logo

O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Farg'ona viloyati va Furqat tumani tarixi

Yuklangan vaqt:

11.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1616.630859375 KB
Farg'ona viloyati va Furqat tumanining geografik o'rni Viloyat hududida joylashgan qadimgi davlatlar Furqat tumani iqtisodiy geografiyasi O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Farg'ona viloyati va Furqat tumani tarixi O'zbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, 1 ta Qoraqalpog'iston respublikasi va Toshkent shahridan iborat. Hududi-448,978 km 2   Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston, janubi-sharqdan Tojikiston, janubdan Afgʻoniston va janubi- gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh. Fargʻona viloyati  — Oʻzbekiston Respublik asi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15- yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan  Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km 2 . Aholisi 2020-yilda 3,817,000 kishi. Tarkibida 15 tuman, 4 shahar ( Margʻilon, Fargʻona, Quvasoy,  Qoʻqon), 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Fargʻona shahri. Tuman nomi Tuman markazi 1 Oltiariq tumani Oltiariq 2 Bagʻdod tumani Bagʻdod (shaharcha) 3 Beshariq tumani Beshariq 4 Buvayda tumani Ibrat 5 Dangʻara tumani Dangʻara 6 Fargʻona tumani Vodil 7 Furqat tumani Navbahor (qishloq) 8 Qoʻshtepa tumani Langar (qishloq) 9 Quva tumani Quva 10 Rishton tumani Rishton 11 Soʻx tumani Ravon (qishloq) 12 Toshloq tumani Toshloq 13 Uchkoʻprik tumani Uchkoʻprik 14 Oʻzbekiston tumani Yaypan 15 Yozyovon tumani Yozyovon Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgohlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A. P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) xayvon suyaklari topilgan. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saklangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi. Furqat tumani  — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1992-yil 9-aprelda tashkil etilgan. Shim.dan Tojikiston Respublikasi va Dangʻara tumani, gʻarbdan Beshariq, janubiy va sharqdan Oʻzbekiston tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,31 ming km². Aholisi 88,7 ming kishi (2003). Tumanda shaharcha va qishloq fuqarolari yigʻini (Navbahor, Qushchi, Qizil qiyoq, Tomosha, Jangketmon, Qulbobo, Eshon shaharcha, Besh og'a qishlog'i, Toʻrgʻay qishloq, Gʻirri qishloq, Kichik yangi qishloq, Katta yangi qishloq, Koʻk doʻppi qishloq, Xayit qishloq, Shunqor qishloq, Qoʻqonboʻy, Gʻallakor, Gʻuncha va h.k") bor. Markazi — Navbahor shahar. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus, qirgʻiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 286,1 kishi (2003). Qadimgi Fargʻonaning tarixi haqida Xitoy manbalarida Davan davlati boʻlganligi tilga olinadi. Ammo bu davlatning qachon paydo boʻlganligi va inqirozga yuz tutib, qachon tarix sahnasidan tushganligi masalasida hech narsa deyilmagan. Davlat taxminan, mil. avv lll asrda paydo boʻlib, Fargʻona vodiysida joylashgan. Davan davlatining mil. avv. ll-l asrlarda qudratli davlat uyushmasi boʻlganligi maʼlum xolos. Qo'qon xonligi  - o'zbek xonliklaridan biri. Poytaxti – Qo'qon. O'zbeklarning minglar urug'idan bo'lgan Shohruxbiy 1709-yilda asos solgan. Bu xonlik tarkibiga dastlab Qo'qon,Namangan,Marg'ilon,  Konibodom, Isfara va ularning atrofidagi qishloqlar kirgan. Abdurahimbiy davrida Buxoro xonligiga harbiy yurish qilinib, Samarqand egallanadi (1732).  Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4- qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi — Qoʻqon shahri va unga jadidlar asos solgan. Tumanda sanoat, qurilish, davlat tashkilotlari, koʻshma va 600 dan ziyod kichik korxonalar mavjud. „Ishonch“ ipyigiruv korxonasi, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Tuman qishloq xoʻjaligi paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 5 shirkat, 600 dan ziyod fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Furqat tumanidagi sugʻoriladigan yerlarga paxta, don, sabzavot va poliz, kartoshka, beda va ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Bogʻdorchilik (bodom, gilos, nok, shaftoli, anjir, anor, uzum), pillachilik, baliqchilik bilan ham shugʻullaniladi. Tuman hududi orqali Toshkent — Andijon temir yoʻl va Fargʻona — Oʻsh avtomagistrali oʻtgan. 33 umumiy taʼlim (qariyb 24 ming oʻquvchi), bolalar musiqa va sport maktablari, ixtisoslashgan litseyinternat, 2 kasbhunar kolleji (1900 talaba) faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, 2004-yilning sentabr oyida ishga tushgan ijtimoiyiqtisodiy kasbhunar kollejida bank ishi, soliq va soliqqa tortish, huquqshunosiqtisodchi, moliya, boshlangʻich sinflarda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bolalar va xotinqizlarga tibbiyijtimoiy yordamni tashkil etish yoʻnalishlarida 600 oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda klub muassasalari, markaziy kutubxona va uning 27 filiali, madaniyat va istirohat bogʻi, 6 madaniyat uyi aholiga xizmat koʻrsatadi. Markaziy stadion, bir qancha futbol, voleybol, basketbol maydonlari, sport zallari va boshqa sport inshootlari ishlab turibdi. 4 kasalxona, 3 poliklinika, 18 feldsherakusherlik va 11 qishloq vrachlik punktlari, kishloq vrachlik ambulatoriyalari, Salomatlik markazi, dorixonalar mavjud. Tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Qilich Mergan bobo tarixiy qabristoni, Abduqahdor ota ziyoratgohi, jomeʼ masjidlar bor. 2002-yildan „Navbahor“ tuman gaz. chop etiladi. E’tiboringiz uchun raxmat