logo

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60.5 KB
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi Reja:  Oilaviy munosabatlar attraksiyasi  Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi  Romantik sevgi  O‘ziga jalb etish  Mashg‘ullik yoki rom bo‘lib qolish  Ko‘nikish  Kutish  Ko‘ngil qolish  Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi  Munosabatlarning tugashi Oilaviy munosabatlar attraksiyasi. Oila a’zolari o‘rtasida sodir bo‘ladigan murakkab va serqirrali o‘zaro munosabatlar ko‘plab olimlar, shu jumladan, o‘zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G‘.Shoumarov, E.G‘oziyev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog‘inov, F.Akramova, G.Yadgarova, M.Salayeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o‘rganilgan. Ularda ko‘proq o‘zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an’analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o‘rinda biz oilaviy o‘zaro munosabatlarga xos bo‘lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e’tiborni qaratgan ko‘plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma’lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. Shu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar obyekti sifatida o‘rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz. Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o‘rganganlardan biri rus olimi L.Y. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraksiya tushunchasini ishlatgan. Attraksiya inglizcha attraction – tortilish, intilish so‘zlaridan olingan bo‘lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya’ni, diada – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraksiya bilan bog‘liqdir. Gozmanning ta’kidlashicha, juftlik munosabatlarida attraksiyaga turtki bo‘luvchi omillarning eng muhimi – bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir. YA’ni, bir ko‘rishda yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo‘lish kabilar attraksiyaning dastlabki bosqichi bo‘lib, bu aslida odamlar ongidagi bir bid’atga, ya’ni chiroyli odam aqlli va ahloqli bo‘lishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bunday tasavvur xotin- qizlarga nisbatan qo‘llanilishi isbotlangan. Buni muallif grafik shaklida U – simon egrilik tarzida tasavvur etadi (4.1-rasm). 4.1 – rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka bog‘liqligi Yoqtirib qolishga turtki bo‘luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta’minlanganligi, millati va diniy e’tiqodi, qayerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko‘pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo‘lgan insonlar o‘zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o‘xshash belgilar yoki ko‘ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma’noda uyg‘unlashishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagiЁқтириб қолиш Ташқи ёқимтойлик maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi, omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo‘ladi. Shuning uchun talabaning talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan odamni bir ko‘rishda “sevib qolishi”, safarda birga bo‘lganlarning yoki dam olish maskanlarida tanishib qolganlar o‘rtasida romantik munosabatlarning uyg‘onishi ehtimoli ko‘proqdir. Bir ko‘rishda yoqtirib qolish jarayonining jiddiyroq munosabat-larga aylanishini tushuntirish uchun olimlar “uch filtr nazariyasi”ni ilgari suradilar (4.2 – rasm). 4.2 – rasm. SHeriklik munosabatlarining dinamikasini ifodalovchi “uch filtr” nazariyasi 1-filtr bir insonning boshqa bir insonni bevosita o‘ziga qaratishi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, bunda yangi tanishning tashqi jozibasi, bir qarashda ko‘zga tashlanadigan sifatlari (masalan, qiz bolaning sochi uzun, ko‘zi moviy, yigitning bo‘yi uzun, alp qomat kabi) asosiy rol o‘ynaydi. Bunday munosabatlar ko‘pchilikka xos, ya’ni aksariyat odamlar turli vaziyatlarda boshqa bir odamni yoqtirib qolaveradi. Agar bir-birini o‘zaro yoki bir tomonlama yoqtirish mobaynida sherikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari ham kutishlarga mos, ma’qul kelib qolsa, munosabatlar 2-filtrga o‘tadi. Agar yangi tanishlarning ijtimoiy-psixologik, shaxsiy xususiyatlari va hayotiy maqsadlari ham bir-birlariga ma’qul kelsa, uyg‘un munosabatlar 3-filtrga ham o‘tadi. Har bir filtrdan o‘tishda sheriklar bir-birlari uchun o‘zlarining yangidan yangi qirralarini ochaveradilar. YA’ni, yangidan topishgan, bir-birini yoqtirib qolgan odamlar uchun muhim 1-фильтр 2-фильтр 3-фильтр bo‘lgan asosiy narsa o‘xshashlikni qidirish va ularni inobatga olgan holda o‘z munosabatini bildirishga intilishdir. Boshqa bir yo‘nalish – bu sherigida o‘zida yetishmayotgan, o‘zida mavjud bo‘lmagan sifatni topish va uni o‘zidagi sifat bilan uyg‘unlantirishga intilish. Masalan, o‘zi o‘ta tortinchoq bo‘lgan qizga dadil, gapga chechan yigitning yoqib qolishi ko‘p kuzatilgan. Uchinchi yo‘nalish ikkinchiga yaqin, ya’ni, yangi tanishda o‘zidagi mavjud sifatlarning qarama-qarshisini izlash, masalan, yigit kamgap bo‘lsa, shaddot, sergap qizni yoqtirib qoladi. Bu kabi kemtiklarni sherigi orqali to‘ldirishga intilish, ularga kelajakdagi munosabatlarda anchagina egiluvchan bo‘lish va har biridagi yaxshi sifatlarni qadrlashni o‘rgatadi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi Romantik sevgi – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi – eng kam anglanadigan, odamning biologik ehtiyojlari bilan bog‘liq munosabatlardir. Bunday munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan o‘zlari ko‘rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko‘radi. Shu bois ham ko‘pincha romantik his-tuyg‘ularga asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo‘ladi, chunki real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o‘rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo bo‘lishi mumkin. Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi, hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari yolg‘onligini anglash unda juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo‘ladi, deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga, ichki hissiyotlarning ko‘p qirrali bo‘lishiga olib keladi. Masalan, tashqi ko‘rinishiga bee’tibor bo‘lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan, kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o‘rganib boradi. Sevgilisiga yoqishni astoydil xohlagan yigit esa ayrim zararli odatlaridan, masalan, dangasalik, ko‘p uxlash, tamaki chekish kabilardan voz kechib, yangidan turmush tarzini boshlashga azmu-qaror qilishi tabiiy. Yoki institutda o‘qishni o‘ziga ep ko‘rmagan yigit talaba qizni sevib qolib, u o‘qiydigan oliygohga ne-ne mashaqqatlar bilan kirib o‘qigani bilan bog‘liq misollar ham hayotda talaygina uchraydi. L. Kameron-Benjler (1993) ning fikricha, romantik sevgi hissi rivojlanishining 7 bosqichi bo‘lib, unga quyidagilar kiradi: 1. O‘ziga jalb etish – yangi tanishlarning bir-birlariga noverbal belgilar orqali qiziqishi borligini bildirish. Bu davrda sheriklar dilidagi istak va xohishlarini yangi tanishgan odamida mavjudligini tahlil etadi. Bunga odatda asosan odamdagi aql-zakovat, samimiyat, qo‘li ochiqlik, yumor hissi, ishonchlilik, dadillik, qizlardagi ibo kabi sifatlar sababchi bo‘ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo‘lgani uchun ham yangi tanishlar o‘zlarida aynan sherigiga yoqadigan shu sifatlarni namoyon etishga intiladilar. 2. Mashg‘ullik yoki rom bo‘lib qolish. Bu bosqichda tanishib ulgurgan yoshlar davomli uchrashuvlar natijasida bir-birlaridagi ijobiy sifatlarni anglab, bir- birlariga ko‘nika boshlaydi. Faqat e’tibor ijobiy, yaxshi sifatlarga qaratilgani bois sheriklar adashishlari ham mumkin, qolaversa, yangi tanishlar o‘zlarini biroz sun’iy tutib, asl qiyofalarini ataylab niqoblashga ham uringanliklari uchun mabodo salbiy sifatlar ham namoyon bo‘lib qolgan taqdirda ayrimlar ajrashib ketadilar, ayrimlar esa uchrashuvlarni davom ettiraveradilar. 3. Ko‘nikish – munosabatlardagi o‘ziga xos yangilikning kamayib borishidir. Endi boshida o‘zgacha joziba kasb etgan tashqi ko‘rinish, xusn, qaddi-qomat kabilar odatiydek idrok etilib, hissiyotlar tobora kamayib boradi. 4. Kutish – munosabatlarning muayyan bosqichida xayol-fantaziyadagi ideal obraz bilan real, kundalik hayotda tobora namoyon bo‘lib borayotgan asl nusxa o‘rtasida ayrim ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar ko‘zga tashlanishi bilan boshlanadi. Endi tobora kutishlar tizimida ko‘ngil qolish, afsuslanish kabi holatlar ham paydo bo‘lib, ong sherikdagi ayrim salbiy, yoqimsiz sifatlarni ham idrok qila boshlaydi. Bunga ayni shu davr ichida boshqalar bilan tanishish tajribasi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, talaba yigitning boshqa bir shaharga olimpiadaga yoki xizmat safariga borishi, u yerda o‘zgacha nafosatli bir qiz bilan tanishib qolishi unda solishtirish imkoniyatini yaratadi, va qaytib kelgach, uchrashib yurgan qizidan ayni o‘sha sifatlarni kutadi, lekin topolmasa, undan ranjiy boshlaydi. 5. Ko‘ngil qolish – bu shunday bosqichki, unda xayajonli ishq-muhabbat hislari o‘rnini alam, g‘azab, aldanganlikni anglash egallay boshlaydi, sherik to‘g‘risidagi ijobiy obraz salbiy obraz bilan almashib boradi. Ko‘pchilik yoshlar ayni shu bosqichda bir-birlaridan ajralib qoladilar. 6. Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi – bosqichida sheriklardan biri (ba’zan ikkalasi bir vaqtda) munosabatlarga chek- chegara qo‘yish vaqti kelganligini anglab qoladi. Shu fikr paydo bo‘lgan ondan boshlab, ular yana bir karra qabul qilingan qarorning nechog‘li to‘g‘ri ekanligini o‘ylab ko‘rishadi. Odatda bu noo‘rin talablarni bir-biriga qo‘yish orqali hissiyotlarni tekshirish orqali ro‘y beradi. Masalan, “bu va yana bu takliflarimga ko‘nsaang, senga uylanaman, bo‘lmasa, oramiz ochiq” qabilida. 7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko‘rishmaslik bilan bog‘liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir- biridan ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o‘zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko‘pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo‘qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg‘uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi. Er va xotin o‘rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o‘z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu – Don Juan obrazidir. U o‘z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o‘z xohishi yo‘lida ularning his- tuyg‘ularini toptab ketaveradi. Yoki go‘zal va kelishgan ayol o‘z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo‘li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. YA’ni, Shostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo‘ladi.