logo

Yosh psixologiyasi bolalar taraqqiyoti muammolari bo'yicha maslahat berishning nazariy asosi sifatida

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.5 KB
Yosh psixologiyasi bolalar taraqqiyoti muammolari bo'yicha maslahat berishning nazariy asosi sifatida Aniq maslahat berish vazifalarini yechishda L.S.Vigotskiy maktabi psixologlarining bola psixikasi individual taraqqiyoti muammolari bo'yicha umumiy flkrlaridan foydalanish mumkin. Bularga qisqacha to'xtalib o'tamiz. lrsiyat va muhitning ta'sirinigina tan oladigan G'arb qarashlaridan farqli ravishda sobiq sho'ro yosh psixologiyasida bola psixik taraqqiyoti jarayoni tahlilida, taraqqiyotning sharoiti, harakatga keltiruvchi kuchlari, manbalari ham e'tiborga olinadi. Psixik faoliyatning individual shakllari bola insoniyat tajribasini o'zlashtirish jarayoni asosida vujudga keladi. Ana shu tajribani o'zlashtirish bolaning faol faoliyatidan - muloqotdan, o'yindan, o'qishdan tashqarida bo'lishi mumkin emas. Individual maslahat berish faoliyati psixologik tekshiruv, bola taraqqiyotini aniqlash va yordam dasturini tuzish bilan bog'liq. Bu sohaga psixologik oldindan aytish, tuzatish va boshqa tushunchalar kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida psixologik tashxis (diagnoz) tushunchasi eng kam ishlangan tushunchalardan biri bo'lib, aniq asosga ham ega emas. Psixologik diagnostika - bu maxsus metodlar yordamida individning psixologik xususiyatlarini aniqlash sifatida qaraladi. Sobiq sho'ro psixologiyasida L.S.Vigotskiy birinchi marta psixologik tashxis (diagnoz)ning mohiyati haqidagi masalani ko'tarib chiqdi. Vigotskiy psixologik tashxis markaziga hech qachon salbiy yoki kasalmandlik ko'rinishlarini, taraqqiyotda normadan chetga chiqish mavjud bo'lsa ham qo'ymagan. Tashxis har doim shaxsning murakkab tuzilishini ko'zda tutmog'i lozim. Taraqqiyotni ilmiy tomondan oldindan aytib berish masalasi bo'yicha ham Vigotskiy umumiy, lekin hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan fikrlarni aytib o'tgan. Psixologik oldindan aytib befishning zaruriy sifatlari deb Vigotskiy alohida davrlarga bo'linganlik, ketma-ket yosh bosqichlarida kenglik va xilma-xil xarakteriarni ko'rsatadi. Maslahat berish amaliyotida shartli-variantli oldindan aytish haqida ham to'xtalib o'tish mumkin. Shartli-variantli oldindan aytish deganda, har xil sharoitlarni amalga oshirganda bola taraqqiyotining keyingi davrida mumkin bo'lgan variantlarni tushunamiz. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, u yoki bu noqulay sharoitlar saqlanganida, yoki olinganida boiani qanday psixik taraqqiyot kutishi aytib beriladi. Individual maslahat berishning muhim amaliy qismi sifatida L.S.Vigotskiy psixologik-pedagogik tavsiyalar berishni ko'zda tutadi. Tavsiyanomalar tuzisnda maslahat so'rab murojaat qilgan o'qituvchiga yoki ota-onaga ulardan olingan ma'lumotni mavhum, noaniq va mazmunsiz maslahatlar bilan o'zlariga qaytarishdan saqlanish kerak. Shunday qilib, bola taraqqiyotining yosh-psixologik xarakteristikasini quyidagi 3 asosiy tarkibiy qismlarni tahlil qilib, hosil qilish mumkin: - taraqqiyot ijtimoiy vaziyatini (kimlar bilan gaplashadi, oilada kattalar bilan va tengdoshlar bilan o'zaro munosabat xarakteri) baholash; - berilgan yosh uchun muhim faoliyat turining taraqqiyoti darajasi (o'yin, o'qish, rasm chizish va boshqalar), yosh normalariga mosligi; - o'z-o'zini anglash bola psixik taraqqiyotining bilish va shaxsiy hissiy sohalarida berilgan yoshga mansub o'zgarishlarni aniqlash. Lekin bu tavsiyanoma bola umumiy taraqqiyotining ilgarigi o'sishisiz yetarli emas, shuning uchun uning tarixiy taraqqiyotiga katta e'tibor berish kerak. Bolalar psixologi o'z ishida o'qituvchilar, patopsixologlar, psixoterapevtlar yoki defektologlar bilan hamkorlikda ishlab, o'zining maslahat berish vazifalarini bajarishi kerak. Ular bola tarbiyasi va taraqqiyot sharoitlarini hartomonlama tahlil qilish, uning shaxsi va bilish faoliyatida yosh va individual xususiyatlarini aniqlash, shartli-variantli oldindan aytib berishlarni tuzish va psixologik-pedagogik tavsiyanomalar tuzish bilan bog'Iiqdir.  Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. 1997. 2. Munavvarov A. K. Pedagogika. T.1996. 3. Mahkamov U. Axloq-odob saboqlari. T. 1994. 4. Nishonaliyev U., Tursunov I. Pedagogika kursi. T. 1996. 5. Pedagogika. O‘quv qullanma. T. 1996. 6. G‘aybullayev N.R. va boshqalar. Pedagogika. Universitetlar uchun dastur. T. 1996. 7. G‘oziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari. T. 1997. 8. G‘aybullayev N., Yodgorov R., Mamatqulova R., Toshmurodova K. Pedagogika. T. 2000.