logo

G`arb psixologiyaida ongli krizisning vujudga kelish va psixologiya maktabining shkllanish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

67 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Psixologiyadagi krizis. 2. Bixeoviorizm 3. Genital`psixologiya. 4. Psixologiyaning Rossiyada rivojlanishi. www.arxiv.uz XX asrning boshlarida , ya`ni 1910 yillarda G`arb psixologiyasida ochiq krizis vujudga keldi. Bu krizis faqat g`arb psixologiyasida bo`lib qolmasdan rivojlangan va asosiy yo`nalishga ega bo`lgan psixologiya maktablari va ta`limotlarini qamrab oladi. Ochiq krizisning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo`ldi: Birinchidan – psixologiyadagi bu davrgacha bo`lgan ilmiy nazariyalarning so`nggi yillardagi tabiiy bilimlardan olingan natijalar bilan mos kelmay qolishi, ya`ni psixologiya sohasida asosiy bo`lgan g`oyalarning fiziologiya va biologiya, meditsina fanlarida va qisman eksperimental olingan natijalar bilan qarama- qarshilik vujudga keldi. Ikkinchidan psixologiyaning mustaqil fan bo`lib shakllanishi uning o`z tajriba doirasiga ega bo`lishi, buning natijasida sof psixologiyaga xos bo`lgan tajribada isbotlangan nazariyaning vujudga kelishi: Uchinchidan metodologiyadagi qarama-qarshiliklar L.S.Vigotskiyning fikricha psixologiya fani asrlar davomida hukmron bo`lib kelgan metodologik asoslar ko`pchilik g`oyalarda tajribada o`z isbotini topmadi . Buning natijasida psixologiya sohasi bilan shug`ullanuvchi qator tadqiqotchilar yangi – yangi metodologiyani taklif qila boshladi va bu metodologiya psixologiya faniga o`rinlasha boshladi. Natijada eski metodologiya bilan yangi metodologiyaning qarama-qarshi psixologiyada ochiq krizis yuzaga kela boshladi. Psixologiya fanidagi ochiq krizis 10 yillardan 30 yillargacha davom etadi. Bu davrda psixologiyada yangi oqimlar bilan maktablar shakllana boshladi. Agar bu psixologiya oqimlariga nazar tashlasak psixologiyadagi dastlabki oqim assotsiativ psixologiya oqimi XUP asrning oxiri va XUSh asrning o`rtalarida ingliz falsafasida vujudga kelgan edi. Bu oqim assotsiativ psixologiyani yoki atamistik psixologiyani vujudga keltirgan edi. Assotsiativ psixologiya va to`g`ridan-to`g`ri bog`lanishlar psixologiyasi bilan bog`liq bo`lib, emperik psixologiyagacha bo`lgan davrda psixologiyadagi eng asosiy oqim hisoblangan. www.arxiv.uz 1910 yilda g`arb psixologiyasida V.Vunt., E.Giginerlar strukturalizm va AQSh psixologiyasidagi funktsionalizmga qarama-qarshi yangi oqim vujudga kela boshladi. Psixologiya tarixida bu oqim AQSh da vujudga kelgan degan ma`lumotlar mavjud va uning asoschisi D.X.Uotson (1878-1958) deb hisoblanadi. Uning 1913 yilda «Psixologiya buxaveristi» degan asari bosilib chiqdi. Bu asarda u yangi oqimning yo`nalishi tadqiqot ob`ekti, o`rganish predmeti, metodologiyasi va boshqa qator ilmiy yo`nalishlarini bayon qildi. Bu oqim Buxeovirizm oqimi degan nom oldi. Tarjimasi – b i x v i r e a d - xulq degan ma`noni anglatadi ,yoki xalq psixologiyasi degan nom oldi. Lekin ba`zi bixeovirizm oqimining asoschisi E. Gorandayk hisoblanadi degan fikrlar ham mavjud. Gorandayk Avstraliyalik psixolog bo`lib X1X asrning oxiriga qadar oq kaptarlar va oq kalamushlarda tajriba o`tkazdi. 1918 yil Korandayk hayvonlar o`rtasida olib borgan tadqiqotlari uchun Evropadan badarg`a qilindi. Amerikaning Kolerb kemasiga o`zining 100 ta katakdagi kalamush va kaptarlari bilan kelib tushadi va tadqiqotlarini davom ettiradi. Gerrandayk o`zining bu tadqiqotlari bilan bixeovirizmning ilmiy asoslarini to`liq isbotlab beradi va bu nazariy asosga ega bo`ldi. Bixeovirizmning shakllanishiga Gorandayk va Uotsondan tashqari rus olimlari I.P.Pavlov va V.M.Bexterevlarning fiziologiya sohasida olib borgan tadqiqotlari ham katta turtki bo`ldi. Stimul yo`naltirilgan reaktsiya formulasida ifodalanadi. S-R. Bu ma`lum stimul ta`sir etganda bunga nisbatan hisob reaktsiyasini qaytaradigan degan tushunchani anglatadi. 30-yillarga kelib bixeovirizm deb nom oldi. Ma`nosi yangi bixeovirizmni anglatadi. Uning ilmiy asosini E.Golmen yaratdi. (1988-1955) Golmen o`zining inson va hayvonlarning maqsadli xulqi 1932 yilda yozgan asarida neobixeovirizmning ilmiy metodik asoslarini bayon qilib berdi. Golmen bilan bir qatorda Amerikalik psixolog K.Xol (1884-1952) o`rganish nazariyasi bilan (Georiya naucheniya) neobixeovirizmning ilmiy asosini mustahkamladi. Bundan so`ng bixeovirizmning qator yo`nalishlari vujudga keldi. Xalqning ta`limotiga www.arxiv.uz asoslangan holda neobixeovirizmda matematik yo`nalish vujudga keldi. Bu yo`nalishga N.Y.Myuler, O.G.Moverlar asos soldi. Matematik yo`nalishdan tashqari sub`ektiv buxervirizm asoschilari D.Miler., Yu.Glanter., K.Pribramlar operal bixeovirizm asoschisi, V. Skiner (1904) neobxevorizmning so`nggi yillardagi yutuqlarining hammasi va Amerika psixologiyasidagi mavqeiga Skinerning xizmatlari kattadir. Skiner birinchi bo`lib bixeovi rizmning klassik formulasiga ijtimoiy muhit vaziyat tushunchasini kiritdi. Klassik formula quyidagi ko`rinishni oldi. S—R—SG` Bunga asosan har qanday stimul berilgan paytda javob reaktsiyasini qaytarishda ma`lum vazifaga , muhitga va ijtimoiy formatsiyaga moslashadi degan fikrni ilgari surdi. G`arb va chet el psixologiyasidai asosiy oqimlar va nazariyalarning shakllanishi, ularning ilmiy tadqiqotlar bilan boyib borishi psixologiyaning taraqqiyotiga va uning mustaqil yo`nalishlarining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Shu bois psixologiya psixikaning ,umumiy qonuniyatlari va uning rivojlanishi mexanizmlarini o`rganibgina qolmasdan yangi-yangi tarmoqlari psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi umumiy psixologiyaning fanlar sistemasida yuqori o`rinlardan birin egallashga olib keldi. G`arb psixologiyasidagi fanning taraqqiyoti va undagi ochiq krizis psixologiya maktablarining shakllanishi sobiq sovet psixologiyasini ham chetlab o`ta olmadi. Sobiq sovet psixologiyasida o`zining dastlabki kunidan boshlaboq yangi Oktyabr Revolyutsiyasi g`alaba qilgandan so`ng 20 yillardan boshlab psixologiyadagi tadqiqotlar, nazariya va ilmiy dunyoqarashlarni marksistik orientatsiyaga moslashtirishga harakat qildi. Bu borada qator qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Chunki revolyutsiyaga qadar Rossiyada psixologiya fanning taraqqiyoti asosan nemis psixologiyasiga asoslana boshlagan edi. Bundan tashqari Rossiyada tabiiy fanlar juda kuchli rivojlangan bo`lib ,fiziologiya sohasida Rossiya G`arb psixologiyasiga emas, balki G`arb va chet el psixologiyasi Rossiyaning ilmiy yangiliklariga tayangan holda ish olib borar edi. www.arxiv.uz Pavlov ,Botkin, Sechenov, (Uxtomskiy, Semskiy) 20-yillarda psixologiyada marksistik asosda tahlil qilishda Bexterev, Karnilov, Cherenpanovlar katta xizmat qildi. Keyinchalik Bexterev tomonidan ilgari surilgan jamoa refleksologiyasi tushunchasi ma`lum vaqt o`tgandan so`ng qattiq qarshilikka uchradi. Psixologiyada zid oqim sifatida fandan siqib chiqadi. 20-yilning o`rtalarida Lezurskiy tomonidan qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu bilan psixologiyaning materialistik asosi mustahkamlandi. Shu yillarda L.S.Vo`gotskiy (1896-1934) o`z tadqiqotlarini boshladi. Vo`gotskiyning o`zining ma`lumotlariga ko`ra huquqshunoslik fakul`teti Odessiya Universitetini yaratgan. 1925-1926 yillarda psixologiya faniga katta qiziqish bilan nazariy adabiyotlarni o`rganadi va psixologiya sifatida o`z tadqiqot ishlarini boshladi. Yaqin o`n yillar ichida qator-qator ilmiy maqolalar chop etadi va psixologiya tarixida o`chmas izini qoldirdi. Vo`gotskiy tomonidan yaratilgan g`oya sovet psixologiyasi, chet el va g`arb psixologiyasida asosiy ilmiy g`oyalarga aylandi, uning olib borgan tadqiqotlari sovet psixologiyasidagi yo`nalishlarni aniqlab berdi. Vo`gotskiy psixologiyada faqat nazariyotchi bo`lib qolmasdan buyuk nazariyalar, uning yaratgan ilmiy yangiliklari hozirgi kunga qadar ya`ni 30 yillarga kelib psixologiya Xarkov maktabi shakllana boshaldi. Bu maktabga Zaporojes, A.N.Lentev, I.Ya. Galperen, V.V Zankovlar kabi qator iqtidorli yoshlar to`plandi. Bu tadqiqotchilar Vo`gotskiy tomonidan yaratilgan g`oyalarni va buyuk nazariyotchi Rubinshteyn tomonidan ilgari surilgan g`oyalarni amalga isbotlashga harakat qildi. Psixologiya faninng yangi-yangi qirralarini kashf qildi. Keyinchalik,. Bu maktab vakillari Moskva va Leningrad psixologiya maktablariga asos soldi. Shu yillarda Gruziya psixologiya maktablari ham tashkil qilindi. Uning asoschisi (1886-1956) psixologiya bo`yicha mukammal bilimga ega bo`lgan shaxs hisoblanadi. 1909-1910 yillarda Uznadze-Letse universitetining faylasufi va psixologiya universitetiga o`qishga kiradi. U psixologiyaning asoschilaridan bo`lgan Vuntning qo`lida ta`lim oldi. Murabbiylardan Kof ,Koler, Vert, Veymerlar psixologiyasidgi qator muammolar va nazariyalarni chuqur o`rgatadi. 1914 yilda www.arxiv.uz birinchi jahon urushiga bir oy vaqt qolganda Uznadze o`zining jonajon Gruziyasiga qaytadi. Kutaisidagi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Xotin-qizlar muallimlar tayyorlash gimnaziyasida psixologiya fanidan ma`ruzalar o`qiydi. 10 yillarning o`rtalarida Urnadze dastlab Kutaisidan keyin Tbilisi universitetida psixologiyadan ma`ruzalar o`qiydi. Shu davrning o`zida qator shogirdlar tayyorlab etishtiradi va ustanovka psixologiyasiga asoslangan Gruziya psixologlar maktabiga asos soladi. Ustanovka-tayyor vosita bilan maqsadga kirib borish. Sobiq sovet psixologiyasida uchta yo`nalish (norasimiy) ravishda mavjud bo`lgan: 1. Moskva psixologlar maktabi asoschilari Vo`gotskiy, Rubinshtesti, Leon`tev ,Luriyalar. Bu yo`nalish psixologiyada nazaristlar yo`nalishi deb nom olgan. 2. Leningrad maktabi Amaliy psixologiya yo`nalishi bilan mashg`ul bo`lgan asoschidir. Vo`gotskiy, Anan`ev. 3. Gruziya maktabi ustanovka psixologiyasi bilan shug`ullangan. Ilk boshlanish davri Geshtat psixologiyasi bilan bog`langan asoschilari: Uznadze, Ananashvili. Sobiq sovet psixologiyasi to`liq shakllanmadi. Chunki, 20 yillarda psixologiyaning metodologik asosi va printsiplari bir tomonlik xususiyatiga ega emas edi. Ya`ni psixologiyadan psixikaning taraqqiyotini aks ettiruvchi klassik qonuniyatlar bilan bir qatorda marksistik orientatsiyadagi taraqqiyoti ham kirib kelishi kerak edi. Bu erda ikkita qarama-qarshi g`oyalar orasida murosasiz kurash boshlandi. Qator olimlar psixologiyaning ideologiyasiga zid bo`lgan oqim vakillari sifatida psixologiya fanidan chiqib chiqardi, natijada psixologiyadagi yangi yo`nalishga moslashgan tadqiqotchilarning psixologiya fanining tadqiqotlarini amalga oshirdi. Psixologiyani materialistik asosda qayta qurish bo`yicha qator olimlar: Chelepanov, Lazurskiy ,Kornilov, Teplov, Rosalimo va boshqalar www.arxiv.uz psixologiyaning materialistik asosidagi nazariyalarini ishlab chiqdi. Shu davrning o`zida Bexterev tomonidan ijtimoiy psixologiyaga xos bo`lgan jamoa refleksologiyasi haqidagi ta`limot yaratila boshladi. Bu ta`limotning hammasi rivojlanish xususiyatiga ega bo`lmadi. Bunga sabab psixologiya fanidagi ochiq krizisning vujudga kelishi va qator psixologiya maktabining paydo bo`lishi va bu maktablar orasidagi turli xil metodologik qarashlar psixologiyadagi qator t`limotlarning u yoki bu maktab nazariyasiga xosligini dalillab bera boshladi. 20- yillarning oxiri psixologiya faniga madaniy-tarixiy rivojlanish tushunchasi kirib keldi. Uning asoschisi L.G.Vo`gotskiy hisoblanadi. L.G.Vo`gotskiy bu ta`limoti asosida oliy psixik faoliyatlarning rivojlanishi haqidagi ta`limoti sobiq sovet psixologiyasidagi butun yo`nalishni aniqlab berdi. Bu davrda psixologiya sohasidagi mutaxassislardan tashqari psixatriya va fiziologiya sohasidagi mutaxassislardan tashqari psixatriya va fiziologiya sohasidagi mutaxassislar ham fanga o`z hissalarini qo`shdi. Bulardan – R.A.Lauriya o`zining klinik tadqiqotlari bilan o`zining psixatriya fanida jumladan bolalar psixatriyasida materialistik g`oyalarga asoslangan yo`nalishni yuzaga keltirdi va qator olimlar fiziologiya va anatomiya sohasidagi psixologiya fanining tabiiy asoslarini yaratib berdi. 50-yillarga kelgan paytda qator psixologlar: Teplov, Rubinshteyn ,Leon`tev ,Zinchenko P.P, A.V.Zaporojes, A.A. Smirnov, A.R.Rukich, P.Ya.Galperin, K.Z.Fabriy va boshqa qator olimlar psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni amalga oshirdi. Buning oqibatida 70 yillarda sobiq sovet psixologiyasida yangi yo`nalish faoliyat-psixologiyasi yuzaga keldi. Asoschisi – A.N.Lentev hisoblanadi. Psixologiyaning tarmoqlari: ijtimoiy psixologiyaning asoschilari G.I.Andreeva ,Kovalyov, B.D.Parichin, Kuzmin, Semeynov, A.V.Petrovskimy, L.A. Petrovskaya, N.N.Bogalova. Meditsina psixologiyasida – A.R.Luriya, V.V.Svetkov, Yu.V. Polikov, A.N.Komskaya. www.arxiv.uz Umumiy psixologiyada – A.I.Leon`tev, B.F.Lomov, B.I. Teplov, V.F. Nebil`tsin, A.Asmirnov Potopsixologiyada – B.V.Veygernik. Injenerlik psixologiyasida – V.F.Zinchenko, Yu.M. Serekov, Klimov va bu qator sohalarda etuk mutaxassislar etishib chiqdi. 50-90 yillardagi G`arb psixologiyalariga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu erdagi marksistik orientatsiyadagi psixologiya shakllana boshladi. Bundan tashqari G`arb psixologiyasida 70-80 yillarda Kongertiv psixologiya orientatsiya vujudga keldi. Bu psixologiyadagi psixik jarayonlarni o`rganish etnopsixologiyadagi xususiyatlarni va psixik taraqqiyotini umumlashtirish natijasida amalga oshdi. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. M.G.Yaroshevskiy «Istoriya psixologii» Moskva. Izd. «Nauka» - 1979 yil. 2. A.N.Jdan. «Psixologiya ot antichnosti do nashix dney» Moskva, «Nauka» -1989 y. 3. Yu.B. Gippenreyter «Vvedenie v obshuyu psixologiyu» Moskva, Izd. MGU- 1098 g. 4. www.ziyonet.uz