logo

Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining mazmuni, ahamiyati, bolalar va o’smir rivojlanishning umumiy qonuniyatlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.5 KB
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining mazmuni, ahamiyati, bolalar va o’smir rivojlanishning umumiy qonuniyatlari 1. Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi fani va mazmuni. Bolalar va o’mirlar organizmi o’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. 2. O’sish va rivojlanish qonunuiyatlari. 3. O’sish va rvojlanish akseleratsiyasi. Fiziologiya biologiyaning bir tarmog’i bo'lib, organlar sistemasini va organzm faoliyatini (funksiyalarini,) hamda xayot jarayonlarini o’rganadi. O’smirlar fiziologiyasi odam fiziologiyasining bir qismi bo’lib, turli yoshdagi bolalar organizmning rivojlanishi jarayonida organlar sistema va butun organzmda sodir bo’ladigan o’zgarishlari ya’ni bolalar organizmining hayotiy funktsiyalarini tug’ilishidan boshlab balog’atga etguncha bo’lgan davrini o’rganadi. Bola organizimi faqat katta odamning yosh qolipi bo’lmay, balki hajmi fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslanishi bilan farq qiladi. Shuning uchun pedagoglar ta’lim tarbiya ishlarini o’smirlar fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega maktabda jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy-foydali mehnatda, sog’lomlashtirish ishlariga bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini albatta hisobga olish kerak. O’smirlar fiziologiyasi bola psixologiyasining yoshga xos xususiyatlarini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Maktab gigienasi-bola organizmining tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi va sunga asoslanib, bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash va mustahkamlashga, ular organizmining garmonik o’sishi va funktsional takomilanishga imqon yaratuvchi gigienik norma va talabalarni ishlab chiquruvchi fan hisoblanadi. Gigiena fani maktab gigienasi kamunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnatgigienasi, epidemiologiya hamda gigienaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi. Maktab gigienasining asosiy maqsadi bola mehnat qobiliyatining funksiyaonal imqoniyatlar ortib borishi, umumiy imunologik reaktiv turli sharoitgak moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta’sir etish hamda turli kasalliklarning oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqarishdan bor. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya giginena holatini yaxshilash, maktablarni to’g’ri qurish, obodonlashtirish, ta’lim masallari bilan shug’ullanadi. Sanitariya odam salomatligini ta’minlaydigan gigiena talablarini hayotga tatbiq etadi. Gigienaning muhim bulimlaridan biri shaxsiy gigienadir. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam turli gigienik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sixat-salomat bo’lib yuradi va uzoq umr kuradi. Shunday qilib, o’suvchi organizm fiziologiyasi va maktab gigienasi fanlar bulajak pedagoglarga bola organizmining o’sish va rivojlanish qonuniyatlari to’g’rsida tushuncha beradi, va bu qonuniyatlarni o’rganishda dialektik- materialistik dunyo qarashini shakllantiradi, maktabda ta’lim va tarbiya ishlarini fiziologik va gigiena asosda tashqil qilishda immiy ko’rsatmalar beradi. O’SISH VA RIVOJLANISH QONUNUIYATLARI. Xar bir tirik organizm singari, rivojlanish protsessi bola organizmiga ham o’sish, rivojlanish va shakl hosil qilish kabi uchta asosiy qonunuiyat xosdir. O’sish deganda rivojlanayotgan organizm hajmining (razmeri) kattalashuvi, massasining ortib borishi tushuniladi. Bola to’xtovsiz, ammo notekis o’sib boradi va shuning uchun ham ayrim tana qismlarining munosibligi o’zgarib turadi. O’sish xar hil jadallikda borsada, barcha to’qima va organizmlarda bir vaqtda bo’lib o’tadi va odatda ayollarda 20-22 yoshda, erkaklarda 23-25 yoshga kelib tugaydi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga keladi. Rivojlanish deb to’qima organlarning differentsiyalanishiga ya’ni mukammallashishiga murakkablashib o’smirlar va katta yoshli odamlarga xos bo’lgan birmuncha murakkab to’qima va organlarga aylanishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi – bolalik, yoshlik va etuklik davrida, ya’ni odamning butun umri bo’yi tinmay davom etib boradigan jarayondir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funktsilari va hulq-atvori mukammallashadi. Bola organizmning o’sishi anatomik protsess bo’lib, bu vaqtda oziq moddalarni iste’mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi. O’sish protsessi bola orgaizmining bo’yicha va vazniga oshishi biologik harakatlanadi. O’sish belgilarini qilib massa, bo’y, barcha organimzning uzunligini va boshqalar olinadi. Bunga suyaklarning o’sishi va yug’onlashuvi ham kiradi. Bir organizmdagi turli organ va sistemalarning o’sish tezligi ham turlicha bo’ladi. Bolalarda tana va boshning o’sishi turli nisbatda bo’ladi. Endi tug’ilgan bolalarda bu 1:4 ni tashqil qilsa, katta odamlarda 1:8 ni tashqil qiladi. O’g’il va qiz bolalarda o’sish tezligi 10 yoshgacha bir xil bo’lsa, shu yoshdan keyin qiz bolalarda jinsiy rivojlanishning boshlanishi bilan bo’y o’sishi ancha tezlashadi. Qiz bolalarning eng tez o’sishi 12 yoshda bo’lib, bu vaqtda bir yillik o’sish o’rta hisobda 8 sm tashqil qiladi. O’gil bolalarda odatda 15 yoshga borganda buy jihatdan qiz bolalarni quvib etadi va bundan keyingi o’sishda ulardan o’zib ketadi, 16 yoshdan keyingi o’sish ancha sekinlashadi va qiz bolalarda 18 ga kelib, o’g’il bolalarda esa 20 ga kelib to’xtaydi. Ba’zi xotin qizlarda 21-22 erkaklarda esa 24-25 yoshgacha bo’y o’sishining davom etilishi kuzatiladi. Bola organizmining o’sishi yil davomida doim b ir xil bo’lmaydi. Masalan: yilning baxor va yoz fasllarida o’sish tezlashadi. O’sish va rivojlanish davrida barcha organ va organlar sistemalarining morfologik differentsiya hamda funktsional takomillashuvi davom etadi. Skelet suyaklari takomillashadi, hakikiy va sut tishlari rivojlanadi, organizm to’qimalari takibidagi suv mikdori o’zgardi. Balog’atga etish davridagi kelib o’sish va rivojlanish to’xtaydi. Amalda bu vaqtga kelib boshlanish davri ham tugaydi. Organizmning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi faktorlar. Organimz o’sishi va rivojlanishga bir qator endogen (ichki) va ekzogen (tashqi)faktorlar yordamida nazorat qilib turiladi. Turli ta’sirotlar barcha xujayra va to’qimalarga to’g’ridan – to’g’ri yoki nerv sistemasi hamda endogen sistema orqali ta’sirt etishi mumkin. Genetik faktorlar organizmning rivojlanishiga umr bo’yi ta’sir etadi, uning eng sezilarli ta’siri birlamchi bolalaik davridan keyin kuzatilgan. Yuqorida aytib o’tganimizdek nerv sistemasi va endokrin sistemasi normal o’sish va rivojlanishiga faol ta’sir etadi. Nerv sistemasining ta’siri bola ona qornida rivojlanayotganida, emizish davrida sezilarlidir. 2+ Endokrin sistemasi orasida o’sish va rivojlanishiga eng yaqindan turib ta’sir etadigan sistema- gipotalamo-gipofizor sistemasidir. Bundan tashkari qalqonsimon bez gipofiz hamda oshqozon osti bezlarining garmonlari o’sish va rivojlanishini boshqaruvchi bezlar bo’lib hisoblanadi. Gipofiz bezi juda ko’p xar xil garmonlarni qonga chiqarib turadi va shu garmonlarning xar biri ham o’sish va rivojlanishda ma’lum bir darajada ishtirok etadi. O’sish va rivojlanish posessida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki sekretsiya bezlaridan yana biri qalqonsimon bezdir. Uning garmonlari ayniqsa nerv sistemasining rivojlanishi va shakllanishi uchun kerak, tiroksin ta’sirida nerv stvollari mielin po’sti bilan o’zaro qolanishi tezlashadi. Balog’atga etish davrida o’sish va rivojlanishga ta’sir etuvchi garmonlardan buyrak usti bezlari va jinsiy bezlardir. O’sish va rvojlanish akseleratsiyasi. Akseleratsiya- tezlashuv degan ma’noni anglatadi. Organizmdagi morfologik va funktsional rivojlanishiga tegishlidir. Butun dunyo olimlarining aniqlanishicha keyingi bir necha o’n yillar davomida inson organizmning rivojlanishi asta-sekin tezlashib bormoqda. Dastavval aseleratsiya bo’y o’sishiga tegishlidir. Bu holat tana o’zgarishida o’z aksini topmoqda. Shu narsa diqqatiga sazovarki o’gil va qiz bolalarning etilishi ham tezlashgan. Akseleratsiya faqatgina bo’y va og’irlikka tegishli bo’lmay balki bolaning akliy faoliyatiga ham tegishlidir. Xozirgi paytda aseleratsiya holatini tushuntirish uchun ko’pgina nazariyalar mavjud. GELIOGEN nazariya akseleratsiyani quyosh nurlarining tu’siri bilan tushuntiradi. ALEMENTAR nazaiya- akseleratsiyaning asosiy sababchisi oziq modadalrning serobligi va ulari ko’proq iste’mol kilishdir URBANIZATSIYA nazariyasi, keyingi yillarda yoshlarning o’sish va rivojlanishining tezlashuvi shahar sharoitidagi intesiv hayot bilan bog’laydi. Turmush madaniyatining tobora yuksalishi tufayli bolalar tez jinsiy va intellektual taraqqiyotga erishadilar. Bolalar va o’smirlar o’sishi va rivojlanishi Geteroxronizm va garmonizm xodisalari. O’sishning turli davrlarida hamma to’qima va organlar bir tekisda o’sib taraqqiy qilmaydi. Ko’krak qafasi, bosh suyagiga nisbatan tezroq o’sadi yoki qo’l va oyoq suyaklari yurak, o’pka, jigar, kabi ichki organlarga nisbatan ancha tez o’sadi. Masalan, chaqoloq boshining hajmi gavdasining ¼ qismini, 2 yoshli bolada esa 1/6, 6 yoshda 1/6,6 yoshda 12 yoshda 1/7, katta odamlarda 1/8 qismiga teng. Ko’krak kafasining aylanasi chaqoloqlarda 32-34 sm, 1 yoshda 48 sm, 5 yoshda 55 sm, 10 yoshda 63 sm 15 yoshda 78 sm. To’qima va organlar funktsiyalarining regulyatsiya qilishini ham bir xil bo’lmaydi. Bolalikning birinchi yillarida ichki organlarning o’sish asosan ichki sekretsiya bezlarining garmonlari tomonidan boshqarilsa yoshi ulg’aygan sari ichki organlar va to’qimalarning ishi nerv sistemasi tomonidan boshqarila boshlaydi. Bolalik davrining turli yillarida uning organizmi, organ va to’qimalarining o’sish va funktsional boshqarilishining bir xil bo’lmasligiga getrexronizm deyiladi. Lekin, bolalikning turli davrlarida uning organizmi, to’qima va organlarining o’sishi, rivojlanishi, funktsiyalarining boshqarilishi bir xil bo’lmasa ham organimzning hamma to’qima va organlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan, aloqador holda ish bajaradi, organizmning normal o’sish va rivojlanishi fiziologik qonuniyatlar asosida davom etadi. Bunga organizmning o’sishi va rivojlanishidagi garmonizm deyiladi. А dabiyotlar . 1. R.S. Karimov, S.X. Aripova Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi. (Ma’ruzalar matni) T-2001 yil 2. M.N. Ismoilov. Bolalar va o’smirlar gigienasi. T-1994 yil. 3. K.S. Sodiqov. O’kuvchilar fiziologiyasi va gigienasi. 4. G.I. Kositskiy va V.A. Polyantsevlar taxririyati ostida Fiziologiyadan amaliy mashg’ulotlar uchun qullanma. Toshkent-1995 yil. 5. E.Maxmudov. B.Aminov. Sh.Qurbonov. O’smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi. Toshkent –1984 yil 6. M.V. Antropova. Bolalar va o’smirlar gigienasi. Toshkent 1981 yil 7. A.A. Markosyan. Yosh fiziologiyasi masalalari. Toshkent. 1977 yil. 8. M.T. Matyushonaeva. Kichik maktab yoshidagi bolalar anatomiyasi va gigienasi. 9. www.ziyonet.uz