logo

Oilada, maktabda, dars jarayonida hamda sinfdan tashqari mashg'ulotlarda oilaparvar yoshlarni tayyorlash metodikasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

53 KB
Oilada, maktabda, dars jarayonida hamda sinfdan tashqari mashg'ulotlarda oilaparvar yoshlarni tayyorlash metodikasi REJA 1 .Uzbekiston Respublikasi "Uz-uzini boshqarish organlari haqidagi"nizom haqida. 2.Maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasi bilan xamkorlik, o'zaro musobakalar,bayramlar utkazish metodikasi. 3.Maktab, oila va jamoaning bir-biri bilan boglikligi. Oila o'zining tarixiy taraqqieti davrida uzoq va murakkab yo'lni bosib o'tdi. Bu yo'lning o'ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o'zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o'zgarganligidir. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o'zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o'zarо aloqa shakllariga ta`sir ko'rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma`naviy yo'nalishidagi o'zgarishlari oila faoliyatining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Bunday o'zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o'zaro do'stlik va farzand ko'rishni rejalashtirishda o'z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o'zining olib boradigan siesati markazida olib qaraydi. SHu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma`naviy erdam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg'unligini ta`minlashdan manfaatdordir. Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko'paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy haetga tayerlash borasida oila ma`lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqietiga hamohang holda faoliyatda bo'lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo'nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an`anaviy qismi sifatida o'rganilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo'nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e`lon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan endashaetganliklari ma`lum bo'lmoqda. Bolalarning bolalar yasli va bog'chasida uzoq muddat bo'lishlari ularning kamolotiga, ehtiej, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko'plab mashg'ul bhlishlari sababli o'zlarining to'laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo'lsagina o'sib kelaetgan esh avlod farovonligini ta`minlash mumkin. U eki bunisining yo'qligi tarbiyaviy jaraenga salbiy ta`sir ko'rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiejlarini to'laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jaraeni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta`minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to'laqonli hissiy-emotsional, otalik eki onalik, oilaviy baxtni ta`minlash ehtiejlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo'yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg'in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo'mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota- onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog'liq. Buning uchun - a) Bolalarning haeti va mashgulotini to'g'ri tashkil etish (rejim, o'yin, mehnat, uydagi o'quv ishlari, sport va shunga o'xshash) b) O'zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uy- xo'jaligida, bolalarni parvarishlashda, o'qishda, dam olishda, esh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo). Biroq, bu yo'lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik shundan iboratki, ilg'or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o'z mas`uliyatlarini yaxshi bilsalar ham tarbiya uslublari, usul va vositalarini aniq qo'llay olmaydilar. Ma`lumki, oilada biron-bir uslub alohida qo'llanilmaydi, balki barcha uslublar uyg'unlashuvda qo'llaniladi. Bizning hozirgi sharoitimizda ko'proq ishontirish va ungа hamohang uslublar ko'proq tatbiq etiladi (masalan, ma`qullash, rag'batlashtirish). Majbur etish esa boshqalarga nisbatan erdamchi usul sifatida qo'llaniladi. Demak, tarbiya usullari va uslublarini tanlash, ularni takomillashtirish va tatbiq etish oila haetining muhim formasidir. Esh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan usullarga emas, balki o'ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar tizimiga bog'liqdir. Oilada qo'llanilgan u eki bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning haet tarzi, turmushi va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi eki mos kelmasa, aksincha bo'lishi haetda ko'plab kuzatilgan. Oilada bolalarni tarbiyalash o'zining bir qancha milliy xususiyatlariga ega. Ular xalqning shakllangan oilaviy an`analari, urf-odatlari, xalqning ruhiyati, haeti va turmush tarzidir. Respublikamiz bolalarga ko'rsatadigan amaliy ta`sirini oila orqali amalga oshiradi. Oilaning bolalariga ko'rsatadigan ta`sir doirasi shunchalik kattaki, u jamiyat ta`siri bilan uyg'unlashib ketadi. SHu bilan birga, biz uning o'ziga xos imkoniyatlari mavjudligini inkor eta olmaymiz. Barkamol inson tarbiyasida oila jamiyat bilan yaxlit bir birlikni tashkil etadi, bu esa hozirgi kunimiz uchun xos xususiyatlardan biridir. Ayniqsa, ota-onalar va jamiyat a`zolarining mehnat faoliyatlari xarakteri, er va aelning teng huquqligi, o'zaro hurmat, farzandlarni e`zozlash, hurmatlash, ijtimoiй va fuqarolik e`tiqodi, oilaviy madaniy haetning mavjudligi va o'saetganligi oilalarga xos fazilat sifatida qadrlanmoqda. Bolalar tarbiyasiga birinchi gavbatda ota va onaning o'zaro munosabatlari katta ta`sir ko'rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va aellarning teng huquqligi ta`minlangan bo'lsa-da, lekin biologik tenglik yo'qligini inkor eta olmaymiz. SHu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko'proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, aellar oilada erkaklarga nisbatan ko'proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham aellar uy ishlari uchun to'qqiz soatdan o'n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ael bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo'ladi. Эrtalab, ishga jo'nashdan oldin bolalarini avqatlantiradi, kiyintiradi, yasli eki bog'chaga olib boradi, maktabga jo'natadi. Katta eshdagi farzandlari o'zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, aelning ikkinchi - uy uchun bo'lgan ish faoliyati boshlanadi, ya`ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayerlash va hokazo. Otaning uy ishlaridagi ishtiroki asosan buyruq berishda ko'proq namoen bo'ladi. G'Uni bajar, nima uchun buni bajarmading, hozir bajarG' va hokazo. Uning vazifasi ko'proq oilaning iqtisodietini va farzandlarining sog'-salomat o'sishlarini ta`minlashda ifodalanadi. CHunki farzandlarining bemorligi nafaqat onaning, balki otaning ham ish faoliyatiga ta`sir ko'rsatadi. SHu sababli farzandlari sog'ligining yaxshi bo'lishini ta`minlash har ikkisi uchun birday mas`uliyatni yuklaydI. Oilalar tarbiya usullarini qo'llash borasida bir-birlari tajribalaridan foydalanadilar. SHu nuqtai nazardan oilalarni shartli ravishda ikkiga bo'lish mumkin, ya`ni G'qattiqqo'lG', va G'yumshoqG' intizomli oilalar. Birinchi guruhga kiruvchi oilalar o'z faoliyatlarida talabga asoslangan uslublarga, hatto, tan jazosi berish orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Ikkinchi guruhga kiruvchi oilalar esa o'z faoliyatlari namunasida, ishontirish, yumshoq intizom shirin, to'g'ri muomala orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Agar G'qattiqqo'llikG' intizomli oilaning ichki munosabatlarida hukmronlik qilsa, G'yumshoqG' intizomlilarida esa demokratiya, tenglik munosabatlari mavjuddir. Biroq G'yumshoqG' oilalardagi bunday munosabatlar ota-onalarning o'z xulqlari bo'yicha mas`uliyatlarini kamaytirmaydi. Bunday intizomli oilalar uchun bolalarni qo'rqitish, cho'chitish usullari et bo'lib, bolaning qadrini bilish, o'z-o'zini hurmat qilish xislatlarini tarbiyalash asosiy hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, tarbiyalashda jazo, qo'rqitish usullaridan foydalangan oilalardagi bolalar voyaga etgach, ruhiy asab faoliyatida buzilishlar sodir bo'lgan. Munosabatda qo'rqoqlik, aqliy faoliyatda orqada qolish holatlari kuzatilgan. Oilaviy kelishmovchiliklar, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim ota-onalarning madaniyat va ma`lumotining nisbatan past saviyada ekanligi mavjud tarbiyaga oid bilimlarni o'zlashtirishga xalaqit beradi. Beqaror kayfiyat, haetiy o'zgarishlar oilaviy muhitda qarama- qarshilikni vujudga keltiradi. Ota-onalarning aniq bir-birini tushunmasliklari va o'zaro kelishmovchiliklari, eki bolaning enini olishlari uning xulqida egoizm ko'rinishidagi holatni zohir etadi. Otalar bunday holatlarda jazolashga moyillik, onalar esa muloyimlik, G'ba`zanG' betaraflik holatlarida bo'lishadi. Oilalarni har tomonlama o'rganish, ularning faoliyatlarini qiesiy tahlil etish va baholash maqsadida ko'plab oilalarda tabiiy kuzatishlar olib borildi, oilaviy marosimlarda ishtirok etildi. Olib borilgan kuzatishlar natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. A) Oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish omillaridan biri bola shaxsini kamolotga etkazish uchun uni har tomonlama o'rganish, shuningdek, oilaviy tarbiya usullari va shakllariga ijodiy endashish, uni takomillashtirishdir. Eshlarni har tomonlama o'rganish ularni o'qishga, mehnatga, o'z-o'ziga, o'rab turgan muhitga, inson kamoloti uchun zarur bo'lgan sifatlardan eng muhimlarini ajrata olishga o'rgatish imkonini beradi. B) Ota-onalar o'rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ'ib qilish, ayniqsa, oilaviy tarbiyada qiyinchilikka uchraetgan ota-onalarga jamoatchilik erdamini kuchaytirish lozim. V) Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritgan ota-onalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig'ilishlariga, ota-onalar qo'mitalarining majlislariga taklif etish va o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishni yo'lga qo'yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur. G) Ota-onalar qo'mitalari rahbarlarining bevosita boshchiligida radioaloqalarni tashkil etish. Bunda G'Ota-onalar - ilk tarbiyachiG', G'Ota- onalarning bola tarbiyasidagi shaxsiy namunalari va ularning ahamiyatiG', G'Eshlarni mehnatga, haetga, turmushga o'rgatish va tayerlashda oila, maktab va jamoatchilik hamkorligiG' va shunga o'xshash mavzulardagi eshittirishlarni tayerlab, izchil o'tkazish zarur. D) Bolalarni xalq og'zaki ijodiga doir qiziqishlarini o'stirish maqsadida suhbatlar, hikoyalar, ertak va dostonlar o'qib eshittirishni yo'lga qo'yish lozim. Ma`lumki, har qanday ota-ona o'z bolasiga tikanni ravo ko'rmaydi, turli qiyinchiliklar, xavf-xatarlarning oldini olishga intiladi. Ota o'z farzandlarida maqsadga intiluvchanlik, botirlik, javobgarlik kabi sifatlarni shakllantirish bilan ajralib turadi.Bunday sifatlar o'g'il-qizligidan qat`i nazar inson egallashi lozim bo'lgan sifatlar hisoblanadiki, ularsiz to'laqonli inson shaxsi kamol topmaydi. Buning isbotini yana shunda ko'rish mumkinki, ona qo'lida otasiz voyaga etgan o'g'il bolada erkaklarga xos rahbarlik fazilatiga muhtojlik kuchli bo'ladi, ayniqsa, u etuklik eshiga etganida bu ehtiej yana ham kuchayadi. Otaga bo'lgan muhabbat-bu birinchi navbatda unga bo'lgan hurmatda o'z ifodasini topadi. Otaning obro'si uning o'ziga xos shaxsiyatida namoen bo'ladi. G'Menga o'xshab bajarG', G'Men qanday ishlasam sen ham shunday ishlaG' kabi qoidalarga amal qilinadi. Nazarimizda o'g'il bola xulqining o'ziga xosligi ham ana shunday xatti-harakatlarda o'z ifodasini topadi. SHuningdek, ota hg'lini o'z fikrini muloyim ifodalay olishga, munozarali voqeada o'z fikrini qat`iy himoya qilishga, qiziqqonlik, o'zligini, qadrini yo'qotmaslikka o'rgatadi. SHuning uchun ham otaning o'rni o'g'il bolani kuchli shaxs sifatida shakllantirishda nihoyatda kattadir. Bu sifatlarni esa ota o'zining shaxsiy namunasida-o'g'liga, onaga, aelga, xotin- qizlarga bo'lgan munosabatlarida qaror toptirib boradi. Ota-onalarning obro'si va shaxsiy namunalari tarbiya samaradorligini oshiruvchi omildir. Bolalar ma`naviy dunesining o'ziga xos xususiyatlaridan biri kattalarni obro'li siymo, namuna deb bilishlari, maslahat olishlari, taqlid qilishlari va lozim bo'lgan paytda har qanday erdamni olishlariga ishonch hosil qilishlaridir. Hech qanday narsa bolalarga namuna kuchidek ta`sir ko'rsata olmaydi. Namuna taqlid uchun asosiy manba rolini o'ynaydi. SHaxsiy namuna esa tarbiya olish sifatida o'sib kelaetgan esh avlodning ongi va xulqiga ta`sir ko'rsatuvchi katta eshdagi kishilarning xatti-harakatlari va boshqa faoliyatlari yig'indisidir. Kattalarning namuna sifatidagi tarbiyaviy ta`siri shuning uchun ham muhimki, ular aynan bolalar va o'smirlarning taqlidi uchun jonli manbadir. Bolalar ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ko'pincha o'zi sezmagan holda o'z oldiga namuna olsa arziydigan, taqlid qilishga loyiq biron-bir ijobiy shaxs bo'lishini juda xohlaydi. Atrofimizni o'rab turgan noma`lum narsa va hodisalar, rang-barang olam bilan tanishishdа bola kattalarning erdamiga tabiiy ehtiej sezadi. Etarli darajada bilim va tajriba yo'qligi sababli ular kattalarning muomala va xatti-harakatlariga taqlid qila boshlaydi. Eshlari ulg'aya borishi bilan kattalarga taqlid qilish ham o'zgarib, ma`no kasb eta boradi. Oilaviy tarbiyada otaning roli nihoyatda ulkan. CHunki oilada er hamma vaqt bolalarining, turmush o'rtog'ining doimiy tayanchi bo'lib kelgan. SHu sababli oiladagi o'g'il doimo otasiga o'xshashga intilgan, uning xatti-harakatiga taqlid qilgan. Xalqimizning dono maslahatlarida o'g'il tarbiyasida otaning roli ulug'lanib kelgan. Ota-ona namunasi bolalar uchun ko'rgazmali xaet darsidir. Otaning onaga, ona mehnatiga, jamiyatga, jamiyat a`zolariga bo'lgan munosabati bola qalbida yaxshilik eki emonlik, ma`qul eki noma`qul ishlar haqidagi dastlabki tushunchalarni vujudga keltiradi. Maqsadsiz, tarbiya natijalarini hisobga olmasdan qilingan ota-onalar mehnati baribir samarasizlik bilan tugaydi. Og'zaki so'zlar emas, balki ongli, o'ylab qilingan ishlar bola ongi va qalbiga borib etadi. Bola odatda, ko'p vaqtini oilasi davrasida o'tkazadi va kattalarning qiliqlari, o'ziga xos xususiyatlarini osonlik bilan qabul qiladi. Bu qiliq va xatti-harakatlarni o'z faoliyatlarida takrorlaydi. So'ralgan paytda G'Dadam shunday qiladilarG', G'Onam shunday degenlarG', G'Buvim shunday o'rgatganlarG' va hokazo degan javoblarni eshitish mumkin. Oila muhiti-bu qandaydir alohida uzib olingan tarbiya vositasi emas, balki ota-onalarning va katta eshdagi kishilarning har taraflama olib borgan tarbiyaviy ish natijalari, oila a`zolarining o'zaro yuksak axloqiy munosabatlarining yig'indisi va kattalarning ijobiy ta`sir ko'rsatish namunasi natijasidir. Bolalarga ota-onalarning xatti-harakatlarigina emas, balki og'zaki nutqi, savol-javoblari ham ta`sir qiladi. Ota-ona o'zaro janjallashib tursalar, qo'shnilari bilan chiqisha olmasalar, bir-birlaridan bo'lar-bo'lmas narsalarni talab qilsalar, bunday tarbiya yaxshi natija bermaydi, aksincha bolaning ota-onalariga bo'lgan ishonchini yo'qotadi. So'z qudratli kuchga ega. G'Yumshoq, mehribonlik bilan aytilgan so'z shunday qudratli kuchki, uning bilan hech qanday jazo tenglasha olmaydiG' deyilgan. Oiladagi totuvlik, o'zaro hurmat, mehr-muhabbat, kelishuvchilik kabilar ota- onalar bilan bolalar o'rtasida ruhiy muhitni qaror toptiradi, ularning kamolotiga ijobiy ta`sir ko'rsatadi. O'zaro kelishuv, otaning bolalarga va onaga mehr-muhabbati yuksak axloqli insoniy munosabatlari namunasi bo'lib, ular bola qalbini larzaga keltiradi, yaxshi his-tuyg'ular bilan to'ldiradi, atrofni o'rab turgan voqelikka samimiy munosabat tarbiyalaydi. Oilaviy tarbiya ota-onalarning o'z farzandlariga mehr-muhabbatda bo'lishlariga va bolalarining ota-onalarini chuqur sevishlariga asoslanganligi uchun ham ko'proq ahamiyat kasb etadi va boshqa tarbiyalardan farq qiladi. Hozirgi zamon pedagogikasi ota-onalarga va barcha tarbiyachilarga rahbatlantirish eki jazolash shakllarini tanlashda qabul qilingan qarorning qanchalik to'g'riligini mantiqan o'ylab ko'rish, o'ziga xos yo'l ekanligiga ishonch hosil qilish va faqat axloqiy, ma`naviy jazolash lozimligini maslahat beradi. Turli oilalarda ota-onalarning bolalariga ko'rsatadigan tarbiyaviy ta`sirlari saviyasini aniqlashda quyidagilarni nazarda tutib kuzatish ishlarini olib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. A) Bolaning ismi, familiyasi, otasining ismi, tug'ilgan yili, oilada bolalar soni, o'g'il va qizlarning soni, nechanchi farzand ekanligi, qancha vaqtini oilada eki oiladan tashqarida o'tkazadi. B) Ota-onalarning eki oiladagi tarbiyachilarning ismi, familiyasi, ularning ish joylari, kasb-hunarlari, oilaning moddiy ta`minoti, uy sharoiti, ota-onalarning va boshqa oila a`zolarining ma`lumotlari, ularning o'zaol munosabatlari. V) Oila a`zolaridan kim bolalar tarbiyasi bilan ko'proq shug'ullanadi, tartibga bolalar qay darajada rioya qilishadi, ularning oilada va jamoatchilik joylaridagi xulqi qanday, kattalarga qanday muomala qilishadi. Obro' qozonish juda murakkab masaladir, buning uchun eng birinchi navbatda to'g'rilik, halollik bo'lishi lozim. Bola kattalarning so'zlari, xatti- harakatlari, ya`ni beraetgan va`da, yurakdan qilinaetgan muomalalariga eki do'q- po'pisalaridan qat`i nazar ularga ishinishi lozim. Ota-onalarga turli tuman va`dalar berishda juda ham ehtiet bo'lish tavsiya etiladi. Berilgan va`da bajarilmay qolsa, uni to'g'ri va dalillar bilan asoslash lozim. Agar bolaga uy ishlarini bajargani, yaxshi odatlarni namoyish etgani, ota-onalarning topshiriqlarini o'z vaqtida bajarganligi va hokazolar uchun dam olish kuni kino eki teatrga olib borishga va`da berilgan bo'lsa, har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan va`daning ustidan chiqish lozim. Keyingi yillarda, maktab ma`muriyati, o'qituvchilar, tarbiyachilar oilaviy tarbiyaga, ota-onalarning tarbiya borasidagi obro'larining oshishiga, hurmatga sazovor ota-onalarning haetiy yo'llari, oilaviy tarbiyadagi tajribalarini targ'ib qilishda, shu asosda bolalarda oila qadri va g'ururini yuqoriga ko'tarish xislatlarini uyg'otishda barcha imkoniyatlardan unumli foydalanmoqdalar. Oilaviy ijobiy an`analarni bajarish jaraenida katta eshdagi kishilarning namunasi eshlarni o'ylashga, fikrlashga, ijtimoiy haetni tushunishga majbur etadi. CHunki an`analar ma`naviy omillar sifatida bolaga haetning u eki bu jabhasida qanday yaxlit tadbir qo'llash, o'zining eki boshqalarning xulqiy muammosini baholashga erdam beradi. Katta avlod vakillarining oilada bo'lishlari faqat bolalar kamolotiga g'amxo'rlik bilan cheklanmay, balki ularning tarbiyasiga ham ta`sir etadi. Bunday erdam omillari ichida ota-onalar va katta eshdagi kishilarning oila mustahkamligi va qon-qarindoshlik hissietlarining uzviy birligi asosiy rol' o'ynaydi. Natijada oilaviy tarbiyada bolalarda shakllantirish lozim bo'lgan umumiy ijobiy kamolot, xarakter, qat`iyatlik, izchillik kabi ijobiy sifatlar faqat ota-onalar tomonidangina emas, balki katta avlod vakillari, hatto, qarindosh- urug'lar tomonidan ham nazorat qilinadi. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, oilaning katta avlod vakillari bilan birga eki alohida, ajratilgan holda yashashiga qarab tarbiyaviy ta`sir darajalari ham bir- biridan farqlanadi. Katta avlod vakillari ishtirokidagi oilalarda bolalarga ko'rsatiladigan tarbiyaviy ta`sir izchil, bir butunlikda tashkil topadi. O'zaro munosabatlar ham oiladagi a`zolar uchun umumiy bir butunlik asosida bo'ladi. Katta eshdagi kishilarning tajribasi tarbiya omili rolini o'ynaydi. Ularning ota- onasi, bob va buvisi, yaqin va uzoq qarindoshlarining namunasi bolalar uchun tarbiya vositasi xizmatini o'taydi. Katta avlod vakillari bo'lmagan, ajralgan eki alohida yashovchi oilalarda bolalarga ko'rsatiladigan tarbiyaviy ta`sir yo'llari qisman farqlanadi. CHunki birinchidan, ota eki onasi yo'qligi, ikkinchidan, bob eki buvisining yo'qligi bolalarning ruhiy kamolotiga albatta, u eki bu darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi. Bu masala hozirgi kunda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki ota- onalarning ajralishi ko'payib bormoqda. Qishloq joylarda ota-onalarning barcha mehnat faoliyatlari bolalari ko'z ongida sodir bo'ladi. SHu sababli ular bolalari tarbiyasiga haqiqiy halol mehnatlari orqali ta`sir ko'rsatadilar. Ularni shahar oilalari tarbiyasidan to'g'ridan- to'g'ri ajratib turadigan ustunliklari ham mana shundadir. SHahar oilalari tarbiyasida bu masala ko'proq ota-onalarning, katta eshdagi kishilarning suhbati va hikoyalari, saexat va o'qigan kitoblari asosida amalga oshiriladi. To'g'ri, ota- onalar o'zlarining zavod va fabrikadagi jonli mehnatlari haqida, qo'lga kiritgan yutuqlari haqida maroq bilan hikoya qilib berishlari mumkin. Ayniqsa, ota- onalarning bolalarini o'zlari ishlab turgan jamoalari haeti bilan tanishtirish maqsadida zavod, fabrikalarga uyushtirgan ekskursiyalari bolalari qalbida bir umr esda saqlanib qoladi. Bunday yaxshi tashabbus, ish shakllarining kengayib, quloch eyishi ota-onalar va bolalar mehnatining uyg'unlashuviga olib keladi. Tarbiya jaraenida ota-onalar va ukituvchilarning bolalarni ijtimoiy foydali ishlarga tortish borasidagi mas`uliyati nihoyatda muhimdir. Lekin, oz bo'lsa-da shunday ota-onalar ham borki, ular bolalarining maktabda metallom yig'ish, gul va daraxt ko'chatlari o'tkazishlarini rag'batlantirmaydilar, quvvatlamaydilar. Ularning fikricha, bunday G'maydaG' ishlar bolalarining oiladagi, maydonchadagi shaxsiy ishlariga xalal berar emish. Ayrim ota-onalar esa bolalariga kasblar haqida noto'g'ri tushuncha berishadi. Ularning fikricha, kasblar ichida ma`qullari, shuningdek, oilalari sha`niga mos kelmaydigan kasblar borligini ta`kidlashadi. Bolalari tomonidan ota-onalarining bilim, obro'lariga mos kelmaydigan kasbning tanlanishi ularning g'ururiga, izzat-nafsiga tegadi va hokazo. Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasixat qilganda eki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman, deb o'ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir onida, hattoki o'zingiz uyda yo'qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingiz, xursand bo'lishingiz eki tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz, kulishingiz, gazeta o'qishingiz - bular hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Gapingiz ohangi sal o'zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi eki sezadi, bola fikringizdagi hamma o'zgarishlarni har xil yo'llar bilan bilib oladi, lekin o'zingiz bundan bexabar bo'lasiz. Agar siz uyda qo'pollik eki maqtanchoqlik qilsangiz eki ichkilik ichsangiz, undan ham emoni onani haqorat qilsangiz - siz bolalaringizga nihoyatda katta zarar etkazgan bo'lasiz, ularga emon tarbiya bergan bo'lasiz va sizning bu nojo'ya qiliqlaringizning oqibati juda emon bo'ladi. Yuqorida ta`kidlanganidek, haetda ko'plab namunali va obro'li ota- onalarimiz ko'p. Agar ota-ona halol mehnat bilan mashg'ul bo'lsa, bola ularni hurmat qilishga majburdir. Ba`zan esa, ishda juda yaxshi mutaxassis bo'lgan ota- onalar bolalariga namuna bo'la olmaydilar. Natijada o'zlari bilmagan holda oilalarida isheqmas, ko'cha bezori, erkatoylar kamol topadi. Bizning nazarimizda bolalari bilan do'st, ularga diqqat-e`tibor bilan qaraydigan, qayg'ulariga hamdard, xursandchiliklarini baham ko'ruvchi, talablarida sabrli, bolalariga doimo ma`naviy ko'maklashuvchi ota-onalargina haqiqiy ma`noda namuna bo'la oladilar. Ularning obro'si halol mehnatlari bilan do'stona munosabatlari, kerak bo'lsa, hatto ayblari uchun kechirim so'rashlari bilan mustahkamlanadi. Adabi yo tlar. 1.I.Karimov. Barkomol avlod -O'zbekiston taraqqietining poydevori. T-1997y. 2.I.Karimov. Ozod va obod Vatan,erkin va faravon haet-pirovard maqsadimiz.T- 2000y. 3.A.K.Munavvarov.Pedagogika.T-1996y. 4.A.K.Munavvarov.Oila pedagogikasi.T-1994y. 5.V.N.Drujina. Sotsial'naya psixologiya.S-Pb. 2002y. 6. O.To'raeva "Oylaviy haet etikasi va psixologiyasi"T-1998y. 7.Z.B.Qodirov. Komil inson tarbiyasining pedagogik asasrlari. T-2001. 8.M.Quramov. Oila - milliy tarbiya o'chog'i. Xalq ta`limi .jurnal. T-1999 9.O.Xasanboeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T-1993. 10.U.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog'cha va oila xamkorligi. T-1998.