logo

Tarbiya jarayonining mohiyati, printsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari

Yuklangan vaqt:

13.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

38.384765625 KB
Tarbiya jarayonining mohiyati, printsiplari. Sharqona tarbiyaning nazariy, milliy asoslari. Tarbiya metodlari Reja: 1. Tarbiya jarayonining mohiyati. 2. O’z-o’zini tarbiya va qayta tarbiya. 3. Tarbiyada milliy udumlar va odatlardan foydalanishning ahamiyati to’g’risida Sh arq allomalari fikrlari. 4. Tarbiya metodlari tushunchasi. 5. Tarbiya metodlari guruhlanish tavsifi. Tarbiya jarayonining mohiyati va qonuniyatlari. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar majmuidan iborat bo’ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi – har tomonlama uyg’un, va kamol topgan, yangi tipdagi shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o’zi aktivlik ko’rsatishini ham, taqozo qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga kompleks yondashish yo’li bilan eng muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma - xil, bevosita va bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. «Hamma narsa: odamlar, ashyolar, voqealar, avvalo, ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar». ( A.S.Makarenko ) Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xaraktyerda bo’lmaydi. Bu narsa ko’pgina sabablarga, o’quvchilarning individual - tipologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog’liq. Shuning uchun bir xil tarbiyaviy ta’sirning o’zi «shaxsning emotsional larzaga kelishiga» (A.S.Makarenko) sabab bo’lishi, ayni vaqtda bola ma’naviy dunyosining o’zgarishiga olib kelmasligi ham mumkin. Tarbiya nazariyasi — pedagogika fanining bir qismi bo’lib, t arbiyavi y jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’l im va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalariga asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, boshqaruv pedagogikasi bilan uzviy bog’langandir. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks e ttiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni oila, davlat oldidagi mas’uliyatini anglab etadigan har tomonlama y e t uk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak madayiyatlarni belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida ta’lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, intellektual va ma’naviy kuchlarni mustahkamlash muhim aha m iyatga molikligi qayd etib o’tildi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy , axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-qu vv atlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli h arakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulg’aygani sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga, hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo’lishga ko’nika boradilar. Ha m ma davrlarning ilg’or kishilar i tarbiyaga y u qori baho b eradi . Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar. Tarbiya qoidalari Tarbiya qoidasi — pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’1-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf — donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bo’lib, tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo’yiladigan lalablar shu qoidalarda o’z ifodasini topadi. Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o’zgarganligi sababli, kengayib bormoqda. Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g’oyalarni qaytadan ko’rib chiqishimiz, bola shaxsiga e’tiborni qaratishimiz, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o’quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligj va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko’ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko’zda tutadi. O’rta maxsus, hunar ta’limining asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg’ulari va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shiuningdek, o’quvchilarda milliy g’urur va milliy axloq-odobni shakllantirishni ko’zda tutadi. Tarbiyaviy ish mafkura maqsadini ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko’pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa o’quvchilar jamoasining aqliy va axloqiy o’sishini ta’minlaydi. Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izhor qilingan bo’lsada, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bo’lishi mumkin. Shuning uchun maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilish lozim. Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan bog’lashni, uni rejali tarzda va qat’iy sur’atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi. Ma’lumki, O’zbekiston o’tish jarayonini boshidan kechirmoqda. Inqilobiy o’zgarishlar ketayotgan hozirgi sharoitda yoshlarni jamiyatimiz g’oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o’z hissalarini qo’shishga ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga rag’batlantirish juda muhimdir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o’ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo’ysundirilgan bo’lsa, uning g’oyaviy-siyosiy darajasini ko’taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta’siri yuqori bo’ladi. Tarbiyaning hayot bilan bo g’ liqligi, mehnatda tarbiyalash, jamoaviylik ta’sirlarning uzviyligi, tizimliligi. Bu printsipning mohiyati tarbiyaga jamiyatning iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarini, qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tatbiq etishdan iborat. Hozirgi sharoitda yoshlarni, o’quvchilarni moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatga, kasbni asosli tarzda tanlashga tayyorlash o’qituvchilar, o’quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan chuqur anglab olinishi kerak. Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bo g’ liqligini tarbiyaviy ish hamda o’quvchilarning unumli mehnati o’rtasida aloqa o’rnatishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. O’quvchilarni mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etilayotganida bu narsani o’quvchilar jamiyatga xizmat qilish maktabi, moddiy va ma’naviy ne’matlar mo’l – ko’lligi uchun umumxalq kurashining tarkibiy qismi , deb idrok etishlari haqida g’amxo’rlik qilishlari kerak. Kollektiv shunday «gimnastika zali»dirki, unda yaxlit shaxsning xilma - xil fazilatlari mashq qilinadi va shakllanadi. Birgalikdagi faoliyatda, bir maqsadni ko’zlab tashkil etilgan kollektiv harakatlarida o’zaro bog’liqlik va o’zaro mas’uliyat munosabatlari vujudga keladi, bolada kollektiv turmush tajribasi va malakalari to’planadi, shaxsning kollektivchilik xislatlari shakllanadi (Makarenko). Bu printsipga amal qilish pedagogika tizimini shunday qurishni taqozo etadiki, uning tarkibiy qismlari va elementlari bir-biri bilan yonma – yon bo’lmasa- da, yaxlit birlikni tashkil etishi kerak. O’quvchilarga nisbatan talablarning turlichaligi tarbiyaga eng ko’p zarar yetkazadi. Afsuski, amalda ko’pincha shunday bo’ladiki, oila maktab talabini qo’llab – quvvatlashi u yo q da tursin, balki qarama – qarshi ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilar orasida ham ba’zan talablar birligi ta’minlanmaydi. Tarbiya ko’plab kishilar ishtirok etadigan uzoq muddatli jarayondir. Shu sababli ularning ichida izchillikka va davomiylikka rioya qilish, o’quvchilarning tarbiyalanish darajasini, yaqin oradagi rivojlanish zonasini o’z vaqtida aniqlash nihoyatda muhimdir. Tarbiyada milliy udum va urf-odatlar. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan – avlodga bebaho meros sifatida o’tib kelayotgan urf – odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g’oyalarini singdirishda muhim omil bo’ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro’z, o’qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi bayram va marosimlarimizning jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish yo’lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda milliy an’analarimizni o’rgatish, targ’ib e t ish bilan bir qatorda to’y – ma ’ rakalarni, odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdabozlikka yo’l qo’ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor. Bu urf – odat va an’analarning asosiy qismi oilada va oila a’zolarining bevosita ishtirokida o’tkaziladi. Shuning uchun ham har bir oilaviy an’ana va udum mafkuraviy tarbiyaning muhim yo’nalishi hisoblanadi. Masalan, insonparvar, yuksak e’tiqodli, bag’rikeng, me h r – oqibatli odamlarni voyaga yetkazishda keng ma’nodagi tolerantlik, oilaviy munosabatlardagi insoniylik tamoyillari muhim o’rin tutadi. Har bir o’zbek oilasida muqaddas sanaladigan mehmonnavozlik, qiz va o’g’il bolalar tarbiyasi borasida maxsus an’analarning mavjudligi, yil mavsumiga k o’ ra barcha oila a’zolari ishtirokida o’tkaziladigan hasharlar, chaqaloqning dunyoga kelishi bilan bo g’ liq marosimlar hamma – hammasi ezgulikka, ya’ni so g’ lom mafkuraviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonini harakatlantiruvchi kuchlar. A.S.Makarenko tarbiya jarayonini xarakterlab, atrofdagi voqelikdan iborat butun murakkab olam bilan bola juda xilma-xil munosabatlarga kirishadi, deb ta’kidlagan edi. Real tarbiya jarayonida bu holatni hisobga olmaslik mumkin emas. Tarbiya jarayoni uning ziddiyatli ekanligida namoyon bo’ladi. Aslida bu narsa tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo’yiladigan talablar bilan ularning tayyorgarlik darajasi, rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama - qarshilikni hal etishga qaratilgandir. Tarbiya jarayonining harakatlanuvchi kuchi bo’lgan ziddiyatlar tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi ziddiyatlar ob’ektiv mavjud bo’lgan normalar bilan atrofdagi kishilar yurish-turishi o’rtasidagi nomuvofiqlikda, tafovutda namoyon bo’ladi. Ko’pgina kollej o’quvchisi tengdoshlari va katta yoshdagilarning ijtimoiy normalarga zid xatti-harakat qilganliklarining guvohi bo’ladi. Tarbiya jarayonining tashqi ziddiyatlaridan biri – tashqi talablar bilan o’quvchining o’z- xulq atvori o’rtasidagi ziddiyatdir. Tarbiya jarayonining ob’ekti bo’lgan bolaning xarakterli xususiyati – uning real imkoniyatlari bilan jamiyat tomonidan uning xulq atvori va faoliyatiga q o’ yiladigan talab o’rtasida, tarbiyalanuvchining pozitsiyasi bilan uning mustaqillikka intilishi o’rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Insonning shaxs sifatida kamol topishidagi asosiy manbalardan biri talablar bilan ularni qondirish usullari (sharoitlari) o’rtasidagi ziddiyatdir. Agar kollej o’quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat bilan va zarur hajmda qondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartar a f etiladi. Amalda esa talab darhol va to’la h ajmda qondirilmaydi. O’z-o’zini tarbiya va qayta tarbiya. Tarbiya jarayoni bolada o’z-o’zini tarbiyalash – o’z ustida ongli, rejali ish olib borish e h tiyojini hosil qilgan taqdirdagina samarali hisoblanadi. Bola o’zini - o’zi tarbiyalashga tayyorlangan bo’lsa, u o’z istiqboli ustida o’ylay boshlagan va amaliy hayotda muayyan darajada mustaqillik ko’rsata boshlagan bo’lsa, o’z - o’zini tarbiyalash istagi vujudga keladi. Bolalarda o’z - o’zini tarbiyalash jarayoni o’quv yurti va oiladagi butun tarbiyaviy ishning ta’siri ostida r o’ y beradi. Chunki, bola tarbiya jarayonining ob’ektigina emas, balki sub’ekti hamdir. Shu sababli o’z -o’zini tarbiyalash o’z ustida faol ish olib boradigan bir paytda (o’z kamchiliklarini anglash va ularni o’z shaxsidagi afzalliklar va kamchiliklar bilan qiyoslash, axloqidagi, xarakteridagi nuqsonlarni tuzatish istagi) shaxs kamolotidagi zarur bosqichdir. O’z - o’zini tarbiyalash bolaning o’z oldidagi muayyan vazifani qo’ya olishini, uni bajarishga ichki ishtiyoq bo’lishini, bajarish jarayonida shu vazifani bajarish zarurligini anglashni, nima qilingani va hali nimalar qilinmagani yoki yomon qilingani h aqida hisobot berishni, o’zini nazorat qilishni va qo’yilgan vazifaning bajarilish natijalariga baho berishni o’z ichiga oladi. O’quvchini tashqi ta’sirlar ham (jamiyatning ideologik va ma’naviy talablari, kollektiv va ayrim shaxsning talablari), ichki ta’sirlar ham moddiy va ma’naviy ehtiyojlar, insonning manfaatlari o’zini - o’zi tarbiyalashga undaydi. Tarbiyaning kuchi, xususiyatlari. Tarbiya – keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning uch xil talqini mavjud: 1. Bolani boqib, voyaga yetkazish. 2. Parvarish, qarov, tarbiyalab o’stirish. 3. Kishining olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish. Masalan: odob va axloqqa o’rgatish – hunar tarbiyasi: shariat qoidalariga o’rgatish – shariatga asoslangan tarbiya va hokazo. Tarbiya ta’limsiz amalga oshmaydi. Ta’lim berishdan maqsad, uning ketidan tarbiya berishdir, ya’ni ta’lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish. Ta’lim va tarbiya tushunchalari o’zaro uzviy bo g’ liqdir. Tarbiyalanganlik - ulug’ ne’mat. Bu haqda sharq allomalari, mashhur pedagoglar. Qadimiy ajdodlarimiz insoniy mezon qilib olgan, har bir kishidan talab qilinuvchi bu ijobiy xislatlarni jamlab, ularni tartibga solib chiqsak, quyidagi ijtimoiy sifatlar tizimi gavdalanadi: birinchi o’rinda jasurlik, keyin - bilimdonlik, uddaburonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, odamiylik, axloq va odoblilik, do’stlik, tejamkorlik va saramjonlik xislatlari turgan. Bunday xislatlarni shakllantirishda ham diniy, ham dunyoviy asarlar muhim o’rin egallagan. Qur’oni Karimning Baqara surasida bilimga da’vat etuvchi 269 – oyatini olib ko’raylik: «U o’zi istagan kishilarga hikmat (foydali bilim) beradi. Kimga hikmat berilgan bo’lsa, bas, muxaqqaki, unga ko’p yaxshilik berilibdi» Olil Imron surasining 92- oyatini olsak: «Suygan narsalaringizdan infoq – ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka, jannatga etmagaysiz». Niso surasining 85 – oyatida: « Kim (odamlar orasida) chiroyli – h aq taraf olish bilan taraf olsa, o’ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim no h aq taraf olish bilan taraf olsa, o’zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur». Shu suraning 112 – oyatida esa: “Kimki biron xato yoki gunohni qilib qo’yib, so’ng uni bir pok odamga tuhmat qilib otsa, muxaqqaki, u bo’hton ochiq gunohni o’z zimmasiga olibdi», - deyilgan. Ma’naviy merosimiz hisoblangan epik rivoyatlarda, jumladan, «Avesto», «Go’ro’g’li», «Alpomish» dostonlari, Firdavsiyning «Shohnoma», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», va qator boshqa asarlarda ajdodlarimizning vatanni, xalqni sevish, or-nomus va do’stlariga sadoqat kabi sifatlariga ularning asosiy ijtimoiy xislatlari deb qaralgan. Zardushtiylik ta’limoti talablariga: o’g’rilik va birovning mulkiga xiyonat qilmaslik, ayollarga, ayniqsa homiladorlarga g’amxo’rlik qilish, er sug’orish, daraxt ekish, o’z vaqtida uylanish va bolalarga g’amxo’rlik qilish kabi masalalar kiradi. «Avesto» da yana yer, suv va havo muqaddas hisoblanib, ularga hurmat va ehtiromda bo’lishga da’vat etilgan. Sharq ilk jonlanish davri (9–11 asrlar) allomalari Islom aqidalarida tarbiyalanib, ularni hayotda bir necha bor sinovlardan o’ tkazib, h ikmatli so’zlar orqali bizlarga yetkazishga harakat qilganlar. Jumladan, Abu Rayxon Beruniy: «Barcha illatlarning asosiy sababi bilimsizlikda», - degan ekanlar. Abu Ali ibn Sino: « H aqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lishi kerak, lekin h ar qanday bilim ham h aqiqatga olib kelavermaydi. O’z bilimining haqiqiyligini bilish uchun mantiqni bilish zarur», - deganlar. O’rta asrlar Markaziy Osiyo allomalari va 19 – asrdagi jadidlar harakati namoyondalari ham kishining insoniy sifatlariga alohida to’xtalib, komil inson siymosining asosiy belgilari (xislatlari) ni ko’rsatganlar. Shunday qilib, bu davrda yashagan mutafakkir olim, shoir va donishmandlarning asarlarida, ijtimoiy taraqqiyot uchun muhim bo’lgan insoniy sifatlar – insonparvarlik, bilimga e’tiqod, xalq manfaatini himoya qilish, ma’naviyatni yuksaltirish, komil inson va yetuk jamoaga erishish kabi masalalar yoritilgan. Tarbiya metodlari Tarbiya metodlari ha q ida ma’lumot. Tarbiya metodlari (yunoncha yo’l, usul) – tarbiyalanuvchiga ta’sir ko’rsatish yo’llari , degan ma’noni bildiradi. Tarbiyaning maqsad va mazmuniga qarab metodlar tanlanadi. Ular shaxsni to’g’ri shakllantirish va kamol toptirishga xizmat qiladi. Tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari: 1. Tarbiyada o’quvchilarning individual – psixologik xususiyatlarini hisobga olish; Tarbiya jarayonida o’qituvchi turli xil bir – biriga o’xshamas temperament, xarakter, qobiliyatli talabalar bilan shug’ullanadi. Ma’lum talabaga nisbatan qo’llangan metodni boshqa bir talabaga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun tarbiya jarayonida individual yondashishdan foydalanish tavsiya qilinadi. Individual yondoshishda tarbiyachining o’quvchilarga nisbatan g’am x o’rligi va nazokati, o’z xatti - harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko’ra olishi nazarda tutiladi. Individual yondashish o’quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko’proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarni tanlashni va amalga oshirishni talab qiladi. Individual yondoshishda, birinchi navbatda, shaxsda biror xislatning tarkib topishiga ta’sir etadigan individual, maxsus sharoitlarni bilish va hisobga olish nazarda tutiladi. 2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish; Tarbiyalanuvchi guruhidagi talabalar jamoasi yuqori rivojlanganlik darajasiga etib, ularda axloq masalalarini o’rganish ehtiyoji paydo bo’lgandagina axloqiy tarbiya ishini amalga oshirish lozim. Ana shunda bu tadbirlar maksimal darajada samara beradi. 3. Aniq pedagogik sharoitni hisobga olish. O’qituvchi o’z xatti-harakati talabalar tomonidan to’g’ri qabul qilinayotganiga, uning talablari talabalar tomonidan bajarilishiga ishonchi komil bo’lsagina, ma’lum metodlarni qo’llashi mumkin. Ularning guruhlanishi. Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Ishontirish. Talabalar bilan muntazam ravishda o’tkaziladigan suhbatlarda qo’llaniladi. O’qituvchi tomonidan aytiladigan har bir fikr asoslangan, isbotlangan bo’lishi talabada barcha narsani tushunishga va natijada to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Ishontirish deganda fa q at fikrga emas, balki o’z kuchiga, shaxsiga ishonishni tarbiyalash ham nazarda tutiladi. O’git - nasihat. Tarbiya jarayonida azaldan qo’llanib kelinadigan usul. Misol qilib Kaykovusning « Q obusnoma» asarini olish mumkin. Kaykovus o’zining hayotiy tajribalari bilan o’g’li Gilonshohni tarbiyalashni istaydi va bu pand – nasihatlarini o’g’li uchun eng qimmatbaho meros , deb ta’kidlaydi. U o’z asari «Qobusnoma»da o’g’li Gilonshohga murojaat qilib, umidim shuki, sen shu pandlarni qabul qilgaysan. Bu bilan men otalik vazifasini bajo keltirgan bo’lurman. Bilgilki, xalqning rasmi, odati shunday: yugurib – elib, qidirib – axtarib dunyodan biror narsa hosil qiladi va bu topgan narsasini o’zining eng yaxshi ko’rgan kishisiga qoldirib ketadi. Men dunyoda mana shu so’zlarni hosil qildim, sen esa mening uchun eng qimmatbahosan. Menga safar vaqti yaqinlashdi, dunyodan nima hosil q ilgan bo’lsam, sening oldingga qo’ydim, toki o’zingga bino qo’ymagaysan va o’zingga nomunosib ishlarni qilmagaysan, degan pandlarni aytadi. Maslahat berish: Bu usulni q o’llashda (ayni q sa o’smirlik yoshida) buyru q ohangidan qochish lozim. Takror – takror aytilgan maslahatning foydasi oz bo’ladi. Ustoz G’aybulloh A s Salom o’zining «Tolibnoma» asarida ushbu metoddan juda oqilona foydalanganini qayd qilmoqchimiz. Asarning har bir bobida yosh talabalarga ibratli maslahatlar beriladi: «Talaba, eng avvalo, tolibi ilm demakdir. Bas, talabaning el –yurtga sadoqati, fidoyiligi, vatanparvarligi ilm istashida, ilm izlashida, ilm topishida, bilim cho’qqilarini egallashida namoyon bo’ladi. «Bugungi ishni ertaga qo’yma», - degan maqol tolibi ilmlarga nisbatan ishlatiladigan bo’lsa: «Bugungi o’qishni ertaga qo’yma». «Shu topshiriqni ertaga bajarsam - chi», «O’qib kelinglar deyilgan kitobni keyinroq o’qisam-chi», «Xonamni boshqa kun yig’ishtiraman, osmon uzilib erga tushmas», «Chet tilini keyinroq o’rganarman, xudoning kuni ko’p - ku»... Bular – yalqov odamning falsafasi, o’zini – o’zi aldashi. «Ertaga» - «bugun»ning zo’r dushmanidir; «ertaga» bizni bor – budumizdan ayiradi, - degan ekan bir donishmand. Umr – etmish yildir, sakson yildir, to’qson yildir, ko’pdir, ozdir – oqar daryo ekan... Sharq donishmandlari o’rtacha umrni to’qson yil deb olib, shundan o’ttiz yilini – o’qib – o’rganishga, o’ttiz yilini sayohat qilish, dunyoni ko’rish, qolgan o’ttiz yilini ilmga, ijod qilishga sarflashni maslahat berishgan». Ko’ndirish: Bu metod izohini berishda T. Sodiqova faoliyatidan misol keltirmoqchimiz. O’tgan asrimizning 70 – 80 yillarida «Svetofor» nomli o’quvchilar o’yini bo’lar edi. O’yin bosqichma – bosqich maktabdan to respublika miqyosigacha o’tkazilar edi. Noma’lum sabablarga asosan T. Sodiqova rahbarlik qilayotgan 5 sinf o’quvchilari o’zlaridan 1 yil katta bo’lgan 6 sinf o’quvchilari bilan «S v etofor» o’yinida bellashishadi. Hay’at a’zolari 6 sinf o’quvchilari ukalariga mag’lub bo’lishsa uyat bo’lishini hisobga olib ularni g’olib deb e’lon qilishadi. Bunday nohaqlik 5 sinf o’quvchilariga juda qattiq ta’sir qiladi. Oradan bir oz vaqt o’tib respublika miqyosidagi «Svetofor» o’yiniga maktabdan o’quvchilar taklif qilinadi. Maktab direktori T.Sodiqovani chaqirib, bolalarni tayyorlashni buyuradi. Xabarni eshitgan talabalar «O’yinga g’olib chiqqan sinf borsin. Bizni mag’lub deb e’lon qilishdi-ku», deb qattiq e’tiroz bildirishadi. Albatta ular haq. Biroq maktab, qolaversa viloyat obro’sini ko’tarish mas’uliyatini his etgan holda Tursunoy opa «Bolalarim, respublika miqyosida o’tkaziladigan o’yinga viloyat maktablari, sinflari ichidan bizni tanlashgani g’olibligimizni tan olishgani emasmi?», deb murojaat etishi o’quvchilarni sergaklantirib, ko’nishga undaydi. Tushuntirish: Talaba nojo’ya xatti – harakatining oqibati nimalarga olib kelishi mumkinligini asosli tushuntirib berish. «Harom narsalardan saqlaning – odamlar ichida ibodatlirog’i bo’lasiz. ollohning taqsim qilgan rizqiga rozi bo’ling – odamlarning boyrog’i bo’lasiz. Qo’shningizga yaxshilik qiling – tinch bo’lasiz. O’zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko’ring – salomat yurasiz. Ko’p kulmang. Ko’p kulish dilni o’ldiradi». (Hadisdan). Xulq atvorni shakllantirish usullari: Milliy o’yinlar. O’yin tarbiya jarayonining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O’yin bolalarni fikr yuritishga, faoliyatiga tayyorlaydi. Milliy o’yinlar bolalarda milliy mafkura g’oyalarini shakllantirishda muhim o’rin kasb etadi. Odatlantirish – har kungi oddiy o’z – o’zini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish, ya’ni kun tartibini ma’lum rejim asosida tashkil qilish nazarda tutiladi. Odatlantirish shaxs irodasini mustahkamlash jarayonida asosiy o’rinni egallaydi. O’rgatish metodi o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o’ylab chiqilgan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq normalarini tarkib toptirish maqsadida o’quvchilarni yurish – turish qoidalarini bajarishga o’rgatib borishni nazarda tutadi. O’rgatish – xatti–harakatlarni tanlash, milliy qadriyatlarni bilish, etik normalarni o’zlashtirishni o’rgatish yordamida amalga oshiriladi. Mash q q ildirish – turli – tuman mashqlar tarbiyada muhim o’rin egallaydi. Bu mashqlarning o’zi bevosita o’rganish bilan bog’langandir. O’quv ishlarida mashqlardan o’quvchilarda malaka va ko’nikmalar tarkib toptirish uchun foydalaniladi. Ba’zi hollarda mashqlar tarbiyada biror bir narsani o’rgatish maqsadida qo’llaniladi. Talab - O’qituvchi o’z talabi tarbiyalanuvchilar tomonidan bajarilishiga ko’zi etsagina, bu metoddan foydalanish mumkin. Ibrat-namuna - «Qush uyasida ko’rganini qiladi». Tarbiyalanuvchilarga doim yolg’on gapirish yomon ekanligini uqtiramiz – u, birov so’rab kelganda, ba’zan o’zimiz bo’la turib «meni yo’q deb aytgin» , deb yolg’on gapirishni o’rgatamiz. Talabalar aksari yat hollarda so’zlarimizga emas, balki xatti–harakatlarimizga e’tiborlarini qaratadilar. Tarbiyada musobaqa, rag’batlantirish va jazolash metodlari. Talabalarda o’z kasbiga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish maqsadida musobaqa metodidan foydalaniladi. Musobaqa sifatida o’quv mavzulari bilan bir qatorda to’garak, jamoa ishlarini ham olish mumkin. Talabalarga oldindan topshiriqlar berilib, tayyorlanish uchun ma’lum muddat beriladi va guruhlar tashkil qilinib musobaqa uyushtiradi. Rag’batlantirish metodi talabada o’ziga bo’lgan ishonchni orttirishga xizmat qiladi. Biroq, rag’batlantirish metodidan ustalik bilan foydalanish lozim, ya’ni rag’batlantirish ketma-ket bo’lmasligi, haddan oshirib maqtamaslik lozim. Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud: 1.Talabaning kuchi etadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bola ga ishonch bildirish; bunda talaba o’z qadr-qimmati bilan fa x rlanadi; 2.Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida); 3.Esdalik sovg’asi berish (kitob, ruchka, o’quv asbobi va boshqalar); 4.Maqtov yorlig’i berish; 5.Stipendiya bilan taqdirlash; 6.Hurmat taxtasiga fotosuratini qo’yish; 7.Qo’llab-quvvatlash; 8.Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi; Jazolash. Jamoa yoki tarbiyachi talabaning axloqidan, uning ishga munosabatidan, uning muomalasidan mamnun bo’lmasa talabaga o’z xulqini tuzatib olishda yordam ko’rsatish uchun foydalaniladi. Shunday qilib, rag’batlantirish singari jazolash metodidan ham ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Chunki haddan tashqari ko’p jazolash talabada «ma’noli to’siq» hamda uni o’zini noqulay sezishga uyalishga majbur qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. I.A.Karimov Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. Xalq so’zi. 2012 yil 8-dekabr 2. Karimov I. A. “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent, “Sharq”, 1997 yil 3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent, “O’zbekiston”, 2010 yil 4. Karimov I.A. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi Qarori. Toshkent, 2010 yil 29 yanvar 5. Bikbayeva N. U. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996 yil 6. Jumayev M. E., Tadjieva Z. G’. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Toshkent, 2005 yil 7. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G’. “Boshlang’ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi” Toshkent, “TDPU” 2005 yil 8. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchlarni rivojlantirish nazariyasi va netodikasi (KHK uchun) Toshkent, “Ilm-Ziyo” 2005 yil 9. Jumayev M.E. Boshlang’ich matematika nazariyasi va netodikasi (KHK uchun) Toshkent, “Arnoprint” 2005 yil 10. Toshmurodov B. “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni takomillashtirish Toshkent “O’qituvchi”, 2000 yil 11. Jumayev M. E. “Matematika o’qitish metodikasidan praktikum” Toshkent “O’qituvchi” 2004 yil 12. Omonov B. “Qiziqarli matematika” Toshkent “O’qituvchi”, 1994 yil 13. Mavlonova R. A. Raxmonqulova N.X. “Boshlang’ich ta’lining integratsiyalashgan pedagogikasi” Toshkent “Ilm ziyo”, 2009 yil