logo

O'zbekiston milliy amaliy bezak san'ati. diniy tasavvurlar, urf odatlar va irimlar. O'zbek xalq bayramlari, o'yin va marosimlari

Yuklangan vaqt:

25.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

62 KB
O`zbekiston milliy amaliy bezak san`ati. diniy tasavvurlar, urf odatlar va irimlar. O`zbek xalq bayramlari, o`yin va marosimlari Reja : 1. Ibtidoiy davrlardan yetib kelgan tasviriy san`at namunalari. 2. Ganch o`makorligi. Naqsh san`ati. 3. Kandakorlik metal buyumlariga ishlov berish. 4. Misgarlik, zargarlik. 5. So`zandalar, zardo`zlar, gilamdo`zlik, kigiz bosish san`ati 6. Diniy tasavvurlar yuzaga kelishi, ibtidoiy din peotolizm, fetilizm, animizm, sehr va jodu. 7. Islom dinining tarqalishi musulmonchilik farz va sunnatlari, so`fizm va tariqat. 8. O`zbek xalq bayramlari, o`yin va marosimlari 9. Yomg`ir chaqirish marosimi. O`zbek xalqi ajdodlari tasviriy san`at sohasi ibtidoiy jamiyat davridan boshlab ajoyib asarlar yaratganligini arxeologik kashfiyotlarda tasdiqlandi. Respublikamizning juda ko`p joylarida, ayniqsa Boysun, qurama tog` tizimlari, Samarqand tevaragidagi tog`larda topilgan qoya toshlarga bitilgan ibtidoiy rasmlar o`zining realligi, rang - barangligi bilan hozirgacha kishilarni hayratda qoldiradi. Ayniqsa etnik davrda yaratilgan turli xildagi amaliy bezak san`ati namunalari qadimiy xorazmliklar, baqtriyaliklar, so`g`diyoniylar, marg`ilonliklarning yuksak madaniyatiga ega ekanligini namoyon qiladi. o`rta osiyoliklarning mazkur ajdodlari yaratgan ajoyib obidalar bizlargacha yetibgina qolmay, ularning ishlab chiqarish an`analari avloddan-avlodga o`tib mohir ustalar tomonidan rivojlantirilgan. hozirgacha saqlanib kelgan o`zbek, tojik, turkman, qirg`iz, qozoq ustalarining ganch, yog`och va marmardan yaratilgan chiroyli o`ymakorlik buyumlari. Naqshli sopol idishlari, rang -barang to`qimachilik va kashtachilik mahsulotlari, misgarlar va zargarlar yaratgan ajoyib buyumlari va bezaklar umumiy xarakterga ega bo`lib, har bir etnosning o`ziga xos xususiyatlarini ham namoyon qiladi. Hozirgacha saqlanib kelgan amaliy san`ati sohalarida ganch o`ymakorligi keng tarqalgan. Tarixiy obidalarda topilgan qadimgi ganch o`ymakorligi asosan hajmi realistik tasvirlar bilan ajralib turadi. Masalan, III-IV asr obidasi bo`lib tuproq qal`aning serhasham saroy mehmonxonlaridagi o`yma ganchli rasmlar, o`sha davrga oid Varaxsha shaharchasida kashf etilgan ganchga bitilgan o`simliksimon naqshlar, palbmetta, bo`rttirib ishlangan baliq tasvirida o`yilgan ganch, geometrik shakllari, qushlar hayvonlar va baliqlarning tasvirlari ajoyib san`ati namunalaridan. qadimiy ustalar murakkab naqshlarni o`simlik va hayvonlarning tasvirlaridan olib solishtirib ishlaganlar. Ilk o`rta asrlardan boshlab ganchkorlik san`ati yana ham rivojlandi. Movaraunnahrda ganchkorlik me`morchilikning asosiy bezak darajasiga ko`tarilib, ulardan afsonaviy hayvonlarning tasvirini ham uchratamiz. Ayniqsa, Junubiy O`zbekistonda o`rganilgan maqbaralarning interyeri, devor peshtoklari, ravoqlari nihoyatda nafis o`yma naqshlar bilan bezatilgan. Masalan XII asrda Termiz maqbaralarida yangicha uslub ishlatila boshlaganligi, ya`ni mukarnaslar (stilaktitlar)ning paydo bo`lishi va ko`pgina binolarda qo`llanilishi ganchkorlikning o`sganligidan dalolat beradi. Ganchkorlikning gullab- yashnashi XVIII-XIX asr boshlariga to`g`ri keladi. Bu sohada o`zbek ustalarida ayrim mintaqaga xos badiiy uslub va belgilar saqlanib qolgan. Ular o`ziga xos o`ymakorlik maktablarini yaratibgina qolmay o`zaro tarixiy davr jihatidan ham farqlanadilar. Bizning asrimizga kelib ganchkorlik san`atida mayda relfli, nozik va rangli tekis fonda yasalgan me`morchilik namunalari keng tarqala boshlagan. hozirgi davrda binokorlikda ko`proq bezakli rangli gullar va rasmlar bilan ganch o`ymakorligini birgalikda ishlashga harakat qilinmoqda. Ustalarning mohirligi tufayli kichik korxonalarga, mayda, tekis o`ymakor va unga xos pardoz turi, katta xonalarga esa yirik yoyma, o`ziga xos naqshlar beriladi. Ganch o`ymakorligida yirik o`yma, yassi o`yma, qirma, zamin ko`z gulli o`yma, zamin rangli o`yma, chizma pardoz, zanjirli hajmdagi o`yma kabi uslublar hozirgacha ishlatilmoqda. Binokorlik (me`morchilik) da ishlatiladigan an`anaviy ornament geometrik va o`simlik shaklida. Mashhur badiiy ganchkor ustalardan O`zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy a`zosi, Respublikada xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Shirin Murodov, Xalqaro mukofotlar sovrindori, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi Abdulla Boltayev, elga katta hurmatga sazovor bo`lgan mohir ustalar Toshpo`lat Arslonqulov, Usmon Ikromov, Anvar quliyev, Shamsiddin o`ofurov, quli Jalilov, O`zbekiston Fanlar Akademiyasining faxriy a`zosi Yusuf Ali Musayev, va boshqalar yaratgan o`ymakorlik va me`morchilik san`ati xalqimizning tabiiy boyligidir. Yog`och o`ymakorligi ham O`zbekistonning barcha viloyatlarida keng tarqalgan yog`och o`ymakorligi namunalari ilk o`rta asrlarga oid Surxondaryo vohasidagi Yumaloq tepadan, Buxoro, Xiva, Samarqand, Shahrisabz va boshqa joylardagi qazilmalardan topilgan. IX-X asrlarda o`rta Osiyo, shu jumladan O`zbekistondagi yog`och o`ymakorligi yana ham rivoj topdi. Bu davrda xoslik shundan iborat ediki, o`ymakor ustalar yaratgan naqsh zaminida qandaydir ramziy ma`no, ezgu tilak, orzu va go`zal niyatlar ifodalangan. An`anaviy naqqoshlik noyob badiiy san`ati turlaridan biri tosh va suyak o`ymakorligi hisoblanadi. Bu san`at xalq orasida toshtaroshlik deb ham aytadilar.  Eramizning birinchi asrlariga oid obidalar (Fayoz tepa, Ayrim tom, qortepa, Tuproq kal`a)da xarsang tosh va marmardan bezak ishlarida keng foydalanilgan. Ayniqsa o`rta asrlarda toshtaroshlik yuksak darajada rivojlanib takomillashgan. Kulolchilik O`zbekistonning hamma joyida uchraydi. Ammo badiiy buyumlar yaratishda eng yirik markazlardan Rishton, o`ijdivon, Shahrisabz, Xiva, honka, Samarqand, Toshkent qadimdan mashhur bo`lgan. Rishton kulollari yaratgan sirli idishlari va sopol idishlari o`zining nozik va murakkab naqshlari, bo`yoqlar kolariti, ayniqsa, ochiq ko`k kabolti va feruza rangli bir necha ohangliligi bilan ajralib turadi. Chunki idishlar o`rta Osiyoda yaqin davrlardan ishlab chiqila boshlagan. O`zbekistonda kechki feodalizm davrida paydo bo`lgan chinnisozlik hozir tez sur`atlar bilan rivojlanib, an`anaviy badiiy san`ati namunalarni yaratishda davom etmoqda. Zargarlik san`ati ayniqsa Buxoro va Xivada mashhur bo`lgan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan muhim amaliy san`atlaridan biri to`qimachilik va kashtachilikdir. Bu soha Marg`ilon, Buxoro, Samarqand, qarshi, Kitob, Xiva, Toshkent kabi shaharlarda rivojlangan. Badiiy kashtachilik, chitgarlik atlas to`qish san`ati uzoq davrlardan saqlanib kelmoqda. Do`ppi kashtachiligi o`zbek xalqining g`ururi hisoblanadi. Zardushtiylik, gilam to`qish, kigiz bosish amaliy san`ati ham keng tarqalgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, o`zbek xalqining uzoq tarixiy taraqqiyotida har tomonlama rivojlanib ko`p qirrali va boy an`analariga ega amaliy bezak san`ati nihoyatda rang -barang madaniy meosimizning eng ajoyib, betakror namunalarini uchratish mumkin. O`zbek xalqining madaniy merosida xalq ijod qilgan va katta ijtimoiy ahamiyatga ega turli bayramlar ommaviy o`yinlar, mavsumiy va kasb-hunar marosimlari alohida o`rinni egallaydi. Bayramlar va marosimlar ijtimoiy va shaxsiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oluvchi kishilar o`zaro munosabatlarining turli jihatlari va shakllarida namoyon bo`luvchi muayyan urf odatlar va an`analar axloqiy prinsiplar va huquqiy targ`ibotlarning tarixan shakllangan yig`indisidir. Ularning muhim belgilari va xususiyatlari barqarorligi va ommaviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi, davomiyligi va uzluksizligidir. Odat tusiga kirgan marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar ekan, nafaqat jamoatchilik fikrlar nufuziga balki, qabul qilingan va qaror topgan qonun-qoidalar kuchiga ham suyanadi.  o`zbek xalqi orasida eng keng tarqalgan, milliy tusga ega bo`lgan urf-odatlardan mavsumiy marosimlar diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotlarchining fikricha o`zbek mavsumiy marosimlarni quyidagi turkumlarga tavsif etish mumkin: qishda o`tkaziladigan. Gap-gashtak, yasagosun kabilar. bahorgi marosimlar. Navro`z shoxmaylar (qush chiqarish), losa yoki qizil gul soyli, loy tutish, «Sust xotin» kabilar. yozgi marosimlardan. «qovun sayli», «Choy momo», va hokazolar. kuzgi marosimlar. hosil yig`imi bilan «Bog`liq mixigar», «oblo baraka», «shamol chaqirish» marosimlari hosil yig`imi bilan «Bog`liq mixgar», «oblo baraka», «shamol chaqirish», «uzum sayli» kabilar. Butun Old va o`rta Osiyoda mashhur Navro`z bayrami va marosimlari juda uzoq davrlardan beri nishonlanib kelmoqda. Bu bayram aslida qadimiy dehkonchilik kalendari kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari 20-21 martda boshlanadi. o`sha davrda butun tabiat uyg`ona boshlaydi, yer bag`ridagi barcha mahluqot va barcha mavjudodlarning , qurt-qo`mirsqalar, o`simlik va o`t-o`lanlarda jonlanish ro`y beradi. Bunday yangilanish jarayonining bag`ishlanishi shamol (quyosh) yil hisobida 21-martga to`g`ri kelgan birinchi yangi kuni Navro`z deb ataganlar. Dehkonchilik va chorvachilik bilan yana bir muhim marosimlardan qurg`oqchilik vaqtlarida yomg`ir chaqarish urf-odatlari ham qadimdan saqlanib kelgan. Lalmikor dehkonchilik va chorva bilan shug`ullanuvchi aholi uchun bahor hamda yozning ilk oylarida yomg`irga katta ehtiyoj seziladi. o`zbeklar va boshqa o`rta Osiyo xalqlari tabiiy, ya`ni yomg`ir suvlari bilan sug`oriladigan joylarni lalmi (qayroqi deb nomlagan). Bunday holatda dehkonchilikka yog`in-garchilik bo`lmagan oylarida xavf ostida qolgan. Shuning oldini olish maqsadida o`tkaziladigan maxsus marosimlardan «sust xotin», «suv xotin», «chalo xotin» kabi yomg`ir chaqarish udumlari keng tarqalgan. Marosim maxsus belgilangan kun va vaqtda o`tkazilgan. Ammo bu ko`p xalq tasavvurida qabul qilingan irimga qarab haftaning baxtli kuniga to`g`ri kelishi zarur bo`lgan. Marosimning birinchi bosqichi tashkiliy ishlardan boshlangan, unga epchil va udda buron shaxslardan tashkilotchi mutasoddi tayinlangan. U marosim uchun kerak bo`lgan narsalarni tayyorlagan.  Marosimning ancha keng tarqalgan xili Jizzax, qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan. Chunki bu yerlarda lalmikor ekinlar ko`p ekiladi. Marosim belgilangan kun va vaqtda 10-5 ayol maxsus yasalgan ko`g`irchoqqa qari ayolning ko`ylagini kiydirib, bir ayol uni ko`tarib oladi, qolganlar uning ortidan ergashib qishloq yoki mahalladagi xonadonlarga «sut xotin» qo`shig`ini naqorat bilan aytib birma-bir kirib chiqadi. Uy egasi ularni xursandchilik bilan qarshilab, qo`g`irchoq ustidan suv sepadi va imkoniyatiga qarab xayr-ehsonlar qiladi. Aytiladigan qo`shikda dehkon sepgan bug`doyning mo`l hosil berish, xonadonlarga xursandchilik keltirish, el-yurtga to`kinchilik va ko`p baraka ta`kidlanadi, eng muhimi, yomg`ir hadya etish «sust xotin» dan iltijo qilinadi. Hosillari mo`l bo`lsin, sust xotin Dehqonning uyi to`lsin, sust xotin Yomg`irlarni yog`dirgin, sust xotin Yomonning uyi kuysin, sust xotin Osmondan tomchi tashlab, sust xotin El-yurtingni to`ydirgin, sust xotin Ayrim axborotchilarning xabar berishicha, taxminan 40-50 yillar muqaddam qishloqlarda «sust xotin»marosimi har yili bahorda ikki-uch marotaba o`tkazilgan. Yomg`ir chaqirish marosimining Bahor viloyatining qorako`l va Olot tumanlarida o`zgacha mahalliy xillaridan biri ijro etilgan «chala xotin» qo`shig`i bilan ma`lum. Janubiy qozog`istondagi o`zbeklarda «choy momo» marosimi hozirgacha saqlanib kelgan. B. Sarimsoqovning to`plagan ma`lumotlariga qaraganda «choy momo» marosimi sayram o`zbeklari orasida quyidagicha o`tkaziladi. Ikki kampir eski tuski kiyim kiyib, yuzlariga qorakuya surkashib, qo`llarida xassa bilan oldinda yurib «choy momo» qo`shig`ini aytib borishida. Mazkur marosimning ayollar tomonidan uyushtirilishi va bajarilishi shamol homiysining ayol kishi deb tasavvur qilinishi shubhasiz jamiyatda ayollar mavqeining yuqori darajaga ko`tarilganligining , «choy momo» marosimi ildizining mariarxat davriga oid ekanligini isbotlaydi. Unda beshta voyaga yetgan qizning boshiga qizil sholcha yopintirib yurish ham ginetik jihatidan eng qadimiy urf - odatlardan. Bu qizlarni tabiatning dahshatli kuchlari odatda ijtimoiy qo`rquv ta`sirida ayrim mamlakatda amal qilingan, odamni qurbonlikka mahrum etish odatining ramzi, deb tushunish mumkin. qizlar sonining beshta bo`lishi ham qadimiy tasavvur bilan bog`liq. Ko`p xalqlarda dastlabki ibtidoiy hisoblar besh barmoqdan boshlanishi, dastlab haftaning besh kunidan iborat bo`lishi, odam tanasining besh muchadan (ko`z, quloq, og`iz va qo`l) iboratligi, besh xil sezgining mavjudligi, ayrim xalqlarda qutiblarning bir qismiga bo`linishi kabi tasavvur bu raqamning muqaddasligini tasdiqlaydi. Marosimda ishlatiladigan buyumlardan o`qlov va keli soni rizq-nasiba ramzi sifatida olib yurilsa, suringining ziyon-zahmatini suruvchi degan maqsadda olib yurilish asli ibtidoiy magik (sehirgari) bilan bevosita bog`liq odatlardan. hozirgacha o`zbeklarda supirgi ustidan xatlab o`tish yoki biror yeriga tegish zarar yetkazadi. «Choy momo» marosimida aytiladigan qo`shiq mazmuni ham diqqatga sazovor. Etnografiya A.Divayev asrimiz boshlarida yozib olgan matnda shamol homiysiga murojat qilishni, yekilgan ekinlar payhon bo`layotganligi, yem-xashak va paxol garamlari sochilib, qishloqni bezor qilayotganligi aytilishi bilan birga «choy momo» ga qarab, «bo`ronni tindiraman, yemishingni sin-diraman, boshingga o`lim keltiraman», deb po`pisa ham qilinadi. qo`shiq marosim ishtirokchilariga saxiylik qilinib, mo`l sadaqalar berib, xudoyi qilib shamolni haydaymiz, degan murojat bilan tugaydi. «Oblo baraka» marosimi. qishga tayyorgarlik, oziq-ovqat, sabzavot, kiyim-kechak, turar joy va uy-ro`zg`or g`amlari bilan bog`liq tashvishlar rang -barang va turli marosimlarni yuzaga keltirgan. Shulardan biri oxirgi tuman bug`doyini o`rib olish marosimi hisoblanadi. o`zbeklarda bu marosimning «oblo baraka» (g`allalar atrofida)deb nomlanishi islom ta`sirida paydo bo`lgan. Xorazmda so`ngi tutam bug`doy yig`ilib, xirmon tugatilganda ustiga kesak qo`yiladi, shunga qarab uni «barakka kesagi» deb ataganlar. Mazkur marosim asosan bug`doy o`rimida qatnashgan hasharchilar ishtirokida o`tkazilgan. «Oblo baraka» marosimida hasharchilar bug`doy o`rimining oxiri bir parcha o`rilmagan yer qolgach har tomondan o`rib o`sha yerga intiladilar. har bir hasharchi bug`doy tutamni «ona bug`doy» deb ataganlar. Tarixiy-etnografiya ma`lumotlarning aksariyatida turkiy xalqlarda, jumladan o`zbeklarda ob-havoni o`zgartirib, bahor yoki kuzda yomg`ir yog`dirish, qishda havoni isitish uchun qo`llaniladigan sahri toshlar mavjud bo`lib, ularda, soda deyilgan. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan muhim an`anaviy tartiblardan biri ustozlarning shogirdlarga fotiha berish marosimidir. Marosim barcha kasblarda deyarli bir xil o`tgan. Shogirdlikka odatda bolani yoshlikdan (8-10, paytlarda 6-7 yoshda) ota-onasi olib kelib, muayyan ustaga topshiradi: «go`shti sizniki, suyagi bizniki», degan ibora bilan, ya`ni butun taqdirini ustoz qo`liga, nima qilsa ixtiyori o`zida, deb qoldiradi. Yigit kasbini o`rganib, o`zi mustaqil ravishda mahsulot tayyorlash darajasiga yetganda ota-onasi fotiha ziyofatini o`tkazishi shart bo`lgan. Fotiha berish marosimiga katta ustalar topshirig`i bilan paykal orqali taklif qilinadi. Ziyofatga kasb rahbarlari bilan domla chaqiriladi. Gap-gashtak tarzida o`tkaziladigan o`tirishlarda dasturxonga shirinliklar, meva-chevalar, qo`yiladi, choy beriladi, issiq ovqat tortiladi (sho`rva, osh va hokazo). Keyin kalatar yangi sarpolar kiyingan shogirdni davraga chaqirib, ustaga va shogirdiga shunday murojat qiladi. «Usta, siz shogirdingizni boqdingiz, kiyintirdingiz, non, tuz va pul berdingiz, shunga rozimisiz?-Roziman;»- deb javob beradi usta. Keyin shogirdidan so`raydi; «Ustaga xizmat qilding , xizmatinga rozimisan?- Roziman!». Shundan keyin usta- shogird o`rtasida suhbat bo`lib o`tadi. Asosan chorvador aholi orasida o`tkazilib kelingan yasa-yusun marosimlari ham diqqatga sazovordir. M.F. Gavrilovning xabar berishicha, bu marosim XVII asrgacha qimizxo`rlik marosimi bo`lgan, keyinchalik tariq va kurmakdan tayyorlangan maxsus ichimlik bo`za ichish bilan almashgan. Bo`zaxo`rlik o`tirishlari 30-40 kishidan iborat bo`lib shu yerda (mehmonxona) uyushtirish yo`li bilan ishtirokchilar tomonidan umumiy harakat har pona (harfidan) yoki navbatma-navbat tartibda qilingan. Marosimda aytiladigan qo`shiqlarda bo`zani ta`riflash va uni tayyorlovchilarga madhimlar aytish mutoyiba, xursandchilik va ko`pni ochishga davlatga qiladigan, ba`zan adolatsizlik va boshqa motivlar o`z ifodasini topgan. o`zbeklarda qish fasli bilan bog`liq boshqa marosim va rasm-rusimlar anchagina bo`lgan. Masalan, birinchi qor yoqqanda «qor xat» tashkil qilib, yaqin do`stu- birodarlariga topshirib, ziyofat qarzini yuklash, ko`p qor yog`ib hech tinmagan paytlarda maxsus udum va marosimlar o`tkazish kabilar hozir unutilish arafasida turibdi. Ijtimoiy - tarbiyaviy harakatlar milliy sport va musobaqalar, jismoniy mashg`ulotlar va o`yinlar o`zbeklarda qadim zamonlardan beri rivojlanib kelgan.Yoshlarni jasurlik, epchillik, chaqqonlik vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qartilgan turli o`yinlar mavjud bo`lgan. Bolalar o`yinlarda asosan mahalliy aholining kasb hunar va mashg`ulotlarda o`z ifodasini topgan. Shuning uchun bolaning o`yinchoqlarida uy-ro`zg`or buyumlari, qishloq xo`jalik asboblari, idish tovoqlar, aravacha, bel ketmon va bolg`a kabilar namoyon bo`lgan. qish paytida yaxmalik va qor o`yinlari yozda ot minish va «uloq», bahor va kuz paytlarida oshiq, koptok, varrak va parparak uchirish, yog`och daraxtlarga osilgan arg`imchoq (xatinchoq, sarinchoq) uchish o`spirinlarning sevimli o`yinlari bo`lgan. O`zbek xalqinig ijtim ioiy, oilaviy milliy va shaxsiy turmushida diniy tasavvurlar ham muhim o`rin tutadi. Din ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgacha xalqimiz milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida jamiyatning , oila va shaxs hayotining barcha joylariga singib ketgan. Uning ildizi eng qadimgi tosh davriga borib taqaladi va keyingi tarixiy taraqqiyot jarayonida turli shaklda namoyon bo`lib kelgan. Fanda qabul qilingan tasnifga binoan ibtidoiy dinning eng qadimgi shakllaridan biri totemizm bo`lib, u ilk urug`chilik jamiyati davrida paydo bo`lgan. Totemizm tushunchasi ayrim shaxsning yoki bir guruh kishilarning , urug` yoki qabilalarning ko`pincha qandaydir bir hayvon yoki o`simliklar bilan, ba`zan jonsiz moddiy buyum yoki tabiat hodisalari bilan g`ayri tabiiy yaqinligi, hatto qon-qarindoshlik aloqasi bor, degan e`tiqodni anglatadi. Bu dinga kiruvchilar o`zi urug`ning barcha a`zolarini muayyan hayvon, o`simlik va boshqa narsadan kelib chiqqan degan tasavvurga tayanadi. Ayrim totemistik tasavvurlar sarqitlarini o`zbeklarning oilaviy maishiy urf - odatlariga hozirgacha uchratish mumkin. Masalan, otga sig`inish va uning go`shtini iste`mol qilishdagi irimlar, muqaddas kishilar va hayvonlar suyagi, tirnog`i pari va hakozolari tumor shaklida ishlatish kabilar totemistik tasavvurlar qoldiqlari ekanligini tadqiqotchilar tomonidan qayd etilgan. Yana bir qadimiy shakllardan Feteshizm din taraqqiyotining barcha pog`onalarida ibodatning muhim elementi sifatida oddiy ilk dinlardan to hozirgacha namoyon bo`ldi. Fetishizm portugaliya fetisho so`zidan tumor, sehrlangan buyum degan ma`noni bildiradi. Fetishizm mohiyati shundaki, dahshatli tabiat yoki barha ijtimoiy kuchlar oldida ojizlik qilgan odam xurofiy qo`rqinch tuyg`ulari asosida qandaydir g`ayri tabiiy kuchdan madad kutadi, uning himoyasiga umid bog`laydi. o`zbeklarda Fetishizm eng yorqin namunasi yomg`ir chaqirish marosimida qo`llanilgan sehrli yontoshdir. Dastlab bu to`g`rida XI asrda Maxmud qoshg`ariy ma`lumot beradi. Uning ta`rificha, turkiy xalqlarda yomg`ir, shamol va boshqalarni talab qilish uchun maxsus toshlar bilan fol ochish odatdir. Bu odat ular orasida keng tarqalgandir. Men buni yagmolar shahrida ko`rdim. Totemistik tasavvurlar va fetishizm bilan bog`liq nihoyatda keng tarqalgan va hozirgacha saqlanib kelgan ilk din shakllaridan yana biri. Magiya (sehrgarlik) hisoblanadi. Magiya yolg`on va ko`zga ko`rinmaydigan sehrli aloqa va ta`sirlarning tabiatga mavjudligiga ishontirish, ayrim hollarda odam bilan tabiat o`rtasidagi munosabatlarga o`zaro ta`sir o`tkazish, bir odamning ikkinchi bir shaxsga ta`sir qila bilish qobiliyatiga ega ekanligidan iborat diniy e`tiqoddir. Bu e`tiqod asosida ayrim odamlar muayyan usul va vositalar orqali tabiatga va boshqa odamlarga o`zi istagan foyda yoki zarar yetkazish mumkin , degan tushunchani hosil qilganlar. Sehrgarlik bilan tabiiy hodisalarni o`ziga bo`ysindirish yoki ayrim shaxslarga ta`sir qilish maqsadida o`tkaziladigan xatti harakatlar va shu bilan shug`ullanadigan shaxslar bizning davrimizga yetib kelgan. hatto hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti zamonida ham sehrgarlik bilan kishilarni davolash, taqdiriga ta`sir qilish mumkin degan tasavvurlarga ega ayrim shaxslarni turli ekstrasenslarni, folbinlik va duo go`ylik bilan shug`ullanuvchi firibgarlarni uchratish mumkin. Ibtidoiy dinlarning ilk shakllaridan biri Animizmdir. Bu nom fanga ingliz etnografiyasi Eduard Teylor tomonidan kiritilgan (lotincha «anima» jon, ruh degani). Ibtidoiy odamlarda dastlab jon va tananing alohida va jonning mustaqil yashashi mumkinligi to`g`risida oddiy tasavvurlar vujudga kelgan.  Ular o`z tanalarining tuzilishi, odamning o`lishi va jasadi bilan bog`liq hodisalarni tushuni olmay jonni mavjud bir narsa deb bilganlar. Boshqa xalqlardagidek o`zbeklarda ham animistik tasavvurlarning tub mohiyati ruhlar qadimiy qardoshlar bilan bog`liq. Uzoq tarixiy davr mobaynida turli tuman diniy tasavvurlar ta`sirida bo`lib kelgan o`zbeklar VIII asr boshlarida arablarning bosib kelishi bilan asta sekin islom diniga o`ta boshladilar. Islom dinini mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda xalq orasida keng tarqalgan qadimiy qo`hna din tasavvurlar, urf - odatlar va marosimlar, ibodat va g`oyalarni o`zida mujassamlashtira boshlagan. Natijada, Payg`ambarning ta`limoti o`rta Osiyo sharoitida bir oz qurama xarakterda namoyon bo`ladi. Ma`lumki islom dini paydo bo`lgandan keyin Muhammad vafotidan keyin musulmonlarga bosh bo`ladigan ham diniy rutba va dunyoviy hokimlik qiladigan munosib xalifaga ehtiyoj tug`ildi. Yangi foyedalizm tuzumi mustabit hukmronlarga muhtoj bo`lganligi tufayli endi yaratilgan arab davlati toj taxti uchun Payg`ambar avlodlari va yaqinlari orasidan kurashish bo`lib musulmonlar «shia» va «su`niy» oqimlariga bo`linib ketdilar. Islom keyingi asrlarda paydo bo`lgan har xil mazhablar asli o`sha davrdagi ma`naviy- ijtimoiy, iqtisodiy ziddiyatlarning muhim oqibat sifatida kelib chiqqan edi. o`zbeklar asosan su`niy mazhabiga e`tiqod qilib kelmoqdalar. Yaqin o`tmishda sovet tuzumi o`rnatilishigacha islom dini hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab olgan. Uning dunyoqarashi, maishiy va madaniy turmushini, huquqiy va oilaviy tartiblarni butun turmush tarzini va shu bilan birga unda qadimiy diniy e`tiqod tasavvurlarning ko`p elementi mujassamlashganligi mahalliy islomning o`ziga xos xususiyatlarini yuzaga keltirgan xatto musulmonchilikning beshta asosiy qoidasi (farz) ni ado etishda o`zbeklar orasida o`ziga xoslik paydo bo`lgan. Dastavval musulmon bo`lishi islomning eng asosiy bosh g`oyasi hisoblangan kalima qaytarish, ya`ni yakka xudolik e`tiqodini tasdiqlovchi sura so`zlarini aytish orqali kishi o`zining shohid, itoat go`y ekanligini isbotlash zarur bo`lgan. qanday ish boshlanmasin mo`min kishi yagona Ollohning rahimdil va shafqatli ekanligini tasdiqlovchi muqaddas so`zlarni aytish shart. Musulmonchilikning ikkinchi(bir sharti ) asosiy vazifasi har kuni majburiy besh vaqt namozni o`qishdan iborat.  Musulmonchilikning muhim vazifasi. Ro`za tutishdir. Bir oy muddat (ramazon oy) ichida go`dak norastalar, sayyohlar va kasallardan tashqari har bir mo`min tong otishdan kun botguncha yeyish ichish, turli maishat va hokazolardan o`zini mahrum qilish va vujudini Olloh taologa bag`ishlashi shart. qurbon hayit musulmonchilikning yana bir muhim sharti - hajga borish vaqtiga to`g`ri keladi. Makkaga ziyoratga borish zulhijja oyining birinchi o`n kunligida bo`lib, Inna vodiysida qurbon bayrami tantanalari bilan tugaydi. Insonning barcha ma`naviy va maishiy faoliyatini qamrab olgan islom mustamlaka davrida kapitalistik munosabatlar sharoitida ham jamiyat taraqqiyotida katta ta`sir qilib kelgan. Duxovskiy ta`rificha, ayrim mahalliy Toshkent kitobfurushlari panislomizm pa panturkizm g`oyalarini hamda turkiy qudratini ko`kka ko`tarib maqtaydigan adabiyotlarni yashirin ravishda tarqatganlar. Bunday g`oyalarni tashviqot qilishda ayniqsa so`fiy mazhab vakillari shayxlar, eshonlar va ularning ko`p sonli muridlari faoliyat ko`rsatganlar. So`fizm o`z izdoshlari nihoyatda kuchli dindorlik va fanatizm tuyg`ularining piriga qat`iyan va o`z irodasini to`la ketishiga tarbiyalangan. So`fiylar davrasida tarqalgan ibora binoan «murid, o`lik, yuvguvchi, qo`li murdaga o`xshashi kerak». Shuning uchun ham musulmon ruhoniylar minglab itoat go`y izdoshlari muridlari bilan qudratli kuchga ega bo`lganlar. So`fizm mafkurasi va ibodati aslida panestik xarakterdagi ta`limot bo`lib genetik jihatdan analizm, shamoniylik, sehrgarlik va duoxonlik kabi ibtidoiy e`tiqodlar bilan uzviy ravishda bog`liq bo`lgan. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak bizning yosh mustaqil Respub-likamizda yangi jamiyat qurishga kirishgan bir vaqtda tarixiy jarayon nihoyatda og`ir murakkab ijtimoiy iqtisodiy vaziyatda o`tmoqda. Shunday murakkab bir vaziyatda konstitutsion davlat o`z kuchini ko`rsatishi zarur. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov aytganidek, O`zbekistonning Davlat mustaqilligiga, hududiy yaqinligiga va xavfsizligiga rahna soladigan milliy va diniy davlatni avj oldiradigan urush va zo`rovonligini targ`ib qiluvchi konstitutsion tizimga, xalqning demokratik erkinligiga va ma`naviyatiga tajovuz qiladigan shaxslar va jamoa harakatlari qonundan tashqari bo`lishi lozim. o`tmishda va hozir ham ma`naviy madaniyatimizning tarkibiy qismi hisoblangan. Islom dini-mizning albatta xulq-atvorimizni, an`anaviy turmush tarzimizni mustahkamlashda xizmatimiz katta. Shuning uchun yangi konstitutsiyamizning 31- moddasi hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. har bir inson xohlamagan diniga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo`l qo`yilmaydi» deb yozilishi juda o`rinli va zamona-viy ruhdagi qoidalar. Foydalangan adabiyotlar : 1. I.Jabborov. o`zbek xalq etnografiyasi T- 1996 . 2. I.Jabborov. Jahon xalqlari etnografiyasi T- 1996. 3. Mural Rustamov.Jahon xalqlari etnografiyasi I-IV-jild. T-1991. 4. O`zbek ensiklopediyasi. 4-16- sonlar: 5. «Jahon dinlari tarixi» Tosh –1996. 6. «Islom tarixi» Tosh-1996. 7. «Xadis» Tosh –1996. 8. I. Jabborov. o`zbek xalqi etnografiyasi T;. «O`qituvchi» nashriyoti 1994 . 9. O`zbekiston xalqlari tarixi T;. Fan nashriyoti 1993.