logo

Donli ekinlarni o’g’itlash tizimi. Sabzavot ekinlarini o’g’itlash. Mevali daraxtlarni og’itlash tizimi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

86 KB
Donli e k inlarni o’g’itlash tizimi. Sabzavot e k inlarini o’g’itlash. Mevali daraxtlarni og’itlash tizimi Reja: 1. BOR va tokzorlarni o’g’itlash. 2. Mevaln daraxtlarni o’g’itlash. 3. Tutzorlarni o’g’itlash. 4. Sabzavot ekknlari oziqlanishining o’ziga xos tomonlari. 5. Mineral va mahalliy o’g’itlarni qullash. 6. Sabzavot ekinlarini (karam, pamndor, bodrnng, sabzi va piyozni ) o’g’itlash. 7. Poliz ekinlarini o’g'itlash. 8. K artoshkani o’g’itlash. 9. Kuzgi bug’doy va javdarni o’g’itlash. 10. Bahorgi don ekinlarini o’g’itlash. 11. Makkajuxorini o’gitlash. 12. Dukkakli don ekinlarnni o’g’itlash. 13. Sholini o’g’itlash Kuzgi don ekinlari barqaror mo’l hosil beradi va o’g’itlarga nihoyatda talabchanligi bilan xarakterlanadi. Kuzgi bug’doy kuzgi javdarga qaraganda neytral reaksiya muhitiga va tuproq unumdorligiga bir muncha talabchan. Kuzgi bug’doy va kuzgi javdar tovar mahsuloti birligi hisobiga erdan chiqib ketadigan oziq elementlar jihatidan bir - biriga yaqin turadi. Lekin bug’doyning qiyin eriydigan birikmalaridan oziq elementlarini o’zlashtirib olish xususiyati javdarnikiga qaraganda kamroq, shuningdek, vaqtinchalik bo’ladigan past haroratga va qurgoqchilikka ham unchalik bardosh bera olmaydi. Kuzgi don ekinlari tuplanish davrigacha oziq moddalarni u ncha ko’p talab qi lmaydi, lekin ular, ayniqsa fosforning tankisligiga o’ta sezgir. Urug’ unib chiqqandan toki nihollar qishlovga kirguncha eng ma’suliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda etarli miqdorda oziq moddalar bo’lishini taqozo qiladi. Kuzgi ekinlar yaxshi o’sib rivojlanish, qishlashi uchun kuzda fosforli kaliyli o’g’itlarni ko’proq, azotli o’gitlarni kamroq qo’llash kerak. Ayni hol o’simliklarning yaxshi tuplanishiga, baquvvat ildiz otipsh, tanasida ko’p miqdorda qand moddalar tuplashiga va albatta sovuqqa chidamligi opshshiga yordam beradi. Kuzgi don ekinlariga o’g’itlash me’yorini belgilashda ulardan olinadigan hosil miqdori, o’tmishdosh ekin va tuproq - iqlim sharoitlari hisobga olinadi. Madaniylashtiralgan, oldingi ekin yaxshi o’g’itlangan va ko’p yillik o’tlardan bo’shagan dalalarda o’stiriladigan kuzgi ekinlarga fosfor kaliyli o’g’itlarning hammasi faqat azotli o’g’itlarni ozginasi kuzda solinadi. Azotning asosiy qismi bahorda qo’shimcha oziqlantirishda beriladi. Agar kuzgi ekinlarga go’ng solinadigan bo’lsa, kuzda azotli va kaliyli o’g’itlar berilmasa ham bo’ladi (mexanik tarkibi engil kam unum erlar bundan mustasno). Bahorgi don ekinlari ichida bahorgi bug’doy va arpa nisbatan unumdor, muhiti mo’tadil yoki mo’’tadilga yaqin tuproqlarda yaxshi o’sib rivojlanadi. Bu ekinlarning hosildorligi issiqlik rejima uncha yaxshi bo’lmagan ogir mexanikaviy tarkibi tuproqlarda va shuningdek, engil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda keskin kamayadi. Sulining ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lib, bahori bug’doy va arpanikiga nisbatan tuproqning ancha chuqur qatlamlariga tushib boradi. U tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni ham nisbatan ko’proq o’zlapggirish qobiliyatiga ega. Bir tonna don (shunga mos miqdorda somon) bilan bahorgi don ekinlari tuproqdan quyidagicha miqdorda oziq moddalarni olib chiqib ketadi. Bahorgi bug’doy - 27 kg azot, 12 kg fosfor, 25 kg kaliy. Arpa - 27 kg azot, 11 kg fosfor, 24 kg kaliy. Suli - 30 kg azot, 13 kg fosfor, 29 kg kaliy. Bahorgi don ekinlari uchun beda, dukkakli don ekinlari va o’g’itlangan kuzgi donli ekinlar yaxshi o’tmashdosh hisoblanadi. Bahorgi donli ekinlar uchun birinchi navbatdagi oziq elementa azot hisoblanadi. Ikkinchi o’rinda fosfor turadi. Engil mexanikaviy] tarkibli tuproqlarda kaliyning ahamiyati katta. Barcha tuproq iqlim! mintaqalarida bahorgi don ekinlari ekish bil ai gektariga 10 kg fosforni superfosfat yoki ammofos shaklida qo’llash yaxshi natija beradi. Fosforli kaliyli o’g’itlarning asosiy qismi kuzgi shudgor ostiga berilgani ma’qul. Gektaridan 3,5 t - 4,0 t hosil olish uchun bo’z tuproqlar mintaqasida 100 - 120 azot, 80 - 90 kg fosfor, 50 - 60 kg kaliy qo’llaniladi. Makkajo’xori don va ko’k poya uchun ekiladi. Unga kuzgi don ekinlar va uning o’zi yaxshi o’tmishdosh hisoblanadi. Makkajo’xori tuproqning oziq rejimiga o’ta talabchan bo’lib, govak va mexanikaviy tarkibi og’ir bo’lmagan tuproqlarni xush ko’radi. Tuproq muhiti mo’’tadal yoki mo’ttadvlga yaqin bo’lganda yaxshi o’sib rivojlanadi. Ildiz tizimining asosiy qismi tuproqning xaydalma qatlamida tarqaladi. Oziq moddalarii butush o’suv davrida talab qiladi. Makkajo’xori 10 ts don va shunga muvofiq qiladigan oraliq mahsulotlar bilan tuproqdan 34 g N 12 kg RgO 5 va 37 kg K 2 O 10 s ko’k poya bilan esa 25 kg azot, 12 kg fosfor va 45 kg kaliyni olib chikib ketadi. Makkajo’xori mahalliy o’g’itlarga juda talabchan. Sug’oriladigan dehqonchnlik sharoitlarida namlik me’yorida bo’lsa, azotli o’g’itlarning asosiy qismi tuproklarni ekishga hozirlash paytida beriladi. Fosforli va kaliyli o’g’itlar kuzgi shudgor ostiga kiritiladi. Tuproqda kaliy etishmagan hollarda makkajo’xori yotib qoladi. Dukkakli don ekinlar boshqa gurux don ekinlaridan farq qilib, atmosfera azotini fiksasiyalash va tuproqdagi qiyin o’zlashtiriladigan fosforli birikmalarni o’zlashtirish qobiliyatiga ega. Dukkakli - don ekinlar bir metr va undan ham chuqurroq ketadigan o’q ildizga ega. Dukkakli don ekinlaridan no’xat, o’ris no’xat, vika, soya, mosh, loviya, lyupin va boshqalar aholi va chorva mollari uchun zarur bo’lgan oqsil muammosini xal etishda muhim ahamiyatga ega. Ular doni va poyasi (poxodi) tarkibida oqsil miqdorining ko’pligi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi. Dukkakli - don ekinlar barcha hayotiy sharoitlar me’yorida bo’lganda, tarkibidagi yalpi azotning taxminan oz qismini atmosferadan va x / 2 qismini tuproqdan o’zlashtiradi. Dukkakli - don ekinlar atmosfera azotini fiksasiyalash qobiliyatiga ega bo’lganligi sababli ular ko’proq fosforli va kaliyli o’g’itlarga kuchli extiyoj seziladi. Barcha omillar me’yorida, tuproq unumdorligi yuqori bo’lgan tuproqlardagina azotli o’gitlarni kiritishga hojat kolmaydi. Dukkakli - don ekinlari ekiladigan paykallarga kuzgi shudgor oldindan sof modda hisobida 45 - 60 kg fosfor va kaliy qo’llash tavsiya etiladi. Ekishga qadar ozroq miqdorda (20 - 30 kg) azotli o’g’it qo’llash o’simliklarning rivojlanishining dastlabki davlarida, ya’ni hali ildizda tuganak bakteriyalar hosil bo’lmagan paitda, azot bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Azotli o’g’itlar ko’p miqdorda ishlatilganda dukkakli - don ekinlarning o’sish orgayalari "g’ovlab" hosilning pishib etilish kechikadi. Ularni ekish bilan bir vaqtda ozroq miqdorda (gektariga 10 kg RgO 5 hisobida) fosforli o’git berish o’simliklar vegetasiyasining dastlabki davrlarida fosfor bilan ta’minlaydi. Sholi azotga juda talabchan ekin. O’suv davrining boshidan oxirigacha o’zlashtiradi. Azot o’zlashtirilishi nihol ulg’ayganda davom etadn (so’nggi barg paydo bo’lgunga qadar), so’ngra keskin kamayadi. Azot tanqisligi sharoitida nihollarning rivojlanipga sekiilashadi, barglari sargaya boradi, fotosintez sustlashadi, ruvaklar kam don li bo’lib, hosildorlik sezilarli darajada pasayadi. Respublikamizda sholi almashib ekish sharoitida etishtiriladi. O’tmishdosh ekin sifatida ko’p hollarda beda, dukkakli don ekinlari va sholining o’zi tanlanadi. Toshkent viloyatining o’tloqi bo’z tuproqlar sharoitida bedapoya buzilgan yilning o’zida sholi ekilganda azotning eng ma’qul me’yori 100-120 kg deb topilgan. Almashlab ekishning undan keyingi yillarda azot me’yori oshirilab boriladi. Surunkasiga 3-4 yil sholi ekilganda azotning yillik me’yori 30-35% ko’paytiriladi. Azot me’yorini belgilashda o’tmishdosh ekinning turi ham muhim ahamiyatga ega. Azotli o’g’itning yillik me’yori bo’lib-bo’lib ekish oldidan va qo’shimcha oziqlantirishda beriladi. Asosiy o’g’itlash ammiak shaklidan azotning nitrifikasiyalanishni kamaytirish maqsadida ekish oldindan o’tkaziladi. Bunda yillik azot me’yorining ½ - 2 / 3 qismi kultivator yordamida tuproqning 8-10 sm chuqurligiga kiritiladi. Ko’p hollarda qo’shimcha oziqlantirshp oldidan sholipoyalarga suv kirishi tugatiladi va o’g’itlashdan keyin 2-4 kun o’tgach cheklar yana suv bilan bostiriladi. Guruch sifatiga fosforli o’g’itlar ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Nihollar o’suv davrining boshlarida fosforga juda talabchan bo’ladi. Fosfor etishmagan hollarda o’simlik tanasidagi oqsil almashinuvi jarayoni buziladi, ildiz tizimi kuchsiz rivojlanadi va oqibatda hosildorlik keskin kamayib ketadi. Almashlab ekish sharoitida fosforli o’g’itlar azotli o’g’ntlar bilan birgalikda qo’llanilganida yaxshi samara beradi. Sholi uchun eng yaxshi fosforli o’g’it - superfosfat hisoblanadi. Markaziy Osiyosharoitida 1 gektar maydonga, tuproqni ta’minlanganligini hisobga olgan holda, 60 - 90 kg fosfor kiritish lozimligi aniqlangan. Lekin uni qo’llash muddatlari xaqida yakdil fikrga kelinmagan. Fosforning Yillik me’yori ko’pincha to’laligicha 'shudgor ostiga kiritiladi. Ayrim mutaxassislar fosforning yillik me’yorini 1 / 2 " 2 / 3 qismini shudgor ostiga, qolgan qismini esa tuplanish davrida qo’shimcha oziqlantirish sifatida kiritish tarafdoridir. Sholining kaliyga bo’lgan talabi odatda uning tuproqdagi zahirasi hisobiga qondiriladi. Kaliy etishmagan hollarda, ayniqsa nihollar endigina unib chiqqan davrda, ^hrlining barglari juda sekin shakllanadi, shoxlanish ham suet beradi. Kaliyli o’g’itlar me’yori tuproqning almashinuvchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq ravishda belgilanadi. K aliyli o’g’itlarning sholi uchun tavsiya etiladigan me’yori gektariga 50 - 100 kg. Belgilangan kaliyli o’git to’laligicha tuproqni asosiy ishlash paytida kiritiladi. Sholiga har kanday shakldagi kaliyli o’g’itlarni qo’llash mumkin,' bu maqsadda ko’proq kaliy xloridi va kaliy tuzi ishlatiladi Sabzavot ekinlari hosilini oshirishda o’g’itlar nihoyatda katta ahamiyatga ega. Sug’oriladigan erlarda sabzavot etishtirishda ekinlarni o’g’itlash, ayniqsa samarali bo’ladi. Sabzavot o’simliklari erdan oziq moddalarni butun o’suv davrida olib turadi, meva tugish vaqtida ular o’g’itlarga juda talabchan bo’ladi. O’gitlarni faqat ekishdan oldin emas, balki o’suv davrida ham qo’pshmcha oziqa moddalar berish kerak. Sabzavot ekinlarida oziqlantirish usulini aniqlashda o’simliklarning biologik xususiyatlaridan taphari o’g’itlar tarkybiga, oziq moddalarni o’zgarishiga, agrotexnik ishlovlarni hisobga olish kerak bo’ladi. Sabzavot ekinlari ayniqsa organik ekinlarga juda talabchan bo’ladi. Organik o’g’itlar bilan mineral o’g’itlarni qo’pgib birga ishlatilganda katta samaradolik beradi.Organik o’g’itlarni yillik, normasi xo’jalikda bu o’g’itning mavjudligi va foydalanish usuliga qarab bir gektar maydonga 15-20 tonnadan 60 tonnagacha berish mumkin. Azotli o’g’itlar yillik normasining 60-75% ni qo’simlik o’suv davrida va 25- 40% ekish oldidan solinadi. Fosforli o’g’itlarni yillik normasini 60-75%ni kuzgi shudgorlashda, qolgan 25- 40% ni urug’ ekish yoki ko’chat o’tkazish bilan. birga solinadv., Kaliyni o’gitlarini yillik normasini 50% ni fosforli o’g’itlar bilan qo’pshb kuzgi shudgorlashda solinadi va qolgan 50% n№ azotli o’g’itlarga qo’shib o’simliklar shonalash davrida beriladi. , Sabzavot ekinlariga organik o’g’itlardan har hil kompostlar; fekaliylar, paranda va pilla chiqindilari ham yaxshi samara beradi: Karam ekini oziq moddalar olish va o’g’itta talabchanligi jihatidan sabzavot ekinlari orasida birinchi o’rinda turadi. 100s karam hosili bilan tuproqdan o’rtacha 31 kg azot 12kg fosfor va 40 kg kaliy olib chiqib ketadi. , Karam ko’chati organo-mineral o’g’itlarni juda yoqtiradi, yaxshi rivojlanadi. Bir kvadrat metr maydon uchun mahalliy o’g’itlarga 1,5 kg ammiakli selitra 1,7 kg oddiy superfosfat, 0,6 kg kaliy xloridi 0.5-1,0 kg bura va 0,4 g ammoniy molibdat qo’shiladi. Karam ekini uchun bir gektar maydonga o’rtacha 90-180 kg azot, 30-90 kg fosfor va 90- 150 kg kaliy tavsiya etiladi. Mahalliy va mineral o’g’itlar birgalikda qo’llaniladigan eng kup qo’shimcha hosil olingan. K aram ekini uchun gektariga 20 tonna-mahalliy o’g’it tavsiya etiladi. Pomidor unumdor erlarni tanlaydi va o’g’ntlarga juda ham talabchan o’simlik hisoblanadi. Pomidor tuproqdagi oziq moddalarni iste’mol qilish jihatidan sabzavot ekinlari orasida oldingi o’rinlardan birini egallaydi. 100 s pomidor hosili 20- 30 kg azot, 8-10kg fosfor va 20-25 kg kaliyni tuproqdan olib chiqib ketadi. Pomidor ekinini azot rivojlaatirib o’stirsa, fosfor mevalarni tez va etilishiga, shakar miqdorini oshishiga yordam beradi. Kaliyli o’g’itlar esa pomidor mevalaridagi quruq modda miqdorini oshiradi. Pamidor ekini uchun gektariga 20-30 tonna organik o’g’it 150-180 kg azot, 120- 140 kg fosfor va 90-120 kg kaliy tavsiya etiladi. Bodring uchun go’ng, va kompost eng yaxshi o’g’it hisoblanadi. Bodring 100 s hosili bilan tuproqdan 28 kg azot, 19 kg fosfor va 44 kg kaliy olib chiqib ketadi. Bodring ekiniga organo- mineral o’g’itlar berilsa hosildorligi ikki hissa oshadi. Bodring tuproq eritmasining konsentrasiyasiga o’ta sezgir bo’lganligi sababli, mineral o’g’itlarning yillik normasini bo’lib-bo’lib bershp kerak. Bodiring ekini uchun gektariga 90-120 kg azot 120-160 kg fosfor, 90-120 kg kaliy hamda 30-40 tonna orgaiik o’g’it tavsiya etiladi. Bodringga azotli o’g’itlarni ko’p ishlatmaslik kerak, tarkibida quruq modda juda kamayib ketadi. Sabzi ekini uchun 20-30 tonna go’ng, 120-150 kg azot, 90-120 kg fosfor va 90-120 kg kaliy tavsiya etiladi. Bu o’g’itlarning asosiy qismini shudgorlashda va erta bahor ekishdan oldin solinadi. Piyoz 100 s hosil bilan birga 50 kg N 1( 11-15 kg P 2 O 5 va 30 -40 kg K 2 O ni olib chiqib ketadi Piyoz uchuy gektariga 100 - 150 kg azot, 100 - 150 kg fosfor, 75 - 90 kg kaliy va 20 - 30 tonna tavsiya etiladi. Poliz ekinlari unumdor, strukturali tuproqlaraga ancha talabchan bo’lib, yangi erlarda ko’p yillik o’tlardan bo’shagan tuproqlarda yaxshi o’sib rivojlanadi. Almashlab ekishda beda, don, dukkakli ekinlar, o’rniga kartoshka, karam va ildiz mevalilar ekish tavsiya etiladi. Bu tur ekinlarni bir erga surunkali ekish Hosil sifatining yomonlashuvi hamda o’simlik so’lish kasalligining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Poliz ekvnlari uchun go’ng, kompost muhim o’g’it hisoblanib, mineral o’g’itlar bilan maqbul nisbatda aralashtirib oziqlantirilsa hosil yanada samarali bo’ladi. Bedadan bo’shagan erlarga ekilgan polizlarga birinchi yil azotli o’g’itlar bermasdan faqat fosfor va kaliy o’g’itlar solinadi. O’zbekiston Sabzavot - poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish instituning tavsiyasiga binoan,, poliz ekinlaridan gektariga o’rtacha 250-300 s hosil olish uchun, fosfor 100-150 kg, kaliy 50 kg o’tloq va botkoq o’tloq tuproq uchun azot 80-100, fosfor 100-120, kaliy 50-60 kg belgilanib, gektariga 30-40 tonnadan go’ng qo’llanil ganda, go’ng tarkibidagi. o’rtacha azot, fosfor kaliylarning miqdoriga asoslanib, mineral o’g’itlarning yillik normasi ham biroz kamaytiriladi. Go’ng kompostning yillik normasi, fosforning 60-70% kaliyning 50% kuzgi shudgor ostida solinadi. Azotli o’g’itlar esa ekish oldidan.o’suv davrida, 3-4 chin barg chiqarganda, qolgan qismi fosfor bilan birgalikda gullash fazasida, shudgor ostidan berilmay qolgan (50%) kaliy bilan aralashtirilib, chopiqdan so’ng, oziqlantiruvchi kultivator o’g’itlagich yordamida egatlar o’rtasida 15-18 sm chuqurlika solinadi. Poliz ekinlari o’g’itlangandan so’ng sug’orilsa, o’g’itning samarasi yanada yaxshi bo’ladi. Bedapoyadan so’ng ikkinchi yil ekilgan poliz ekinlari uchun fosforga nisbatan azot normasi 50% ni tashkil etishi kerak, ya’ni gektariga 100 k g/ ga bo’lishi loim. Kam unumli tuproqlardagi ekinlarni ertaroq va oz- ozdan o’g’itlash samarali usul hisoblanib, ekinlarni so’nggi o’g’itlashni birinchi hosilni terish arafasida yakunlash kerak. Tarvuz ko’proq fosfor va kaliyli o’g’itlarga talabchan bo’lib, qovun tarvuzga nisbatan organik o’git, jumladan go’ngta talabchandir. Shunga qaramasdan go’ngning yillik normasi gektariga 60-70 tonnagacha etkazilsa. qovuning ta’mi pasayadi va tarkibidagi foydali vitaminlar miqdori kamayib ketadi. Poliz ekinlari kichik maydonlarga ekilganda (issiqxonalar) organik va mineral o’g’itlarning normasi 1m 2 ga hisob qiladi. Qovunning agrotexnikasi va uni o’g’itlash muddati tarvuznikiday, bo’ladi. Kartoshka o’simligi erdan juda ko’p miqdorda oziqa moddalarni olib ketadi. Shuning uchun kartoshka ekiladigan erlar albatta o’g’itlash zarur. kartoshka EKYNI 100 s/ga hosiliga nisbatan ' 50-70 kg N. 15-2 kg P 2 O 5 va 60- 80 kg K 2 O ni olib chiqib ketadi. Kartoshkaga azotli o’gitlarni katta miqdorda solvnsa, ^osildorlikni oshiradi. Shu bilan birga kartoshka poyasyning'o’sib ketishiga va tuganaklarning etilipshni kechaktiradi Azotli o’g’itlarning xaddan tashqari ko’p berilishi tuganaklar tarkibida kraxmal miqdorini kamaytiradi, kartoshkaning saqlanipsh va urug’lik sifatini emonlashtiradi va aynigan yorilgan tuganaklar - salmog’ining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Fosfor kartoshka poyasining o’sishini deyarli ko’p o’stirmaydi, ildiz sistemasining rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi, tuproqni yumshatadi va tugunaklarning tez etilvshiga hamda tarkibida ko’proq kraxmal tuplashiga yordam beradi. Erga solinadigan fosfor miqdori, kg/ga 0 60 90 120 Tugunakdagi kraxmal miqdori, % 14,7 16,4 17,6 18,9 Kaliy o’simlikning azot va fosforni yaxshi o’zlashtirishiga yordam beradi. Tuproqda kaliy etishmasa, o’simlikning ildiz sistemasi yoyilib rivojlanmaydi, barglarida xlorofil kamayadi, ekin kasallanadi, qurg’oqchilikka va past haroratga chidamligi iasayadi. Kaliy o’g’itlar tarkibida xlorning ko’p bo’liishitugunaklardagi kraxmal mikdorining kamayishiga, uning urug’lik sifatining yomonlashipshga sabab bo’ladi. Kartoshka uchun magniy sulfat va kaliy sulfat o’g’itlari yaxshi hisoblanadi. Markazny Osiyo tuproqlarida kartoshka o’simligi birinchi navbatda azot va fosforga katta extiyoj sezadi. O’zbekiston sabzavot -poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy - tekshirish instvtutining o’tloqi tuproqli erlarda har hil mineral o’gitlar solib (sof holda bOkg/ga) o’tkazilgan tajribalari quyidagicha natijani bergan. O’g’it O’g’itlannaganda PK NK NP NPK hosnli s/ga 154 166 180 189 193 O’tloqi tuproqlarda ham, shuningdek bo’z tuproqlarda ham kartoshka o’simligiga azotli, fosforli va kaliyi o’g’itlar katta samara bergan. O’g’itlarni alohida solinganda ham hosil olingan. Azotli o’g’itlarni erta bahorda erni xaydash yoki boronalashda va keyinchalik o’suv davrida shonalash va meva tugish oldidan solish yaxshi natijalar beradi . Fosforli o’g’itlarni go’ng bilan almashtirib gektariga 200-300 kg superfosfat solinsa yaxshi natija beradi. Fosforli o’g’itlarni asosiy kismini kuzgi shudgorida va qolganini 2 ga bo’lib, ekishdan oldin va meva tugish oldidan berish kerak bo’ladi. Kaliili o’g’itlarni yillik normasini teng ikkiga bo’lib, bir qismini - kuzgi shudgorda va qolganini o’simlik shonalash davrida berish kerak bo’ladi. Kartoshka eknladyagaya erlarga mahalliy va mineral o’g’itlar solishnnig o’rtacha vormalarn, s/ga 1. Buz va och tusli o’tlosi tuproqlarga go’ng,30-40 t/ga 2. Shunvvgdek beda poyadan chnqqan erlarga go’ng 15-20 t/ga 3. Qoramtnr o’tloqi tuproqlarga go’yag (0-25 t/ga 4. Shuningdek beda poyadan chnqqan erlarga go’ig 80 -10 t/ga Agarda bog va tokzorlar barpo qilishdan oldin tuproqni chuqur xaydab o’g’itlar solingan bo’lsa, unda tuproqni ko’chat mevaga kirguncha deyarli o’g’itlamasa ham bo’ladi. Agarda ilgari boshqa ekinlar bilan band bo’lgan erlarga tok ekiladigan bo’lsa, tok ko’chati o’tkazish paytida har bir chuqurchaga o’g’it solinadi. Har bir chuqurchaga 500 - 600 gramm superfosfat 4-5 kg chirindiga aralshtirib solinadi va ustidan tuproq tortiladi. Bunday tokzorlarda ikkinchi yili qo’shimcha oziq sifatida 90 kg/ga azot, 60 kg/ ga fosfor va 40kg/ga kaliy beriladi. Hosilga kirgan tokzorlarni yil sayin o’g’itlab turish kerak. Har bir xo’jalikning tuproq sharoitlariga, tokning yoshiga va holatiga hamda mo’ljallangan hosildorlikka qarab o’g’it normasi belgilab boriladi. Go’ng gektariga 30-40 tonna hisobidan solinadi. Hosilga kirgan har bir gektar tokzorlarga 180 kg azot, 160 kg fosfor va 90 kg kaliy o’g’itlari beriladi. Mineral o’g’itlar bahorda 120 kg/ga azot, 90 kg/ga fosfor va 60 kg/ga kaliy hisobida qo’llaniladi. Ikki uch yilda bir marotaba mineral o’g’itlar solinadi egat oralab 50 - 60 sm chuqurlikda solinadi va bir vaqtning o’zida tuproqning pastki qatlamlari yumshatib boriladi. Hosilga kirgan toklar o’suv davrida ikki marta qo’shimcha \ oziqlantirilida: birinchisi may oyida gullashga 15-20 kun qolganida gektariga 60 kg azot, 45 kg fosfor va 30 kg kaliy hisobidan, ikkinchisi gullagandan 10 - 15 kun o’tgach gektariga 45 kg fosfor 30 kg kaliy hisobidan 60 kg azot hisobidan o’g’itlanadi. Har bir oziqlantirishdan keyin qo’shimcha sugoriladi. '. Yosh bog’lar yangi o’zlashtirilgan erlarda barpo etilsa, mevaga kirgunga qadar o’g’itlarni deyarli ko’p talab qilmaydi. Sust o’sayotgan daraxtlarga, bitta daraxtga 4-5 kg chirindi hisobida o’g’it solinadi, ya’ni gektariga 800 kg go’ng yoki chirindi bo’lmagan taqdirda erta bahorda bitta daraxtga (N-15, R-10) 250-300 azotli va kuzda 300-400 gramm fosforli o’g’it solinadi. Daraxtlarning o’sishi bilan o’g’itlar normasi ham oshiriladi. Meva beradigan bog’larda kuchli payvandtagli daraxtlarga beriladigan o’g’itlarning yillik normasi gektariga 180 kg azot, 160 kg fosfor va 90 kg kaliy. Agar yuqori hosil, ya’ni gektaridan 150 - 200 va undan ko’proq sentner olish rejalashtirilgan bo’lsa, katta mevali daraxtlar uchun ; mineral o’g’itlarning normasi 1,2 - 2 marotaba ko’paytiriladi. Toshln ' tuproqli erlardagi bog’larga mineral o’g’itlardan tashqari organik o’git 20 - 40 t/ga miqdorida go’ng solish zarur. 3. Tut daraxti ko’p yillik ekin. Tutving shox va novdalari ipak qurti uchun har yili bahorda kesib olinadi. Shuning uchun ham uning o’gitlarga bo’lgan talabi katta. Tut ko’chati 10 yashargacha bo’lganda har bir daraxt tagiga 125 gramm, 10 yashardan 20 yashargacha 250 gramm, 20 yashardan 40 yashargacha 375 gramm 40 yoshdan yuqori bo’lganda 500 gramm azot solinadi. Fosfor va kaliyni muvofiq ravishda 60-30, 125-60, 185-90, 250-125 grammdan beriladi. Tutlar butazor sifatida ekilganda kevg qatorli I tutzorlarning gektariga 120 kg va tor qatorli tutzorlarda 180 kg 1 azot solinadi. Fosfor va kaliy ham muvofiq ravishda 60 - 90 va 30 - ; 45 kilogrammdan beriladi. Tut daraxtlari go’ngni yaxshi o’zlashtiradi. Chirigan go’ng har uch yilda kuzda yoki bahorda erni xaydahdan oldin gektariga 20 tonna normasida solinadi. Yangi o’zlashtiriliyotgan sho’rlangan erlarda (qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Markaziy Fargona) azotli o’g’itlar normasi umum qabul qilingan normaga nisbatan 1,5 barobar oshiriladi. Mineral o’g’itlarning yillik normasi ikki davrda beriladi: azot, fosfor va kaliyning 10% bahorda (mart, aprel) oYolarida, (shox va novdalar kesib olgunga qadar), qolgan 50%shox va novdalar kesib olingandan keyin (may, iyun oylarida) beriladi. O’g’itlar sug’orishdan oldin seyalkaning egat ochqichi yordamida solinadi. Adabiyotlar: 1. Abdullayev X.A. O’zbekiston tuproqlari. T:,1977 2. Boboxo’jayev.I. Uzoqov P. Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi. 3. Boboxo’jayev I. Uzoqov P. «Tuproqshunoslik» T: Mehnat 1995. 4. Bohodirov M. Rasulov A. «Tuproqshunoslik» T: O’qituvchi 1975. 5. К aurichev I.S. Pochvovedenie M. К olos 1989. 6. Peyve Ya.V Bioximiya pochv M.Selxozgiz 1949. 7. Rasulov .M. Irmatov I. Tuproqshunoslik, dehqonchilik asoslari bilan T. O’qituvchi 1980 8. Tursunov L. Tuproq fizikasi T.Mehnat 1988.