logo

Inter`erda ikki va undan ortiq kishi ishtirokida murakkab kompozitsiya ishlash (Tarixiy mavzuda kompozitsiya tashkil etish)

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

98 KB
Inter ` erda ikki va undan ortiq kishi ishtirokida murakkab kompozitsiya ishlash ( Tarixiy mavzuda kompozitsiya tashkil etish ) Reja: 1. Kompozitsiya markazi, simmetriya va assimetriya haqida tushuncha. 2. Chiziqli va havo perspektivasini qo `llagan holda natyurmort. 3. Buyumlarini qog`oz yuzasida konstruktiv qurilishini, joylashtirish. Tasvirlarni chizishda, xoh u natyumort bo `lsin, xoh odam tasviri, yoki manzara bo`lsin, barchasida aks ettirishning turli-tuman vositalari va usullaridan unumli foydalanilishi kerak. Bunday yo`l tutish bilimni, mahoratni, tajribani oshirishga xizmat qiladi. Odam qiyofasini chizishni o `rganish jarayonida grafik uslublarni qo`llash esa eng sinalgan yo`ldir. CHunki eng qulay va tez bajariladigan har xil ashyolar (qalam, sangina, cous, pastel retush va boshqalar) yordamida amalga oshiriladigan tasvir ayniqsa qiziqarli chiqadi. Bunday qalamchizgilarni ishlaganda rangli (tus berilgan) qog`ozlardan foydalanish o`quv-mashq ishlarining badiiyligi darajasini ham oshiradi. Voqelikni obrazli ifoda etish omili bo`lib xizmat qiladi. Intererdagi odam qiyofasini tezlavhalarini turli holatlarda tasvirlashda atrof muhitning ko `rinishi ham e’tiborga olinishi kerak. Yorug`lik manbaining qaysi tomondaligi chizilayotgan ob’ektning naqadar hajmli va bo`rtiq tasvirlanishida rol o`ynaydi. SHu sababli ish o`quv mashq sifatida bajarilayotganligidan qat’iy nazar jiddiy z’tiborli yondashuvni talab etadi. Ma ’lumki, odamni tasvirlashni o`rganishda uni tezlikda chizish mashqlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mashq vazifalar kichikroq qog`ozlarda, so`ngra kattaroq qog`ozlarda bajarilishi maqsadga muvofiq. Kichik-kichik qalamchizgilar ko`pincha yumshoqroq oddiy qalamda, kattaroq tasvirlar esa iloji boricha ko`mir qalamchalari, retush, sangina, sous va pastelda ishlansa qulay bo`ladi. Buning sababi ularning ishlatilishi qulayligidadir. Bunday vositalar bilan tezkorlikda katta sathlarda ifodali tasvirlar ishlash mumkin. Ammo bu ularni ishlatish oson ekan degan tushunchani tug`dirmasligi kerak. Masalan, retush qalami o`ta qora bo`lganligi uchun uni rangli, ya’ni biror xolis tus berilgan qog`ozga rasm solishda ishlatish mumkin. Oppoq qog`oz sathida undan foydalanish ancha tajriba va mahoratni talab etadi. Ayniqsa tezkor qalamlavhalarni chizganda retush juda qulay bo`lib, kerakli joylarda chiziq tarhlarini qo`l barmoqlari yoki qog`oz parchasi bilan surkatib, tasvirlanayotgan narsaning soya, hatto yarimsoyalarini juda ifodali va chiroyli qilib ko`rsatish imkoniyati bor. Rangli qog `ozda ishlanganda retush kalami va ko`mir qalamchalarini oq rangli pastel yoki bo`r bilan aralash texnikada ishlatish yaxshi samara beradi. Ma’lumki, sousni suvga qorib mo`yqalamda qog`ozga surtib tus berilsa, so`ngra tasvirni retush qalamida ishlansa, o`chirg`ichdan ham unumli, bilib foydalanilsa, har qanday o`quv-mashq vazifani namunali va chiroyli qilib chiqarish mumkin. Tasvirning eng yorug` qismlarini o`chirg`ich yordamida ustalik bilan o`chirib bo`rttirilsa, eng to`q soyalarning sathi quyuq, qora sous bilan bo`yab yopilsa, ish hajm tomondan juda fazoviylik kasb etadi. Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo `llanilishi ham foydali. U bilan har qanday tasvirni tez va ifodali qilib chiqarsa bo`ladi. Faqat buning uchun uning texnikasini egallash kerak. Ma’lumki sanginaning to`q jigarrang hamda qizg`imtir jigarrang turlari bo`ladi. Ularni ham tus berilgan oxrasimon rangli qog`ozlarda unumli qo`llash mumkin. Sanginani surkatib soyalarning katta-katta qismlarini yopish imkoniyati ham borligi, ish rivojini tezlashtiradi. Sangina qalamtasvirlarni ishlashda qo`llanilishi ham foydali. U bilan har qanday tasvirni tez va ifodali qilib chiqarsa bo`ladi. Faqat buning uchun uning texnikasini egallash kerak. Ma’lumki sanginaning to`q jigarrang hamda qizg`imtir jigarrang turlari bo`ladi. Ularni ham tus berilgan oxrasimon rangli qog`ozlarda unumli qo`llash mumkin. Sanginani surkatib soyalarning katta- katta qismlarini yopish imkoniyati ham borligi, ish rivojini tezlashtiradi. Yuqorida keltirib o`tilgan barcha tasvirlash vositalarini uzoq muddatda bajariladigan, hamda tezkorlik bilan ishlanadigan qalamtasvirlarda birdek muvaffaqiyat bilan qo `llash mumkin. Odam qomatini turli holatlarda, vaziyatlarda harakatli ko`rinishlarda interer muhiti sharoitida tasvirlash ancha murakkab vazifalardan hisoblanadi. Agar ular tez muddatda ishlanishi kerak bo`lsa, tezchizgi lavhalari ko`rinishida bo`lsa, bir nechta tasvirni bitta qog`oz sathida chiroyli kompozitsiyada joylashtirib bajarish ko`p samara beradi. Chunki unda har bir chizilgan har turli holatlarda turgan odamlar qiyofasi o`zaro solishtirib ishlanadi, o`lchamlari bir-biriga moslanadi va shuning natijasida tasvirlar guruhi bog`langan mazmun kasb etib, badiiy ko`rinishga ega bo`ladi. Inson qaddi-qomatini chizishga albatta tezkor tasvirlar ishlash, ko`proq mashq qilish talab etiladi. Ayniqsa suratning qismlari nisbatlari, katta shaklning yaxlitligiga e’tibor qaratilishi kerak. So`ng tana holati, uning qanday harakat holatida namoyon bo`layotganligi muhim bo`lib, uni to`g`ri topish va aks ettirish kerak. Yuqorida aytilgan barcha holatlar nazariy va amaliy tomondan yaxshi o`rganilsa, kitoblar, maxsus adabiyotlar mutolaasiga e’tibor berilsa har qanday quntli talaba uning oldiga qo`yilgan murakkab vazifalarning barchasini muvaffaqiyatli ado etadi. Yaxshi, a ’lo natijalarga erishadi.  Adabiyotlar: 1. Baymetov B. “Qalamtasvir”. Darslik 1-qism. - Toshkent, 2006. 2. М uratov Х . Х . “Qalamtasvir”, То shkent, Ijod-print, 2020. 3. Xalilov R. Рисунок Toshkent «Navruz» 2013 4. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston 5. Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Halq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11 6. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil 7. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi.Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil 8. B.Boymetov “Portret qalamtasviri” Pedagogika institutlari va universitetlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2001. 9. Tojiev B, Mahkamova S. “Qalamtasvir” (Dastlabki saboqlar). Metodik qo‘llanma. Toshkent, 2013.