logo

Meteorologiya, iqlimshunoslik, o‘rmon meteorologiyasi fanlari. Meteorologik kattaliklar va hodisalar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

100.5 KB
Meteorologiya, iqlimshunoslik, o‘rmon meteorologiyasi fanlari. Meteorologik kattaliklar va   hodisalar Reja: 1. Meteorologiyaning predmeti. Iqlimshunoslik. Meteorologik kattaliklar va xodisalar. O‘rmon meteorologiyasi. 2. O‘zbekistonda meterologiyaning rivojlanish tarixi. 3. yerga tutash havo qatlamining tarkibi. O‘rmondagi havo tarkibi. 4. Aerozollar. Atmosferaning ifloslanishi va unga qarshi kurash tadbirlari. 5. Atmosferaning tuzilishi.   1. Yer sharini o‘rab olgan gaz qobig‘ini atmosfera deb ataladi. Yer atmosferasida havoning gorizontal va vertikal yo‘nalishdagi harakatlari, turli xil issiqlik hodisalari, suv bug‘ining kondensasiyasi sababli bulutlar va yog‘inlarning hosil bo‘lishi ro‘y beradi, atmosferada tovush, elektr va yorug‘lik hodisalari kuzatiladi. Atmosferada vujudga keladigan barcha hodisalar o‘zicha yakkalangan (ajralgan) holda emas, balki atmosferaning tuproq, suv, qor va o‘simliklar qoplami sirtidagi jarayonlar bilan uzviy o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Atmosfera bilan issiqlik va namlik almashinish jarayonida o‘zaro ta’sirda bo‘lgan tuproq, suv, o‘simliklar qoplami, qor sirtini taglik sirt deb yuritiladi. Atmosferaning tuzilishi, tarkibi, xossalari va uning taglik sirt bilan o‘zaro ta’siridan vujudga keladigan turli xildagi fizikaviy jarayonlarni o‘rganadigan fanni meteorologiya deyiladi. Meteorologiya geofizika fanlari jumlasiga kiradi. Meteorologiya fanining asosiy vazifasi atmosferada ro‘y beradigan hodisalarni fizika fani nuqtai nazaridan tushuntirishdir. Masalan, turli xil shamollar, bulutlar, yog‘inlar, siklon va antisiklonlarning paydo bo‘lishini fizika fani qonunlari, jarayonlari hamda hodisalari nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Meteorologiya so‘zining o‘zi qadimgi grek tilida «meteor»-osmon hodisasi, «logos»-o‘rganish, bilish degan ma’noni bildiradi. Meteorologiya-ning kattagina bo‘limi alohida fan sifatida iqlimshunoslik nomini olgan. Yer sharining turli tuman mintaqalaridagi iqlimni o‘rganadigan fanni iqlimshunoslik deyiladi. Meteorologiya fani havo tarkibi, zichligi, bosimi, harorati va namligi, nurlanish energiyasi va uning aylanishlari, bulutlar, yog‘inlar, atmosferada havo massalarining vujudga kelishi va ko‘chishi (harakati), dovullar, qora sovuqlar, shamollar, qurg‘oqchilik va boshqa juda ko‘p atmosfera holatini xarakterlaydigan kattaliklar va hodisalarni quruqlik hamda Dunyo okeani sirti bilan o‘zaro bog‘lab o‘rganadi. Atmosfera holatining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan biror fizik jarayonga atmosfera hodisasi deb yuritiladi. Biror joyda aniq vaqt paytidagi yoki vaqt oralig‘idagi meteorologik kattaliklar va hodisalarning majmuasi bilan xarakterlanadigan atmosfera holatiga ob-havo deyiladi. Havo holati va ba’zi atmosfera hodisalarining turlicha xarakteristikalariga meteorologik kattaliklar deyiladi. Meteorologik kattaliklar tushunchasini atmosfera holatlarini miqdor jihatidan tavsiflash uchun kiritilgan. Meteorologik kattaliklarning asosiylari bo‘lib meteorologik stansiyalarda va postlarda kuzatiladigan yoki o‘lchanadigan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi, shamol tezligi va yo‘nalishi, bulut miqdori, yog‘ayotgan yog‘inlarning miqdori va turi, ko‘rinish uzoqligi kabi atmosfera xususiyatlari kiradi. Bu kattaliklarning har birining qiymatini u yoki bu o‘lchov birligida ifodalash mumkin. Masalan, atmosfera bosimini asosan gPa (gektopaskal) birlikda ifodalansa- da, uning mm sim. ustuni va mbar (millibar) birliklari ham qo‘llaniladi. Quyosh radiasiyasi, yer va atmosfera nurlanishi, quyosh yog‘dusining davomiyligi kabi nuriy energiyaning ba’zi xarakteristikalarini, shuningdek turlicha atmosfera hodisalari: chaqmoq, qor bo‘roni (izg‘irin) va boshqalarni ham meteorologik kattaliklarga qo‘shish mumkin. Meteorologik hodisalarga-tuman, yaxmalak, changli bo‘ron, quyun, shudring, qirov va boshqalar kiradi. Ularni sifat jihatdan yoki meteorologik kattaliklar yordamida ifodalash mumkin. Masalan, «quyuq» tuman tushdi yoki 50- 55 m masofani ko‘rish mumkin bo‘lgan tuman tushdi va h.k. Meteorologik kattaliklarning o‘zgarishi atmosfera jarayonlarining taglik sirt bilan o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib, u hududning ob-havo va iqlimini aniqlaydi. Meteorologik kattaliklar va hodisalar o‘zaro bog‘liq, ulardan birortasining o‘zgarishi boshqalarining o‘zgarishini yuzaga keltiradi. Masalan, biror hudud ustida atmosfera jarayonlarining rivojlanishida bulutlik o‘zgarsa, uning o‘zgarishi o‘z navbatida havo harorati va namligi, shamollar, yog‘inlarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Natijada berilgan hudud ob-havosi ham o‘zgaradi. Shuning uchun ob-havo juda tez o‘zgaruvchan va turlicha bo‘ladi. Meteorologik kattaliklarning biror vaqt oralig‘i uchun qiymatlarini meteorologik sharoitlar deb yuritiladi. Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi chambarchas bog‘langan. Biz ob-havo rejimi deganda atmosferada ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlarning bir-biriga yaqin tarzda takrorlanib turishini tushunamiz. Biror joyning geografik joylashuv o‘rni bilan, yuzaga kelgan ko‘p yillik ob- havo rejimiga iqlim deyiladi. Yoki ma’lum bir joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob- havo rejimiga iqlim deyiladi. Biror   hududning har yilgi ob-havosi bir xil takrorlana bermaydi. Ba’zi yillari yoz ancha issiq bo‘lib, qish esa sovuq, boshqa bir yillari esa yoz salqinroq, qish esa iliqroq kelishi va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ma’lum bir   hudud iqlimi deganda ko‘p yillar davomida shu hududda kuzatilgan ob-havo rejimining o‘rtacha qiymatini olishimiz kerak. Meteorologiya fani bir necha bo‘limlardan tashkil topgan. Meteorologiyaning turli mamlakatlar va mintaqalar iqlimining shakllanishi sharoitlarini o‘rganadigan bo‘limini iqlimshunoslik deb atalishini bilamiz. Atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi bilan aerologiya bo‘limi shug‘ullanadi. Bundan tashqari meteorologiyaning bir qator tarmoqlari ham mavjud bo‘lib, ularga: aktinometriya, dinamik meteorologiya, sinoptik meteorologiya, atmosfera optikasi, atmosfera elektri, aerologiya va boshqalar kiradi. Shuningdek biror sohaga xizmat qiladigan tarmoq meteorologiyasi ham mavjud. Ularga aviasiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, kosmik, yadro, dengiz meteorologiyasi kabilar kiradi. Ularni ko‘pincha umumlashtirilib, tatbiqiy (amaliy) meteorologiya nomi bilan yuritiladi. Meteorologiya va iqlimshunoslik bir qator fanlar bilan fanlararo bog‘lanishga ega. Meteorologiya atmosferada sodir bo‘ladigan fizikaviy jarayonlarni o‘rganishi bo‘yicha fizika bilan chambarchas bog‘langan. Meteorologiya o‘simliklar fiziologiyasi fani bilan ham uzviy bog‘langan. Chunki o‘simlik organizmida turli fiziologik jarayonlarning qanday tarzda o‘tishi ob-havo sharoitlariga va uning alohida elementlari qiymatlariga bog‘liq. Meteorologiyaning shuningdek dehqonchilik, ekologiya, sabzavotchilik, mevachilik fanlari bilan ham bog‘lanishlari mavjud. Meteorologik omillar o‘simliklarning hayot faoliyatiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular er ustidagi havo va tuproqning, ya’ni o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi o‘tadigan muhitning fizikaviy holatini aniqlaydi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va ozuqa moddalardan iborat asosiy hayot omillari zarur. O‘simlik uchun asosiy hayot omillarining har biri boshqalari bilan o‘zaro teng ahamiyatga ega. Ularning birini boshqalari bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, o‘simlik vegetasiyasi davrida namlik etarli bo‘lgani bilan yorug‘lik etishmasa o‘simlikning generativ organlari shakllanmaydi. O‘simlikning bargida o‘tadigan fotosintez jarayoni uchun energiya manbai bu bargga tushuvchi yorug‘lik kvantlarining energiyasidir. O‘simlik barcha hayot omillari bilan birgalikda etarlicha ta’minlanganidagina normal o‘sadi va rivojlanadi. O‘simliklarning butun hayot faoliyati muhit ta’sirida o‘tadi. O‘simlikka ta’siri bo‘yicha muhit omillari asosiy – birinchi darajali va asosiy bo‘lmagan – ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Asosiy hayot omillari o‘simlikka bevosita kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Asosiy omillar o‘simlikning butun hayoti davrida va o‘simlik o‘sayotgan barcha yerlarda ta’sir etadi. Asosiy bo‘lmagan muhit omillari – shamol, bulutlik, tuman va boshqalar o‘simlik hayotining ayrim davrlarida va kichik   hududlarda ta’sir qiladi. Asosiy bo‘lmagan muhit omillari asosiy omillarning ta’sirini kuchaytiradi yoki zaiflashtiradi. Masalan, shamol o‘rmon hayotida ko‘p qirrali ahamiyatga ega. Shamol o‘simliklar transpirasiyasiga, havoning tarkibi, aralashishiga, oqimiga ta’sir qiladi. Shamol o‘rmon daraxtlarining changlanishi va urug‘larining tarqalishiga yordam beradi. Ammo kuchli shamollar o‘rmonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tezligi 90-100 km/soat bo‘lgan shamollar-dovullar o‘rmon daraxtlarining ko‘p qismini ag‘darib vayron qiladi. Tezligi 10 m/s gacha shamollar o‘rmonlarga ijobiy ta’sir etsa, tezligi 18 m/s dan oshiq shamollar esa o‘rmonga salbiy ta’sir etadi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zaruriy asosiy hayot omillaridan yana biri issiqlikdir. O‘simliklar issiqlik rejimining asosiy ko‘rsatkichi haroratdan iborat. O‘simliklarning har bir turi uchun havo haroratining shunday intervali borki, unda o‘simlik normal o‘sadi va rivojlanadi. Bu harorat intervalining o‘zidan optimal (maqbul), minimal (eng oz), maksimal (eng yuqori) haroratlar ajratiladi. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay harorat intervalini   optimal harorat t opt   deb ataladi. Muhit haroratining qisqa muddatga bo‘lsa-da minimal harorat t min   dan pasayib yoki maksimal harorat t max   dan oshishi o‘simlikning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tayga o‘rmonlari sharoitida qarag‘ay urug‘i yozda havo harorati 11 0 S dan past bo‘lmagan holatlarda pishadi, harorat undan past bo‘lsa, ular etilib pishmaydi. O‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproqda namlik yetarli bo‘lishi kerak. Tuproq namligi esa lalmi yerlarda yog‘in miqdori va turiga, namning yil davomidagi taqsimotiga va bug‘lanish jadalligiga bog‘liq. O‘simliklarga meteorologik omillar birgalashib, umumlashib ta’sir ko‘rsatadi. Agar bunda har qaysi meteorologik omilning ulushi yetarli bo‘lsa, o‘simlik yaxshi o‘sadi va aksincha. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga bahorgi kechki va erta kuzgi   qora   sovuqlar, qurg‘oqchilik, quruq issiq shamollar va boshqalar ta’sir qiladi. Masalan, bahorgi kechki qora sovuqlar o‘rmon daraxtlarining gullarini nobud qiladi. Natijada kutilgan hosil olinmaydi (grek yong‘og‘i, bodom, handon pista, tog‘ olcha va h.k.). Eman, zarang, yong‘oq, shumtol, kashtan kabi daraxtlar nihollari qora sovuqlarga juda chidamsiz bo‘ladi. O‘simliklar bilan ularning yashash muhiti orasida juda kuchli bog‘lanish va o‘zaro ta’sir mavjud. Agar tashqi muhit sharoitlari o‘zgarsa, bu o‘zgarishlar ta’sirida o‘simlik evolyusiya jarayonida yangi xossalarni o‘zlashtiradi, boshqacha aytganda yangi sharoitlarga moslashadi va kelajak avlodlarning bunday o‘zgarishlarga chidamliligi ortadi. Boshqa tomondan o‘simliklarning o‘zi ham yashayotgan muhit fizik xossalariga ta’sir qiladi. Masalan, o‘rmon tagida yoritilganlik kamayadi, havoning namligi ortadi, shamol kamayadi, yilning iliq davrida havo harorati pasayadi. Bu fikrni kengroq ma’noda aytsak, iqlim o‘rmonga ta’sir qiladi, o‘rmon esa o‘z navbatida iqlimga ta’sir qiladi. O‘rmon meteorologiyasi fani meteorologik elementlar va iqlimning o‘rmon bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fandir. Bu fanni yaxshi o‘zlashtirish kelgusida o‘rmon ixtisosligiga oid «O‘rmonshunoslik» va boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Chunki «O‘rmonshunoslik» fanining o‘rmon biologiyasiga doir bo‘limini o‘tishda o‘rmondagi havo tarkibi va uning o‘zgarishlari, havo harorati va namligi, yorug‘likning o‘rmon daraxtlarining o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri, shamollarning o‘rmonlarga ta’siri, shuningdek qishloq xo‘jaligi uchun noqulay meteorologik hodisalar (qora sovuqlar, qurg‘oqchilik, jala yog‘inlari, qish paytidagi qattiq sovuqlar)ning o‘rmonlarga ta’sirini o‘rganiladi. Shuning uchun talabalar meteorologiya fanining nazariy asoslarini o‘rganishlari va laboratoriya mashg‘ulotlarida asosiy meteorologik elementlarni o‘lchay olish malakasiga ega bo‘lishlari zarur. O‘rmon meteorologiyasidan o‘tiladigan ma’ruzalar va laboratoriya mashg‘ulotlari xuddi shu maqsadlarga xizmat qiladi. Meteorologiya va iqlimshunoslik xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun katta ahamiyatga ega. Chunki ko‘p ishlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ob-havo va iqlimga bog‘liq. Meteorologik omillar qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek meteorologik omillar qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari va zararkunandalarining rivojlanishi va tarqalishiga ta’sir qiladi. Bunday ta’sirning natijalarini o‘rganish qishloq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki ularni o‘rganish asosida ob-havo sharoitlari bilan o‘simliklar orasidagi munosabat ochiq-oydin yuzaga chiqadi. Qanday ob-havo sharoitlari o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishiga qulay, qandaylari qulay emasligi aniqlanadi. Shuningdek qishloq xo‘jaligi uchun xavfli meteorologik hodisalarning tabiatini o‘rganib, ularning zararli ta’sirini butunlay yo‘qotish yoki qisman kamaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ob-havo va iqlimning o‘simliklarga ta’sirini agrometeorologiya fani o‘rganadi. Agrometeorologiya deb meteorologik sharoitlarning o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi, hosilining shakllanishi jarayonlarini, agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda hamda ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fandir. Meteorologik va iqlim omillari o‘rmon xo‘jaligida ham katta ahamiyatga ega. Chunki ular o‘rmon daraxtlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligini ta’minlaydi. Ba’zi yillari o‘rmonlarda zamburug‘ kasalliklari va o‘rmonga zarar etkazadigan hasharotlar rivojlanishi uchun qulay ob-havo sharoitlari yaratiladi. К o‘p turdagi zamburug‘ kasalliklarining rivojlanishiga yilning iliq davridagi namgarchiligi yuqori ob-havo sharoitlari, hasharotlarning tez ko‘payishiga esa quruq ob-havo sharoitlari qulay bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rmon xo‘jaligi uchun o‘rmon meteorologiyasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 2.   Meteorologiya va agrometeorologiya fanlari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Shuning uchun ularning rivojlanishi ham umumiy tarixga ega. Odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlagandan keyin olingan joyning ob-havosi va iqlimi bilan ekinlar hosili miqdori orasida bog‘lanish borligini payqashgan va dehqonchilik ishlarini iqlim sharoitlariga moslab olib borishgan. Atmosfera hodisalarini kuzatish haqidagi dastlabki ma’lumotlarni yunon mutafakkiri Aristotel (384-322) ning birinchi bo‘lib yozgan «Meteorologiya» kitobida bayon qilingan. Bu kitobda o‘sha davrgacha atmosfera hodisalariga doir to‘plangan kuzatishlar natijalarini umumlashtirilgan va ularni tushuntirish bo‘yicha dastlabki intilishlar bayon qilingan. Buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘zining «At- Tafhim» nomli asarida yomg‘ir, shudring qirovlarning hosil bo‘lishini, atmosferada ro‘y beradigan chaqmoq, momaqaldiroq, kamalak kabi hodisalarning sababini ilmiy asosda tahlil qilgan. XYII asrda asosiy meteorologik asboblar: termometr (Galiley 1593), simobli barometr (Torichelli 1643) va barometr-aneroid (Leybnis 1706) kashf qilindi. Bu asboblar kashf qilinganidan keyin meteorologiyada asboblar yordamida kuzatish ishlari rivojlana boshladi, natijada atmosfera bosimi va havo haroratini kuzatish, turli joylarda o‘tkazilgan o‘lchash natijalarini o‘zaro taqqoslash ishlari amalga oshirila boshladi. Rossiyada ob-havoni asboblar yordamida tizimli ravishda kuzatish 1725 yilda hozirgi Sankt-Peterburg shahrida boshlangan. O‘rta Osiyoda dastlabki meteorologik kuzatishlar XX asr boshlarida boshlangan. 1921 yilda Toshkent shahrida Turkiston (1925 yildan boshlab esa O‘rta Osiyo) meteorologiya instituti (Sredazmet) tashkil etildi. Shundan keyin respublikamizda meteorologiya, agrometeorologiya sohasidan ilmiy-tadqiqot ishlari rivojlana boshladi. O‘zbekistonda meteorologiya va agrometeorologiya fanining taraq-qiyotida L.N.Babushkin, A.A.Skvorsov, V.A.Bugayev, I.G.Gringof, F.A. Mo‘minov, A.Q. Abdullayev kabi olimlarimizning xizmatlari katta. Hozirgi kunda respublikamizda meteorologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari O‘zbekiston Gidrometeorologiya ilmiy-tekshirish institutida olib borilmoqda. 3. Biz oldingi mavzudan yer sharini o‘rab turgan havo qobig‘ini atmosfera deb atalishini bilamiz. Atmosferaning butun massasi 5,157·10 18   kg ga teng bo‘lib, yer massasi (5,9787·10 24 kg) ning milliondan bir ulushini tashkil qiladi. Atmosfera butun massasining 50 foizga yaqin qismi yer yuzasidan 5 km gacha, 75 foizi 10 km gacha, 90 foizi 16 km gacha, 99 foizi yer yuzasidan 30-35 km gacha balandliklarga cho‘zilgan qatlamlarda to‘plangan. Bu hisoblardan ko‘rinadiki, yer yuzidan 30-35 km balandlikdan yuqoridagi havo qatlamlarining massasi nihoyatda kam bo‘lib, atmosfera butun massasining 1 foizinigina tashkil qiladi. Atmosfera yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida aylanishida ishtirok qiladi. Bundan tashqari havo yer sirtiga nisbatan gorizontal va vertikal hara-kat qiladi. Atmosferaning yuqoridan aniq chegarasi yo‘q, yuqoriga chiqqan sari havo siyraklasha borib, qalinligi bir necha ming km gacha cho‘zilgan. Atmosfera yerdagi barcha tirik organizmlarning yashash muhitidir (bunga kislorodsiz-anaerob shaklda yashaydigan bakteriyalar kirmaydi.) Insonlar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’yektlari havoning hozirgi vaqtdagi mavjud tarkibiga moslashgan. Atmosferaning yer sirtidan 50-100 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini yerga tutash (yaqin) havo qatlami, yer sirtidan 1000-1500 m balandlikkacha bo‘lgan qatlamini esa chegaraviy yoki ishqalanish qatlami, 1000-1500 m balandliklardan yuqoridagi havo qatlamlarini erkin atmosfera deb yuritiladi. O‘simliklar va hayvonlar yerga tutash havo qatlamining eng pastki qismida yashaydi va yerga yaqin havoning turli fizik xossalari ta’sirida o‘sadi va rivojlanadi. Atmosferani tashkil qilgan gazlarning mexanik aralashmasiga havo deb yuritiladi. Havoni tashkil qilgan asosiy gazlarga azot (N 2 ), kislorod (O 2 ), argon (Ar), karbonat angidrid gazi (SO 2 ) lar kiradi. Bundan tashqari havo tarkibida asosiy bo‘lmagan juda oz miqdordagi kripton (Kr), ksenon (Xe), geliy (Ne), vodorod (N 2 ), ozon (O 3 ), yod (J 2 ), radon (Rn), metan (SN 4 ), ammiak (NH 3 ), is gazi (SO), oltingugurt (IY) oksid (SO 2 ), vodorod peroksid (N 2 O 2 ) va boshqa gazlar bor. Atmosfera tarkibida yuqorida aytilganlardan tashqari muallaq holatdagi tabiiy yoki sun’iy (antropogen) ravishda kelib chiqqan qattiq va suyuq zarrachalar bor. Ular   aerozollar   deb yuritiladi. Quruq havo deb tarkibida suv bug‘i bo‘lmagan havoga aytiladi. Suv bug‘i, chang va boshqa aralashmalardan tozalangan va yer yuziga yaqin joylashgan quruq havo tarkibida hajmga nisbatan azot 78,08 % ni, kislorod 20,95% ni, argon 0,93% ni, karbonat angidrid gazi 0,033 % ni tashkil qiladi. Demak, asosiy gazlar (N 2 , O 2 , Ar) havo tarkibining 99,96 foizini, boshqalarning hammasi esa 0,04 foizni tashkil qiladi. Atmosferaning pastki qismida har doim gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda havo massalarining harakati ro‘y berib turganligi uchun havo yaxshi aralashib turadi. Natijada atmosferaning pastki qismida (25 km balandlikkacha) butun yer shari sirti bo‘ylab havo tarkibi bir xil saqlanadi. Real sharoitda havo tarkibiga yana suv bug‘i ham kiradi. Shuning uchun havo har doim oz yoki ko‘p darajada namlangan bo‘ladi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi, suv bug‘i va ozon miqdorlari o‘zgaruvchan va muhim ahamiyatga ega. Ular nuriy energiyani yaxshi yutadi va shuning uchun yer sirti va atmosferaning harorat rejimiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Havo tarkibidagi karbonat angidrid gazi, ozon va suv bug‘larining miqdori vaqtga nisbatan va geografik kenglikka qarab o‘zgaradi. К arbonat angidrid gazi odamlar va hayvonlarning nafas chiqarishida, mineral yoqilg‘i (ko‘mir, neft, tabiiy gaz)larning yonishida, organik moddalarning chirishi va parchalanishida ajraladi, hamda turlicha sabablarga ko‘ra atmosferaga ko‘tariladi. Natijada yillar o‘tgan sari atmosferadagi SO 2   miqdori asta-sekin orta boradi. Ammo o‘simliklar fotosintez jarayonida havodan SO 2 ni yutib, uning atmosferadagi miqdorining oshib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Insonlar sanoatning turli tarmoqlarida energiyaning qaytadan tiklanmaydigan manba (ko‘mir, neft, tabiiy gaz) larini qanchalik ko‘p yoqib ishlatsa, atmosferadagi SO 2   gazi miqdorining ortishi ham tezlashadi. К eyingi 70-80 yillar davomida atmosferadagi SO 2   ning ulushi 1900 yildagi 0,029 % dan, 1980 yilga kelib 0,033 % gacha oshgan yoki uning ulushi shu o‘tgan davrda 10-12 % ga ko‘paygan. Agar havodagi SO 2   miqdori 0,1 % gacha oshsa, odamlarning nafas olishi juda qiyinlashadi. Ma’lumotlarga qaraganda 1987 yili butun dunyo davlatlari atmosferaga faqat SO 2   ning o‘zidan 22 mlrd.t. chiqargan, shuning 23 %ini-AQSh da, 19 % ini- sobiq SSSR da, 13 % ini -   ‘arbiy Yevropada, 8,7 % ini – Xitoyda, 7% ini Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, 23 % ini qolgan barcha davlatlar tomonidan chiqarilgan. Atmosfera quyoshning nuriy energiyasini yerga tomon miqdor jihatdan bir oz kamaytirib o‘tkazadi. Ammo atmosferadagi SO 2   gazi yer yuzining uzun to‘lqin uzunlikli infraqizil nurlanishini yutib, atmosferadan tashqariga chiqarmaydi. Boshqacha aytganda, SO 2   gazi ham issiqxona oynasi kabi vazifani bajarib, atmosferada «issiqxona effekti»ni vujudga keltiradi va yerning nurlanish sababli ortiqcha sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan atmosferadagi SO 2   gazi miqdori ko‘paygan sari yerning isishi kuchayadi degan xulosani ayta olamiz. Ma’lumotlarga qaraganda XXI asrda yer sirtidagi   havoning o‘rtacha harorati o‘tgan asr oxiridagiga nisbatan 2020 yillarda 2,5 0   ga, 2050 yillarda esa 3-4 0   ga oshishi kutilmoqda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa insonlar atmosferadagi SO 2   miqdorini kamaytirish choralarini jiddiy ravishda amalga oshirishi zarur. yerning ortiqcha isishi quruqlik, dengiz va okean muzliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Muzliklarning me’yoridan ko‘p erishi sababli maydoni kamayadi, shuningdek abadiy muzgarchilik hududlar maydoni ham qisqaradi. Natijada toshqinlar ko‘payib, insonlar hayotiga juda katta iqtisodiy zarar keltiradi. Masalan, keyingi yillarda Evropada, jumladan Fransiyada kuchli toshqinlar ro‘y berib, aholiga juda katta zarar etkazdi. Umuman olganda, havo tarkibidagi karbonat angidrid gazining ortishi, kislorod miqdorining kamayishidan tirik organizmlar zarar ko‘radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi va boshqa fiziologik funksiyalarning buzilishiga olib keladi. Havo tarkibidagi suv bug‘i okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, katta- kichik anhorlar, suv havzalari, nam tuproq, o‘simliklarning bug‘lanishi (transpirasiyasi)dan hosil bo‘ladi va havoning issiqlik konveksiyasi va turbulentligi yordamida atmosferada bir muncha balandliklargacha ko‘tariladi. Bunda balandlik oshgan sari suv bug‘i miqdori kamaya boradi. Er yuzidan 10-15 km balandlikda suv bug‘ining miqdori juda ham kamayib ketadi. Erga yaqin havodagi suv bug‘ining miqdori eng ko‘pi bilan atmosfera umumiy hajmining 4% igacha ortadi. Uning o‘rtacha miqdori qutb kengliklarida 0,02%, tropik kengliklarda esa 2,5% ga teng. Suv bug‘ining atmosferadagi biror balandlikda kondensasiyasi va sublimasiyasi natijasida bulutlar paydo bo‘ladi va sharoit etarli bo‘lganda bulutlardan u yoki bu turdagi yog‘inlar yog‘adi. Bundan tashqari suv bug‘i infraqizil radiasiyani yaxshi yutadi va o‘zi ham uzun to‘lqin uzunlikdagi infraqizil nurlarni chiqaradi. Suv bug‘i (umuman atmosfera) nurlanishining Erga tomon yo‘nalgan qismi, kechasi Er sirtining uzun to‘lqinli nurlanishdan sovishini kamaytiradi. Suvning bug‘lanishida energiya sarflanadi, yoki bug‘lanayotgan suyuqlik soviydi, natijada uning ustidagi havo qatlamlari ham soviydi. Suv bug‘ining kondensasiyasi va sublimasiyasi hodisalarida esa, aksincha issiqlik ajraladi. Bulutli kunlari havoning bir muncha iliq bo‘lishining sababi ham shunda. Atmosfera havosi tarkibining yana bir o‘zgaruvchan qismi uch atomli kislorod molekulalari (O 3 )dan tashkil topgan ozon gazidan iboratdir. Ozon rangsiz, o‘tkir hidli gaz. Uning atmosferadagi umumiy massasi 3,2•10 12 kg ga teng va atmosfera butun massasi (5,157•10 18 kg)ning 6•10 -7 % ulushini tashkil qiladi. Atmosfera tarkibida ozonning miqdori g‘oyat oz bo‘lishiga qaramasdan yerdagi organik hayot uchun uning ahamiyati juda katta. Ozon atmosferada yer yuzidan 70 km balandlikkacha uchraydi, ammo uning eng ko‘p miqdori atmosferaning er yuzidan 20-55 km balandliklardagi qatlamlarida to‘plangan. Ozonning atmosferadagi taqsimoti g‘oyat qiziq. Yuqorida ko‘rsatganimizdek yer yuzida uning miqdori juda oz. Balandlik oshgan sari uning miqdori (yoki zichligi) orta borib, 20-26 km balandliklarda maksimal qiymatiga erishadi. So‘ngra uning miqdori balandlik bo‘ylab yana kamaya boshlaydi va yer yuzidan 70 km balandlikda esa deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Ozonning 0-70 km qatlamdagi o‘rtacha zichligi 9•10 -8   kg / m 3   (yoki 90mkg/ m 3 ), maksimal zichligi esa 6•10 -7   kg/m 3   (yoki 600 mkg/m 3 )ga teng. К isloroddan ozonning hosil bo‘lish jarayoni atmosferaning 70 dan 15 km gacha qatlamlarida kislorod molekula (O 2 )lariga quyosh ultrabinafsha radiasiyasining fotokimyoviy ta’siri natijasida vujudga keladi. Bu jarayonda ikki atomli kislorod (O 2 ) molekulalarining bir qismi atomlarga parchalanadi (dissosiasiyalanadi) va bu uyg‘ongan atomlar saqlanib qolgan (dissosiasiyalanmagan) boshqa O 2   molekulalari bilan birikib O 3   (ozon) molekulasini hosil qiladi. Ayni shu vaqtda ozonning spektr ultrabinafsha, binafsha va ko‘rinadigan qismlarida nur yutishi natijasida teskari jarayon-ozonning kislorod molekulasi va atomlariga parchalanish jarayoni ham ro‘y beradi. Agar ozon hosil bo‘lish jarayoni, ozonning parchalanishidan afzal bo‘lsagina atmosferada ozon miqdori ortadi. Ozon molekulalarining parchalanishi boshqacha yo‘l bilan ham o‘tishi mumkin. Masalan, ozon molekulalari o‘zaro bir-biri bilan yoki O 2   molekulalari bilan to‘qnashuvida ham ro‘y beradi. Bunda ozon molekulalarini parchalash tezligi haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat oshgan sari tezlashadi. Ozonning atmosferada 15 km dan pastki qatlamlarga o‘tishi yuqori qatlamlarning pastki qatlam bilan aralashuvidan kelib chiqadi. Ozon miqdorining balandlik bo‘ylab ortishi (26 km gacha) atmosfera tarkibidagi azot va kislorod ulushiga ta’sir qilmaydi, chunki ozonning miqdori ularning miqdoridan juda – juda oz. Agar ozonning umumiy miqdorini O   0 S haroratda normal bosim (1013 gPa)da to‘plansa, hosil bo‘lgan ozon qatlamining qalinligi o‘rtacha 3 mm ga teng bo‘lar edi (uni ozon qatlamining keltirilgan qalinligi deb yuritiladi). Ozon qatlamining keltirilgan qalinligi maksimumi bahorda, minimumi esa kuz va qishda ro‘y beradi. Bunda geografik kenglik ortgan sari maksimum qiymat keyinroq muddatlarga surila boradi. Ozon 0,22-0,29 mkm to‘lqin uzunlikdagi ultrabinafsha radiasiyani to‘liq yutadi. Shuning uchun ham to‘lqin uzunligi   λ q0,29 mkm dan kichik quyosh ultrabinafsha radiasiyasi atmosferada yutilib yer yuziga etib kelmaydi. To‘lqin uzunligi λ <0,29 mkm dan kichik ultrabinafsha radiasiya yuqori biologik aktivlikka ega bo‘lib, tirik organizmlarni halokatga olib borish ta’sirini ko‘rsatadi. Yer yuziga to‘lqin uzunligi 0,29 mkm dan 0,39 mkm gacha bo‘lgan ultrabinafsha radiasiyaning atmosferada yutilishidan qolgan juda oz qismgina etib keladi. Shundan qilib, atmosferadagi ozon qatlami to‘lqin uzunligi   λ <0,29 mkm ultrabinafsha radiasiyani kuchli yutib, uning zararli ta’sirida er yuzidagi tirik organizmlarni saqlaydi. Ozon qatlamining muhim ahamiyati xuddi shunda o‘z ifodasini topgan. O‘rmon qoplami tagida karbonat angidrid gazi va suv bug‘i miqdori ochiq daladagiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. O‘rmonlarda yerga yaqin havo qatlamida SO 2   gazining miqdori 0,06 % gacha etishi, hattoki undan ortishi ham mumkin. Uning miqdori balandlik ortishi bilan kamayadi. Daraxtlar shoxlari orasida uning miqdori me’yordagi miqdori (0,033%)ga yaqinlashadi, hattoki undan kamayishi ham mumkin. Daraxtlar shoxlari orasida karbonat angidrid gazining kamayishiga sabab, uni shoxlardagi barglarning yutishidir. Bir gektar erdagi qarag‘ayzor har yili 9 t (tonna) karbonat angidrid gazini yutadi va 7,5 t kislorod ishlab chiqaradi. Bir gektar yerdagi emanzor bir yilda 18 t SO 2   ni o‘zlashtiradi. Bir gektar yerdagi saksavulzor bir yilda 1530 kg SO 2   ni o‘zlashtiradi va 835 kg kislorod ishlab chiqaradi. Shuning uchun o‘rmonzorlar tabiiy kislorod fabrikasi hisoblanadi. Yerga tutashgan havoning karbonat angidrid gazi bilan boyitishga o‘rmon to‘shagining chirishi va tuproqdagi organik qoldiqlarning parchalanishi sabab bo‘ladi. Bu jarayonning jadalligi ob-havo sharoitlari, o‘rmon turlari va boshqa omillarga bog‘liq. Shuning uchun o‘rmondagi karbonat angidrid gazining miqdori bir muncha o‘zgarib turadi. O‘rmon pardasi tagida suv bug‘ining miqdori daladagiga nisbatan oshiq, chunki daraxtlar ko‘p miqdordagi suvni bug‘lanadi. O‘rmon qoplami tagidagi SO 2   va suv bug‘i miqdorining daladagi nisbatan oshiqligining yana bir sababi, o‘rmonlarning yomon shamollanishidan iboratdir. O‘rmondagi havo almashinish ochiq daladagiga nisbatan ancha zaif. O‘rmonda odatda havo sokin bo‘ladi. O‘rmonzorlar havosida uchib yuruvchi mikroorganizmlar ham bor. O‘rmonzorlar havosidagi mikroorganizmlar soni shaharlardagiga nisbatan 100- 300 marta kamdir. O‘rmon havosida uchib yuruvchi har xil kimyoviy moddalar ham bor. Ular o‘simliklarning erdan ustki va tuproq ostidagi organlaridan ajraladi. Uchib yuruvchi moddalarning ba’zilari inson sog‘ligiga foydali bo‘lsa, ba’zilari zararlidir. Shulardan hasharotlarga, har xil bakteriyalarga, qo‘ziqorinlarga, mikro va makro organizmlarga ta’sir qiluvchilarini   fitonsidlar   deyiladi. Masalan, ryabina, cheremuxa, evkalipt, sassiq daraxt barglari chivinlarni o‘ldiradi. Eman, zarang juda kuchli fitonsidlik, oq qayin, oddiy archa, tog‘ terak, o‘rmon yong‘og‘i kuchli fitonsidlik xususiyatiga ega. Fitonsidlarni o‘rmon daraxtlari ajratadi. Fitonsidlar o‘rmonlarda, ayniqsa igna bargli o‘rmonlarda ochiq daladagiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. 4.   Atmosferada muallaq holatda mavjud bo‘lgan qattiq va suyuq holatdagi zarralarga aerozollar deyiladi. Atmosfera, aerozollarning borligi sababli doimo oz yoki ko‘p darajada ifloslangan bo‘ladi. К elib chiqishiga qarab aerozollar quyidagi turlarda uchraydi: Tabiiy aerozollar. Ularga suv tomchilari va muz kristallari, tutun, qurum va chang zarralari, tuz zarralari, atmosferadagi turli-tuman bakteriyalar, o‘simliklar guli changlari va boshqalar kiradi. Insonlarning xo‘jalik faoliyati natijasida (antropogen) hosil bo‘lgan aerozollar. Ularning asosiylariga azot oksidlari, ammiak, uglerod oksidi, ftor, ftoridlar, oltingugurt dioksidi, oltingugurt uglerodi, vodorod ftoridi (freon), oltingugurt oksidi va boshqalar kiradi. Industrial rivojlangan rayonlarda havo tarkibida inson va hayvonlar sog‘ligiga, o‘simliklarga har xil ta’sir ko‘rsatadigan gazlar aralashmalari bor. Bu erlardagi o‘rmonlar noziklashib ketgan, zaharlangan. Bunday rayonlarda o‘rmonlar qurib qolmoqda. К orxonalardan hamda avtomashinalardan chiqadigan gazlar daraxtlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Muhim ifloslantiruvchilar qatoriga changlar ham kiradi. Ba’zi gazlar ta’sirida o‘simliklar o‘z barglarini vaqtidan ilgari to‘kadi, har xil kasalliklarga duchor bo‘ladilar. Gaz bilan zararlangan o‘simlik qismlari (barglari, novdalari, gullari) to‘kilib tushadi yoki juda maydalashib ketadi. Igna barglari esa 2-3 yilda to‘kiladigan holga kelib qoladi. Daraxtlar tepa qismidan quriy boshlaydi, har xil hashoratlar paydo bo‘ladi. Zararli gazlarga daraxt turlarining chidamliligi har xil bo‘ladi. Gazga eng chidamli daraxtlarga qarag‘ay, g‘arb biotasi, oq akasiya va boshqalar kiradi. Gazga chidamsiz turlarga qrim qarag‘ayi, kashtan va boshqalarni   qo‘shish mumkin. Atmosfera havosini tozalashda o‘simliklarning xizmati katta. Chunki o‘simliklarning ko‘pchiligi atmosfera gazlarini, shu jumladan zaharli gazlarni yutib ularning havodagi miqdorini kamaytiradi. Ammo atmosferani o‘rmonzorlar, turli-tuman daraxtlar yordamida tozalash jarayoni sekinlik bilan boradi. Daraxtzorlar ko‘p erlar havosida karbonat angidrid gazi kamroq, kislorod miqdori esa ko‘proq bo‘ladi. 5.   Yer sirtidan hisoblangan balandlik oshgan sari havo zichligi, havo bosimi, havo harorati va boshqalar o‘zgaradi, boshqacha aytganda atmosfera balandlik bo‘ylab bir jinsli emas. Shuningdek atmosfera gorizontal yo‘nalishda ham bir jinsli emas. Hozirgi vaqtda havo haroratining balandlik bo‘ylab o‘zgarishiga qarab atmosferani 5ta asosiy qatlamga ajratiladi. Ularning orasida esa 4 ta oraliq qatlam joylashgan. (1-rasm) Troposfera.   Atmosferaning yer yuzasi ta’siri seziladigan quyi, asosiy qismiga troposfera deb yuritiladi. Uning qalinligi qutbiy kengliklar ustida 8-10 km.ga, o‘rta kengliklar ustida 10-12 km ga, tropik kengliklar ustida 16-18 km gacha cho‘zilgan. Troposferaning qalinligi yil fasllariga, joyning geografik kengligiga va havo sirkulyasiyasi xarakteriga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Biror kenglikning o‘zida troposferaning yuqori chegarasi yozda ko‘tariladi, qishda esa pasayadi. Troposferada havoning butun massasining 80 foizi va suv bug‘larining deyarlik hammasi joylashgan. Troposferada bulutlarning asosiy turlari vujudga keladi. Troposferada halq xo‘jaligi faoliyatiga ta’sir etuvchi yog‘in, tuman, momaqaldiroq, yer ustida qor bo‘roni-izg‘irin sodir bo‘ladi. Troposfera quyi qatlamlari uchun havoning kuchli changlanishi xosdir. Troposferada havo massalari uyushadi, frontlar tashkil topadi. Siklonlar va antisiklonlar rivojlanadi. rasm.   Atmosferaning tuzilishi. 1-dengiz sathi, 2-patsimon bulutlar, 3-to‘p-to‘p bulutlar, 4-qatlamsimon bulutlar.   Troposferada yer yuzidan balandlik oshgan sari havo harorati pasaya boradi. Unda har 100 m ga vertikal ko‘tarilganda havo harorati o‘rtacha 0,65 0   S ga pasayadi. Ekvator ustida troposferaning yuqorigi chegarasida harorat o‘rtacha –70 0 S atrofida bo‘lsa, shimoliy qutb ustida troposferaning yuqori chegarasidagi havo harorati qishda –65 0 S va yozda –45   0 S ga teng bo‘ladi. Stratosfera.   Troposfera ustida qutbiy kengliklarda 8-10 km, ekvator yaqinida esa 16-18 km dan to 50-55 km balandlikkacha cho‘zilgan atmosfera qatlamiga stratosfera deyiladi. Bu qatlamining pastki qismida harorat balandlik bo‘ylab deyarli o‘zgarmay qoladi, ammo balandlik 25 km dan oshgandan keyin harorat sekin orta borib, bu qatlamning yuqori chegarasida yillik o‘rtacha harorat 0 0 S gacha etadi. Troposferadan stratosferaga o‘tish qatlamini   tropopauza   deb yuritiladi, uning qalinligi bir necha yuz metrdan 1-2 km gacha etadi. Stratosfera qatlamining quyi chegarasi-tropopauza balandligi geografik kenglik, yil vaqti va siklon faoliyatiga qarab o‘zgaradi. Stratosferaning 20-55 km balandliklarida ozon gazi bor bo‘lganligi uchun havo harorati orta boshlanadi, chunki ozon gazi ultrabinafsha nurlarni yaxshi yutganligidan stratosferaning harorati ortadi. Mezosfera.   Stratosfera ustida joylashgan taxminan 50-85 km orasidagi, quyi chegarasida harorat 0 0 S va yuqori chegarasida –90 0 S gacha pasayadigan atmosfera qatlamini   mezosfera,   stratosferadan mezosferaga o‘tish qatlamini esastratopauza   deb yuritiladi. Termosfera.   Mezosfera ustida joylashgan qatlam termosfera 800 km balandlikkacha cho‘zilgan. Bu qatlamda ham havo harorati balandlik bo‘yicha ortadi va bu qatlamning yuqori chegarasida 2000 0 S gacha etadi. Ammo bundan termosfera shunday issiq ekan degan xulosa qilish kerak emas. Bunday yuqori harorat gaz molekulalari ilgarilanma harakatining kinetik energiyasini xarakterlaydi, xolos. Mezosferadan termosferaga o‘tish qatlamini   mezopauza   deyiladi. Termosferada havo juda kuchli ionlashgan bo‘ladi, shuning uchun uning elektr o‘tkazuvchanligi troposferanikidan milliardlar martacha katta. Termosferaning eng yuqorisidagi o‘tish qatlamini   termopauza   deyiladi. Ekzosfera. 800-1000 km dan yuqoridagi atmosfera qatlamlarini ekzosfera (tashqi atmosfera) deb yuritiladi. Bu qatlamda gaz zarrachalari tezliklari, ayniqsa engil gazlar zarrachalari tezliklari juda katta bo‘ladi. Atmosferada elektr o‘tkazuvchanligi juda yuqori bo‘lgan qatlamni   ionosfera   deyiladi. Musbat molekulyar va atomar ionlar hamda erkin elektronlar aralashmasi nisbatan yuqori bo‘lgan 50-80 km balandlikdan bir necha yuz (taxminan 400 km) gacha cho‘zilgan atmosfera qatlami ionosferani tashkil qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Xromov S.P. Meteorologiya va klimatalogiya giyagrafik fakultetlar uchun. L.Gidrometizdat 455 b 2. Vitkevich V.I. Selskoxozyaystvennaya meteorologiya. -M.: К olos, 1966. -383 s. 3. Guralnik I.I., Dubinskiy G.P.,Larin V.V., Mamikonova S.V. Meteorologiya. - L.: Gidrometeoizdat, 1982. -440s. 4. Glazirin G.E., Chanisheva S.G., Chub V.E. O‘zbekiston iqlimining qisqacha ocherki. –Toshkent, O‘OITGMI, 1999. -31 b. 5. Jo‘raev O.J., A’zamov A.A., Tog‘aymurodov Y.T. Meteorologiyadan izohli lug‘at. -T.: Xalq merosi, 2002. -415 b. 6. Jo‘raev O.J., Mo‘minov O.F., A’zamov A.A., Bilyalov R.B., Tog‘aymurodov Y.T., Yuldasheva I.A. Ruscha o‘zbekcha meteorologik lug‘at (atamalar, tushunchalar). -Toshkent. O‘OITGMI, 1998. -250 b. 7. Zvereva R.Yu., Arg‘inboev H.A. Agrometeorologiyadan amaliy mashg‘ulotlar. -T.: Mehnat, 1989. -112 b. 8. К obisheva N.V., К ostin S.I., Strunnikov E.A. К limatologiya.-L.: Gidrometeoizdat, 1980. —344 s. 9. Muhtorov T.M. Ertangi kun Ob-havosi. Toshkent- O‘OITGMI, 1999-154 b. 10. К ostin S.I. К ratkiy kurs meteorologii i klimatalogii dlya lesovodov. -L.: LTA: 1971. -185 s. 11. Xonnazarov A.A. O‘rmonshunoslik.–Toshkent, 2000.–94 b.