markaziy tog`lik rayonlari hududida eramizdan avvalgi Urartu, Bobil kabi davlatlar mavjud bo`lib, ular jahon san`ati tarixiga o`z hissalarini qo`shishgan. Bu davlatlarning so`nggisi Bobil (Vaviloniya) eramizdan avvalgi 539 yili Eron tomonidan tobe qilib olinadi va shu bilan Old Osiyoning qadimiy tarixi tugallanadi. Old Osiyoning badiiy-tarixiy yodgorliklari Misr san`ati singari keng va rang- barang. Bu yerda hashamatli saroy va ibodatxonalar qurildi. Dumaloq haykaltaroshlik va relyefda ajoyib o`rta dinamik, plastik go`zal asarlar yaratildi, devoriy suratlar, nozik amaliy-dekorativ buyumlar ishlandi. Lekin bu yodgorliklar bizgacha kam yetib kelgan. Bunga sabab Old Osiyoning asosiy qismini tashkil qilgan Ikki daryo oralig`i (Mesopotamiya) bir-birini almashtirib turgan yangi-yangi davlatlar o`rtasida mamlakatga hukmronlik qilish uchun doimiy kurash borgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, me`morlik va tasviriy san`atning turlarini rivojlantirish uchun tosh, yog`och va metallardan yetarli bo`lmaganidan deyish mumkin. Saqlanib qolgan yodgorliklar, ularning qoldiqlari Old Osiyoda eramizdan avvalgi 4000-300 yillardayoq bu yerda o`ziga xos san`at paydo bo`lganligi va rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu yerda yozuv paydo bo`ldi, me`morchilik turlari yuzaga keldi, hunarmandchilik rivoj topdi. Old Osiyo san`atida ham monumental me`morchilik yetakchi o`rinni egallagan, san`atning boshqa turlari u bilan bog`liq holda rivojlangan. Old Osiyoning qadimgi davrga xos bo`lgan tasviriy san`at xususiyatlari Shumer va Akkad davlatlarida (er.av. 4000 yillik oxiri) ko`rinadi. Bu yerning haykaltaroshligi va mayda plastikasi misrliklar haykaltaroshligiga nisbatan bir muncha sodda bo`lsa ham, lekin o`zining ifodali ishlanganligi bilan esda yaxshi qoladi. Relyeflarda esa tarixiy voqealar, jang yurishlari ishlangan. Bu yerda dumaloq haykaltaroshlik va gliptika keng tarqalgan. Haykallar ko`p hollarda yorqin bo`yoq bilan bo`yalgan bo`lib, inkrustatsiya uslubida ishlangan haykallarni eslatadi. Monumental haykaltaroshlik asarlarida har bir tasvirlanuvchining individual xususiyatlarini ochib berishga, ichki dunyosini yaratishga intilish www.arxiv.uz seziladi. Ur shahridagi topilma ayol boshi haykali (er.av. XXXI-XXI asrlar), Lagash hokimi Gudea haykalida shu xislatlarni sezish mumkin. “Naramsin stellasi” (er.av. 2300 yillar) davrining mashhur asarlaridandir. U podsho Naramsinning tog`li qabilalar ustidan erishgan g`alabasiga bag`ishlanadi. Bir to`da jangchilarga bosh bo`lib ketayotgan Naramsin va jangchilar harakati tabiiy chiqqan, tog` manzarasi, tabiat ko`rinishi ham relyef kompozitsiyasi hayotiyligini oshiradi. Eramizdan avvalgi I yillikda Ossuriya yirik quldorlik davlatiga aylandi. Eramizdan avvalgi VII asrga kelib, u butun Old Osiyoni o`ziga bo`ysindirib oldi, yagona davlat tashkil etdi. Shu davrda hashamatli saroy, ibodatxonalar vujudga keldi, suronli janglar, ov manzaralarini ifodalovchi hayajonli bo`rtma tasvirlar yaratildi. Dur-Sharruken (hozirgi Xorsabod)dagi Sargon II saroyi xarobalari (er.av. VIII asrning ikkinchi yarmi) shu davr monumental me`morchiligining xarakterli tomonini ko`rsatishda muhim o`rin tutadi. Bu saroy balandligi 14 m. sun`iy tepalikka qurilgan bo`lib, u qalin devor bilan o`ralgan. Saroy mehmonxonasi, yotoqxona va diniy marosimlarga mo`ljallangan xonalardan iborat bo`lib, ular alohida ochiq hovli atrofida joylashtirishgan. Saroyga kiraverish darvozalarining ikki yon tomoniga esa qanotli, odam boshli qo`tos o`rnatilgan. U haykal tabiiy kuchlar ramzi bo`lib, podshoni “yomon ko`zdan” asrash uchun xizmat qilgan. Saroy xonalari devoriy surat va bo`rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Bu tasvirlarda podshoning harbiy yurishlari va afsonaviy qahramon Gilgamish qahramonliklari ifodalanadi. Eramizdan avvalgi VII asr oxiriga kelib, Bobil yangi rivojlanish davrini boshidan kechira boshladi. Navuxodonosor II (er.av. 605-565 yillar) podsholik qilgan yillar Bobilda shahar qurilishi ishlari avj oldirib yuborildi, shahar qurilishi reja asosida tiklanib, yangi binolar qurildi, atrofi qalin devor bilan o`rab chiqildi. Shaharning sakkiz darvozasi bo`lib, ular ichida Ishtor darvozasi o`zining ko`rkam, serhashamatligi bilan ajralib turardi. Shu darvozadan shaharning bosh www.arxiv.uz ibodatxonasiga boradigan yo`l boshlanar edi. Bosh ibodatxona yonida esa 90 metrlik katta Bobil minorasi qurilgan edi. Navuxodonosor II ham serhasham, bezakka boy bo`lib, “osma bog`lar” qo`ynida ertaknoma ko`rinishni kashf etgan edi. Bobil san`ati uzoqqa cho`zilmadi. U eramizdan avvalgi 539 yili Eron qo`shinlari tomonidan bosib olindi. Shu bilan Old Osiyo xalqlari qadimiy san`ati tarixi umri tugadi . www.arxiv.uz Qadimgi Eron va O`rta Osiyo san`ati. Eronning Yaqin Sharq xalqlari san`ati va madaniyatidagi tarixiy o`rni. Talabalarni Qadimgi Eron va O`rta Osiyo san`ati, Ahmoniy va Ellin an`analari, me`morchilik va shu davrga oid san`at va madaniyat yodgorliklari bilan tanishtirish. Eramizdan avvalgi VI asrda mavjud bo`lgan Eron podsholigi (boshqacha aytganda Ahmoniylar podsholigi) Sharqdagi eng katta davlatlardan biri hisoblangan. Bu podsholikning asoschisi Ahmoniylar sulolasidan chiqqan Kir II (Kayxusrav II) bo`lgan. U dastlab Eronning Janubiy o`arbidagi tog`lik rayonlardan birining hukmdori bo`lgan. Eramizdan avvalgi VI asr o`rtalaridan boshlab, o`z yerlarini kengaytirishga kirishgan. Dastlab Midiya podsholigiga qarshi qo`zg`olon ko`tarib, uni qaramlikdan qutultirgan va Eron hamda Midiya podshosi bo`lib olgan. So`ngra Bobil, O`rta yer havzasidagi qator yerlarni bosib olib, davlat chegarasini yanada kengaytirgan. Sharqiy chegaralarni ham kengaytirish niyati va rejalari uning vorislari tomonidan amalga oshirilgan. Doro I yurishlari natijasida bu podsholik chegarasi Orol dengizidan Hind okeanigacha, Kichik Osiyo va Misr yerlaridan Xitoy chegaralarigacha borib yetgan. Ahmoniylar davlati o`zining qisqa, lekin eng gullagan va kuch-quvvatga to`lgan davrini eramizdan avvalgi V asr boshlarida kechirdi. Shu davrda uning san`ati va madaniyati ham misli ko`rilmagan darajada ravnaq topdi. Shu asrlarda hashamatli saroylar, mustahkam maqbaralar yuzaga keldi. Oltin va qimmatbaho toshu injulardan nafis uy, ov va jang buyumlari, qurol-aslahalar ishlangan. Serjilo sopol idishlar yasaldi, qimmatbaho kimxob matolar to`qildi. Haykaltaroshlik (ko`proq bo`rtma tasvir tarzida), devoriy suratlarning nafis yodgorliklari yuzaga keldi. www.arxiv.uz Ahmoniylar davri yodgorliklari ichida silindrlik muhrlar ham keng o`rinni egallagan. Muhr yuzasiga hayotiy voqealarni aks ettiruvchi tasvirlar tushurilgan. Shoh hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tasvirlar muhr yuzasiga ishlangan tasvirlarning bosh mavzusini belgiladi. Qadimgi Eron san`atida dumaloq haykallar va ayniqsa relyef keng uchraydi. Bu yerda shoh va shahzodalar, turli hayvon va afsonaviy jonivorlar haykallari yaratildi. Buyumlar yuzasiga bo`rtma tasvirlar ishlash, metallardan turli idishlar yasash borasida eronliklar mashhur bo`ldilar. Oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yaratilgan uy-anjom buyumlari, qurol- aslahalar, ov qurollari nihoyatda nafis va jimjimador qilib ishlangan. Kulochilik buyumlari shakl jihatdan rang-barang, geometrik naqshlar, hayotiy syujetlar bilan bezatilgan. Eron san`atida parchinlar (mayolika) keng qo`llanildi. Ular Eron me`morlik yodgorliklariga o`ziga xos qaytarilmas joziba kiritdi. Ahmoniylar davrida vujudga kelgan san`at O`rta Sharq halqlari tarixida muhim o`rin egallaydi. Bu san`at bevosita O`rta Sharqda ashagan xalqlarning yangi o`zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar san`ati ta`sirida ravnaq topdi. Jumladan, Persepol va Suza saroylarini qurishda Sug`d, Baqtriya va Xorazmdan kelgan usta va san`atkorlar mehnat qilganliklari haqidagi ma`lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Ahmoniylar davri san`ati atrofidagi mamlakatlar san`atiga, jumladan O`rta Osiyo san`ati taraqqiyotiga ham o`zining sezilarli ta`sirini o`tkazgan. Eramizdan avvalgi I minginchi yillarda O`rta Osiyoda dastlabki ibtidoiy davlatlar shakllana bordi. Zardushtiylik (er.av. VII asr) dini yoyildi. Uning muqaddas kitobi “Avesto” esa shu din qarashlarini targ`ib etadi. Qadimgi O`rta Osiyo san`ati va madaniyatini o`rganishda bizgacha saqlanib kelgan qal`a, saroy, turar joy va qabrlar bilan birga zardushtiylar dini bilan bog`liq bo`lgan ossuariylar (astadonlar) deb ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun mo`ljallangan sopoldan yasalgan idishlar muhim daliliy material bo`lib xizmat qiladi. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O`rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan “Amudaryo boyligi” (Oks boyligi) muhim o`rinni egallaydi. Hozirgi kunda www.arxiv.uz Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida haykallar, turli ko`za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va qurollar diqqatga sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo`lsa ham, lekin nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi, detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. “Jangchi - sak” bo`rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan. Markaziy Qozog`iston qabrlaridan uch oyoqqa o`rnatilgan bronzadan yasalgan qozonlar topilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda ishlangan bu qozonlarning tepa qismi hayvonlar tasviri - ko`proq tog` echkisi haykali bilan bezatilgan. Markaziy Qozog`iston yerlaridan topilgan taqinchoqlardan topilgan taqinchoqlarda yovvoyi qush, kiyik va echki tasvirlari uchraydi. Bu tasvirlarda hayvon va qushlarning eng xarakterli belgilari harakat paytida ko`rsatiladi. Aksincha, hajmli dumaloq hayvonlarda (asosan ular amaliy san`at buyumlarining ajralmas qismi bo`lgan) hayvonlar harakati og`ir va vazmin bo`lib, ular ko`p hollarda soat strelkasi harakatida ko`rsatiladi. Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn eramizdan avvalgi IV asrlarda Ahmoniylar davlatini tor-mor etib, O`rta Osiyo yerlarining ko`pgina qismini o`ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg`ona va Sirdaryo bo`yidagi ko`chmanchi qabilalargina o`z mustaqilligini saqlab qoldi. Eramizdan avvalgi III asr o`rtalarida Parfinon davlati (Turkmanistonning janubiy-g`arbiy tomoni va Eronning shimoliy sharqiy qismlari) O`rta Sharqning yirik davlatlaridan biri sifatida tanildi. Arshakiylar sulolasi boshqargan davrda esa jahondagi yirik davlatlardan biriga aylandi. Parfinon san`atini o`rganishda ham tanga yuzasiga ishlangan bo`rtma tasvirlar keng o`rinni egallaydi. Parfiya san`atini tushunishda Ashxobod yaqinida arxeologik qazishmalar natijasida ochilgan Parfinonning yirik shaharlaridan biri hisoblangan Nisa (boshqacha nomi Parfnisa) alohida o`rinni egallaydi. Eski Nisa va yangi Nisa deb ataladigan bu ko`hna shahar qoldiqlari hamda u yerdan topilgan amaliy-dekorativ www.arxiv.uz va tasviriy san`at buyumlari o`sha davr badiiy hayotini tushunishda bebaho daliliy material hisoblanadi. Eski Nisa va yangi Nisa parfiya davrida qal`a va shahristondan iborat bitta shaharni tashkil etgan. Bu yerda Parfiya podshosining saroyi, g`alla, oziq-ovqat ombori hamda zodagonlarning sag`analari bo`lgan. Bu yerda ochilgan “kvadrat uy” o`z tuzilishi va bezashda ishlatilgan dekorativ detallari bilan diqqatga sazovordir. Nisadan topilgan yodgorliklar ichida fil suyagidan shoxga o`xshatib yasalgan idishlar-ritonlar haqiqiy shov-shuvga sabab bo`ldi. O`ajm jihatidan kattagina (balandligi 40-60 sm.) bo`lgan bu ritonlarning uch tomonida afsonaviy hayvonlarning yarim beligacha haykali ishlangan. Ritonlarning tepa qismi esa bo`rtma tasvir - friz bilan halqalangan. Bu bo`rtma tasvirlarda ko`proq antik mifologiyadan olingan voqealar, qurbonlik olib kelish, raqqosalar yoki antik xudolarning bo`rtma tasvirlari ishlangan. Yangi asrning boshlariga kelib, O`rta Osiyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida jiddiy jonlanish boshlandi. Undagi qator madaniy markazlarda san`at va madaniyat borasida muhim yodgorliklar yaratildi. Shunday madaniy markazlardan biri Xorazm edi. Qo`yqirilgan qal`a, Guyar qal`a, Tuproq qal`a xarobalari, u yerdan topilgan tasviriy va amaliy san`at namunalari shu davrlarda (ilk feodalizm, ya`ni V asrga qadar) Xorazmda ijtimoiy hayotning birmuncha intensiv bo`lganligini ko`rsatadi. Qo`yqirilgan qal`a (To`rtko`lning shimoliy sharqiy qismidan 22 km. uzoqlikda) er.av. IV-III asrda barpo etilgan bo`lib, u dastlab dumaloq shaklda bo`lib, uning markazida diametri 44,4 m. ikki qavatli bino, undan 14,5 m. uzoqlikda esa mudofaa devorlari bo`lgan. Bu devor keyinchalik mudofaa galereyasiga aylantirilib, tepa qismi ravoqli tom bilan yopilgan. Taxminan, I asrning boshlariga kelib, Grek-Baqtriya podsholigining parchalanishi natijasida vujudga kelgan mayda davlatlar birlashtirilib, Kushon davlati tashkil etildi. Bu davlatga O`rta Osiyo hukmdori Kutzula Katfiz boshchilik www.arxiv.uz qildi. Uning o`g`li Katfiz II esa bu davlat maydonini Hindiston chegaralariga qadar yetkazdi. Kanishka podsholik qilgan yillarda esa Kushon davlati o`zining gullagan davrini boshdan kechirdi. Kushonlar davrida O`rta Osiyoda buddizm dini keng tarqaldi. Kushon hukmdorlari o`z saltanatlarini mustahkamlash uchun bu dindan foydalandilar. Uni omma orasiga singdirishga harakat qildilar. O`ukmdorlarning bu intilishi shu davr san`at va madaniyatida ham o`z ifodasini topdi. Buddizm bilan bog`liq bo`lgan ibodatxonalar vujudga keldi, haykallar yaratildi, devoriy suratlar ishlandi. Kushonlar davrida ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan o`zgarishlar bizgacha yetib kelgan tangalarda namoyon bo`ladi. Bu tanga yuzalariga podsholar portreti zarblangan, orqa tomoniga xudolar tasviri tushurilgan. Yozuvlar esa Kushon Baqtriya tilida, yozish uchun kushon harflari (grek alf. asosida yaratilgan) ishlatilgan. Kushon davri san`atini bilishda Xolchayonda (Surxondaryo tum.) saqlanib qolgan bino qoldiqlari hamda tasviriy san`at va va amaliy san`at namunalari muhim o`rinni egallaydi. Xochayondagi binoni bezashda haykallar keng qo`llanilgan. Bu haykallar xonalar devorining yuqori qismiga barelyef va galeryef uslubida bajarilgan. Unda podsho va uning yaqinlari, shuningdek otliqlar tasviri ishlangan. Bu haykallarda Grek-Baqtriya san`atiga xos xususiyat - har bir tasvirlanuvchining o`ziga xos individual xislatlarini ko`rsatishga, kiyimlari, qurollari aniq tasvirlashga intilish seziladi. No`malum haykaltarosh tasvirlanuvchining soch tarashi, kiyim boshi, xarakterining ham aniq bo`lishiga, psixologik holatini ifodashga intiladi. Ayritomda (Termez yaqinida) topilgan toshdan ishlangan relyeflar va so`nggi Kushon davlati me`morligining xarobalari bu yerda buddizm keng yoyila boshlaganligini ko`rsatadi. Ayritomdan topilgan toshdan ishlangan relyeflar ibodatxonaga kiraverish tomonga karniz tarzida ishlangan bo`lgan. Bu karnizlarda akanf barglari orasida yarim beligacha tasvirlangan qo`shnay, nog`ora (baraban), lyutna (g`ijjakka o`xshash musiqa asbobi) va arfa chalayotgan sozandalar tasvirlangan. www.arxiv.uz O`rta Osiyoda buddizmning tarqalishi bevosita haykaltaroshlikda ham ifodalangan. Budda va boshqa diniy personajlarning haykallari ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o`z o`rnini egalladi. Bu haykallarning ishlanish prinsiplari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. Dalvarzintepa va Qoratepadagi (Surxondaryo tum.) buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko`rilgan xususiyatlarga ega. Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga egadir. O`aykaltarosh mahalliy tiplarning o`ziga xos tomonlarini ko`rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko`rinishi soch tarash va kiyinishlarida seziladi. Qoratepada olib borilgan arxeologik ishlar buddizm bilan bog`liq me`morlik kompleksining ochilishini ta`minladi. Bu yerda arxeologik ishlar davom etmoqda. Ochilgan g`or ibodatxonalarning bezatilishi, u yerda mavjud bo`lgan haykal va devoriy suratlar diqqatga sazovordir. Jumladan, noma`lum rassom tomonidan ishlangan devoriy suratlarda fazoviy kenglikni ifodalashga, hajmini tasvirlashga intilish seziladi. Ayniqsa, metall buyumlar yasash va ularning yuzasini bo`rtma tasvirlar bilan bezash san`atida O`rta Osiyolik ustalar katta yutuqlarni qo`lga kiritdilar. www.arxiv.uz Qadimgi Hindiston va Xitoy san`ati Reja: 1. Qadimiy Hindiston tarixi va madaniyatiga xos bo`lgan xususiyatlar. 2. Me`morchilik, tasviriy va amaliy san`at hamda Qadimgi Xitoy san`ati. www.arxiv.uz Hindistonning shimoliy g`arbidagi Hind daryosi havzasi Moxenjo-Doro (Sind viloyati) va Xarappadan topilgan qadimgi shahar qoldiqlari, madaniyat yodgorliklari eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillardayoq Hind san`ati o`ziga xos yorqin va jozibador, fantaziyaga boy san`at bo`lganligini tasdiqlaydi va mifologiya asosida qimmatli san`at namunalari yaratilganligini anglash imkoniyatini beradi. Eramizgacha bo`lgan davrdan bir necha asr oldinroq, bu yerda matematika, tilshknoslik, falsafa, tibbiyot ravnaq topgan, hunarmandchilik rivojlangan, yozuv paydo bo`lgan. Me`morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san`ati bir-biri bilan uyg`unlashgan holda rivoj topgan. Eramizdan avvalgi bir minginchi yillarning ikkinchi yarmida bu yerda dastlabki davlat paydo bo`lgan. Adabiy manbalarga ko`ra shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog`och me`morchiligi ravnaq topgan. Bu yerda paydo bo`lgan buddizmning Osiyoga tarqalganligi ham shundan dalolat beradi. Hindiston san`ati ham qator bosqichlarni bosib o`tgan, goh grek san`atining ta`sirida bo`lgan. Lekin shunga qaramay uning san`atida o`ziga xoslik mavjud bo`lib, u asosan xalq san`ati, ayniqsa, hunarmandchilik ta`sirida bo`lgan. Hindiston Shumer, Akkad va Mesopotamiyaning boshqa davlatlari, shuningdek Misr bilan yaqin aloqada bo`lgan, ular orasida savdo-sotiq rivojlangan. Qadimgi Hindiston san`atining gullagan davri Maurya sulolasi (er.av. 322- 185 yillar) ayniqsa, Ashoka imperatorligi davri (er.av. 272-232 yillar)da sodir bo`ldi. Ashoka hukmronlik qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din dastlab Hindistonga, keyinroq Sharqning qator davlatlariga tarqalgan. Buddizmning tarqalishi u bilan bog`liq ibodatxonalar qurilishiga, tasviriy san`at namunalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Buddaga bag`ishlangan me`morchilik kompozitsiyalarida qadimgi Hind me`morchiligidagi mavjud an`analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti va faoliyati bilan qo`shilib ketgan afsonalar o`z ifodasini topdi. www.arxiv.uz Buddizmning muhim yodgorliklaridan yana biri ustunlardir. Ular yaxshi pardozlangan yaxlit toshdan ishlangan bo`lib, Budda ta`limotini targ`ib etishda foydalanilgan hamda imperiyaning yagonaligini va jipsligini ko`rsatadigan o`ziga xos haykal hisoblangan. Bu ustunlar hayvonlar tasviri ishlangan kapitel bilan tugallangan. Sarnatxdagi stambx va uning sherlar tasviri ishlangan kapiteli mashhurdir. Buddaning darveshona hayot kechirganining ramziy ma`nosi g`orlarda ishlangan ibodatxonalardir. Bunday ibodatxonalar qoyalar ichiga ishlangan, ichkarida koxinlar xonasi va ibodatxona joylashgan. Uning xonalari qoya ichiga o`yib kirgan, devorlari esa haykaltaroshlik va rangtasvir bilan bezatilgan. Kiradigan eshigining to`g`risida, xonaning dumaloq qilib ishlangan tomoniga esa stupa o`rnatilgan. Qadimgi Hind so`nggi taraqqiyoti Guptalar sulolasi (320-450 yillar) davriga to`g`ri keladi. Bu Hindistonning quldorlikdan feodal munosabatlarga o`tish davri bo`lib, san`at va madaniyatning yanada ravnaq topish davri hisoblanadi. Adjanta g`oridagi ibodatxona va uning badiiy bezaklari, devoriy suratlari qadimgi Hind san`atining eng yaxshi tomonlarini o`zida mujassamlashtiradi. Qadimgi Xitoy san`ati. Eramizdan avvalgi 4-3 minginchi yillarda Xitoyda loydan ishlangan odam haykallari, odam boshini eslatuvchi ko`zalar, toshdan ishlangan turli badiiy buyum va haykallar uchraydi. Bular qadimgi Xitoy madaniyatining boy va rang-barang bo`lganligidan dalolat beradi. Eramizdan avvalgi 2 minginchi yillarda Xuanxe daryosi vohasida Xitoyda birinchi bor davlat paydo bo`ldi. Bu davlatni Shan dinastiyasi boshqardi. Sinfiy quldorchilik jamiyati shakllanib, rivojlanib bordi. Birinchi shaharlar yuzaga keldi. Ular aniq rejalashtirish asosida qurildi. Dehqonchilik, hunarmandchilik rivojlandi. Savdo-sotiq ishlari jonlandi. Shan davridan bizgacha saqlanib kelgan yodgorlik An`yan rayonidan topilgan katta shahar qoldiqlari hisoblanadi. www.arxiv.uz Qadimgi Xitoyning muhim yodgorligi Buyuk Xitoy devoridir. Eramizdan avalgi IV-III asrlarda qurila boshlagan bu devor dastlabki paytda Xitoyning shimoliy chegaralarini ko`chmanchi qabilalardan saqlash uchun xizmat qilgan va 750 km.ni tashkin etgan. Devor tepasida yo`l mavjud bo`lib, har 100m.da katta minoralar ishlangan. Buyuk Xitoy devori kishilarning kuch-shijoati va katta irodasini aks ettiruvchi, o`z xarakteri jihatidan Misr ehromlari bilan tenglashuvchi va odamlar birlashsa, buyuk mo`jizalar yarata olishini ko`rsatuvchi yodgorlik tarzida hamon kishini hayratlantiradi. Qadimgi Xitoy san`ati va madaniyatining eng rivojlangan bosqichi eramizdan avvalgi III asrdan eramizning III asrigacha bo`lgan davrga to`g`ri keladi. Bu davrda mamlakat yagona markazlashgan yirik davlatga aylandi. Sin (er.av. 221-206 yillar) va Xan (er.av.206 - yangi eraning 220 yili) sulolasi hukmronlik qilgan paytida avvallari mustaqil bo`lgan qator davlat va qabilalar Xitoy imperiyasiga qo`shildi. Xitoy O`rta Osiyo, Eron, Suriya, Rim imperiyalari bilan savdo-sotiq ishlarini jonlantirdi. Xitoyning tasviriy, amaliy va me`morchilik san`ati ham nihoyatda rivojlandi. Sichuandagi maqbara relyeflari bir muncha dinamik xarakterga ega bo`lib, u yerda ov manzaralari, yig`im-terim ko`rinishlari tasvirlangan. Xan davri maqbaralarida ko`plab devoriy surat namunalari uchraydi. Ular yorqin bo`yoqlarda ishlangan, voqea va hodisalarning hayotiy va ifodali bo`lishiga e`tibor berilgan. Xan davrida portret rassomchiligi ham rivojlandi. Maqbara va saroy devorlariga portretlar ishlash keng odat tusiga kirdi. Devorga ishlangan shunday portretlardan biri Loyan yaqinidagi Xan davri maqbarasi saqlanib qoldi. Shunday portret ishlashda tanilgan rassomlardan biri eramizdan avvalgi I asr oxirlarini o`ziga juda o`xshatishga, hatto ideallashtirishga usta bo`lgan. Uning portretlaridan tasvirlanuvchi odamning yoshi va hatto hulqini bilish mumkin bo`lgan. Kulolchilikda rang keng qo`llanilgan. Badiiy kashtachilik va to`qimachilik harbiy Osiyo va Yevropa mamlakatlarida yuqori baholandi. Nefritdan ishlangan turli buyum va haykalchalar ko`pchilikka manzur. www.arxiv.uz Qadimgi Xitoy san`ati Xan davlatining inqirozga yuz tutishi bilan o`z umrini tugatadi. Lekin qadimgi davrlarda, ayniqsa Xan davri san`atida paydo bo`lgan an`analar Xitoy san`ati va madaniyati taraqqiyotiga katta ta`sir qildi, uning xarakterli tomonini belgilashda muhim o`rin egalladi. www.arxiv.uz Antik san`at. Egey yoki krit-miken san`ati Reja: 1. Antik san`at tarixi, Antik san`atning jahon san`ati tarixidagi o`rni. 2. Egey san`ati hamda uning geografik o`rni, davriy chegarasi hamda me`morchilik tasviriy va amaliy bezak san`ati. www.arxiv.uz Antik iborasi lotincha “antikbus” so`zidan olingan bo`lib, “qadimiy” degan ma`noni bildiradi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan kiritilgan bo`lib, asosan Qadimgi Grek-Rim madaniyati va san`atini ifodalash uchun ishlatilgan. Yevropa, Osiyoning bir qismi hamda Shimoliy Afrikada yashagan xalq va qabilalar san`ati ham qisman antik san`atga aloqadordir. Greklar o`zlarini Ellinlar deb, o`z mamlakatlarini esa Ellada deb ataganlar. Ellada san`ati keyinchalik Iskandar Zulqarnayn bosib olgan juda katta imperiya san`atining rivojlanishiga ta`sir o`tkazdi. Elladaliklar san`ati Qadimgi Rim san`atiga ta`sir etdi. Rimliklar Grek san`atini e`zozladilar, o`rgandilar va uni yangi pog`onaga olib chiqdilar. Antik madaniyat va san`at tarixi 476 yili Rim imperiyasining qulashi bilan tugallanishini ham shu bilan izohlash mumkin. Antik san`at asrlar mobaynida insoniyatni maftun etib, uni o`ziga jalb etib kelmoqda. Yevropa xalqlari shu san`at va madaniyatga, grek va rimliklar yaratgan ma`naviy boyliklarga murojaat qilib keldilar. Bugungi Yevropa san`ati va teatri, adabiyoti va falsafasi antik dunyoga suyanadi. Uyg`onish davri, XVII asrda paydo bo`lgan klassitsizm badiiy oqimi namoyandalari ijodi ham antik dunyo san`atiga taqlid qilish asosida rivojlanadi. O`rta Osiyo xalqlari, jumladan O`zbekiston xalqlari ham ellinlar madaniyati va san`atildan bahramand bo`ldilar. Buni O`zbekiston tuprog`idan topilgan va topilayotgan grek madaniyati va san`atiga oid juda ko`p namunalar yoki ular ta`sirida yaratilgan madaniyat yodgorliklari ham isbotladi. Egey yoki Krit-Miken san`ati. Antik madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. Uning rivojlanishida Peloponiyes yarim oroli va Egey dengizidagi ko`pgina orollarda, Kichik Osiyoning g`arbiy sohillarida eramizdan avalgi III-II minginchi yillarda yashagan qabilalar madaniyati muhim rol o`ynadi. Antik dunyoning eng qadimgi tarixi “egey” yoki “krit-miken” madaniyati bilan boshlanadi. Bu madaniyat yodgorliklarining dastlabki arxeologik kashfiyotlari Mikena va Kritda topilganligi va mo`lligi tufayli www.arxiv.uz bu san`at adabiyotlarida ba`zan krit-miken san`ati, deb ham yuritiladi. Egeyo madaniyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi 2000 yillarga to`g`ri keladi. Bu davrda hashamatli me`morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san`at namunalari yaratilgan. Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Tosh tagkursiga o`rnatilgan yog`ochdan ishlangan ustunlar Knoss saroyining tepa tomonini ko`tarib turish uchun ishlatilgan. Bu ustunlar o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, ular pastga tomon torayib borgan. Saroy devorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan. Knoss saroyida ayol tasviri yaxshi saqlangan. Arxeologlar uni “Parijlik ayol” deb nomlaganlar. U shaffof materiallardan to`qilgan libos kiyib olgan. Ayol boshi yon tomonidan ishlangan, ko`zi esa old tomondan tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu yerda uchramaydi. Lekin amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san`ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar. Ular toshtaroshlikda juda mohir bo`lib, toshdan vazalar ishlaganlar, nafis bo`rtma tasvirlar yaratganlar. Ayniqsa, turli dengiz hayvonlarining bo`rtma tasviri diqqatni tortadi. Eramizdan avvalgi XIV asrga kelib, Krit madaniyati inqirozga yuz tutdi. Endilikda Egey madaniyatining markazi grek materigiga - Peloponnes yarim oroliga va undagi Mikena, Tirinf manzillariga ko`chdi. Bolqon yarim orolining janubida, Egey dengizi orolarida va Kichik Osiyoning harbiy sohillarida yashagan axeyaliklar bu yangi madaniyat taraqqiyotini belgiladilar. Bizgacha Mikena va Tirinfdagi baland tepaliklar ustiga qurilgan qal`alar, qo`rg`onlar yetib kelgan. Ular eramizdan avvalgi XIV-XIII asrlarda qurilgan. Bu qo`rg`onlarning devorlari og`irligi 5-6 tonna keladigan toshlardan qurilgan bo`lib, devorning qalinligi 6-10 m. hatto undan ham ortiq bo`lgan. Masalan, Tirinf qo`rg`oni devorining qalinligi 17,5 m. bo`lgan. Devor ichi bo`shliq bo`lib, u yerda xazina, oziq-ovqat, qurol- aslaha saqlangan. www.arxiv.uz Tirinfdagi akropol sodda, atrofi qalin devor bilan o`ralgan bo`lib, uning uch darvozasi bo`lgan. Mikena me`morchiligida darvoza qurilishiga katta e`tibor berilgan. Mikena qo`rg`onining markaziy darvozasi “SHerlar darvozasi” deb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan qurilgan. Tepasiga ustunlarni ushlab turgan ikki sherning bo`rtma tasviri ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari qudrati va birligining ramzi bo`lgan. Tirinf va Mikena saroylarining devorlari ganch bilan ishlanib, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Mikena rassomlari ov manzaralari, ayniqsa, jang manzaralarini tasvirlashni sevishgan. Tirinf, Mikena devoriy suratlari Krit san`atkorlarining asarlaridan badiiy jihatdan bo`shligi, figuralarining bir muncha statikligi, chizilgan suratlarning birmuncha quruqligi bilan ajralib turadi. Eramizdan avvalgi XII asr o`rtalarida Bolqon yarim orollarining shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey orollaridagi davlatlarni bosib olishi Peloponesdagi egey madaniyatini tugashiga sabab bo`ldi. Lekin uning keyingi ellin madaniyatiga ta`siri kuchli bo`ldi. Elladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o`zlashtirdilar. Ular Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul qildilar. Kulolchilik, mayda plastika san`ati an`analari Ellada san`ati taraqqiyotida davom ettirildi. www.arxiv.uz Qadimgi Gretsiya san`ati. Gretsiya san`ati tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlari. Reja: 1. Qadimgi Gretsiya san`atining jahon madaniyati tarixida tutgan o`rni. 2. Me`morchilik va haykaltaroshlikning o`ziga xos tomonlari. www.arxiv.uz Odatda Qadimgi Gretsiya san`ati tarixi Mikenaning qulashi va Doriylar tomonidan Peloponnes, uning janubida joylashgan orollar, Kritning bosib olinishi bilan boshlanadi va eramizdan avvalgi XI asrdan I asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu tarixiy-badiiy davr to`rt bosqichdan iborat: 1). Gomer davri (er.av. XI-VIII asrlar); 2). Arxaika davri (er.av. VII-VI asrlar); 3). Klassika davri (er.av. V-IV asrlarning dastlabki uch choragi); 4). Ellinizm davri (er.av. IV-I asrlar). Greklar birinchi bor badiiy ijodda insoniyatning asriy muammolarini yechishga urindilar. Ular botirlik, jasorat, Vatan mehri va hur insonning qudratini ulug`ladilar, uning jismoniy go`zalligi va ma`naviy barkamolligini ifodalab, ideal, garmonik kamol topgan inson obrazini yaratishga intildilar. Buyuk Sofoklning “Tabiatda insondan kuchli zot yo`q”, - degan fikri davr estetikasi, dunyoqarashini o`zida mujassamlashtirgan. Qadimgi Gretsiyada faoliyatli, davlat manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`yadigan insonni ulug`ladilar. Irodali, Vatanni sevadigan va uning uchun kurasha oladigan inson obrazini ideal inson, deb bildilar. Har to`rt yilda o`tkaziladigan Olimpiya musobaqalari esa, erkin Ellinning jismoniy va ma`naviy shavkatini namoyon etuvchi bayramga aylandi, g`oliblarga haykallar o`rnatildi. Darhaqiqat, Grek san`ati insonning real his-tuyg`ularini badiiy ifoda etishi bilan hamon kishiga zavq-shavq baxsh etmoqda; inson aql-idroki, zakovatini tarannum etib, unga kuch bag`ishlamoqda.Grek san`atining shu jihati Yevropaliklar tomonidan ham, Sharq xalqlari tomonidan ham e`zozlanadi. Mamlakatimiz san`atkorlari ham bu san`at namunalariga murojaat qilib, o`zlarining mahoratlarini oshirganlar. Gomer davri san`ati. Qadimgi Gretsiya tarixining eramizdan avvalgi XI-VIII asrlari Gomer davri deb ataladi. Bu davr san`ati va madaniyatini o`rganishda Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli manbaa hisoblanadi. Mikena yozuvlarining www.arxiv.uz o`qilishi shu davrga oid ma`lumotlarning kengayishiga yordam berdi. Gomer davrida hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan ko`zaga gul solish san`ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan kulochilik buyumlari - ko`zalarda qadimgi Grek amaliy-dekorativ san`atining o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`ladi. Bu ko`zalar yuzasiga geometrik naqshlar ishlangan bo`lib, ularning shakli ko`rkam naqshlar kompozitsiyasi aniq, siluetlari qat`iy. Bu xususiyatlar buyumga o`zgacha latofat kiritadi. Diniy marosimlar bilan bog`liq bo`lgan katta hajmdagi Dipilok ko`zalari (Afrika yaqinidagi Dipilon darvozasi yaqinidan topilgani uchun shunday deb nomlangan) shunday xarakterda ishlangan. Gomer asri kulolchilik buyumlari, ko`zalarida geometrik naqshlardan tashqari o`simliklardan ishlangan naqshlar, hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar uchraydi. Arxaik Gretsiya san`ati. Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlaridan boshlab, ilk sinfiy jamiyat tashkil topa boshlagan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda arxaik, ya`ni qadimgi (grekcha “arxeyos” - qadimgi demakdir) davr deb nomlanadi. Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot, astronomiya, tarix, geografiya, matematika taraqqiy qildi, poeziya, adabiyot, teatr kamol topdi, grek yozuvi paydo bo`ldi. Greklar o`zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq mamlakatlari - Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi yutuqlarini chuqur o`rganib, o`zlarining betakror san`at va madaniyatlarini yaratishga muyassar bo`ldilar. Me`morlik. Arxaika davri me`morchilik san`ati shaharlarning rivojlanishi va qurilishi bilan bog`liq. Grek ibodatxonalari bir necha tipda bo`lib, bularning ichida eng keng tarqalgan tipi peripter hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-sella bo`lib, atrofi esa ustunlar bilan o`ralgan. Grek me`morchiligining bu tipi faqat grek me`morchiligidagina emas, balki jahon san`ati me`morchiligida ham katta rol o`ynadi. Ilk Arxaika ibodaxonalari birmuncha past va uzunroq qilib qurilgan. Ularning ko`rinishi vazmin va salobatli. www.arxiv.uz Pestumdagi (Italiya) Gera ibodatxonasi (er.av.VI asr o`rtalarida) shu jihatdan ibratli. Korinfdagi Apollon ibodatxonasi (er.av.VI asrning ikkinchi yarmida qurilgan) periter tipidagi doriy orderida ishlangan bo`lib, uning old tomonida 6, yon tomonida 15 ustun o`rnatilgan. Bu ibodatxonada ham Arxaika me`morchiligining xarakterli tomonlari ochiladi. Haykaltaroshlik. Arxaika davrida grek monumental haykaltaroshligi kamol topa boshladi. Toshdan yaratilgan haykallar namunasi esa eramizdan avvalgi VII asrlarga to`g`ri keladi. Haykaltaroshlikning rivojlanishida Krit san`atkorlarining ta`siri sezilarli bo`lgan. Arxaika davri haykaltaroshligida odam gavdasini alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan, olishuvlar ko`rsatiladi. Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar va gigantlar jangiga bag`ishlangan kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi mahsulidir. Arxaika davrining ko`zaga surat solish san`ati dastlab qora figurali vazalarda namoyon bo`ldi. Bunday vazalarga qora lak bilan turli tasvirlar ishlangan. Ayniqsa qora figurali vazalar ishlash san`ati VI asrning II-III choragida rivojlanib, bu sohada attikali qurollar va rasmlar chiqarishgan. Shunday mashhur ustalardan biri, rassom Klitiy bo`lgan. U jahonga mashhur bo`lgan “Fransua vazas”ni bezatgan. Er.av. 540-530 yillarda qizil figurali vazalar ishlash keng tarqaladi. Bu vazaga gul solish san`atida realistik tendensiyalarning ortib borishi sabab bo`ldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar ko`zaning tabiiy rangi - pishirilgan loy rangida (qizg`ish, qizg`ish jigarrang) qoldirib, fon, qolgan bo`shliq esa qora lak bilan bo`yab chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega bo`lib, eramizdan avvalgi VI asrning uchinchi choragidan IV asrgacha davom etdi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib, Gretsiya o`zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko`tarildi. Yuqori klassika. Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya siyosiy, iqtisodiy va madaniy ravnaqining oltin davrini boshladi. San`atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy obrazlarda ko`rsatadi. Bu taraqqiyotda, so`zsiz, shu davrning yirik davlat arbobi Perikl muhim rol o`ynadi. www.arxiv.uz Yuqori klassika davrida Afina akropoli o`zining tugal ko`rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan Afinaning ichki qal`asi - Akropol qayta tiklandi. Bu qal`a Eron- Grek urushida vayron bo`lgan edi. Eramizdan avvalgi V asrning uchinchi choragida bu yerda oq marmardan yasalgan grek me`morchiligining nodir durdonalari bo`lgan Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g`alaba ma`budasi Nikaga atab qurilgan Niki Apteros qad ko`tardi. Bu binolar badiiy bezakka boy bo`lgan. Masalan, Propiley devorlari davlatning jangovor o`tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug`ligini o`zida ifodalab, grek tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish etuvchi me`morchilik ansambli edi. Akropol tepaligining yon bag`irlarida qurilgan ibodatxona va tomoshaxonalar esa uni yanada mo`tabar, muqaddas dargoh darajasiga ko`targan. Grek klassikasi me`morchiligining beqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va afinaliklar homiysi bo`lgan Afina ma`budasiga bag`ishlangan Porfenon ibodatxonasi hisoblanadi. Eramizdan avvalgi 447-438 yillarda me`morchilik Iktin va Kallikrat tomonidan qurilgan bu ibodatxona afinaliklarning xazinasini saqlash uchun xizmat qilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin safdoshi Fidiy rahbarligida bajarilgan. Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam qo`ydi. O`aykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini to`g`ri tasvirlabgina qolmasdan, o`z asarlarida murakkab harakatlarni ham ifodashga, kompozitsiya yechimining hayotiy bo`lishiga alohida e`tibor bera boshladilar. Shunday masala bilan shug`ullangan yirik haykaltaroshlardan biri Miron hisoblanadi. Uning mashhur asarlaridan biri “Diskobal” (Disk otuvchi) haykalida jismoniy go`zal, ma`naviy kuchli ideal inson obrazi yaratiladi. So`nggi klassika davri haykaltaroshligi realistik tendensiyaning kuchayishi bilan xarakterlanadi. O`aykaltaroshlar o`z qobiliyati, dunyoqarashi, imkoniyatlaridan kelib chiqib, inson ma`naviy olamining turli qirralarini yorita boshlaydilar. Bu xususiyat so`nggi klassikaning buyuk haykaltaroshlari Skopos, Praksitel, Lisipp ijodida sezilarli edi. www.arxiv.uz Davr ziddiyatlari, san`atda sodir bo`layotgan o`zgarishlar so`nggi klassika davrining yirik haykataroshi Skopos ijodida o`z ifodasini topdi. U yuqori klassika an`analarini davom ettirib, monumental, qahramonlik ruhi bilan sug`orilgan haykaltaroshlik kompozitsiyalarini ishladi, lekin asarlarida yuqori klassikaga xos xotirjamlik, ulug`vorlik, vazminlik emas, balki serg`ayrat, kuch-quvvatga to`lib- toshgan kishilarning ko`rinishi, ma`naviy ichki dunyosi ochib ko`rsatiladi. Skopasning mashhur asarlaridan biri “Menada” (Vakanka, Dionisning umr yo`ldoshi) haykalidir. Unda raqs dunyosiga cho`mgan, maftun bo`lgan Menada holati tasvirlanadi. Menadaning berilib raqsga tushayotgan holati orqali tashlangan bosh harakati, spiralsimon buralgan gavda orqali ochib berilgan. Obrazning har tomonlama idrok etilishini hisobga olish ham Skopos ijodini avvalgi davr san`atidan farqlaydi. www.arxiv.uz Ellinizm davri san`ati Reja: 1 . Ellinizm davri san`ati. 2. Ellinistik davlatlarning vujudga kelishi. 3. Ellinistik Misr san`ati. www.arxiv.uz Bu davr me`morchiligi o`zining hashamatliligi, dabdabadorligi va katta hajmga intilishi bilan xarakterlanadi. Me`morchilik nazariyasi rivojlanadi. Bu davrda miletlik Gippodamaning shahar qurilishi borasidagi sistemasi muhim rol o`ynadi. Shu plan asosida qurilgan Milet, Priyena shaharlarining ko`chalari ochiq va keng praspektlardan tashkil topgan. Uning bosh maydoni atrofi esa turli ijtimoiy binolar bilan o`ralgan. Ellinizm davri san`ati katta yutuqlarga erishdi. Klassika davri portret san`atiga xos fazilatlar, umumlashma ideal obraz yaratish borasidagi prinsiplar bu davrda tasvirlanuvchining individual xislatlarini chuqurroq ochish, ma`naviy qiyofasini ishonarli talqin etish tendensiyasi bilan almashdi, bu xususiyatlar Ellinistik Gretsiya san`atida yaqqol seziladi. Ellinistik Misr Ptolemeylar podsholigi davrida gullab yashnadi, qudratli davlatga aylandi. Uning poytaxti Aleksandriya esa ellinistik dunyoning yirik madaniy-siyosiy markazi, yirik port shahri bo`ldi. Ellinistik Misrning oq marmardan ishlangan hashamatli binolari dunyoga mashhur bo`lgan. Yetti mo`jizaning biri, deb hisoblangan 120 metrli Farros mayog`i (mash`ali), Aleksandriyaning haykaltaroshlik bilan bezatilgan park-bog`lari ham olamga mashhur bo`lgan. Ellinistik Misr badiiy maktabida yuqori klassika traditsiyalari (ko`proq Praksitel) sezilarlidir. Tematikasida hayotiy, maishiy hamda intim-lirik mavzu yetakchi o`rinni egallaydi. Bu janrda ishlangan kompozitsiyalarda ko`proq oddiy xalq hayotidan olingan voqealar tasvirlanadi. Qariyalar, bolalar obrazi ko`proq uchraydi. "Keksa baliqchi", "o`oz bilan o`ynayotgan bola" haykallari bunga misol bo`la oladi. Afrodita haykali ko`p ishlangan. Ellinistik Misr san`atida allegorik talqin etilgan haykallar ham mavjud. Masalan, "Nil" kompozitsiyasi, tosh o`ymakorligining namunasi, "Gonzaga komeyasi" bo`rtma tasviri mashhurdir. Unda podsho Ptalemey va malika Arsinoyaning boshlari yon tomondan tasvirlangan. Lekin klassika davridagidek yuksak g`oya bu yerda chegaralangan. Bu asar yana bir bor Ellinizm davri so`ngida san`atdagi idealogik kuchning susayib borganini ko`rsatadi va ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan chuqur inqirozni ifoda etadi. www.arxiv.uz Baza (grek. «basis» - asos) kolonnaning yoki pliyastrning tekislangan pastki qismi, supachasi. www.arxiv.uz Qadimgi Italiya san`ati Reja: 1. Qadimgi Italiya san`ati, uning geografik o`rni, davlat chegarasi. 2. Qadimgi Rim san`ati, tasviriy san`at va haykaltaroshlik. 3. Rim san`ati va madaniyatining ahamiyati haqida ma`lumot. www.arxiv.uz Eramizdan avvalgi VII asrning to yangi eraning V asriga qadar bo`lgan o`n ikki asr mobaynida italiyaliklar san`ati va badiiy madaniyati gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me`morchilik ansambllari vujudga keldi, me`morchilikning yangi tiplari paydo bo`ldi. Italiyaliklar qadimdagi Gretsiya san`ati va madaniyatiga zo`r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o`zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. Realistik portret, tarixiy mavzudagi relyef yaratish, mozaika, amaliy san`at borasidagi novatorlik namunalarini ko`rsatadilar. Qadimgi Italiya xalqlari ichida etrusklar bo`lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning o`rta va g`arbiy janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san`atida katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo`lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere, Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o`ralgan. Keng yo`llar, mustahkam ko`prik va kanallar qurilgan. Etrusk haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini bezashga taklif etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb yuritiladi) san`atkor ijodining o`ziga xos tomonini xarakterlaydi. Unda san`at va nur xudosi bo`lgan Apollonning shaxdam qadamlar bilan odimlab ketayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, yengil libos ostidan uning rivojlangan muskuli va kuchli qomati ko`rinib turibdi. Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga to`g`ri keladi. Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san`atiga Italiyaning janubidagi grek koloniyalari san`atining tasviri sezila boshladi. Etrusklar grek alfavitini, teatr va mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham yuzasiga barelyeflar tushurilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. Qadimgi Rim san`ati Qadimgi Rim san`ati Apenin yarim orollaridagi ko`pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar san`ati ta`sirida rivoj topdi. Rim imperiyasining birinchi imperatori Oktavian Avgust www.arxiv.uz hukmronlik qilgan yillar (eramizdan avvalgi 27 yil - yangi eraning 14 yillari) san`at va madaniyatning haqiqiy rivojlangan bosqichi bo`ldi. Rim davlatining "oltin asri" hisoblangan bu davrda nazariyotchi me`mor Vitruviy, tarixchi Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy va Goratsiolar yashab ijod etdilar. Me`morchilik rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey Amfiteatridir. Planda Kalizey gigant oval bo`lib, uning asosi 188x156 metr, devorlarining balanligi 48,5 metrga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun mo`ljallangan bu qurilmaga bir vaqtning o`zida 55 ming tomoshabin siqqan. Rim me`morchiligining yana muhim yodgorligi "O`amma xudolarning qasri" - Panteon hisoblanadi. Me`mor Apollodor Domashoqiy tomonidan 118-125 yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli binosi bo`lib, unda Rim me`morchiligining novatorlik xususiyati yaqqol ko`zga tashlanadi. Tasviriy san`at. Rim tasviriy san`atidan bizgacha ko`pgina haykaltaroshlik namunalari (relyef, portret, tematik kompozitsiyalar) saqlanib qolgan Rimliklarning portret san`atidagi yutuqlari, ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik dunyo san`atida yetakchi o`rinni egallaydi. Rassomlik va amaliy san`at. Rimning gullagan shaharlari Pompey va Gerkulanumdagi boy, zadogonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma`lumot beradi. Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan ko`chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham keng uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dengiz osti manzaralari, urushayotgan xo`roz va shunga o`xshash voqealar tasvirlangan. Shunday mozaikalardan biri Favna uyidagi Aleksandr Makedonskiyning Eron shohi Doro bilan jangi tasviridir. www.arxiv.uz O`rta asrlar san`ati Reja: 1. Sharq va g`arbda o`rta asrlar tarixining davriy chegarasi, rivojlanishidagi asosiy bosqichlar. 2. Vizantiya, Sharqiy Yevropa va Kavkaz orti san`ati. www.arxiv.uz Yer yuzida feodalizm formatsiyasining paydo bo`lishidan tortib, uning rivojlanishi va nihoyat, uning inqirozidan keyingi formatsiyaga o`rnini bo`shatib berguncha bo`lgan davrdagi san`ati, odatda, o`rta asrlar san`ati deyiladi. Bu san`at turli mamlakatlarda turli vaqtda boshlangan va davom etgan. Jumladan, Yevropada u Buyuk Konstantin podsholik qilgan davrdan (IV asr) boshlanadi. Uning dastlabki inqirozi esa XIII-XIV asrlardagi Italiyadagi shahar-davlatlarning vujudga kelishi bilan tezlashadi. Yevropadagi ayrim mamlakatlarda feodalizm VII-VIII asrlar va undan kech ham boshlanib, XVII asrlarning so`ngigacha davom etgan (masalan, Vizantiya, Qadimgi Rus). Aksincha, Sharq mamlakatlarida (masalan Xitoy, Hindistonda) o`rta asrchilik birmuncha erta boshlangan. Lekin uning inqirozi cho`zilib ketib, XIX asrgacha va undan keyinroq ham davom etgan. O`rta asrlarda me`morchilik yetakchi o`rinni egalladi. Bizgacha o`rta asrlar me`morchilik san`atining juda ko`p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumental me`morchilik san`ati o`rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o`rganishda muhim o`rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy qarashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-zakovatining qudratini ulug`laydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi ibodatxonalar, musulmon sharqidagi hashamatli machitlar, buddizm yodgorliklari o`rta asr tafakkurining mahsuli sifatida hozirgacha kishilar qalbini to`lqinlashtiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta`zim etishga da`vat etadi. Vizantiya san`atining o`ziga xos tomonlari IV asrda uning maydoniga xristian dinining kirib kela boshlagan davridan shakllana bordi. Bu xususiyat Vizantiyaning dastlabki gullagan davri VI-VII asrlarda yaqqol namoyon bo`ldi. Konstantinopal bu davrda katta Vizantiya imperiyasining faqat siyosiy markazi emas, balki madaniy o`chog`iga ham aylandi. Vizantiya me`morchiligi uslubi grek va rim me`morchiligi an`analarining mahalliy an`analar bilan uyg`unlashishidan vujudga kelgan. Jumladan, Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o`z konstruktiv tuzilishi jihatidan Panteon ibodatxonasi konstruksiyasiga o`xshab ketadi, lekin bu o`xshashlik bir muncha yashiringan holda talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Vizantiya rangtasvirining www.arxiv.uz nodir namunasi XII asr birinchi yarmida Konstantinopollik usta tomonidan ishlangan «Vladimir Bibi maryami» ikonasi hisoblanadi. Vizantiya san`ati madaniyati, jahon xalqlari san`ati va madaniyatining rivojlanishiga katta ta`sir o`tkazadi. Bu madaniyat janubiy Slavyanlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Qadimgi Rus san`ati va madaniyati taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi. Vizantiya me`morligi amaliy san`at namunalari ko`pgina xalq san`atkorlari uchun namuna maktabi vazifasini o`tadi. VI-VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oroli tomon ommaviy ko`chishi Vizantiya imperiyasida feodal munosabatlarning tezlanishiga, quldorlik formatsiyasining tugashiga olib keldi. Shu bilan birga slavyan qabilalarining Vizantiya bilan to`qnashi ularning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishlarida, asta-sekin esa ilk feodal davlatlarning paydo bo`lishida muim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yerda ular Bolqon qabilalari bilan assimilyatsiyalashib ketishdi. Bolqon yarim orolida yirik davlatlar galma-galdan maydonga chiqdi va inqirozga uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Serbiya va Xorvatiya davlatlari yirik bo`lib, taraqqiyotida ham sezilarli iz qoldirdilar. Bolgariya san`ati va madaniyatining birinchi taraqqiyoti IX-X asrlarga to`g`ri keldi. Bu davrda slovyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo`ldi. Bolgar san`atiga xos bo`lgan xususiyatlardan biri, antik an`analarning unda uzoq yashashidadir. Jumladan, uning me`morchiligida tekis yoyilgan tomi va yon tomonlaridagi binolar uzoq vaqt saqlangan. Bunga avliyo Sofiya ibodatxonasi misol bo`la oladi. XI asrdan boshlab, bud-gumbaz tipidagi binolar qurila boshlandi. Shu tipda qurilgan dastlabki ibodatxonalar Presp ko`li atrofidagi German cherkovi (1066 y.) bo`lib, u o`zining nozik nisbati, konstruktiv tuzilishining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bino juda sodda bezatilgan. 1187 yili Bolgariya mustaqil davlatga aylandi. Tarixchilar ikkinchi Bolgariya podsholigi davrini shu yildan boshlab hisoblaydilar. Feodalizmning yangi bosqichi bo`lgan bu davr savdo-sotiq, madaniyat va san`atning jonlanishi bilan xarakterlanadi. Me`morchilik bezagiga e`tibor berish Bolgariyada keng o`rinni egalladi. Bu davrda miniatyura, ayniqsa, yog`och www.arxiv.uz o`ymakorligi juda rivojlandi. Bu o`ymakorlikning qadimgi namunasi Oxirddagi Nikolay cherkovi uchun ishlangan eshik yuzasidagi turli qush, hayvon va o`simliklar dunyosidan olinganobrazlar tasviridir. Yozuv manbalari Bolgariyada zargarlik san`ati ham yuksak bo`lganligidan dalolat beradi. XIV asrning ikkinchi yarmida turklar tomonidan bosib olinishi uning san`at va madaniyatiga salbiy ta`sir qildi. Uning monumental san`at taraqqiyoti deyarli to`xtadi. XII-XIV asrlarda Serbiya Bolqon yarim orolidagi yirik davlatlardan biriga aylandi, san`at va madaniyatning gullagan davrini boshidan kechirdi.Serhasham me`morchilik va monumental rangtasvir san`atida muhim yutuqlarni qo`lga kiritib, o`rta asrning yetuk markazlaridan biriga aylandi. Serbiya Vizantiya va Italiya bilan yaqin munosabatda rivojlandi, ularning san`atidan ta`sirlandi. Vizantiya san`ati an`analari ayniqsa, rangtasviri Serb san`ati taraqqiyotida muhim o`rinni egalladi. Me`morchilik san`atida esa harbiy Yevropa an`analarining ta`siri seziladi. Serb san`atining ilk namunalari bizgacha kam yetib kelgan va ularda ko`proq Yevropa roman davri san`ati an`analari ta`siri bo`lgan. Bu davr me`morchilik namunalari plan jihatidan sodda, bazilika tiplariga yaqin, ravoqli cherkovlar bo`lib, ularning eshik va darchalari atrofi sodda bo`rtma tasvirlar bilan bezatilgan. Serb san`atining harbiy Yevropa bilan aloqasi XI asrdan rivojlana boshlagan miniatyura san`atida ham namoyon bo`ladi. Serb me`morchiligining o`ziga xos xususiyatlaridan biri, uning dekorativ xarakterdaligidir. Bu xususda Studennitsadagi Bibi Maryam cherkovi diqqatga sazovordir. Binoning tashqi ko`rinishiga alohida e`tibor berganlar, u oq va kul rang marmar bilan pardozlanib, arkatura frizi bilan bezatilgan. Konsollarda odam va hayvon niqoblari ishlangan, g`arbiy va janubiy peshtoqlar, mehrob darchalari o`yma naqqoshlik bilan bezatilgan. Naqsh uchun o`simliklar dunyosi, qush, hayvon va odamlar shakli olingan. Nerezedagi (Makedoniya) Panteleymanx ibodatxonasi devoriy suratlari Serb monumental rangtasviri to`g`risida tasavvur beradi. «Butdan tushirish» mavzusiga bag`ishlangan suratlarda kuchli hayajon va motam, iztirob, qayg`urish ishonarli va ifodali tasvirlangan. Bu tasvirlarda butdan tushirilgan Iaga aza tutayotgan, chuqur qayg`u va motam bilan uni quchoqlayotgan www.arxiv.uz Bibi Maryam, Iso tomon chuqur qayg`u va motam bilan engashib qarab turgan Ioan obrazlari chuqur motam holatida ta`sirli ishlangan. Yosh avliyolar obrazi ham ta`sirli va xarakterlidir. Bu tasvirlarda rassom kontur chiziqlardan foydalanmagan holda faqat rang surtmalari hisobiga obraz hajmini ifodalashga intiladi. Surat koloriti yorqin, jarangdor, oq sarg`ish, oltin, ko`k va moviy ranglar gammasi o`zaro nisbatda asarning emotsional tomonini oshirib, uning ko`rimli bo`lishiga yordam beradi. Serb o`rta asrlar san`ati o`z davri uchun progressiv ahamiyatiga ega bo`ldi. XIII-XIV asrlar me`morchilik san`ati Sharqiy Yevropa san`ati uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Serb rassomlari insonning his-tuyg`u, ehtiroslarini badiiy ifoda etib, o`zga yerdagi zamondoshlariga namuna bo`ldilar. Serb san`atkorlari diniy kanonlardan chekkaga chiqmagan holda real dunyoni keng va to`laqonli tasvirlashga erishdilar. Serb san`atkorlari Ruminiya, Bolgariya, Qadimgi Rus san`atiga o`z ta`sirlarini o`tkazdilar. O`rta asrlar san`ati va madaniyatida Kavkaz xalqlari, jumladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari san`ati ham alohida o`rinni egallaydi. Bu xalqlar san`ati qadimgi mahalliy san`at an`analariga ega bo`lgan, o`rta asrlarning muhim madaniyat o`choqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va Eronning yutuqlaridan foydalanib, o`ziga xos san`at yaratdilar va jahon madaniyati xazinasini boyitdilar. Kavkaz xalqlari san`ati X-XIII asrlarda eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Gruziya va Armaniston o`rta asrlar monumental me`morlik san`ati hajmiy-plastik yechilishi xarakteri bilan farq qiladi. Markazli qubbali Zakavkazye ibodatxonalari zinasimon kompozitsiyaga ega bo`lib, uning me`morchilik hajmlari o`rtaga qarab balandlashib boradi. Cherkov binosining to`rt tomoni o`ziga xos frantanlar bilan tugallanadi. Binoning tashqi zinasimon kompozitsiyasi interyerning ichki xarakteriga xos. Arman me`morchiligining o`ziga xos tomonlari Echmiadzin yaqinidagi Gijima ibodatxonasida yaqqol seziladi. Bu ibodatxona plani asosida hamma tomoni teng bo`lgan but olingan. Binoning tashqi tomoni yaxlit, salobatlidir. U o`zining aniq nisbati, devor fakturasining yoqimli qiilb ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Bino silueti yaxlit va aniq tuzilishi bilan xotirada yaxshi saqlanadi. www.arxiv.uz Ibodatxona sakkiz qirrali baraban bilan tugallangan. Arablar tomonidan VII asrda Armaniston yerlarining zabt etilishi san`at taraqqiyotiga to`siq bo`lib, bu hol qariyb 200 yil davom etadi. Faqat arab xalifaligining parchalanishi va Armanistonning chet el istilosidan qutulishi iqtisodiy, siyosiy hayotda jonlanishni boshladi. Yirik feodal yer ho`jaligi mustahkamlanib, kengayib bordi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yagona davlat yaratishga intilish sezila boshladi. Gruziyada ilk xristian dini bilan bog`liq binolar (V-VI asrlar) bazilikadir. Ular kichik Osiyo, Albaniya, Siriya, Armanistondagi bazilika binolariga o`xshash. Lekin u mahalliy an`analar bilan boyitilgan bo`lib, uch qavatli zinali supacha ustiga qurilgan bu bino tashqi tomondan sodda va past, og`ir ko`rinishga ega. Lekin asosiy diqqat interyerga qaratilgan. Keng xona devorlaridagi aniq, yaxlit shakllar uning ichki emotsional imkoniyatlarini oshiradi. Bino interyerlarini bezashda toshdan yaratilgan kapitel va plastrlar muhim o`rinni egallaydi. Bo`rtma tasvirlarda Eron va Gruziya xalq yog`och o`ymakorligi an`analari uyg`unlashgan. VI asrning oxiri va VII asrda markaziy qubbali qurilish keng o`rinni egallay boshladi va uning turli variantlarini ishlab chiqildi. Msxetidagi Djvari ibodatxonasi gruzin me`morchiligining xarakterli tomonini o`zida mujassamlashtirgan. Hajmi jihatidan monumental ko`rinishga ega bo`lgan bu bino va tabiat manzarasi bir-biri bilan uyg`unlashib ketgan va uning bir bo`lagi sifatida idrok etiladi. Bino kompozitsiyasi sakkiz qirrali baland bo`lmagan baraban bilan tugallangan. Tashqi devor bo`rtma tasvir va naqshlar bilan bezatilgan. Gruzin san`atining eng gullagan davri XI-XIII asrlarga to`g`ri keladi. Bu davrga kelib, Gruziya yaqin sharqdagi eng yirik davlatlardan biriga aylanadi, moddiy va ma`naviy hayotida rivojlanish sodir bo`ldi. Bu davr madaniyatining o`ziga xos xususiyati cherkor va feodal zodagonlar rolining kamayishi, yangi shakllangan dvoryan hamda savdogar, hunarmandlar tabaqasi hayoti va ideologiyasini targ`ib etish bilan bog`liq bo`lgan san`at va fanda dunyoviy yo`nalish yetakchi o`ringa chiqib oldi. Bu davr san`atining muhim mafkuraviy maqsadi - mamlakat kuchlarini birlashtirish va davlatni mustahkamlashga qaratilgandir. Insonning ruhiy olamga qiziqishi va e`tibori kuchaydi. Monumental me`morchilikda katta, ulug`vor, www.arxiv.uz hashamatli binolar yaratish, ularning ichki va tashqi tomoni badiiy bezagiga alohida e`tibor berish tendensiyasi sezildi. Me`morchilik elementlarining dekorativligiga e`tibor ortdi. Gruzin san`atida ancha rivojlangan mozaika ham monumental xususiyatga ega bo`lib, jonli va ta`sirlidir. Monumental rangtasvir san`ati XII-XIII asrlar chegarasida jiddiy yutuqlarni qo`lga kiritdi. Bu davrda gruzin monumental rangtasvirning nodir yodgorliklari yaratildi. Bu xususida Vardzi suratlari, Betaniy va ayniqsa, Kinsvisi ibodatxonalaridagi devoriy suratlar obrazlarning erkin talqin etilishi voqelikning poetik tasvirlanishi bilan xarakterlanadi. XVI asr monumental rangtasvirida Vizantiya rangtasvirining Konstantinopol maktabi ta`siri seziladi. Bu davr suratlari ta`sirchan, ifodali chiqqan bo`lsa ham, obrazlardagi garmonik barkamollik va tasvirlanuvchilarning ko`p qirrali xarakterini to`liq yoritish bir muncha buzila boshlaganligi, sun`iylik ko`rinadi. Gruzin miniatyura san`atining ilk namunasi IX-X asrlarga to`g`ri keladi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, bu san`at V asrlardayoq rivojlangan va keng tarqalgan. Miniatyura san`atida ellinistik san`atning ta`siri seziladi. Bu davr miniatyuralari o`zining o`tkir qalami, real va yorqin kaloriti bilan ajralib turadi. Unda diniy mavzudan tashqari, dunyoviy voqealar ham o`z ifodasini topgan. XIV-XVII asrlar gruzin xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashi davridir. Bu uning iqtisodiy ravnaqiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Monumental rangtasvir, miniatyura, me`morchilik san`ati bir muncha orqaga ketishi bilan xarakterlanadi. Lekin xalq amaliy sang`ati, yog`och va tosh o`ymakorligi san`ati rivojlanishda davom etib, davr o`zgarishlarini o`zida ifodaladi. www.arxiv.uz Yevropada o`rta asrlar san`ati Gotika, Roman va Romandan oldingi Varvarlar san`ati O`rta asrlar san`ati. O`rta asrlarda harbiy Yevropa ”Varvarlar” qirolligi va Franklar imperiyasi davrida ”Varvarlar”ning surunkali harbiy yurishlari va qullarning tez-tez ko`tarilib turgan qo`zg`olonlari III asrlarga kelib ”Quldorlik” davrining inqirozga yuz tutishiga sabab bo`ldi. Natijada quldorlik davri tuzum sifatida o`z o`rnini harbiy Yevropa mamlakatlarida asta-sekin feodalizmga bo`shatib bera boshladi. Rim imperiyasi qulashi bilan bu jarayon yanada tezlashdi. Bu voqealar harbiy Yevropa madaniyati va san`atiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. ”Varvarlar” san`ati va antik san`ati an`analarining o`zaro ta`sirida Yevropada o`rta asr san`atini boshidan kechirdi. Bu ta`sir ayniqsa hajm forma dinamikasi, ekspressiyada, kompozitsiya va naqqoshlikda yaqqol namoyon bo`ldi. g`arbiy Yevropadagi ko`pgina mamlakatlarda ibtidoiy tuzumdan so`ng o`z boshlaridan quldorlik davrini kechirmay turib, feodal tuzumiga o`tishlari muhim voqea bo`ldi. ”Varvarlar” san`atidagi ibtidoiy tuzumga xos folkloriy tushunchalar bilan antik san`at an`analari qo`shilib o`ziga xos yangi san`at rivojlana boshladi. ”Varvarlar” tomonidan istilo qilingan Rim imperiyasida feodal munosabatlar rivojlana boshlagan edi, istilo natijasida Rimda xristian dini ta`sirida qoldi. Din odamlar ongi, ruhiyatiga chuqurroq kirib bordi. Vizatiya san`ati o`z mohiyati jihatidan aristokratik xarakterga ega. Ular obrazlarni barkamolligiga intilsa, varvarlar esa ba`zida majruh, mayib, jismoniy xunuk obrazlarni tasvirlashdan cho`chimaydi. Bu davrga kelib asosan yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik va dekorativ bezak san`ati turlari rivojlandi. www.arxiv.uz Uchinchi asr oxiri IX asr boshlarida Buyuk Karl birinchi kuchli imperiyaga asos soldi. Bu davr san`ati ”korolinglar”san`ati, deb nom oldi. Bu san`at, hunarmandlar, sharq xalqlari, ayniqsa Shom san`atidan ta`sirlangan va unga taqlid qilgan. Roman san`ati. Buyuk Karl imperiyasi uzoqqa cho`zilmay, tez inqirozga uchradi. Vafotidan so`ng esa tomom parokandalikka uchradi, madaniy yodgorliklar esa talandi. Faqat X asr oxirlaridan boshlab Yevropada hayot izga tusha boshladi. X-XII asrlarni o`z ichiga olgan taraqqiyot davri san`ati roman san`ati deb nom oldi. ”Roman” iborasi shartli bo`lib, u lotincha «roma» degan so`zdan olingan bo`lib, ”rim” uslubi degan ma`noni bildiradi. Bu davrda me`morchilikka alohida e`tibor berildi. Roman davri san`atida me`morchilik asosiy o`ringa chiqadi. Bu davr me`morchiligining xarakterli tomoni shundaki, unda binolar birmuncha past, jiddiy va og`ir ko`rinishga ega. Devorlari qalin va mustahkam, eshik, derazalar ensiz. Me`morchilikning bunday ko`rinishi harbiy maqsadlarni ko`zda tutadi. Bu davrda asosan me`morchilik bilan bog`liq bo`lgan san`at turlari rivojlanadi. Bular maxobatli rangtasvir, haykaltaroshlik, vitraj san`ati. Bu me`morchilikning yana bir o`ziga xos xususiyati, tomning gumbaz tarzida yopilishi va unda darchalarning joylanishidir. Bu davrga kelib o`ziga xos feodal qusurlar paydo bo`la boshladi. O`sha davrda qurilgan shaharlarning umumiy ko`rinishi ham feodal qo`rg`onlarni eslatardi. Ularning atrofi qalin devor bilan o`rab chiqilar edi. Bu binolarning bezalishi ham sodda. Bu davr tasviriy san`ati din bilan uzviy bog`liqligi sababli unda ramziy, g`ayri-tabiiy, fantastik obrazlar uchraydi. Feodalizm davrining san`ati harbiy Yevropa davlati bu Fransiya edi. Fransuz me`morchiligi Yevropa qurilishida muhim o`rin tutadi. Roman asri davrida Fransiyaning ko`pgina shaharlarida anchagina ibodatxonalar qurildi. Bu www.arxiv.uz binolarning pastki qismi tepa qismiga nisbatan ancha katta bo`ldi. Ular o`yma naqsh va bo`rtma tasvirlar bilan bezatilar edi. XIX asr boshlarida buzilib ketgan bu me`morchilik obidalarining asosiy prinsiplari keyingi davr arxitekturasi uchun ham ko`p xizmat qildi. Germaniyada qurilgan roman arxitekturasining xarakterli tomoni shundaki, bu me`morchilik binoning tomi kvadrat shaklida bo`lib, og`ir minoralarning serobligi esa unga dinamik siluet beradi. Italiya me`morchiligida stilistik birlik yo`q. Bunga asosiy sabab uning tarqoqligi. Ayrim viloyatlarda Vizantiya ta`siri, yana bir joyda roman arxitekturasi ta`siri, boshqa joyida esa, masalan Toskana va Lombardiya maktablarida esa antik an`analar ta`siri sezilib turadi. Roman davri tasviriy san`atida mana shu arxitektura bilan bog`liq tasviriy san`at ya`ni devoriy surat va vitrajlar ishlash muhim o`rin tutadi. Rangdor suratlar bilan bino shiftlari va devorlarini bezashga katta e`tibor beriladi. Bu binolar asosan ibodatxonalar bo`lganligi sababli unda suratlar mavzusi ham diniy bo`lib, bu o`sha Bibi Maryam va Iso hayotidan olingan lavhalar edi. Bu davr haykaltaroshligida ham shu yuqoridagi holatni ko`ramiz. Gotika san`ati. Feodalizm tuzumi ichidagi yangi o`zgarishlar undan keyin kelishi kerak bo`lgan tuzumning shart-sharoitlarini yaratishga zamin hozirlashga kirisha boshladi. Bu esa shaharlarning taraqqiy etishiga, bunda savdogar va hunarmandlarning rolini ortib borishiga sabab bo`ldi. Yevropa markazlarida XII asr boshlarida fanning roli ortdi va birinchi ilmiy markazlar - universitetlar tashkil qilindi. Materialistik dunyoqarashning ilk belgilari paydo bo`la boshladi. Bunda Ibn Sino va uning shogirdi Ibn Rushd (Averros) ta`siri katta bo`ldi. San`at va madaniyatda ham katta o`zgarishlar yuz berdi, hayotiy mavzudagi asarlar paydo bo`la boshladi. Ruhoniylar hayotidagi ikki yuzlamachilikni fosh etuvchi teatrlar, ya`ni komediatlar, maskaradlar yuzaga keldi. www.arxiv.uz G`arbiy Yevropa san`ati Vizantiya san`ati ta`siridan qutula boshladi. Keyinchalik bu davrdagi san`atga ”Gotika” san`ati, deb nom berildi. Bu iboraning lug`aviy ma`nosi italyancha so`zdan olingan bo`lib, ”gotlarniki” degan mazmunni bildiradi. Gotlar bu nemis qabilalaridan biri bo`lib, bu davr san`atiga got qabilalari san`atining ta`siri kuchli bo`lganini bildiradi. O`ali bu davrda shahar madaniyati feodal munosabatlarga to`liq qarshi chiqa olmas edi. Shu bois gotika san`ati xarakterida ham murakkab va qarama-qarshi fazilatlar kashf etildi. Yaratilgan asarlarda realistik elementlar bilan bir qatorda, diniy qarashlarning ko`tarinki tasvirlash holatlari seziladi. Gotika uslubi XII-XIII asrlarda o`zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu uslub turli mamlakatlarda turlicha kechdi va uning ichki strukturasi umumiy qurilish tusini oldi. Roman uslubida bo`lgani kabi Gotika uslubida ham asosiy o`ringa me`morchilik chiqdi. Roman davridagiga nisbatan gotika arxitekturasi serhasham va ulug`vor, kattaligi bilan ajralib turadi. Bu uslubda qurilgan binolar yuqoriga intiluvchan bo`lib, juda baland bo`ladi. Dinning kuchi orta boradi va soborlar oldida nafaqat diniy marosimlar balki, shahar majlislari, har xil munozara va bahslar, universitet ma`ruzalari va xalq sayllari o`tkazilar edi. Shu sababdan bu ibodatxonalar shahar markazlarida qurilardi. Gotika davri arxitekturasining xarakterli tomonlaridan biri bino ko`tarilgan sari torayib boradi va oxiri shpil bilan, ya`ni nayzasimon tarzda tugaydi. Uning uchiga xo`roz yoki boshqacha bir tasvirlar qo`yiladi. Arxitekturaning yutuqlari ortib bordi. Bulardan biri karkaslardan foydalanish bo`lsa, ikkinchisi bu davrga kelib ularni darchalari kengayib, derazalari ko`payadi, peshtoqlari va ayvonlardan foydalanib bino ichini nurga boyitish istagi kuchayib boradi. Bu esa binolarning ulug`vor, baland bo`lishini ta`minlab qolmasdan, ularning yengil bir ruhiy holat kasb etishini ta`minlaydi. Me`morchilikda sodir bo`lgan bu o`zgarishlar binoning tashqi va ichki ko`rinishlarida ham o`z ifodasini topadi. www.arxiv.uz Tasviriy san`atda esa devoriy suratlar ishlanadigan yuzalar binoda yo`qligi sababli, uning o`rnini vitraj egallaydi. Me`morchilik bilan bog`liq bo`lgan haykaltaroshlik tasviriy san`atda yetakchi o`rinni egallaydi. Gotika davrida dekorativ - amaliy san`at yaxshi rivojlandi. XII-XV asrlarda Gotika uslubini Yevropaning deyarli barcha mamlakatlar san`ati o`z boshidan kechirdi. Gotika uslubining Vatani Fransiya bo`lib, Parij shahrining zaynati Bibi Maryam sobori (Notrdam de Pari) 1163-1314 qurildi. Reyms Sobori, Amyendagi sobor, Keln soborlari (1248-1880) qad ko`tardi. www.arxiv.uz Qadimgi Rus san`ati. Qadimgi Rus san`ati, me`morchilik, tasviriy san`at, haykaltaroshlik turlari. Sharqiy Yevropa san`ati. Qadimgi Rus san`ati. Kiyev Rusi tashkil topgan davrdan boshlab (X asr) O`rta asr munosabatlari va badiiy mafkura prinsiplari inqirozga yuz tutgan davrgacha (XVI asr) bo`lgan Rossiya tarixidagi davrga ”Qadimgi Rus” san`ati deyiladi. Qadimgi Rus san`ati bevosita o`sha davrlarda yashagan boshqa xalqlarning madaniyati va san`atining ta`siri ostida rivojlandi. Qadimgi Rus feodal munosabatlarining boshqa mamlakatlarnikidan farqi shundaki, u quldorlik davrini boshidan kechiradi. Shu sababli uning san`ati tabiat bilan uyg`unlashgan, me`morchilikdagi binolar, qasrlarmi yoki ibodatxonalarmi boshqalarnikidan farq qiladi. Me`morchilikning asosiy materiallari yog`och, loy edi. Shu sababli bizgacha yetib kelgan namunalari juda ozchilikni tashkil qiladi. Haykaltaroshlik keng yoyilmagan. Bu davrda asosan amaliy san`at rivojlangan. Kiyev rusi san`ati. Sharqiy slavyanlarda birinchi ming yillik o`rtalarida paydo bo`la boshlagan feodal munosabatlar VIII-IX asrlarga kelib o`z shakllanishini nihoyasiga yetkazdi. X asr Kiyev Rusi davlatining tashkil topishi shu davrning eng muhim voqeasi bo`ldi. Xristian dini rasmiy davlat dini, deb qabul qilindi. Bu esa o`z navbatida Vizantiya bilan aloqalarni kuchaytirdi. Bolgar olimlari topgan - Kirill va Mifodiy www.arxiv.uz kashf qilgan yozuv alfaviti rus yozuvining asosini tashkil qildi va hozirgi davrgacha unga xizmat qilmoqda. Vizantiyada yaratilgan san`at ikonografiya ham din ta`siri ostida me`morchilik bilan birgalikda Rus davlatiga kirib keldi. Dastlabki davrlarda Vizantiyadan ustalar chaqirildi, bular me`mor, haykaltarosh va rassomlar edi. X-XI asrlarda Kiyev Rusi san`at va madaniyat sohasida haqiqiy gullash davrini boshidan kechirdi. Bu davrga kelib u Yevropada ko`zga ko`ringan davlatlardan biri bo`ldi. Bu davrning eng muhim arxitektura yodgorligi Kiyevdagi Avliyo Sofiya (”Svetaya Sofiya”) sobori Kiyev Rusining bosh ibodatxonasi bo`ldi. U davlatning kuch-qudrati va yagonaligini tarannum etar edi. Binoning ichkari qismi devoriy suratlar bilan bezalgan. Kiyev Rusida ikona san`ati va kitob bezagi bilan bog`liq bo`lgan miniatyura san`ati keng rivojlandi. XIII-XV asrlarda mavjud bo`lgan rangtasvir asarlari asosan devoriy suratlar bo`lib, o`sha davrda ijod qilgan rassomlar mahoratidan dalolat berib turadi. XIV asr. Novgorod monumental rangtasvirlaridagi yorqin shaxslardan biri bu o`sha davrda Vizantiyadan Rusga kelib ijod qilgan musavvir Feofan Grekdir. U Vizantiya tasviriy san`ati an`analarini yaxshi, chuqur egallagan holda, Rus san`atidagi izlanishlar bilan uyg`unlashtirishga erishdi. Feofan Grek asarlaridan bizgacha juda kam namunalari yetib kelgan. Uning Novgoroddagi Stas- Preobrajenskiy soboridagi devoriy suratlari mashhurdir. Feofan Grek keyingi Rus san`ati taraqqiyotida muhim rol o`ynadi. 1147 yilda Moskva shahriga asos solindi. U dastlab kichik bir knyazlikning markazi bo`ldi, atrofi jarlik bo`lib yog`och devorlar bilan o`ralgan tepalikda joylashgan edi. Moskva me`morchiligining namunalari unchalik ko`p saqlanmagan. Saqlanganlarining aksariyati XIV asr ikkinchi yarmi va XV asrga taalluqlidir. Me`morchilik yodgorliklari asosan shahar chekkalarida saqlanib qolgan . www.arxiv.uz Tasviriy san`at namunalari ko`proq miniatyura, ikona va devoriy suratlar tarzida uncha ko`p bo`lmagan miqdorda bizgacha yetib kelgan. Adabiy manbalarda ham shahar ibodatxonalari hamda qasrlar devoriy suratlar bilan bezatilganligi haqida ma`lumotlar bor. Moskva tasviriy san`atitaraqqiyotida rassom Feofan Grek muhim o`rin egallaydi. U taxminan 1395 yilda, devoriy surat va ikonalar ishladi. Blagoveshenskiy sobori ikonastasining ikkinchi yarmi uning qalamiga mansubdir. Bu yerda uning shogirdlari ham ishlaganlar. Ular orasida qadimiy Rus rassomi Andrey Rublevning nomini ham uchratamiz. Bu sobordagi ikona va suratlar Andrey Rublev ijodining ilk namunalari hisoblanadi. Shu asarlarda A.Rublev ijodining o`ziga xos xususiyatlari sezilib turadi. Bular orasida ”Cho`qintirish” kompozitsiyasi, ”Iyerusalimga qochish” asarlari diqqatga sazovordir. A.Rublevning muhim asarlaridan biri Vladimirdagi Uspenkiy soboriga ishlangan devoriy suratdir. ”Taqvodorlarning jamiyatga yurishi” surati bular ichida alohida ahamiyatga ega bo`lib, A.Rublevning yuksak mahorati va g`oyaviy pozitsiyasini namoyon etadi. Zvenegoroddan topilgan Spas surati va Arxangel Mixal ikonasi ham uning ijodiga mansubdir. Rassomning eng mashhur asari Troitsk soboriga ishlangan ”Uch farishta” surati hisoblanadi. O`ozir bu surat Tretyakov galereyasida saqlanadi. Bu ikona injilda tasvirlangan voqealarga bag`ishlangan. Bu asarda diniy obrazlar orqali insoniy poklik, poetik ruh tasvirlanadi. A.Rublev ijodi shu davrdagi Moskva tasviriy san`atidagina muhim o`rin egallab qolmay, balki o`zidan keyingi tasviriy san`atga ham ijobiy ta`sir ko`rsatdi. XVI asr boshlariga kelib Moskva me`morchiligidagi shakllanish deyarli tugagan. Bu Ivan III hukmronlichi davriga to`g`ri keldi. Bu me`morchilik obidalarini yaratishda Italiyaning me`morchilik an`anasi rus madaniy hayotiga kirib kela boshlagani ko`zga tashlanadi. Qrimdagi ”Uspenskiy” sobori ziynatida ana shu tasvir yaqqol seziladi. XVII asr Rus san`ati. www.arxiv.uz Feodal munosabatlarning kuchayib borishi natijasida dehqonlarning qashshoqligi va qaramligi ortib borib XVII asrga kelib krepostnoylik qaramligiga aylanadi. Bu paytlarga kelib xalq g`alayonlari kuchaydi. Ivan Bolotnikov boshchiligidagi qo`zg`olon, Minin va Pojarskiy boshchiligidagi qo`zg`olon shular jumlasidandir. Ayniqsa Stepan Razin boshchiligidagi qo`zg`olon jamiyat hayotining barcha jabhalariga jiddiy ta`sir etdi . XVII asrda Moskva badiiy markazga aylandi. Rassom, hunarmand, amaliy san`at ustalari guruhi ”Qurol-yarog` palatasi” atrofida birlashdilar. U yerda chet ellik ustalar ham ishlar edilar. Bu ustaxona podsho saroyiga yaqin joylashgan bo`lib, asosan podsho saroyi, podsho oilasi, cherkov va zadogon savdogarlar buyurtmasini bajarar edi. Mana shu ustaxonalarda samarali ijod qilgan rassomlardan biri Simon Ushakov edi. Rassomning qarashlari uning uncha katta bo`lmagan ”Ikona san`atini sevuvchilarga maslahat” risolasida o`z ifodasini topdi. www.arxiv.uz Qadimgi va o`rta asrlardagi O`rta Osiyo san`ati Talabalarni o`zimizning tug`ilgan yurtimiz tarixi va san`ati bilan tanishtirish . O`zbek san`ati qadimiy tarixga ega. Hozirgi O`zbekiston hududida ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar yashagan. Ular yashagan manzillardagi qoya suratlar, bronzadan yasalgan turli xildagi taqinchoq, mehnat va urush qurollari ibtidoiy jamoa davri kishisining hayotini bilishga yordam beradi. Bu surat birmuncha jo`n, sodda bo`lishiga qaramay ibtidoiy jamoa davri kishilari hayoti, ularning yovvoyi hayvonlarni ov qilayotgan vaqti ishonarli talqin etilgan. Chopib borayotgan yovvoyi qo`tos, shoxli buqalar va niqob ostiga yashirinib hujum qilayotgan odamlar tasviri orqali ibtidoiy jamoa davri rassomi shu ov manzarasidagi kuchli harakat va hayojonni ustalik bilan ko`rsata olgan. Suratda, ayniqsa, hayvonlar tasviri ifodali chiqqan. Ulardagi kuch, epchillik hayotiy talqin etilgan. o`or devorlariga ishlangan suratlar O`zbekistonda, jumladan Boysun va Termez tumanlari, Samarqand, Toshkent, Jizzax, Xorazm, Farg`ona tumanlaridan arxeologlar tomonidan ko`plab topilgan. Bu suratlarning nigatikasi juda chegaralangan. Asosan hayvonlar tasviri yoki ov manzaralari in`ikos etgan. Shu bilan birga uy hayvonlari ham tasvirlangan. Bu tasvirlar ibtidoiy jamoa tuzumidagi o`troq holda hayot kechirayotgan odamlarning tevarak-atrofni o`ziga bo`ysundirish, ular tafakkurining taraqqiy etib borayotganini tushunishda muhim rol o`ynaydi. Eramizdan avvalgi asrning oxirlari va yangi eraning boshlarida O`zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi xum va ko`zachalar qo`lda bajarilgan. Ularning tashqi bezagiga e`tibor berilganligi seziladi. Keyinchalik xum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash san`ati ham keng www.arxiv.uz tarqala boshlagan. Tasviriy san`atda ham mavzu kengaya borgan. Bu o`rinda yuz manzaralarini aks ettiruvchi bo`rtma tasvirlar, jangchilar obrazi diqqatga sazovordir. Quldorlik davrida ham O`rta Osiyoda san`atga qiziqish kuchli bo`lgan. Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan. Eramizning boshlariga kelib, iqtisodiy jihatdan bir muncha ilgari siljish yuz bera boshladi, shaharlar qurilishi jonlandi. Bu davr san`atida Grek san`atining ta`siri borligi seziladi. Haykaltaroshlik san`ati keng tarqaldi. Bunday haykalchalar So`g`d, Xorazmdagi shaharchalardan ko`plab topilgan. Shu bilan birga Budda va uning shogirdlari tasviri juda ko`p uchraydi. Xorazmda topilgan yodgorliklar, ayniqsa Tuproqqal`adan (III-IV asr) qo`lga kiritilgan hayvon va devoriy rasmlar qadimgi o`zbek san`atini bilishda muhim daliliy material bo`lib xizmat qiladi. VI-VIII asrlar xalq san`ati, madaniyat tarixida ko`tarilish davri bo`ldi. Bu asrlarda ko`plab yirik monumental inshootlar, hashamatli binolar qurildi. Varaxsha (Buxoro vil.), Afrosiyob (Samarqand vil.)dagi saroy qoldiqlari, ularning devorlariga ishlangan suratlar yaratilgan haykallar yuksak mahorat bilan ishlanganligi hozir ham kishini hayratga soladi. Abu Rayhon Beruniy, Muhamad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Al Farobiy yashagan vaqtlar ham bizga juda ko`p nodir yodgorliklar qoldirdi. Bu asrlarda me`morchilik yetakchi o`rinni egalladi. Shu davrning yodgorliklaridan biri bu Samoniylar maqbarasi o`z davrining estetik falsafiy qarashlarini mujassamlashtirgan. Temur va Temuriylar davrida yaratilgan Bibixonim machiti, A.Temur maqbarasi. Ulug`bek madrasasi va rasadxonasi, Shoxi-Zinda ansambli - bularning hamasi xalq badiiy merosining yorqin sahifasini tashkil etibgina qolmay, balki jahon tasviriy san`ati tarixi sahifalarida o`zining faxrli o`rnini egallaydi. Bu davrda miniatyura san`ati borasida ham sezilarli jonlanish bo`ldi. Shu davrda yashab ijod etgan Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzaxxib, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqa musavvirlar miniatyura san`atining nodir namunalarini yaratib www.arxiv.uz qoldirdilar. Bular orasida ayniqsa, K.Behzodning faoliyati (1466-1535) diqqatga sazovordir. U Xirotda tug`ilib, keyinchalik O`usayn Bayqaro kutubxonasida ishlagan. 1507 yil Xuroson Shayboniyxon qo`liga o`tgach, Buxoroga ko`chib kelgan va shu yerda (1522 y) yashab ijod qilgan va o`zining mashhur Shayboniyxon portretini yaratgan. Bundan tashqari u bir nechta mashhur insonlarning portretini ishlaydi, shoirlar asarlariga ajoyib, nafis illyustratsiyalar yaratadi. Buyuk A.Navoiyning g`amho`rligida kamol topgan Behzod Sa`diyning «Bo`ston», «Guliston», Nizomiyning «Xamsa», Xisrav Dehlaviyning «Xamsa», Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarlariga ko`plab suratlar chizgan. U O`rta Osiyo miniatyura maktabining rivojiga katta ta`sir ko`rsatdi. Uning ijodiy rejalarini keyinchalik uning shogirdlari davom ettirdilar. Bular Mulla Yusuf, Qosim Ali va boshqalardir. XVII-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Urganch, Toshkentda yaratilgan me`morchilik obidalari, dekorativ-amaliy san`at buyumlari xalqning go`zallikka bo`lgan intilishidan dalolat beradi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o`zbek san`ati tarixida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda xalq dekorativ-amaliy san`ati yetakchi o`rinni egalladi. Bu san`at shu davr kishilari uchun voqelikni, tevark-atrof go`zalligini yuksak poetik shakllarda aks ettiruvchi, ularning hayot, go`zallik tushunchalarini ifodalovchi birdan bir san`at turi bo`lib qoldi. Qo`li gul xalq ustalari yaratgan nafis zargarlik buyumlari, kulolning ajoyib sapol buyumlari, naqqoshning bezaklarida shu davr kishilarining voqelikka bo`lgan estetik munosabati, estetik ideali, hayot to`g`risidagi falsafiy qarashlari o`zining badiiy talqinini topdi. Ustalarning ijodida o`zbek xalqining boy o`tmishi an`analari davom ettirildi. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Rempel, Pugachenkova, «Iskusstvo Drevnego Uzbekistana», T.1976 y. 2. Abdullayev «San`at tarixi», 1-tom Toshkent 1987 y. (163-201) 3. Malseva, Kuzmina «Istoriya iskusstv» M., 1969 g. (12-36) 4. Y.Xalminiskiy «Dorogami legend» M., 1978 y. 5. N.Oydinov «O`zbekiston tasviriy san`ati tarixidan lavhalar». www.arxiv.uz Uyg`onish davri san`ati Talabalarni uyg`onish davri san`ati bilan va shu davrda yashagan yirik san`atkorlar ijodi va hayoti bilan tanishtirish. Uyg`onish davrida g`arbiy Yevropa san`ati. Feodalizm jamiyati qo`ynida ilk kapitalistik munosabatlarning tarkib topishi va rivojlanishi Yevropa hayotida yangi va muhim o`zgarishlarga olib keldi. Din asta-sekin o`z mavqeini yo`qota bordi. Omma dindan uzoqlasha bordi, shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o`sib, rivojlanishi mayda hunarmandchilikdan manufakturaga o`tishga sabab bo`ldi. Bu shaharlarda savdo- sotiq shu darajada rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning boshqa burchaklari bilan savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit`alar kashf qilindi, bu voqealar insonlar tafakkuri va hayotga bo`lgan munosabatlarida tub o`zgarishlar yasadi. Bu davrdagi taraqqiyot jarayoni shiddat bilan o`sdi, uning natijasida yangi san`at va yangi madaniyat dunyoga keldi. Mamlakatlar orasida madaniy hayotdagi yangiliklar tez tug`ildi. Bu taraqqiyot davri Yevropa madaniyati tarixida “Uyg`onish davri” deb nom oldi. Bu iborani ilk bor italyan rassomi va san`atshunosi Jorjo Vazare tomonidan, Jotto ijodiga nisbat berib aytilgan eti. O`rta asrlar davridan so`ng san`at va adabiyotdagi markaziy e`tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan o`rniga qaratilganligi, uning “uyg`onishligini” belgisi edi. Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu ibora Italiyadan tashqari Yevropaning boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi san`at va madaniyatlarini ta`riflashda boshlandi. Uyg`onish davrida italiya san`ati va madaniyati uzoq davom etgan, o`z harakatlarini to`liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bu quyidagi bosqichlardan iborat: 1. Uyg`onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar) 2. Ilk uyg`onish davri - (XV) www.arxiv.uz 3. Yuqori uyg`onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 yillari) 4. So`nggi uyg`onish davri - (XVI asrning II yarmi) Albatta bu davr barcha Yevropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan, Germaniya so`nggi uyg`onish, Niderlandiya esa yuqori uyg`onish davrini boshlaridan kechirdilar. Uyg`onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, muhim bosqich, ya`ni insoniyat o`z boshidan kechirgan o`zgarishlar ichida eng buyuk progressiv o`zgarish edi. Natijada ular chin ma`noda xalqchil asarlar yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg`ularini ifodalab chiqdilar, ilg`or gumanistik g`oyalarni ko`tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada insoniylik, insonparvarlik, degan ma`noni bildiradi. Uyg`onish davri madaniyati antik dunyo madaniyatidan ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o`rgandi, ulardan ta`sirlandi. Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko`plab saqlanib qolganligi bunga juda yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san`atdan farqli ravishda ular qullar sajda qilgan xudolar deb ulardan shu yo`sinda emas, balki o`z fikrlarini, his-tuyg`ularini, tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go`zallik va garmoniyani real voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining mezonini belgiladi. O`ayot real hodisa deb tan olindi. San`atkorlar real voqelikni tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta`sirchanligini oshirish maqsadi ko`p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva, rangshunoslik, soya va yorug`, odam anatomiyasi va shunga o`xshash sohalarda katta yutuqlar qo`lga kiritildi. Me`morchilik va amaliy san`atda yangi tendensiyalar rivojlandi. Shu bilan birga qadimgi an`analar o`zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda yangi konstruksiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko`p qavatli va shinam binolar qad ko`tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko`rinishlarini bezash, ular ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu qilingan ishlar keyingi Yevropa san`atida ko`proq ahamiyatga ega bo`ldi. Uyg`onish davrining o`ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya www.arxiv.uz rangtasvirida o`zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo`ya boshladilar, voqelikning real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida uyg`onish davri realizmining o`ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko`pincha diniy niqob ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg`onish davri san`atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt- saodat yaratuvchisi va ozodlik uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo`lib qoldi. Insonni o`z asarlarida shunday kuylagan san`atkorlardan biri, ilk uyg`onish davrining yirik vakili Donatello bo`ldi. Uning “David” deb nomlangan haykali uyg`onish davrida birinchi marta libossiz holda tasvirlangan haykal bo`ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka manzur bo`lgan insonni ulug`lash yo`lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni kuylash, uning qahramonligi, aql- zakovatini ulug`lash uyg`onish davrida portret san`atining qaytadan tug`ilishiga olib keldi. Portret san`atida ifodalanadigan insondagi nozik his-tuyg`ular o`zining butun borlig`i bilan uyg`onish davrining buyuk san`atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, Djordjone ijodida o`z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug`landi. Bu o`rinda Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, Titsiannnig inson jismoniy go`zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay o`tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o`zining to`liq obrazli talqinini topdi. Uyg`onish davrida me`morlik va dekorativ amaliy san`at borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me`morlari F. Brunelleski, Leon Alberti ijodida o`z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Yevropa me`morligi san`atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me`morlik san`atiga albatta katta hissa qo`shdilar. Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san`atining yirik vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida o`rin tutadi. U o`z ijodida nemis san`atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig www.arxiv.uz yangi realistik yo`lini boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va boshqa janrlarda ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san`atida Dyurer bilan bir qatorda Lukas Kranax, Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod qildi. Gollandiya (Niderland) esa tasviriy san`atning yirik vakillari Rogir van der Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san`atini yanada yuqori pog`onaga ko`tardilar. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Alpatov M.V. Xudojestvenniye problemi italyanskogo Vozrojdeniya. M., 1975 g. 2. Rotenberg YE.I. Isskustvo Italii epoxi Vozrojdeniya. M.1974 g. 3. Libman M.Y. Iskusstvo Germanii XV i XVI vv. M.1964. 4. Alpatov M.V. Piter Breygel Vozrajdeniye Niderlandskogo isskustva M., 1933. 5. Nessilshtraus S.G. Istoriya zarubejnogo isskustva M., 1982 g. (161-310) www.arxiv.uz XVII-XVIII asrlarda Yevropa san`ati Gollandiya, Flandriya, Italiya, Ispaniya rassomlarining hayoti va ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko, rokoko. Talabalarni XVII-XVIII asr Yevropa san`ati bilan va uning yirik vakillari bilan tanishtirish. Shu davrda kirib kelgan oqimlar va ularning farqini tushuntirish. XVII-XVIII asr Yevropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va feodalizmdan kapitalizmga o`tish jarayonining tugashida so`nggi bosqich bo`ldi. Ijtimoiy hayotdagi bu o`zgarishlar bevosita san`at taraqqiyotiga o`z ta`sirini o`tkazdi. Fan, san`at va madaniyat gurkirab o`sa boshladi. San`atda real hayotni tasvirlash rivojlandi. Ozodlik g`oyalari, shakllanib kelayotgan burjua parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko`pgina san`atkorlar asarlarining g`oyaviy mazmunini belgiladi. San`at majmuasining kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, manzara, maishiy janr ko`p san`atkorlarni o`ziga torta boshladi. Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san`ati shakllandi. Sotsial kuchlarning o`zaro kurashining rivojlanishi esa san`atda turli g`oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san`at asarlarida hayot mohiyati kurash harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug` soyalar o`ta keskin formada olingan bo`lib, ular asar kompozitsiyasining ta`sir kuchini yanada oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me`mor Borromining binolarida, flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o`ziga xos tomoni namoyon bo`lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug`vor. Uning namoyandalari uyg`onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg`onish davri an`analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan www.arxiv.uz birga klassitsizm vakillari o`tmish san`ati badiiy shakl va obrazlarini o`zlari yashab turgan davr mazmuni bilan to`ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o`rinda Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha davom etdi va o`zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san`atning yetakchi o`ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson o`zining butun borlig`i bilan namoyon bo`la boshlaydi. Uning hayoti, his- tuyg`ulari, hayotga bo`lgan estetik munosabati san`atkorlar ijodida o`zining badiiy ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diyego Velaskes, Gollandiya rassomlari - Rembrant va Frans Xals, italiyalik rassom Karavadjo, fransuz rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o`zgarishlar yaqqol ko`zga tashlanadi. Inson go`zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma`naviyligi Rembrant asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga quvonch baxsh etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda (diniy, hayotiy) ishlashdan qat`iy nazar insonni kuylashga, uning ma`naviy pokizaligini va jismoniy go`zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik munosabatlarni tasviriy san`at vositasi orqali keng tomoshabinga yetkazishga harakat qiladi. Rembrant umrining so`nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning qaytishi” asarida hayot va inson to`g`risidagi tushunchalar o`z hayotiy tajribalariga tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o`g`il obrazi orqali hayotning murakkabligi, uni bilish va unga to`g`ri yo`l topa olish nechog`lik og`ir ekanligini ochib beradi. Boshiga og`ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o`z o`g`lini bag`riga bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan mo`tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati go`zalligi san`atkorning diqqatini torta boshladi. San`atkorlar mehnat mavzusida yirik asarlar yarata boshladilar. Yevropa san`atida Diyego Velaskes birinchi bo`lib, mehnat go`zalligini shoirona, ko`tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam to`quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt haqidagi orzularini ko`ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam mehnati, ularning www.arxiv.uz jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani to`ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go`zalligini yanada bo`rttiradi. XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan o`zgarishlar me`morchilik oldiga ham qator muammolarni qo`ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi hajmi kamaydi, uning o`rnini fuqaro me`morchiligi egallay boshladi. Shahar loyihalashtirilishiga alohida e`tibor berila boshlandi, shaharda me`morchilik ansambllari paydo bo`ldi. Turmushda go`zal buyumlarga intilish kuchaydi. Tevarak-atrof go`zalligiga e`tibor berish, bog`-park san`atini maydonga keltirdi. U bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi. www.arxiv.uz XVII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi chet el san`ati Talabalarni XVIII-XIX asr chet el san`ati bilan tanishtirsh. Buyuk rassomlar hayoti va ijodi bilan tanishtirish. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida ijtimoiy hayotda sodir bo`lgan o`zgarishlar san`atda g`oyaviy badiiy mazmunning o`zgarishiga olib keldi. Ba`zi demokrat rassomlar ijodida proletariatning revolyutsiyasi bilan bog`liq bo`lgan asarlar paydo bo`la boshladi, san`at asarlarining tarbiyaviy imkoniyatiga alohida e`tibor berila boshlandi. Tanqidiy realizm rivojlandi. Rassomlar o`z asarlari bilan idealistik san`atga qarshi chiqib, aristokratiya parokandaliklarini tanqid qila boshladilar. Bu o`rinda angliyalik rassom Uilyam Xogartning satirik kartina va gravyularini, germaniyalik rassom D.Xodovetskiyning hayotiy qalam suratlarini eslab o`tish mumkin. XVIII asrning oxirgi choragida Yevropa tasviriy san`atidagi asosiy oqim klassitsizm oqimi bo`lib qoldi. Bu oqim o`zining to`liq mohiyatini ayniqsa, fransiya san`atida namoyon qildi. Bu yerda u revolyutsion mazmun bilan sug`orilib, burjuaziya revolyutsiyasi g`oyalarini targ`ib etdi. Bu revolyutsion klassitsizmning yirik vakili va yo`lboshchisi Jak Lui David ijodida yaqqol sezildi. Uning “Goratsiyalar qasami” asari revolyutsion klassitsizm oqimining xarakterli namunasidir. Bu kartinaning syujeti Rim respublikasi tarixidan olingan bo`lib, asarda otaning o`z o`g`illarini dushmanlariga qarshi jangga borishga da`vat etib, ularga qilich tutqazayotgan vaqti tasvirlanadi. Rassom bu asarida fuqarolik burchini har qanday shaxsiy manfaatdan ustun qo`yadi. Yuksak ideallar uchun har qanday qiyinchiliklarni yengishga, kerak bo`lganida qurbon bo`lishdan ham qo`rqmaslikka da`vat etadi. David ijodining eng cho`qqisi “Maratning o`limi” nomli asarida namoyon bo`ldi. Bu asar XVIII asr Yevropa tasviriy san`atining eng nodir asari www.arxiv.uz hisoblanib, unda fransuz revolyutsiyasining dohiysi Maratning o`ldirilishi tasvirlangan. Bu asarida David konkret voqea asosida yuksak badiiy obraz yaratadi. “Maratning o`limi” revolyutsiya qurbonlari uchun yaratilgan asar sifatida, ommani revolyutsion ruhda tarbiyalashga xizmat qildi, ularni kurashga chorladi. David revolyutsiya yillarida portret janriga ham murojaat qildi. Revolyutsiya qatnashchilarining, shuningdek oddiy kishilarning portretlarini yaratdi. Ularning bo`ysunmas xarakteri, psixologik holatini ochib beradi. Bu o`rinda uning “Ayol” portreti diqqatga sazovordir. Yevropa san`atida XVIII asrning oxirida vujudga kelgan yana bir yirik oqimlardan biri Romantizm bo`ldi. Bu oqimning eng gullagan davri 1820-30 yillarga to`g`ri keladi. Bu davrda romantizm oqimining vakillari o`zlarining xarakterli asarlarini yaratdilar. Romantizm vakillari san`atni his-tuyg`uga, voqelikni dinamik harakat vaqtida tasvirlashga, yorqin ranglar gammasiga alohida e`tibor berdilar. Ular klassitsizm vakillariga nisbatan real voqelikka ko`proq e`tibor bera boshladilar. Romantizm oqimining o`ziga xos tomonlari shu oqimning yirik vakili va asoschilaridan biri Teodor Jeriko ijodida o`z ifodasini topdi. Uning “Meduza soli” polotnosida bo`lib o`tgan voqea - “Meduza” kemasining Atlantik okeanida halokatga uchrashi tasvirlanadi. Ochiq okeanda “Meduza” kemasi suv osti qoyasiga urilib, parchalanib ketadi. Kemada qutqarish uchun hech qanday vositalar yo`q edi. Shu boisdan kema a`zolari kema qoldiqlaridan sol yasab olishadi va uning ustiga 149 kishi chiqib oladi. Sol ochiq okeanda 14 kun kezadi va shulardan faqat 15 odam omon qoladi. Tasodifan o`tib ketayotgan kema odamlari tomonidan bu qolgan odamlar qutqarilib qolinadi. Bu asarda rassom ana shu voqeani - soldagi odamlarni uzoqda suzib borayotgan kemani ko`rib, undan yordam so`rayotgan vaqtini ko`rsatgan. Romantizm oqimining yana bir yirik vakili Ejen Delakruadir. Uning “Barrikadalardagi ozodlik” polotnosi ham bevosita konkret voqeani aks ettirishga qaratilgan. Bu revolyutsiya ta`sirida yaratilgan bo`lib, tarixiy voqeani aks ettirdi, revolyutsiyada qatnashgan xalq obrazini yaratdi. Rassom bu asarda bo`layotgan jangning shiddatini, qizg`inligini, bu revolyutsiyada xalqning hamma tabaqasi qatnashganini ko`rsata oldi. Qo`lida bayroq ushlagan www.arxiv.uz ayol obrazi ozodlik ramzi sifatida tasvirlangan. Qolganlar esa unga intilgan. Ularni ozodlikka olg`a boshlamoqda. XVIII asr oxirlaridan boshlab Yevropa san`atida Realistik oqim asosiy oqimlardan biriga aylanib qoldi. Voqelikka murojaat qilish, hayotda sodir bo`layotgan voqea va hodisalarning mohiyatini ro`y-rost ko`rsatish ko`pgina san`atkorlar diqqatini o`ziga jalb eta boshladi. Bu prinsip ispan rassomi Fransisko Goyya ijodida alohida o`rin egallaydi. Uning asarlari va satirik ofortlarida ispan hayotida sodir bo`lgan voqealar o`zining to`liq badiiy ifodasini topdi. Uning “2 maydan 3 mayga o`tar kechasidagi qotillik” asari XIX asr xalqlarining ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan kurashini aks ettiruvchi buyuk asarlardan biridir. Asarda qo`zg`olon ko`targanlarni tundagi otish payti tasvirlanadi. Kompozitsiya qurolsiz omma va qurollangan jallodlarni qarama-qarshi qo`yish prinsipida tuzilgan. Asar markazida oq kuylakli qo`zg`olonchi tasvirlangan bo`lib, u orqali rassom bo`ysunmas ispan xalqi timsolini gavdalantiradi. Gotya o`zining mashhur ofordlar turkumida Ispaniyadagi monarxiya tuzumini, ma`naviy qashshoq ruhoniylarni, bag`ritosh inkvizitorlarni qattiq qoralaydi. XIX asrdan boshlab harbiy Yevropa san`atida realistik oqim asosiy o`rinni egallab oldi. Buning boisi bor edi, albatta. Ko`pgina ijodkorlar ijtimoiy hayotda bo`layotgan revolyutsion harakatlarda qatnashib, shu voqealarni o`z asarlarida tasvirlab, shu bilan birga o`zlari ham shu mamlakatning faol fuqarosi ekanini chuqurroq his eta boshladilar, ular o`z xalqlarining orzu-istaklari, intilishlari bilan yashay boshladilar. XIX asrdan boshlab manzarachi rassomlar ko`zga ko`rinarli yutuqlarni qo`lga kirita boshlaydilar. Ular jonajon o`lkalari manzarasini chizish orqali kishilarda o`z yurtiga muhabbat uyg`otish, ularda vatanparvarlik tuyg`ularini oshirishga harakat qildilar. Manzara janriga bo`lgan bunday munosabat angliyalik rassom J.Konstebl va fransiyalik Barbizon maktabining yirik vakillari Teodor Russo, Sharl Dobini va boshqalar ijodida yaqqol ko`zga tashlandi. Ular erta bahorgi maysazorlarni, suv, havo, nur go`zalligini kuylaydilar. Jamiyatning ilg`or ijodkorlari shu mavjud hayotda sodir bo`layotgan voqealarni tasvirlash bilan chegaralanmasdan, shu bilan birga voqelikni ideal www.arxiv.uz taraqqiyot yo`liga burish, dunyoni go`zallik qonunlari asosida qayta qurish ishtiyoqi bilan yondoshadilar. O`z asarlarini shu maqsadga bo`ysundirishga harakat qiladilar. Bu davr san`atkorlarining asarlari ko`proq tanqidiy xarakterga ega bo`lib, sotsial tengsizlik, og`ir mehnat va boshqa jamiyat illatlarini ro`y-rost ko`rsatishga intilish bilan xarakterlanadi. Buni ko`rsatishda ayniqsa, mehnat mavzusi ko`pchilik ijodkorlar diqqatini o`ziga jalb qiladi. Dehqon, hunarmand va ishchilar hayoti, mehnati ko`pgina san`atkorlar asarlarining bosh mavzusi bo`lib qoldi. Shunday mavzuda ijod qilgan san`atkorlardan biri fransiyalik Onore Domyedir. U o`z asarlarida bo`layotgan voqealarni tasvirlar ekan, shu voqealarga o`z munosabatini bildiradi, insonlar orasidagi samimiy muhabbatni kuylaydi. Burjua illatlarini, ikkiyuzlamachilikni tanqid qiladi. O`ayotiy voqealarga befarqlikni qoralaydi. Domyening ana shunday mavzularga bag`ishlangan asarlaridan biri “Qonun chiqaruvchilar uyasi” asaridir. Bu asarda rassom deputatlarni palata majlisi vaqtida tasvirlaydi, har bir obrazning individual xarakterini ochib berishga harakat qiladi. Lekin shu bilan birga bu obrazlarning hammasida umumiy o`xshashlik - atrofga befarqlik, ma`naviy tubanlik, aqliy notavonlik yaqqol seziladi. Davlat arbobi degan oliy nomga bularning hech qanday daxli yo`qligini ko`rsatadi. Domyening ta`sirchan asarlaridan biri “Transonen ko`chasi” asaridir. Bu asarda ishchi kvartallaridagi qo`zg`olonchilarning qirg`in qilinishi juda ta`sirchan qilib ko`rsatilgan. Polda o`lib yotgan ishchi, uning tagida ezilib o`lib qolgan go`dak, qariyani tasvirlash orqali fojeaning nihoyatda og`ir ekanligini ko`rsatishga harakat qilgan. Domye o`z ijodida ijobiy obrazlarga ham murojaat qiladi. Oddiy mehnatkash xalq obrazini mehr bilan tasvirlaydi, ularga o`z xayrihohligini bildiradi. Uning “Kir yuvuvchi”, “III klass vagoni passajirlari” degan asarlari shular jumlasidandir. Oddiy xalq hayoti va mehnatini tasvirlash yirik fransuz rassomlari J.F.Mille va G.Kurbe asarlarining mazmunini tashkil etadi. Millening mashhur asarlaridan biri “Boshoq teruvchi ayol” kartinasidir. Bu asarda dehqon ayollari, o`rimdan keyin dalada qolgan bug`doy boshoqlarini yig`ayotganlarni tasvirlash orqali www.arxiv.uz dehqonlar turmushining nihoyatda og`ir ekanligini ko`rsatadi. G.Kurbe o`z asarlarida ijtimoiy hayotda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni ochib borishga intildi. “Demokratik san`at realizmdir” - degan san`atkor bu fikriga umrining oxirigacha sodiq qoldi. Kurbe o`zi bilgan va uni o`rab turgan voqealarni tasvirlar ekan, ularning ulug`vor, badiiy bo`lishiga harakat qildi. Uning kartinalari ichida “Ornandagi dafn marosimi” kartinasi diqqatga sazovordir. Bu kartina bevosita ma`lum voqea asosida ishlangan bo`lib, unda tasvirlangan har bir obraz rassomga tanish va ular qaytarilmas xarakterga, o`z dunyoqarashiga ega bo`lgan shaxslardir. Rassom har bir shaxsning xarakterini bo`layotgan voqeaga munosabatini ko`rsatish orqali asar g`oyasi hisoblangan inson qadrining so`nib borayotganligini ochib berishga muvaffaq bo`ldi. www.arxiv.uz XIX asrning I yarmida Rus san`ati Talabalarni shu davr rus san`ati bilan to`liq tanishtirish. Rossiyaga Yevropadan kirib kelgan oqimlar va uning yirik vakillari bilan tanishtirsh. Rus san`atining keyingi rivojlanishi XVIII asr boshlaridagi Pyotr I reformalari bilan uzviy bog`liqdir. Pyotr I rus san`ati va madaniyatini ko`tarish uchun haqiqiy jonbozlik ko`rsatdi. Shu davrda Pyotr I Peterburg shahriga asos soldi. Shahar qurilishi uchun chekkadan ko`plab me`mor, quruvchi-injenerlar, rassomlar jalb etildi. Shu bilan birga milliy san`atkorlarni tayyorlash muhim vazifalar qatoriga qo`yildi. Qobiliyatli rus yoshlari chet ellarga o`qishga yuborildi, ularga shaxsiy homiylik qilindi. Bu esa rus badiiy maktabining rivojlanishiga samarali ta`sir ko`rsatdi. Bu davrda yetakchi o`rinni me`morchilik san`ati egalladi. Uning tur va janrlari kengaydi, yangi tiplari, jumladan teatr, kutubxona, saroylar, o`quv dargohlari, maydon va bog`-parklar vujudga keldi. Haykaltaroshlik borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu o`rinda Pyotr I ga o`rnatgan yodgorlik, “Mis Chavandoz”, V.Kozlovskiyning “Samson”, A.Suvorov haykali F.I.Shubinning portretlari, Martosning “Minin va Pojarskiy” haykallarini eslab o`tish mumkin. Bu asarlar Yevropa klassik san`atining an`analarini chuqur egallagan, uni yangi davr mazmuni bilan to`ldira olgan yetuk ijodkorlar mavjudligidan, rus san`atining ilg`or vakillari Yevropa san`ati bilan uzviy bog`liqligi va aloqadorligidan dalolat beradi. Bu davrda rangtasvir sohasida ham sezilarli rivojlanish bo`ldi. Portretchi rassom I.N.Nikitin, A.G.Antropov, I.P.Argunov, F.S.Rokotov, D.G.Levitskiy, V.L.Borovikovskiylar rus realistik rangtasvirining rivojiga samarali ta`sir ko`rsatdilar. Shu davr ijodkorlari san`at tarixida birinchi bo`lib, xalqning ulug`vorligini to`laqonli, ko`p figurali kompozitsiyalar orqali yoritib, o`z davrining haqiqiy obrazli panoramasini yaratishdi. Portret, maishiy, tarixiy va manzara janrlarida yaratilgan asarlar yuksak mahorat bilan ishlanganligi, o`zining chuqur psixologizmi, kompozitsion tugalligi va mazmundorligi bilan hamon kishilarga www.arxiv.uz estetik va ma`naviy ozuqa baxsh etib kelmoqda. XIX asr rus san`ati taraqqiyotidagi dastlabki bosqich bevosita 1812 yil Vatan urushi bilan bog`liqdir. Urushning rus xalqi uchun g`alaba bilan tugallanishi milliy g`ururning o`sishi, insonga nisbatan yangi munosabat, hurmat bilan qarashning paydo bo`lishiga olib keldi, hamon hukm surayotgan krepostnoy tuzumining jamiyat taraqqiyotiga to`siq ekanligini aniqroq ko`rsatib berdi. Rossiyaning ilg`or kishilari bu tuzumning bekor qilinishini talab qilib, Chor Samoderjaviyasiga qarshi kurash boshladilar. Bu kurash bo`lib o`tgan Dekabristlar qo`zg`olonida yaqqol namoyon bo`ldi. Ijtimoiy hayotdagi kayfiyatlar san`at va adabiyotga o`z ta`sirini o`tkaza boshladi. San`atkorlar inson qadr-qimmatini ulug`lovchi asarlar yaratishga alohida e`tibor bera boshladilar. Insoniy burch, vatanparvarlik mavzularida asarlar yaratdilar. San`atkorlar o`z asarlarida ommani tarbiyalash, ular orasida ma`rifat tarqatishga harakat qildilar. Bu davrning ilg`or vakillari portret ustasi O.A.Kiprenskiy, V.A.Tropinin, A.G.Venitsianovlar edi. Ular hayotni jon dili bilan sevuvchi inson obrazlarini yaratdilar; hayotni to`laqonli tasvirlab, inson va tabiat uyg`unligini kuyladilar. Insonlarning mehnatsevarligini, ichki go`zalligini uning jasurligini o`z asarlarida ko`rsatdilar. Bu rassomlar mohir pedagog sifatida ham mashhurdirlar. XIX asrdan boshlab, rassomlar qaysi mavzuga murojaat qilishmasin, qaysi janrda asar yaratishmasin, dastlab o`z zamondoshlarining his-tuyg`u, fikr va o`ylarini ifodalashga, davrning dolzarb masalalarini xalq orasiga yoyishga harakat qildilar. Bu o`rinda K.P.Bryullovning “Pompeyning so`nggi kuni”, A.A.Ivanovning “Isoning xalqqa ko`rinishi” kabi polotnolari xarakterlidir. “Pompeyning so`nggi kuni”da rassom o`tmish voqeasini tasvirlash bilan chegaralanmaydi, balki shu fakt asosida o`sha davr uchun zarur bo`lgan ahloq, burch masalalarini kuylaydi. Rassom odamiylik va xudbinlikni qarama-qarshi qo`yar ekan, shu bilan birga insoniylikni hamma narsadan yuksak qo`yadi. Bu hol odamlarning hatti-harakati, hissiy kechinmalaridan yaqqol ko`rinadi. Bryullov oliyjanoblikni, insoniylikni ulug`laydi, inson manfaatini shaxsiy manfaatdan yuqori qo`yadi. A.Ivanovning “Isoning xalqqa ko`rinishi” asari diniy mavzuda orqali bo`lsa ham, rassomning xalq hayoti masalalari to`g`risidagi fikr-o`ylari unda yetakchi o`rinni egallaydi va www.arxiv.uz natijada asar davr mazmuni va kayfiyatini aks ettiruvchi realistik asar darajasiga ko`tariladi. Xalqning haqiqatga, ozodlikka bo`lgan intilishi va ichki kechinmalari bu asar mazmunini tashkil etadi. Rus rangtasvirida yaratilgan bu asarlar keyingi rassomlar tomonidan yana rivojlantirildi, mavzulari kengaytirildi. www.arxiv.uz XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridagi Rus san`ati Talabalarni ushbu mavzu bilan tanishtirish. Bu davrda yangi kirib kelgan oqimlar va ularning farqini tushuntirish. Bu davr tasviriy san`at taraqqiyoti va xarakteri bevosita rus revolyutsion harakati bilan chambarchas bog`liqdir. Rassom va haykaltaroshlar o`z ijodlarida bevosita revolyutsion demokratlar V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubovlarning g`oyaviy-estetik prinsiplariga murojaat qildilar. San`atkorlar o`z ijodlarida xalq hayotining mohiyatini ochib berishga, xalqning buyuk qudratini kuylashga harakat qildilar. Inson huquqini paymol etuvchilarga qarshi isyon ko`tardilar, ijtimoiy tuzum kirdikorlarini fosh etdilar. San`atda sodir bo`lgan bu xususiyatlar rangtasvirning maishiy va portret janrlarida yaqqol namoyon bo`ldi. Bu sohada yetuk, g`oyaviy pishiq asarlar yaratildi. San`atda sodir bo`lgan bu yo`nalishlarning ravnaqi bevosita XIX asrning II yarmida tashkil etilgan “ko`chma ko`rgazmalar birodarligi” birlashmasining faoliyati bilan bog`liqdir. Unda mashhur rus tanqidchisi V.A.Stasov hamda san`at homiysi P.M.Tretyakovlarning roli katta bo`ldi. “Ko`chma ko`rgazmalar birodarligi” o`z tevaragiga ilg`or san`atkorlarni birlashtirdi, xalq hayotini aks ettiradigan realistik san`atni rivojlantirish va targ`ib etishni o`zining asosiy maqsadi deb bildi. Bu birlashmaga a`zo bo`lgan, uning g`oyaviy platformasini tan olgan va ko`rgazmalarida qatnashgan rassomlar “sayyor rassomlar” deb nomlandilar. Bularning yo`lboshchisi va tashkilotchilaridan biri Ivan Nikiforovich Kramskoydir. U portretchi san`atkor sifatida taniqli bo`lib, uning asarlari o`zining chuqur psixologizmi bilan ajralib turadi. Uning ko`pgina portretlari chuqur talqin etiladi, ya`ni tasvirlanayotgan obraz biron-bir narsa bilan shug`ullanayotgan paytda, tevarak-atrof ko`rinishi bilan bog`liq tarzda tasvirlanadi. Ayniqsa, uning “Nekrasov”, “Notanish ayol” asarlari juda mashhurdir. www.arxiv.uz “Sayyor rassomlar” a`zosi, taniqli rassomlardan biri V.G.Perovdir. U o`zining butun ijodiy faoliyatida xalq hayotini tasvirlashga, mavjud tuzum kamchiliklarini ochib tashlashga intildi. Uning bu intilishlari “Uchovlon”, “Marhumni kuzatish”, “Chegaradagi mayxona” kabi qator asarlarida o`z ifodasini topgan. XIX asrning II yarmidan boshlab rus badiiy hayotida faol ishtirok eta boshlagan buyuk rus rassomi I.YE.Repin o`zining butun umrini rus san`atining ravnaqiga bag`ishladi. Repin tarixiy, maishiy va portret janrlarida samarali mehnat qilgan. Uning asarlari o`zining chuqur psixologizmi, badiiy tilining soddaligi va tushunarliligi hamda yuksak professional mahoratda ishlanganligi bilan kishini hayratlantiradi. U yirik, ko`p figurali asarlar yaratdi, “Kursk guberniyasidagi yurish”, “Zaporojyeliklar maktubi”, “Volgadagi burlaklar”, “Ivan Grozniy va uning o`g`li Ivan”, “Kutmagan edilar” kabi buyuk asar shular jumlasidandir. Shu bilan birga u mashhur zamondoshlarining portretlari galereyaisni ham yaratib qoldirdi. Bular ichida M.P.Musorgskiy, M.V.Glinka, L.N.Tolstoy, A.M.Gorkiy, V.V.Stasov portretlari diqqatga sazovordir. XIX asrning ikkinchi yarmida samarali ijod qilgan V.M.Vasnetsov o`z ijodida xalq doston va ertaklardan olingan syujetlar asosida asarlar yaratdi. Uning “Pahlavonlar”, “Alyonushka”, “Bo`ri mingan shahzoda”, “Kanizey podsho huzurida”, “Uyqudagi malika”, “Uchar gilam” asarlari mashhurdir. Bu asarlarda xalqning baxt-saodat va adolat haqidagi orzu- umidlari kuylanadi. Bu davr dunyoga mashhur yirik san`atkorlarni yetkazib berdi. Ular ichida portret ustalari V.A.Serov, K.Korovin, K.Makovskiy, buyuk rus tarixiy janrchisi V.I.Surikov, N.A.Yaroshenko, I.M.Pryanishnikov, teatr rassomi M.A.Vrubel, N.A.Kasatkin, A.YE.Arxipov. Bu davrda haqiqiy rus milliy manzara rangtasviri maydonga keldi. Manzarachi rassomlar rus o`lkasining go`zalligi, bepoyonligini ko`rsatish orqali kishilarda vatanparvarlik hislarini o`stirishga, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat qildilar. Tabiatning turli holatlarini real tasvirladilar. A.K.Savrasov ana shunday birinchi rassomlardandir. Uning “Qora qarg`alar uchib kelishdi” deb nomlangan suratida qish qaytishi, tabiatning jonlanishi tushunarli va jonli talqin etilgan. Shu davrda yashagan I.I.Shishkin, www.arxiv.uz F.A.Vasilyev, V.D.Polenov kabi rassomlar ham rus manzara tasviri namunalarini yaratib qoldirdilar. Shu davrda yashab ijod etgan yirik rus rassomi I.P.Levitanning mavzusi ham rus tabiatini kuylashga qaratilgan. U o`z asarlarida tabiat go`zalligi va ulug`vorligini ko`rsatish bilan birga, asarlarida davr kishilarining ruhi ifodalashga, o`zining hayot to`g`risidagi falsafiy fikrlarini bayon etishga harakat qildi. Uning “Vladimirka”, “Qabr ustida”, “Mangu sukunat” kabi asarlari shular jumlasidandir. www.arxiv.uz XX asr sobiq sovet davridagi san`at Talabalarni XX asr san`ati bilan tanishtirish. XX asr boshlarida insoniyat tarixida yangi davr boshlandi. Bu san`at chin ma`noda ommani orzu-istaklarini, his-tuyg`u, fikr-o`ylarini ifodalovchi san`atga aylandi. Xalqning o`zi esa uning ijokori bo`lib, maydonga chiqdi. San`atning bosh qahramoni xalq edi. Uning oliyjanob mehnati, yer yuzida tinchlik, demokratiya uchun olib borayotgan kurashi, hayotga bo`lgan chuqur muhabbati san`atkorlarning asosiy mavzusidir. Bu davrda san`atning mavzusi kengaydi, uning yangi tur va janrlari maydonga keldi. Bu tarixiy sobiq inqilob janridir. Bu janrning mazmuni bevosita sho`rolar inqilobi, fuqarolar urushi yillari bilan bog`liqdir. Rassom va haykaltaroshlar bu janrga murojaat qilar ekanlar, dastlar xalqning ulug`vorligi va qudratini ochib berishga harakat qildilar. Bu davr ajoyib ustalarni yetkazib berdi. Bular ichida rassomlardan Isak Izrailevich Brodskiy edi. U bir nechta yirik monumental asarlar yaratdi. Bulardan tashqari shu davrning yirik rassomlaridan G.G.Ryajskiy, B.V.Ioganson, K.S.Malevich, A.V.Lentulov, A.A.Deyneka, A.A.Plastov, M.Serov, A.Samoxvalov kabi rassomlar yashab ijod qilganlar. Inqilob mavzusidan tashqari manzara janri ham katta yutuqlarga erishdi. Manzara janrida ishlagan rassomlardan biri bu A.A.Rilov edi. Uning asarlari go`zal va ulug`vor. U asarlarini davr kishilari ruhi bilan to`ldirishga harakat qiladi. Oktabr to`ntarilishi va fuqarolar urushini aks ettiruvchi asarlar, insonlarning mardligi va jasoratiga bag`ishlangan polotnolar ham o`sha davr tarixida faxrli o`rinni egallaydi. Bu mavzudagi asarlar o`zining ishlanishi va uslubining rang-barangligi bilan ajralib turadi. A.A.Deynekaning “Petrograd mudofaasi” deb nomlangan polotnosi 1928 yil yaratilgan. M.B.Grekovning “Budyoniy otryadiga”, N.M.Shuxminning “Maydonga chiqish haqida buyruq” G.K.Savitskiyning “Eski armiyaning 1918 yil stixiyali qaytishi” K.S.Petrov- Vodkinning “Komissarning o`limi”, 1919 y. “Trevoga”, I.D.Shadrning “Tosh- www.arxiv.uz proletariat quroli” kabi asarlarida sobiq inqilob va fuqarolar urushi yillaridagi kishilarning kayfiyati o`zining badiiy ifodasini topgan. Shu bilan birga kishilarning dushmanga bo`lgan nafrati, o`z yurti va xalqiga bo`lgan chuqur muhabbati san`atkorlarning II jahon urushi mavzusidagi ishlangan asarlarida o`zining badiiy ifodasini topdi. A.Deynekaning “Sevastopol mudofaasi” (1943), S.A.Gerasimovning “Tartizanning onasi” (1942), F.D.Favoyrskiyning “O`limdan kuchli” (1951), I.Toidzening “Ona Vatan da`vati” (1941) asarlari shular qatoridandir. Bu davrda maishiy janr ham yangi mazmun kasb etdi. Bu mavzuda yaratilgan asarlarda shu davr kishilarining kundalik turmushi, mehnati, yoshlarning tarbiyasi aks ettirildi. N.B.Terpsixorovning “Birinchi shoir”, YE.M.Chepsovning “Qishloq yacheykasining majlisi”deb nomlangan suratlarda kechagi dehqonning bugungi kunda jamiyat ishlarida faol ishtirok etayotganini sodda, lekin ishonarli talqin etiladi. Maishiy janr taraqqiyoti,jamiyt taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq holda rivojlanadi. II jahon urushi yillari o`sha davr kishilari uchun haqiqiy sinov yillari bo`ldi. Bu yillarda ularning front ortidagi qahramonligi, rassomlarning maishiy mavzusidagi asarlarida o`z ifodasini topdi. Bu janrning keng rivojlanishiurushdan keyingi yillarga to`g`ri keldi. Bu yillarda u yetakchi janr qatoridan o`rin olib, xalq hayotining hamma tomonlarini qamrab oluichi san`at darajasiga ko`tarildi. Rassomlar asarlarida tinch mehnat, farovon xayotgo`zalligini kuyladilar. Insonlar orasidagi mehribonlik, olijanoblik, do`stlik kabi fazilatlarni ulug`ladilar. Bu davr san`atida yoshlar hayotiga bag`ishlangan juda ko`p asarlar ham yaratilgan. Bu asarlarda sobiq sovet yoshlarining san`atga, ma`rifatga qiziqishi tarannum etiladi. Bolalar hayotiga bag`ishlangan asarlar ham yaratildi. F.P.Reshetnikov tomonidan yaratilgan “Yana ikki oldingmi?”, “Kanikulga qaytdi” kabi asarlarida bolalarga xos bo`lgan xislatlar ishonarli talqin etiladi. www.arxiv.uz XIX-XX asr chet el san`ati Reja: 1. XIX-XX asr chet el san`ati bilan talabalarni tanishtirish. 2. Impressionizm vakillari va ularning ijodi. 3. XVII-XVIII asr va XIX-XX asr san`atidagi farq. www.arxiv.uz Imperializm ko`pgina mamlakatlarda ijtimoiy va madaniy hayotda katta o`zgarishlarni keltirib chiqardi. Birinchi proletar revolyutsiyasi - Parij kommunasi va uning tor-mor etilishi burjua madaniyatining inqirozga yuz tutishini tezlatdi. Burjua falsafasi, estetikasi va san`atida reaksion idealistik tendensiyalar kuchaydi. Shu bilan birga revolyutsion demokratik va milliy ozodlik harakatlari bilan bog`liq bo`lgan ilg`or demokratik madaniyat realistik burjua madaniyatiga qarama-qarshi o`laroq o`z yo`lida davom etdi. XIX asr II yarmi va XX asr boshlaridagi san`at taraqqiyoti murakkab yo`lni bosib o`tdi. Bu davrda ham avvalgi davrlardagidek reaksion hamda progressiv oqim va tendensiyalarning kurashi davom etdi. Tushkun simvolik dekada oqimlar turli “izm” lar tez-tez almashib turdi. Parij kommunasi tor-mor etilishi revolyutsion harakatlarni oz bo`lsa-da, to`xtatib turdi. Parij kommunasi tor-mor etilishi revolyutsion harakatlarni oz bo`lsa-da, to`xtatib qo`ydi. Lekin ilg`or san`atkorlar ta`sirchan asarlar yaratish borasida mehnat qilishda davom ettilar. Yangi ta`sirchan ifoda vositasini topish, san`at tilini yangilashga intilish ko`pgina san`atkorlarning ijodida o`z ifodasini topdi. Bu izlanishlar o`z navbatida samarali natijalar bergan bo`lsada, lekin san`atda turli oqim va yo`nalishlarni keltirib chiqardi. Realizm taraqqiyotida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ldi. Realistik san`atda sodir bo`lgan o`zgarishlar Eduard Mane ijodida yaqqol namoyon bo`ldi. Uning ijodi keyingi realistik san`at taraqqiyotiga katta ta`sir o`tkazdi. Mane asarlarida Parij ko`chalari, hiyobon va kafelari, odamlarning hayoti tasvirlanadi. Bir qarashda juda sodda syujetlarda rassom go`zallikni ko`rsata oldi. Shu go`zallikni tasviriy san`at tili bilan tomoshabinga yetkazdi. Uning hajm jihatidan katta bo`lmagan, syujeti jihatidan sodda asarlari o`zining voqelikni to`laqonli, butun borlig`i bilan aks ettirishi bilan kishi qalbiga quvonch baxsh etadi. Tabiatning rangdorligi, shakllarning rang-barangligi esa bu lavhalarga yanada go`zallik kiritadi. Shu boisdan ham tezda ko`pchilik diqqatiga sazovor bo`ldi. 1860 yilning rassomlari uning ishiga, ishlash uslubi va syujet tanlashiga taqlid qila boshladilar. Qator yoshlar esa uni o`zining ustozi deb bildilar va uning atrofiga yig`ildilar. Uning izlanishlarini davom ettirib jahon san`ati tarixida yangi oqim - impressionizm www.arxiv.uz oqimiga asos soldilar. Impressionizm so`zining lug`aviy ma`nosi taasurot bo`lib, rassomlar o`z asarlarida zamonaviy voqealarni turli ko`rinishda tasvirlash va eng muhimi shu voqe`likdan olgan birinchi taassurotlarini tasvirlashga harakat qildilar. Shu boisdan ular naturaga alohida e`tibor bera boshladilar. Kenglik va havoni, nur va rang jozibasini holstda jonlantirish masalasi ular uchun muhim masalalardan bo`lib qoldi. Impressionizm oqimining o`ziga xos tomoni shu oqimning asoschilaridan biri Klod Monening “Pichan g`arami”, “Ko`knori dalasi”, Onore Renuarning “Madam Samari”, “Yalang`och ayol”, Edgar Deganing “O`avorang libosli raqqosalar”, “Balet sinfi”, Kamil Pissaroning “Parij ko`chalar” kabi suratlarida yaqqol namoyon bo`ldi. www.arxiv.uz XX asr boshlarida O`zbekiston san`ati Talabalarga ushbu mavzuni tushuntirish va tanishtirish. Yetakchi rassomlar ijodi bilan tanishtirish. XX asr boshlarida O`rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, san`atda ham o`z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san`at asarlaridagi kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida, voqe`likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko`rish mumkin. Bunday o`zgarishlar rus va o`zbek me`morchilik san`ati an`analarining bir-biriga yaqinlashishi va qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan yangi uslublarda ham namoyon bo`la boshladi. Realistik dastgoh san`ati maydonga keldi. Buni birinchi bo`lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O`rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin, I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko`rgazmada toshkentlik To`xta- Sodiq Xo`jayevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo`yilishi, 1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko`ro`g`li” epik poemasiga ishlangan grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O`zbekistonda san`atni targ`ib etish, ko`rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy maktablar ochildi. Ularga ko`plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o`zbek xalq san`atini o`rganish orqali rassomlar haqiqiy milliy san`at namunasini yaratishga, o`z asarlarida davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan biri O.K.Tatevosyan bo`ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil birinchi bor O`zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me`morchilik www.arxiv.uz yodgorliklari yosh rassomni o`ziga mahliyo etdi. O`zbekistonda o`z ijodiy izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom o`qishni bitirgach, butunlay O`zbekistonga ko`chib keldi va o`zining sermahsul ijodini boshladi, yosh rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga bag`ishlangan. Gavjum ko`chalar, noz-ne`matga boy bozorlar, choyxonalar rassomning ko`pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san`at namunalarini o`rgandi. Asarlarida O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni, odamlarning mehnatga bo`lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O`sha yillari O`zbekistonda bir qator iste`dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular ichida Farg`onada tug`ilib o`sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab ijod qilgan Usto Mo`min (Nikolayev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo`lgan yuksak munosabati uning asarlarida o`zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida “Bahor”, “Bedanaboz”, “Do`stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi” kabilardir. O`zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel Petrovich Benkov edi. U o`zbek san`atining rivojlanishiga, milliy kadrlar yetishib chiqishiga katta hissa qo`shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko`p polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo`lib, ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me`morchilik fonida ustalik bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi qiz” deb nomlangan asarlar do`stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30- yillardan boshlab milliy rassomlar ko`rina boshlandi. Ular o`zlarining dastlabki asarlari bilan respublika badiiy ko`rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san`at mavzusi kengaydi. Do`stlik, tinchlik, mehnat go`zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste`dodli yosh rassom Bahrom O`amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida sodir bo`lgan o`zgarishlar o`z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla Abdullayevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar www.arxiv.uz orasida san`at va ma`rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga bag`ishlangan. Bu yosh rassomlar O`zbekiston san`atining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo`shdilar. Ikkinchi jahon urushi yillari o`zbek rassomlari uchun katta sinov bo`ldi. Ular g`oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g`alabasi uchun rag`batlantira oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O`zbekistonga evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular bilan birga kelgan yetuk san`atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko`maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik yillari o`zbek san`ati ham o`z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo`ydi. Inson go`zalligi, tabiat ulug`vorligi rassomlarimiz polotnosida o`z ifodasini topa boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullayevning A.O`idoyatov portreti, T.Oybek, L.Abdullayevning “Qahramonni kutib olish”, O`.Tansiqboyevning “Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o`ylari”, R.Timurovning “Samarqand”, Y.Yelizarovning “O`zbekiston san`atkorlar guruhi portreti”, N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeyevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning “Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o`zbek san`ati tarixida o`zlarining munosib o`rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu davrdan boshlab, barcha ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san`atimiz ta`sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko`plab ko`rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o`zbek san`ati yangi pog`onaga qadam qo`ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning emotsional tomoniga e`tibor berish kuchayganligi yaqqol ko`zga tashlandi. Buni B.Boboyev va R.Choriyevlarning kartinalarida, T.Muhammedovning karikaturalarida, F.Grishchenkoning, X.Xusniddinho`jayevning haykallarida ko`rish mumkin. O`zbek san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. www.arxiv.uz Mustaqillik yillarida O`zbekiston san`ati Shu davr san`atkorlari va ularning asarlari bilan tanishtirish. O`zbekiston tasviriy dastgoh san`ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O`zbekiston san`ati zafarli yo`lni bosib o`tdi. Respublikamiz rassomlari ko`pgina ko`rgazmalarda faol ishtirok etib, san`atimiz ta`sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko`pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to`lib toshgan noz-ne`matlarini, manzara janrida esa, o`lkamizning go`zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko`rinishidagi go`zallikni to`laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me`morchilikning nodir yodgorliklarini o`z asarlarida ko`rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg`or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O`zbekiston Vatanimiz ajoyib iste`dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro`ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne`mat O`akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa`dullayev, o`ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O`zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangtasvir ustasi xalqimiz an`analariga, boy va sermazmun o`tmish tasviriy san`at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o`z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag`rida o`zbekona an`analarni, to`ylarni, beg`ubor o`zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo`ldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik va do`stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo`shiq” kabi o`nlab asarlar moybo`yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo`layotgan o`zgarishlarni e`tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag`ishlaydiki, undagi go`zallik sirlari odamlarni ezgulikka yetaklaydi. Rassom www.arxiv.uz asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko`pgina xorijiy davlatlarda ham ma`lum va mashhurdir. Bahodir Jalolov ham O`zbekiston xalq rassomi bo`lib, zamonaviy rangtasvir san`ati rivojiga katta hissa qo`shib kelayotgan iste`dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san`at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriyev, YE.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san`at sirlarini o`rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq ko`zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg`ular uyg`unligi tomoshabinni o`ziga mahliyo etib qo`yadi. U portret san`atida ko`p yutuqlarga erishdi. Uning to`laqonli asarlarida o`zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o`z ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o`zgacha talqin etiladi. Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko`plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Mustaqil O`zbekiston tarixiga bag`ishlangan O`zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko`rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e`tiborini o`ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo`lgan o`zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir. Haykaltaroshlik san`atining o`lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro`ziboyev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san`ati bilan shug`ullangan D.Ro`ziboyev haykataroshlik olamiga asoan 60 yillarda kirib keldi. San`atkor ijodida shakl va hajmlarning o`ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San`atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to`laqonli o`z ifodasini topgan. D.Ro`ziboyev haykaltaroshlik san`atida www.arxiv.uz katta bir maktabni o`tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san`atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san`atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo`lishimiz mumkin. Ro`ziboyev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo`yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo`jizali qila oladi. San`atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to`ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro`ziboyevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San`atkor ko`tarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o`rganib, o`z haykallarida mujassamlashga intiladi. O`aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson ma`naviyatini tobora to`laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O`zbekiston tasviriy san`ati tarixi - jahon tasviriy san`ati tarixining ajralmas qismidir. O`zbekiston san`ati boy merosga ega. O`ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo`lib qolgan. Dekorativ- amaliy san`atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil O`zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o`z obro`-e`tiboriga ega.